Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2021 03.01.2007 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.01.2007 yildagi 2-son
Date of entry into force
03.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 3-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning amal qilish tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berishga tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuridik shaxslarga ipoteka krediti berish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb qilgan mablag‘lari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ipoteka krediti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o‘tadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining mulki bo‘lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qo‘ygan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomaladan olib qo‘yilgan va begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati bo‘yicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ipoteka krediti muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbaiga bog‘liq holda quyidagi tartibda belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kreditlar, tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish uchun bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) tijorat bankining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi, yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foizli stavka bilan 20 yil muddatga beriladigan kreditlar bundan mustasno.
(7-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banki tomonidan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas, yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablag‘lari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ariza beruvchi tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak, yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mablag‘lar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud bo‘lishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(II- bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ipoteka krediti berish uchun tijorat banklari tomonidan jalb etiladigan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari tijorat banklari va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnomalar asosida ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani ko‘rib chiqish va buyurtmanoma bo‘yicha qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma taqdim etganda bankning ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul xodimi mijozga ipoteka kreditining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha izoh beradi. Shuningdek u mijozning barcha savollariga javob beradi hamda unga ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmanomani rasmiylashtirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin bank qarz oluvchini ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk qiymatini belgilash bo‘yicha baholovchi tashkilot xizmatlari uchun to‘lov;
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdagi 309-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qarz oluvchi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga kredit olish uchun tijorat bankiga so‘ralayotgan kredit summasini ko‘rsatgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun ariza beruvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(23-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) yakka tartibda uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi bo‘yicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamg‘arma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablag‘larining jami summasi va ko‘rsatib o‘tilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ariza beruvchining pasporti nusxasi.
(23-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilishga kredit olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga kredit olish uchun buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
(24-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi bo‘yicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamg‘arma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablag‘larining jami summasi va ko‘rsatib o‘tilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ariza beruvchining pasporti nusxasi.
(24-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga ipoteka krediti olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga so‘ralayotgan kredit summasi ko‘rsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) sotiladigan yakka tartibdagi uy-joyning yoki kvartiraning kelishilgan qiymati ko‘rsatilgan holda, uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat hisob raqamida ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan summadan kam bo‘lmagan pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi. Ushbu ma’lumotnoma yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar olishda talab qilinmaydi;
(25-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ariza beruvchining pasporti nusxasi.
(25-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) tijorat banklariga Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yosh oilalar uchun “Yoshlar” ko‘p kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga ipoteka krediti berish bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun tavsiyanomasi.
(25-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ipoteka krediti kredit liniyalari hisobidan, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, ipoteka krediti berishi uchun bevosita tijorat banki tomonidan jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan berilgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan ipoteka krediti uchun (faqat ko‘rsatib o‘tilgan institutlar mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha) mablag‘lar berish yuzasidan tijorat banki va xalqaro, xorijiy moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kredit olish uchun buyurtmanomalar va ushbu Nizomda ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingandan keyin bir hafta muddatda ularni o‘rganish va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Garovga qo‘yilgan mulkni baholash qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) va bank (ipotekaga oluvchi) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha ipoteka krediti olishga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan bank xodimi tomonidan bankning kredit komissiyasiga (kredit qo‘mitasiga) ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asosli xulosa kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) kredit olishga buyurtmanomani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu kredit buyurtmanomasi bo‘yicha bankning mas’ul xodimi xulosasini ko‘rib chiqib buyurtmanomani qondirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olishga buyurtmanomani ko‘rib chiqish muddati kredit olishga buyurtmanoma va ushbu Nizomning 23—25-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank uch kun muddatda kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari olish bo‘yicha yozma ravishdagi bildirishnomada sotuvchining nomiga yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun qarz oluvchi tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi o‘rinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini ta’minlashning zarurligi ham ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipotekaga qo‘yuvchi bank foydasiga o‘z hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishi, agar mulkning to‘liq qiymati ipoteka bilan ta’minlangan olingan kredit summasi va uning bo‘yicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq bo‘lsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past bo‘lmagan summaga sug‘urta qilishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank qarz oluvchi bilan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ipoteka to‘g‘risida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bankning kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qarz oluvchiga xulosani yozma ravishda, kredit berishning rad etilishi sabablarini ko‘rsatgan holda jo‘natadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ipoteka kreditini berish va qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uylardagi kvartirani sotib olish uchun bank tomonidan kredit berish qarz oluvchi nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining nusxasi ilova qilingan holda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs-sotuvchining omonat hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiranining oldi-sotdi shartnomasidan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochib, undan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida, memorial order vositasida qurilish materiallari sotib olish uchun savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning banklardagi yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqamiga va bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun pudratchi qurilish tashkilotining yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqamiga pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish yo‘li bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish qarz oluvchining bevosita o‘zi tomonidan (xo‘jalik usulida) bajarilgan taqdirda kredit shartnomasida kelishilgan kredit summasining 20 foizgachasini hisob raqamidan qarz oluvchiga naqd pul shaklida berishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bank tomonidan ipoteka kreditlari ssuda hisob raqamidan mablag‘larni qarz oluvchining bank kredit kartochkalariga o‘tkazish yo‘li bilan ham berilishi mumkin. Bunda bank kredit kartochkasi qarz oluvchi nomiga alohida shartnomani rasmiylashtirish yo‘li bilan beriladi. Shartnomada ushbu bank kredit plastik kartochkasidagi mablag‘lardan faqat yakka tartibda uy-joy qurishga yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qurilish materiallarini sotib olishda foydalanilishi belgilab qo‘yilishi kerak. Ushbu bank kredit plastik kartochkalaridan naqd pul berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida har oyda bankka terminallar cheklari, sotib olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yukxati yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilingan holda hisobot taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida hisob-kitob qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan taqdirda bank kredit kartochkasi to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi, bank kredit kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi olib qo‘yiladi. Kreditning boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan qismi uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni undirib olish choralari ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qarz oluvchi tomonidan kreditlarni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) naqd pul topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qarz oluvchining bankdagi omonatlar bo‘yicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hisoblangan foizlar va kredit bo‘yicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchilar asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Banklar kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bank uy-joyni qurish jadvaliga rioya qilinishini va kreditdan maqsadli foydalanilishini, ipoteka krediti qaytarilishini hamda uning bo‘yicha foizlar to‘lanishini, garov mulkidan foydalanishni va uning saqlanishini, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kredit hisobidan bajarilgan yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining nazorat o‘lchovini amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi, kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Asosiy qarz va uning bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agar kreditni o‘z vaqtida undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, bank kreditlashni to‘xtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va uning bo‘yicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘lovlar to‘lanmaganda yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qo‘yilgan mulkka qaratadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 9-modda; 2009-y., 44-son, 464-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 20-21-son, 209-modda; 2014-y., 37-son, 468-modda, 46-son, 551-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)