O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Vazirlar Mahkamasining “2004-yil makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qaroriga muvofiq hamda bank tizimini yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-fevral,
89-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar hamda o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi 122-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 22-son, 159-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorida:
1-bandning to‘rtinchi xatboshidan “xususiy banklar bo‘yicha — so‘m ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari miqdorida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bir aksiyadorning yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir guruh aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasidagi ulushi ustav sarmoyasi umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (xususiy banklar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar bundan mustasno);”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari (depozitlari)ning ko‘paygan” so‘zlari “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari hamda joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmlarining ko‘paygan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 98-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda; 2006-y., 25-26-son, 235-modda)