21.04.2006 yildagi PQ-330-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.04.2006 yildagi PQ-330-son
Date of entry into force
21.04.2006
Hujjat 21.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

TOʻQIMACHILIK SANOATI KORXONALARINI MOLIYAVIY SOGʻLOMLASHTIRISH VA ULARGA PAXTA TOLASI SOTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]

Soʻnggi yillarda davlat tomonidan toʻqimachilik sanoati qoʻllab-quvvatlanayotgani tufayli mamlakatimizda yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi zamonaviy toʻqimachilik korxonalari tashkil etildi. Natijada tarmoqda ishlab chiqarish hajmi va xalqaro standartlarga javob beradigan toʻqimachilik mahsulotlari eksporti barqaror oʻsib bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va toʻqimachilik sanoatiga xorijiy investorlarni jalb qilish surʼatlari yetarlicha emas. Buning oqibatida qimmatbaho paxta tolasining anchagina qismi eskirgan uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda sifati past mahsulotlarga aylantirilmoqda. Tarmoqda zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar soni qisqarmayapti. Toʻqimachilik sanoati korxonalarining paxta tolasini yetkazib beruvchilarga hamda tijorat banklarining kreditlari boʻyicha qarzdorligi yuqoriligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlarini jadallashtirish, texnik qoloq va iqtisodiy nochor korxonalarni qatʼiy tugatish, qoʻshma toʻqimachilik korxonalari faoliyati hamda texnik qayta jihozlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida eskirgan uskunalarda ishlayotgan sifatli raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni taʼminlamayotgan va rivojlanish istiqbollariga ega boʻlmagan korxonalar aniqlandi (1-ilovaga* muvofiq), ularning aksariyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa kreditorlar tashabbusiga koʻra belgilangan tartibda bankrotlik toʻgʻrisida ishlar qoʻzgʻatildi va tugatish amaliyoti oʻtkazilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tili matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar bilan birgalikda tashkil etilgan va banklarning kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari bor, iqtisodiy nochor toʻqimachilik korxonalarga (2-ilovaga* muvofiq) nisbatan kreditorlar tomonidan bankrotlik jarayonlari boshlangan yoki qonunda belgilangan tartibda ularning mulkidan jarima undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi tartib belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovada koʻrsatilgan korxonalarda zamonaviy texnologik uskunalar asosida modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmaguncha eskirgan texnologik uskunalarda qayta ishlash uchun paxta tolasi sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hozirgi vaqtda modernizatsiya va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirayotgan 3-ilovada* koʻrsatilgan korxonalar uchun 2007-yil 1-iyulgacha ularga paxta tolasi sotishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sotib olingan paxta tolasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari bor respublika qayta ishlash korxonalari birja savdolariga qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va boshqaruvchi kompaniyalarni tanlash boʻyicha hukumat komissiyasi (quyida — Komissiya) 4-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetga, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari boʻyicha berilgan bank kreditlari hamda paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalari oldida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar boʻyicha mulkiga kreditorlarning talablari qaratilgan iqtisodiy nochor toʻqimachilik korxonalarini sotish va boshqaruvga berish, investorlar yoki zamonaviy toʻqimachilik korxonalari menejmenti tajribasiga ega boshqaruvchi kompaniyalar oʻrtasida ochiq tanlovlarni oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eskirgan texnologik uskunalari bor toʻqimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturiga kiritish va undan chiqarib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida paxta tolasini sotish boʻyicha yopiq kimoshdi savdolariga kiritiladigan toʻqimachilik korxonalari roʻyxatiga qoʻshish va bu roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqimachilik korxonalari modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlarini bajargandan soʻng ularni Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida paxta tolasini sotib olishiga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya (Azimov R.S.):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan vakolatlarga muvofiq oʻziga yuklatilgan vazifalarning tezkor hal etilishini taʼminlash va har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga amalga oshirilayotgan ishlarning muayyan natijasi haqida hisobot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yilning 1-iyuligacha 2-ilovada qayd etilgan korxonalar uchun investorlar yoki boshqaruv kompaniyalarini tanlash ishlari yakunlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2006—2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga oʻz tarkibiga xorijiy investitsiyalar kiritilgan korxonalarni birlashgan aʼzolar sifatida ushbu korxonalar taʼsischilarining qaroriga muvofiq qabul qilish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi tomonidan oʻtkaziladigan ochiq birja savdolarida paxtani qayta ishlaydigan korxonalarga sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda ikki hafta ichida paxta tolasini OʻzRTXB orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, tayyor toʻqimachilik mahsuloti eksportini kengaytirishni ragʻbatlantirish uchun oʻz mahsulotining 80 va undan koʻp foizini erkin ayirboshlanadigan valyutada eksport qiluvchi toʻqimachilik sanoati korxonalari 2006-yilning 1-mayidan 2009-yilning 1-yanvarigacha mulk soligʻidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 21-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-330-son

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi
330-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi “Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 414-qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-banddagi “60 kun” soʻzi “90 kun” deb oʻzgartirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 3 va 35-bandlari quyidagi satrlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda tashqi savdo kompaniyalariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalarga yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 85 foizi, oldindan toʻlov yoki mazkur korxonalar mahsulotlarining xaridorlari tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan hisob raqamni kafolat taʼminoti sifatida qabul qilishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo kompaniyalari hisob-raqamlariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalar mahsulotining eksportidan kelib tushadigan daromad ushbu korxonalarni yetkazib berilgan paxta tolasining qiymati belgilangan tartibda chegirib qolingach va valyuta daromadining majburiy 50 foizi sotilganidan soʻng, ularning hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilovaning 35-bandidagi “60 kun” soʻzi “90 kun” deb almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda,36-son, 359-modda; 2008-y., 10-11-son, 58-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)