|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.12.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASINI KUChAYTIRIShGA DOIR ChORA - TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish yuzasidan bojxona organlari ishining samaradorligini oshirish, vatanimiz tashkilotlari va firmalarining tashqi iqtisodiy faoliyati shart-sharoitlarini yaxshilash, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini taʼminlash, respublika hududiga tovarlarni kontrabanda yoʻli bilan keltirishning oldini olish uchun bojxona chegarasida nazoratni kuchaytirish va budjetga boj toʻlovlari tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining shtatdagi xodimlari soni ilovaga muvofiq 366 kishiga koʻpaytirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoʻshimcha xodimlar xarajatlariga zarur mablagʻlar ajratishni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari yangidan tashkil etiladigan bojxona postlarini tartibga keltirish, ularni binolar va aloqa vositalari bilan taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga koʻmaklashsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-noyabr,
488-son
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegaralarini tashkil etish va ularni kuchaytirish uchun
qoʻshimcha xodimlar soni
| |
Hammasi |
shu jumladan | |
| |
katta va oʻrta boshliqlar tarkibi |
kichik boshliqlar tarkibi | |
| Hammasi |
366 |
291 |
75 |