|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.09.2011
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYALARI (TMEK) HAMDA MEHNATDA MAYIBLANGANLIK YOKI KASB KASALLIGI TUFAYLI TAYINLANGAN PENSIYALARNI BOShQA DAVLATLARGA O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda TMEK ishini yaxshilash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1985-yil 4-martdagi 121-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-iyun,
317-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom doimiy yashash uchun chet elga jo‘nab ketgan va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” 1993-yil 3-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlagan pensiyalarni o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomning amal qilishi mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli pensiya tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elliklarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular doimiy yashash uchun chet elga jo‘nab ketgan taqdirda, tatbiq etiladi.
II. Pensiyalarni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazish va ularni mablag‘ bilan ta’minlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab o‘tilgan shaxslarga pensiya o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar 35-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son , 32-modda)
4. Pensiya quyidagi hujjatlar asosida o‘tkaziladi:
pensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
pensiya oluvchi turgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasining pensiya oluvchining doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan ma’lumotnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi pensiya oluvchi doimiy yashash uchun chet elga jo‘nab ketgandan keyin uning pensiya yig‘majildini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi apparatiga beradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
7. Pensiyalarni chet elga o‘tkazish tomonlarning savdoga bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalar to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimiga muvofiq tomonlarning banklari tomonidan belgilanadigan korrespondentlik schyotlari orqali vazirliklar va idoralarning ikki tomonlama bitimlarida qayd etilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Pensiyalarni milliy valyutada qayta hisoblab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, operatsiyalar bajarilgan kunda amalda bo‘lgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Pensiyalarni o‘tkazish chet elga jo‘nab ketishgacha pensiya to‘langan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
9. Chet elga o‘tkaziladigan pensiyalar summasi O‘zbekiston Respublikasi pensiya qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, agar davlatlararo bitimlar (shartnomalar) bilan o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qayta hisoblab chiqiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi apparati mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan hamda chet elga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pensiya pullarining o‘z vaqtida erkin muomaladagi valyutaga almashtirilishini va jo‘natilishini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali ta’minlaydi. Erkin muomaladagi valyutaga almashtirish uchun resurslar Respublika valyuta jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)