Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2023 27.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1648
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 27.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1648
Date of entry into force
06.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2023
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

TIJORAT BANKLARIDA LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh VA ULARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 27-dekabrda 1648-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-yanvardagi 1/8-sonli ““Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1648-7, 27.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— “Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan moliyaviy lizingni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 7-maydagi 9/7-sonli qaror (1999-yil 20-iyul, roʻyxat raqami 776);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 25-noyabrdagi 26/7-sonli qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 21-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25/6-son

Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 21-oktabrdagi 25/6-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Lizing toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq banklar tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish hamda lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan mikrolizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga ham tatbiq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing (moliyaviy ijara) — bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrolizing — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladigan lizing;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektlari — tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan isteʼmol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulk (yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing subyektlari — lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing beruvchi — lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi bank;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchi — lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — lizing obyektini lizing beruvchiga sotadigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomasi muddati — lizing shartnomasi boʻyicha tomonlar majburiyatlarining toʻla bajarilgungacha boʻlgan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing muddatining boshlanishi — lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchining lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana, yaʼni lizing obyektini dastlabki (boshlangich) tan olish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing toʻlovlari — lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarining lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchi daromadi yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
minimal lizing toʻlovlari — lizing oluvchi yoki uning kafolatchisi (kafili) tomonidan lizing shartnomasiga koʻra lizing beruvchiga uning lizing obyektini sotib olish va uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlarini, lizing daromadi (foizi) qoʻshilgan holda lizing muddati davomida toʻlanishi lozim boʻlgan summa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing beruvchining daromadi — lizing toʻlovlari bilan lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, lizing beruvchi tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida oladigan foiz daromadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektining haqqoniy qiymati — muayyan bir sanada lizing obyektini sotib olish yoki lizing obyektini sotib olish boʻyicha bitim tuzishni xohlovchi bir-biriga qaram boʻlmagan xabardor tomonlar oʻrtasidagi majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diskontlash — kelgusida aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablagʻlarining joriy ekvivalentini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektining xizmat muddati — lizing obyektiga qonun hujjatlari asosida amortizatsiya hisoblanadigan davr;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki bilvosita xarajatlar — lizing shartnomasini tuzish va lizingni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan va lizing obyekti qiymatiga qoʻshilmaydigan xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki bevosita xarajatlar — lizing obyektini yetkazib berish, uni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan va lizing obyekti qiymatiga qoʻshiladigan xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Banklar faqat lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga oʻtishini koʻzda tutuvchi lizing operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda lizing oluvchi lizing beruvchi bankka lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarini va kelishilgan foizlar toʻlovini amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Lizing beruvchi bank lizing obyektini sotuvchidan kelgusida uning oʻziga lizing asosida foydalanish uchun berish maqsadida sotib olgan taqdirda bir shaxsning oʻzi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Lizing operatsiyalari moliyaviy barqaror boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻlovlilik, taʼminlanganlik, bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga investitsiya qilingan kredit mablagʻlarini qaytarishlik va maqsadga muvofiq foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Lizing operatsiyasi lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ishlatilishi koʻzda tutilgan hollarda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing obyektini qoʻllash koʻzda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Lizing boʻyicha moliyaviy ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi, yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi, shikastlanishi, buzilishi va barvaqt eskirishi xavfi bilan bogʻliq boʻlgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan lizing obyektini sugʻurtalash taraflarning kelishuviga binoan sugʻurtalanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sugʻurtasi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Lizing beruvchi va lizing oluvchi oʻzaro kelishgan holda qonun hujjatlariga muvofiq lizing obyektini jadal amortizatsiya qilishni qoʻllash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Banklar qonun hujjatlari hamda ushbu Nizom asosida lizing xizmatlari koʻrsatishning ichki tartibini ishlab chiqishlari lozim. Mazkur ichki tartiblarda qonun hujjatlari va ushbu Nizomga zid meʼyorlarni oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Lizing shartnomasini rasmiylashtirish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va uning sotuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili koʻrsatilgan biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi maʼlumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi banklar lizing berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun lizing oluvchidan uning lizing toʻlovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bogʻliq lizing xizmati koʻrsatilishi mumkin..
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 8/5-sonli (roʻyxat raqami 1648-1, 26.03.2007-y.) qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 123-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Buyurtma lizing beruvchi bank tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtma beruvchi daromadlarining lizing toʻlovlarini amalga oshirish uchun yetarliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmada bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing beruvchi bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Lizing obyekti shartnomaga muvofiq lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq va boshqa xarajatlarini qaytarish hamda lizing daromadi (foizi) toʻlovini amalga oshirish taʼminoti vazifasini bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi bank foydasiga yoʻqolish va shikastlanish hodisalaridan ixtiyoriy sugʻurta qilinishi va bu toʻgʻrisida sugʻurta polisini bankka taqdim etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida sarflangan mablagʻlarning qaytarilishi va lizing foizi toʻlanishining kafolati sifatida lizing oluvchidan boshqa taʼminot shakllarini taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Lizing oluvchining buyurtmasi boʻyicha lizing beruvchi bank tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish yoki oshirmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati buyurtma bankka kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kunidan, mikrolizing operatsiyasini amalga oshirish boʻyicha esa 10 ish kunidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing operatsiyasini amalga oshirish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, lizing beruvchi bank lizing oluvchiga bu haqda rad etish sababini asoslagan holda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Lizing operatsiyasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda lizing oluvchiga bildiriladi hamda lizing beruvchi bank va lizing oluvchi oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyekti hisoblangan mol-mulk boʻyicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangich qiymatining 20 foizidan kam boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Lizing shartnomasi lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan kam boʻlmagan muddatga tuziladi. Bunda lizing obyektining xizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan asosiy vositalarning amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi mashinalarini lizingga berish borasidagi lizing shartnomalari 10 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 17-noyabrdagi 31/1-son qarori (roʻyxat raqami 1648-3,27.11.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 48-49-son, 490-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasida lizing shartnomasi amal qilishi boshlangandan to tugagunga qadar lizing obyektining qiymati boʻyicha vujudga keladigan oʻzgarishlarni inobatga olib, lizing toʻlovlari summasiga taraflarning kelishuviga binoan tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish shartlari koʻzda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchilar lizing obyektini lizing shartnomasi muddati tugashidan oldin istalgan vaqtda lizing obyektining qoldiq qiymatini va hisoblangan lizing foizi toʻlovini amalga oshirgan holda lizing obyektini oʻz mulkiga olishi mumkin. Lizing obyekti qoldiq qiymati va hisoblangan foizlar toʻlovi toʻlaligicha amalga oshirilgan kundan boshlab lizing shartnomasi shartlari toʻla bajarilgan hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 30-iyundagi 18/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1648-2, 09.07.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 27-28-son, 292-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Lizing shartnomasi tuzilganidan soʻng lizing beruvchi bank va sotuvchi oʻrtasida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Bunda lizing beruvchi bank sotuvchiga mol-mulk muayyan lizing oluvchiga berish uchun sotib olinayotganligini bildirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Lizing obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi imzolanib, mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqi lizing oluvchiga oʻtganidan soʻng lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing obyekti sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va lizing beruvchi bank, lizing oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Lizing obyekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida boʻlmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing oluvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing toʻlovini amalga oshirishni kechiktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomasining bekor qilinishini lizing beruvchidan talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomasini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik natijasida yetkazilgan zararlarni toʻlashni lizing beruvchidan talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Lizing beruvchi bank har bir lizing operatsiyasi boʻyicha lizing yigʻma jildini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing yigʻma jildda quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchining buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchining oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchining lizing boʻyicha biznes-rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchining toʻlov qobiliyati va uning biznes-rejasining samaradorligi toʻgʻrisida lizing beruvchi bankning xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta kompaniyasining lizing obyektini sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing beruvchining lizing obyektini lizing oluvchiga yetkazib berilishi toʻgʻrisidagi buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing obyektiga sotuvchi tomonidan berilgan texnik kafolat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing operatsiyasi hamda taʼminoti xarakteridan kelib chiqqan holda olingan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasi yuzasidan qoʻshimcha kelishuv tuzilgan taqdirda, u ham lizing oluvchining lizing yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Lizing oluvchi lizing shartnomasida belgilangan muddat davomida lizing obyektiga egalik qilish va undan foydalanish huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi boʻyicha oʻzida paydo boʻlgan huquq, majburiyat va boshqa manfaatlarni uchinchi shaxsga oʻtkazish (qoʻshimcha lizing)ga faqat lizing beruvchining yozma roziligi asosida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Lizing oluvchi sotuvchi tomonidan lizing obyektiga berilgan texnik kafolatdan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyektini oʻz vaqtida yetkazib berilishi va butlanishi hamda uni oʻrnatishga doir majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha sotuvchidan talab qilish huquqini lizing oluvchi oʻz zimmasiga olishi lizing shartnomasida belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Lizing beruvchi bankda lizing hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Lizingni dastlabki tan olish

24. Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600 — “Lizing (moliyaviy lizing)” hisobvaraqlarida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Dastlabki tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi bank lizingga berilgan lizing obyektini oʻz balansida sof investitsiyasi qiymati, yaʼni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar yigʻindisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik boʻlsa oʻsha summada aktiv sifatida tan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Lizing beruvchi bank lizing obyekti uchun toʻlovlarni sotuvchiga oldindan toʻlab berib lizing obyekti toʻgʻridan toʻgʻri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order toʻldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun toʻlangan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt Bankning vakillik hisobvaragʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 19909 Tovar moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, soʻngra lizing oluvchiga lizingga berilsa quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16500 Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvaragʻi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun toʻlangan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaragʻi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 16500 Asosiy vositalar (mos hisobvaraq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Lizingning keyingi hisobi va uni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyekti dastlabki tan olinganidan soʻng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan toʻlanadigan lizing boʻyicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u boʻyicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob lizing obyektini baholab borishni ham oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga berish (olish) vaqtida lizing beruvchining daromadi (lizing oluvchining lizing foizi boʻyicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil boʻlib, agar uni aniqlashning imkoniyati boʻlsa, lizing shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, aks hollarda, qarz sarmoyasi boʻyicha oʻsib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Lizing shartnomasida lizing beruvchi va lizing oluvchi lizing toʻlovlari jadvali (tartibi)ni kelishib oladi. Lizing toʻlovlari jadvalida lizing beruvchi bankning daromadi (foizi)ni toʻlash hamda lizing obyekti qiymatini qoplash boʻyicha lizing oluvchining majburiyatlari va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing toʻlovlari jadvalida lizing beruvchining daromadi lizing shartnomasi muddati davomida muntazam ravishda davrlar boʻyicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldigʻiga doimiy foiz stavkasi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Lizing beruvchi bankning daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing toʻlovlarining amalga oshirilishidan qatʼi nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing boʻyicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16323 Lizing boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 45100 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Lizing toʻlovlari kelib tushgan hollarda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvaragʻi (umumiy summaga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 16323 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan soʻng lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari toʻliq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldigʻi nolga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti lizing shartnomasi muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi qoldiq nolga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni oʻz balansiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16705 Bankning boshqa koʻchmas mulklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (mos hisobvaraq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Lizing oluvchi tomonidan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 24-yanvar, roʻyxat raqami 1304) asosan oʻstirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Lizing “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish toʻgʻrisida”gi nizom (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 632) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Lizing oluvchi bankda lizing hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Lizingni dastlabki tan olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Banklar lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqining, lizing boʻyicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 — Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish lizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing oluvchi bank lizing obyektini oʻz balansida sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik boʻlsa oʻsha summada aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bajariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16515 Obyektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 22100 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvaragʻi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Lizing oluvchi bank tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyekti lizing oluvchi bank balansida aktiv va majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Lizing boʻyicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv hisobvaraq sifatida) koʻrsatishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Lizing oluvchi bankda lizingning keyingi hisobi va uni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan soʻng keyingi hisob majburiyat boʻyicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va lizing boʻyicha foizlar toʻlash hisobini yuritishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi hisob, lizing bilan bogʻliq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga oʻtganligi sababli lizing oluvchi bank tomonidan lizing obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada koʻzda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi bankning lizing foizi boʻyicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Lizing shartnomasida lizing oluvchi bank va lizing beruvchi lizing toʻlovlari jadvalini kelishib oladi, unda lizing oluvchi bankning foizli xarajatlari, lizing obyektining qiymatini qoplash boʻyicha majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Lizing toʻlovlari jadvalida lizing oluvchi bankning foizli xarajatlari lizing shartnomasining amal qilish muddati davomida davrlar boʻyicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldigʻiga doimiy foiz stavkasi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq lizing boʻyicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 54198 Boshqa banklardan olingan lizing boʻyicha foizli xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoki

Dt 54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing boʻyicha foizli xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 22408 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing toʻlovlari quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 22408 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 22100 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar;

Kt Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit hisobvaragʻi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalari “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (2004-yil 17-dekabr, roʻyxat raqami 1434) talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 56626 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha eskirish summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Aniq bir davrdagi lizing oluvchi bankning lizing obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (lizing boʻyicha foizlari) summasi mazkur davrda toʻlanishi kerak boʻlgan lizing toʻlovlari summasiga teng boʻlmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Lizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi bank tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Lizing oluvchi bank tomonidan oxirgi toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida mazkur lizing operatsiyalari boʻyicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik hisob) qoldigʻi nolga teng boʻladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyektining lizing oluvchi bankka oʻtkazish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16500 Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvaraq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv);

Kt 16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 165xx Yigʻilgan eskirish summasi (tegishli mos hisobvaraq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi bankka lizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan boʻlsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 22100 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit hisobvaragʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22100 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar hisobvaragʻi yopilganidan soʻng, lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtadi va bunda 36-bandda koʻrsatilgan buxgalteriya oʻtkazmalari bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Lizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin toʻxtatilib, lizing beruvchi tomonidan lizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda, lizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish lizing shartnomasining amal qilish muddati toʻxtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt 16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Lizing obyektining hisobdan chiqarish boʻyicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) lizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha qolgan qarz oʻrtasidagi farq sifatida lizing obyektining hisobdan chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyektining hisobdan chiqarish boʻyicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlaganida, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining koʻpaygan summasi, yaʼni oldingi baholashlar natijasida 30908 “Boshlangich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻining kredit qoldigʻi lizing obyektining chiqib ketishidan koʻrilgan daromad tarkibiga qoʻshiladi va bir vaqtning oʻzida ushbu hisobvaraq boʻyicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Lizing boʻyicha maʼlumotlarni oshkor etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Lizing oluvchi bank lizing boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni oshkor etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) hisobot sanasiga lizingga berilgan aktivlarning har bir sinfi boʻyicha sof balans qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) hisobot sanasiga jami kelgusi minimal lizing toʻlovlari bilan ularning joriy diskont qiymati taqqoslamasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) quyidagi davrlarning har biri boʻyicha hisobot sanasiga jami kelgusi minimal lizing toʻlovlari bilan ularning joriy diskont qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir yilgacha boʻlgan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir yildan ortiq, lekin besh yildan ortiq boʻlmagan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) besh yildan ortiq boʻlgan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) lizing oluvchining muhim lizing shartnomalarining quyidagilarni oʻz ichiga olgan, lekin bular bilan chegaralanmagan holda umumiy tavsifi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shartnomaga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning mavjudligi va shartnoma shartlarining oʻzgartirilishi va yangi kiritilgan shartlarning xaridning qulayliligiga taʼsiri imkoniyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) lizing shartnomasi shartlariga asosan qoʻshimcha qarzdorlik va kelgusi lizing bitimida oʻrnatilgan cheklashlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Lizing beruvchi bank quyidagi maʼlumotlarni oshkor etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) hisobot sanasiga lizingga qilingan yalpi lizing investitsiyasi bilan hisobot sanasiga olinishi kerak boʻlgan boʻlgʻusi minimal lizing toʻlovlarining joriy diskont qiymati bilan taqqoslanmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi davrlarning har biri boʻyicha hisobot sanasiga lizingga qilingan yalpi lizing investitsiyasi va olinishi kerak boʻlgan kelgusi minimal lizing toʻlovlarining joriy diskont qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yilgacha boʻlgan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yildan ortiq, lekin besh yildan ortiq boʻlmagan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh yildan ortiq boʻlgan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) olinmagan moliyaviy daromad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) olinishi lozim boʻlgan minimal lizing toʻlovlari boʻyicha shakllangan umidsiz qarzdorlik boʻyicha yigʻilgan zaxira;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) lizing beruvchi bank tomonidan imzolangan muhim lizing shartnomalarining umumiy tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) davr mobaynida lizing shartnomalari boʻyicha tegishli mablagʻlarning yalpi investitsiyadan chegirgan holdagi maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 523-modda; 2007-y., 13-son, 123-modda; 27-28-son, 292-modda; 48-49-son, 490-modda; 2009-y., 36-son, 395-modda; 2016-y., 49-son, 563-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1648-6/0323-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)