Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2019 25.02.2004 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 25.02.2004 yildagi 87-son
Date of entry into force
25.02.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIShLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh BO‘YIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, qishloqda bozor prinsiplari va munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini bozor shart-sharoitlari va talablariga jadal moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan hujjatlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish bo‘yicha Hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida” 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi vazifalari va funksiyalarining qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarga oid qismi Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 2-ilova;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tuzilgan komissiyalar va kengashlar tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 12-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 25-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi

Mirziyoyev Sh.M.‎

—‎

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi‎

Azimov R.S.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari‎

lavozimi bo‘yicha

—‎‎

Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi

‎‎Komissiya a’zolari:

Jo‘rayev A.M.‎

—‎‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri‎

Nurmurodov M.B.‎

—‎‎

Moliya vaziri‎

Obidov O.O.‎

—‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri‎

Asqarov M.A.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

lavozimiga ko‘ra‎

—‎‎

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ra�si‎

Qudratov G‘.S.‎

—‎‎

Davlat statistika qo‘mitasi raisi‎

Polvon-zoda A.A.‎

—‎‎

Adliya vaziri‎

Abdusalomov M.E.‎

—‎‎

Oliy xo‘jalik sudi raisi‎

Yoqubjonov O. ‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha)‎

Bronshteyn V.I.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti (kelishuv bo‘yicha)‎

lavozimiga ko‘ra

—‎‎

Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

Salimov A.X.

—‎‎

Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari‎

Nurmatov Sh.‎

—‎‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori‎

Jumageldiyev M.R.‎

—‎‎

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

Gadoyev E.F.‎

—‎‎

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎

Haitov A.‎

—‎‎

Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎

Voznenko A.N.‎

—‎‎

“O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi‎

Ahmedov Sh.‎

—‎‎

“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi rais�‎

Otajonov‎ N.S.

—‎‎

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi

lavozimiga ko‘ra

—‎‎

“O‘zsharobsanoat” AJ boshqaruvi

Xolov M.X.‎

—‎‎

“O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi raisi‎

Yusupov B.T.

—‎‎

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Shayxov A.E.

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

Abdullayev S.‎

—‎‎

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi direktori‎

Boymuratov A.J.

—‎‎

“Agrobank” ATB boshqaruvining raisi

Toshmurodov Sh.M.

—‎‎

“Qishloq qurilish bank” ATB boshqaruvining raisi

Kaziyev P.R.‎

—‎‎

“O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi‎

lavozimiga ko‘ra *

—‎‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar: * aniq vaziyatga qarab viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi birinchi o‘rinbosarlari komissiya a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Komissiya” deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya o‘z faoliyatini qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish ta’minlanishini, islohotlarni amalga oshirishning borishini chuqur tahlil qilishni, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish tashabbusi bilan chiqish va ularni tayyorlashni tashkil etish maqsadida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Yer kodeksiga, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari huzurida qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda matnda “hududiy komissiyalar” deb yuritiladi) faoliyat ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hududiy komissiyalarning nizomlari va tarkiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Komissiyaning vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda ular asosida qabul qilingan qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida va Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar hamda qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan muntazam ravishda monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish sohasida yagona davlat siyosatining izchil o‘tkazilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarning ahvolini chuqur tahlil qilish asosida yilning har choragida tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan bozor prinsiplari va mexanizmlarini boshqaruv tizimiga, xo‘jalik munosabatlariga keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini qisqartirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kundalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish asosida qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish munosabatlari va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy munosabatlar asosida xo‘jalik yuritish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va tayyorlovchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi monitoringini muntazam ravishda olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon bozorlarida vujudga kelgan talab va taklif, narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda bozor prinsiplariga asoslangan qishloq xo‘jaligida narx belgilash tizimi va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ishonchli ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy shart-sharoitlar va kafolatlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ga va fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ni fermer xo‘jaliklariga aylantirishning borishi yuzasidan ta’sirchan monitoring o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda zarur xizmatlarning barcha turlarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va hududiy komissiyalar bilan birgalikda qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda iqtisodiy islohotlar doimiy ravishda metodik va huquqiy ta’minlanishini, agrobiznes sohasida xo‘jalik yuritishning zamonaviy usullarini biladigan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tahlil qilish, qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribani umumlashtirish va ommalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Komissiyaning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbar xodimlarining, shuningdek hududiy komissiyalarning qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ular tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va uyushmalardan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari olimlari va o‘qituvchilarini materiallarni tayyorlash uchun jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va istiqbolsiz qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ni fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklariga aylantirilayotgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va istiqbolsiz qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) ro‘yxatini tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida kelishib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda qishloq xo‘jaligi isloh qilinishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning layoqatliligini va ularning amaliy faoliyati natijalarini baholash, o‘z vakolatlari doirasida agrosanoat kompleksini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘rish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiyaga rais boshchilik qiladi, u ishlarni boshqaradi, komissiya majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, ish rejalarini va komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiyaning ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha qarori, agar uning uchun komissiya a’zolarining ko‘pchiligi oddiy ovoz berish yo‘li bilan ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya raisi bilan kelishuvga ko‘ra uning majlisda xolisona sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan komissiya a’zolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashuvchi vakolatli vakillari almashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida komissiya raisi komissiya a’zolari bilan so‘rov yo‘li bilan kelishilgan alohida masalalar bo‘yicha komissiya qarorlarini tasdiqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Zarurat bo‘lganda komissiya majlisiga ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga qarab vazirliklar va idoralarning, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va mehnat jamoalarining rahbarlari taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiya yilning har choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiya majlisiga materiallar ishchi organ tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan komissiya a’zolari bilan birgalikda komissiyaning ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masalaga doir hujjatlarda qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (tahliliy ma’lumotnomalar, jadvallar va boshqalar) va komissiya qarori loyihasi mavjud bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Komissiyaning ishchi organi va kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi hamda “O‘zsharobsanoat” AJning yuqori malakali mutaxassislaridan 5 kishidan iborat tarkibdagi doimiy ishlaydigan ishchi guruh komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiyaning ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning navbatdagi davr uchun ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi hamda vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar va komissiya a’zolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahliliy materiallar tayyorlanishini va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari monitoringining axborot va tahliliy materiallarini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy komissiyalar faoliyatini va komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishini joylarga borib o‘rganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni tegishli materiallarni jo‘natgan holda majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Komissiya kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruh ishlariga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhning ishlarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya raisi bilan majlislar o‘tkaziladigan muddatni va joyni, shuningdek taklif etiladiganlar tarkibini kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga jo‘natadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiyani tugatish yoki qayta tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 97-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)