Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.02.2007 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.02.2007 yildagi 36-son
Date of entry into force
16.02.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LITVA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida erishilgan ahdlashuvlarning toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi oʻrtasidagi yaqin istiqbolga moʻljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Apparatiga axborot taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 16-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 16-fevraldagi 36-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi oʻrtasidagi yaqin istiqbolga moʻljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Maqsad Tadbirlar Muddatlari Bajaruvchilar
I. Siyosiy soha
1.1‎‏‎ Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish

1.1.1. Litva tashqi ishlar vaziri P. Vaytiyekunasning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish

2007-yil
‎I yarim yilligi
Tashqi ishlar vazirligi

1.1.2. Vilnyusda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Litva Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazish

2008-yil
‎I yarim yilligi
Tashqi ishlar vazirligi
1.2‎ Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish

1.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Litva bilan parlamentlararo aloqalar guruhini tashkil etish (deputatlar va senatorlardan), shuningdek parlament delegatsiyalarini ayirboshlash masalalarini ishlab chiqish

2007-yil Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv boʻyicha)
II. Sud-huquq va xavfsizlik sohasi
2.1‎‏‎ Xalqaro terrorizm, diniy ekstre�izm, narkotrafika va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda, shuningdek sud-huquq sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish 2.1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan GFR Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtadigan tranzit, shuningdek uning harbiy infratuzilmasiga kirish va undan foydalanish toʻgʻrisida 2002-yil 12-fevralda tuzilgan bitimga Litvaning qoʻshilishini huquqiy rasmiylashtirish masalalarini hal qilish 2007-yil Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

2.1.2. Sud-huquq sohasida tajriba va axborot ayirboshlash maqsadida Oʻzbekiston va Litvaning huquqni muhofaza qilish va boshqa tegishli organlari vakillarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish, shuningdek jinoyatchilikka, bojxona qonunchiligi, boshqa idoralararo shartnomalar buzilishiga qarshi kurashishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlarning amalda roʻyobga chiqarilishini tashkil etish

2007-2008-yillar Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi
III. Iqtisodiy munosabatlar sohasi
3.1‎‏‏
‎‏
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash

3.1.1. Quyidalarni:

‎— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida; ‎ ‎2007-yil ‎I yarim yilligi ‎ ‎Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ‎‎

— “Oʻzst�ndart” agentligi bilan Litvaning tegishli milliy organi oʻrtasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

2007-yil “Oʻzstandart” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi

— Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Litva sanoatchilar Konfederatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash masalalarini ishlab chiqish

2007-yil Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi
3.2‎
‎‏
Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini rivojlantirish

3.2.1. Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Litva hukumatlararo komissiyasining uchinchi majlisini, shuningdek Transport boʻyicha Oʻzbekiston–Litva ishchi guruhining ikkinchi majlisini oʻtkazish

2007-yil
‎II yarim yilligi
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Tashqi ishlar vazirligi
3.2.2. Oʻzaro manfaatli boʻlgan turli sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston delegatsiyasining Litvaga tashrifini tashkil etish 2007-yil may-iyun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
3.2.3. Litvaning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, toʻqimachilik sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalariga jalb etish masalalarini ishlab chiqish 2007-2008-yillar Tashqi iqtisodiy aloq�lar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
3.2.4. Litva bilan transportda tashishlar sohasida hamkorlik qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish 2007-yil
‎I yarim yilligi
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi
IV. Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik
4.1‎‏‎‏
‎‏
Madaniyat, taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish

4.1.1. Oʻzaro koʻrgazmalar va gastrollar tashkil etish, shuningdek madaniy meros obyektlarini hisobga qoʻyish, muhofaza va restavratsiya qilish, ulardan foydalanish va shu kabilar sohasida tajriba almashish masalalari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish

2007-2008-yillar Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi

4.1.2. Oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida elektronika, priborsozlik, axborot va kompyuter texnologiyalari, tibbiyot, farmakologiya va boshqa ustuvor sohalarda toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatish

2007-2008-yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

4.1.3. Perinatal tibbiyot, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish

2007-2008-yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

4.1.4. “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari bilan Litvaning tegishli tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish

2007-2008-yillar “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari, Tashqi ishlar vazirligi
4.2‎ Turizm sohasida hamkorlikni faollashtirish

4.2.1. Litva turizm operatorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Oʻzbekistonga info-turlarni, shuningdek Oʻzbekistonning turizm sohasidagi mutaxassislarining Litvadagi tegishli muassasalarda oʻqishi va malaka oshirishini tashkil etish

2007-2008-yillar “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 67-modda)