Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida
(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Fuqarolarning konstitutsion huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, pensiyalarni, nafaqalarni, stipendiyalarni, budjet mablagʻidan pul bilan taʼminlanadigan korxonalar va tashkilotlar xodimlariga ish haqini oʻz vaqtida toʻlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining “Korxonalar hisob raqamidan pul mablagʻlarini chiqarish navbatini tartibga soladigan qonunchilikni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 16-yanvardagi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1998-yil 20-yanvardagi 568-I-sonli qaroriga muvofiq:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori qilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart).
1. 1998-yil 1-fevraldan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamidan pul mablagʻlarini chiqarishning quyidagi tartibi belgilansin.
Hisob raqamida unga qoʻyiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda pul mablagʻi boʻlsa, bu mablagʻ mijozning farmoyishi va boshqa hujjatlarning tushishi tartibiga (qaysi biri oldin tushganiga) qarab hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob raqamidagi pul mablagʻi unga qoʻyiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob raqamlaridan pul mablagʻi birinchi navbatda budjetga, maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlarni hamda ish haqini toʻlashga pul mablagʻi berishni koʻzda tutgan toʻlov (ijro) hujjatlariga mutanosib ravishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga toʻlovlar hamda mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha majburiyatlarini baravar taʼminlaydigan darajada hisobdan chiqariladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 8-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral).
Oldingi tahrirga qarang.
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlariga pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish kalendardan tashqari navbatda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-apreldagi PF-1992-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Markaziy bank va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir haftalik muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob raqamidan pul mablagʻini chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82, 2011-41-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2342, 15.03.2012-y.).
2. Davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining moliya, soliq, bojxona va bank muassasalari ishiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlaridagi pul mablagʻlarini hisobdan chiqarishda belgilangan tartibni buzishga olib keladigan aralashuvi taqiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Farmonning 1-bandida keltirilgan mablagʻni hisobdan chiqarish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq qattiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
3. Toʻlovlarning davlat budjeti daromadlariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi va budjetning daromad qismi boʻyicha operatsiyalarning bajarilishi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob daftarlaridan mablagʻni chiqarishning belgilangan tartibiga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik tijorat banklari muassasalari va markaziy bank bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi korxonalar va tashkilotlarning budjetga toʻlovlar boʻyicha 1998-yil 1-yanvargacha qolgan qarzlar tuzilmasini oʻzgartirishga doir takliflarni bir oy muddatda soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasiga taqdim etsin.
7. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
idoralarning amaldagi meʼyoriy hujjatlari va yoʻriqnomalarini ushbu Farmon talablariga muvofiqlashtirsin;
amaldagi qonunlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni kiritishga doir takliflarni tayyorlasin va taqdim etsin.
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-fevral,
PF-1923-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)