|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish, qishloq va suv xoʻjaligini boshqarishning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq va suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruv organi hisoblanadi va majburiyatlar boʻyicha tugatilgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining huquqiy vorisi funksiyasini amalga oshiradi.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Magistral kanallardan va yirik suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish boshqarmalari (3-ilova) negizida “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi tashkil etilsin. Ushbu birlashma markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 45 nafar etib belgilansin.
4. Qishloq va suv xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishni ragʻbatlantiruvchi, qishloq joylarda bozor infrastrukturasini shakllantirishga, qishloq va suv xoʻjaligi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarishga koʻmaklashuvchi bozor tuzilmalarini barpo etish zarurligini hisobga olgan holda mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari 4-ilovaga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar uyushmasiga aylantirilsin. Koʻrsatib oʻtilgan birlashmalar Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda va uning bevosita yordamida qayta tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda:
4-ilovada koʻrsatib oʻtilgan uyushmalarning faoliyat yoʻnalishlari, tuzilmasi va xodimlari soni yuzasidan, ularning faoliyati bozor normalariga toʻliq muvofiq kelishini taʼminlashni nazarda tutgan holda, ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ishda bir-birini takrorlashni, parallelizmni bartaraf etish maqsadida ilgari oʻxshash yoki bir-biriga yaqin funksiyalarni bajarib kelgan korxonalar va tashkilotlarni bir oy muddatda qoʻshib yuborsin, tugatsin yoki qayta tashkil etsin.
5. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Belgilansinki, “Oʻzsuvqurilish” Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni boʻlinmalari suv xoʻjaligi qurilishi va yirik meliorativ qurilishlar boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadi.
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
ilgari Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kirgan “Qashqadaryosuvqurilish”, “Kattaqoʻrgʻonsuvqurilish”, “Toshviloyatmeliosuvqurilish” trestlarini, Samarqand temir-beton buyumlari zavodini “Oʻzsuvqurilish” Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi ixtiyorida boʻlgan 6-ilovaga muvofiq paxta tozalash zavodlarini “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksionerlik uyushmasi ixtiyoriga belgilangan tartibda bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
9. Belgilansinki, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan qishloq maʼmuriy tumanlarida tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, qishloq xoʻjaligi boʻyicha qoʻshimcha xodimlarni jalb etgan holda, tuman suv xoʻjaligi boshqarmalari negizida tashkil etiladi.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hamda tegishli viloyat hokimligiga, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari esa — viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga hamda tuman hokimligiga hisob beradi;
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari viloyatlar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan, tuman boshqarmalari boshliqlari esa — tegishli tuman hokimining taqdimnomasi boʻyicha viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-maydagi 215-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Belgilansinki, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va korxonalarning xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, uning boʻlinmalarini va unga qarashli tashkilotlarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Belgilansinki, yirik suv xoʻjaligi obyektlari (magistral kanallar, suv omborlari, nasos stansiyalari, xoʻjaliklararo kollektorlar)dan foydalanish, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek qishloq xoʻjaligining operatsiya xarajatlari budjet mablagʻlari (respublika va mahalliy budjetlar mablagʻlari) hisobiga amalga oshiriladi.
13. Moddiy manfaatdorlikni oshirish, yuqori malakali kadrlarning qishloq va suv xoʻjaligi tizimida oʻrnashib qolishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida vazirlik markaziy apparati, viloyat va tuman boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlari tugatilgan vazirliklar va ularning boʻlinmalarida amalda qoʻllanib kelingan razryadlardan bir razryad yuqori etib belgilansin.
14. Tugatilgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli xodimlariga avvalgi ish joyidagi imtiyozlar va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda viloyat va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar, ularni joylarga yetkazsinlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan boshqarmalarni tashkil etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi 4-uyga joylashtirilsin.
17. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 16-noyabrdagi 376-son, 1990-yil 31-martdagi 155-son va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-apreldagi 99-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻz kuchini qisman yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
419-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — 2001-y., 6-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
“Oʻzsuvtamirfoydalanish” respublika birlashmasi korxonalari va tashkilotlari
ROʻYXATI
1. Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi
2. Andijon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
3. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi (Tallimarjon suv ombori bilan)
4. Amu—Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari bilan)
5. Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi
6. Katta Fargʻona kanalidan foydalanish boshqarmasi
7. Zarafshon vodiysi suv xoʻjaligidan foydalanish boshqarmasi (Kattaqoʻrgʻon suv ombori bilan)
8. “Mirzachoʻl” ishlab chiqarish birlashmasi
9. Hisoraq Pachkamar va Chimqurgʻon suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
10. Ohangaron va Toshkent suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
11. Janubiy Surxon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
12. Toʻpolang suv ombori qurilishi va undan foydalanish direksiyasi
13. Karkidon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
14. Qirgʻoqlarni himoyalash dambalari va oʻzanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasi
15. Yirik viloyatlararo suv chiqarib yuborish kollektorlari boshqarmasi
Mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari negizida tashkil etiladigan uyushmalar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
2. “Oʻzparrandasanoat” parranda goʻshti va tuxum yetishtirish korxonalari uyushmasi — “Oʻzparrandasanoat” RIB negizida
3. “Oʻzsabzavotnavurugʻlari” sabzavot-poliz ekinlari urugʻi yetishtirish, marketingi va sotish uyushmasi — “Oʻzsabzavotnav-urugʻlar” respublika birlashmasi negizida
4. “Asal” asalchilik xoʻjaliklari uyushmasi — “Asal” RIB negizida
5. “Oʻzjamoaqurilish” qurilish korxonalari uyushmasi — “Oʻzjamoaxoʻjalikqurilish” respublika davlat-kooperativ birlashmasi negizida
6. “Oʻzqishloqichimliksuvtaʼminot” qishloqlarni ichimlik suv bilan taʼminlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzagrovodokanal” RIB negizida
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikqurilishtaʼmir” qishloq xoʻjaligi obyektlarini qurish va taʼmirlash uyushmasi — “Oʻzagroqurilishtaʼmir” RIB negizida
8. “Sanoatuyjoysuvqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi — “Sanoatuyjoysuvqurilish” tresti negizida
9. “Oʻzsuvmetall” davlat-aksionerlik birlashmasi — “Oʻzsuvmetall” birlashmasi negizida
10. “Oʻzqishloqtaʼminot” uyushmasi “Oʻzbartertaʼminot” respublika tashkiloti negizida
11. “Oʻzjamoaxoʻjaliksogʻlomlashtirish” uyushmasi — “Oʻzjamoaxoʻjaliksogʻlomlashtirish” respublika birlashmasi negizida
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari
II. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar:
“Oʻzsabzavotnavurugʻlari” uyushmasi
“Oʻzparrandasanoat” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi
(II boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qarori tahririda)
“Asal” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
“Otchopar” respublika ot sporti klubi
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
“Oʻzqishloqxoʻjalikqurilishtaʼmir” qishloq xoʻjaligi obyektlarini qurish va taʼmirlash uyushmasi
“Oʻzmaxsussuvdrenaj” taʼmirlash-qurilish tresti
“Oʻzsuvtaʼmirqurilishfoydalanish” respublika ishlab chiqarish birlashmasi
“Qoraqalpoqtaʼmirqurilishmelioratsiya” tresti
“Sanoatuyjoyqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi
“Oʻzsuvxorijiyqurilish” respublika birlashmasi
“Oʻzsuvuskunabutlash” ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzmeliosuvtrans” transport korporatsiyasi
“Suv — hayot manbai” sanoat korporatsiyasi
Nasos-kuchlanish va energetika mashinasozligi uyushmasi — “NEM” uyushmasi
Ixtisoslashtirilgan “Oʻzsuvenergiya” birlashmasi
“Oʻzsuvmetall” davlat-aksionerlik birlashmasi
“Oʻzqishloqichimliksuvtaʼminot” uyushmasi
“Oʻzsuvloyiha” ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzdaverloyiha” loyihalash instituti
“Oʻzqishloqqurilishloyiha” instituti
“SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
“Sovuq” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
“Oʻzjamoasogʻlomlashtirish” uyushmasi
“Oʻzagroaxborot” ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzqishloqtaʼminot” uyushmasi
“Miroblarning tadbirkorlik taraqqiyoti” uyushmasi
“Oʻzdehqonsavdo” savdo birlashmasi
“Hosilot” mehmonxonasi aksionerlik jamiyati
III. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi
Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston respublika idoralararo komissiyasi
Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi
(III boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son qarori tahririda)
Mahsulot xarid qilish va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi
Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Bosh davlat veterinariya boshqarmasi
Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyasi
Mashina va jihozlarning texnik holatini nazorat qilish boʻyicha davlat bosh inspeksiyasi
“Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi
Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasi
Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari (12)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Jizzax viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Markaziy ishlab chiqarish-texnologiya xizmati
“Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
Respublika suv xoʻjaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita)
Harbiylashtirilgan gidrometrologiya xizmati
Respublika mehnat boʻyicha normativ-tadqiqot stansiyasi
Respublika oʻquv-uslubiy markazi
Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti — A. Chudnaya nomidagi ilgʻor tajriba maktabi
Respublika bogʻbonlar maktabi
Toshkent davlat agrar universiteti
Andijon paxtachilik instituti
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
Texnikumlar va kollejlar — 45 ta
Litseylar —5 ta
Bolalar bogʻchalari va yaslilari — 6 ta.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ixtiyoriga berilayotgan paxta tozalash zavodlari
ROʻYXATI
1. Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” paxta tozalash zavodi.
2. Namangan viloyati Namangan tumanidagi K. Soliyev nomidagi paxta tozalash zavodi.
3. Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi “Narpay” paxta tozalash zavodi.
4. Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Bobur nomidagi paxta tozalash zavodi.
5. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi M. Sultonov nomidagi paxta tozalash zavodi.
6. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Qorasuv” paxta tozalash zavodi.
7. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Kim Pen Xva nomidagi paxta tozalash zavodi.
8. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Guliston” paxta tozalash zavodi.
9. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi Gʻ. Gʻulom nomidagi paxta tozalash zavodi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Oq oltin” paxta tozalash zavodi.
11. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Toʻpalang” paxta tozalash zavodi.
12. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Bekobod” paxta tozalash zavodi.
13. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Dalvarzin” paxta tozalash zavodi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 11-son, 33-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 4-modda; 6-son, 35-modda)