Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.01.2006 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.01.2006 yildagi 7-son
Date of entry into force
17.01.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA BUDJETIDAN VA MAHALLIY BUDJETLARDAN MOLIYALAShTIRILADIGAN KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING MAʼNAVIY ESKIRGAN VA TEJAMSIZ BUGʻ QOZONI AGREGATLARINI 2007-2008 YILLARDA RESPUBLIKA MINTAQALARI BOʻYIChA ALMAShTIRISh DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xoʻjaligida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-noyabrdagi 241-son qaroriga muvofiq “Oʻzdavneftgazinspeksiya” tomonidan “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlardagi tabiiy gazdan foydalaniladigan mavjud bugʻ qozonlari va isitish tizimlarini oʻrganish boʻyicha ishlar olib borildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish davomida Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning 3526 obyektida 10980 maʼnaviy eskirgan va tejamsiz bugʻ qozoni agregatlaridan foydalanilayotganligi aniqlandi. Foydalanilayotgan bugʻ qozoni agregatlarida issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz sarfi salmogʻi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy bugʻ qozoni agregatlari koʻrsatkichlaridan 25-30 foiz ortiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tabiiy gaz isteʼmolini va ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasi nobudgarchiligini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning maʼnaviy eskirgan va tejamsiz bugʻ qozoni agregatlarini 2007-2008-yillarda respublika mintaqalari boʻyicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan resurslarni tejaydigan zamonaviy bugʻ qozoni agregatlari, tabiiy sirkulatsiyali maishiy bugʻ qozonlari bilan almashtirish dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda “Dastur” deb yuritiladi) 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning maʼnaviy eskirgan va tejamsiz bugʻ qozoni agregatlarini 2007-2008-yillarda shaharlar, tumanlar boʻyicha almashtirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bugʻ qozoni agregatlarini oʻrnatishga “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan korxonalar qoʻyiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bugʻ qozoni agregatlarining aniq obyektga texnik tutashtirilishi, belgilangan standartlarga muvofiqligi, obyektlarning tabiiy gaz bilan taʼminlanganligi va yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish imkoniyati ustidan nazorat qilish va masʼuliyat “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga yuklanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 443-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dasturning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, tegishli vazirliklar, idoralar, Respublika budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hisob-kitobi boʻyicha maʼnaviy eskirgan va tejamsiz bugʻ qozoni agregatlarini resurslarni tejaydigan zamonaviy bugʻ qozoni agregatlari, tabiiy sirkulatsiyali maishiy bugʻ qozonlari bilan almashtirish natijasida tabiiy gaz isteʼmoli qisqarishi hisobiga budjet mablagʻlarini tejash isteʼmol qilinadigan gaz qiymatining 50 foizigachani tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-2008-yillarga Davlat budjeti parametlarini shakllantirishda vazirliklar, idoralar va mintaqalarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning maʼnaviy eskirgan va tejamsiz bugʻ qozoni agregatlarini almashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturni bajarish uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning takliflari va asoslangan hisob-kitoblari asosida, zarurat boʻlganda, Dasturga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda maʼnaviy eskirgan va tejamsiz bugʻ qozonlarini almashtirish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga obyektlar boʻyicha tuzatish kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin va yilning har choragida uning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 443-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 443-modda)