Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2008 07.09.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1621
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 07.09.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1621
Date of entry into force
17.09.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PAXTA YETIShTIRUVChI QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARIGA TOPShIRGAN PAXTA HOSILIDAN ULARGA TEGIShLI BOʻLGAN PAXTA ShELUXA VA KUNJARASINI QAYTARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-sentabrda 1621-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 30-dekabrdagi 236-sonli “Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan chigitdan chiqadigan paxta sheluxasi va kunjarasidan ularga tegishli boʻlgan miqdorni qaytarish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1758, 10.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ-360-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga topshirgan paxta hosilidan ularga tegishli boʻlgan paxta sheluxa va kunjarasini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2005-yil 6-noyabrdagi “Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 223-sonli buyrugʻi (2005-yil 7noyabr, roʻyxat raqami 1519 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar toʻplami, 2005-yil, 45-son, 344-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2006-yil 4-avgustdagi 169-sonli
buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalariga topshirgan paxta hosilidan ularga tegishli boʻlgan paxta sheluxa va kunjarasini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NI3OM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ-360-sonli qaroriga muvofiq shirkat, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari (kelgusida paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar) ixtiyorida qoldiriladigan paxta sheluxasi va kunjarasini qaytarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan amalda sotilgan paxtani qayta ishlashdan hosil boʻlgan paxta kunjarasi va sheluxasining 70 foizi ular ixtiyorida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoat” va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmalari yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, paxta sheluxasi va kunjarasi mahsulotlarini qishloq joylarida tashkil etilgan shoxobchalarga yetkazib berishning qulayligidan kelib chiqqan holda paxta tozalash korxonalarini texnik chigit yetkazib berish boʻyicha yogʻ-moy korxonalariga biriktirish dislokatsiyasini har yilning 1-noyabrigacha Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Paxtani qayta ishlash korxonalari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha topshirilgan paxta xomashyosidan (urugʻlik paxtadan tashqari) ishlab chiqariladigan texnik chigitning kutiladigan miqdori toʻgʻrisidagi roʻyxatni (reyestrni) paxta tayyorlash mavsumi tugashi bilan, lekin 15-noyabrdan kechiktirmagan holda viloyat “Paxtasanoat” birlashmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat “Paxtasanoat” birlashmasi olingan maʼlumotlarni umumlashtirib 3 kun muddatda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi viloyatlar boʻyicha olingan maʼlumotlarni umumlashtirib 3 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoat” uyushmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Paxtani qayta ishlash va yogʻ-moy korxonalari oʻzaro dislokatsiya asosida paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga tegishli texnik chigitni aynan qaysi yogʻ-moy korxonasiga joʻnatilishi toʻgʻrisidagi birgalikda tasdiqlagan maʼlumotni joriy yilning 21-noyabrigacha tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimiga taqdim etadi, tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi esa bu maʼlumot yuzasidan 2 kun ichida paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tasdiqlangan reyestrga asosan, yogʻ-moy korxonalari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan 1-dekabrgacha shartnoma tuzadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada xoʻjalikka xizmat koʻrsatuvchi shoxobcha nomi va manzili aniq koʻrsatilishi shart. Bunda shoxobchalarga xoʻjaliklarni biriktirishda ularning oʻzaro yaqinligiga alohida eʼtibor berish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xoʻjaliklarga tegishli texnik chigitni paxta tozalash korxonalaridan yogʻ-moy korxonalariga joʻnatish hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar hamda reyestr asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxtani qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarilgan jami texnik chigitni yogʻ-moy korxonalariga toʻliq hajmda shartnomaga mutanosib ravishda joʻnatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yogʻ-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitning hamda uni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan va qaytarib berilayotgan paxta sheluxasi va kunjarasining sifat koʻrsatkichlari davlat standartlari va texnik shartlari talablariga mos boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ishlash uchun yuborilayotgan texnik chigitga, shuningdek qaytarib berilayotgan paxta sheluxasi va kunjarasiga ularning muvofiqlik sertifikati (shoxobchalardan sotilganda nusxasi yoki koʻchirmasi) ilova qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Texnik chigit miqdori, qaytarib berilishi lozim boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasining shartnomada koʻrsatiladigan hajmi tasdiqlangan meʼyoriy koʻrsatkichlar asosida belgilanadi, bunda meʼyoriy koʻrsatkichlar keyingi uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan past boʻlishi mumkin emas. Yogʻ-moy korxonalari ushbu meʼyoriy koʻrsatkichlar asosida aniqlangan maʼlumotlarni viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi va iqtisodiyot Bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oluvchi talabiga asosan shartnomada koʻrsatilgan mahsulotlarning chiqish hajmlari, texnik chigitni qayta ishlangan davrdagi yogʻ-moy korxonasining haqiqiy koʻrsatkichlari asosida qayta aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasi yogʻ-moy korxonalari tomonidan qishloq joylarda tashkil etilgan maxsus shoxobchalar orqali ulgurji baholarda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mahsulot ulgurji bahosiga mahsulotni shoxobchagacha tashib keltirish va shoxobchalarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻ-moy korxonalari tuman hokimligi bilan kelishgan holda har bir tumanda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar soni, hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda paxta sheluxasi va kunjarasini sotish uchun bir yoki bir nechta shoxobchalar ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yogʻ-moy korxonalari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotish shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda haqini oldindan toʻliq toʻlash yoki chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga paxta sheluxasi va kunjarasi, ular olishlari lozim boʻlgan mahsulot miqdoriga nisbatan mutanosib ravishda oyma-oy grafik asosida taqsimlanib, toʻliq hajmda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shirkat va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalarining pudratchi va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalariga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasi, miqdori koʻrsatilgan va xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlagan roʻyxat asosida ularning shirkatdagi ulushi hisobidan pul oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarining topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomalari boʻyicha ularga qaytariladigan paxta sheluxa va kunjarasini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻzlariga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotib olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda, yogʻ-moy korxonalari ularni chorva mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalariga sotish maqsadida Respublika tovar xomashyo birjasi savdolariga qoʻyishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga yetkazib beriladigan hamda berilgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotish hajmlari, muddatlari va sifati boʻyicha monitoring yuritish tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi va har oyning 3 kunigacha viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga monitoring natijalarini taqdim etadi. Viloyat Qishloq va suv boshqarmasi olingan maʼlumotlarni umumlashtirib har oyning 5-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Fermyerlar uyushmasi bilan kelishilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari A. SALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 8-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoat” uyushmasi raisi M. GʻOFUROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 8-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi E. ZIKRIYOEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 8-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Fermyerlar uyushmasi raisi S. QOBILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 8-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 364-modda)