Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018 01.12.2006 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.12.2006 yildagi 247-son
Date of entry into force
01.12.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI HUZURIDAGI IDORALARARO EKSPERTLAR KENGAShI TOMONIDAN ENGIL SANOAT KORXONALARINI QURISh, QAYTA IXTISOSLAShTIRISh VA MODERNIZATSIYA QILISh BOʻYIChA TAKLIFLARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli “Tender, loyiha, loyiha oldi hujjatlar va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi (keyingi oʻrinlarda “Ekspertlar kengashi” deb ataladi) tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Ekspertlar kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;

yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish loyihalarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan 2006—2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan, korxonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, texnologik jihozlar va ehtiyot qismlar roʻyxatini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;

yangi loyihalarni koʻrsatib oʻtilgan Dasturga kiritish yuzasidan takliflar kiritish;

yengil sanoatni yanada modernizatsiya qilish strategiyasi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlardan tushadigan takliflar boʻyicha axborotlarni toʻplash va umumlashtirish;

loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika toʻqimachilik tarmogʻiga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-yanvardagi 38-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 1-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247-son

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi (keyingi oʻrinlarda “Ekspertlar kengashi” deb ataladi) tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ekspertlar kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom mulkchilik shakllaridan va moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha barcha loyihalarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ekspertlar kengashining vazifalari va vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Ekspertlar kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish loyihalarini (keyingi oʻrinlarda “loyihalar” deb ataladi) tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan 2006—2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan, korxonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, texnologik jihozlar va ehtiyot qismlar roʻyxatini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi loyihalarni koʻrsatib oʻtilgan Dasturga kiritish yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoatni yanada modernizatsiya qilish strategiyasi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlardan tushadigan takliflar boʻyicha axborotlarni toʻplash va umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ekspertlar kengashi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlislarga vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillarini va loyihalar tashabbuskorlarini taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralardan hamda loyihalar tashabbuskorlaridan loyiha bilan bogʻliq statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asbob-uskunalar va obyektlarning holatini baholash uchun konsalting kompaniyalarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlarning loyihalar ekspertizasi amalga oshirilishining belgilangan tartibiga rioya qilishi ustidan monitoring olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ekspertlar kengashi loyiha tashabbuskorining yozma murojaati boʻyicha loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishlar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya loyihalari monitoringi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda “ishchi organ” deb ataladi) Ekspertlar kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Birinchi bosqichda tashabbuskor tomonidan Ekspertlar kengashiga yozma ariza kiritiladi, unga yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha taklif (keyingi oʻrinlarda “taklif” deb ataladi) ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taklifda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning iqtisodiy samaradorligining dastlabki hisob-kitoblari, oqilona joylashtirishni tanlash va loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xomashyo va materiallar bilan kafolatli taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning hajmi va turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid variantlarini va uni amalga oshirish imkoniyati sxemalarini koʻrib chiqish asosida texnologik asbob-uskunalar qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan mahsulotning moʻljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirish manbalari va qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan garov taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha tashabbuskorining kreditni toʻlashga qodirligi va ushbu tarmoqdagi ish tajribasi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taklif unga dastlabki baho berish uchun ishchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markaziy idoralariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga tushadigan barcha takliflar ular tushgan sanadan boshlab uch kun muddatda ishchi organga berilishi, ayni vaqtda loyihalar tashabbuskorlari yozma ravishda xabardor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar kengashi oʻz ishini mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan oʻzaro mustahkam hamkorlikda tashkil etadi, oʻzining loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi asoslangan takliflarini kiritish va Ekspertlar kengashining majlislarida qatnashish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar kengashi tashabbuskor taklifining tasdiqlangan mezonlarga muvofiqligini oʻrganib hamda ishchi organning dastlabki bahosi natijalarini koʻrib chiqib oʻn ish kuni mobaynida bundan keyin ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy xulosa beradi.
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ikkinchi bosqichda tashabbuskor Ekspertlar kengashining xulosasini hisobga olgan holda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini mustaqil ravishda ishlab chiqadi yoxud ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni (loyihalash institutlarini, konsalting va injiniring kompaniyalarini) jalb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqish Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish loyihalarini tanlab olish boʻyicha mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandida nazarda tutilgan tegishli talablarga muvofiq boʻlgan loyihalar boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish koʻrsatib oʻtilgan nizomning IV boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi ekspertizadan oʻtkazish uchun “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga beriladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida ekspertizadan oʻtkazish loyiha boʻyicha qabul qilingan texnologik yechimni (foydalaniladigan texnologiyalar darajasi, asbob-uskunalarning — texnologik jarayonning tavsiya etilayotgan zanjirining kompleksliligi, yuqori sifatli va keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati, xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi, xomashyo bazasi bilan taʼminlanganlik, shuningdek umuman tarmoq boʻyicha loyihani amalga oshirishning kompleksliligi) baholash yuzasidan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra tashabbuskor uni koʻrib chiqish uchun Ekspertlar kengashiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining texnik-iqtisodiy asoslash yuzasidan ekspert xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontraktlarning loyihalari, loyihalarda asbob-uskunalarni yetkazib berish shartlari, ularning qiymati, rusumlari, texnik tavsiflari, asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yili (spetsifikatsiyasi) mavjud boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlarni sotish yuzasidan fyuchers kontraktlarning loyihalari (moʻljallar protokollari), (agar mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun loyiha tashabbuskori javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tashabbuskori “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda Ekspertlar kengashiga asoslangan eʼtirozni taqdim etish huquqiga ega. Ekspertlar kengashi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xulosalarini, shuningdek loyiha tashabbuskori fikrini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishchi organ ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tushgan sanadan boshlab bir kun muddatda Ekspertlar kengashi raisi bilan Ekspertlar kengashining navbatdagi majlisini oʻtkazish sanasini (hujjatlar taqdim qilingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay) kelishib oladi va Ekspertlar kengashi aʼzolarini bu toʻgʻrida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar loyihani Ekspertlar kengashi tomonidan baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va samaradorligi (ishlab chiqarish quvvatlarini maqbul tarzda joylashtirish, tashkil etiladigan ish oʻrinlari, tarmoqdagi tarkibiy oʻzgartirishlarga taʼsiri, ishlayotgan quvvatlardan foydalanilishi, zarur xomashyo, materiallar va infratuzilmalarning mavjudligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor mahsulotlarni ham ichki, ham tashqi bozorda sotish imkoniyati va istiqbollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning eksportga yoʻnaltirilganligi — eksport qilishga moʻljallangan mahsulotlar hajmi ishlab chiqarish hajmining 70—80 foizidan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik asbob-uskunalar darajasining zamonaviy sifat standartlari (ISO 9001)ga muvofiqligi, loyihada xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ekspertlar kengashi oʻn ish kuni mobaynida takliflarni taqdim etilgan hujjatlar asosida koʻrib chiqadi va quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyihani amalga oshirish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aniq va asoslangan fikr-mulohazalar va kamchiliklarni koʻrsatgan holda loyihani puxta ishlab chiqishning zarurligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qiladi.
(14-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomning 14-bandi “b” kichik bandiga muvofiq puxta ishlab chiqilgan loyihalar koʻrib chiqish uchun Ekspertlar kengashiga belgilangan tartibda takroran kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi boʻyicha Ekspertlar kengashining ijobiy qarori loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashida nazarda tutilgan shartlar, talablar va parametrlarga muvofiq loyihani kelgusida amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 10-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashini tasdiqlash loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi boʻyicha Ekspertlar kengashining ijobiy qarori olingandan keyin Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning IV boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ekspertlar kengashi ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ekspertlar kengashi majlislari zaruriyatga koʻra, biroq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlisni Ekspertlar kengashi raisi, u boʻlmagan taqdirda — Ekspertlar kengashi raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar kengashi majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Kvorum boʻlmagan taqdirda majlis boshqa muddatga koʻchiriladi. Ekspertlar kengashi aʼzolari uning majlislarida shaxsan qatnashishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar kengashining mahalliy davlat hokimiyati organlari orqali kiritilgan takliflar koʻrib chiqiladigan majlisiga mahalliy davlat hokimiyati tegishli organlarining vakillari taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar kengashining qarorlari Ekspertlar kengashining majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish ochiq usulda oʻtkaziladi. Ekspertlar kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ekspertlar kengashi aʼzolarining ovozi teng boʻlgan taqdirda uning raisi ovozi, u boʻlmaganda — rais oʻrinbosarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Majlislar qarorlari protokol bilan rasmiylashtiriladi. Protokolda oʻtkazilgan majlisning joyi va sanasi, kun tartibi, raislik qiluvchi, kotib, Ekspertlar kengashining majlisda qatnashgan aʼzolari, loyiha tashabbuskori, uning tomonidan tavsiya qilingan loyiha toʻgʻrisidagi axborot, Ekspertlar kengashining koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha qarorlari va xulosalari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 484-modda; 2007-y., 23-son, 238-modda; 2008-y., 20-21-son, 176-modda)