|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.09.1998
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QURILIShNI KONTRAKT ASOSIDA VA OBYEKTLARNI FOYDALANIShGA TAYYOR HOLDA QURIShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI, BOZOR MUNOSABATLARI ShAROITLARIDA QURILIShDAGI ShARTNOMAVIY NARXLARNI BELGILASh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi ehtiyojlarga ko‘ra ushbu me’yoriy hujjatlarni ko‘paytirishni va ularning qo‘llanishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishni ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasiga, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga ularni qo‘llash jarayonida yuzaga kelgan zarur o‘zgartirishlarni kiritishga ruxsat etilsin.
2. Obyektlarni muddatidan ilgari ishga tushirganliklari uchun pudratchi tashkilotlarga va buyurtmachilarga imtiyozli kreditlar berish va qurilishning me’yoriy muddatlarini buzganlik uchun sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 21-iyul,
369-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 21-iyuldagi 369-son qaroriga
1-ILOVA
1993-yil 21-iyuldagi 369-son qaroriga
1-ILOVA
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom kapital qurilish (kengaytirish, qayta tiklash, texnik qayta jihozlash, asosli tuzatish uchun kontraktlar tuzish va uni bajarish tartibini, buyurtmachilar va pudratchilarning huquq va burchlarini, qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun ularning javobgarliklarini belgilaydi.
Kontrakt investitsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi, bunda pudratchi buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha uning yoki o‘zining materiallaridan foydalanib aniq muddatda muayyan ishni bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ishni qabul qilib olish va unga kelishilgan narx bo‘yicha va belgilangan muddatda haq to‘lash majburiyatini oladi.
Kontrakt obyektlar qurilishining butun davri, ishlarning ayrim turlari yoki komplekslari uchun tuziladi, bunda shu narsa nazarda tutiladiki, qurilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan qurilishning me’yoriy muddatlarini belgilash Tartibiga muvofiq me’yoriy muddatdan oshib ketmasligi kerak, bajarilgan ishlar uchun uzil-kesil hisob-kitoblar kontraktda nazarda tutilgan qurilish obyekti belgilangan muddatda buyurtmachiga topshirilgandan so‘nggina amalga oshiriladi.
Kontrakt tomonlarning majburiyatlarini va javobgarliklarini belgilash, tashkiliy-texnologik taqsimlash va yuridik jihatdan birkitib qo‘yish maqsadida tuziladi. Kontraktlarning turi va shakllari har xil bo‘lishi mumkin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga va ilgari imzolangan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshirilayotgan obyektlar qurilishni qabul qilingan hujjatlar bilan belgilangan tartibda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari shartlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Investitsiya kompleksidagi kontrakt munosabatlari:
ahdlashuvchi tomonlarning bitim tuzishdagi, uning maqsadini, shartlarini va o‘zaro majburiyatlarni aniqlashdagi mustaqilliklari, bunda har qanday organlar va mansabdor shaxslarning aralashmasliklari nazarda tutiladi, qonun hujjatlari va respublika Hukumatining qarorlari yoki shartnoma tuzuvchi tomonlarning o‘zaro roziligi bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir;
kontrakt munosabatlarini huquqiy ta’minlash tizimi, xo‘jalik tavakkalchiligini cyg‘ypta qilish, kafolatlar berish, kafolatga olish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa chora-tadbirlar;
iste’molchi (buyurtmachi) manfaatlarining ustunligi asosida quriladi.
4. Kontrakt quyidagilarni ham nazarda tutishi kerak:
tomonlarning mulkiy javobgarligi va majburiyatlarning tegishli darajada bajarilmaganligi sababli keltirilgan zararlar, shuningdek, bilvosita zararlar va naf boy berilishi oqibatida ko‘rilgan zapapni o‘pnini to‘ldirish;
tomonlarning kontraktini bajarish chog‘ida paydo bo‘ladigan muammolarni, ularning kelib chiqish manbalaridan qat’i nazar, xo‘jalik sudlarining tajribasini hisobga olib o‘zaro kelishgan holda hal etishga intilishi;
bitishuv qatnashchilarining ishlab chiqarish, texnik va moliyaviy imkoniyatlari bo‘yicha malakalarining tasdiq (litsenziya)lanishi, shuningdek, bitishuvlarning banklar, sug‘urta tashkilotlari yoki boshqa muassasalar tomonidan kafolatlanishi;
kontrakt (loyiha)da nazarda tutilgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlarga, ularning qurilish jarayonida qo‘llanilishiga qarab shahodatnoma berish;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlar, pudratchilar, loyihalovchilarning qo‘shma faoliyatlarini tartibga solish qoidalariga rioya qilish va pudrat ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda ularning mas’uliyatlari.
5. Davlat kapital mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun kontraktlar, odatda, tanlov asosida tuziladi.
Boshqa qurilishlar (obyektlar) bo‘yicha kontraktlar tanlov asosida ham, buyurtmachi va bosh pudratchi (pudratchi)ning muzokaralari asosida ham tuzilishi mumkin.
Tanlov shartlari buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Tanlov e’lon qilingunga qadar qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari masalalari buyurtmachi tomonidan hal etilgan bo‘lishi kerak.
II. Qurilishda kontraktlar tizimi
O‘zaro munosabatlar va javobgarlikni taqsimlash, tavsifiga ko‘ra kontraktlarning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
1. Bevosita kontraktlar asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib berib yoki yetkazib bermasdan kompleksning bir qismini tashkil etuvchi ayrim obyektlarda mablag‘ bilan ta’minlangan qurilish yoki maxsus ishlarni bajarish uchun tuziladi.
Bevosita kontrakt bo‘yicha pudratchi faqat o‘zining bevosita majburiyatlari, o‘z ishlari va xizmatlari uchun javob beradi, obyekt (butun kompleks) qurilishining nihoyasiga yetkazilishi va barcha ishlarning muvofiqlashtirilishi uchun javobgarlik buyurtmachi zimmasida qoladi.
An’anaviy kontrakt 1991-yilgi bazaviy narxlarda ma’lum qiymatiga ega bo‘lgan tugallangan loyiha asosida tuziladi.
2. Loyihalash-qurish kontrakti obyektni loyihalash va qurish bo‘yicha majburiyatlarni bosh pudratchi zimmasiga yuklashni nazarda tutadi.
Obyektni loyihalash loyihalash institutlarining kuchi bilan ham, pudratchining rahbarligida uning litsenziyaga ega bo‘lgan loyihalash bo‘linmalarining kuchi bilan ham bajarilishi mumkin.
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish kontrakt loyihalash-qurish kontraktining rivoji hisoblanadi, bunda bosh pudratchi buyurtmachining barcha an’anaviy vazifalarini, shuningdek, ishga tushirish-sozlash va ishga tushirish ishlarini o‘z zimmasiga oladi. Buyurtmachiga obyekt doimiy foydalanishga to‘liq tayyor holda topshiriladi.
Qo‘llanish sohasi ijtimoiy soha obyektlari, namunaviy texnologiyaga ega bo‘lgan sanoat obyektlari;
Pudratchi (buyurtmachi bilan kelishib yoki, agar bu kontraktda qayd etilgan bo‘lsa, kelishmasdan bosh pudratchi sifatida ish ko‘rishi va boshqa tashkilot (subpudratchi)larni, ular bilan subpudrat kontraktlari tuzgan holda, ishlarning bir qismini yoki turini bajarish uchun jalb qilishi mumkin. Bu kontrakt kontraktlarning bevosita turlariga mansubdir.
Mahsulot yetkazib beruvchi zavodlar bilan kontraktlar, odatda, faqat murakkab va noyob asbob-uskunalarni yaratish hamda yetkazib berish yoki asbob-uskunalarni komplekt holda yetkazib berish uchun tuziladi.
3. Uch tomonlama kontrakt uchinchi shaxslar (sug‘urta kompaniyasi yoki mablag‘ bilan ta’minlovchi bank va tarkibiga pudratchi ham kirgan pudratchi tashkilotlarning uyushmalari) ishtirokida tuziladi, ular buyurtmachi yoki bosh pudratchiga nisbatan, agar ulardan biri nochor bo‘lsa, kafil sifatida ish ko‘rishlari lozim.
Bosh pudratchining kafolatchisi bosh pudratchi nochor bo‘lib qolgan taqdirda buyurtmachining manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi,
Pudratchi tomonidan majburiyatlar bajarilmay qolgan hollarda iqtisodiy javobgarlikni o‘ziga oluvchi sug‘urta kompaniyasi, bank yoki yuqori turuvchi tashkilot kafolatchi sifatida ish ko‘rishlari mumkin.
Buyurtmachiga o‘z kafolatchilarini pudratchi tavsiya etadi, buyurtmachi esa uni qabul qilish yoki undan bosh tortish huquqiga egadir, Kontraktda kafolatchining burchi va uning iqtisodiy majburiyati ko‘rsatiladi.
Buyurtmachi bosh pudratchining nochorligi sababli, kontraktni buzishga majbur bo‘lganda, kafolatchi obyekt qurilishi oxiriga to‘liq yetkazilgungacha uni davom ettirish majburiyatini oladi. Bunda u buyurtmachiga yetkazilgan zararini qoplash yuzasidan muayyan xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi, bu xarajatlar bosh pudratchining qarz olish-berish majburiyatlari bilan to‘ldiriladi. Ushbu pul kontraktda oldindan kelishib qo‘yiladi hamda bosh pudratchining kontraktga muvofiq ishlarni bajarishining pul kafolati hisoblanadi va bosh pudratchi tomonidan kafolatchining hisobiga kiritiladi. Kafolatchi ishlarni o‘z kuchi bilan yoki o‘z xohishiga ko‘ra har qanday pudratchini jalb qilgan holda tugallashi mumkin.
Buyurtmachining kafolatchisi, buyurtmachi nochor bo‘lib qolgan hollarda, iqtisodiy majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydi.
Kafolatchi sifatida mablag‘ bilan ta’minlovchi bank, sug‘urta kompaniyasi yoki boshqa muassasa ish ko‘rishi mumkin. Kontrakt buyurtmachining aybi bilan buzilgan taqdirda kafolatchi bosh pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarning va kontrakt buzilgan kungacha qilingan to‘g‘ri xarajatlarning qiymatini to‘laydi.
4. Kontrakt bahosini belgilash shartlariga ko‘ra kontraktlarning quyidagi xillari farqlanadi:
savdoda yoki buyurtmachi va bosh pudratchining yakka tartibdagi muzokaralari jarayonida belgilangan, qurilish oxirigacha o‘zgarmaydigan qat’i narxlar asosidagi kontrakt;
respublika Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida bosh pudratchi va buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, 1991-yilgi smeta narxlaridagi ochiq shartnomaviy narx asosidagi kontrakt.
Bajarilgan ishlarning haqiqiy qiymati, narxlar kursining o‘zgarishini hisobga olgan holda, ular tomonidan har oyda (yilning har choragida) belgilanadi.
III. Kontraktlar tuzish tartibi va shartlari
1. O‘tkazilgan savdo (tanlov) yoki muzokaralar asosida buyurtmachi tomonidan bosh pudratchi tanlangandan so‘ng tomonlarga oldindan (kontraktdan oldingi) bitim tuzish tavsiya etiladi, bunda qurilish uchun kontraktning maqsadi bo‘yicha buyurtmachi va bosh pudratchining niyatlari, shartlashilgan muddatda kontrakt tuzishni va ishlarning boshlanishini ta’minlovchi oldindan ko‘riladigan chora-tadbirlar belgilanadi.
2. Oldindan tuziladigan bitim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
obyektning nomi va unga doir asosiy ma’lumotlar (quvvati, bosh pudratchi ishlarining bazaviy narxlardagi hajmi, qurilishning me’yoriy muddati va qurilishni boshlashning taxminiy muddati);
loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
bosh pudratchiga qurilish maydonini berish muddatlari, va imoratlarni buzish zarurati bo‘lgan hollarda, uni bo‘shatish shartlari;
qurilishni uskunalar, materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan ta’minlash tartibi va shartlari;
kontrakt turini (ananaviy, loyihalash-qurish va foydalanishga tayyor holda qurish) tanlash va uni tuzish muddati;
qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash manbai;
tomonlarning kontraktdan oldingi bitimni buzganlik uchun javobgarligi.
3. Oldindan tuziladigan bitim kontrakt tuzish uchun dastlabki shart bo‘lib xizmat qiladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tashkiliy-texnologik loyihalarni ishlab chiqish, konstruksiyalar, buyumlar, uskunalar tayyorlash uchun buyurtmalarni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, subpudratchi tashkilotlar va mahsulot yetkazib beruvchi hamda boshqalar bilan shartnomalar tayyorlashni prognozlash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
4. Oldindan tuziladigan bitim bankning xohishiga ko‘ra bosh pudratchi faoliyatini kredit bilan ta’minlash uchun asos bo‘lishi mumkin va ayni vaqtda kontrakt imzolangungacha tomonlarning manfaatlarini himoya qiladigan hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
5. Oldindan tuziladigan bitimda shartlashilgan qurilish bo‘yicha kontrakt tuzish muddatlari yetib kelganda buyurtmachi bosh pudratchiga kontrakt tuzish uchun zarur bo‘lgan quyidagi texnik hujjatlarni topshirishi kerak:
qurilishning tasdiqlangan titul ro‘yxati;
qurilishning loyihalar va smetalarni ishlab chiqish bo‘yicha yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarda nazarda tutilgan yig‘ma smetani qiymati hisob-kitobi bilan birga belgilangan tartibda tasdiqlangan ishchi loyihasi — 2 nusxada;
qurilishning birinchi yili uchun asbob-uskunalar va materiallar topshirish grafigi agar bu ta’minlash vazifasi buyurtmachiga yuklatilgan bo‘lib, qurilishning tarkibiy texnologiyasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning nusxasi;
qurilish chiqindisini va ortiqcha tuproqni to‘kish uchun joylar ajratishga doir ruxsatnomalar;
etishmagan tuproqni qazib olish maqsadida karyerlar ochish uchun ruxsatnomalar;
yerlarni qaytadan ekin ekishga tayyorlash maqsadida tuproqning unumdor qatlamini to‘plashga joy ajratish uchun ruxsatnoma;
kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlash kerak bo‘lgan ishlab turgan korxonalar binolari va inshootlarining holati va mustahkamligini tekshiruvdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi materiallar.
6. Obyekt ikki va undan ortiq bosh pudratchi tomonidan quriladigan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar buyurtmachi tomonidan bosh pudratchining har biriga ular bajaradigan ishlar hajmlari bo‘yicha kontrakt tayyorlash uchun beriladi. Bunda barcha bosh pudratchilar uchun umumiy bo‘lgan hujjatlar turi bo‘yicha ularga hujjatlardan ko‘chirmalar va ularning nusxalari beriladi.
7. Pudratchi buyurtmachidan ushbu bo‘limning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab 20 kun (kalendar) muddatda uni subpudratchi tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqishga, buyurtmachiga butun qurilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish jadvali bilan birga qurilishning davom etish me’yoriy muddatlarini ishga tushirish komplekslari, texnologik bosqichlar, alohida obyektlar va inshootlar bo‘yicha topshiriqlarni hisobga olgan holda kontrakt loyihasini taqdim etishga majburdir.
8. Buyurtmachi pudratchidan kontrakt loyihasini olgan kundan boshlab uni 10 kun (kalendar) muddatda ko‘rib chiqishi, imzolashi va pudratchiga qaytarishi shart. E’tirozlar bo‘lgan taqdirda buyurtmachi kelishmovchiliklar haqida bayonnoma tuzishga va uni imzolangan kontrakt bilan birga shu muddatda pudratchiga yuborishga majburdir.
9. Pudratchi buyurtmachidan kelishmovchiliklar haqidagi bayonnoma bilan birga imzolangan kontraktni olgan kundan boshlab 15 kun (kalendar) muddatda buyurtmachi bilan kelishmovchiliklarni hal qilishga majburdir. Agar kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, nizoli masalalar hal etish uchun buyurtmachi va bosh pudratchining yuqori tashkilotlariga beriladi. Agar nizolar bu tashkilotlar tomonidan ham hal etilmasa, ular xo‘jalik sudiga beriladi.
Nizoli masalalar yuqori tashkilotlar tomonidan 15 kun muddatda hal etiladi.
Agar kelishmovchiliklar pudratchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda ushbu organlarga ko‘rib chiqish uchun berilmasa, buyurtmachining takliflari qabul qilingan, kontrakt esa tuzilgan hisoblanadi.
10. Kontrakt tuzilgandan so‘ng buyurtmachi bosh pudratchiga kontraktning alohida shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda tegishli nazorat organlari va tashkilotlarining quyidagi ishlarni bajarish uchun ruxsat berganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni berishi shart:
shahar yo‘llarining qatnov qismi, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari doirasida foydalanishda bo‘lgan havo elektr uzatish, aloqa liniyalari chegarasida qurilish ishlarini amalga oshirishga;
yo‘l qoplamalarini ochishga;
yer osti inshootlari va kommunikatsiyasi (kabel, gaz quvurlari, suv quvurlari, kanalizatsiya va boshqalar)ning qurilish maydoni orqali o‘tgan joylarida qurilish ishlarini amalga oshirishga;
uy-joy-xo‘jalik maqsadidagi obyektlarda qurilish ishlarini amalga oshirishga;
daraxtzorlarni kesish va daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazishga;
qurilishga to‘sqinlik qiluvchi imoratlar va inshootlarni buzishga;
suv va yerdan maxsus foydalanishga.
11. Obyekt qurilishi boshlangungacha kechi bilan 10 kun oldin buyurtmachi dalolatnoma bo‘yicha bosh pudratchiga maydonning geodezik joylashtirish asosiga va qurilish hududiga birkitilgan punktlarga ushbu maydonning belgilariga doir texnik hujjatlarning aslida mavjudligiga amaliy isbotlagan tarzda topshirishga majburdir. Geodezik joylashtirish asosining tarkibi va hajmlari qurilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi kerak.
12. Qurilish tugatilgandan so‘ng bosh pudratchi buyurtmachiga qurilish davrida va u tugagungacha saqlanadigan geodeziya va rejalashtirish ishlari olib borilayotganda belgilanadigan geodezik belgilarning joylashish sxemalarini va koordinatlar hamda balandliklarning kataloglarini berishga majburdir.
13. Qurilish uchun kontrakt tuzilayotganda buyurtmachi bilan bosh pudratchi uning alohida shartlarda amaldagi qonunga, mazkur Nizomga, qurilish me’yorlari va qoidalariga amal qilib, qurilishni tashkil etish va ishlarni amalga oshirish loyihalaridan, obyekt qurilishining aniq shartlaridan kelib chiqqan holda boshqa xil o‘zaro majburiyatlarni ham nazarda tutadilar.
IV. Qurilishni materiallar, konstruksiyalar, buyumlar
va texnologik asbob-uskunalar bilan ta’minlash
va texnologik asbob-uskunalar bilan ta’minlash
1. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, shuningdek, erkin sotib olinadigan barcha asbob-uskunalar va apparaturalar bilan ta’minlash bosh pudratchi va subpudratchining vazifasi hisoblanadi.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra buyurtmachi materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun zavodlar yoki boshqa mahsulot yetkazib beruvchilar (sotuvchilar) bilan tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni bosh pudratchiga ularni amalga oshirish uchun berishi mumkin.
Buyurtmachi yetkazib beradigan mahsulotlarning hajmlari va turlari qurilish uchun kontraktga ilova hisoblanadigan ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
Buyurtmachi tomonidan texnologik va nostandart asbob-uskunalarni, armatura va maxsus materiallarni qurilish maydoniga yetkazib berish bosh pudratchi bilan kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Pudratchi zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi bilan kelishib olish uchun pollar, devorlar va shiftlarni qoplash materiallari, santexnika va elektr texnika uskunalari, mebel va boshqa materiallar hamda buyumlarning namunalarini, sifat shahodatnomalarini va ma’lumotnomalarni taqdim etadi.
3. Bosh pudratchi buyurtmachining roziligi bilan qurilish-montaj ishlarini bajarish chog‘ida binolar va inshootlarni buzishdan yoki yo‘l-yo‘lakay topilgan materiallar va konstruksiyalardan foydalanishi mumkin. Ushbu materiallar va konstruksiyalarning ishga yaroqliligi buyurtmachi, pudratchi va loyihalovchi bilan birgalikda aniqlanadi.
4. Buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan, montaj qilinishi kerak bo‘lgan asbob-uskuna va materiallar bosh pudratchiga yoki uning ishonchnomasiga binoan dalolatnomalar bo‘yicha subpudratchiga qurilishni tashkil etish loyihasida ko‘zda tutilgan obyekt yaqinidagi omborlarda, standartlar va texnik shartlar talablariga muvofiq to‘liq va soz holda, tomonlar bilan kelishilgan qurilish jadvalda nazarda tutilgan muddatda topshiriladi. Og‘ir vaznli, yirik hajmli asbob-uskunalar buyurtmachi tomonidan obyekt yaqinidagi omborda yoki kelishuvga muvofiq montaj ishlari doirasida yoki yiriklashtirish (yig‘ish) maydonida topshiriladi.
Agar yirik hajmli uskunalar texnik shartlarga muvofiq ularni tayyorlash uchun qurilish maydoniga sochilgan holda, alohida qismlar holida yetkazib berilsa, u holda yiriklashtirilgan uzel qilib yig‘ishni ta’minlash buyurtmachining vazifasi hisoblanadi. Yirik hajmli uskunalarni yig‘ish va tayyorlash montaj qiluvchi subpudratchi tashkilot tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan bevosita kontrakt (shartnoma) bo‘yicha va buyurtmachining yoki o‘zining mablag‘lari hisobiga bajarilishi mumkin.
5. Uskunalarni omborlarda saqlash shart-sharoitlari standartlar, qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Uskunalar me’yordan ortiqcha muddatda saqlangan taqdirda, montaj qilishdan oldin ular muddatni o‘tkazib yuborishda aybdor bo‘lgan tashkilot mablag‘i hisobiga taftish qilinishi lozim.
6. Uskunalarni qabul qilish chog‘ida bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan ularning noto‘liqligi va montaj qilish yoki sinab ko‘rish chog‘ida kamchiligi aniqlangan taqdirda bosh pudratchi yoki subpudratchilar bu haqda buyurtmachini xabardor qilishlari va uskunani tayyorlagan zavodga yoki uni yetkazib beruvchiga da’vo qilish uchun tegishli dalolatnomani tuzishda qatnashishlari, ushbu uskunaning to‘liq bo‘lishini yoki uni texnik jihatdan eng qisqa muddatda, agar bu tovar yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, almashtirishni talab qilishlari kerak. Dalolatnomani tuzish mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzgan tomonning vazifasiga kiradi.
7. Obyektlar qurilishi xorijiy asbob-uskuna komplekti negizida yoki kompensatsiya bitimlari asosida amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachi xorijiy firma bilan uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishni kelishib olish uchun bosh pudratchini va montaj qilish tashkilotlarini jalb qilishga majburdir.
8. Bosh pudratchiga buyurtmachi tomonidan beriladigan materiallar, buyumlar va asbob-uskunalar uchun hisob-kitoblar hamda bosh pudratchining qabul qilish, saqlash va ularni tashish xarajatlarini qoplash qurilish uchun kontraktning alohida shartlarida belgilangan tomonlar kelishgan narxlar va shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
9. Bosh pudratchi va subpudratchilar obyektni komplektlash uchun ularga berilgan uskunalarning obyekt kompleks sinab ko‘rish uchun buyurtmachiga berilgungacha saqlanishi uchun javob beradilar.
V. Ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish
shart- sharoitlarini ta’minlash
shart- sharoitlarini ta’minlash
1. Buyurtmachi buzilishi, ko‘chirilishi yoki qayta tiklanishi kerak bo‘lgan binolarda yashovchi shaxslarni ko‘chirishi va qurilishni tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi binolar va inshootlarni tomonlar bilan kelishilgan muddatda buzishni yoki qurilish maydonidan ko‘chirishni ta’minlashi zarur qurilish qiymatining yig‘ma smeta hisob-kitobida nazarda tutilgan va shartnomaviy narxlar tarkibiga kirgan qurilish maydonini bo‘shatish bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlari tomonlar kelishgan muddatda pudratchi tashkilot tomonidan bajariladi.
2. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan kelishilgan muddatlarda o‘z kuchi bilan buziladigan, ko‘chiriladigan yoki qayta tiklanadigan obyektlardagi uskunalarni, texnologik o‘tkazish quvurlarini, apparaturalarni, mexanizmlar va qurilmalarni qismlarga ajratishi, ishlab turgan tarmoqlarni uzib qo‘yishi kerak. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra ko‘rsatilgan ishlarni bajarish tegishli to‘lovni to‘lash sharti bilan bosh pudratchiga topshirilishi mumkin.
3. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, qayta tiklash va texnikaviy qayta jihozlash chog‘ida qurilish maydonini ajratib berishning imkoni bo‘lmay qolgan hollarda buyurtmachi pudratchiga ishlar ko‘lamini taqdim etishi maydonini bo‘shatishni va bosh pudratchi hamda subpudratchining ish joylarini ishlarni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi barcha inshootlar, omborxona, binolar va chiqindilardan bosh pudratchi bilan kelishilgan tartibda va muddatda bo‘shatib berishi, shuningdek, o‘z hisobidan korxonani asosiy faoliyati bilan bog‘liq qurilishdagi texnika xavfsizligi (himoya qypilmalapi o‘rnatish, yong‘indan saqlash va qurishni ta’minlash) bo‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlashi kerak.
4. Qurilish maydonini o‘zlashtirish jarayonida yoki qurilish ketayotganda ishlab turgan yer osti inshootlari va konstruksiyalarini ochish loyiha yechimlariga muvofiq va ulardan foydalanuvchi tashkilotning nazoratida bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq buyurtmachi bosh pudratchiga o‘zining asosiy fondlaridan qurilish ehtiyojlari uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan (amortizatsiya ajratmalari bo‘yicha haq to‘lash sharti bilan) binolar va inshootlarni ijaraga beradi, shuningdek, bosh pudratchiga o‘z ustaxonalari va boshqa yordamchi ishlab chiqarishlardan foydalanish imkonini beradi.
6. Bosh pudratchi pardozlash ishlari to‘liq tugagungacha bo‘lgan davrda buyurtmachi uchun qurilayotgan binolar va inshootlardan vaqtincha va haq to‘lamasdan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (bu binolar va inshootlarni shartlashilgan muddatlarda to‘liq soz holda topshirish sharti bilan) foydalanish huquqiga egadir.
7. Buyurtmachi qurib bitkazilgan binolar va inshootlardan obyekt qurilishi to‘liq nihoyasiga yetgungacha (agar bu bosh pudratchining bundan keyingi ishlariga to‘sqinlik qilmasa) foydalanishi mumkin. Bunday hollarda buyurtmachi ushbu binolar va inshootlarni bosh pudratchidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilib va obyekt to‘liq topshirilgungacha (qabul qilib olingungacha) ularning saqlanishi uchun javob berishi lozim.
8. Buyurtmachida o‘zining suv, gaz, byg‘, elektr ta’minoti obyektlari va boshqa yordamchi qurilmalari bo‘lgan taqdirda u bosh pudratchiga amaldagi narxlar va tariflar bo‘yicha haq to‘lash sharti bilan ulardan foydalanish huquqini beradi. Agar amaldagi narxlar va tariflar smeta narxlaridan yuqori bo‘lsa, buyurtmachi narxlardagi farqni qoplaydi.
Shaharlar va aholi yashash joylaridan tashqarida, shuningdek, o‘zlashtirilmagan joylardagi obyektlarda yangidan boshlanadigan qurilishni suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun obyektlar va qurilmalar qurish bosh pudratchi tomonidan, qurilish uchun smetalarda nazarda tutilgan buyurtmachining mablag‘lapi hisobiga amalga oshiriladi.
9. Ishlab chiqarishga ilgari berilgan loyiha-smeta hujjatlariga buyurtmachi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar va zararlarni buyurtmachi o‘zgartirilgan hujjatlar berilgandan so‘ng 10 kun muddatda tuzilgan dalolatnoma asosida bosh pudratchiga to‘lashi kerak.
10. Buyurtmachi tomonidan obyekt qurilishini konservatsiya qilish yoki butunlay to‘xtatib qo‘yish haqidagi qarorga kelingan hollarda qurilish bo‘yicha tuzilgan kontrakt bekor qilinadi, ayrim obyektlar qurilishi konservatsiya qilingan yoki to‘xtatib qo‘yilgan taqdirda esa kontraktga qo‘shimcha kelishuv bilan aniqlik kiritiladi.
11. Qurilish kontrakti quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
vakolatli organlar qaroriga va tomonlarning tashabbusiga ko‘ra;
kelishib olingan qurilish jadvalida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarining bajarilish muddatlari bosh pudratchi tomonidan muntazam ravishda buzib kelinganligi va ular sifatining pastligi tufayli;
buyurtmachi bilan amaliy hamkorlik qilishdan doimiy ravishda bosh tortishlar tufayli;
kontraktda nazarda tutilgan majburiyatlar buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda buzilishi tufayli;
pul bilan ta’minlovchi bank tomonidan buyurtmachi to‘lash qobiliyatiga ega emas deb e’lon qilingan taqdirda.
12. Qurilish kontrakti buyurtmachi va bosh pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin:
respublika Hukumatining qaroriga binoan;
jamiyatga qarshi unsurlarning zo‘ravonlik harakatlari, ish tashlashlar natijasida;
materiallar va uskunalarni tashib kelishdagi kechikishlar tufayli;
qurilish obyektlarining buzilishiga va to‘liq yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan tabiiy ofatlar tufayli.
13. Qurilish uchun kontrakt tuzilgandan va belgilangan muddatda moliyaviy ta’minot ochilgandan so‘ng 10 kun muddatda buyurtmachi bosh pudratchining aylanma mablag‘larini qurilishning yillik shartlashilgan qiymatining kamida 15 foizi miqdorida, agar qurilish shart-sharoitlari ko‘plab mablag‘lapni talab qilmasa, uning hisobiga avans puli o‘tkazish yo‘li bilan to‘ldirib boradi. Bosh pudratchi tomonidan haqiqiy bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun joriy to‘lovlarni buyurtmachi, berilgan avansni qoplashga mutanosib qismini va bajarilgan ishlar qiymatining 5 foizini chegirib qolgan holda, har oyda amalga oshiradi, u bosh pudratchiga qurilish to‘liq yakunlangandan va buyurtmachiga topshirilgandan so‘ng to‘lanadi.
14. Kontraktda tomonlar tomonlarning xo‘jalik tavakkalchiliklari xususiyatlariga, ularning moliyaviy ahvoliga va boshqa omillarga qarab to‘lovlar va hisob-kitoblarning boshqa shartlari va tartiblarini nazarda tutishlari mumkin.
VI. Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish
va mulkiy javobgarlik
va mulkiy javobgarlik
1. Ishlarni to‘xtatib qo‘yish yoki kontraktni bekor qilishga olib keluvchi vaziyatlar paydo bo‘lgan hollarda tomonlar bunday vaziyatlarni qayd etilgan oqibatlarning oldini olish maqsadida, muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal qilishga intilishlari kerak.
Agar kelishmovchiliklarni hal qilishning iloji bo‘lmasa, nizo tegishli xo‘jalik sudida hal etiladi.
2. Dastlabki kontraktdan oldingi shartnoma bekor qilingan va qurilish uchun kontrakt tuzish rad etilgan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga kontraktdan oldingi shartnomada kelishilgan miqdorda jarima to‘laydi.
3. Mazkur Nizomning III-bo‘limidagi 5 va 9-bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlarni topshirish muddatlarini buzganlik uchun, III bo‘limidagi 7 va 8-bandlarda nazarda tutilgan muddatlarda qurilish yuzasidan kontraktni taqdim etishni kechiktirganlik uchun aybdor tomon ikkinchi tomonga har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida jarima to‘laydi.
4. Buyurtmachi quyidagi kontrakt majburiyatlariga rioya qilmaganligi yoki ularni tegishli ravishda bajarmaganligi uchun bosh pudratchi oldida quyidagicha mulkiy javobgar bo‘ladi:
tegishli nazorat organlari va tashkilotlarining mazkur Nizomning III bo‘limi 10-bandida ko‘zda tutilgan tegishli ishlarni amalga oshirish uchun ruxsat berganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni kechiktirganlik va maydonning geodezik taqsimoti hamda qurilish maydoniga biriktirilgan hududda ushbu maydonning punktlari va belgilarini topshirishni kechiktirganlik uchun — har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;
uskunalar, materiallar va buyumlarni montaj qilish uchun, shuningdek, uskunalarni montaj qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar va buyumlarni topshirish muddatlarini buzganlik uchun — o‘z muddatida topshirilmagan uskuna materiallar, alohida buyumlar qiymatining 1 foizidan 4 foizigacha miqdordagi jarima;
montaj qilish uchun nokomplekt uskuna topshirganlik uchun, agar nokomplektlilik ushbu uskunani montaj qilishga to‘sqinlik qilsa, topshirilgan nokomplekt uskuna qiymatining (etishmayotgan qismlar (detallar) qiymatini ham qo‘shgan holda) 5 foizi miqdoridagi jarima;
qurilayotgan obyekt bo‘yicha tuzilgan kontraktga qo‘shimcha bitim tayyorlash uchun qayta tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini topshirishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;
qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq tegishli tashkilotlarning mavjud suv, gaz, bug‘, issiqlik, elektr energiyasi manbalaridan foydalanish uchun ularga ulash huquqini beruvchi ruxsat to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlar boshlangungacha va kamida bir oy oldin topshirishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;
buzilishi lozim bo‘lgan binolarni topshirishni va qurilish maydonlaridan magistral elektr uzatish liniyalarini temir yo‘llarni, yer osti tarmoqlari va kommunikatsiyalarni hamda qurilish maydoniga ajratilgan joydagi qurilishga xalaqit beruvchi boshqa muhandislik inshootlarini ko‘chirish uchun ruxsatnomalarni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;
qurilishi tugallangan obyektni, uning alohida navbatini, ishga tushirish kompleksini, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlab qo‘yilgan binoni, inshootni qabul qilib olishni boshlashni bosh pudratchining ularni topshirish to‘g‘risidagi xabarini olgan kundan boshlab 5 kundan ortiq kechiktirganlik uchun kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy shartnoma narxlarning 0,05 foizi miqdoridagi penya, ammo u kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak;
konservatsiya, qilingan yoki qurilishi to‘xtatilgan qurilish obyektlari va ularning tarkibiga kiruvchi binolar va inshootlar, moddiy boyliklarni qabul qilishni kechiktirganlik va bosh pudratchi tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblarni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun shartnomaviy narxlarning 0,05 foizi miqdorida penya, ammo u kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak;
qurilish uchun kontrakt tuzilgan kundan boshlab mablag‘ bilan ta’minlashni 15 kundan ortiq kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima to‘lanadi.
5. Bosh pudratchining kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni buzganlik uchun buyurtmachi oldidagi mulkiy javobgarligi turlari:
obyekt, uning navbati, ishga tushirish kompleksi, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlab qo‘yilgan bino, inshoot qurilishini o‘z vaqtida tugallamaganligi uchun—kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy narxlarning 0,05 foizi miqdoridagi penya, ammo u buyurtmachiga topshirgungacha kuniga eng kam oylik ish haqining 15 baravaridan oshmasligi kerak;
buyurtmachi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan uskunalarni montaj qilish maydonlarini topshirish muddatlarini buzganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun (bazaviy smeta narxlari bo‘yicha) uskuna qiymatining 0,03 foizi miqdoridagi penya, ammo u kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
loyiha-smeta hujjatlari asosida pudrat kontraktiga alohida shartlarda belgilangan yerlarni qayta unumdor qilish bo‘yicha ishlarning muddatlarini va hajmlarini buzganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;
bosh pudratchi tomonidan ishlar va konstruksiyalarda yo‘l qo‘yilgan va buyurtmachining mualliflik nazorati bilan, nazoratchi organlar tomonidan qurilish jarayonida va oraliq qabul qilish paytlarida aniqlangan chala ishlar va kamchiliklarni, ularni bartaraf qilish maqsadida ko‘pi bilan xar biriga belgilangan 30 kun muddatdan kechiktirganlik uchun — kechiktirgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima.
Agar pudratchi tomonlar belgilagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmagan bo‘lsa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot kamchiliklarni o‘z kuchi bilan pudratchi hisobidan bartaraf etishi mumkin, bunda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima undiriladi.
6. Bosh pudratchi qurib bitkazilgan obyektlar va qurilish hamda montaj ishlarini dalolatnoma bilan buyurtmachiga to‘liq topshirgandan so‘ng kontrakt yoki unga alohida shartlarda ko‘rsatilgan kafolat muddatlari ichida kamchiliklarni o‘z hisobidan bartaraf etish kerak.
7. Bajarilgan ishlar, ikkinchi tomonga berilgan (sotilgan) materiallar uchun yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar bank tizimlarida belgilangan muddatlardan kechiktirilgan hollarda aybdor tomon ikkinchi tomonga kechiktirilgan har bir kun uchun 0,04 foiz miqdorida penya to‘laydi.
To‘lov hujjatlarini imzolashni asossiz ravishda to‘la yoki qisman rad etish tomonning boshqa tomon (kreditor) foydasiga to‘lov summasining 5 foizi miqdorida jarima to‘lashiga sabab bo‘ladi.
8. Qurilish uchun kontrakt tuzish chog‘ida tomonlar amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa majburiyatlarni bajarmaganlik ychun javobgarlikni, buzilish uchun sanksiyalarni nazarda tutishlari mumkin.
9. Kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalardan tashqari kontraktni buzgan tomon ikkinchi tomonga jarima, penya to‘lash bilan qoplanmagan xarajatlarda, mulkning yo‘qolishi yoki shikastlanishida ifodalangan summada haqiqiy zararlarning o‘rnini to‘ldiradi.
10. Jarima, penyani to‘lash, shuningdek, majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada ijro etmaganligi uchun zararlarning o‘rnini to‘ldirish tomonlarni naturadagi majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni
tashkil etish to‘g‘risida
tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda investitsiya jarayoni qatnashchilari to‘g‘risidagi o‘zaro tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
2. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish usuli foydalanish, xizmat ko‘rsatish uchun topshirishga tayyorlab qo‘yilgan obyektlarning investitsiya jarayonining barcha bosqichlarini boshqarish funksiyalarini bir tashkiliy tuzilmada to‘plash asosida qurilishini ta’minlashni nazarda tutadi va u tayyor qurilish mahsuloti (loyihalash-qurilish-montaj ishlarini bajarish, shu jumladan, qurilishlarni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash-foydalanishga topshirish) yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom va mazkur Nizom asosida tuziladigan foydalanishga tayyor holda qurish kontrakti obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda investitsiya jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosi hisoblanadi.
3. Quyidagilar obyektlarni foydalanishiga tayyor holda qurishdagi investitsiya jarayoni qatnashchilari hisoblanadilar:
bundan buyon “buyurtmachi” deb ataladigan obyektlar qurilishi bo‘yicha buyurtmachilar (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) — vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, birlashmalar, jamoat tashkilotlari, xorijiy investorlar;
bundan buyon “bosh pudratchilar” deb ataladigan bosh pudratchi tashkilotlar (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) — qurilish korporatsiyalari, konsernlar, uyushmalar, trestlar loyiha-sanoat-qurilish (loyiha-qurilish), vositachi tashkilotlar va firmalar.
Bosh pudratchi buyurtmachi oldida investitsiya davrining barcha bosqichlaridagi ishlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha kontraktning bajarilishi uchun iqtisodiy javobgardir;
bundan buyon “subpudratchilar” deb ataladigan, loyihalarda nazarda tutilgan maxsus ish turlarini bajarish uchun kontrakt asosida jalb qilingan (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) subpudratchi qurilish tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan qurilish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar.
Subpudratchi bosh pudratchi oldida subpudrat kontraktida kelishilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun iqtisodiy javobgardir.
4. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish uchun pudrat kontrakti buyurtmachi bilan bosh pudratchi o‘rtasida tuziladi, amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq “loyihalash — qurish, montaj va maxsus qurilish ishlari”, uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish shuningdek, mahsulot chiqarish bilan ishga tushirish-sozlash ishlari jarayonining bajarilishini nazarda tutadi.
5. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish chog‘idagi investitsiya jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlari kapital qurilish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlar, qurilishni kontrakt asosida tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek, mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
II. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni
tashkil etish shakllari
tashkil etish shakllari
1. Uy-joylarni va boshqa ijtimoiy obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga o‘tish investitsiya jarayoni qatnashchilarining faoliyati tuzilishi va vazifasi jihatidan qayta qurilishi lozim. Bunday hollarda investitsiya jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
pudratchi tashkilotlarda buyurtmachi xizmatlarini va shaharlarda yagona buyurtmachi xizmatlarni barpo etish hamda ushbu xizmatlar ixtiyorida hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarning rejalarida nazarda tutilgan uy-joylar va ijtimoiy obyektlar qurilishi uchun ajratilgan kapital mablag‘lapni jamlashni;
boshqaruvning tashkiliy shakllari — loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlab foydalanishga topshirish yoki xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlab qo‘yilgan obyektlarni buyurtmachilarga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni mustaqil ravishda amalga oshira oladigan loyiha-sanoat-qurilish (loyihalash-qurish) birlashmalarini tashkil etishni;
moddiy-texnika ta’minoti va qurilishni texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va bozor sharoitlariga moslashtirilgan boshqa tizimlarni yaratishni ta’minlash zarur.
2. O‘tkazish quvurli, temir yo‘l, avtomobil transporti, aloqa, energetika, suv xo‘jaligi qurilish obyektlarini foydalanishga tayyor holda qurishga o‘tish tarmoqning pudratchi va boshqa tashkilotlarini shu usulda ishlashga o‘tkazish asosida tarmoq prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlab olingan ko‘lamga ko‘ra pudratning yangi turiga ixtisoslashtirilgan qurilish birlashmalari, loyihalash-qurish birlashmalari, qurilish-montaj (ixtisoslashtirilgan) trestlari va boshqalar o‘tkazilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda tarmoq (korxona, birlashma)ning investitsiya jarayoni qatnashchilari faoliyatini tashkiliy tuzilishi va vazifasi jihatdan qayta qurish, shuningdek, manfaatdor hokimliklar ishtirokida o‘zlariga qarashli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish amalga oshiriladi.
III. Vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar
o‘rtasida taqsimlash
o‘rtasida taqsimlash
1. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tizimi asosiy vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar o‘rtasida quyidagicha taqsimlashni nazarda tutadi.
Buyurtmachilar:
bosh pudratchilarga mikrorayonlar, kvartallar, shaharsozlik komplekslari, posyolkalar va qishloq aholi yashash joylari qurilishining tasdiqlangan loyihalarini, ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar hamda uy-joy-xo‘jalik obyektlari va alohida binolar, inshootlar qurilishining bazaviy narxlarda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini taqdim etadilar;
foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda xomashyo, materiallar, yoqilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida yetkazib berishni, amaldagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan foydalanuvchi kadrlarni qabul qilish va to‘ldirishni ta’minlaydilar. Zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatib o‘tilgan kadrlarni kelishilgan muddatlarga bosh pudratchi (subpudratchi) tashkilotlar tarkibiga beradilar;
bosh pudratchidan qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilib olishni ta’minlaydilar va qabul qilib olingan obyektlarni foydalanuvchi tashkilotlar balansiga topshirishni amalga oshiradilar, shuningdek, tugallangan qurilishlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bajaradilar.
Bosh pudratchilar:
o‘z kuchlari bilan yoki tashqi loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan shartnoma bo‘yicha ishchi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni ta’minlaydilar. Ishchi hujjatlarni texnologik izchillikni va qurilishning aniq shartlarini hisobga oluvchi hajmlarda va muddatlarda mustaqil topshirishni amalga oshiradilar;
qurilish-montaj va maxsus qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, qurilishlarni texnologik va materiallar bilan butlashni ta’minlaydilar, obyektni foydalanishga topshirish uchun zarur bo‘lgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradilar;
buyurtmachiga obyektni tasdiqlangan loyiha va kontraktda kelishib olingan talablarga muvofiq kontrakt majburiyatlari bilan belgilangan muddatlarda topshirishni ta’minlaydilar.
2. Buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan bajariladigan har bir funksiya bo‘yicha vazifalarni aniq taqsimlash tegishli pudrat va subpudrat kontraktlarini tuzish chog‘ida qurilishning aniq sharoitlariga qarab aniqlashtiriladi.
IV. Investitsiya jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi
shartnomaviy munosabatlar
shartnomaviy munosabatlar
1. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan kontrakt tuzadi.
2. Kontrakt kiritilgan ishlarning qiymati qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash Tartibiga muvofiq aniqlanadigan shartnomaviy narx bo‘yicha qabul qilinadi.
3. Foydalanishga tayyor holda qurishni amalga oshirayotgan bosh pudratchi loyiha va smetalarda belgilangan ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika resurslari, uskunalar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
Qurilishlarni texnologik asbob-uskunalar, buyumlar va materiallar bilan butlash qurilishni kontrakt asosida tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomda (II qismning 4-bandi — foydalanishga tayyor holda qurish kontrakti va II qismning 6-bandi — materiallar yetkazib beruvchi zavodlar bilan kontraktlar) belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Uskunalarni yetkazib berish muddatlari bosh pudratchi tomonidan qurilishning boshqa qatnashchilari va butlovchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Bosh pudratchi obyektlarni foydalanishga topshirishni ta’minlash uchun ishga tushirish-sozlash ishlari bo‘yicha kontrakt tuzadi. Ishga tushirish-sozlash ishlarining qiymati alohida smeta bilan aniqlanadi va asosiy faoliyat mablag‘lari hisobidan buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
V. Qurilishni mablag‘ va kredit bilan ta’minlash
1. Bosh pudratchining obyektni buyurtmachiga foydalanishga tayyor holda ko‘rib topshirgungacha qilgan xarajatlari bosh pudratchining mablag‘lari, buyurtmachining avanslari yoki banklarning kreditlari hisobiga qoplanadi.
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni mablag‘ bilan ta’minlash belgilangan tartibda, normativ muddatlar doirasida, qurilishni tashkil etish loyihasiga to‘la muvofiq ravishda butun davr davomida amalga oshiriladi.
Pudratchiga foydalanishga tayyor holda qurishga berilgan bank krediti uchun foizlar to‘lashga mablag‘lar qurilishning normativ muddatlaridan kelib chiqqan holda shartnoma narxida nazarda tutiladi. qurilishning normativ muddati buzilganda oshirilgan foizlar aybdor tomonning hisobidan to‘lanadi.
Agar buyurtmachida mablag‘lap bo‘lsa, bosh pudratchi bank kreditlaridan foydalanmasligi ham mumkin.
2. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga tayyorlab quyilgan, qurilishi tugallangan obyektni dalolatnoma bo‘yicha qabul qilib olgandan so‘ng shartnoma narxlari bo‘yicha hisob-kitob qilishni amalga oshiradi.
Bosh pudratchi subpudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni u shartnoma narxlari belgilanadigan tegishli ish turlari komplekslarini nihoyasiga yetkazganidan so‘ng amalga oshiradi.
3. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda nihoyasiga yetkazilmagan qurilishlar bo‘yicha sarf-xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar bosh pudratchi balansida bo‘ladi.
4. Foydalanishga tayyor holda qurishda bosh pudratchi tomonidan bajariladigan faoliyatning barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob va hisobot “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi
shartnomaviy narxlarni belgilash
shartnomaviy narxlarni belgilash
TARTIBI
1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni shakllantirishda yagona uslub ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
2. Shartnomaviy narxlar bozorda vujudga kelayotgan shart-sharoitlarni, materiallar, qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar qiymatning o‘zgarishini, pudratchi tashkilotning ishlab chiqarishni kengaytirishi uchun zarur bo‘lgan daromad olishini ta’minlashni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
3. Buyurtmachi va pudratchining qaroriga muvofiq qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarning quyidagi ikki xili qo‘llanilishi mumkin:
butun qurilish davrida o‘zgarmaydigan qat’i yoki uzil-kesil shartnomaviy narx; narxlarning bunday xili texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan, qurilish muddati bir yildan oshmaydigan obyektlar uchun tavsiya etiladi. Bunday narxlar tarkibida ahdlashuvchi tomonlar hisoblab chiqqan va kelishib olgan, oldindan belgilanadigan tuzatish, indeks va koeffitsiyentlar qo‘llash yo‘li bilan pudratchining xo‘jalik tavakkalligini qoplashni ta’minlaydigan mablag‘lar hisobga olinishi mumkin;
qurilishda foydalaniladigan materiallar narxining, mehnatga haq to‘lash shartlarining o‘zgarishi, shartnomaviy narxda hisobga olinmagan boshqa xarajatlarning yuzaga kelishi munosabati bilan qurilish jarayoni davomida kontrakt shartlariga binoan aniqlanadigan erkin kelishilgan narxlar.
Erkin narxlar kontrakt bo‘yicha tomonlar belgilab qo‘ygan cheklangan darajaga ega bo‘lishi mumkin. Kontraktga muvofiq cheklangan darajani oshirmasdan qurilish jarayonida pudratchining asoslovchi hujjatlari asosida narx aniqlashtiriladi.
Bozor munosabatlari shakllanishining dastlabki davrida, pulning qadrsizlanishi kuchayib borayotganligini va loyihalashning birinchi bosqichida qurilishning uzil-kesil qiymatini aniqlashning iloji yo‘qligini hisobga olgan holda, texnik jihatdan murakkab obyektlar uchun qurilish mahsulotining erkin kelishilgan narxlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
4. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni butun qurilishga obyektlar bo‘yicha shartnomaviy narxlar asosida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda, maxsus qurilish sharoitlarida shartnomaviy narxlarni tegishli ish hajmlariga lokal smetalar bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yiladi.
5. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlar kapital qurilish, qayta qurish, modernizatsiya, asosli tuzatish uchun kontrakt tuzilayotganda buyurtmani va pudratchi tomonidan o‘zaro teng asosda belgilanadi hamda smeta qiymatining bazaviy darajasi, mehnat va material resurslarining, mashina va mexanizmlar mashina-soatining smeta-me’yoriy xarajatlari va pudrat tashkilotlarining bozor munosabatlari bilan yuzaga kelgan qo‘shimcha sarflaridan shakllanadi.
6. Qurilish smeta qiymatining bazaviy darajasi smeta me’yorlari va baholarini O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari shart-sharoitlari uchun qo‘llashning umumiy qoidalari (SNiR-91 Uz) hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-martdagi 126-son qaroriga muvofiq belgilanadi. 1994-yil 1-yanvargacha smeta qiymatining bazaviy darajasini 1984-yilgi narxlarda, tasdiqlangan tarmoq indekslari bo‘yicha 1991-yilgi narxlarga qayta hisoblagan holda, belgilashga ruxsat etiladi.
Bozor munosabatlari shakllanishi bilan yuzaga kelgan pudrat tashkilotlarining bazaviy qiymatidan ortiqcha quyidagi qo‘shimcha sarf-xarajatlari (kompensatsiyalar) yig‘ma smeta hisob-kitobi bo‘yicha hisobga olinadi:
qurilishda band bo‘lgan ishchilar ish haqining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan joriy yilga belgilangan eng kam ish haqi miqdori bilan 1991-yilgi narxlardagi eng kam ish haqi miqdori orasidagi farq sifatida aniqlangan ko‘payishi. Bu farqga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari qo‘shib hisoblanadi. Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasiga ajratmalar asosiy ish haqining ko‘payishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
smeta me’yorlari nazarda tutilgan 1991-yilgi narxlarga nisbatan erkin (bozor) narxlarda sotib olinadigan material resurslarining qimmatlashuvi.
Pudrat kontrakti tuzilayotgan paytda asosiy materiallar va konstruksiyalarning qiymatini belgilab qo‘yish tavsiya etiladi. Ko‘rsatilgan qiymatdan oshirish faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin;
qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymatining 1991-yilgi bazaviy narx bilan joriy reja hisoblangan narxlardagi haqiqiy qiymat orasidagi farq sifatida aniqlangan qimmatlashuvi;
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-martdagi 126-son qapori bilan qabul qilingan bazaviy darajaga nisbatan qo‘shimcha xarajatlarning ko‘payishi;
uy-joy-kommunal xo‘jaligi zararlarini qoplashga, belgilangan me’yorlar bilan qoplanmaydigan ijtimoiy soha obyektlarini, kashshoflar lagyerlarini, boshqalarni saqlashga xarajatlar;
vaqtinchalik binolar va inshootlarga qo‘shimcha xarajatlar;
qurilish-montaj ishlari ish davrida olib borilgandagi qo‘shimcha xarajatlar;
bank krediti uchun yig‘ma smeta hisob-kitobida nazarda tutilganidan ortiqcha miqdordagi to‘lov. Obyekt imtiyozli kredit hisobidan qurilganda to‘lov imtiyozli foiz miqdorida qabul qilinadi, tijorat krediti hisobidan qurilganda esa kredit to‘lovi tomonlarning kelishuviga ko‘ra qoplanadi;
uzluksiz mehnat staji uchun qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash;
ko‘p yil ishlaganligi uchun mukofotlar;
iste’molga yo‘naltiriladigan mablag‘lar tarkibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada nazarda tutilgan Mehnat haqi fondiga kiruvchi qo‘shimcha haqning boshqa turlari;
pudrat tashkilotlarining mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi Nizomga hamda hukumat va iqtisodiy idoralar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga muvofiq boshqa xarajatlar;
tomonlarning kelishuviga ko‘ra qurilish mahsulotiga belgilanadigan shartnomaviy narxlar tarkibida hisobga olinadigan boshqa xarajatlar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha xarajatlar qo‘shimcha xarajatlarni, rejadagi jamg‘arma va limitlangan xarajatlarni qo‘shmasdan aniqlanadi.
Qurilish mahsuloti erkin narxidan hamda qurilish qiymati yig‘ma smeta hisob-kitobi yig‘indisidan so‘ng qo‘shimcha qiymatga solinadigan soliq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni qoplashga sarflanadigan mablag‘lap ko‘rsatiladi.
7. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnomaviy narx tarkibida qoplanadigan quyidagi xarajatlar yangidan ishlab chiqilayotgan smeta hujjatlariga kiritilmaydi, ilgari ishlab chiqilganidan chiqarib tashlanadi:
elektr energiyasi qiymatidagi farqi;
tilog‘och qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar;
uyushgan holda ishchilar olishga xarajatlar;
obyektlarni ishga tushirganlik uchun mukofotlashga mablag‘lar;
Mehnatga haq to‘lashning ishbay usulini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlar;
alyuminiy, zanglamaydigan po‘latdan va boshqalardan tayyorlangan metall konstruksiyalarni sotish narxidagi farq uchun qo‘shimcha haq;
ishlarning ko‘chma xususiyatiga xarajatlar;
“O‘zdehqonchilikqurilish” va “O‘zkolxozqurilish” birlashmalari uchun qurilish-montaj ishlarining smeta qiymatiga qo‘llaniladigan tuzatishlar bilan bog‘liq mablag‘lar.
8. Bozor munosabatlari sharoitlarida narx belgilash omillarining nobarqarorligini hisobga olib, kontraktning alohida shartlarida quyidagi mazmundagi bandni nazarda tutish tavsiya etiladi: “Bajarilgan” qurilish-montaj va ta’mirlash-qurish ishlari uchun hisob-kitoblar asoslovchi hujjatlar (mahsulot yetkazib beruvchilarning schyotlari, to‘lov hujjatlari bilan yetkazib berish shartnomalari, zavodning kalkulatsiyalari va boshqalar) taqdim etilganda xamda narx belgilashni tartibga soluvchi keyingi chiqqan qonun va normativ hujjatlarni hisobga olgan holda haqiqatda qilingan xarajatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
9. Qurilish mahsulotiga erkin (shartnomaviy) narxlarni belgilashning mazkur tartibini O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish va asosli tuzatishni amalga oshirayotgan, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar tomonidan qo‘llanilishi tavsiya etiladi,
10. Shartnomaviy narxlarni hisoblashni “UzNIIPgradostroitelstvo” instituti tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish smeta qiymatini aniqlashda kompensatsiyalarni hisoblashga doir metodik qo‘llanma bo‘yicha amalga oshirish tavsiya etiladi.
Obyektlarni muddatidan ilgari ishga tushirganliklari uchun
pudratchi tashkilotlar va buyurtmachilarga imtiyozli kreditlar
berish va qurilishning me’yoriy muddatlarini buzganlik uchun
sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha
pudratchi tashkilotlar va buyurtmachilarga imtiyozli kreditlar
berish va qurilishning me’yoriy muddatlarini buzganlik uchun
sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha
TAVSIYALAR
Bank muassasasi hisobiga kapital mablag‘ ajratishda korxonalar va tashkilotlarga, ularning kapital qurilish bo‘yicha rejalarni bajarishiga hamda hisob-kitob va hisobotning ahvoliga qarab tabaqalashtirilgan yondashuv ta’minlanadi:
1. Ishga tushirish muddatlari tugagan qurilish va obyektlarga bank tomonidan kredit berish, buyurtmachi va pudratchi tomonidan bankka obyektni joriy yilda foydalanishga topshirishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar taqdim etilganda, oshirilgan (25 punktgacha) foizlarda amalga oshiriladi.
Ishga tushirish muddati qayta uzaytirilganda bank obyektini kredit bilan ta’minlashni to‘xtatadi va berilgan kreditlarni muddatidan oldin qaytarishni talab qiladi. Bunda hisoblangan oshirilgan foiz stavkalari ishlab turgan korxonalar bo‘yicha uning hisob schyotiga, yangi qurilishlar bo‘yicha esa uning yuqori tashkilotiga taqdim qilinadi.
Obyekt qurilishini kredit bilan ta’minlash to‘xtatilganda berilgan qarz ham shu tartibda undirib olinadi.
2. Kapital qurilishga berilgan kreditlardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda bank kredit berishni to‘xtatadi, maqsadga muvofiq ishlatilmagan kreditning 25 foizigacha jarima undirgan holda, ilgari berilgan kreditlarni qaytarib oladi.
3. Nazorat o‘lchovlari vaqtida bajarilgan qurilish-montaj, loyihalash-qidiruv, parmalash, geologik qidiruv, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish-sozlash ishlarining hajmlari va qiymatini oshirib ko‘rsatganlik, shuningdek, shartnoma narxlarini noto‘g‘ri qo‘llaganlik uchun bank ta’minlanmagan qarzlarni undirib oladi hamda oshirib ko‘rsatilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima soladi.
Ishlar pudrat usulida bajarilganda qayd etilgan jarima buyurtmachidan va pudratchidan undirib olinadi.
4. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishning me’yoriy muddatlarini buzganlik uchun pudratchiga nisbatan ushbu tavsiyalarning 1-bandida ko‘rsatilgan sanksiyalar qo‘llaniladi.
5. Obyektlar muddatidan kamida 3 oy oldin foydalanishga topshirilganda bank foiz stavkalarini 3-punktgacha pasaytirishi mumkin.
6. Tashkilot qurilishlar va obyektlarni foydalanishga topshirishni tezlashtirgani uchun bankir unga boshqa xildagi ustunliklar ham berishi mumkin.
Foiz stavkalari, qo‘llaniladigan sanksiyalar va rag‘batlantirishlar bank bilan xo‘jalik organi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida nazarda tutiladi.