Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasi direktorining
buyrugʻi
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 20-mayda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 1361]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-sonli “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3490, 11.01.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunini bajarish yuzasidan buyuraman:
1. “Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qoidalar kuchga kirgan sanadan eʼtiboran Fan va texnika davlat komiteti raisi tomonidan tasdiqlangan Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti, dastlabki patenti berilishi uchun talabnomani tuzish qoidalari (1997-yil 10-sentabr, roʻyxat raqami 367-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-aprel,
22-son
Davlat patent idorasi direktorining
2004-yil 21-apreldagi
22-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
QOIDALARI
Mazkur Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan hamda sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Qisqartirishlar roʻyxati
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
(qisqartirishlar roʻyxatining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Apellatsiya kengashi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi Apellatsiya kengashi.
(qisqartirishlar roʻyxatining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi.
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Talabnoma — sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma.
SNXK — Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasi.
BIMT — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.
Parij konvensiyasi — Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri.
Konvensiya talabnomasi — Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga aʼzo boʻlgan boshqa mamlakatda topshirilgan talabnoma.
MOʻT — mashinada oʻqish mumkin boʻlgan axborot tashuvchi.
I bob. Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
1-§. Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnoma
1. Sanoat namunalariga buyumning tashqi koʻrinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik yechimi taalluqlidir. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yigʻish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi.
Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi koʻrinishidagi alohida xususiyatlarni belgilaydigan muhim alomatlar majmui bilan taʼriflanadi.
Buyumning tashqi koʻrinishini, xususan, materialning shakli, konturlari, chiziqlari, ranglarning oʻzaro birikuvi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan, ornamenti tashkil qiladi.
2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan obyekt, agar yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza qilinadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan maʼlumotlardan maʼlum boʻlmasa, yangi hisoblanadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui buyum xususiyatlarining ijodiy xarakterini belgilasa, u original deb tan olinadi.
3. Sanoat namunalarini taʼriflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) asosiy kompozitsion elementlarining mavjudligi, tarkibi va miqdori;
b) asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;
v) asosiy elementlarning oʻzaro joylashuvi va teng boʻysunishi;
g) asosiy elementlarning plastik taʼrifi;
d) ushbu elementlarning grafik, rang-faktura va koloristik yechimining xarakteri;
e) materiali.
4. Sanoat namunalari hajmiy yoki yassi boʻlishi mumkin.
Hajmiy sanoat namunalari oʻzida uch oʻlchamli kompozitsiya, hajmiy-fazoviy tuzilmani namoyon qiladi, masalan, stanok, qishloq xoʻjalik mashinasi, motor, telefon apparati va boshqalarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimini ifodalaydi.
Yassi sanoat namunalari oʻzlari bilan ikki oʻlchamli tuzilmali kompozitsiyani ifodalaydi, elementlarning oʻzaro chiziqli-grafik nisbati bilan taʼriflanadi va deyarli hajmga ega boʻlmaydi, masalan, gilam, roʻmol, mato va boshqalarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlar.
5. Talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va ushbu sanoat namunasining variantlarini ichiga olishi mumkin (birlik talabi).
Bitta sanoat namunasi deganda, ham yagona buyumning, ham umumiy vazifaga ega boʻlgan buyumlar jamlamasining (toʻplamining) (masalan, mebel garniturasi, serviz va boshqalar) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
Yagona buyum deganda, butun bir buyum (masalan, avtomobil) ham, butun buyumning biron-bir qismi boʻlgan buyum (masalan, bamfer, fara) ham tushuniladi.
Sanoat namunasining variantlari deganda, buyumning bir xil alohida xususiyatlarini belgilaydigan muhim alomatlar majmui boʻyicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komplekti, toʻplamining) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
6. Qonunning 8-moddasi yettinchi qismiga muvofiq quyidagi hollarda buyum sanoat namunasi sifatida tan olinmaydi:
a) agar u matbaa mahsulotlariga (shriftga xos grafikaning dekorativ belgilari boʻlmagan matnlar, jadvallar, grafiklar va boshqalar) taalluqli boʻlsa;
b) agar u arxitektura obyektlariga (shu jumladan, sanoat, gidrotexnika va boshqa statsionar inshootga) taalluqli boʻlsa, kichik arxitektura shakllari bundan mustasno;
v) agar bu suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻxshash moddalardan iborat barqaror boʻlmagan shaklga ega obyekt boʻlsa;
g) agar u buyumning mutloq texnik funksiyasidan kelib chiqqan yechimga ega boʻlsa;
d) jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloqiy prinsiplarga zid yechimlar boʻlsa.
7. Qonunning 17-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish toʻgʻrisida sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va nomiga patent soʻralayotgan shaxs, shuningdek, ularning yashash joylari va turar joylari koʻrsatilgan ariza;
b) buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi koʻrinishi haqida toʻliq atroflicha tasavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa koʻrinishda taqdim etilishi, shu jumladan kompyuter grafikasi vositasida bajarilgan boʻlishi mumkin);
v) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsifi;
g) buyumning umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa.
8. Patent olish uchun topshirilgan talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.
9. Patent vakili yoxud boshqa ishonchli shaxs orqali berilayotgan talabnomaga, unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
10. Konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga aʼzo boʻlgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusxasi (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi, va ular konvensiya talabnomasi Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma, talabnomani topshirishda (patent berish toʻgʻrisidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Birinchi talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran olti oy muddat oʻtgach, lekin olti oylik muddat oʻtgandan soʻng ikki oylik muddatdan kechikmay kelib tushgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
konvensiya ustuvorligini soʻrash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat;
belgilangan olti oylik muddat ichida talabnoma topshirishga toʻsqinlik qilgan va talabnoma beruvchiga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlar koʻrsatilgan va, agar ushbu vaziyatlar Vazirlikka maʼlum deb oʻylashga asos boʻlmasa, ularning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻrsatilgan oʻzbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusxada topshiriladi: 2 nusxasi qogʻozda, uchinchisi nusxa sifatida uning mashinada oʻqiladigan axborot tashuvchi (bundan buyon — MOʻT) dagi elektron koʻrinishi topshirilishi mumkin.
Aynan oʻsha hujjatlarning oʻzi, agar ular boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, bir nusxada, oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qogʻozda, uchinchisi elektron koʻrinishda MOʻTda topshiriladi.
Qogʻozdagi va MOʻTdagi talabnoma hujjatlari va qoʻshimcha materiallarning mazmuni aynan bir xil boʻlishi lozim. Qogʻozdagi va MOʻTdagi materiallarning aynan bir xilligiga talabnoma beruvchi masʼuldir.
Umumiy koʻrinishdagi buyum, maket yoki rasmning tasvirlari uch nusxada, qolgan tasvirlar ikki nusxada taqdim etiladi.
Boshqa hujjatlar va ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi, agar ular boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, bir nusxada taqdim etiladi.
2-§. Talabnoma hujjatlarining mazmuni
12. Patent berish toʻgʻrisidagi ariza oʻzbek yoki rus tilida ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi. Agar biron-bir maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u shu shakldagi qoʻshimcha varaqda arizaning tegishli grafasida: “davomini qoʻshimcha varaqda qarang” deb koʻrsatilgan holda keltiriladi.
Xorijiy ism-familiyalar va korxonalarining nomlari oʻzbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.
Talabnoma beruvchining nomi (imkoniyat boʻlgan holda), sanoat namunasining nomi arizada oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi.
Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari oʻzbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaga ularning Vazirlikka taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi kerak boʻlgan oʻzbek yoki rus tilida tarjimasi ilova qilinadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oy davomida kelib tushgan boʻlsa, ularning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan eʼtiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanaga taqdim etilgan deb hisoblanadi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
13. Arizaning yuqoridagi chap tomonda joylashgan grafalari talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi, ular talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
14. “Yozishmalar uchun manzil” grafasida pochta indeksi, xat oluvchining ismi va nomi aniq koʻrsatilgan yozishmalar uchun manzil odatdagi tezkor pochta joʻnatmalari talablariga javob beradigan tarzda keltiriladi, va telefon, teleks, faks raqamlari, e-mail (agar ular boʻlsa) koʻrsatiladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) — jismoniy shaxsning turar joyining manzili, yoki talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyining manzili, yoxud Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili, yoki boshqa ishonchli vakilning manzili koʻrsatilishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan boʻlsa, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning, agar ular tayinlangan boʻlsa, joylashgan manzili shunday manzil hisoblanadi, aks holda arizaning talabnoma beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa, ulardan birinchisining) manzili, Oʻzbekiston Respublikasi hududida manzilga ega boʻlsa, shunday manzil hisoblanadi.
15. (54)-kod ostidagi “Sanoat namunasining nomi” grafasida talabnoma berilgan sanoat namunasining nomi keltiriladi va u sanoat namunasi tavsifida keltirilgan nomga toʻgʻri kelishi kerak.
16. (71)-kod ostidagi “Talabnoma beruvchi” grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki joylashgan yerlari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.
Sanoat namunasining mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki arizaning (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” grafasida bayon etiladi.
Shu grafaning tegishli katakchasida “X” belgisini qoʻygan holda talabnoma beruvchining jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligi, shuningdek sanoat namunasining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki huquq vorisi ekanligi belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari uchun KTUT kodi koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.
17. Ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa, talabnoma Vazirlikka taqdim etilgan sanadan bir muncha ilgarigi, ustuvorlik soʻralayotgan holda toʻldiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Bu holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali ustuvorlik soʻrash uchun asoslar belgilanadi va quyidagilar koʻrsatiladi: ancha ilgariroq berilgan talabnomalarning raqamlari, ularning asosida yoki ularga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻraladi, va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi.
Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti boʻyicha birinchi talabnoma taqdim etilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.
18. (74)-kod ostidagi “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili tayinlangan hollarda toʻldiriladi va unda patent vakilining familiyasi, ismi (va otasining ismi), Vazirlikdagi roʻyxat raqami keltiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
“Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatilgan manzili, xat oluvchining ismi yoki nomi, tezkor pochta joʻnatmalariga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan tarzda, va telefon, faks raqamlari, e-mail (agar ular boʻlsa) keltiriladi.
19. Arizaning ikkinchi sahifasidagi “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi nusxalar soni va har bir nusxadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Turi talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning (“boshqa hujjat”) aniq vazifasi koʻrsatiladi.
Talabnomada MOʻTdagi axborot (disketa) mavjud boʻlsa, “boshqa hujjat” grafasida “Disketa” deb koʻrsatiladi.
20. (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” va “Toʻliq uy manzili” grafalarda sanoat namunasining muallifi (mualliflari) toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, yashash joyining toʻliq pochta manzili, shu jumladan mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodi.
21. “Mualliflar” va “Toʻliq uy manzili” grafalari ostida bevosita joylashgan grafa, muallif (mualliflar) patent berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda uni (ularni) bunday sifatda tilga olmaslikni soʻraganida, toʻldiriladi. Bu holda eʼlon qilishda tilga olinmaslikni istagan mualliflardan har birining familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi.
22. Arizaning oxirgi “Imzo” grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.
Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs tomonidan ariza korxona, tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilganda, ariza talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.
Imzolar imzo qoʻyuvchi shaxsning familiyasi toʻliq, ismi va otasining ismi bosh harflarda koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilgan hollarda, ular ham shunday tartibda imzolanadi.
Talabnoma beruvchi, nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaxs yoki patent vakilining yoxud ishonchli shaxsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.
23. Buyum tashqi koʻrinishining tasviri asosiy hujjat hisoblanadi, chunki u talabnoma berilgan sanoat namunasi toʻgʻrisidagi barcha axborotlarni ichiga oladi.
Tasvirlar buyumning tashqi koʻrinishi toʻgʻrisida toʻliq atroflicha tasavvur berishi, uning barcha elementlarini, shu jumladan muhim alomatlari roʻyxatida keltirilgan elementlarni ham oʻz ichiga olishi lozim.
Qonunning 5-moddasiga muvofiq, huquqiy muhofaza hajmi buyumning (maket, rasmning) tasvirlarida aks ettirilgan uning muhim alomatlari majmui va (yoki) ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi.
24. Talabnoma hajmli sanoat namunasi uchun hajmli buyumning old tomondan 3/4 rakursdagi umumiy koʻrinishi tasvirini oʻz ichiga olgan boʻlishi, shuningdek buyum tasvirlari koʻrinishlarining (masalan, oldidan, chapdan, oʻngdan, orqadan, yuqoridan, pastdan) miqdori buyum tashqi koʻrinishining butun yechimi haqida toʻla-toʻkis tasavvur berishi lozim.
Tikuvchilik sanoati buyumlari uchun oldidan va orqadan koʻrinishlari (zarur boʻlganda manekenda) yetarlicha boʻlishi mumkin.
Yassi sanoat namunasi uchun umumiy rejadagi koʻrinishi taqdim etiladi.
Tekstil buyumlarining yassi sanoat namunalari tasvirda takrorlanuvchi rapport bilan aks ettirilishi lozim.
Buyumlar jamlamasi (toʻplami) umumiy koʻrinishdagi tasvirlarda toʻlaligicha, yaʼni jamlamaga (toʻplamga) kiradigan barcha buyumlar bilan taqdim etilishi lozim. Bundan tashqari, jamlamaga (toʻplamga) kiradigan har bir buyum qoʻshimcha ravishda alohida tasvirda keltiriladi. Buyumlar jamlamasi (toʻplami) toʻliq tarkibda umumiy koʻrinishdagi bitta tasvirda taqdim etilishi mumkin boʻlmagan alohida hollarda, jamlama (toʻplam) fragmentlarini alohida tasvirlarda taqdim etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Sanoat namunasining har bir varianti tasvirlarning alohida jamlamasida taqdim etilishi lozim.
Yopilishi, yigʻilishi, transformatsiyalanishi va h.k mumkin boʻlgan buyumlar ushbu buyumlarning ochiq koʻrinishidagi (masalan, muzlatgich, telefon budkasi) yoki yigʻilgan koʻrinishidagi (masalan, oshxona kombaynlari, chang yutgichlar) tasvirlarida taqdim etilishi lozim.
25. Rang-grafik (badiiy-koloristika) yechimi sanoat namunasining muhim alomatlaridan biri boʻlgan hollarda, ushbu Qoidalarning 24-bandida koʻzda tutilgan barcha tasvirlar rangli holda taqdim etilishi lozim.
26. Tasvirlar aniq va yorqin boʻlishi lozim. Sanoat namunasining tasvirlaridagi alohida detallar, nafaqat yoritilgan tomonlarda, balki soya tomonlarida ham yaxshi koʻrinishi lozim.
Buyum bir tekis yoritilgan holda, odatda begona predmetlarsiz neytral fonda tasvirlanishi lozim.
27. Tasvirlar A4 formatidan katta boʻlmagan oʻlchamlarda taqdim etiladi. Tashqi oʻlchamlari boʻyicha uncha katta boʻlmagan buyumlar, masalan, qoʻl (choʻntak) soatlari, mikrokalkulyator, choʻntak oʻt oldirgichlari va shunga oʻxshashlar uchun 9x12 sm dan kichik boʻlmagan oʻlchamdagi kichik formatli tasvirlar taqdim etilishi mumkin.
28. Tasvirlar umumiy koʻrinish, boshqa koʻrinishlar, rangli tasvir, eng yaqin analogining tasviri tartibida raqamlanadi.
Bir koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.
29. Tasvirlarni oʻz ichiga olgan varaqlarning old tomonida (fotosuratlar uchun — orqa tomonida) tasvir raqami, sanoat namunasining nomi koʻrsatiladi, shuningdek “umumiy koʻrinishi”, “yonidan koʻrinishi”, “oldidan koʻrinishi”, “orqadan koʻrinishi”, “yuqoridan koʻrinishi”, variantlar uchun esa “1-variant”, “2-variant” va shu kabi izohlar ketma-ket keltiriladi.
Eng yaqin analog sifatida tanlab olingan buyum tasviri uchun, tasvir raqami va buyum nomidan tashqari, “eng yaqin analog” degan izoh berish kerak.
30. Sanoat namunasining tavsifi buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini soʻzlar bilan ochib berishi lozim.
31. Tavsif sanoat namunasining nomini koʻrsatishdan boshlanadi, talabnoma berilgan sanoat namunasi mansub boʻlgan SNXK ning amaldagi tahriridagi rubrikasi aniqlangan holda, bu rubrikaning indeksi keltiriladi va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
a) sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi;
b) sanoat namunasining analoglari;
v) sanoat namunasi ifodalangan tasvirlar va boshqa taqdim etilgan materiallar roʻyxati (chizma, ergonomik sxema, konfeksion karta — ular taqdim etilgan hollarda);
g) sanoat namunasining mohiyati;
d) sanoat namunasining muhim alomatlari majmui.
32. Sanoat namunasining nomi aniq, qisqa va konkret boʻlishi, sanoat namunasining muhofaza hajmi va SNXK ga, alohida hollarda esa sohaga oid umum qabul qilingan terminologiyaga mos boʻlishi lozim. Nom buyumning vazifasini (bajaradigan funksiyasini) taʼriflashi, yaʼni turkum tushunchasini (masalan, “Antenna”, “Zichlik oʻlchagich”, “Traktor”) aks ettirishi lozim.
Nom buyumning foydalanish sohasini koʻrsatishi, yaʼni turiga doir tushunchani ifodalashi lozim (masalan, “Paxta terish qishloq xoʻjaligi mashinasi”).
Nomda zaruratga koʻra buyum vazifasining oʻziga xos xususiyatlari ifodalangan soʻz yoki soʻzlar birikmasi boʻlsa (masalan, “makkajoʻxorini oʻrib olish uchun”), u turkum va/yoki tur tushunchalaridan (masalan, “Qoʻl oʻroq mashinasi”) oldin koʻrsatiladi. Shunday qilib, ushbu sanoat namunasining toʻliq nomi — “Makkajoʻxorini oʻrib olish uchun qoʻl oʻroq mashinasi”.
Reklama daʼvolari, shaxsiy ismlar, betakalluf nomlar, abbreviaturalar, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarining soʻzli belgilari, reklama, firma va boshqa maxsus nomlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, “va h.k.” soʻzlari va sanoat namunasini aynanlashtirish maqsadlariga xizmat qilmaydigan shunga oʻxshash soʻzlar hamda mahalliy va jargon atamalar sanoat namunasining nomiga kiritilmaydi.
Sanoat namunasining nomi birlik sonda keltiriladi. Birlik sonda ishlatilmaydigan nomlar (masalan, “Suvenir shaxmat donalari”), juft buyumlarning nomlari haqida soʻz yuritilayotgan holatlarda sifatlovchi soʻzlar (masalan, “Bolalar xonaki poyafzali”) koʻplikda ishlatiladi).
Agar talabnoma sanoat namunasining variantlariga berilayotgan boʻlsa, u holda uning nomi birlikda keltiriladi, qavslarda esa variantlarning soni koʻrsatiladi: “Dur (2 variantda)”.
Agar talabnoma oʻzi bilan buyumlarning jamlamasini (toʻplamini) ifoda qiladigan obyektning badiiy-konstruktorlik yechimiga berilayotgan boʻlsa, sanoat namunasining nomida “toʻplam”, “jamlama” soʻzlari boʻlishi kerak (masalan, “Manzarali gʻishtlar toʻplami”, “Yotqizish uchun plitka-modullar toʻplami”).
33. Tavsifning “Sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi” boʻlimida talabnoma berilgan sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda uning afzalroq qoʻllanish sohasi koʻrsatiladi.
34. Tavsifning “Sanoat namunasining analoglari” boʻlimida aniqlangan analoglarning taʼrifi keltiriladi va ulardan qaysi biri talabnoma berilgan sanoat namunasiga eng yaqin ekanligi koʻrsatiladi.
Sanoat namunasining analoglari bu ushbu sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana oladigan maʼlumotlardan maʼlum boʻlgan, unga oʻzining muhim alomatlari bilan oʻxshash boʻlgan, talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan bir xil vazifani bajargan buyumning tashqi koʻrinishiga mansub boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlardir.
Eng yaqin analog bu oʻzining muhim alomatlar majmui boʻyicha talabnoma berilgan sanoat namunasiga yaqindan oʻxshash analogidir.
Ushbu boʻlimda keltirilgan analoglarni oʻz ichiga olgan hamda eng yaqin analogining talabnomada keltirilishi lozim boʻlgan tasviri koʻrsatilgan axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari ham koʻrsatiladi.
Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlsa, bu holda odatda barcha variantlar uchun eng yaqin boʻlgan bitta analog keltiriladi.
Agar analoglardan hech biri bir vaqtning oʻzida barcha variantlar uchun eng yaqin analog boʻlmasa, ulardan har biri uchun eng yaqin analog koʻrsatilishi mumkin.
35. “Sanoat namunasi tasvirlarining va sanoat namunasini koʻrsatib beruvchi taqdim etilgan boshqa materiallarning roʻyxati” boʻlimida tasvirlar, shuningdek, agar taqdim etilgan boʻlsa, chizmalar, sxemalar, konfeksion kartalar ularning raqamlanishiga muvofiq sanab oʻtiladi va ularning har birida nima tasvirlanganligi haqida qisqacha izohlar keltiriladi.
36. Sanoat namunasining mohiyati buyum tasvirlarida aks ettirilgan va buyumning tashqi koʻrinishini uning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlari bilan belgilab, jamuljam keltirilgan muhim alomatlari bilan taʼriflanadi.
Agar alomatlar buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlarini, xususan shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar birikmasini belgilasa, ular muhim alomatlarga mansub boʻladi.
Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun uning tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlari majmuining soʻz bilan ifodalangan taʼrifi tasvirlarga (shuningdek, buyumning umumiy koʻrinishi chizmasiga, ergonomik sxemasiga, konfeksion kartasiga, agar ular boʻlsa) havola qilingan holda keltiriladi.
Bunda talabnoma berilgan sanoat namunasining eng yaqin analogidan farqlanadigan muhim alomatlari ajratib koʻrsatiladi.
37. Tavsifning “Sanoat namunasining mohiyati” boʻlimida, shuningdek talabnoma berilgan sanoat namunasining estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlari qayd etiladi va muhim deb eʼtirof etilgan alomatlarning koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishini shakllantirishga boʻlgan taʼsiri, agar bu oʻz-oʻzidan ayon boʻlmasa, izohlanadi.
Estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlar, masalan, quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:
barcha alomatlarning bosh alomat atrofida birlashuvi tufayli qismlarning oʻzaro teng tobeligi taʼminlangan boʻlib, bu (fazoviy strukturasi rivojlangan obyekt uchun) kompozitsiya elementlarini izchil idrok etishga yordam beradi;
ularning har birining ishlatilish ketma-ketligi va har biriga yetib borish mumkinligini hisobga olgan holda (masalan, uchuvchi kabinasi, avtomobil pultlari uchun), boshqaruv organlari zonalariga toʻliq yetib borish imkoniyati taʼminlanganligi;
upakovkasi qadimiy quticha uslubida bezatilgan, etiketkasi esa eskirib ketgan papirus koʻrinishiga ega (tegishlicha choyning kolleksiya qilinadigan navlari va yuqori markali vinolar uchun);
vazifasi va foydalanishda qulayliklarining alohida xususiyatlari aniqlangan (sport inventarlari va jihozlari, armiya aslahalari, murakkab maishiy elektrotexnika);
mashinaning kuchi va quvvatini ifodalaydigan obraz yaratilganligi (masalan, ekskavator uchun);
koʻz bilan koʻrgandagi obraz mashinaning ishlab chiqarishga oid boʻlmagan, maishiy xarakterini aks ettiradi (masalan, bogʻ-tomorqa uchun minitraktor);
mashinaning obrazli taʼrifida bolaning jismoniy yetishmovchiligining oʻrnini psixologik jihatdan toʻldirish maqsadini koʻzlagan maxsus vazifa yashirilganligi (masalan, nogiron bolalar uchun velomobil).
Tavsifning shu boʻlimida buyumning tashqi koʻrinishiga xos koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa afzalliklari ham koʻrsatilishi mumkin.
38. Asboblar, stanoklar va boshqa shunga oʻxshash hajmli sanoat namunalarining tashqi koʻrinishini tavsiflashda ularning ergonomik xususiyatlarni tasdiqlash uchun, sanoat namunasi sifatida talabnoma berilayotgan buyumning ishlashi va/yoki ishlatilishi, inson va buyumning oʻzaro aloqalarining alohida xususiyatlarini ochib berish uchun buyum tashqi koʻrinishining eng muhim kompozitsion va funksional elementlari, boʻgʻimlari va detallarining oʻzaro taʼsirini taʼriflab berish lozim.
39. Jamlama (toʻplam) ni taʼriflashda uning tarkibiga kiradigan va uning umumiy vazifasini amalga oshiruvchi funksiyalarni bajaradigan barcha buyumlar koʻrsatiladi. Buyumlar jamlamasi (toʻplami) ga kiradigan barcha elementlarining badiiy-konstruktorlik yechimi shakl hosil qilishning yagona obrazli, masalan, plastik va/yoki stilistik tamoyilidan foydalangan holda bajarilishi lozim hamda tasvirda va muhim alomatlar majmuida oʻz aksini topishi kerak. Jamlamaning barcha buyumlari uchun umumiy boʻlgan alomatlardan tashqari, ayrim buyumlarning alohida xususiyatlarini taʼriflaydigan alomatlar koʻrsatiladi.
40. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlsa, muhim alomatlar majmui ularning barcha variantlari uchun umumiy boʻlgan va ustun turadigan alomatlari, masalan, asosiy kompozitsion elementlar va ularning joylashishini, shakli, plastik ishlanganligi va boshqalarni taʼriflaydigan, yagona ijodiy fikrni tasdiqlaydigan alomatlari koʻrsatilgan holda toʻliq bayon qilinadi va variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar ajratib koʻrsatiladi. Variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar, odatda, asosiylariga qoʻshimcha boʻlib hisoblanadi va asosiy kompozitsion elementlarning ishlanganligini, koloristik yechimini, qoʻshimcha qismlar va elementlarni hamda ularning ishlanganligini va boshqalarni taʼriflaydi.
41. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berishda alomatni uni amalga oshirishning turli shakllarini taʼriflovchi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifodalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar alomatni amalga oshirishning turli shakllari boshqa alomatlar bilan birgalikda bir xil estetik va ergonomik xususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishini belgilasa, bu holda sanoat namunasining har biriga koʻrsatib oʻtilgan amalga oshirish shakllarini tavsiflovchi alomatlar xos boʻlgan variantlari taʼriflanadi. Masalan, shaklni “doirasimon yoki kvadrat” yoki “doirasimon, kvadrat” deb taʼriflash notoʻgʻri. Bitta variantda “doirasimon”, ikkinchi variantda esa “kvadrat” deb keltirish lozim.
42. Sanoat namunasini taʼriflashda umuman buyumda yoki uning elementida mavjud boʻlgan soʻzli belgilarning semantik maʼnolarini ifodalaydigan alomatlardan foydalanish kerak emas, chunki semantik maʼnolar buyum tashqi koʻrinishining oʻziga xos xususiyatlariga taʼsir qilmaydi.
43. Alomat taʼrifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga havola qilgan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Asosida rivojlangan hajmiy-fazoviy tuzilma (masalan, stanok, qishloq xoʻjaligi mashinasi, mototsikl va shunga oʻxshashlar) boʻlgan murakkab kompozitsiyaga ega buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimlarini taʼriflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion elementlarning mavjudligi;
b) elementlarning oʻzaro joylashganligi;
v) kompozitsion elementlarning shakli.
45. Monoblok kompozitsiyali buyumlarning (masalan, televizor, radiopriyomnik, shchit asbobi, quticha) badiiy-konstruktorlik yechimlarni, shuningdek elementar geometrik hajmlarning (masalan, seksiyali mebel bloki) oʻzaro nisbatlariga qurilgan yechimlarni taʼriflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion elementlarning tarkibi va taqsimlanishi;
b) odatda buyumning frontal yuzasida joylashgan ushbu elementlarning plastik, grafik, rang va faktura yechimi.
46. Tekis kompozitsiyaga ega boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlarni (masalan, roʻmollar, matolar, gilamlar) taʼriflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion tuzilishi;
b) ornament elementlari, mavzularining ritmik tashkil qilinganligi, chiziqli-grafik nisbatlari;
v) ornament mavzularining ishlanganligi;
g) koloristik yechimi;
d) fakturasi (mato iplarining toʻqilmasi).
47. Kiyimning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) modelning uni hajmiy jihatdan taʼriflaydigan shakli;
b) qismlarning oʻzaro nisbatini belgilaydigan proporsiyalar;
v) modelning tekislik xarakteristikasi boʻlgan silueti;
g) biron-bir elementlarning mutanosib ketma-ketligini belgilaydigan ritm;
d) detallari, yaʼni kiyimning istalgan qismida uning yuzasiga qoʻyiladigan elementlar, ularning shakli;
e) bezagi, yaʼni buyumning utilitar qoʻllanishi nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega boʻlmagan, model yechimida dekorativ oʻrin tutgan, uning ishlatilishi bir vaqtning oʻzida texnologik usul boʻlishi mumkin boʻlgan (masalan, kiyim chetlariga ishlov berish, detallarni birlashtiruvchi chokni mustahkamlash va shunga oʻxshashlar) element;
j) furnitura (tugmalar, ilgaklar va boshqalar), u buyum strukturasiga uning alohida qismlarini birlashtirish va ajratish uchun kiradi hamda dekorativ element vazifasini oʻtaydi;
z) material.
48. Poyabzalning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) model shaklining, shu jumladan kolodka shaklining hajm jihatdan taʼrifi;
b) poyabzal yuqori va quyi qismining konstruksiyasi;
v) konstruksiya elementlari (boshligʻi, gulchini, qoʻnji, tagcharmi va shunga oʻxshashlarning)ning tarkibi, shakli va oʻzaro joylashganligi;
g) material, dekorativ alohida xususiyatlari bilan birga;
d) bezak detallari;
e) furniturasi;
j) koloristik yechimi.
49. Buyumlar jamlamalari (toʻplamlari)ning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun, tegishli buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun ishlatiladigan alomatlardan tashqari, xususan, quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi:
a) qismlarning oʻzaro aloqalarining xarakteri;
b) elementlarning oʻzaro teng tobeligi;
v) dastlabki elementlarning va ushbu elementlardan foydalanib yaratilgan buyumlarning ham, umuman barcha jamlama (toʻplam) ning ham proporsional tuzilishi.
50. Bosma mahsulotlar (masalan, muqovalar, etiketkalar, yorliqlar, nakleykalar va shunga oʻxshashlar)ning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda, xususan, quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion tuzilishi;
b) grafik elementlar, tasviriy mavzular, ornamentning ishlanganligi;
v) shrift grafikasining joylashganligi va bajarilganligi (yozuvlarning maʼno va (yoki) fonetik mazmunisiz);
g) koloristik yechimi.
51. Tashqi koʻrinishi ikkita holat — yopiq (yigʻilgan) va ochiq — bilan belgilanadigan buyumlar (masalan, shkaflar, muzlatgichlar, yoriq korpusdagi asboblar, telefon budkalari va shunga oʻxshashlar)ning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda buyum tashqi koʻrinishining ham, ichki hajmining ham ishlanish elementlari buyum alomatlari boʻlishi mumkin.
52. Badiiy-konstruktorlik yechimni taʼriflashda, alomat, shuningdek, buyumning yoki uning elementining tashqi koʻrinishi boshqa vazifani bajaradigan maʼlum buyumning tashqi koʻrinishi bilan mos kelishini koʻrsatish yoʻli bilan ham ifodalanishi mumkin.
53. Talabnoma berilayotgan badiiy-konstruktorlik yechimda talabnoma topshirilgan yoki muhofaza hujjatlari olingan sanoat mulkining boshqa obyektlarining buyumlari mavjud boʻlib, bu haqda talabnoma beruvchiga maʼlum boʻlsa, ushbu hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot manbalarini aniqlash uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatish lozim.
54. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui tasvirlarda aks ettirilgan hamda soʻralayotgan va patent taqdim qiladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilaydigan alomatlarni oʻziga mos talqin etish uchun moʻljallangan.
55. Muhim alomatlar majmuiga muhim hisoblangan va odatda, sanoat namunasining mohiyatini ochib beruvchi taʼrifdan koʻra ancha qisqaroq taʼriflangan barcha alomatlar kiritiladi.
56. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar sanoat namunasining mohiyatini ushbu mohiyatni ochib berishda foydalanilgan tushunchalar bilan ifodalashi lozim.
57. Roʻyxatga kiritilgan alomatlarni tasvirlangan buyum elementlarining absolyut oʻlchamlari yoxud oʻlchamlarining koʻz bilan farqlanmaydigan nisbatlari bilan ifodalash tavsiya etilmaydi. Buyumni tamgʻasi boʻlgan, xizmat va isteʼmol ahamiyatiga ega boʻlgan grafika tasvirlarini (usti, dumalatilmasin, shtrix-kod va boshqalar), agar ular standart usulida bajarilgan boʻlsa tavsif roʻyxatiga kiritish tavsiya etilmaydi.
58. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar buyumning tashqi koʻrinishini uning statik holatida taʼriflash imkonini beradigan holda bayon qilinadi.
Buyumning tashqi koʻrinishini taʼriflashda uning oʻzgarishga moyilligini, shakl elementlarining ularning holatini oʻzgartirish imkoniyati bilan bajarilishini va boshqa shu kabilarni koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
59. Sanoat namunasining alomatlari muhim alomatlar majmuida shunday ifodalanadiki, bunda ushbu alomatlarni taʼriflashda qoʻllangan tushunchalarning maʼno mazmuni mutaxassis tomonidan buyum (maket, rasm) tasvirlaridagi elementlar tasvirlari bilan identifikatsiya qilish uchun bir maʼnoda tushunish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
60. Muhim alomatlar majmuidagi alomatning taʼrifi buyum (maket, rasm) tasvirlariga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin emas, bunday havolasiz alomatni ushbu Qoidalarning 59-bandi talablarini buzmagan holda taʼriflash imkoniyati boʻlmagan holatlar bundan mustasno.
61. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui, odatda, sanoat namunasining eng yaqin analog alomatlariga mos keladigan muhim alomatlarini, shu jumladan, uning vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan cheklovchi qismdan, va sanoat namunasini eng yaqin analogdan farqlaydigan muhim alomatlarni oʻz ichiga olgan farqlovchi qismdan iborat.
Sanoat namunasining muhim alomatlari majmuining cheklovchi qismi bayon qilingandan soʻng “farqlovchi tomonlari” soʻzi keltiriladi va mohiyatan farqlovchi alomatlari “mavjud”, “bajarilgan” soʻzlari bilan boshlanib bayon qilinadi.
Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui keltirilgan tavsif, agar unda analoglari boʻlmagan sanoat namunasi taʼriflanayotgan boʻlsa, cheklovchi va farqlovchi boʻlimlarga ajratilmay tuziladi.
62. Sanoat namunasining variantlari keltirilgan talabnomada muhim alomatlar majmui barcha variantlar uchun umumiy boʻlgan muhim alomatlarni (eng yaqin analogga mos keladiganlari ham farqlanadiganlari ham), shu jumladan, sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan qismda bayon qilinadi, soʻngra “1- (2- va h.k.) variant ... larning mavjudligi (bajarilganligi va sh.k.) bilan taʼriflanadi” soʻzlari bilan aniq bir koʻrsatilgan variantga xos muhim alomatlar keltiriladi.
63. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui alohida varaqda taqdim etiladi.
64. Umumiy koʻrinishdagi chizma sanoat namunasining mohiyatini ochib berish va uning tashqi oʻlchamlari, proporsional nisbatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda taqdim etiladi.
Chizmalar texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga binoan bajariladi.
65. Ergonomik ishlovni koʻzda tutadigan buyumga mansub sanoat namunasiga talabnoma topshirilganda, ushbu buyumning ergonomik sxemasi taqdim etiladi.
66. Chizmalar va sxemalar tavsif matniga qatʼiyan mos boʻlishi kerak.
67. Chizma yoki sxemada buyum elementlarining predmetli-fazoviy tashkil qilinganligini tavsiflovchi va inson faoliyatining funksional zonalarida asosiy elementlarning joylashuvi, buyumni tasarruf etish qulayligi toʻgʻrisida fikr yuritishga imkon beruvchi buyum va uning elementlarining tashqi oʻlchamlari (axborotni aks ettirish vositalari va boshqaruv organlarini joylashtirish balandligi, kengligi, chuqurligi, ish yuzasi, shaklning yaqin joylashgan elementlari orasidagi masofa) koʻrsatilishi lozim.
68. Chizmalar va sxemalardagi asosiy shakl hosil qiluvchi elementlar xuddi tavsifdagidek arab raqamlari bilan belgilanadi. Chizma (sxema)ning bir nechta figuralaridagi aynan bitta detal yoki boʻgʻim bitta raqam bilan belgilanadi. Tavsifda eslatib oʻtilmagan havola qilinadigan belgilar chizmalar (sxemalar)da qoʻyilmaydi va aksincha.
69. Chizmalar (sxemalar)dagi chetga chiqariladigan chiziqlar aniq boʻlishi kerak. Raqamli va harfli belgilarni qavslar, aylanalar yoki qoʻshtirnoqlar ichida koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Raqamlar va harflarning balandligi 3,2 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
70. Chizmalar (sxemalar) tarkibida “ochiq”, “yopiq” kabi zarur soʻzlardan tashqari hech qanday yozuvlar boʻlmasligi lozim.
71. Chizmadagi tasvir, odatda, toʻgʻri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda (turli koʻrinishlar, qirqimlar, kesimlarda) taqdim etilishi lozim. Koʻrgazmali boʻlishi uchun uni aksonometrik proyeksiyada taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi. Chizmadagi har bir element boshqa barcha elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarni farqlash zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.
72. Chizmalar, sxemalar va izoh beruvchi rasmlar alohida varaqlarda taqdim etiladi va har bir varaqning yuqorisidagi oʻng burchagida sanoat namunasining nomi keltirilishi tavsiya qilinadi.
Chizmaning bitta varagʻida bir nechta figura joylashishi mumkin, bunda ular bir-biridan aniq ajratilgan boʻlishi lozim. Agar ikki va undan koʻproq varaqlarda joylashgan figuralar yagona figurani tashkil qilsa, u holda ular ushbu toʻliq figura turli varaqlarda tasvirlangan biron-bir qismi qoldirilmay komponovka qilinishi mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal darajada toʻldirilgan, chizma esa varaqning uzun tomonidan vertikal holatda oʻqish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
73. Har bir chizma (sxema) figura sifatida, masalan, “1-figura”, “2-figura” va h.k. deb, tasvir turidan qatʼi nazar, yagona raqamlash tartibida, tavsif matnida bayon qilinish navbatiga muvofiq raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan izohlansa, u raqamlanmaydi.
74. Yengil sanoat buyumlariga taalluqli sanoat namunasiga talabnoma topshirilganida, talabnomaga zarur hollarda konfeksion karta, yaʼni buyumni tayyorlash uchun tavsiya etilgan toʻqimachilik, trikotaj materiallar, teri, furnitura, bezak va boshqalarning namunalari ilova qilinadi.
Dekorativ materiallar, gilamlar, matolarning namunalari rasm rapporti oʻlchamida taqdim etiladi.
3-§. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar
75. Talabnomada
a) ijtimoiy manfaatlarga (shu jumladan jamoat tartibiga) va qabul qilingan axloq-odob meʼyorlariga (buzilishi jamiyatga yoki uning bir qismiga yoxud uning alohida vakillariga maʼnaviy zarar yetkazadigan umuminsoniy, fuqarolik, oila, diniy va boshqa axloq prinsiplariga) zid iboralar, chizmalar, rasmlar, tasvirlar va boshqa materiallar;
b) axloqsiz, jargon yoki beadab soʻzlar, yoki shunday maʼnoga ega boʻlgan soʻzlar iboralar, tasvirlar;
v) sanoat namunasiga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan fikrlar va maʼlumotlar boʻlmasligi lozim.
76. Tavsifning “Sanoat namunasining analoglari” boʻlimida keltirilgan maʼlum sanoat namunalarining kamchiligini shunchaki koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
4-§. Atamalar va belgilar
77. Sanoat namunasining tavsifi va uni izohlovchi materiallarda standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va texnik adabiyotlarda umum qabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllanadi.
Adabiyotda keng qoʻllanmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda, ularning maʼnosi matnda birinchi marta qoʻllanganda tushuntirib beriladi.
Hamma shartli belgilar ochib beriladi.
Tavsifda yagona terminologiyaga rioya qilinadi, yaʼni aynan bir xil belgilar tavsif matnida bir xil ataladi. Terminologiya birligi talabi, shuningdek, fizik birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.
Sanoat namunasining nomi zaruriyatga koʻra lotin alifbosi belgilari va arab raqamlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Sanoat namunasining nomida boshqa alifbo belgilari va maxsus belgilarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fizik kattaliklar amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklarida ifodalanadi.
5-§. Talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish
78. Hamma turdagi hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyatini beradigan holda rasmiylashtiriladi.
Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel joylashtirgan holda foydalaniladi.
79. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qogʻozda bajariladi. Talabnoma hujjatlarini MOʻT da ham berish mumkin.
80. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210x297 mm formatga ega boʻladi. Tavsif va muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan varaqlardagi hoshiyalarning oʻlchamlari kamida quyidagicha boʻladi, mm:
yuqoridan — 20;
oʻngdan — 20;
pastdan — 20;
chapdan — 30.
Chizmalar yoki reproduksiyalarni oʻz ichiga olgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning oʻlchami 170 — 262 mm dan oshmasligi lozim. Hoshiyalarning oʻlchami kamida quyidagicha boʻladi, (mm):
yuqoridan — 25;
oʻngdan — 15;
pastdan — 10;
chapdan — 25.
Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atrofida ramka chizilmasligi lozim.
Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va keyingi varaqlar birdan boshlab ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlarning alohida seriyalaridan foydalangan holda raqamlab chiqiladi. Birinchi raqamlash seriyasiga ariza, ikkinchisiga sanoat namunasining tasviri, uchinchisiga tavsif va muhim alomatlar roʻyxati taalluqlidir. Agar talabnoma tarkibida chizmalar va boshqa materiallar boʻlsa, ular alohida seriya koʻrinishida raqamlanadi.
MOʻTda taqdim etiladigan materiallarga talablar Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(80-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
81. Hujjatlar qora rangli shriftda bosiladi. Tavsif matni 1,5 interval oraliqda bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosiladi.
82. Grafik belgilar, lotincha nomlar, lotincha va yunoncha harflar qora rangdagi siyoh, pasta yoki tush bilan yozib qoʻyilishi mumkin.
83. Axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatilishi lozim.
6-§. Talabnomani topshirish
84. Sanoat namunasining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquq vorislari (bundan buyon matn boʻyicha — talabnoma beruvchilar) talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.
85. Talabnoma bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
86. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakili yoxud boshqa ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
87. Qonunning 35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar, yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomada boshqacha qoidalar koʻzda tutilmagan boʻlsa, talabnoma berish va patent olish bilan bogʻliq ishlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
II bob. Patent olish boʻyicha ishlarni olib borish
7-§. Ishonchli shaxsni tayinlash
88. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.
Vazirlik oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.
(88-bandning ikkinchi xatboshidagi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Agar ishonchnoma oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, unga oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakili nomiga yoki bir nechta ishonchli shaxslar nomiga berilgan boʻlsa, u holda ishlar ularning istalgani tomonidan olib borilaveradi.
(88-bandning beshinchi xatboshidagi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
8-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish
(8-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
89. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ushbu ishga vakolat berilgan ishonchli shaxs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.
90. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxsning imzosi boʻlishi shart.
Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar, agar uni bilvosita aniqlash imkoni boʻlmasa, qaytarib yuboriladi.
91. Talabnoma boʻyicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
92. Vazirlikka talablar buzilgan holda taqdim etilgan materiallar boʻyicha soʻrovnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatda tuzatilgan va yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif etiladi. Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxsi boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan materiallar koʻrib chiqilmaydi. Bunday materiallarni topshirgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
9-§. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar kiritish
93. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnoma beruvchi talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.
94. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda, talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yoʻli bilan kiritilishi mumkin.
Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun patent boji toʻlangani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlangani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent bojining summasi belgilangan miqdordan kam boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchi yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqida Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.
(94-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
95. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish uchun talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlar, tasvirlar topshirilishi kerak. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2-, 3-, 4-ilovalarda keltirilgan. Almashtiriladigan varaqlar yoki tasvirlar talabnomadagi tegishli hujjatning har bir nusxasi uchun taqdim etiladi. Almashtiriladigan varaqlar oʻzbek yoki rus tilida taqdim etiladi.
Talabnoma beruvchi ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari haqida xabardor qilinadi.
(95-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
96. Yuridik shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining nomini yoki jismoniy shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda, Vazirlikka talabnoma beruvchining nomiga oʻzgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
97. Talabnoma beruvchi talabnomaga boʻlgan oʻz huquqini boshqa shaxsga oʻtkazsa, bu holda u Vazirlikka talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish haqida ariza beradi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.
(97-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Patent olishga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda, koʻrsatilgan talabnoma beruvchini oʻzgarish sanoat namunalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.
Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga — huquq vorisiga oʻtkazilishi haqida koʻrsatma va bu shaxs haqida ushbu Qoidalarning 14-, 17-bandlarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar keltirilishi lozim.
Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, unga huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi tomonidan imzolangan hujjat ilova qilinadi.
98. Belgilangan talablarga rioya qilingan taqdirda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida xabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnomaga boʻlgan huquq oʻtgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Belgilangan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritish zarurligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi va tegishli sabablar koʻrsatiladi.
99. Davlat muassasasi talabnoma hujjatlariga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolangan hamda talabnoma raqami va kiritilishi lozim boʻlgan oʻrinlar koʻrsatilgan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.
(99-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Talabnoma hujjatlaridagi oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan va texnik xatolarni tuzatish ham sanoat namunasini tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasiga qadar amalga oshirilishi mumkin. Tuzatish oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan boʻlishi kerak, yaʼni umumqabul qilingan bilimlardan mutaxassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqa biron narsa qilib boʻlmasligi ayon boʻlishi kerak.
Agar tuzatishlar bibliografik maʼlumotlarni koʻrsatishda matnni bosish paytida yoʻl qoʻyilgan xatoliklarga va boshqa shu kabi xatoliklarga tegishli boʻlib, hujjatni tuzatish undan bevosita nusxa koʻchirishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi va almashtiriladigan varaqlar taqdim etilmasligi mumkin.
100. Belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritish kerakligi haqida yoki talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emasligi haqida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabardor qilinadi.
101. Sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon matn boʻyicha ajratilgan alohida talabnoma deb yuritiladi).
102. Ajratilgan alohida talabnomalar birinchi talabnomaning topshirilish sanasini va sanoat namunasining ustuvorligini, birinchi talabnoma boʻyicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlgan holda esa, ushbu ustuvorlik sanasini saqlab qoladi.
103. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 12 — 83-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.
10-§. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish
104. Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma boʻyicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Soʻralgan materiallarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati uning tomonidan tegishli iltimosnoma berilgan holda uzaytirilishi mumkin.
Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
105. Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etiladi.
Belgilangan muddat Davlat muassasasi tomonidan belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(105-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
106. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
107. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda, talabnoma beruvchining iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
11-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash
108. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan davlat ekspertizasining soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin.
109. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat oʻtkazib yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oydan kechiktirmay muddat oʻtkazilishiga sabab boʻlgan uzrli sabablar koʻrsatilgan holda taqdim etiladi. Davlat muassasasi koʻrsatilgan sabablar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
110. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan holda, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
111. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangani toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
112. Yuqorida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan hollarda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
12-§. Talabnoma beruvchini talabnoma materiallari bilan tanishtirish
113. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) oʻzi topshirgan talabnoma va shu talabnoma boʻyicha Vazirlik va Davlat muassasasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Vazirlik yoki Davlat muassasasining oʻzida ham, talabnoma, talabnomaga tegishli materiallar yoki ularning qismlarining nusxalarini soʻrab olish yoʻli bilan ham tanishishi mumkin.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
114. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish zaruriyatiga koʻra tanishish huquqiga ega.
13-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish
115. Talabnoma bilan bogʻliq savollar talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi)ning ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga binoan, har ikki tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan soʻng koʻrib chiqiladi. Ekspertizaning savollari soʻrovnomada bayon qilinishi mumkin, ushbu soʻrovnomada qoʻshimcha ravishda uchrashish maqsadga muvofiqligi ham maʼlum qilinadi, talabnoma beruvchining savollari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
116. Soʻrovnoma berilgan holda, talabnoma beruvchining talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish niyatidan qatʼi nazar, javob talabnoma beruvchi tomonidan Qonunda belgilangan muddatda taqdim etiladi. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Sharoit oʻzgargan holda, belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni xabardor qiladi.
117. Yakka oʻzi talabnoma beruvchi boʻlmagan shaxs vakillik qilish uchun ishonchnomasi boʻlgan taqdirdagina boshqa talabnoma beruvchilarning ishtirokisiz oʻzi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashishi mumkin.
118. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish muzokara yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.
Savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlgan hollarda, muzokaralar olib boriladi, savollarni hal qilish uchun bir necha mutaxassislar ishtirokidagi ekspertiza talab qilinsa, ekspert kengashi oʻtkaziladi.
Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha belgilangan shaklda ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlar, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyinchalik ish yuritish haqidagi xulosalar keltiriladi.
Bayonnomada ekspertiza tomonidan keltirilgan dalillar bilan bogʻliq holda sanoat namunasi muhim alomatlar majmuining talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab qilgan savollari va h.k. keltirilishi mumkin.
Bayonnoma koʻrib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi)ga beriladi.
Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada koʻrib chiqishda qatnashganlarning alohida fikrlari qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi)ga beriladigan va tegishli xulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusxasi ish yuritishni toʻxtatish haqidagi bildirishnomaning (talabnoma chaqirib olingan holda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin, bayonnomada bu haqda tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.
119. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza soʻrovnomasiga javobining oʻrnini bosishi mumkin (agar bunda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa). Bu holda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.
14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning chaqirib olinishi
120. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani davlat ekspertizasining istalgan bosqichida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan eʼtiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatilganidan soʻng, ushbu talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
121. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib kelmaydi, yaʼni u boʻyicha hech qanday yuridik ahamiyatga molik harakatlar olib borilmaydi (bunday talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmaydi, patent berilmaydi va h.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (xususan, keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma kelib tushgan sana boʻyicha yoki ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas).
Sanoat namunalariga topshirilgan boshqa talabnomalar yangilikni belgilash uchun ekspertizadan oʻtkazilayotganida, bunday talabnoma inobatga olinmaydi.
122. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi oʻz arizasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosi, agar u ushbu ariza maʼlumot uchun qabul qilingani haqidagi bildirishnoma joʻnatilgandan keyin kelib tushgan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 121-bandida koʻrsatilgan talabnomani chaqirib olish natijalarini bekor qilishga asos boʻlmaydi.
III bob. Talabnomani koʻrib chiqish
15-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish
123. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari ular kelib tushgan sana qayd etilgan holda sanoat namunasiga talabnoma sifatida roʻyxatga olinadi, buning uchun ularning tarkibida kamida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
(123-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
a) sanoat namunasiga patent berish toʻgʻrisida oʻzbek yoki rus tilida belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan ariza;
b) belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat.
124. Talabnomaga Vazirlikning roʻyxat raqami beriladi.
(124-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida roʻyxat raqami va kelib tushgan sanasi maʼlum qilingan holda xabardor qilinadi.
125. Agar talabnoma hujjatlari oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
126. Talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgan paytdan eʼtiboran patent berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon qilingunga qadar maxfiy (konfidensial) hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz maʼlum qilinmaydi.
16-§. Rasmiy ekspertiza
127. Qonunning 20-moddasiga muvofiq Davlat muassasasi patent berish uchun talabnoma boʻyicha sanoat namunasining rasmiy ekspertizasi va sanoat namunasiga talabnomaning mohiyatan ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
128. Qonunning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Vazirlikka kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.
(128-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
129. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan eʼtiboran talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent bojini toʻlamasdan turib, oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Talabnoma beruvchining oʻz iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomaning chaqirib olinishi), talabnoma beruvchining patent bojini toʻlamasdan turib oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan huquqi tiklanmaydi.
130. Talabnoma materiallarining rasmiy ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
b) sanoat namunasining mohiyatini tahlil qilmay turib hujjatlarga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilinganligi;
v) Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga rioya qilinganligi, shu jumladan patent vakili yoki ishonchli shaxsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi;
g) talabnoma berilgan taklifning sanoat namunasi sifatida huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga mansubligi;
d) talabnomada uning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlik soʻralishining asoslanganligi;
(130-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
e) sanoat namunasini SNXKning amal qilayotgan tahriri boʻyicha tasniflash talabnoma beruvchi tomonidan toʻgʻri amalga oshirilganligi (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, bunday tasniflash amalga oshiriladi).
131. Roʻyxatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat boʻlmagan yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat boʻlmagan taqdirda, talabnoma beruvchi tegishli hujjatni (hujjatlarni) soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan yoki ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlgan sanoat namunasining variantlari koʻrsatilgan sanadan (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada keltirilgan variantlarning hammasi uchun toʻlanmagan boʻlsa) eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etish zarurligi haqida xabardor qilinadi.
132. Agar ariza topshirilayotganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent boji miqdorini va variantlar sonini muvofiqlashtirish haqida xabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi, shuningdek, bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma boʻyicha belgilangan miqdordagi patent boji belgilangan muddatda toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmasligi, tarkibida sanoat namunasining variantlari boʻlgan talabnoma boʻyicha esa ekspertiza patent boji toʻlangan variantlar boʻyicha oʻtkazilishi haqida xabardor qilinadi, bu holda ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan variantlar boʻyicha yoki, agar u oʻz tanlovi haqida koʻrsatilgan muddatda maʼlum qilmagan boʻlsa, tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Agar patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmay turib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddatdan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi patent boji toʻlanganligiga oid hujjat olinmagunga qadar, bu iltimosni qanoatlantirish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Patent bojini toʻlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.
133. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma hujjatlari qoʻyilgan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unga kamchiliklar koʻrsatiladi, zarur huquqiy asoslar keltiriladi hamda yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etish taklif qilinadi.
Quyidagilar soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:
a) talabnomada ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan hech boʻlmaganda bittasining yoʻqligi;
b) hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasining yoʻqligi;
v) talabnoma hujjatlarining belgilangandan kam nusxada topshirilganligi;
g) patent berish uchun arizada imzolar, muhr (zarur boʻlganda), yoki ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa rekvizitlarning yoʻqligi;
d) patent bojlari toʻgʻri toʻlanganligi bilan bogʻliq savollarni aniqlash zaruriyati;
e) hujjatlarni rasmiylashtirishda ulardan bevosita nusxa koʻchirish, ularni eʼlon qilish va saqlashga toʻsqinlik qiladigan va/yoki manfaatdor shaxslarga ular bilan tanishish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga, hoshiyalarning oʻlchamlariga va h.k.larga qoʻyilgan talablar buzilganda, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan tasvirlar, chizmalar, matn bosmasining sifatlari va h.k.) aniqlanganligi;
j) sanoat namunasi tavsifida ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan tuzilmaviy boʻlimlarning yoʻqligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek, sanoat namunasining tavsifida yoki muhim alomatlar roʻyxatida biron-bir alomat taʼrifining ushbu alomat ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilganligi;
z) talabnomada hammabop boʻlmagan adabiyot manbaiga havolalarning yoki talabnomadagi baʼzi maʼlumotlarni eʼlon qilish mumkinmasligi (patent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda muallifligi koʻrsatilishini istamagan mualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno) haqida koʻrsatmalarning mavjudligi;
i) sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatida huquqiy muhofaza soʻralayotgan buyumning koʻrsatilmaganligi;
k) muhim alomatlar roʻyxatida tasvirlarda taqdim etilgan alomatlarning soʻz bilan ifodalangan tavsifi oʻrniga faqat buyumning ular belgilab bergan tashqi koʻrinishining xususiyatlari keltirilganligi;
l) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan sanoat namunasining nomi tavsifda keltirilgan nomga mos emasligi; muhim alomatlar majmuida koʻrsatilgan alomatlarning tavsifda mavjud emasligi; muhim alomatlar majmuiga tavsifda keltirilgan alomatlarning kiritilmaganligi; tasvirlar va chizmalar sanoat namunasi tavsifiga mos emasligi va h.k.);
m) talabnomada avvalroq ustuvorlik soʻrash bilan bogʻliq savollarni aniqlash zaruriyati;
n) talabnoma hujjatlarida ushbu Qoidalar talablariga mos kelmaydigan va talabnoma berilgan sanoat namunasi (sanoat namunasining variantlari) mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan boshqa buzilishlarining mavjudligi.
134. Talabnomani topshirish uchun toʻlanadigan patent boji muhim alomatlar majmuida taʼriflangan variantlar sonida keragidan kam miqdorda toʻlanganida yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish, yaʼni sanoat namunasining birligi talabiga mos keladigan va patent boji toʻlangan variantlarning alomatlarini qoldirish, yoxud muhim alomatlar majmuida tuzatishlarni amalga oshirmasdan turib, koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan yechimni tanlash taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi tomonidan tuzatishlar va tanlovni amalga oshirish rad etilgan holda, unga ushbu soʻrovnomaning oʻzida faqat patent boji toʻlangan va tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar (shu jumladan sanoat namunasining birligi talabiga muvofiqligi nuqtai nazaridan) koʻrib chiqilishi xabar qilinadi.
135. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 104 — 107-bandlarida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda belgilangan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
136. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, u holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
(136-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
137. Talabnoma predmetini u yoki bu qoʻllanish sohasiga oidligini aniqlash maqsadida, Davlat muassasasi talabnoma berilgan sanoat namunalarini SNXQga muvofiq tasniflaydi.
(137-bandningbirinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda;
talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazishda.
Tasniflash “SNXKdan foydalanishga doir tavsiyalar”ga muvofiq oʻtkaziladi.
Agar talabnoma SNXKning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni qamrab olgan boʻlsa, barcha tegishli tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks sanoat namunasining nomiga koʻra belgilanadi.
Rasmiy ekspertiza bosqichida belgilangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.
138. Talabnomaning rasmiy ekspertiza natijasida u patentga layoqatli obyektlarga tegishli boʻlmagan taklifga berilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unda patent berishni rad etish uchun asos boʻladigan dalillar keltiriladi va ularni rad etish taklif etiladi. Talabnoma beruvchi, shuningdek soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida koʻrsatilgan mazmundagi javobni taqdim etmasa, bu holda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor etiladi.
Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin (ushbu Qoidalarning 108 — 112-bandlari).
(138-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Agar talabnoma beruvchi oʻz javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan boʻlsa, patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
139. Talabnoma berilgan taklif, agar u tasvirlarda aks etgan va (yoki) muhim alomatlar majmuida taʼriflangan koʻrinishda ushbu Qoidalarning 6-bandida keltirilgan buyumlar roʻyxatiga mos boʻlsa, patentga layoqatli sanoat namunasi deb eʼtirof etilmaydi.
140. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasi mohiyatining tahlilisiz talabnomani koʻrib chiqish natijasida talabnoma sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilganligi aniqlangan boʻlsa (ushbu Qoidalarning 5-bandi), talabnoma beruvchiga bu haqda bildirishnoma yuboriladi va u yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida sanoat namunalarining qaysi biri koʻrib chiqilishi kerakligini maʼlum qilish va zarur boʻlganda talabnoma materiallariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi.
Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganlik tasvirlarda aks etgan dastlab taqdim etilgan muhim alomatlar majmuiga nisbatan tekshiriladi. Agar muhim alomatlar majmui oʻzgartirilgan boʻlsa, tekshirish talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda soʻngi taqdim etilgan tahrirdagi muhim alomatlar majmuiga nisbatan amalga oshiriladi.
141. Agar talabnoma beruvchiga ushbu Qoidalarning 134-bandida koʻzda tutilgan hol bilan bogʻliq soʻrovnoma joʻnatilgan boʻlsa, u holda sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganlikni tekshirish faqat talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan boji toʻlangan yechimlarga nisbatan amalga oshiriladi, tanlab olinmagan taqdirda esa, tavsifda birinchi boʻlib tilga olinganlarga nisbatan amalga oshiriladi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
142. Agar sanoat namunasining birligi talabining buzilishi aniqlangandan soʻng, talabnoma beruvchi belgilangan muddatda sanoat namunalaridan (va uning variantlaridan, agar birlik talabiga mos kelmaydigan yechimlar guruhida ularning mavjudligi aniqlangan va ularga boj toʻlangan boʻlsa) qaysi biri bundan keyin koʻrib chiqilishi kerakligini maʼlum qilmasa va talabnomaning aniqliklar kiritilgan hujjatlarini taqdim etmasa, u holda ekspertiza faqat tavsifda birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasiga nisbatan (yoki tavsifda birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasining variantlariga nisbatan) davom ettiriladi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
143. Agar qoʻshimcha materiallar umuman yoki qisman talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirsa va/yoki ushbu Qoidalarning 194 — 198-bandlarida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchi ular ekspertiza oʻtkazishda umuman yoki tegishli qismida eʼtiborga olinmasligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
144. Agar talabnoma sanoat namunasi birligi talabiga muvofiqligi aniqlangan bir nechta yechimlarni oʻz ichiga olsa, yaʼni ular sanoat namunasining variantlari boʻlsa, u holda ekspertiza ularning har biri uchun oʻtkaziladi.
145. Talabnomaning biron-bir yechimi patentga layoqatli obyektlarga tegishli emasligi aniqlangan hollarda, talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz obyektning alomatlarini chiqarib tashlagan holda unga tuzatish kiritish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
146. Agar talabnoma barcha zarur hujjatlardan iborat boʻlsa, Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan boʻlsa va talabnoma berilgan taklif huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga tegishli boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasining talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori joʻnatiladi.
Agar talabnomani topshirishda patent boji muhim alomatlar roʻyxatidagi variantlar soni uchun belgilanganidan kam miqdorda toʻlangan boʻlsa, va toʻlangan patent bojining miqdori va variantlar sonini muvofiqlashtirishda dastlab roʻyxatda mavjud boʻlgan variantlardan baʼzi birlari talabnoma beruvchi tomonidan chiqarib tashlangan boʻlsa, qarorda, shuningdek, talabnoma berilgan deb hisoblanadigan variantlarning tuzatish kiritilgan muhim alomatlar roʻyxatiga nisbatangina koʻrib chiqishga qabul qilinganligi va, agar ushbu talabnomaning Davlat muassasasining keyingi koʻrib chiqilishida talabnoma beruvchi tomonidan roʻyxatga tuzatish kiritilsa, ushbu tuzatish roʻyxatda sanoat namunasining yangi variantlarining paydo boʻlishiga olib kelmasligi haqida koʻrsatib oʻtiladi.
(146-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
17-§. Talabnomaning mohiyatan ilmiy-texnik ekspertizasi
147. Qonunning 23-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnomaning mohiyatan ilmiy-texnika ekspertizasi (bundan buyon matnda mohiyatan ekspertiza) belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda oʻtkaziladi.
Patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat kelib tushganda, talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganligi haqida xabardor qilinadi.
Agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlagan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma orqali bildirishnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida toʻlangan patent bojini va variantlar sonini muvofiqlashtirish kerakligi haqida xabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi yo ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan sanoat namunalariga oid variantlarni koʻrsatishi yoxud ekspertiza oʻtkazilmaydigan variantlar chiqarib tashlangan muhim alomatlar roʻyxatini va qoʻshimcha patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.
148. Bildirishnomada koʻrsatilgan belgilangan miqdordagi patent boji belgilangan muddatda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi, sanoat namunasining variantlari berilgan talabnoma boʻyicha esa mohiyatan ekspertiza talabnomaning birinchi boʻlib koʻrsatilgan boj toʻlangan variantlariga nisbatan yoki sanoat namunasining talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan variantlariga nisbatan ularga patent boji toʻlangan holdagina oʻtkaziladi.
149. Talabnomaning mohiyatan ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) sanoat namunasining ustuvorligi belgilanadi, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga muvofiq soʻralayotgan boʻlsa;
b) talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmuining ushbu Qoidalarning 51 — 60-bandlari talablarga muvofiqligi tekshiriladi;
v) qoʻshimcha materiallar, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 194 — 198-bandlariga muvofiq tekshiriladi;
g) buyumning tasvirida keltirilgan hamda talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan qoʻshimcha materiallarda talabnoma beruvchi tomonidan taklif qilingan muhim alomatlar majmuida taʼriflangan sanoat namunasining Qonunda belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
18-§. Sanoat namunasining ustuvorligini belgilash
150. Sanoat namunasining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
(150-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
151. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasining mavjudligi. Agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi lozim boʻlgan koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi lozim;
(151-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
b) konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma Vazirlikka kelib tushishi lozim boʻlgan va birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran boshlanadigan olti oylik muddatga talabnoma beruvchining rioya qilganligi. Agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin ushbu muddat tugagan sanadan ikki oy oʻtmasdan kelib tushgan boʻlsa, bu holda talabnomani koʻrsatilgan olti oylik muddatda topshirish uchun talabnoma beruvchiga bogʻliq boʻlmagan holda toʻsqinlik qilgan vaziyatlar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilganligi tekshiriladi, va bunday vaziyatlarni hujjat bilan tasdiqlash, agar bunday tasdiq mavjud boʻlmasa, zarurligi belgilanadi;
(151-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
v) konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi arizaning talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilganligi;
(151-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
g) talabnoma berilgan sanoat namunasining birinchi talabnomada ochib berilganligi.
152. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining ustuvorligini xuddi oʻsha talabnoma beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha belgilash soʻralayotgan holda, quyidagi talablarga rioya qilinganlik tekshiriladi:
a) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirishi tufayli eʼtiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida Davlat muassasasiga kelib tushishi lozim. Agar qoʻshimcha materiallar sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganligi haqidagi xulosa talabnomani ekspert kengashida koʻrib chiqish natijasida olingan va bayonnomada qayd etilgan boʻlsa, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) bayonnoma nusxasini olgan yoki ushbu nusxa uning (ularning) qoʻl(lar)iga bevosita topshirilgan sanadan hisoblanadi;
(152-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
b) talabnoma berilgan sanoat namunasi kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda (ushbu materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) ochib berilishi lozim.
153. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi ustuvorligi Vazirlikka uning oʻzi tomonidan bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash soʻralganda, quyidagi talablarga rioya qilinganlik tekshiriladi:
(153-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
a) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma sanoat namunasiga avvalgi talabnoma topshirilgan sanadan olti oy mobaynida Vazirlikka kelib tushishi lozimligi;
(153-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
b) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha sanoat namunasiga avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchining oʻzi tomonidan topshirilishi lozimligi;
v) talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozimligi;
g) avvalroq topshirilgan talabnoma boʻyicha undan avvalroq ustuvorlik soʻralmasligi lozimligi.
Koʻrsatilgan ustuvorlik soʻralganda avvalroq topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblansa, talabnoma beruvchiga bu haqda xabar beriladi.
154. Ajratilgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasiga ustuvorlik soʻralsa, bu holda talabnoma beruvchining quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
a) ajratilgan talabnoma sanoat namunasiga dastlabki talabnoma boʻyicha ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan holda patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar (yaʼni talabnoma boʻyicha ish yuritishni davom ettirish imkoniyati shaksiz mavjud boʻlgan davrda) yoki, dastlabki talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan holda, sanoat namunasini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha Vazirlikka kelib tushishi lozim;
(154-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
b) ajratilgan talabnomada berilgan sanoat namunasi dastlabki talabnomada ochib berilishi lozim, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozim.
155. Ushbu Qoidalarning 151 — 154-bandlariga muvofiq sanoat namunasi ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganlikni tekshirishda, asosida ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligi yoki chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.
156. Ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan avval topshirilgan materiallarda (avval topshirilgan talabnomada, qoʻshimcha materiallarda) talabnoma berilgan sanoat namunasini ochib berish bilan bogʻliq talabga talabnoma beruvchining rioya qilinganligini belgilashda, avval topshirilgan materiallardagi tasvirlarda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmuiga kiritilgan va koʻrib chiqilayotgan talabnomada dastlab taqdim etilgan tasvirlarda aks etgan barcha alomatlarning mavjudligi tekshiriladi.
157. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyatan ekspertizasini tugallash uchun toʻsqinlik qilmasa, ular talabnomani koʻrib chiqish bilan bogʻliq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.
158. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 151 — 154-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilgan holda, talabnoma berilgan sanoat namunasiga nisbatan soʻralgan ustuvorlik belgilanadi.
159. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 151 — 154-bandlarida koʻrsatilgan talablarning hech boʻlmaganda bittasi bajarilmagan holda, sanoat namunasining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha (bu haqda talabnoma beruvchiga xabar berilgan holda) belgilanadi.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
160. Ustuvorlik belgilangandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui taqdim etilgan boʻlsa, bu holda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
19-§. Muhim alomatlar majmuini tekshirish
161. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish rasmiy ekspertiza tugallangan vaqtda talabnoma tarkibida boʻlgan alomatlarga nisbatan oʻtkaziladi, agar muhim alomatlar majmui talabnoma beruvchi tomonidan bundan keyin oʻzgartirilgan boʻlsa, bu holda, ushbu Qoidalarning 194 — 198-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganlik sharti bilan, oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui tekshiriladi.
162. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda sanoat namunasining birligi talabi buzilganligi aniqlangan boʻlsa, va talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazishni boshlash oldidan talabnoma beruvchi qaysi sanoat namunasi (yoki variantlari) topshirilgan talabnoma doirasida koʻrib chiqilishi kerakligini belgilangan muddatda xabar qilsa, tekshirish ushbu sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi.
Talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmagan taqdirda, tekshirish tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan sanoat namunasiga (variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi.
163. Tekshirishda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari mavjudligi tekshiriladi, bunda ularning majmui talabnoma beruvchi tomonidan alohida xususiyatlari koʻrsatilgan buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini shakllantirish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Agar tasvirlarda aks ettirilgan biron-bir alomat talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga kiritilmagan, lekin, ekspertizaning fikriga koʻra, buyumning tashqi koʻrinishini shakllantirishga taʼsir koʻrsatsa, talabnoma beruvchiga bunday alomatni muhim alomatlar majmuiga kiritish taklif etiladi. Bu holda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan buyumning tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlariga ushbu alomatning taʼsirini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi.
Talabnoma beruvchi bunday tuzatish kiritishni rad etgan hollarda, keyinchalik sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda buyumning tashqi koʻrinishiga tegishli alohida xususiyatning mavjudligi hisobga olinmaydi.
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan muhim alomatlar majmuida, sanoat namunasining tavsifida ularga nisbatan buyum tashqi koʻrinishining oʻziga xos xususiyatlariga taʼsiri borligi koʻrsatilmagan alomatlar mavjudligi aniqlangan boʻlsa, bu holda bunday alomatlarni muhim alomatlar majmuida saqlash qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi toʻgʻrisida talabnoma beruvchining fikri soʻralishi mumkin.
164. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish undagi alomatlarni ushbu Qoidalarning 59-bandiga muvofiq vizual identifitsikatsiyalash mumkinligini aniqlashdan iborat.
Alomatni identifikatsiyalash imkoniyatiga shubha tugʻilgan taqdirda, ekspertiza talabnoma beruvchidan bunday imkoniyatni tasdiqlaydigan tushuntirishlarni soʻrab olishga haqlidir.
Agar alomatni identifikatsiyalash mumkin boʻlishi uchun uning taʼrifini sanoat namunasining tasvirlari va tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlsa, talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada bunday tuzatishni oʻtkazish taklif etiladi.
Alomatni identifikatsiyalash mumkinligi sharti bajarilgan boʻlib, lekin uni taʼriflash uchun eskirgan yoki muayyan faoliyat yoki dizayn sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan atamalar qoʻllangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinishi mumkin.
Agar alomatni identifikatsiyalash mumkin emasligi aniqlangan boʻlsa va talabnoma beruvchi muhim alomatlar majmuini tuzatishni rad etsa, u holda talabnomani koʻrib chiqish davomida bunday alomat eʼtiborga olinmaydi.
165. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan muhim alomatlar majmuini tekshirishda uning tuzilishi yoki bayon qilinishi ushbu Qoidalarning 56 — 58, 63, 61-bandlarida qoʻyilgan talablarga mos emasligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.
Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatini tekshirishda roʻyxatda buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlari koʻrinishida amalga oshiriladigan badiiy-konstruktorlik yechimiga taalluqli boʻlmagan alomatlar aniqlanadi.
Faqat axborot-isteʼmol, axborot-reklama yoki boshqa maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan va grafik, shrift yoki koloristik xususiyatlarga ega boʻlmay, tasvirlash elementlarida oʻz aksini topgan va roʻyxatdagi ushbu elementlarga tegishli alomatlar bilan taʼriflanadigan alomatlar, xususan, biron-bir maʼnoga, shu jumladan axborot mazmuniga ega elementlarga, masalan, harflar, soʻzlar, gaplar, sonlar, shu jumladan mahsulotda maxsus belgilar vazifasini bajaradigan elementlarda (masalan, Davlat standarti, tayyorlangan joyi, ishlab chiqarilgan yili, dizayn muallifi, maxsus farqlanish belgilarida) oʻz ifodasini topgan alomatlar buyumning badiiy-konstruktorlik yechimiga kirmaydi.
Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatida bunday alomatlar mavjud boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga roʻyxatga tuzatish kiritish va undan ushbu alomatlarni chiqarib tashlash taklif qilinadi.
Agar roʻyxatdagi alomat ushbu Qoidalarning mazkur bandida keltirilgan shartlar buzilgan holda taʼriflanganligi aniqlangan boʻlsa, ammo talabnoma beruvchi sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatiga tuzatish kiritishdan voz kechsa, u holda talabnomani keyinchalik koʻrib chiqishda bunday alomat yoki roʻyxatga kiritilgan va uni taʼriflash uchun ishlatilgan tushunchalar eʼtiborga olinmaydi.
166. Agar talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 133-bandi a) kichik bandida koʻrsatilgan talabnomaga qoʻyiladigan talablarning buzilganligi aniqlangan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatiladi, shundan soʻng talabnomani keyinchalik koʻrib chiqish, shu jumladan sanoat namunasining birligi talablariga rioya qilish nuqtai nazaridan ham koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 134-bandida mazkur vaziyatga qoʻllanilishi koʻrsatilgan yechimlarga nisbatan oʻtkaziladi hamda ushbu Qoidalarning 140-bandiga muvofiq bildirishnoma joʻnatiladi.
167. Agar talabnomaning mohiyatan ekspertizasini boshlash oldidan, muhim alomatlar majmui sanoat namunasining birligiga qoʻyiladigan talabning buzilishi bilan bogʻliq holda yoki patent boji kerakli miqdordan kam toʻlanganligi munosabati bilan koʻrilmayotgan variantlarning alomatlarini oʻz ichiga olsa, shuningdek, agar muhim alomatlar majmuiga sanoat namunasining boj toʻlangan variantlarining alomatlarigina kirgan boʻlsa-yu, muhim alomatlar majmuining tuzilmasi ushbu Qoidalarning 62-bandi talablariga mos kelmasa, u holda talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga, undan koʻrilmayotgan variantlarning alomatlarini chiqarib tashlagan holda va/yoki uni ushbu Qoidalarning 62-bandida koʻrsatilgan shaklda taqdim etgan holda, tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.
Talabnoma beruvchi muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritishga rozi boʻlmagan taqdirda, patentga layoqatlilikni tekshirish faqat koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga (uning variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi va bunda uning (ularning) muhim alomatlar majmui qatoridagi tahlil maqsadlarida ekspertiza tomonidan ajratib olingan muhim alomatlari hisobga olinadi.
168. Roʻyxat bandlarida taʼriflangan sanoat namunalarini variantlarga toʻgʻri kiritilganini tekshirishda, talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan sanoat namunalarining vazifalari va asosiy kompozitsion elementlari bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur.
Agar variantlardan har biri (yoki ulardan biri) uchun bir nechta asosiy kompozitsion elementlar koʻrsatilgan boʻlsa-yu, ammo koʻrsatib oʻtilgan asosiy kompozitsion elementlar qatorida faqat ayrimlarining mos kelgani aniqlangan boʻlsa, asosiy kompozitsion elementlarning mos kelishi sharti buzilmagan hisoblanadi.
Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinmaganlik aniqlangan holda, talabnoma beruvchi ushbu Qoidalarning 140 — 142-bandlarida keltirilgan tartibda xabardor qilinadi.
169. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatini tekshirishda uning ushbu Qoidalar buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa-yu, ammo bu buzilishlar talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishga xalaqit bermasa, u holda sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatiga tuzatish kiritish bilan bogʻliq barcha masalalar bunday roʻyxat bilan taʼriflangan sanoat namunasining patentga layoqatliligi toʻgʻrisida dastlabki xulosa olinganidan soʻng talabnoma beruvchi bilan aniqlashtiriladi.
170. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu Qoidalarning 163 — 169 bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkazilgan muhim alomatlar roʻyxati qabul qilinadi.
20-§. Sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish
171. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda qoʻshimcha ravishda talabnoma berilgan yechim patentga layoqatli deb tan olinmaydigan takliflar roʻyxatiga mansub yoki mansub emasligi tekshiriladi va sanoat namunasining yangilik va orginallilik shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan obyekt muhofaza qilinmaydigan takliflar roʻyxatiga oid deb taxmin qilingan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
172. Talabnoma berilgan obyekt, agar unga nisbatan ushbu Qoidalarning 6-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan obyektlarga oid deb xulosa chiqarilmagan boʻlsa, yangilik va orginallilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
173. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda ushbu sanoat namunasiga tegishli boʻlgan hamda muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan sanoat namunasining mohiyati ommaviy tarzda oshkor qilingan holda ochib berilgan axborotga ega manbalar, agar sanoat namunasiga talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran olti oydan oʻtmay turib Vazirlikka topshirilmagan boʻlsa, eʼtiborga olinmaydi.
(173-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Ushbu Qoidalarning 174 — 177-bandlariga muvofiq patentga layoqatlilikni tekshirish natijalari boʻyicha patent berish yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
174. Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, agar buyum tasvirlarida aks etgan va sanoat namunasining muhim alomatlari roʻyxatida keltirilgan muhim alomatlar majmui jahonda sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan maʼlum boʻlmasa, sanoat namunasi yangi deb eʼtirof etiladi.
175. Har bir shaxs oʻzi tanishishi mumkin boʻlgan yoki mazmuni qonuniy yoʻl bilan maʼlum qilinishi mumkin boʻlgan axborot manbaidagi maʼlumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan maʼlumotlar deb hisoblanadi.
Quyidagilar axborot manbaidagi maʼlumotlarni ommaviy tarzda oshkor etilgan maʼlumotlar sarasiga kiritish mumkinligini belgilaydigan sana boʻlib hisoblanadi:
muhofaza hujjatlariga eʼlon qilingan tavsiflar uchun — ularda koʻrsatilgan eʼlon qilish sanasi;
bosma nashrlar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;
nashr etishga ruxsat beruvchi imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan bosma nashrlar uchun va, shuningdek, boshqa bosma nashrlar uchun — ular nashr qilingan sana, ushbu sanani aniqlash imkoniyati boʻlmaganda esa, — agar nashr qilingan vaqti faqat yil va oy bilan belgilangan boʻlsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda koʻrsatilgan yilning 31-dekabri;
maqolalar, sharhlar, monografiyalar va boshqa materiallarning depozitga qoʻyilgan qoʻlyozmalari uchun — ular depozitga qoʻyilgan sana;
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar uchun, tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ilmiy-texnika axboroti organlarida saqlanadigan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlariga tushuntirish xatlari uchun — ular ushbu organlarga kelib tushgan sana;
normativ-texnik hujjatlar uchun — ular vakolatli tashkilotda roʻyxatga olingan sana;
qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun — ular kutubxonaga kelib tushgan sana;
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;
vizual idrok etiladigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.) uchun — ularni koʻrish mumkin boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun — ularni namoyish qilish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
televideniye, kino orqali xabarlar uchun — bunday xabar berilgan sana, agar u koʻrsatilgan sanada amal qilgan belgilangan tartibda tegishli axborot tashuvchisida qayd etilgan boʻlsa;
buyum haqida undan foydalanish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar uchun ushbu maʼlumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.
176. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnomalar quyidagi shartlar bajarilgan holda hisobga olinadi:
talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan boʻlsa;
talabnoma boshqa shaxs, yaʼni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa;
talabnoma chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan boʻlsa.
Talabnoma ariza, tasvirlar va muhim alomatlar majmui bilan birgalikdagi tavsif kelib tushgan sanadan eʼtiboran ushbu talabnoma tarkibida boʻlgan tasvirlar va tavsifga nisbatan eʼtiborga olinadi. Agar bu sana koʻrilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasidan kechroq boʻlsa, avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma mazmunining ustuvorlikni belgilash uchun asos boʻlgan materiallar (birinchi talabnoma, avvalroq topshirilgan talabnoma, ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar) mazmuni bilan mos tushgan qismi axborot manbalari qatoriga kiritiladi.
177. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida patent olgan (shu jumladan talabnoma topshirgan shaxs tomonidan) sanoat namunalari ham ularning ustuvorlik sanasidan boshlab hisobga olinadi.
178. Agar ushbu Qoidalarning 174 — 177-bandlarida koʻrsatilgan axborot manbalarida talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida taʼrifi va tasviri keltirilgan alomatlarga aynan oʻxshash badiiy-konstruktorlik yechim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa, sanoat namunasi yangilik shartiga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi.
179. Koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻlsa, bu holda ushbu talabnoma chaqirib olinmaganligi va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar talabnoma chaqirib olinmagan boʻlsa, koʻrilayotgan sanoat namunasining talabnoma beruvchisiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini koʻrsatmagan va mazmunini ochmagan holda) va bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha aniq qarorga kelingunga qadar, uning talabnomasini koʻrish toʻxtatib turilishi haqida maʼlum qilinadi.
Talabnoma beruvchi talabnomani koʻrish toʻxtatib turilishiga norozilik bildirsa, talabnoma berilgan sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.
180. Sanoat namunasining yangilik emasligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillari bayon qilingan va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma joʻnatiladi.
181. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan sanoat namunasining orginallilikka tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
182. Qonunning 8-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, agar sanoat namunasining muhim alomatlari buyumning oʻziga xos xususiyatlarida ijodkorlikni taʼminlasa, u original hisoblanadi. Sanoat namunasining muhim alomatlariga buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlarini belgilovchi alomatlar, xususan, shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar uygʻunligi kiradi.
Originallilikni tekshirish talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuida taʼriflangan sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ushbu Qoidalarning 34-bandiga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;
b) tasvirlarda taqdim etilgan va talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar roʻyxatida taʼriflangan sanoat namunasini eng yaqin analogidan (muhim farqlovchi alomatlardan) farqlaydigan muhim alomatlarni aniqlash;
v) koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasining muhim farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlarga ega boʻlgan yechimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ustuvorlik sanasigacha jahonda hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan aniqlash (axborot manbaida mavjud hamma foydalana olishi mumkin deb hisoblangan maʼlumotlarning sanasini aniqlashda ushbu Qoidalarning 175-bandi nizomlaridan foydalaniladi);
g) koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasining uning muhim farqlovchi alomatlaridan kelib chiqqan xususiyatlarini hamda koʻrib chiqilayotgan yechimlarning farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlardan kelib chiqqan aniqlangan yechimlarning alohida xususiyatlarini taqqoslash.
183. Sanoat namunasi, agar uning muhim farqlovchi alomatlaridan hech boʻlmaganda bittasi yangi boʻlsa, orginallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.
Sanoat namunasi, shuningdek, uning barcha muhim farqlovchi alomatlari yangi boʻlmasa-da, biroq ushbu alomatlarning birikuvi koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga yangi badiiy-konstruktorlik yechim baxsh etsa, bu holda ham orginallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.
184. Oʻzining eng yaqin analogidan talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomati (alomatlari) bilan farqlanadigan va ushbu alomat (alomatlar)ning koʻrib chiqilayotgan buyumning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan alohida xususiyatlariga taʼsiri tasdiqlanmagan buyumda oʻz ifodasini topgan sanoat namunasi orginallilik shartiga muvofiq boʻlmaydi.
Yuqorida bayon qilingan dalillar asosida talabnoma berilgan sanoat namunasi orginallilik shartiga muvofiq emas deb hisoblangan hollarda, ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan buyumning alohida xususiyatlariga muhokama qilinayotgan alomatlarning taʼsirini tasdiqlash uchun talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan dalillar nima uchun asossiz deb hisoblanishi toʻgʻrisida asoslangan dalillarni quyidagi hollarda keltirishi mumkin:
a) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning maʼlum yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon bermaydigan alohida xususiyatlarga ega boʻlsa (sanoat namunasi buyumning avvaldan maʼlum boʻlgan yechimi bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshashlikka ega);
b) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning maʼlum boʻlgan yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon beradigan alohida xususiyatlarga ega boʻlsa-yu, biroq ushbu xususiyatlar quyidagilar hisobiga yaratilgan boʻlsa, ularga ijodiy ruh xos boʻlmaydi:
bir butun buyumning faqat oʻlchamlarini (buyumning masshtabini) oʻzgartirish hisobiga, bunda buyumning qolgan barcha alomatlari (buyum tarkibiy qismlarining shakllari va (yoki) elementlarining shakllari, proporsiyalari, koloristik yechimi va b.) saqlanib qoladi;
buyumning faqat rangini (ammo koloristik yechimi va boshqalarni emas) oʻzgartirish hisobiga;
buyumni faqat oddiy geometrik figura yoki jism: aylana, halqa, koʻpburchak, shar, konus, piramida, prizma, parallelepiped, tor va h.k. koʻrinishida, ushbu geometrik figuralar yoki jismlarga biron-bir oʻzgartirish kiritmagan holda hal qilinganligi hisobiga;
buyum yechimida faqat bir turdagi elementlarning miqdorini (ammo ularning tuzilishi yoki joylashuv tizimini oʻzgartirmagan holda) oʻzgartirish hisobiga, bunda ushbu oʻzgartirish talabnoma beruvchi koʻrsatib oʻtgan buyum yechimlarining xususiyatlariga taʼsir qilmasligi kerak;
real hajmning kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya qilgan holda) nusxasi boʻlgan buyumni (masalan, oʻyinchoq, suvenir) yaratish hisobiga;
muayyan vazifani bajaradigan buyumlarga xos boʻlgan, ammo boshqa texnik asosda bajarilgan shakllarni faqat takrorlash hisobiga (masalan, anʼanaviy ravishda yogʻochdan tayyorlanadigan buyumga oʻxshatib polimer materialdan tayyorlangan buyum), yaʼni ushbu oʻzgarish talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan buyum yechimining alohida xususiyatlariga taʼsir koʻrsatmaydi;
taklif qilingan buyum oʻz tashqi koʻrinishini bir qarashda oʻziga oʻxshash boshqa maʼlum obyektlarning tashqi koʻrinishidan oʻzlashtirgani hisobiga, agar bunda ham buyumning vazifasi bilan, ham oʻzaro har xil vazifani bajaruvchi ikkita shunday obyekt maʼlum boʻlsa;
alohida holdagi maʼlum buyumlardan, ularning tashqi koʻrinishini oʻzgartirmagan holda, toʻplam (komplekt) tuzish hisobiga.
185. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasida orginallilik yoʻqligi aniqlangan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida sanoat namunasining tuzatilgan muhim alomatlari roʻyxatini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
21-§. Qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish
186. Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoʻshimcha materiallar, shu jumladan oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui soʻralgan soʻrovnoma talabnoma beruvchiga bunday materiallarsiz talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmagan hollarda yuboriladi.
Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
a) patent bojining toʻgʻri toʻlanganligi bilan bogʻliq savollarni aniqlash zaruriyati;
b) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini ushbu Qoidalarning 161 — 170-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zaruriyati;
v) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 171-bandiga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zaruriyati;
g) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim alomatlar majmuiga aniqliklar kiritish zaruriyati;
d) bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat namunalariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zaruriyati.
Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar, masalan, ustuvorlikni belgilash, sanoat namunasining muhim alomati taʼrifini aniqlashtirish va h.k. bilan bogʻliq savollar, shuningdek, taklif va mulohazalar ham yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra yuboriladigan soʻrovnomaga kiritilishi mumkin.
Soʻrovnoma yuborish uchun yuqorida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlmagan holda, talabnoma beruvchi yuzaga kelgan taklif va mulohazalar haqida xabardor qilinadi.
187. Ushbu Qoidalarning 167-bandida koʻzda tutilgan vaziyatda sanoat namunasining (uning variantlarining) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqda yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi va mohiyatan ekspertiza oʻtkazilmagan yechimlar alomatlarini muhim alomatlar majmuidan chiqarib tashlash yana bir bor taklif etiladi. Bunda talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki koʻrsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanadi.
188. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnoma topshirilgandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud boʻlmagan va ushbu Qoidalarning 197-bandiga muvofiq eʼtiborga olinmagan alomatni patentga layoqatlilik toʻgʻrisida xulosa olingan muhim alomatlar roʻyxatiga kiritishni talab qilgan hollarda, talabnoma beruvchiga koʻrsatib oʻtilgan alomatni ichiga olmagan roʻyxatni taqdim yetish taklifi bilan soʻrovnoma yuboriladi.
188. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan hamda talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilganidan keyin taklif qilingan va ushbu Qoidalarning 197-bandiga muvofiq eʼtiborga olinmagan alomatni muhim alomatlar roʻyxatiga, unga nisbatan patentga layoqatliligi haqida xulosa olingan holda, kiritishni talab qilib turib olsa, talabnoma beruvchiga tarkibida koʻrsatib oʻtilgan alomat boʻlmagan roʻyxatni taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchiga soʻralayotgan materiallar taqdim etilmagan holda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi toʻgʻrisida xabar qilinadi.
189. Talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada mohiyatan ekspertizani oʻtkazish (yoki nihoyaga yetkazish) uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlarni bayon qilish bilan birga, talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga kelgan barcha savollar, mulohazalar va takliflar keltiriladi.
190. Ekspertning soʻrovnomada biron bir masala boʻyicha keltiriladigan fikr va mulohazalari tegishli dalillar bilan, shu jumladan huquqiy xarakterdagi dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda badiiy-konstruktorlik masalalari boʻyicha adabiyotlarga, ilmiy-texnik adabiyotlarga, Qonun, ushbu Qoidalar va boshqa meʼyoriy hujjatlarning qoidalariga havolalar beriladi.
Talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga, masalan, muhim alomat taʼrifini aniqlashtirish, talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuidan muhim boʻlmagan alomatni chiqarib tashlash va h.k. kabi tuzatishlar kiritish bilan bogʻliq takliflarni joʻnatishda bunday tuzatishni kiritish va undan voz kechish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi asosli ravishda koʻrsatilishi kerak.
191. Soʻrovnomada axborot manbaiga havola qilinganda, ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan uning hamma bibliografik maʼlumotlari, shuningdek talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan maʼlumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa maʼlumotlar (sahifa, xatboshi, grafik tasvirlar figuralarining raqami va h.k.) koʻrsatilishi lozim.
Soʻrovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim alomatlar roʻyxatini aniqlashtirish zaruriyati asos boʻlgan boʻlsa, va roʻyxatga kiritiladigan aniqliklar tavsifda va (yoki) chizmalarda va (yoki) ergonomik sxemada keltirilgan maʼlumotlarga tegishli izohlardan iborat boʻlsa, talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif va(yoki) chizmalarni va (yoki) ergonomik sxemani (oʻrnini bosuvchi varaqlarni) ham taqdim etish taklif qilinishi mumkin.
192. Koʻrsatib oʻtilgan xabarlarda talabnoma hujjatlarini kerakli tarzda tuzatish zarurligi batafsil izohlanadi.
193. Soʻralgan materiallar koʻrsatilgan muddatda kelib tushmagan yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilmagan hollarda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
22-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish
194. Talabnoma beruvchining tashabbusi bilan talabnomaning rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng yoki, bunday iltimosnoma berilmagan boʻlsa, talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki aniqliklar kiritadigan (yaʼni ularning tarkibiga kiritilishi lozim boʻlgan) qoʻshimcha materiallar kelib tushgan taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qoʻshimcha materiallar bilan birga bunday hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, bu holda bunday materiallar talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Bunday bildirishnoma ekspertizaning talabnoma beruvchiga yoʻllanadigan navbatdagi hujjati mazmuniga kiritilishi mumkin.
195. Talabnoma hujjatlaridagi oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilarni eʼtiborga olish kerak:
a) talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabarini, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan keyin, shuningdek bunday xabarni olmasdan turib ham taqdim etilgan oʻzgartirishlar, agar bunday oʻzgartirishlar talabnoma hujjatini tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi;
b) agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan soʻrovnomasining mazmuni bilan bogʻliq boʻlib, uni olgandan soʻng taqdim etilgan boʻlsa, oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi.
Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan keyin, bunday xabarni olmasdan turib ham taqdim etilgan barcha boshqa oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanadi.
196. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallarga nisbatan ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.
(196-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Agar talabnoma beruvchi qoʻshimcha materiallarni yuqorida koʻrsatilgan muddatlarga rioya qilinmagan holda taqdim etganligi aniqlansa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
197. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan qoʻshimcha materiallar kelib tushganda, ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Agar qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmay turib kiritish talab etilgan alomatlar boʻlsa, u holda ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
(197-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Alomatlar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan aniqlik kiritilgan muhim alomatlar majmui tarkibida boʻlgan hollardagina emas, balki talabnoma beruvchi bunday kiritishni koʻrsatib oʻtgan holda ham, sanoat namunasining muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim deb hisoblanadi.
Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlar, agar ular patent berish uchun ariza, tasvirlar komplekti va sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsif Vazirlikka kelib tushgan sanada talabnoma tarkibidagi tasvirlarda aks ettirilmagan boʻlsa, talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
(197-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Talabnomaning dastlabki materiallarida talabnoma berilgan sanoat namunasi toʻgʻrisida mavjud boʻlmagan, muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlarga taalluqli boʻlmagan qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday maʼlumotlarga, xususan, sanoat namunasini amalga oshirish shartlari toʻgʻrisidagi yangi (qoʻshimcha) maʼlumotlar, uni amalga oshirish misollari, aniqlashtirilgan grafika materiallar va boshqalar kiritilishi mumkin.
198. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilgan hollarda, talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan maʼlumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida maʼlum qilinadi. Bunda talabnomaning keyingi koʻrib chiqilishi ushbu qoʻshimcha materiallarda taqdim etilgan muhim alomatlar roʻyxatiga nisbatan, ammo yuqorida koʻrsatilgan alomatlarni inobatga olmagan holda davom ettiriladi.
Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatiga avval koʻrib chiqish uchun qabul qilingan roʻyxatga kiritilmagan sanoat namunasining varianti taʼriflangan yangi alomatlar kiritilgan boʻlsa, bu holda belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi tekshiriladi.
23-§. Patent berish toʻgʻrisidagi qaror
199. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmuida taʼrifi keltirilgan talabnoma berilgan sanoat namunasi (agar sanoat namunasi variantlariga talabnoma berilgan boʻlsa, (sanoat namunasining birligi talabi bajarilgan holda) — uning har bir varianti) patentga layoqatlilikning hamma shartlariga muvofiqligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga sanoat namunasiga patent berish toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Agar talabnoma materiallarida kamchiliklar boʻlib, avval talabnoma beruvchi ularni bartaraf etish haqida ogohlantirilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga taklif joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida aniqliklar kiritilgan materiallarni taqdim etish haqida taklif yuboriladi.
24-§. Patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror
204. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmui bilan taʼriflangan sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlarining hech boʻlmaganda bittasiga mos emasligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltirilgan holda patent berilishi mumkin emasligi bildirilgan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini maʼlum qilish taklif etiladi.
205. Talabnoma beruvchining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi va ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
(205-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
206. Talabnoma beruvchi ekspertizaning fikriga nisbatan rozilik bildirgan taqdirda, unga patent berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Talabnoma beruvchi patent berishni rad etish uchun sabab boʻlgan holatlar bilan tanishtirilgandan soʻng, uning tomonidan talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligiga dalillar taqdim etilgan boʻlsa-yu, ammo ular ekspertiza xulosasini oʻzgartirmagan boʻlsa, bu holda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va unda talabnoma beruvchi ekspertizaning xulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda, qaror joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida Vazirlikning Apellatsiya kengashiga apellatsiya topshirish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
(206-bandningikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Agar qarorda axborot manbaiga havola keltirilgan boʻlsa, uning bibliografik maʼlumotlarini koʻrsatishda ushbu Qoidalarning 191-bandida koʻrsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.
207. Sanoat namunasining variantlarini oʻz ichiga olgan talabnoma boʻyicha ham patentga layoqatli va hamda patentga layoqatsiz yechimlarning mavjudligi aniqlansa va talabnoma beruvchi unga joʻnatilgan soʻrovnomaga berilgan javobda muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz variantlarni taʼriflaydigan alomatlarni chiqarib tashlashdan bosh tortsa, bu holda ham patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Bunda qarorda bir vaqtning oʻzida patentga layoqatli deb xulosa chiqarilgan variantlarning patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.
208. Agar koʻrilayotgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasining patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlsa-yu, lekin unga aynan oʻxshash, avvalroq ustuvorlik sanasiga, sanasi mos kelganida esa avvalroq qayd etish raqamiga ega boʻlgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan sanoat namunasiga boshqa talabnoma boʻlsa, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga bu haqda xabar beriladi, shuningdek uning talabnomasi boʻyicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida maʼlum qilinadi.
Koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan oʻxshash sanoat namunasini oʻz ichiga olgan boshqa talabnomaning bibliografik maʼlumotlarini maʼlum qilish va sanoat namunasiga patent berish haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilingunga qadar uning mazmunini ochishga faqat boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
209. Sanoat namunasi, agar ularning tasvirlarda aks etgan muhim alomatlari majmui toʻliq mos tushsa, aynan oʻxshash deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunalarining aynan oʻxshashligi talabnoma beruvchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan soʻngi tahrirdagi muhim alomatlar majmualari asosida aniqlanadi.
Agar aynan oʻxshash sanoat namunalariga talabnomalar aynan bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa, u holda bildirishnomada unga uning tomonidan koʻrsatiladigan faqat bitta talabnoma boʻyicha patent berilishi mumkinligi xabar qilinadi.
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
1-ILOVA
(21) TALABNOMA RAQAMI ‎(22) Talabnoma hujjatlarini TOPShIRISh SANASI

‎‎YoZIShMALAR UChUN MANZIL
(Xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi va nomi)‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligitomonidan toʻldiriladi)‎‎

Telefon:‎ Faks:‎‎
‎‎ E-mail:‎

Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish toʻgʻrisida
‎ARIZA ‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
‎ (pochta aloqasi),
‎ Tel: __________ E-mail: ___________

‎‎(54) SANOAT NAMUNASI NOMI
(71) TALABNOMA BERUVChI‎

‎‎OKPO boʻyicha tashkilot
‎KODI‎‎‎

□ jismoniy shaxs ‎‎

□ yuridik shaxs‎‎

(Toʻliq nomi yoki nomlanishi va mamlakatning nomi va toʻliq pochta manzilini ham ichiga olgan holda yashash joyi yoki joylashgan eri koʻrsatiladi. Muallif-talabnoma beruvchilarning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Mualliflar” grafasida keltiriladi)‎‎
Ushbu shaxs quyidagi boʻlib hisoblanadi:‎‎

□ muallif
□ ish beruvchi

□ muallifning huquqiy vorisi‎‎
‎□ ish beruvchining huquqiy vorisi‎‎

‎‎‎‎‎‎BIMT ST.3
‎standarti boʻyicha
‎mamlakat ‎‎KODI

‎‎USTUVORLIKNI BELGILASh UChUN ARIZA

(Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq ustuvorlik soʻralganda toʻldiriladi)‎‎
Sanoat namunasi ustuvorligini quyidagi sana boʻyicha belgilashingizni soʻrayman:‎‎
□ Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan mamlakatda birinchi talabnomani topshirish sanasi boʻyicha (“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (bundan keyin — Qonun) 18-moddasi 2-qismining birinchi xatboshisi)
□ ‎‎Patent idorasiga avvalroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasi boʻyicha (Qonunning 18-moddasi 2-qismining ikkinchi xatboshisi)
□ avvalroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasi boʻyicha (Qonunning 18-moddasi 2-qismining uchinchi xatboshisi) ‎‎

Birinchi (avvalroq topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami ‎‎

Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi‎‎ (33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi
‎(konvension ustuvorlik soʻralganda) ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
Talabnoma beruvchining vakili etib tayinlangan‎‎
□ ‎‎(74) PATENT VAKILI (toʻliq ismi, roʻyxatdan oʻtish raqami, turar joyi)
Telefon: ‎

Faks: ‎

e-mail:‎

ILOVA QILINAYOTGAN HUJJATLAR ROʻYXATI‎‎

‎‎1 nusxadagi
‎varaqlar soni

Nusxalar soni‎‎

□ ‎‎sanoat namunasining tavsifi (variantlar soni _____________) ‎‎ ‎‎
buyum (maket, rasm)ning fotosuratlari majmui
‎□ umumiy koʻrinishi
‎□ qoʻshimcha koʻrinishlar
‎□ eng yaqin analog tasviri ‎‎
‎‎
□ buyum umumiy koʻrinishi chizmasi (lari)‎‎ ‎‎ ‎‎
□ ergonomik sxemasi‎‎ ‎‎ ‎‎
□ konfeksion kartasi‎‎ ‎‎
‎‎□ talabnomani topshirish uchun patent bojini toʻlash toʻgʻrisidagi hujjat
□ patent bojini toʻlashdan ozod etish
‎□ patent boji miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat
‎‎ ‎‎
□ birinchi talabnomani�g nusxasi (konvension ustuvorlik soʻralganida)‎‎ ‎‎ ‎‎
□ talabnomaning oʻzbek yoki rus tillaridagi tarjimasi‎‎ ??‎ ‎‎
‎‎□ ishonchnoma ‎‎ ‎‎
‎‎□ boshqa hujjat (koʻrsatilsin) ‎‎ ‎‎

‎‎(72) Muallif(lar)
(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi koʻrsatiladi)

Toʻliq uy manzili, mamlakatning rasmiy nomini va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga oladi‎‎

Muallif (lar) imzosi(lari), sana ‎‎

‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
Men (Biz), ‎‎______________________________________________________________________________________________________________________

(toʻliq ismi)‎‎

muhofaza hujjatini berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilinganda meni (bizni)
‎muallif (mualliflar) sifatida koʻrsatmasligingizni soʻrayman.

‎Muallif (lar) imzosi (imzolari):‎‎
Imzo(lar):‎‎ ‎ ‎

‎ Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi va imzolash sanasi (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbarning yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)‎‎
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
2-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligitomonidan toʻldiriladi)

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
‎ (pochta aloqasi),
‎Tel: __________ E-mail: ___________

(21) Talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana ‎‎‎‎‎‎
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon: ‎‎‎

‎Faks:‎

‎E-mail:‎
(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olingan raqami)
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
‎‎Telefon:‎ ‎Faks:‎‎ ‎E-mail:‎‎
_____________________________________________________________________________
‎‎‎Ushbu arizani taqdim etar ekanman, quyidagi talabnoma materiallariga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman:
ƒ‎ talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga
‎ƒ yozishmalar uchun manzilga
‎ƒ talabnoma materiallariga
‎‎Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
ƒ oʻzgartirilgan maʼlumotlar:

‎ davomi alohida varaqda
‎‎ƒ arizaga ilova(lar):

Nusxalar soni

Varaqlar soni





‎_______‎
ƒ belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat
‎ƒ
davom etish uchun varaqlar
ƒ
‎‎boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

‎‎___________________________________________
‎‎


‎Imzo(lar)


‎‎Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi) ‎‎

(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
3-ILOVA

Hujjatlar kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchi(lar)ni oʻzgartirish haqida yozuv kiritish toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
‎ (pochta aloqasi),
‎Tel: __________ E-mail: ___________

(21) Talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana‎‎‎ ‎‎‎‎‎‎
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)‎‎

‎Telefon: ‎‎‎

‎Faks:‎

‎E-mail:‎
‎‎(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olingan raqami)
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
‎‎‎
‎‎Telefon:‎ ‎Faks:‎‎ ‎E-mail:‎‎
Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi(lar) oʻzgargani toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman.‎‎
Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:
‎ƒ talabnoma beruvchi bitim, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgardi; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
‎ƒ
bitim, shartnomaning tasdiqlangan nusxasi
‎ƒ bitim, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma

‎ƒ huquq oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat
ƒ‎‎‎ ‎‎talabnoma beruvchining oʻzgarganligi qayta tashkil etilganlik natijasidir;
ƒ qayta tashkil etilganlikni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusxasi ilova qilinadi
ƒ talabnoma beruvchi bitim, shartnomaning imzolanganligi yoki qayta tashkil etilganligi natijasida oʻzgarmagan;‎‎
‎‎ƒ bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusxasi ilova qilinadi
Yangi talabnoma beruvchi ‎‎
Talabnoma beruvchining pochta manzili ‎‎

‎Telefon: ‎‎‎

‎‎Faks:‎‎‎

‎‎E-mail:‎‎‎
Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎‎Telefon: ‎‎‎

‎‎‎Faks:‎‎‎‎

‎‎‎E-mail:‎‎‎‎
Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxatga olingan raqami)
‎‎Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
‎‎
‎‎‎Telefon: ‎‎‎‎‎

‎‎‎‎Faks:‎‎‎‎‎

‎‎‎‎E-mail:‎‎‎‎‎
‎‎ƒ arizaga ilova(lar):

Nusxalar soni

varaqlar soni




‎‎
ƒ belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎ƒ davom ettirish uchun varaqlar
‎ƒ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin) ‎
‎‎
Imzo: ‎‎ ‎‎

‎Avvalgi talabnoma beruvchi:

‎Yangi talabnoma beruvchi:

‎Patent vakili:

‎Imzo qoʻyilgan sana

‎Imzo qoʻyilgan sana

‎Imzo qoʻyilgan sana‎‎

(yuridik shaxs nomidan imzo qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
4-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Tuzatish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: __________ E-mail: ___________

(21) Talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana‎‎‎ ‎‎‎‎‎‎
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

‎Telefon: ‎‎‎

‎Faks:‎

‎E-mail:‎
‎‎(74) Patent vakili (toʻliq nomi, roʻyxatga olingan raqami)
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
‎‎‎
‎‎Telefon:‎ ‎Faks:‎‎ ‎E-mail:‎‎
Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi bayon qilinganlarga muvofiq tuzatishlar kiritishingizni soʻrayman:

Toʻgʻrilash lozim boʻlgan maʼlumotlar:
ƒ davomini alohida varaqda qarang‎

‎Toʻgʻrilangan holdagi maʼlumotlar:
‎ƒ davomini alohida varaqda qarang
‎ƒ arizaga ilova(lar):

Nusxalar soni

varaqlar soni




ƒ belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎ƒ davom ettirish uchun varaqlar
‎‎ƒ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)
‎‎
‎‎Imzo(lar)

‎Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)
(4-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 243-modda; 2009-y., 9-son, 95-modda; 2011-y., 40-son, 427-modda;Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)