21.07.2006 yildagi PQ-423-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.07.2006 yildagi PQ-423-son
Date of entry into force
21.07.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BA’ZI RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGASHLARI TARKIBLARI HAMDA ULARNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning ba’zi komissiyalari va kengashlari tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha tenderlar o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Davlat komissiyasi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy soha muassasalarini, maxsus iste’molchilar va davlat rezervini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash Tartibiga o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ba’zi qonun hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin hamda ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-423-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2006-yil 21-iyuldagi
PQ–423-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(4-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari bilan tasdiqlangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat korxonalari (mulki) qismi bo‘yicha, shuningdek yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha davlatga tegishli va sotilishi zarur bo‘lgan aksiyalar paketlari va ulushlarini sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Komissiyaning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va maslahatchi-konsultantlarning sotishdan oldingi tayyorgarlik hamda yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha xususiylashtiriladigan obyektlarni sotish masalalari bo‘yicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini xarid qilishga nomzodlarning eng manfaatli takliflari ekspert baholashini amalga oshirish va tanlovini o‘tkazish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalarini xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan Prezident va Hukumat hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini tashkil etish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini yanada rivojlantirish va oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sansalorlik, byurokratizmning paydo bo‘lishi va obyektlarni xususiylashtirish, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish hamda aksiyalar paketlarini va korxonalarni to‘liq tanlov (tender) savdolari g‘oliblariga sotishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish muddatlari cho‘zib yuborilishi hollarini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarida Davlat komissiyasi qarorlari qabul qilingan xususiylashtirilgan korxonalar va obyektlarning faoliyati ustidan monitoring tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarini sotishning (tender, tanlov, kimoshdi, birja) shartlari va shakllarini, shuningdek, zarurat bo‘lganda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining taklifiga muvofiq davlat mulkini xususiylashtirishning umumo‘rnatilgan tartibidan boshqa shakl va usullarini, muddatlari va shartlarini belgilash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender hujjatlarini va shuningdek tender obyektlarining sotilish bahosini, tender obyektlarini sotishga jalb qilinadigan ekspert, shu jumladan xorijiy kompaniyalar va vositachilarni tanlash shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtiriladigan obyektga (aksiyalar paketiga) talab konyunkturasiga ko‘ra hamda tegishli investitsiya majburiyatlari bo‘lgan aniq strategik investorlar mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tender obyektlarining boshlang‘ich narxini o‘zgartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yoki uning tomonidan shartnomaviy asosda jalb qilingan mahalliy va xorijiy investitsiyalar vositachilari orqali o‘tkaziladigan tender savdolari natijalarini tasdiqlash;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar va aksiyalarni (ulushlarni) ham erkin muomaladagi valyutada, ham milliy valyutada, shu jumladan haq to‘lashning aralash shakllarida va investor tomonidan erkin muomaladagi valyutada aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish hisobiga sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur axborotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni xususiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishdagi sansalorlik, byurokratizmning paydo bo‘lishi, muddatlarni cho‘zish hollari hamda korxonalar va aksiyalarni xorijiy investorlarga sotishni jadallashtirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tarmoq birlashmalari, korxonalarning ijro etuvchi organlari vakillarini Komissiya faoliyati uchun jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarini muvaffaqiyatli sotish uchun moliyaviy maslahatchi-konsultantlar, ekspertlar va texnik mutaxassislarni jalb qilish shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past rentabelli, zarar ko‘rib ishlaydigan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari va obyektlar, shu jumladan xizmat ko‘rsatish va servis sohasi korxonalarini tashkil etish uchun qishloq joylarda foydalanilmayotgan binolar va xonalar ro‘yxatlarini, shuningdek ularni investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bilan sotish shartlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
(4-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning buyurtmanomalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo‘lgan obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan tanlov o‘tkazmasdan sotish;
(4-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni ro‘yxatdan chiqarib tashlash, bir ro‘yxatdan boshqa ro‘yxatga o‘tkazish, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar shartlarini, sotish usullarini o‘zgartirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari (aksiyalari, ulushlari) ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish;
(4-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln so‘mdan oshmasa, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda jamiyat qatnashchilarining sotib olishdagi ustunlik huquqini qo‘llamagan holda ommaviy savdolarga qo‘yish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarishda ularning boshlang‘ich narxini (balans, nominal qiymatlarida, fond birjasi kotirovkasi bo‘yicha, sof aktivlari qiymatida yoki davlat aktivlari baholangan narxining 70 foizgacha pasaytirilgan miqdorida) belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat unitar korxonalarini xususiylashtirish maqsadida xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirishda korxonaning mol-mulklari va majburiyatlarini xatlov hamda baholashni o‘tkazmasdan, ularning ustav kapitali miqdorini soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy bo‘lgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aktivlarini ustav kapitaliga berish orqali xususiylashtirish yoki davlat ishtirokidagi korxonalar hamda ustav fondida ularning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning boshqaruv organlari qarorlari asosida ularning aktivlarini davlat tashkilotlariga berish va berish mexanizmlarini belgilash, shu jumladan ulardagi davlat ulushlarini kamaytirish hisobiga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
(4-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarning ulushlari, ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilishda umumo‘rnatilgan tartibdan boshqa shakl va usullarni, sotish muddatlari va shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan davlat nomidan aksiyadorga (ishtirokchiga, muassisga) ko‘rsatma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq, jumladan bozor holati va anderrayterlar xulosalarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etiladigan aksiyalar paketining hajmini va savdoga chiqarish muddatini belgilash, ularning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-AUKSION” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionda auksion g‘olibi sifatida to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortib qatnashish huquqi cheklangan yuridik va jismoniy shaxslarni nohalol ishtirokchilar ro‘yxatidan chiqarish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘n sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonchalaridan tashqarisida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda xususiylashtirishning umumo‘rnatilgan tartibidan boshqa shakl va usullari orqali sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyektlari va kelgusida shakllanadigan davlat aksiya paketlari (ulushlari) hamda davlat korxonalarini xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni sotish shartlari, savdo turi va ommaviy savdolardagi boshlang‘ich narxini belgilash;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasalarini (bundan xususiylashtirilmaydigan davlat muassasalari mustasno) xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish, shuningdek, davlat muassasalarini tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun muassislarga ko‘rsatma va takliflar kiritish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya shuningdek ayrim hollarda, iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarga investitsiyalarni jalb etishda quyidagi huquqlarga ham ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona (aksiyalar ulushlari) sotilgunga qadar budjetdan va davlat korxonalaridan, jumladan muddatlari kechiktirilgan yig‘ilgan qarzlarini tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorning so‘roviga ko‘ra, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlarni o‘zlashtirish davrida tabiatni muhofaza qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarni oshirishga moratoriylarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya davlat mulkini birinchi darajali strategik investorlarga ularning korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya majburiyatlari ostida sotganida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida olingan banklarning, shu jumladan xorijiy banklarning kreditlari bo‘yicha korxonalarning qarzlarini to‘liq so‘ndirilishi bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar olish shartlarida korxonani yaxlit yoki sotiladigan davlat ulushini aksiyalarning nazorat paketigacha oshirish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilayotgan korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida olingan banklarning, shu jumladan xorijiy banklarning kreditlari bo‘yicha qarzlarini qisman yoki to‘laligicha tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish bo‘yicha qarorlarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Komissiya ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya o‘zining ish jarayonida ushbu Nizomga amal qiladi va o‘z faoliyatini tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya majlislari uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashgan holda zaruratga qarab vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imzolanayotganda Komissiya a’zolari unga o‘zlarining alohida fikrlarini ilova qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tender obyektlarini uning g‘oliblariga berish Komissiyaning tegishli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya ishi bilan bog‘liq axborotlar maxfiy hisoblanadi va xususiylashtirish jarayonida qatnashmaydigan uchinchi shaxsga oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zolari, ko‘rsatib o‘tilgan axborotni oshkor qilganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiyaning tenderlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish, shuningdek, ekspert kompaniyalarni va vositachilarni, shu jumladan xorijiy, tender asosida tanlash xarajatlari hamda ularga to‘lanadigan pul mukofotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender obyektini sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Komissiyaning ishchi organi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Komissiyaning savdolarni tayyorlash va o‘tkazishni tashkil qilishni amalga oshiruvchi (tushayotgan takliflarni ekspert baholash, Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, reklama ishlari, Komissiyada ish yuritish) ishchi organi hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiyaning ishchi organi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Komissiya tomonidan tasdiqlangan shartlarda, jumladan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va vositachilarni jalb etgan holda kimoshdi, tanlov, birja, tender va xususiylashtirishning umumo‘rnatilgan tartibidan boshqa shakl va usullarda savdolarni tashkil etish va o‘tkazish;
(16-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Komissiya tomonidan belgilangan shartlar va mezonlarda, shu jumladan xorijiy, texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlarni va vositachilarni davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lardan, keyinchalik xarajatlarni obyektlar (aksiyalar) sotilishidan tushadigan tushumlar hisobidan kompensatsiya qilish bilan ularning xizmatlariga haq to‘lagan holda tender va kimoshdi savdolarini tayyorlash va o‘tkazish uchun tanlov asosida taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Komissiyaga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro amaliyotga muvofiq va (yoki) jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalari va maslahatchi-konsultantlarning taklifiga asosan davlat mulkini sotishning belgilangan tartibi, shakllari, usullari, muddatlari va shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha;
(16-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlar tartibi va shartlari bo‘yicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan unga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Komissiya bilan kelishgan holda tender savdolarini o‘tkazish va ularning yakunlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida o‘z nomidan e’lonlar chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiyaning ishchi organi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir xususiylashtirish obyekti to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tartibga solish va ishlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
potensial investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga obyektlar haqidagi umumiy majburiy axborotlar va ularning so‘rovlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita yoxud sotish bo‘yicha boshqa agentlar bilan birgalikda texnik topshiriq, kontrakt loyihalarini va Komissiya tasdig‘iga kiritiladigan boshqa tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tenderlar va kimoshdi savdolarini o‘tkazish bo‘yicha reklama-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. Tarkibiga kiradigan korxonalar-emitentlar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishchi organ korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ochishni amalga oshiradi, potensial investorlarning korxonalar va ularning asosiy texnik-iqtisodiy, moliyaviy hamda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan tanishish uchun sharoitlar yaratadi, investorlar izlash va ular bilan muzokaralar olib borishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda, chorakda kamida bir marta tender, kim oshdi, birja savdolari yakunlari, shuningdek Komissiya tomonidan tasdiqlangan shartlarda davlat aktivlarini sotish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish natijalari bo‘yicha Komissiyaga axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyada aniq va to‘liq ish yuritish, Komissiya xat-xabarlarini hisobga olish va turkumlash, Komissiya barcha majlislarining bayonnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish.
(17-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlarining so‘zsiz bajarilishi, xususiylashtirishdan valyuta resurslarining qo‘shimcha to‘ldirilishi, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarishdan tushumlarni taqsimlash yuzasidan talablarga qat’iy rioya qilinishi uchun to‘liq javob beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2006-yil 21-iyuldagi
PQ–423-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Ba’zi qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) 1-ilovasining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarorining 1-ilovasidagi “V.A. Golishev — Bosh vazir o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari” so‘zlari “B.A.Xo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. O‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan qonun hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 22-iyundagi 309-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 32-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “2000-2001-yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 26-noyabrdagi 511-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 69-modda) 4-ilovaning 4 va 5-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 6-ilovaning 10-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 75-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorning 1-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 25 va 31-ilovalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yigirma birinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 16-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining o‘n ikkinchi xatboshi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 289-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; 2008-y., 40-41-son, 407-modda; 2010-y., 1-2-son, 2-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda, 26-27-son, 288-modda; 2013-y., 30-son, 386-modda, 36-son, 477-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son; 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)