Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar toʻgʻrisida
2026-yil 1-iyun kuni oʻtkazilgan madaniyat, sanʼat va adabiyot xodimlari bilan sohalarni yanada rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, ijodkorlarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda sohada xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy cholgʻu, tasviriy va amaliy sanʼat hamda adabiyot kabi yoʻnalishlarda ijodiy birlashmalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash;
(b) ijodkorlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning xalqaro tanlovlardagi ishtiroki sonini 2027-yilda 20 foizga, gʻoliblar sonini 30 foizga, 2030-yilga qadar ishtirokchilar sonini 5 baravarga, gʻoliblar sonini esa 2 baravarga oshirish;
(v) shoir va yozuvchilar tomonidan har yili kamida 50 ta eng sara asarlar yaratilishini, milliy adabiyotning eng yaxshi 10 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilinishini taʼminlash;
(g) ijodkorlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, jumladan, har yili 1 ming nafar ijodkorni uy-joy bilan taʼminlash, 3 ming nafarini bepul davolash;
(d) nodavlat teatr va teatr-studiyalar sonini 2028-yilda 50 taga yetkazib, teatr sohasida xususiy sektor ishtirokini 25 foizga oshirish.
II. Sohada isteʼdodlarni yuzaga chiqarishning yangi tizimini joriy etish
2. Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va keng ijodkorlar jamoatchiligining 1-ilovaga muvofiq madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalarni (keyingi oʻrinlarda — ijodiy birlashmalar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Belgilansinki:
(a) ijodiy birlashmalarning ijodiy rahbarlari va ularga tashkiliy masalalarni hal etishda koʻmaklashuvchi hamrahbarlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
(b) ijodiy rahbar oʻz yoʻnalishida yangi iqtidorlarni yuzaga chiqarishga masʼul hisoblanadi;
(v) ijodiy birlashmalarga biriktirilgan hamrahbarlar:
(i) ijodiy birlashma hamda uning yoʻnalishiga mos ijodkorlar va jamoalar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga masʼul hisoblanadi;
(ii) ijodiy birlashma yoʻnalishi boʻyicha mahalla — tuman — viloyat — respublika darajasidagi tanlovlar va madaniy tadbirlarning yillik reja-grafigini ijodiy rahbarlar bilan birgalikda tasdiqlaydi hamda ularni tashkil qiladi;
(iii) xalqaro va respublika tanlovlari gʻolib va sovrindorlarining gastrol safarlarini tashkil etishga hamda xalqaro festival va tanlovlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
(g) hamrahbarlarga oʻzlari bevosita rahbar boʻlgan muassasa (tashkilot, korxona) va uning tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijodiy birlashmalarga mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi;
(d) ijodiy birlashmalarning faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan homiylik xayriyalari metsenatlik koʻmagi hisoblanadi hamda ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi va “Homiylik toʻgʻrisida”gi qonunlari.
(j) 2027-yildan boshlab ijodiy birlashmalarning yillik ijodiy hisoboti shaklida Milliy ijodkorlar qurultoyi oʻtkaziladi hamda unda ijodiy birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija koʻrsatgan ijodkorlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
(i) ijodkorlarning badiiy kechasi, mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi;
(ii) bir yil davomida har oyda 5 million soʻm miqdorida gonorar toʻlanadi;
(iii) uch yil davomida Oʻzbekiston boʻylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi, bunda tashish xarajatlari boʻyicha olinmay qolgan daromadlar keyinchalik har oyda qoplab beriladi;
(iv) davlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajati toʻliq qoplanadi.
4. Isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarmaga 2026-yil 1-iyulga qadar respublika budjeti hisobidan 200 milliard soʻm mablagʻ ajratish chorasini koʻrsin hamda 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida har yili kamida 200 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
6. Madaniyat vazirligi 2026-yil 1-iyuldan boshlab Jamgʻarma hisobidan ochiq va shaffof tizim asosida eng istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
7. Madaniyat vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2027-yildan boshlab har yili teatr, cholgʻu, xor va raqs yoʻnalishida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida tuman — viloyat — respublika darajasida tanlovlarni oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻysin. Bunda:
(a) har bir yoʻnalish boʻyicha respublika darajasidagi tanlovda gʻolib deb topilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻz ijodini targʻib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari xarid qilish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 500 million soʻmdan grant beriladi;
(b) respublika tanlovi gʻoliblari madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim tashkilotlariga kirishda ijodiy imtihondan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi.
8. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tizimi joriy qilinsin.
III. Sohani qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish
9. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan 2036-yil 1-yanvarga qadar:
(a) asosiy faoliyati konsert-tomosha, kinematografiya, bolalar uchun kontent yaratish boʻlgan subyektlar, nodavlat teatr va teatr-studiyalar hamda madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi xususiy taʼlim tashkilotlari qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yer soligʻi, mol-mulk soligʻidan, ularda ishlovchi xodimlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
(b) xorijiy kompaniyalarning Oʻzbekiston hududida kino mahsulotini yaratish bilan bogʻliq faoliyati natijasida olgan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga toʻlov manbaida soliq solishda soliq bazasiga kiritilmaydi.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonning 9-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Quyidagilarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har yili moliyalashtirish tizimi joriy etilsin:
(a) yiliga kamida 50 ta eng sara asarlarni yaratish uchun shoir va yozuvchilarga ijodiy buyurtma berish;
(b) opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar boʻyicha har yili kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun ijodkorlarga davlat buyurtmasi berish;
(v) har yili milliy adabiyotning eng sara 10 ta asarini xorijiy tillarga tarjima qilish va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar oʻtkazish xarajatlarini qoplab berish;
(g) Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida chop etiladigan kitoblarni nashr etish uchun qogʻoz xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish;
(d) sheʼriyat bilan sanʼatni uygʻunlashtirgan holda tashkil etiladigan eng sara 100 ta sheʼriy konsertlarni oʻtkazish boʻyicha davlat buyurtmasi berish.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Farmonning 11-bandida belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hisobidan 2026-yilda 25 milliard soʻm, 2027-yildan boshlab har yili 50 milliard soʻm ajratsin.
13. Isteʼdodlar va ularning ustozlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
(a) madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari gʻolib va sovrindorlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
(i) Gran-pri va 1-oʻrin gʻolibi — xalqaro tanlov boʻyicha 300 million soʻm, respublika tanlovi boʻyicha 100 million soʻm miqdorida;
(ii) 2-oʻrin sohibi — xalqaro tanlov boʻyicha 200 million soʻm, respublika tanlovi boʻyicha — 50 million soʻm miqdorida;
(iii) 3-oʻrin sohibi — xalqaro tanlov boʻyicha 100 million soʻm, respublika tanlovi boʻyicha 25 million soʻm miqdorida;
(b) tanlovlarning gʻolib va sovrindorlarini tayyorlagan oʻqituvchi (konsertmeyster)ning oylik maoshiga bir yil davomida 100 foizgacha ustama Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
(v) nufuzli xalqaro tanlovlarning gʻolib (sovrindor)lari va ularning oʻqituvchi (konsertmeyster)larining tanlovlarda ishtirok etishi xarajatlari toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
(g) ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari xususiy sektorda faoliyat yurituvchi shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
(d) ushbu bandda nazarda tutilgan nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida aniqlanadi.
IV. Soha vakillarining ijtimoiy taʼminotini yanada mustahkamlash
14. 2026-yil 1-iyuldan boshlab har yili 1000 nafar uy-joyga muhtoj madaniyat, sanʼat va ijodiy soha vakillariga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yoʻlga qoʻyilsin, bunda:
(a) Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari ajratishda boshlangʻich toʻlov kredit oluvchi tomonidan 2-ilovada belgilangan miqdorlarda shakllantiriladi, bunda shakllantiriladigan boshlangʻich toʻlovning 50 foizi hamda kredit muddatining birinchi besh yili davomida toʻlanadigan kredit foizlarining 10 foizlik punktdan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi;
(b) boshlangʻich toʻlovning 50 foizini qoplab berish Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari madaniyat sohasi vakillarini zarur uy-joylar bilan taʼminlashga masʼul etib belgilansin.
16. Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovlarining bir qismini quyidagi miqdorlarda qoplab berish tartibi joriy etilsin:
(a) Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Farmonning 14 va 16-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar uchun 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan 50 milliard soʻm ajratsin.
18. 2026-yil 1-iyuldan boshlab ijodiy birlashmalarning tavsiyasi asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab berish yoʻlga qoʻyilsin:
(a) har yili 1 ming nafargacha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanish boʻyicha imtiyozga ega boʻlmagan, biroq oʻz faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga yuqori texnologik operatsiyalarni oʻtkazish;
(b) har yili 2 ming nafargacha madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga sugʻurta mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badallari uchun xarajatlarning 50 foizini qoplab berish;
(v) har yili 100 nafargacha sohada kamida 10 yil ishlagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sanatoriylarida bepul davolanish.
19. Belgilansinki:
(a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab budjetdan moliyalashtiriladigan teatr va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yurituvchi raqs jamoasining badiiy rahbari, baletmeysteri, repetitorlari, balet artistlarining lavozim maoshlarini mehnatga haq toʻlashning bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga va (yoki) Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori Davlat budjeti hisobidan 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi;
(b) davlat muassasalarida raqs sanʼati sohasida faoliyat yuritayotgan raqqos va raqqosalarni imtiyozli ish staji bilan pensiyaga chiqarishda talab etiladigan 20 yillik ish stajining kamida 15 yili raqqos va raqqosalik faoliyatidan iborat boʻlgan taqdirda, qolgan 5 yili uchun baletmeyster va balet boʻyicha repetitor faoliyati bilan shugʻullangan davrni inobatga olishga ruxsat beriladi.
20. Nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil 1-sentabrdan boshlab hududlarda inklyuziv ijodiy ustaxonalar tashkil qilinsin. Bunda inklyuziv ijodiy ustaxonalarni tashkil etish hamda ularni darsliklar va ijod uchun zarur anjomlar bilan taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 30 milliard soʻm ajratib boriladi.
21. 2026-yil 15-iyundan boshlab 3-ilovaga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi aeroport va temir yoʻl vokzallaridagi “VIP” zallardan bepul foydalanish huquqi berilsin.
V. Sohada nodavlat sektor faolligini oshirish
22. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
(a) nodavlat teatr va teatr-studiyalarning quyidagi xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi:
(i) har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajatlari;
(ii) har oyda xususiy binoni ijaraga olish xarajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan qismi;
(b) davlat madaniyat obyektlari ularning boʻsh vaqtlarida nodavlat teatr va teatr-studiyalarga spektakl namoyish etish uchun ijara toʻlovisiz foydalanish uchun beriladi. Bunda tomosha zallari uchun talabgorlar ikkita yoki undan koʻp boʻlgan taqdirda, ular orasida tanlov oʻtkaziladi;
(v) ushbu bandning “a” kichik bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan qoʻshimcha 10 milliard soʻm ajratiladi.
23. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Nukus shahri va viloyatlar markazlari bundan mustasno) konsert-tomosha tadbiri tashkil etilgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq bilet sotilgan taqdirda, konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan biletlar qiymatining 20 foiziga teng boʻlgan miqdorda subsidiya beriladi;
(b) davlat va nodavlat teatrlarga oʻzi faoliyat yuritayotgan joyda sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qoʻshimcha 10 ming soʻm, boshqa hududga chiqqan holda namoyish etilgan taqdirda, 20 ming soʻm miqdorida subsidiya beriladi.
24. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab har yili 500 ming nafar oʻqituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol oʻquvchi va talabalarga hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilalarning bir nafar farzandiga, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarga teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi, bunda:
(a) vaucher qiymatidagi mablagʻlar shaxslarning nomiga ochiladigan ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi;
(b) vaucher berish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli ravishda Davlat budjeti mablagʻlari hamda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
VI. Kinoindustriya sohasini yanada rivojlantirish
25. Xususiy kinostudiyalarning mustaqil faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sohada erkinlik va raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
(a) Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmogʻini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengash faoliyati hamda har bir filmga maslahatchilar guruhini biriktirish amaliyoti tugatilsin;
(b) davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning mavzusidan kelib chiqib, soha mutaxassislaridan iborat haq toʻlanadigan ekspert guruhlari tashkil qilib borilsin. Bunda Badiiy kengash tomonidan maʼqullangan va (yoki) ishlab chiqarishga tushirilgan loyihalarni yakunlash ushbu kengash tomonidan amalga oshiriladi va ular boʻyicha ekspert guruhlarining xulosasini olish talab etilmaydi;
(v) “Oʻzbekfilm” kinokonserni” davlat muassasasiga “milliy” maqomi berilsin hamda uning faoliyati mahalliy va xalqaro kinostudiyalarga xizmat koʻrsatuvchi kinokonsern sifatida yoʻlga qoʻyilsin;
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan oʻtkaziladigan “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti nufuzini oshirish maqsadida 2027-yildan boshlab har yili 5 milliard soʻm ajratib borilishini taʼminlasin.
26. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat buyurtmasi asosida kino, shu jumladan, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi loyihalari yaratilishida:
(a) marketing va reklama xarajatlari uchun film budjetining 30 foiz miqdorigacha mablagʻlarni ajratishga ruxsat beriladi;
(b) xarid shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish talabi bekor qilinadi;
(v) filmlar namoyishidan tushgan mablagʻlarning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qoʻshimcha ragʻbat sifatida beriladi.
VII. Hududlarda madaniyat tadbirlarini tashkil etish va kitobxonlikni rivojlantirish
27. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahar, Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari huzurida madaniy tadbirlarni tashkil etish direksiyalari (keyingi oʻrinlarda — direksiyalar) faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
28. Belgilansinki:
(a) direksiyalar tegishli hokimliklar muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etiladi, boshqa tadbirkorlarga direksiya ustav fondiga oʻz pul mablagʻlari bilan ishtirok etishiga ruxsat beriladi;
(b) direksiyalar tegishli hududda joylashgan, madaniy, ommaviy, konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilishi mumkin boʻlgan binolar, majmualar, pavilyonlar, stadionlar, sahnalar, zallarga (keyingi oʻrinlarda — madaniyat obyektlari) ega boʻlgan barcha davlat muassasalari, shu jumladan, konsert, teatr, madaniyat saroylari bilan majburiy ravishda, shunday bino va inshootlarga ega xususiy tashkilotlar bilan esa oʻzaro kelishuvlar asosida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar imzolaydi;
(v) direksiyalar tuzilgan shartnomalar asosida har bir madaniyat obyektining har kunlik ish rejimi, ularning band va boʻsh vaqtlari haqida onlayn rejimda maʼlumot olib turadi;
(g) direksiyalar madaniyat obyektlarining boʻsh vaqtidan samarali foydalanish maqsadida ularda madaniy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi, oʻzi jalb qilgan tadbir tashkilotchilari bilan madaniy maskanlarning mulkdorlari nomidan shartnomalar tuzadi;
(d) direksiyalar tomonidan mulkdor nomidan tuzilgan shartnomalarga asosan madaniyat obyektlarini tadbirlar uchun ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning xizmat koʻrsatish shartnomasida tomonlar oʻzaro kelishuv asosida belgilaydigan qismi direksiyalarga oʻtkazib beriladi;
(j) direksiyalar oʻzlari tuzgan shartnoma asosida oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarga ruxsat olish boʻyicha tartib-taomillarning bajarilishini bevosita oʻzi taʼminlaydi.
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Madaniyat vazirligining takliflari asosida 2026-yil yakuniga qadar 50 tadan 100 tagacha chekka va olis hududlardagi mahallalarda namunali mahalla kutubxonasi va kitob doʻkonlarini tashkil qilsin. Bunda Yoshlar ishlari agentligi:
(a) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda namunali mahalla kutubxonalarining badiiy, ilmiy-ommabop, maʼrifiy, hujjatli va biografik adabiyotlar bilan toʻldirilishini;
(b) Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi bilan birgalikda ushbu kutubxonalar faoliyati toʻliq raqamlashtirilishini taʼminlasin;
(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab ushbu kutubxonalarda “Mutolaa” platformasidan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratsin.
30. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri va Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilsin.
VIII. Taʼlim tizimini takomillashtirish
31. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 10 tadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida, tajriba tariqasida, musiqa, tasviriy sanʼat va texnologiya darslarini ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq “Art” oʻquv dasturi asosida takomillashtirilgan holda oʻqitish yoʻlga qoʻyilsin. Bunda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini “Art” yoʻnalishlariga mos holda jihozlash xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
32. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
(a) bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlariga tenglashtiriladi;
(b) umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari ish haqiga oʻquvchilarining cholgʻularni ijro etishi darajasidan kelib chiqib, har oyda 20 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi;
(v) bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda ixtisoslashgan maktablar bilan umumiy taʼlim muassasalari oʻrtasida ijodiy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi hamda ijodiy jamoalar tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida davriy ravishda konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslari oʻtkazib boriladi;
(g) har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasida musiqa va sanʼat yoʻnalishida kamida 4 tadan toʻgarak tashkil qilinadi.
33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya ikki oy muddatda yosh ijodkorlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi 10 ta oliy taʼlim muassasasiga Davlat budjeti va Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda 50 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin.
34. Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi Respublika musiqa va sanʼat texnikumi hamda Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk texnikumi oliy maktab sifatida qayta nomlangan holda Madaniyat vazirligi tizimiga oʻtkazilsin, bunda Respublika musiqa va sanʼat oliy maktabi hamda Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk oliy maktabida:
(a) bitiruvchilarga kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi;
(b) iqtidorli bitiruvchilarga belgilangan tartibda oʻz oʻqishini tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi bosqichidan davom ettirish imkoni yaratiladi;
(v) talabalarga taniqli ijodkorlar biriktiriladi va ularga oliy taʼlim tashkiloti professor-oʻqituvchisiga teng miqdorda mehnatga haq toʻlash shartlari qoʻllanadi.
35. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi negizida Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼat xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinsin.
IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
36. Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
38. Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
39. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
40. Farmon ijrosini nazorat qilish va masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-iyun,
PF-103-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga
1-ILOVA
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida tashkil etiladigan ijodiy birlashmalarning yoʻnalishlari
ROʻYXATI

1.

Adabiyot va noshirlik

2.

Akademik cholgʻu ijrochiligi

3.

Amaliy sanʼat

4.

Askiya, qiziqchilik va stendap

5.

Baxshichilik va xalq ijodiyoti

6.

Bolalar ijodkorligi

7.

Gʻijjak cholgʻu ijrochiligi

8.

Kino sanʼati

9.

Kompozitor va bastakorlik

10.

Maqom sanʼati

11.

Milliy cholgʻu ijrochiligi

12.

Moda va dizayn sanʼati

13.

Musiqiy estrada

14.

Opera sanʼati

15.

Orkestr va xor

16.

Raqamli sanʼat

17.

Raqs sanʼati

18.

Tasviriy sanʼat

19.

Teatr sanʼati

20.

Fortepiano ijrochiligi

21.

Sirk sanʼati va maydon tomoshalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga
2-ILOVA
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlari hamda ijodkorlarga ipoteka kreditlari ajratishda xarid qilinadigan uy-joylarning boshlangʻich toʻlovini shakllantirish miqdorlari

T/r

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi ish staji

Shakllantirish lozim boʻlgan boshlangʻich toʻlov miqdori

(uy-joy narxiga nisbatan)

1.

3 yildan 5 yilgacha

15 foiz

2.

5 yildan 15 yilgacha

25 foiz

3.

15 yildan 25 yilgacha

30 foiz

4.

25 yildan ortiq boʻlganda

35 foizi

Izoh:
1) boshlangʻich toʻlov miqdorini hisoblashda uy-joyning Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdorlarida belgilangan narxigacha boʻlgan qismi hisobga olinadi;
2) sotib olinayotgan kvartiraning narxi uy-joyning qayta moliyalashtiriladigan eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham boshlangʻich toʻlov ushbu ilovaga muvofiq shakllantiriladi. Bunda boshlangʻich toʻlovning oshgan qismi kredit oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi aeroport va temir yoʻl vokzallaridagi “VIP” zallardan bepul foydalanish huquqi beriladigan davlat mukofotlari
ROʻYXATI

1.

“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” faxriy unvoni

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni

4.

“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni

5.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni

6.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni

7.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni

8.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni

9.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni

10.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni

11.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni

12.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga
4-ILOVA
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, ularning ijodiy rahbarlari va hamrahbarlarini tayinlash.

Amaliy chora-tadbirlar,

zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

-

Vazirlar Mahkamasi,

Madaniyat vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Har bir ijodiy birlashmaning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha, zaruratga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

Reja-grafik asosida

2.

Milliy ijodkorlar qurultoyini oʻtkazish. Bunda ijodiy birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija koʻrsatgan ijodkorlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda ragʻbatlantirishni nazarda tutish:

ijodkorlarning badiiy kechasi, mahorat maktabi va ijod uylarini tashkil etish;

bir yil davomida har oyda 5 million soʻm miqdorida gonorar toʻlash;

uch yil davomida Oʻzbekiston boʻylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanish, bunda tashish xarajatlari boʻyicha olinmay qolgan daromadlarni keyinchalik har oyda qoplab berish;

davlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajatini toʻliq qoplash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil aprel

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Madaniyat, sanʼat va adabiyot vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ijodiy birlashmalar tashkil qilish va qoʻllab-quvvatlash, sohaga oid tanlovlar oʻtkazish va ularni ragʻbatlantirishni kafolatlash, imtiyoz va ragʻbatlantirish choralarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

-

Madaniyat vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlarida ijodkorlarning ishtirokini oshirish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

xalqaro tanlov gʻoliblarining ijodiy va kasbiy faoliyatini ragʻbatlantirish hamda yutuqlarini keng targʻib etish;

respublika tanlovi gʻoliblariga 100 million soʻmgacha, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 million soʻmgacha mukofot berish va ishtirok etish xarajatlarini toʻliq qoplash;

yosh isteʼdodlarning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga bir yil davomida 100 foizgacha ustama toʻlash;

har yili 100 nafargacha yoshlarning davlat hisobidan madaniyat, sanʼat va adabiyot yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy davlatlarda taʼlim olishi, malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish;

2 ta xalqaro nufuzli tanlovlarning franshizasini Oʻzbekistonga olib kirish, 1 ta respublika tanlovini xalqaro nufuzli tanlovga aylantirish;

tanlovlarni muvofiqlashtirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va tanlovlar gʻoliblari bilan muntazam ishlash tizimini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Yurtimizdagi yosh isteʼdodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni koʻpaytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish va yiliga 200 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻ berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 25-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

6.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish. Bunda asar mualliflarining huquqlarini himoya qilishda har bir asarning raqamli izini yaratish, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatishni oldini olish, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoyalash boʻyicha aniq mexanizmlarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Shoir va yozuvchilarga har yili 50 ta asar uchun ijodiy buyurtma berish, oʻzbek adabiyotining eng yaxshi 10 ta asarini xorijiy tillarga tarjima qilish va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar oʻtkazish, Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida kitoblarni nashr etishda qogʻoz bilan bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan qoplash tartibini belgilash.

Ijodkorlar, ayniqsa, yosh isteʼdodlarning sheʼriyat bilan sanʼatni uygʻunlashtirgan sheʼriy konsertlarini tashkil etish. Bunda, birinchi navbatda, eng sara 100 ta loyihani Davlat budjetidan moliyalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi

8.

Chekka va olis hududlardagi 50 tadan 100 tagacha mahallalarda namunali mahalla kutubxonasi va zamonaviy kitob doʻkonlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Ijrochilarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

Namunali mahalla kutubxonalarining badiiy, ilmiy-ommabop, maʼrifiy, hujjatli va biografik adabiyotlar bilan toʻldirilishini taʼminlash.

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Kutubxonalarning faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish hamda kitob savdosi tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

madaniyat markazlariga kitob savdosi vakolatini berish va kitob savdosini yaxshi yoʻlga qoʻygan xodimlarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash;

yangi adabiyotlarni hududlarda mualliflar ishtirokidagi targʻibotini amalga oshirish va uni ragʻbatlantirish;

eng koʻp oʻqilgan kitoblar mualliflarini qoʻshimcha moliyaviy ragʻbatlantirish;

mualliflik haqi va unga doir boshqa toʻlov turlarining eng kam va eng yuqori stavkalarini qayta koʻrib chiqish, jumladan, nazm, nasr, libretto kabi asarlar yaratishga buyurtmalarni bajarganlik uchun mualliflik haqi stavkalarini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi

10.

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining uy-joyga, shu jumladan, ijara asosida yashashga ehtiyojini aniqlash, ijtimoiy-ijodiy faolligini ragʻbatlantirish hamda shaffof va raqamlashtirilgan navbatga qoʻyish, shuningdek, subsidiyalarni toʻlash tartibini tasdiqlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 25-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

11.

Quyidagi imtiyozlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplashni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash:

faoliyatida yaxshi natijaga erishgan 1 ming nafar soha xodimlarining davolanish xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish;

2 ming nafar ijodkorlarga tibbiy sugʻurta paketi taqdim etish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash;

har yili 100 nafargacha sohada kamida 10 yil ishlagan shaxslarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sanatoriylariga bepul yoʻllanma berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 25-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

12.

Raqs sanʼatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini oʻz ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish.

Qaror loyihasida Yangi Toshkentda qurilishi boshlangan maqom markazi yonida zamonaviy va muhtasham raqs saroyini barpo etishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Teatr, kino va konsertga bepul vaucher taqdim etish tartibini, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

har yili 500 ming oʻqituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol oʻquvchi va talabalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilaning bir nafar farzandiga va nogironligi bor bolalarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vaucher ajratish;

vaucherlarni ehtiyojmand oilalar uchun ijtimoiy karta orqali taqdim etish;

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

Davlat budjeti mablagʻlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Madaniyat vazirligi

vaucherni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va taqdim etish uchun barcha madaniyat va sanʼat muassasalarini “Ijtimoiy karta” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2026-yil sentabr

Madaniyat vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

14.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Nukus shahri va viloyatlar markazlari bundan mustasno) konsert-tomosha tadbiri tashkil etilgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq bilet sotilgan taqdirda, konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan biletlar qiymatining 20 foiziga teng boʻlgan miqdorda subsidiya berish nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 25-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

15.

Milliy toʻy marosimlarida maqom va xalq ashulalarining ijro etilishini targʻib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

16.

Joylarda konsert, teatr, madaniyat saroylari zallari faoliyatini toʻliq ishlatish maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari, keyinchalik qolgan hokimliklar huzurida alohida direksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda tuman (shahar)lar kesimida tadbirlar joyi va masʼullarini belgilagan holda konsert va tomoshalar oʻtkazish boʻyicha bir yillik dasturni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlashni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Davlat madaniyat obyektlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri va Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolatini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Xususiy teatrlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish:

nodavlat teatr va teatr-studiyalariga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har yili ajratiladigan qoʻshimcha 10 milliard soʻm hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab berish:

har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajatlari;

har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha xususiy binoni ijaraga olish xarajatlari;

nodavlat teatr va teatr-studiyalarga spektakl namoyish etish uchun davlat madaniyat obyektlarini boʻsh vaqtlarda ijara toʻlovisiz foydalanish uchun berish. Bunda tomosha zallari uchun talabgorlar ikkita yoki undan koʻp boʻlgan taqdirda, ular orasida tanlov oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 15-avgust

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Davlat va xususiy teatrlarga oʻzi faoliyat yuritayotgan joyda sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qoʻshimcha 10 ming soʻm, boshqa hududga chiqqan holda namoyish etilgan taqdirda, 20 ming soʻm miqdorida subsidiya berish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 25-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

21.

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatri va binosini mukammal taʼmirlash va teatr hududida qurilgan qoʻshimcha binoni rekonstruksiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar,

zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-2027-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari,

Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri binosini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish hamda obyekt hududini obodonlashtirish.

Bunda taʼmirlash ishlarini davom ettirish uchun dastlabki bosqichda 5 mlrd soʻm hamda loyiha-smeta hujjatlariga asosan 2026-2027-yillarda zarur mablagʻlarni ajratib borish.

Amaliy chora-tadbirlar,

zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-2027-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

23.

Nufuzli xalqaro tashkilotlar va taniqli ijodkorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, dizayn, hunarmandchilik va zamonaviy sanʼat asarlarini namoyish etishga qaratilgan koʻrgazma va tadbirlar sonini oshirish. Bunda:

Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq mamlakatlari va Oʻzbekistonda mazkur koʻrgazmalarni tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritish va tasdiqlash;

tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabrdan boshlab doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

Madaniy meros agentligi

24.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

xalqaro festivallar direksiyasining tashkiliy, ijodiy va institutsional salohiyatini oshirish;

har bir hududda katta madaniy tadbirlarni yil davomida tashkil qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha amaliy choralarni belgilash;

xalqaro yirik madaniy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish va ularning sonini oshirib borish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Toshkent shahridagi zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimini oʻtkazish. Bunda:

zamonaviy sanʼat markazida ochilish marosimiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;

xalqaro koʻrgazmani yuqori saviyada oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

26.

Har bir viloyatdagi 10 tadan umumtaʼlim maktabida tajriba tarzida musiqa, tasviriy sanʼat va texnologiya darslarini ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq “Art” oʻquv dasturi asosida takomillashtirilgan holda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish. Bunda:

1 — 4-sinf oʻquvchilarni rasm, musiqa va oʻyinlar orqali ijodga, madaniyat va sanʼatga qiziqtirish;

5 — 7-sinf oʻquvchilarini ijodiy jamoada ishlash va oʻz fikrini erkin ifoda etishga oʻrgatish;

8-9-sinflarda dizayn, grafika va sunʼiy intellekt orqali kreativ loyihalarni ishlab chiqish;

10-11-sinflarda ushbu loyihalarni tayyor mahsulotga aylantirishni oʻrgatish.

Pilot loyiha amalga oshiriladigan umumtaʼlim maktablarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “art” yoʻnalishlariga mos holda jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

27.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil 25-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

28.

Har yili teatr, cholgʻu, xor va raqs yoʻnalishida umumtaʼlim maktablari oʻrtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlarni oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.

Bunda ularning ijod mahsulini respublika boʻyicha targʻib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 500 million soʻmdan grant berish.

Shuningdek, respublika tanlovi gʻoliblarini madaniyat va sanʼat oliygohlariga oʻqishga kirish uchun yoʻllanma berish.

Amaliy chora-tadbirlar,

zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yildan boshlab doimiy

“Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi

Madaniyat vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

29.

Teatr, kino, musiqa, dizayn, animatsiya yoʻnalishida malakali mutaxassislar bilan birgalikda inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

Amaliy chora-tadbirlar

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Madaniyat vazirligi

inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish;

2026-yil 1-avgust

tajriba-sinov tariqasida inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasini Toshkent shahri va Samarqand viloyatlarida yoʻlga qoʻyish;

2026-yil 1-sentabr

tajriba-sinov yakunlaridan kelib chiqqan holda inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasini boshqa hududlarda yoʻlga qoʻyish.

2027-yil 1-sentabrdan boshlab

30.

Yosh ijodkorlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi 10 ta oliy taʼlim muassasasiga 50 milliard soʻm ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Davlat budjetidan 25 milliard soʻm,

Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasidan 25 milliard soʻm

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya

31.

Respublikaning barcha hududlarida ochiq osmon ostidagi konsert va madaniy tadbirlarni oʻtkazishni kengaytirib, ularni muntazam tashkil etib borishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabrdan boshlab doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

32.

Madaniyat saroylari va teatrlarda kiyinish hamda sahna madaniyatiga amal qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Madaniyat vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

33.

Kompozitor va bastakorlar faoliyatini moliyalashtirish, ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini kuchaytirish maqsadida ularga opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar boʻyicha har yili kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun davlat buyurtmasi berib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar,

zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabrdan boshlab doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

34.

Jamoat joylari, aeroport, vokzal, metro, park, yirik savdo-servis obyektlari, kafe va restoranlarda milliy kuy-qoʻshiqlar yangrashini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi,

Madaniyat vazirligi,

Transport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

35.

Mamlakatimizda katta hurmat va eʼtibor qozongan ziyolilar boshchiligida “Men Oʻzbekiston farzandiman” ezgu gʻoyasi asosida mahalla va jamiyatda birdamlik, oilani mustahkamlash, halol mehnatni ulugʻlash, tabiatni asrash, atrof-muhitni toza saqlash, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, isrofgarchilikni oldini olish, odamlar qalbida shukronalik, islohotlarga daxldorlik, milliy gʻurur tuygʻusini kuchaytirish kabi mavzularda asarlar yaratish hamda ularni raqamli maydonda keng targʻib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari,

ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya,

Yozuvchilar uyushmasi,

Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

36.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining telekanallarida ustoz sanʼatkorlarning hayoti va ijodiy merosini yoritishga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuv va dasturlarni koʻpaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Madaniyat vazirligi

37.

Mahallada, umumtaʼlim va musiqa maktablarida kastinglar oʻtkazib, yangi-yangi isteʼdodlarni kashf qilish hamda ularning oʻsishiga yordam berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

38.

Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan oʻquvchi-yoshlarning ijodkorligini rivojlantirish. Bunda:

inklyuziv vokal, audiokitob yaratish va tiflokino yaratish, pantomima kabi ijodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus inklyuziv studiyalar faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish va buning uchun zarur boʻladigan jihozlarni xarid qilib borish;

studiyalar uchun xoreograf, sahna nutqi, musiqa va ritm yoʻnalishida tajribali mutaxassislarni biriktirish;

Amaliy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Madaniyat vazirligi

eng yaxshi natija koʻrsatgan biriktirilgan mutaxassislarni erishilgan natijalariga qarab ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish;

2026-yil dekabr

alohida taʼlim ehtiyojlariga ega oʻquvchilarda ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan soddalashtirilgan zamonaviy darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari hamda didaktik mahsulotlarni yaratish yoki xarid qilish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

39.

Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish.

Bunda biriktirilgan ustozlarga oliygoh professor-oʻqituvchisiga teng miqdorda haq toʻlash yoki oliygohda dars beradigan boʻlsa, oyligiga 50 foiz ustama toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi

40.

Madaniyat va sanʼat oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlariga art-menejment, kreativ industriya, loyihalarni tijoratlashtirish singari zamonaviy mavzularni kiritish.

Kino industriyasi, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yoʻnalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-oʻqituvchini olib kelish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

41.

Madaniyat va sanʼatda uzluksiz taʼlimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha milliy dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil mart

-

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya,

manfaatdor vazirlik va idoralar

42.

Sanʼat taʼlim yoʻnalishlariga magistratura bosqichiga qabul qilishda xorijiy til sertifikati talabini qayta koʻrib chiqish.

Idoraviy hujjat

2026-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya

43.

Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda Madaniyat sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil mart

-

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

44.

Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi

45.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyining 1-blok binosini rekonstruksiya qilish va 60 yillik yubiley tadbirini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

46.

Kino sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini, jumladan quyidagilarni inobatga olgan holda ishlab chiqish:

davlat xizmatlari tizimida kinoni suratga olish lokatsiyalariga ruxsat berish, suratga olish joylarida ichki ishlar boʻlimlari tomonidan xavfsizlikni taʼminlash va hamkorlik qilish xizmatini joriy etish;

kinostudiyalarni film yaratish uchun moliyaviy koʻmak mexanizmlarini takomillashtirish;

xorijiy kompaniyalarning respublikada amalga oshirilgan xarajatlarini 25 foizdan 30 foizgacha kompensatsiya qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Kinematografiya agentligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

47.

Milliy filmlar prokati tizimini isloh qilish. Bunda:

kino prokati uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibini qayta koʻrib chiqish va ruxsatnoma berishni rad etish asoslarini aniq belgilash;

kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyish etish qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda, ularni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foiz qismini, biroq bitta qurilma uchun 50 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;

belgilangan talablarga zid filmlarni namoyish etgan kinoteatrlarga nisbatan moliyaviy sanksiya qoʻllash va uni nazoratini yuritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

-

Kinematografiya agentligi,

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi

48.

Kinoteatrlarini yagona tarmoqqa birlashtirish. Bunda:

kinoteatrlarda chiptalar hisobini va tomoshabinlar statistikasini yuritish maqsadida yagona platforma joriy etish;

yagona platforma orqali respublika boʻyicha barcha kinoteatrlarda chiptalarni elektron sotish imkonini yaratish;

kinoteatrlar faoliyatini markazlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yakuniga qadar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Kinematografiya agentligi

49.

Kinoteatrlar tarmogʻini kengaytirish. Bunda:

hududlarda madaniyat boʻlimlari binolarida boʻsh turgan zallarni kinoteatrga qayta jihozlash va ijara asosida imtiyozli berish;

hududlarda mavjud barcha davlat kinoteatrlarini faoliyat turini oʻzgartirmagan holda xususiylashtirishni koʻrib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil yakuniga qadar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Kinematografiya agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

50.

Davlat buyurtmasi tizimini isloh qilish, kino sohasida zamonaviy va shaffof tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Bunda, davlat buyurtmasi asosida olinadigan filmlar tanlovida film gʻoyasiga muvofiq tegishli soha mutaxassislaridan iborat haq toʻlanadigan bir martalik ekspert guruhlar tashkil qilib borish nazarda tutilsin.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

-

Kinematografiya agentligi,

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi

51.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

kinoprokatni taqiqlovchi omillar roʻyxatini chegaralagan holda aniq belgilash;

kinoprokat uchun yosh toifalari boʻyicha tasniflash va xalqaro standartlarga asoslangan yangi zamonaviy nazorat tizimini joriy etish;

mualliflik huquqini kafolatlagan holda qaroqchilik (piratlik)ka qarshi kurashish va kinoteatr hamda internet platformalarda filmlarni namoyish etish qoidalarini belgilash;

sohada yagona vakolatli organ maqomi, funksiyalarini aniq belgilab berish va kinostudiyalar faoliyatiga boshqa davlat organlari aralashuvini qatʼiy taqiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil aprel

-

Kinematografiya agentligi,

Adliya vazirligi

52.

“Doʻrmon kinoijodkorlar uyi” binosini taʼmirlash va hududini obodonlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026 — 2028-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kinematografiya agentligi,

Toshkent viloyati hokimligi

53.

Inklyuziv jamiyat gʻoyalarini keng targʻib etish, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning hayoti, yutuqlari va salohiyatini keng yoritish. Bunda:

“Inson haqida” respublika qisqa metrajli filmlar tanlovini eʼlon qilish;

Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash;

Chekka hududlardagi isteʼdodlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “ijtimoiy lift” vazifasini bajaruvchi “Oʻzbekiston iqtidori” inklyuziv teleshou dasturini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil yanvar

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Izoh: Zaruratga koʻra, ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjat loyihalari birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmoniga 4-ilovadan 624 va 640-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qarori 7-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(b) Markaz unga ajratilgan mablagʻlar, shu jumladan, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Ekspertlar kengashi xulosalariga muvofiq ijodiy tanlovda gʻolib chiqqan ishlab chiqarish subyektiga bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish boʻyicha buyurtmalar beradi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qarorida:
(a) 1a-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Sirk va teatrlarning Bosh baletmeyster, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, raqs jamoasining badiiy rahbari, baletmeyster, balet boʻyicha repetitor xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”;
(b) 2a-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Teatrlar balet artisti xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”;
(v) 3a-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Konsert tashkilotlari Bosh baletmeyster, raqs guruhining badiiy rahbari, sahnalashtiruvchi baletmeyster, baletmeyster, balet boʻyicha repetitor xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”;
(g) 4a-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek, sirklardagi balet artisti xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 637-son qaroriga 1-ilovaning 1-pozitsiyasi “IV qism. teatrlar, konsert tomosha va boshqa tomoshabob teatr muassasalari artistlari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1-QIV

IV QISM. TEATRLAR, KONSERT TOMOSHA VA BOSHQA TOMOSHABOB TEATR MUASSASALARI ARTISTLARI

1-90

Balet artisti*

3435

1-91

Artist-professional badiiy jamoalarda raqs ijro etuvchilar*

3435

1-92

Artist-mimika va imo-ishora teatrlarida

3435

1-93

Artist-vokalchi (solist)-opera va balet teatrlari, musiqali va musiqali drama teatrlari, konsert tashkilotlari, televideniye va radio eshittirishlarda (Ayollar)

3435

1-94

Travestchi (oʻgʻil bolalar, oʻsmirlar, qizlar rolini ijro etuvchi artistlar)

* Davlat muassasalarida raqs sanʼati sohasida faoliyat yuritayotgan raqqos va raqqosalarning 20 yillik imtiyozli nafaqaga chiqish davrining dastlabki 15 yili raqqos va raqqosalik bilan, qolgan 5 yili baletmeyster va balet boʻyicha repetitor faoliyati bilan shugʻullanganligi inobatga olinadi.

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 06/26/103/0561-son)