|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIK ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 6 YaNVARDAGI PF-1693-SON FARMONIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ilmiy tadqiqot tashkilotlari va qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning birgalikda samarali ishlashini tashkil qilish, fanning natijadorligini oshirish va eng yaxshi ilmiy yutuqlar amaliyotda keng qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ixtiyoriga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazining huquqiy vorisi deb hisoblansin, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy ishlab-chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-son farmoni bilan markazga va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi boʻlinmalariga belgilab qoʻyilgan vazifalar, funksiyalar va vakolatlar saqlab qolinsin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining faoliyatini tashkil qilish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari”ga oid 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 3-noyabr,
PF-1879-son