OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
“Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek, unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2730-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 303-son “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-sentabr,
400-son
Kelishildi:
Tashqi ishlar vaziri B. SAIDOV
2026-yil 26 sentabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2026-yil 25-sentabr
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
2026-yil 2-sentabr
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
2026-yil 29-avgust
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 26-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-sentabrdagi 400-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 589-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3338, 2021-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) ilovaning 165-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-son “Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3595, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son) ilovaning 49-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-son “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2730-1, 2025-yil 8-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026 y., 10/26/2730-2/0981-son)