Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.12.2024
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
BUYRUG‘I
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN BIR TURDAGI MAHSULOTLARNING ALOHIDA TURLARINI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Buyruq nomiga O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 89-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1513-2, 27.03.2015-y.) muvofiq o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-sentabrda 1513-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
 LexUZ sharhi
1-bandga O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 89-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1513-2, 27.03.2015-y.) muvofiq o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Bosh direktor R. BO‘RIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-sentabr,
340-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 299-modda; 2008-y., 39-son, 404-modda)