|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATNING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hukumatning ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-dekabr,
526-son
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor kishilarning javobgarligini oshirish to‘g‘risida” 1962-yil 10-oktabrdagi 471-son qarori (O‘zSSR QT, 1962-y., 6-son, 37-modda).
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1968-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotini kontraktatsiya qilish shartnomalarini tuzish to‘g‘risida” 1967-yil 25-oktabrdagi 536-son qarori (O‘zSSR QT, 1967-y., 5-son, 47-modda).
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1969-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotini kontraktatsiya qilish shartnomalarini tuzish to‘g‘risida” 1968-yil 30-iyuldagi 354-son qarori (O‘zSSR QT, 1968-y., 5-son, 39-modda).
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1970-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotini kontraktatsiya qilish shartnomalarini tuzish to‘g‘risida” 1969-yil 21-avgustdagi 405-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 7-son, 73-modda).
5. “Xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar da’volarini taqdim etish va qarab chiqish hamda kelishmovchiliklarni hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” SSSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 17-oktabr № 758 qarori” haqida O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 5-noyabrdagi 480-son qarori (O‘zSSR QT, 1973-y., 11-son, 79-modda).
6. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika ministrliklarida va idoralarida huquqiy ishlarni kuchaytirish to‘g‘risida” 1973-yil 13-sentabrdagi 401-son qarori (O‘zSSR QT, 1973-y., 9-son, 63-modda).
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika qishloq xo‘jaligida huquqiy ishlarning ahvoli va ularni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1974-yil 2-apreldagi 142-son qarori.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika xalq xo‘jaligida xo‘jalik va mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini ta’minlashda yuridik xizmatlarning rolini oshirish to‘g‘risida” 1976-yil 8-dekabrdagi 677-son qarori.
9. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilishdagi jiddiy kamchiliklar va ushbu ishda vazirliklar, idoralar va korxonalarning javobgarligini oshirish to‘g‘risida” 1983-yil 11-apreldagi 316-son qarori” haqida O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 4-maydagi 281-son qarori.
10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1984-yilda vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar tomonidan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1984-yil 10-martdagi 126-son qarori.
11. “SSSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladigan iqtisodiy (mulkiy) sanksiyalar tizimini tartibga solish to‘g‘risida” 1988-yil 30-iyuldagi 929-son qarori” haqida O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 4-oktabrdagi 351-son qarori.