O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR
TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyulda 1122-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-iyun,
13/8-son
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar
to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar
to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshisi bilan to‘ldirilsin:
“Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni bajarishni rad etishga haqlidir”.
2. 41-band “a” kichik bandidagi “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlaridan keyin “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 286-modda)