07.11.2006 yildagi PQ-505-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.11.2006 yildagi PQ-505-son
Date of entry into force
07.11.2006
Hujjat 07.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilsinki, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish tizimida tarmoqning barqaror rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Alkogolli mahsulotlar ham etil spirti ham, bir vaqtda ishlab chiqarilgani sababli ularni hisobga olishda buzib koʻrsatish hollariga yoʻl qoʻyilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi litsenziya majburiyatlari mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshliligini oshirish, uni tashqi bozorga chiqarishni taʼminlamayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilayotgan choralarga qaramay, alkogolli mahsulotlarni chetdan nolegal (yashirincha) keltirish va ishlab chiqarish, ularni ichki bozorda, ayrim hollarda esa yuqori sifatli qalbaki aksiz markalar bilan sotish holatlari hamon uchrab turibdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini yanada oshirish, sifatsiz va kontrabanda yoʻli bilan olib kelinadigan alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek tarmoqni boshqarishni takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etil spirti ishlab chiqariladigan korxonalarda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va quyish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolbop spirtni litsenziyaga ega boʻlgan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga va boshqa isteʼmolchilarga sotish faqat “Oʻzvinosanoat-xolding” XK tomonidan har chorakda tashkil etiladigan yarmarka savdolarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga alkogolli mahsulotni markirovka qilish uchun aksiz markalar berish faqat ular tomonidan aksiz markalar nominal qiymatining 50 foizi toʻlangach, importyorlarga esa aksiz soligʻi summasining 50 foizi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlarni ulgurji-savdo bozorlarida (komplekslarda) sotish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sharobsavdo” ixtisoslashtirilgan hududiy ulgurji bazalar tomonidan alkogolli mahsulotlar chakana savdoga faqat yetkazib berilgan mahsulot qiymatining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori oldindan toʻlanishi sharti bilan chiqariladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan har chorakda tasdiqlanadigan tegishli hisobot choragi uchun alkogolli mahsulotlar tovar aylanmasining oʻrtacha oylik hajmini taʼminlab bermaydigan “Sharobsavdo” ixtisoslashtirilgan hududiy bazalari belgilangan tartibda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AKning “Qoʻqon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyoʻl bioxim” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash boʻyicha ishlab chiqarish laboratoriyalarini “Oʻzstandart” Agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya) faqat Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (A.E. Nabiyev) 2 oy muddatda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqiga ruxsat berish boʻyicha talablarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2006-yilning 1-dekabrigacha Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish nizomini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning yuritilishi ustidan monitoringni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2007-yilning 1-fevraligacha etil spirti va alkogolli mahsulotlarni litsenziyasiz ishlab chiqaruvchi korxonalarda alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalari demontaj qilinishini va ular keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Davlat belgisi” DICHB bilan birgalikda 2007-yilning 1-aprelidan boshlab alkogolli va tamaki mahsulotlariga dizayni oʻzgartirilgan va qoʻshimcha darajada muhofaza qilingan yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan buyon aksiz markalarini har 2 yilda yangilashni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha tadbirlar Rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi ilovaga kiritilgan tadbirlar ijrosi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin va qalbaki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishning oldini olish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-505-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha tadbirlar rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning qoʻshimcha roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 349-son qarorining 1-ilovasiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil 1-yanvarga qadar

“Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Oʻzstandart” agentligi

2.

Korxonalarni modernizatsiya qilish, shu jumladan birlamchi vinochilik korxonalaridagi texnologiyalarni takomillashtirishni nazarda tutuvchi mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilash dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

“Oʻzvinosanoat-xolding” XK

3.

Xalqaro tajribani oʻrgangan holda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat standartlariga oʻzgartirishlar kiritish.

2007-yil 1-yanvarga qadar

“Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK

4.

Aksiz markalarini buyurtirish va ularni berish tartibiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarga aksiz markalari nominal qiymatining 50 foizi, import qiluvchilarga esa aksiz soligʻi miqdorining 50 foizini toʻlagandan keyin aksiz markalari berishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

5.

Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

6.

Aksiz markalariga shtrix-kod kiritilishi hisobiga 2009-yil 1-yanvardan boshlab “aksiz markasi ishlab chiqaruvchi — bank — alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi — ulgurji korxona — chakana savdo korxonasi” zanjiri boʻylab alkogolli mahsulotlar va aksiz markalarining harakatini qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil mobaynida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Davlat belgisi”DICHB

7.

Alkogolli mahsulotlarni isteʼmol qilish darajasini va budjetga soliq tushumlarini aniqlash maqsadida respublikaning alkogol bozorini oʻrganish. Oʻrganish natijalariga koʻra, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonini, ishlab chiqarish hajmi va turlarini optimallashtirish hamda soliqlarni hisoblash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2007-yil 1-martga qadar

“Oʻzvinosanoat-xolding” XK, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi mustaqil tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda

8.

Kontrabanda spirti va alkogolli mahsulotlarni olib kirish kanallari va realizatsiya faktlarini, shuningdek, noqonuniy, shu jumladan roʻyxatdan oʻtmagan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish manbalarini aniqlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish.

Doimiy

Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

9.

“Yangiyoʻl Bioxim” OAJ hududida (oziq-ovqat spirti resurslarining bir xilda joylashuvini taʼminlash uchun) etil spirtini saqlash uchun “Andijon biokimyo zavodi” OAJ va “Qoʻqon spirt” OAJning ixtisoslashtirilgan omborlarini tashkil etish.

2007-yil 1-aprelga qadar

“Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Oʻzspirtsanoat” AK

10.

Vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalarni tashkil etish: oʻz tasarrufidagi hududda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish va sotish ustidan doimiy monitoring olib borish; chorak davomida ishlab chiqarish korxonalaridan alkogolli mahsulotlar xarid qilish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlamaydigan “Sharobsavdo” bazalari faoliyatini toʻxtatib turish yuzasidan takliflar kiritish; alkogolli mahsulotlarni sotuvchi savdo tashkilotlariga chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni yaratish yoki qaytarib olish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 440-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)