1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning sifati hamda samaradorligini oshirish, sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirish;
(b) tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini taʼminlash, resurslardan samarali foydalanish, moliyaviy barqarorlikni kuchaytirish va aholi salomatligi koʻrsatkichlarini yaxshilash;
(v) sogʻliqni saqlash tizimini strategik rejalashtirish, koʻp tarmoqli tibbiy xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va yagona boshqaruv mexanizmlarini joriy etish orqali aholi uchun sifatli va ommabop tibbiy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish.
II. Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
2. Quyidagilar:
(a) Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;
(v) Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
3. Sogʻliqni saqlash vaziriga tibbiyot sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha huquq va vakolatlar berilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(a) sohadagi ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirishni samarali tashkil etish maqsadida vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan loyiha ofislarini tashkil etish, ularning vazifalari va tuzilmasini belgilash;
(b) sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish bilan bogʻliq tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(v) mahalliy va xorijiy mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb qilish, shuningdek, konsalting, ekspertlik, tahliliy hamda tibbiyot menejmenti va moliyaviy boshqaruv boʻyicha malaka oshirish xizmatlarini “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili asosida xarid qilish hamda ularga bozor konyunkturasini hisobga olgan holda milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablagʻlarni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali haq toʻlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(g) sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish, axborot tizimlarini joriy etish va yagona raqamli ekotizimni shakllantirish boʻyicha talablar, standartlar va texnik reglamentlarni belgilash;
(d) vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ayrim funksiyalar va xizmatlarni, shu jumladan, xodimlarning lavozim yoʻriqnomasida belgilangan vazifalarni shartnoma asosida va autsorsing xizmatidan foydalanib amalga oshirish;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar]
(j) ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni bajarish uchun shtat birliklarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish maqsadida, istisno tariqasida, Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparatiga 2026-yil yakuniga qadar xodimlarni tanlovsiz ishga qabul qilish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
(a) sogʻliqni saqlash sohasida davlat siyosatining samaradorligini baholash, aholi salomatligi koʻrsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda strategik qarorlar qabul qilish uchun tahliliy maʼlumotlar tayyorlash maqsadida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
(b) tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar xavfsizligi, klinik protokol va standartlarga rioya etilishini baholash, tibbiyot muassasalari faoliyatini tahlil qilish hamda klinik nazorat tizimini joriy etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
(v) sogʻliqni saqlash sohasidagi yangiliklar, tibbiy xizmatlar va davlat siyosatini jamoatchilikka xolis va tezkor yetkazish, shuningdek, jamoatchilik fikr-mulohazalarini tizimli ravishda yigʻish hamda tahlil qilish va axborot siyosatini samarali tashkil qilish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklida Kontent mediamarkazi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
5. Belgilansinki, Kontent mediamarkazi faoliyati hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tushumlar miqdorining bir foizi miqdorida qoʻshimcha ajratiladigan ajratmalar, Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan tushumlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining shtat birliklari soni quyidagicha belgilansin:
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati — 298 ta (shu jumladan, 1 ta vazirning birinchi oʻrinbosari va 5 ta vazir oʻrinbosari);
(b) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi — 59 ta;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
(v) Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi — 42 ta;
(g) Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari — 128 ta;
(d) Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi — 30 ta;
(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari jami — 602 ta, tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari — 18 tadan.
Bunda soha uchun qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlardan 880 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantirilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
7. Belgilab qoʻyilsinki, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqaruv xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi. Bunda:
(a) vazirlikning markaziy apparati xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining markaziy apparati xodimlari;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari xodimlari;
(v) tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari;
(g) Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlari;
(d) Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi xodimlariga Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari qoʻllanadi.
8. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
(a) Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni, shu jumladan, tibbiy yordamni tashkil etish bilan bogʻliq xizmatlarni nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi;
(b) Klinik audit inspeksiyasi boshligʻi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
9. “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi davlat muassasasining faoliyati tugatilsin. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur loyiha ofisiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi autsorsing asosida quyidagilar faoliyatini yoʻlga qoʻysin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
(a) aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qilish, ularni tezkor koʻrib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirishni taʼminlash maqsadida “Call-markaz”;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
(b) aholi va tibbiyot xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback).
11. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab tibbiyot assotsiatsiyalariga quyidagi vakolatlar berilsin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
(a) tibbiy yordam koʻrsatishni standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qayta koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
(b) Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining taklifiga koʻra statsionar tibbiyot tashkilotlarining tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini baholashda ishtirok etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
(v) tibbiyot xodimlarining malakasini baholash, sertifikatlash hamda qayta tayyorlash jarayonlarida mustaqil professional ekspert sifatida ishtirok etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
(g) tibbiy xizmatlar sifati boʻyicha mustaqil audit oʻtkazish, jamoatchilik va bemorlar qoniqish darajasini oʻrganishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
(d) sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni kiritish va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.10.00 Korxona rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish xususiyatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yildan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi statsionar xizmat koʻrsatuvchi respublika va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalariga rahbarlar quyidagi shartlar asosida lavozimga tayinlanadi:
(a) mehnat shartnomasi 5 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi;
(b) lavozimga tayinlangandan soʻng:
(i) olti oy muddatda tibbiyot muassasasini rivojlantirish dasturini (biznes-reja) ishlab chiqadi va Sogʻliqni saqlash vazirligida himoya qiladi;
(ii) bir yil muddatda tibbiyot menejmenti va moliyaviy boshqaruv boʻyicha malaka oshirishi talab etiladi;
(v) tibbiy amaliyot bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi (alohida hollarda sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan ilmiy-amaliy maqsadlar uchun tibbiy faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi mumkin);
(g) faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) (tibbiy xizmat sifati, moliyaviy intizom, boshqaruv samaradorligi, raqamlashtirish, kadrlar siyosati va boshqa koʻrsatkichlar) asosida baholanadi hamda belgilangan koʻrsatkichlarga erishilmagan taqdirda mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinadi.
13. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
(a) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan barcha tibbiyot muassasalarining shtat meʼyorlari ajratilgan mablagʻlar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va ular uchun tasdiqlangan shtat meʼyorlari tavsiyaviy hisoblanadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
(b) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan barcha tibbiyot muassasalari uchun ajratilgan mablagʻlarning yil yakuni boʻyicha qoldigʻi olib qoʻyilmaydi hamda keyingi moliya yili uchun muassasaning biznes-rejasini tuzishda inobatga olinadi.
III. Sohani raqamlashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
14. Hisob palatasi vazirlik va idoralarning mustaqil ekspertlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilgan holda uch oy muddatda sogʻliqni saqlash tizimidagi raqamlashtirish jarayonlarining samaradorligini baholash, amalga oshirilgan ishlar, moliyalashtirilgan loyihalar va ularning natijalarini kompleks auditdan oʻtkazsin. Bunda:
(a) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan sogʻliqni saqlash sohasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari va joriy loyihalarning samaradorligi va shartnomalar audit predmeti hisoblanadi;
(b) audit yakunlari boʻyicha samarali deb topilgan loyihalar davom ettiriladi, samarasiz deb topilgan loyihalar qayta koʻrib chiqiladi yoki bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
15. 2026-yil yakuniga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
(a) audit yakunlari boʻyicha istiqbolli axborot tizimlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
(b) sogʻliqni saqlash tizimida joriy etiladigan barcha axborot tizimlari, platformalar va raqamli yechimlar uchun yagona arxitektura, integratsiya standartlari, maʼlumotlar almashinuvi protokollari hamda axborot xavfsizligi talablarini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) davlat tibbiyot muassasalarida axborot tizimlarini bosqichma-bosqich toʻliq joriy etish, ularning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va yagona maʼlumotlar almashinuvini shakllantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(g) axborot tizimlaridan amaliy foydalanish darajasi, tibbiy xizmatlar sifati va boshqaruv samaradorligiga taʼsiri boʻyicha monitoring hamda baholash mexanizmlarini joriy etsin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
(d) tibbiyot xodimlarini axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha uzluksiz oʻqitish va malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratiladigan ajratmalarni avtomatik ravishda oʻtkazish imkoniyatini yaratsin.
17. Boshqaruv samaradorligi agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
(a) uch oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari xodimlarining malakasini egallab turgan lavozimi boʻyicha baholash tartibini tasdiqlasin;
(b) 2026-yil yakuniga qadar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
(i) Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining malakasini egallab turgan lavozimi boʻyicha baholasin;
(ii) baholash natijalariga koʻra hamda mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq xodimlarning lavozimga muvofiqligini taʼminlash, shu jumladan, ularni lavozimda qoldirish, rotatsiya qilish, qayta tayyorlash yoki mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmon talablaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
20. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilish, muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-may,
PF-77-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga 1-ILOVA
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari
1. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini joriy qilish koʻlamini kengaytirish, oilaviy tibbiyot yoʻnalishini rivojlantirish hamda tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish.
2. Sogʻliqni saqlash sohasida qonunchilikni tizimlashtirish orqali bemorlar huquqlarini taʼminlash hamda tibbiyot xodimlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish.
3. Inson resurslarini boshqarish, kadrlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, tibbiy taʼlim sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish.
4. Xalqaro standartlar asosida sohaga menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning ilgʻor amaliyotlarini hamda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini joriy etish.
5. Tibbiy xizmatlar xaridining barqaror, adolatli va samarali mexanizmlarini shakllantirish.
6. Sogʻliqni saqlash infratuzilmasini demografik koʻrsatkichlar, hududlarning geografik xususiyatlari va kasalliklar tarqalishini hisobga olgan holda modernizatsiya qilish.
7. Sohani raqamlashtirish va yagona raqamli ekotizimni yaratish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish.
8. Sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirib borish, natijaga qaratilgan moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish.
9. Sohada qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash hamda mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga 2-ILOVA
Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari
1. Aholiga sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash yoʻnalishida:
(a) aholiga oila tibbiyoti tamoyiliga asoslangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning yangi modelini bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy qilish;
(b) profilaktika va kasalliklarni erta aniqlash chora-tadbirlarini kengaytirish orqali aholi salomatligi koʻrsatkichlarini yaxshilash;
(v) klinik qoʻllanmalar (protokollar) va standart operatsion muolajalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifati va bemorlar xavfsizligini tizimli baholash va nazorat qilish boʻyicha klinik audit tizimini joriy etish;
(g) bemorlar marshrutiga asoslangan tibbiy xizmatlar koʻrsatishda yagona klinik boshqaruv va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish hamda barcha boʻgʻinlar oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
2. Tibbiy taʼlim, kadrlar tayyorlash va inson resurslarini boshqarish yoʻnalishida:
(a) tibbiy taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;
(b) kadrlar tayyorlash jarayoniga uch bosqichli mustaqil baholash tizimini joriy etish hamda taʼlim, ilm-fan va amaliyotning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
(v) xalqaro standartlar asosida uzluksiz kasbiy tibbiy taʼlim tizimini qayta tashkil etish;
(g) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining yagona elektron reyestrini shakllantirish hamda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish tizimini joriy etish;
(d) kadrlar ehtiyoji, taqsimoti va malaka darajasining elektron monitoringini yurituvchi inson resurslarini boshqarish tizimini yagona raqamli ekotizimga integratsiya qilish.
3. Strategik rejalashtirish va moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yoʻnalishida:
(a) sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli master reja ishlab chiqish hamda uni hududlar kesimida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
(b) tibbiy xizmatlarning strategik xaridini joriy etishda jon boshiga va davolangan holatlar boʻyicha moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish;
(v) tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish va iqtisod qilingan mablagʻlarni qayta investitsiya qilish mexanizmlarini joriy etish;
(g) davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektorni tibbiy xizmatlar koʻrsatish va infratuzilmani rivojlantirishga jalb qilish.
4. Sohani raqamlashtirish va yagona raqamli ekotizimni shakllantirish yoʻnalishida:
(a) barcha axborot tizimlari va platformalarni yagona arxitektura asosida integratsiya qilish hamda maʼlumotlar almashinuvining yagona standartlarini joriy etish;
(b) tibbiy hujjatlar, “sogʻliq xaritasi”, tibbiy xizmatlar, kadrlar va moliyaviy jarayonlarni raqamli platformalar orqali avtomatlashtirish hamda monitoring qilish mexanizmlarini joriy etish;
(v) qayta aloqa va “Sall-markaz”lar orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
(g) qaror qabul qilishda tahliliy maʼlumotlar va raqamli dashbordlardan foydalanishni taʼminlash hamda boshqaruv samaradorligini oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga 3-ILOVA
Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari
“Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi” davlat muassasasi
Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi
“Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi
“Xaridlar markazi” davlat muassasasi
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi” davlat muassasasi
Ilmiy-tadqiqot va tibbiyot taʼlimi muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari
“Call-markaz”
Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari va yordamchi tashkilotlar
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi respublika tashkilotlari
Kontent mediamarkazi
Xususiy va idoraviy tibbiyot tashkilotlari
Hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari va yordamchi tashkilotlar
Tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari hamda tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari
Tuman (shahar)lar markaziy shifoxonalari, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tugʻuruq majmualari, ixtisoslashtirilgan shifoxona va dispanserlar
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi tuman (shahar) tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-6221-son Farmoniga 3-ilovada:
(a) 3-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: I sinfga mansub tibbiy jihozlar muvofiqlik deklaratsiyasi asosida tan olish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
(a) 1-ilovaning “12. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi
Sogʻliqni saqlash vazirligi
1 404
1 404
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni
6
6
1.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
68
68
shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni
2
2
2.
Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
(i) 12.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
12.2
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Tibbiyot va farmatsevtika agentligi
Agentstvo po meditsine i farmatsevtike
”;
(ii) quyidagi mazmundagi 12.3-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
12.3
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Klinik audit inspeksiyasi
Klinik audit inspeksiyasi
Inspeksiya klinicheskogo audita
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-88-son Farmonida:
(a) 3-bandning “b” kichik bandi “XI” xatboshisi “tibbiyot brigadasi xodimlari” soʻzlaridan keyin “va oilaviy poliklinikalarning katta hamshiralari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 10-bandning birinchi xatboshisi “tibbiyot brigadasi xodimlarini” soʻzlaridan keyin “va oilaviy poliklinikalarning katta hamshiralarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-137-son Farmoniga 1-ilovaning 4-pozitsiyasida:
(b) “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov)” soʻzlari “Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qarorida:
(i) ikkinchi xatboshidagi “IT operator — hamshiralar” soʻzlari “IT operatorlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “IT operator — hamshiralar” soʻzlari “IT operatorlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalarining IT operatorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son Farmoni 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan ustama tatbiq etiladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarorida:
(b) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-14-son qarori 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazining hududiy omborlarini “Zarur saqlash amaliyoti — (GSP)” talablari asosida tashkil etsin va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan taʼminlasin”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorining 4-bandi oʻninchi xatboshisi “Mazkur bandga muvofiq” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladigan barcha hududlar uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-185-son qarorida:
(a) 4-bandi “z” kichik bandidagi “tibbiyot brigadasi xodimlarining” soʻzlari “tibbiyot brigadasi xodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 16-bandi “b” kichik bandidagi “tibbiyot brigadasi xodimlariga” soʻzlari “tibbiyot brigadasi xodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qarorida:
(a) 25-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(b) 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
1.
Bolalar saratoni bilan kurashish boʻyicha milliy rejani tasdiqlash.
1. 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasi konsepsiyasi asosida Bolalar saratoniga qarshi kurashishning 2026 — 2035-yillarga moʻljallangan milliy rejani ishlab chiqish.
2025-yil avgust
-
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-49-son qaroriga 9-ilova quyidagi mazmundagi 301-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
301.
Toshkent viloyati Bekobod shahrida Xitoy tabobati asosida tibbiyot klinikasi tashkil etish loyihasini amalga oshirish.
Xitoy davlatining “Xebei Shungvei” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod shahar hududida qiymati 20 mln dollarlik Xitoy tabobati asosida tibbiyot klinikasi tashkil etish loyihasini amalga oshirishni kelgusida tasdiqlanadigan sogʻliqni saqlash tizimining master rejasi talablari asosida qayta koʻrib chiqish.
2028-yil yakuniga qadar
-
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(E. Adilov),
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev)
”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 263-son qarorining 3-bandi toʻqqizinchi xatboshisida “tan olinadigan” soʻzlaridan keyin “Universitet diplomi va (yoki)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 492-son qarorining 6-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga inson resurslarini boshqarishga oid barcha maʼlumotlar va hujjatlarni elektron platforma orqali shakllantirish hamda yuritish xizmati bepul koʻrsatiladi”;
15. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 758-son qarorida:
(i) “Ish kuni muddati, soat” ustuni 35 — 38 pozitsiyalar, 39-pozitsiyaning “a” va “b” kichik bandlari, 40 va 41-pozitsiyalaridagi “5” raqami “30*” raqami bilan almashtirilsin;
(ii) “Ish kuni muddati, soat” ustuni 39-pozitsiyasining “v” kichik bandidagi “4” raqami “24*” raqami bilan almashtirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“* Ish haftasi muddati, soatlarda.”.
17. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 384-son qarorida:
“8. 2026-yil 1-apreldan oilaviy poliklinikalarda ish vaqti besh kunlik ish haftasi tartibida — dushanba — juma kunlari soat 08-00 dan 16-00 gacha etib belgilanadi.
Bunda:
2-tip oilaviy poliklinikalarda dushanba — juma kunlari 16-00 dan 20-00 gacha, shuningdek, dam olish (shanba) kunlari 08-00 dan 14-00 gacha belgilangan tartibda ish haqi toʻlanadigan bir nafardan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimidan iborat navbatchilik tashkil qilinadi;
2-tip oilaviy poliklinikalarning navbatchi tibbiyot xodimlari 1-tipdagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy poliklinika filiallari aholisiga ham tibbiy xizmatlar koʻrsatadi”;
(ii) 17-banddagi “qonunchilikda belgilangan tartibda” soʻzlari “50 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v) oliy toifali oʻrta tibbiyot xodimlariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi, 1-toifali oʻrta tibbiyot xodimlariga — 30 foizi, 2-toifali oʻrta tibbiyot xodimlariga — 10 foizi, toifasiz oʻrta tibbiyot xodimlariga — 5 foizi miqdorida ustamalar toʻlanadi.
Bunda ushbu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-88-son Farmoni 2-bandiga asosan 2025-yil 1-iyuldan hamda 2026-yil 1-yanvardan boshlab sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etilgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida 2027-yil 1-yanvarga qadar amalda boʻladi”.
(v) 7-ilovaning 21-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Autsorser tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga koʻra shartnoma muddati qoʻshimcha bir yil muddatga uzaytirilishi mumkin”.
19. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
(i) birinchi xatboshidagi “choraklik (yillik) hajmi qoldigʻi bilan solishtiriladi” soʻzlari “davriy (oylik, choraklik yoki yillik) hajmi qoldigʻi bilan solishtiriladi (homiladorlik davridagi va bolalar patologiyalari, orfan, irsiy-genetik kasalliklar hamda bemorni tegishli yoʻllanma asosida birlamchi qabul qilgan tibbiyot tashkilotidan boshqa tibbiyot tashkilotiga oʻtkazish uchun imtiyozli yoʻllanma rasmiylashtirish bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) toʻrtinchi xatboshidagi “chorakka (yilga)” soʻzlari “oyga (chorakka yoki yilga)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) beshinchi xatboshidagi “chorakda” soʻzi “oyda (chorakda yoki yilda)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“homiladorlik davridagi va bolalar patologiyalari, orfan, irsiy-genetik kasalliklar hamda birlamchi qabul qilgan tibbiyot tashkiloti tomonidan yoʻllanmani shakllantirishda maqsadli rejalashtirilgan mablagʻ yetarli boʻlmagan taqdirda, davolash xarajatlari Jamgʻarma tomonidan Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son; 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)