Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 3-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 18-mayda maʼqullangan
Keyingi yillarda amalga oshirilgan maʼmuriy islohotlar doirasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati, tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta koʻrib chiqilib, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi tizimi yanada takomillashtirildi.
Shu munosabat bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash orqali normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzaro muvofiqlashtirish hamda mavjud huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining samaradorligini oshirishga, qonun hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirishga va ularni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
nomidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniy boyliklarni kimoshdi savdosiga (auksionga) qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi. Madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targʻib qilinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlaydi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritadi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
3) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik jihatdan tadqiq etish, konservatsiyalash, taʼmirlash hamda ulardan hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targʻib qilinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlaydi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan, ularni Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish esa Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi”;
beshinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 14-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan, nomoddiy madaniy meros namunalarining tarixiy-madaniy ekspertizasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi”;
7) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilishi hamda ularning asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta moddiy madaniy meros obyektlarining holatini koʻrikdan oʻtkazishi hamda ularni qayd etishi shart”;
8) 20-moddaning yettinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Yoʻqotilgan nomoddiy madaniy meros obyektini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asli holiga keltirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan, manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikri hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Yoʻqotilgan moddiy madaniy meros obyektini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asli holiga keltirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan, manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikri hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi”;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi beradigan ruxsatnomalar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi”;
uchinchi qismidagi “Madaniyat vazirligiga” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 24-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligining” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 25-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 31-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda, № 11, 1064-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Madaniyat vazirligining” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 23-moddaning beshinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 6, 729, 731-moddalar, № 8, 971-modda, № 10, 1153-modda, № 12, 1322, 1324, 1328, 1329-moddalar) 246-moddasining 5-bandidagi “Madaniyat vazirligining” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1010-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar, № 9, 961-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643-modda, № 12, 1329-modda) 76-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
beshinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi OʻRQ-987-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 11, 1185-modda) 35-moddasining yettinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-iyul,
OʻRQ-1160-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)