OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3918]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 21-iyul,
1-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyul,
387-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2026-yil 27-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 12-iyuldagi 7-mh va 52-son qarori (roʻyxat raqami 2820, 2016-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 17 va 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda davlat taʼminotidagi oila va kambagʻal oila farzandlariga, shundan soʻng kambagʻallik chegarasidagi oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
18. Toʻlovdan ozod qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati ular Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzosi ekani haqidagi maʼlumot asosida shakllantiriladi.
Bunda maʼlumot umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiriladi.”;
b) 19 va 20-bandlardagi “kam taʼminlangan yoki kambagʻal deb eʼtirof etilgan” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-son qarori (roʻyxat raqami 2821, 2016-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddan “, kam taʼminlangan oilalardagi bolalar uchun maktab-internatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda davlat taʼminotidagi oila va kambagʻal oila farzandlariga, shundan soʻng kambagʻallik chegarasidagi oila farzandlariga imtiyoz beriladi.”;
d) 20-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ular Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzosi ekani haqida maʼlumotnoma;”;
e) 22-banddagi “kam taʼminlangan yoki kambagʻal deb eʼtirof etilgan” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
f) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotiga (maktab-internatga) qatnashi (boʻlishi) toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar zaxiradan toʻldirib boriladi.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 10-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 2-oktabrdagi 293-son “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 3693, 2025-yil 23-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 10/25/3693/0973-son):
a) nomi va 1-bandidagi “Kambagʻal oilalar reyestri”ga” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) Nizomda:
nomi va muqaddimasidagi “Kambagʻal oilalar reyestri”ga” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi tegishli ravishda ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “bir xil toifadagi oilalarning” degan soʻzlar “ayrim toifadagi oilalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ayrim toifadagi oila Ijtimoiy reyestrda “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilganda, kompensatsiya keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlab boriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026 y., 10/26/3918/0818-son)