Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2010 08.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1638
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi haʼyatning qarori, 08.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1638
Date of entry into force
18.11.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT NOTARIAL IDORALARIDA STAJIROVKA OʻTASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(Qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-noyabrda 1638-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 18-oktabrdagi 25/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan. Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149, 20.10.2010-y.) qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish, stajirovka oʻtashning yagona uslubini joriy etish, stajyor faoliyatini tashkil etish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida hamda “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Adliya vazirligi hayʼati qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtalishini toʻgʻri tashkil etilishi hamda mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilishni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yilning noyabr-dekabr oyida mazkur Nizomni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan barcha davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar va stajyorlar ishtirokida seminar mashgʻulotlarini oʻtkazishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (I.I. Yusubjonov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yilning noyabr-dekabr oylarida ushbu Nizom qoidalarini qoʻllash boʻyicha seminar oʻtkazishni tashkillashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, davlat notariuslari tomonidan mazkur Nizom talablarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borishni taʼminlasin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S.U. Sattarov) ushbu hayʼat qarori bilan tasdiqlangan nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U.T. Ayubov) ushbu hayʼat qarorini “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼatining 2000-yil 28-aprel 33-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E.S. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat raisi, vazir B. MUSTAFOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 8-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-son

Adliya vazirligining 2006-yil 8-noyabr 29-son Hayʼat qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat notarial idorasida oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi stajirovka oʻtashga tayinlanishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat notarial idoralarida stajyorlar soni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunga ish hajmi, kelgusida qoʻshimcha notariuslarga boʻlgan talab va ishdan boʻshab yoki boshqa ishga oʻtib ketayotgan notariuslar soni asos qilib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat notarial idoralarida stajyorlar zaxirasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda matnda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tuzadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Stajirovka oʻtaganlar tegishli adliya boshqarmasi tomonidan alohida kitobda roʻyxatga olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlgan notarius tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Stajyor rahbari stajyorning stajirovka davrida notarial faoliyatga doir masalalarni oʻzlashtirib borishida masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Stajyorga rahbar etib yaqin qarindoshlar (ota-ona va bolalar, er-xotinlar) tayinlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Stajirovkaga rahbarlik qilayotgan davlat notarial idorasi notariusining oylik maoshiga adliya boshqarmasi tomonidan qoʻshimcha toʻlovlar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Stajirovka oʻtalishini adliya boshqarmasi oʻz vakolati doirasida oʻrganadi, umumlashtiradi va nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Stajyorni stajirovka oʻtashini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat notarial idorasida stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoniga (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mehnat shartnomasi taraflar kelishuvi boʻyicha mehnat toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Stajyorni ishga qabul qilish vaqtida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pasport nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oxirgi ish joyidan mehnat faoliyati haqida tavsifnoma (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat notarial idoralarida stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga toʻla muvofiq ravishda chiqarilishi va stajyorga maʼlum qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Stajirovka oʻtash muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Stajirovka oʻtash muddati, ishdan ajralgan holda kamida bir yil boʻlishi lozim. Stajirovkani oʻrindoshlik asosida oʻtalishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar uchun stajirovka muddati tegishincha adliya boshqarmasining buyrugʻi bilan kamaytirilishi mumkin. Bunday hollarda stajirovka muddati olti oydan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Notarius yordamchisi, shuningdek Adliya vazirligida yoki adliya boshqarmasida bevosita notariatga rahbarlik qilish vazifalarini amalga oshirish bilan bogʻliq lavozimlarda (rahbarlar, mutaxassislar) ishlagan shaxslarning uzluksiz ish staji bir yildan kam boʻlmagan taqdirda ular stajirovka oʻtagan hisoblanib, imtihon topshirishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Stajyorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (bola tugʻish, tarbiyalash, taʼtilda boʻlishi, ishdan ajralgan holda malaka oshirish kabilar) koʻra stajirovkaning maʼlum muddati oʻta olmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻiga koʻra ana shu davrga uzaytirilishi yoki boshqa notarius huzurida stajirovka oʻtash uchun biriktirilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Stajyor faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat notarial idoralarida stajyorlar mehnatiga belgilangan tartibda adliya boshqarmasi tomonidan haq toʻlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Stajyor mehnat sharoiti, ish staji, ish vaqti, mehnat taʼtili, ijtimoiy sugʻurta va boshqa mehnat qonunchiligiga oid masalalarda notariuslar uchun belgilangan barcha huquqlardan foydalanadi. Stajyorlarga nisbatan ichki mehnat intizomi qoidalari tatbiq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Adliya boshqarmasi boshligʻi yoki oʻrinbosari tomonidan stajirovka davrida oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni oʻzida mujassamlashtirgan stajirovka oʻtash rejasi tasdiqlanadi. Ushbu reja asosida stajyorlar oʻz vazifalarini davlat notarial idoralarida amalga oshiradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Stajyorning notarial faoliyatni mukammal oʻrganishini taʼminlash maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan, ishi namunali boʻlgan va ayrim murakkab notarial harakatlarni rasmiylashtiradigan boshqa davlat notarial idoralarida bir oydan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida stajirovka oʻtashi tashkil qilinadi. Boshqa davlat notarial idorasida stajirovka oʻtalganligi toʻgʻrisida notarius tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuzilib stajyorning rahbariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Stajyorning vazifasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idorada ish yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik hisobotlarni tuzish va tahlil qilishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial amaliyotni umumlashtirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishlarini yuritishni oʻrganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Stajirovka davrida stajyor quyidagilarni oʻzlashtirishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining notariatga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial amaliyot va notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoasi va fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlarda mavjud boʻlgan axloqiy normalarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Stajyor xizmat vazifasini bajarish vaqtida notarial idorada amalga oshirilgan notarial harakatlardan unga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilmasligi lozim. Bu haqda stajyordan tegishli tilxat olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Stajirovka yakuni boʻyicha xulosa
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Stajyor stajirovka yakuni boʻyicha stajirovka rejasining ijrosi hamda oʻzlashtirilishi va kasbiy malakasini oshirish borasida amalga oshirgan boshqa ishlari haqida yozma hisobot tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Stajyor rahbari ushbu yozma hisobot asosida stajyorga tavsifnoma tayyorlaydi va stajirovka yakuni boʻyicha xulosa tuzadi. Ushbu hujjatlarga notariusning imzosi hamda muhri qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Stajyor rahbarining xulosasida quyidagilar bayon etilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtalgan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka rejasi bajarilganligi haqidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyorning stajirovka oʻtash davrida olgan amaliy koʻnikmalari va kasbiy bilim darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyorning unga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi mahorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyorning keyinchalik mustaqil ravishda notarius boʻlib ishlashga umumiy tayyorgarlik darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyorning stajirovka oʻtalgan davriga umumiy hisoboti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xulosa uch nusxada tuzilib adliya boshqarmasiga va stajirovka oʻtagan shaxsga beriladi. Uchinchi nusxasi stajirovka oʻtalgan notarial idorada saqlash uchun qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Stajirovka natijalari boʻyicha stajyor adliya boshqarmasi qoshidagi notariat boʻyicha malaka komissiyasiga hisobot beradi va komissiya qaroriga asosan malaka imtihoniga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Stajirovka oʻtash natijasi toʻgʻrisidagi xulosa va tavsifnoma stajyorning malaka imtihonini topshirish haqidagi arizasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Adliya boshqarmasi har yil stajyorlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib boradi va bu haqdagi maʼlumotni keyingi yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 451-modda; 2010-y., 24-25-son, 204-modda)