21.04.2006 yildagi PQ-330-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.04.2006 yildagi PQ-330-son
Date of entry into force
21.04.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARINI MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH VA ULARGA PAXTA TOLASI SOTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘nggi yillarda davlat tomonidan to‘qimachilik sanoati qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli mamlakatimizda yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi zamonaviy to‘qimachilik korxonalari tashkil etildi. Natijada tarmoqda ishlab chiqarish hajmi va xalqaro standartlarga javob beradigan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti barqaror o‘sib bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va to‘qimachilik sanoatiga xorijiy investorlarni jalb qilish sur’atlari yetarlicha emas. Buning oqibatida qimmatbaho paxta tolasining anchagina qismi eskirgan uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda sifati past mahsulotlarga aylantirilmoqda. Tarmoqda zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar soni qisqarmayapti. To‘qimachilik sanoati korxonalarining paxta tolasini yetkazib beruvchilarga hamda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha qarzdorligi yuqoriligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlarini jadallashtirish, texnik qoloq va iqtisodiy nochor korxonalarni qat’iy tugatish, qo‘shma to‘qimachilik korxonalari faoliyati hamda texnik qayta jihozlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida eskirgan uskunalarda ishlayotgan sifatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlamayotgan va rivojlanish istiqbollariga ega bo‘lmagan korxonalar aniqlandi (1-ilovaga* muvofiq), ularning aksariyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa kreditorlar tashabbusiga ko‘ra belgilangan tartibda bankrotlik to‘g‘risida ishlar qo‘zg‘atildi va tugatish amaliyoti o‘tkazilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tili matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar bilan birgalikda tashkil etilgan va banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bor, iqtisodiy nochor to‘qimachilik korxonalarga (2-ilovaga* muvofiq) nisbatan kreditorlar tomonidan bankrotlik jarayonlari boshlangan yoki qonunda belgilangan tartibda ularning mulkidan jarima undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi tartib belgilab qo‘yilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovada ko‘rsatilgan korxonalarda zamonaviy texnologik uskunalar asosida modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmaguncha eskirgan texnologik uskunalarda qayta ishlash uchun paxta tolasi sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hozirgi vaqtda modernizatsiya va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirayotgan 3-ilovada* ko‘rsatilgan korxonalar uchun 2007-yil 1-iyulgacha ularga paxta tolasi sotishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sotib olingan paxta tolasi uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bor respublika qayta ishlash korxonalari birja savdolariga qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tanlash bo‘yicha hukumat komissiyasi (quyida — Komissiya) 4-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
(3-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetga, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari bo‘yicha berilgan bank kreditlari hamda paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalari va “O‘zpaxtasanoat” AJ oldida muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar bo‘yicha mulkiga kreditorlarning talablari qaratilgan iqtisodiy nochor to‘qimachilik korxonalarini sotish va boshqaruvga berish, investorlar yoki zamonaviy to‘qimachilik korxonalari menejmenti tajribasiga ega investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar o‘rtasida ochiq tanlovlarni o‘tkazish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5348-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eskirgan texnologik uskunalari bor to‘qimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturiga kiritish va undan chiqarib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida paxta tolasini sotish bo‘yicha yopiq kimoshdi savdolariga kiritiladigan to‘qimachilik korxonalari ro‘yxatiga qo‘shish va bu ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘qimachilik korxonalari modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlarini bajargandan so‘ng ularni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida paxta tolasini sotib olishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya (Azimov R.S.):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan vakolatlarga muvofiq o‘ziga yuklatilgan vazifalarning tezkor hal etilishini ta’minlash va har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga amalga oshirilayotgan ishlarning muayyan natijasi haqida hisobot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yilning 1-iyuligacha 2-ilovada qayd etilgan korxonalar uchun investorlar yoki boshqaruv kompaniyalarini tanlash ishlari yakunlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2006—2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga o‘z tarkibiga xorijiy investitsiyalar kiritilgan korxonalarni birlashgan a’zolar sifatida ushbu korxonalar ta’sischilarining qaroriga muvofiq qabul qilish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 359-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ikki hafta ichida paxta tolasini O‘zRTXB orqali respublika korxonalariga sotishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
(11-bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 359-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 21-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-330-son
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 359-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 138-modda,36-son, 359-modda; 2008-y., 10-11-son, 58-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)