Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2021 07.06.2006 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.06.2006 yildagi 110-son
Date of entry into force
07.06.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDA MULTIMEDIA UMUMTA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISh MARKAZINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli “Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin, unga “O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish, shu jumladan kredit mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasining Eksport-import banki o‘rtasidagi kredit bitimi talablariga muvofiq foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olish funksiyalari yuklansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim beradigan elektron multimedia ilovalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘qitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuter asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ta’lim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq ta’limi xodimlari va o‘qituvchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-ta’lim veb-portali joylashtiriladigan servyer maydonchasini tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash va boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-ta’lim veb-portalini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablarni axborot-ta’lim veb-portaliga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tizimda axborot-kommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan boshqa vazifalar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning xodimlarining cheklangan umumiy soni, shu jumladan Respublika ta’lim markazi xodimlarini 8 nafarga hamda Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati xodimlari sonini 1 nafarga qisqartirish hisobiga 23 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, xodimlarining belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni ta’lim beradigan elektron multimedia dasturlarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan foydalanish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, loyihani samarali amalga oshirishni kafolatlovchi boshqa mutaxassislar bilan butlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Markazni joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazning ta’minoti uchun 2006-yilga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar ajratsin, 2007-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida mablag‘larni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 7-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-son

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
7-iyundagi 110-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 208-modda, 40-son, 396-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2015-y., 7-son, 80-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)