O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3252-7]
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (ro‘yxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23 iyun,
19/2-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 23-iyundagi 19/2-son qaroriga
ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom bank faoliyatiga, shu jumladan islomiy bank faoliyatiga ruxsat berish, bankning rahbar xodimlarini lavozimiga kirishishidan oldin kelishib olish, alohida bo‘linmalarini ochish va yopish, ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Agar ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa:
ushbu Nizomning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari mikromoliya banklariga, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banklariga nisbatan;
ushbu Nizomning mikromoliya banklariga nisbatan belgilangan qoidalari islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banklariga nisbatan ham tatbiq etiladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
“11. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlari mutanosibligini, to‘lov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablag‘larning yetarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati;
bilvosita egalik qiluvchi — bankning aksiyalariga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi shaxs;
islomiy bank faoliyati — banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka hamda islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan bank faoliyati;
mo‘ljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror;
nazorat — O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga mos keluvchi o‘zaro aloqa;
oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs bo‘lgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
potensial oluvchi — birgalikda harakat qilayotgan, mo‘ljallanilayotgan sotib olish munosabati bilan bank aksiyalarini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida olishni niyat qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
rahbar xodim — ushbu Nizomning 77-bandida ko‘rsatilgan lavozimlardan biriga saylangan (tayinlangan) shaxs;
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish;
chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, ushbu chet davlatning qonunchiligiga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs.”.
4. 8-bandning ikkinchi xatboshisi “bank faoliyati” degan so‘zlardan keyin “, shu jumladan islomiy bank faoliyati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va ustavi, mazkur Nizomga muvofiq Markaziy bank tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi) asosan amalga oshiradi.”.
6. 19-bandning uchinchi xatboshisi, 29 va 38-bandlar, 130-bandning ikkinchi xatboshisi, 182, 183, 200 — 202, 226 va 233-bandlardagi “litsenziya” degan so‘z “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 20-bandning 13-kichik bandidagi “bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosati” degan so‘zlar “bankning kredit (moliyalashtirish), investitsiya va emissiya siyosati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 201 va 202-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“201. Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim etadi:
bankning islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari bo‘yicha maxsus bo‘linmasi va islomiy moliya bo‘yicha ichki auditi to‘g‘risidagi nizomlari loyihalarini;
islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati loyihasini;
bankning islomiy moliya kengashi a’zolari to‘g‘risida ushbu Nizomning 107-bandi 5 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni.
202. Ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi yoki muassisning bankni ta’sis etish haqidagi yakka tartibda qabul qilgan qarori bankni tashkil etish, bankning ustav kapitali miqdorini belgilash, bank ustavini, tashkiliy tuzilmasini va biznes-rejasini tasdiqlash, bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarini saylash (tayinlash) to‘g‘risidagi qarorlarni, shuningdek bank islomiy bank faoliyatini amalga oshirgan taqdirda — bankning islomiy moliya kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risidagi qarorni o‘z ichiga olishi lozim.”.
9. Quyidagi mazmundagi 203 va 204-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“203. Ta’sis shartnomasining yoki muassisning bankni ta’sis etish haqidagi yakka tartibda qabul qilgan qarorining nusxalari, ulardagi jismoniy shaxslarning imzolari notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
204. Islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosatida kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
islomiy bank faoliyatini amalga oshirishda islomiy moliya standartlariga muvofiqlikni ta’minlashning ahamiyati;
islomiy bank faoliyatini amalga oshirishda islomiy moliya standartlariga muvofiqlikni ta’minlash jarayoni;
islomiy moliya standartlariga muvofiqlikni ta’minlashda bankning boshqaruv organlari, islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari bo‘yicha maxsus bo‘linmasi va islomiy moliya bo‘yicha ichki auditining vazifa va majburiyatlari;
islomiy moliya standartlariga nomuvofiq bo‘lgan daromadlardan xalos bo‘lish, shu jumladan ularni xayriya maqsadlariga yo‘naltirish tartibi;
hisobdorlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash choralari;
islomiy moliya bo‘yicha tashqi audit tekshiruvini o‘tkazish tartibi.”.
12-kichik banddagi “bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosati” degan so‘zlar “bankning kredit (moliyalashtirish), investitsiya va emissiya siyosati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi ushbu bandning birinchi — o‘n uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu Nizomning 201-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.”.
11. 1-bo‘limning 2-bobi 5-paragrafining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish”.
birinchi xatboshidagi “litsenziya” degan so‘z “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankni davlat ro‘yxatiga olish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish to‘g‘risidagi ariza. Bunda arizada ariza beruvchining elektron pochta manzilining ko‘rsatilishi uning qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligidir;”;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bank binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi;
agar ariza bir vaqtning o‘zida bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish uchun taqdim etilsa, ushbu Nizomning 291-bandi yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlar;”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Nizomning tegishli ravishda 20 — 24-bandlari hamda ushbu bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarning elektron shakldagi ko‘chirma nusxalari.”;
to‘qqizinchi xatboshidagi “uchinchi — beshinchi xatboshilarida” degan so‘zlar “uchinchi — yettinchi xatboshilarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. 1-bo‘limning 2-bobi quyidagi mazmundagi 51-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“51-§. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish
291. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan bank islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish to‘g‘risidagi ariza;
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining yoki bankning yagona aksiyadorining islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarori;
bankning O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan talablar inobatga olingan holdagi ustavi;
bankda bankning islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari bo‘yicha maxsus bo‘linmasi va islomiy moliya bo‘yicha ichki auditi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ushbu Nizomning 201-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar;
bankning islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi to‘g‘risidagi ushbu Nizomning 107-bandi 2 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar;
islomiy bank faoliyati bo‘yicha bozor tahlili, moliyalashtirish rejalari, mahsulot va xizmatlar, moliyaviy prognozlar va tavakkalchiliklarni boshqarish masalalarini, shuningdek ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uch yillik biznes-reja;
islomiy bank faoliyati doirasida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobini alohida yuritish imkoniyati yaratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (avtomatlashtirilgan bank tizimlariga islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar).
292. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish haqidagi qaror ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran ikki oydan oshmagan muddatda qabul qilinadi.
Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida bankni qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.”.
14. 1-bo‘limning 2-bobi 6-paragrafining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-§. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish”.
15. 32 va 35-bandlardagi “Litsenziyani qayta rasmiylashtirish” degan so‘zlar “Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 1-bo‘limning 2-bobi 7-paragrafining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-§. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) berish va qayta rasmiylashtirish uchun to‘lov”.
17. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilganligi uchun tegishincha bank yoki mikromoliya banki ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda davlat boji berilgan har bir litsenziya turi uchun alohida undiriladi.”.
18. 50-bandning uchinchi xatboshisi “kuzatuv kengashi va boshqaruvi” degan so‘zlardan keyin “, islomiy moliya kengashi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
19. 3-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
III bo‘lim. Bankning rahbar xodimlarini Markaziy bank bilan kelishib olish tartibi va baholash mezonlari”.
20. 77 — 80-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Quyidagi rahbar xodimlar lavozimiga kirishishidan oldin Markaziy bank bilan kelishib olinishi lozim:
1) bank kuzatuv kengashi a’zolari, shu jumladan raisi;
2) bank boshqaruvi a’zolari, shu jumladan raisi va uning o‘rinbosarlari;
3) bankning islomiy moliya kengashi a’zolari, shu jumladan raisi va uning o‘rinbosarlari;
4) bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari, agar ular bir paytning o‘zida bank boshqaruvi a’zolari bo‘lmasa:
bankning bosh buxgalteri;
ichki audit tarkibiy bo‘linmasi rahbari;
tavakkalchiliklarni boshqarishga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbari;
ichki nazorat va (yoki) komplayens nazorat uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma rahbari;
bank aktivlari va passivlarini (g‘aznachilikni) boshqarishga mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilma rahbari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbari;
bankning islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi;
5) ixtiyoriy tugatilayotgan bankning tugatuvchisi (agar tugatish komissiyasi tayinlansa, uning rahbari va a’zolari);
6) o‘z lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib, ushbu bandning 1 — 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan rahbar xodimlarga tenglashtirilgan yoki ushbu bandning 4-kichik bandida ko‘rsatilgan bankning muhim ahamiyatga ega xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi shaxslar.
78. Bank rahbar xodimning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini dastlabki baholashdan o‘tkazishi shart. Bunda bank rahbar xodimning ishchanlik obro‘si, tajriba, bilim va ko‘nikmalari, mulohazasining mustaqilligi, vaqtining yetarliligi va jamoaviy yaroqliligini mazkur Nizom va bankning ichki talablariga muvofiqligini baholaydi, shuningdek rahbar xodim tomonidan baholash uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.
79. Mazkur Nizomning 78-bandida nazarda tutilgan baholash bank tomonidan rahbar xodimni saylash yoki tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan (ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilishidan) oldin amalga oshiriladi.
80. Mazkur Nizomning 78-bandiga asosan bank tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalari rahbar xodimning mazkur Nizom talablariga nomuvofiqligini ko‘rsatgan taqdirda, u rahbar xodim sifatida saylanmasligi yoki tayinlanmasligi lozim.”.
ikkinchi xatboshidagi “litsenziya” degan so‘z “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan banklarning islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish doirasida;
kredit tashkilotlari faoliyatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish doirasida;”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
22. 84-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“84. Agar rahbar xodimlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi yangi holatlar mavjud bo‘lmasa, quyidagilarni lavozimiga kirishishidan oldin Markaziy bank bilan kelishib olish talab etilmaydi:
vakolat muddatining tugashi munosabati bilan shu bankning o‘zida yangi muddatga qayta saylangan (tayinlangan) bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi va islomiy moliya kengashi a’zosini;”.
23. 85 — 87-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85. Rahbar xodim o‘z lavozimiga bank uni Markaziy bank bilan kelishib olgandan so‘nggina kirishishi mumkin.
Agar muhim ahamiyatga ega xodimni obyektiv sabablarga ko‘ra lavozimiga kirishishidan oldin Markaziy bank bilan kelishib olishning imkoni bo‘lmasa, bank muhim ahamiyatga ega xodim lavozimiga tayinlangan kundan e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida uni kelishish uchun Markaziy bankka tegishli obyektiv sabablarni ko‘rsatgan holda ariza yuborishi shart.
86. Bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari vazifalarini ular yo‘qligida vaqtincha bajarish kelishib olish tartibidan o‘tgan rais o‘rinbosarlari yoki boshqaruv a’zolari zimmalariga yuklanadi.
87. Bankning rahbar xodimlari, majburiy tugatilayotgan bankning tugatuvchisi, bankning maxsus boshqaruvchisi va vaqtinchalik boshqaruvchisi (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) mazkur Nizom talablari bilan belgilangan ishchanlik obro‘si, tajriba, bilim va ko‘nikmalar, mulohazaning mustaqilligi, vaqtning yetarliligi mezonlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi va islomiy moliya kengashi a’zolari mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mezonlarga qo‘shimcha ravishda jamoaviy yaroqlilik mezoniga ham muvofiq bo‘lishi lozim.
Ushbu Nizomning 77-bandi 6-kichik bandida ko‘rsatilgan rahbar xodimning vazifalari qaysi rahbar xodimning vazifalariga tenglashtirilgan bo‘lsa (qaysi muhim ahamiyatga ega xodimning faoliyatini muvofiqlashtirib borsa), ularga nisbatan o‘sha tenglashtirilgan rahbar xodim (faoliyati ular tomonidan muvofiqlashtirib boriladigan muhim ahamiyatga ega xodim) uchun belgilangan talablar qo‘llaniladi.”.
24. 90-bandning o‘n oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nomzod hozirda yoki oldin ijro organi, kuzatuv kengashi, bankning islomiy moliya kengashi a’zosi bo‘lgan yoki hal qiluvchi egasi (aksiyadori) bo‘lgan yoxud boshqa usulda nazorat qilgan yoki qilayotgan yuridik shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlat moliyaviy sektor nazorat organi tomonidan qo‘pol va jiddiy qoidabuzarliklar uchun qo‘llanilgan chora va sanksiyalarning mavjud emasligi;”.
25. 3-bo‘limning 2-bobi 2-paragrafining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tajriba, bilim va ko‘nikmalar”.
26. 91-band, 92-bandning birinchi xatboshisi hamda 121-banddagi “malaka” degan so‘z “tajriba” degan so‘z bilan almashtirilsin.
27. 93 — 96-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“93. Nomzod bilim va ko‘nikmalarga nisbatan o‘rnatilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun bankning tizimli ahamiyatga molikligiga, xususiyatiga, masshtabiga va murakkabligiga, shuningdek, uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga muvofiq keluvchi bilimga egaligini namoyon etishi va kamida quyidagi ma’lumotga ega bo‘lishi lozim:
1) kuzatuv kengashi a’zolari, shuningdek, uning raisi uchun — moliya-iqtisod yoki yuridik, shuningdek, bankning asosiy yo‘nalishi va xususiyatidan kelib chiqib, axborot texnologiyalari va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga;
2) bank boshqaruvi a’zolari, shuningdek, uning raisi va rais o‘rinbosarlari uchun — moliya-iqtisod yoki yuridik yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga. Bunda boshqaruv a’zolarining ko‘pchiligi moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
3) bank islomiy moliya kengashining:
kamida uch nafar a’zosi, shu jumladan raisi va uning o‘rinbosari uchun — islomshunoslik, islom huquqi (fiqh), usulul fiqh yoki fiqhul muamalat mutaxassisliklari yoxud ushbu fanlar o‘qitilgan mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga;
qolgan a’zolari uchun (bankning islomiy moliya kengashi uch nafardan ortiq a’zoga ega bo‘lgan taqdirda) — moliya-iqtisod, yuridik yoki ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga;
4) bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari (bundan bankning islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi mustasno), tugatuvchisi, vaqtinchalik boshqaruvchisi yoki maxsus boshqaruvchisi uchun — moliya-iqtisod yo‘nalishi hamda bankning asosiy yo‘nalishi va xususiyatidan kelib chiqib boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga;
5) bankning islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi uchun — moliya-iqtisod yoki islomiy moliya yo‘nalishida oliy ma’lumotga va Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) tomonidan berilgan quyidagi sertifikatlardan biriga, bundan nomzodning islomiy moliya yo‘nalishida oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan holatlari mustasno:
CIPA (Certified Islamic Professional Accountant) sertifikati;
CSAA (Certified Shari’ah Advisor and Auditor) sertifikati;
CPSS (Certificate of Proficiency in Shari’ah Standards) sertifikati;
CPAAGE (Certificate of Proficiency in Audit, Assurance, Governance and Ethics) sertifikati;
CSE (Certified Shari’ah Expert) sertifikati.
Bankning islomiy moliya kengashining kamida bir nafar a’zosi va 2027-yil 1-iyuldan boshlab barcha a’zolari Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) tomonidan berilgan quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi lozim, bundan nomzodning islomiy moliya yo‘nalishida va (yoki) ushbu bandning 3-kichik bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan holatlari mustasno:
CIPA (Certified Islamic Professional Accountant) sertifikati;
CSAA (Certified Shari’ah Advisor and Auditor) sertifikati;
CPSS (Certificate of Proficiency in Shari’ah Standards) sertifikati;
CPAAGE (Certificate of Proficiency in Audit, Assurance, Governance and Ethics) sertifikati;
CSE (Certified Shari’ah Expert) sertifikati.
94. Tajribaga nisbatan o‘rnatilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun, nomzod so‘nggi 15 yilda bankning tizimli ahamiyatga molikligi, xususiyati, ko‘lami va murakkabligi, shuningdek, uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga muvofiq keluvchi tajribaga ega bo‘lishi lozim. Bunda nomzodning avvalgi ish joyidagi majburiyati va uning davomiyligi, uni ish bilan ta’minlagan tashkilotning ko‘lami, qo‘l ostidagi xodimlari, amalga oshirilgan faoliyatning xususiyati va murakkabligi quyidagicha hisoblanadi:
1) bank kuzatuv kengashi a’zolari, shuningdek, uning raisi uchun — kamida 5 yil ish tajribasiga, shu jumladan, kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida va (yoki) huquq, axborot texnologiyalari va moliya-iqtisod fanlari bo‘yicha akademik tajribaga ega bo‘lishi;
2) bank boshqaruvi raisi uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 10 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 5 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
3) bank boshqaruvi a’zolari uchun, bundan boshqaruv raisi mustasno — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
4) bank islomiy moliya kengashining:
islomshunoslik, islom huquqi (fiqh), usulul fiqh yoki fiqhul muamalat mutaxassisliklari yoxud ushbu fanlar o‘qitilgan mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan a’zolari (bundan buyon matnda islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zo deb yuritiladi) uchun — islom huquqini qo‘llash sohasida, shu jumladan islom huquqi bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, islom huquqi bo‘yicha tadqiqot yoki pedagogik faoliyatni olib borish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
moliya-iqtisod yoki yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan a’zolari (bundan buyon matnda texnik ekspert a’zo deb yuritiladi) uchun — bank va (yoki) moliya tizimida va (yoki) huquq sohasida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
5) bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari uchun, bundan bosh buxgalter va bankning islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi mustasno — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
6) bosh buxgalter uchun — buxgalteriya hisobi va (yoki) moliyaviy hisobotni tuzish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan bankning buxgalteriya hisobi va (yoki) moliyaviy hisobotini tuzish uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi rahbarlik yoki uning o‘rinbosari lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga va (yoki) kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazuvchi tashkilotlarda auditor sifatidagi ish tajribasiga ega bo‘lishi;
7) bankning islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
8) bankning tugatuvchisi, vaqtinchalik boshqaruvchisi yoki maxsus boshqaruvchisi uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Tajribaga nisbatan o‘rnatilgan talab maqsadlarida rahbarlik lavozimi deganda, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarga asosan, bir vaqtning o‘zida belgilangan miqdordagi xodimlarini va jarayonini boshqarish uchun mas’ul shaxsning faoliyati tushuniladi.
Bunda, xavfsizlikni ta’minlash va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish ishlari ish tajribasi sifatida inobatga olinmaydi.
95. Bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zosi bank faoliyatini va bank duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni, bankning islomiy moliya kengashi a’zosi esa islomiy bank faoliyatini va bank duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan islomiy bank faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni yaxshi tushunishini namoyon etishi lozim. Bunda nomzodning boshqa bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari bilan jamoaviy mas’ul bo‘lgan sohalar bo‘yicha bilimlari inobatga olinadi, bundan yakka tartibda mas’ul bo‘lgan sohalari mustasno.
96. Bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi, islomiy moliya kengashi a’zolari, muhim ahamiyatga ega xodimlari, tugatuvchisi, maxsus boshqaruvchisi va vaqtinchalik boshqaruvchisi o‘z majburiyatlarini amalga oshirishda asoslangan, obyektiv va mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.”.
28. 97-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvi. Nomzod bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi va (yoki) islomiy moliya kengashi a’zolari, muhim ahamiyatga ega xodimlar yoki hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan aksiyadorning yaqin qarindoshi yoki ular bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lsa;”.
29. Quyidagi mazmundagi 971-band bilan to‘ldirilsin:
“971. Bankning islomiy moliya kengashi a’zosi mazkur bankning hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan aksiyadori, kuzatuv kengashi a’zosi, boshqaruvi a’zosi yoki xodimi bo‘lishi mumkin emas.”.
30. 99-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nomzod kuzatuv kengashi, ijro etuvchi organ yoki islomiy moliya kengashi a’zosi, vaqtinchalik boshqaruvchi, maxsus boshqaruvchi yoki tugatuvchi hisoblangan tashkilotlari soni;
nomzod kuzatuv kengashi, ijro etuvchi organ yoki islomiy moliya kengashi a’zosi, vaqtinchalik boshqaruvchi, maxsus boshqaruvchi yoki tugatuvchi hisoblangan tashkilotlarning hajmi, xususiyati, masshtabi, faoliyatining murakkabligi va geografik joylashuvi;”.
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasidagi ikki va undan ortiq bankning islomiy moliya kengashi a’zosi va (yoki) ikki va undan ortiq mikromoliya tashkilotida, shu jumladan sohaga ixtisoslashgan uyushmalar yoki birlashmalar huzurida tashkil etilgan islomiy moliya masalalarini muvofiqlashtiruvchi maxsus kengash a’zosi bo‘lishi, bundan mazkur banklar yoki mikromoliya tashkilotlari bir bank guruhiga tegishli bo‘lgan hollar mustasno;”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
32. 102 va 103-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“102. Bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi yoki islomiy moliya kengashi a’zosining ishchanlik obro‘si, tajriba, bilim va ko‘nikmalari, mulohazasining mustaqilligi va vaqtining yetarliligini baholash bilan bir paytda uning jamoaviy yaroqliligi ham baholanadi.
103. Jamoaviy yaroqlilikni baholash bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi va islomiy moliya kengashi a’zolari uchun alohida, mazkur paragrafda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
33. Quyidagi mazmundagi 1041-band bilan to‘ldirilsin:
“1041. Bankning islomiy moliya kengashi a’zolarining tajriba, bilim va ko‘nikmalari bankdagi islomiy bank faoliyati islomiy moliya standartlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishini samarali tarzda muvofiqlashtirish uchun quyidagilarni jamoaviy ravishda qamrab olishi lozim:
islomiy moliya standartlarini;
islomiy bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va ularga bog‘liq bo‘lgan tavakkalchiliklarni;
islomiy bank faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarini aniqlash, baholash, monitoring qilish, nazorat qilish va yumshatishni o‘z ichiga oluvchi tavakkalchiliklarni boshqarishni;
O‘zbekiston Respublikasining islomiy bank faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarini.”.
34. 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“106. Bank kuzatuv kengashining kamida bir nafar, boshqaruvining va islomiy moliya kengashining kamida ikki nafar a’zosi davlat tilini bilishlari lozim.
Bank islomiy moliya kengashining barcha islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zolari arab tilini bilishi, shu jumladan arab tilidagi islom huquqi masalalariga oid birlamchi manbalarni tushunishi va izohlay olishi lozim.”.
35. Quyidagi mazmundagi 1061-band bilan to‘ldirilsin:
“1061. Bankning islomiy moliya kengashi islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zolarining kamida uchdan ikki qismi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.”.
36. 114-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“114. Nomzodning o‘z majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bank faoliyati sohasidagi amaliy va nazariy bilimlari, bank faoliyatini va u duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni tushunish hamda davlat tili yoki arab tilini bilish darajasini baholash maqsadida Markaziy bank nomzod bilan suhbat o‘tkazishga haqli.”.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nomzodning kelishib olinishi mazkur Nizomning 100 va 105-bandlari talablarining buzilishiga olib kelsa;”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nomzod belgilangan vaqtda suhbatda hozir bo‘lmasa va uning suhbatda hozir bo‘lmaslik sabablarini asoslovchi arizasi mavjud bo‘lmasa yoki Markaziy bank tomonidan arizada keltirilgan sabablar uzrli deb topilmasa.”.
38. 119-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“119. Nomzodni kelishib olish yoki kelishib olishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bankka yozma ravishda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.”.
39. 123-band “rahbar” degan so‘zdan keyin “xodim” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
40. 124-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
41. 127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“127. Bankning kuzatuv kengashi va islomiy moliya kengashi a’zosining vakolati muddatidan oldin tugatilganida, boshqaruvi a’zosi yoki bosh buxgalterning mehnat shartnomasi bekor qilinganida va (yoki) boshqa lavozimga o‘tkazilganda, bank sabablarini ko‘rsatgan holda mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Muhim ahamiyatga ega xodimlar bilan bog‘liq hollarda mazkur muddat 5 ish kunini tashkil etadi, bundan bosh buxgalter mustasno.”.
birinchi xatboshidagi “30 kun ichida” degan so‘zlar “o‘ttiz ish kuni ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bankning islomiy moliya kengashi a’zolarining soni uning a’zolaridan biri yoki bir nechtasining a’zoligi tugatilishi natijasida banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan kamroqni tashkil etsa, bank mazkur holat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida islomiy moliya kengashi a’zoligiga mazkur Nizom talablariga muvofiq keluvchi shaxslarni saylashi va Markaziy bankka kelishib olish uchun taqdim etishi lozim.”.
43. 181, 186 va 241-bandlardagi “litsenziyani” degan so‘z “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
44. 253-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
45. 256-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“256. Bankni ixtiyoriy tugatishga doir dastlabki ruxsatnomani berish bankning to‘lovga qobiliyatsizligiga yoki to‘lovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimolining yuqoriligiga doir asoslarga ko‘ra Markaziy bank tomonidan rad etilgan taqdirda, Markaziy bank bankni majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.”.
46. 268 va 269-bandlar, 273-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 274-banddagi “litsenziyasini” degan so‘z “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasini (litsenziyalarini)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“bank tomonidan berilgan ishonchnomalar bekor qilingan deb hisoblanadi, bundan sudda ish yuritish uchun berilgan ishonchnomalar mustasno;”;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
48. 300-bandning birinchi xatboshisidagi “307-bandida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar “306-bandida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
49. 322-banddagi “315 va 316-bandlarida” degan so‘zlar “313 va 314-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“turli valyutalardagi talablar o‘zaro hisobga olinishining ularni qanoatlantirish kunidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshirilishi;”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
51. 333-banddagi “336-bandida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar “334-bandida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
52. 3-ilovaning 1-bobida:
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) bankning kredit va (yoki) moliyalashtirish siyosati (kreditlarni ajratishda va (yoki) islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirishda tavakkalchilikni baholash va ularni uzluksiz nazorat qilish mexanizmlari, shuningdek bankning kredit va (yoki) moliyalashtirish siyosati bilan bog‘liq boshqa masalalar);”;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning biznes-rejasi islomiy bank faoliyati bo‘yicha bozor tahlili, moliyalashtirish rejalari, mahsulot va xizmatlar, moliyaviy prognozlar va tavakkalchiliklarni boshqarish masalalarini ham o‘z ichiga olishi lozim.”.
2.4-pozitsiyadagi “malaka” degan so‘z “tajriba” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3-bobning nomidagi “Malaka” degan so‘z “Tajriba” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2026 y., 10/26/3252-7/0753-son)