Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.08.2021
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
1999-yil 28-yanvarda 106-V-son bilan
TASDIQLANGAN

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
1999-yil 28-yanvarda 99-14-son bilan

TASDIQLANGAN

SOLIQ SOLISh MAQSADIDA SOLIQ TO‘LOVChILARNING AVTOMATLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh UChUN BANK DEPOZITORLARI MILLIY AXBOROT BAZASI MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANISh
TARTIBI
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 614-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi “Bank tizimini kelgusida isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 24-son, 1999-yil 30-martdagi “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 146-son, 1999-yil 3-iyuldagi “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida” 327-son qarorlariga muvofiq soliq to‘lovchilarning milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlari holati to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank depozitorlari milliy axborot bazasidan (bundan keyin ― BDMAB) Davlat soliq qo‘mitasi (bundan keyin ― DSQ) va uning bo‘linmalariga uzatish tartibini belgilaydi.
2. MA’LUMOTLAR ALMAShINISh TARTIBI
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh Markazi (ABM) DSQ so‘rovi asosida BDMABda ro‘yxatga olingan barcha yuridik shaxs va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tarkibda taqdim qiladi.
2.2. ABM BDMAB ma’lumotlarini taqdim qilish uchun DSQga alohida pochta qutisi ochadi, unga identifikatsiya raqami va yashirin shartli so‘z (parol) orqali kiriladi.
2.3. 1999-yil 1-aprelga qadar ABM BDMAB ma’lumotlarini DSQ pochta qutisiga to‘liq hajmda tashlab beradi. Shundan so‘ng faqat BDMAB ma’lumotlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar har kuni DSQ pochta qutisiga tashlab turiladi.
DSQsining qo‘shimcha yozma so‘rovi bo‘yicha BDMAB ma’lumotlari to‘liq hajmda qayta uzatilishi mumkin.
Pochta qutisidan ma’lumotlarni o‘z vaqtida qabul qilish javobgarligi DSQsiga yuklatiladi.
2.4. Ma’lumotlarning ishonchliligini, to‘liqligini, saqlanilishini va maxfiyligini ta’minlash maqsadida BDMAB ma’lumotlari shifrlangan holda taqdim qilinadi.
Markaziy bank DSQga deshifratsiyalash dasturini beradi.
Berilayotgan ma’lumotlar buzib ko‘rsatilishining oldini olish va ularni jo‘natuvchini identifikatsiyalash maqsadida ma’lumotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Olinayotgan ma’lumotlarning maxfiyligi va sir saqlanishini ta’minlash uchun DSQ mazkur ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini belgilaydi.
2.5. DSQ pochta qutisiga tashlanadigan BDMAB ma’lumotlari quyidagi tuzilishga ega:
mijoz nomi;
mijoz turi;
mijozning unikal kodi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
viloyat kodi;
bank kodi;
bank turi;
20 belgilik hisobvaraq raqami;
hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi;
hisobvaraq ochilgan sana;
hisobvaraq yopilgan sana;
hisobvaraqni yopish uchun asos belgisi;
aktiv operatsiyalar yoki blokirovka qilishni vaqtincha to‘xtatish sanasi;
aktiv operatsiyalar yoki blokirovka qilishni vaqtincha to‘xtatish yoki hisobvaraq holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun asos belgisi;
vaqtincha to‘xtatilgan aktiv operatsiyalarni blokirovkadan chiqarish yoki blokirovka qilingan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi;
hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish sanasi;
hisobvaraq o‘tkazilgan bank kodi;
mijozning faoliyatni to‘xtatish sanasi;
hisobvaraq holatini o‘zgartirish uchun asos vujudga kelgan sana.
Izoh. Asos belgilari O‘zbekiston Respublikasi Bank depozitorlarining milliy axborot bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomning 1-ilovasiga muvofiq bajariladi (ro‘yxat raqami 1863-son, 2008-yil 27-sentabr) (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2008-yil, 40-41-son, 414-modda).
2.6. BDMAB ma’lumotlarining DSQga taqdim qilinishi, banklarni tegishli organlar so‘rovlari bo‘yicha qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lovchilarning depozit hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
2.7. Bir oy ichida jo‘natilgan va olingan pochta fayllarini solishtirish maqsadida ABM har oyning birinchi kunida DSQga bir oyda jo‘natilgan pochta fayllari ro‘yxati keltirilgan elektron ko‘rinishdagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Ma’lumotnomani taqdim etish va qabul qilish jo‘natuvchi va qabul qiluvchining elektron raqamli imzolari (ERI) bilan tasdiqlanadi. Elektron ma’lumotnomaning shakli 1-ilovada keltirilgan.
3. MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh
3.1. DSQ BDMABdan olingan depozit hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi, ularni viloyatlar bo‘yicha ajratadi hamda ushbu ma’lumotlarni joylardagi soliq organlariga amaliy ishda foydalanish uchun yetkazilishini ta’minlaydi.
3.2. DSQdan olingan ma’lumotlar joylardagi soliq organlari tomonidan tahlil qilib boriladi, DSQdan olingan ma’lumotlar bilan mos kelmagan hollar aniqlanganda, joylardagi banklarga .BDMAB bazasiga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun ma’lumotlar taqdim qiladi.
3.3. Banklar soliq organlaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va 2 ish kuni davomida zarur o‘zgarishlarni BDMABga uzatadi. .
3.4. Joylardagi soliq organlari soliq to‘lovchilarning depozit hisobvaraqlari to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni DSQdan oladilar.
3.5. DSQ ham tahlil natijalari to‘g‘risidagi xulosani ABMga uzatadi.
3.6. ABM Markaziy bank bilan hamkorlikda DSQdan olingan xulosalarni o‘rganib chiqib, zarur hollarda bank muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar beradi.
3.7. DSQ BDMABdan olgan ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
3.8. DSQ BDMABdan olgan ma’lumotlardan amaldagi qonunchilik doirasida foydalanadi va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari M. JUMAGALDIYEV
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sh. SATTOROV
Tartibga
1-ILOVA
Axborotlashtirish bosh markazi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etilgan pochta fayllari ro‘yxati to‘g‘risidagi
MA’LUMOTNOMA

Faylning nomi

Faylning

hajmi

Yaratilgan

vaqt

Yaratilgan

sana

Fayldagi satrlar soni, jami

“INSERT” operatsiyasi

qo‘llangan fayldagi

satrlar soni

Davr boshidagi BDMAB baz�si qismidagi BDMABning DSQdagi nusxasiga muvofiq

keluvchi satrlar soni

Davr oxiridagi (ma’lumotnoma

shakllantirilgan paytda) BDMAB bazasi qismidagi BDMABning DSQdagi nusxasiga muvofiq

keluvchi satrlar soni










Mas’ul shaxs ___________________

_________________(F.I.O.)

___________________.

_____(vaqti, sanasi)

(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 3-son, 17-modda)