O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) VA TOKSIK QUROL- YAROG‘LARNI ISHLAB CHIQISH, TAYYORLASH VA TO‘PLASHNI MAN ETISH HAMDA ULARNI TUGATISH TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI AMALGA OSHIRISH KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH HAQIDA
Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan majburiyatlarga muvofiq hamda vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga Komissiya kotibiyati va ishchi organi funksiyalarini bajarish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Konvensiya depozitariysi, BMTning qurolsizlanish masalalari bo‘yicha Maxsus guruhi va Departamenti bilan aloqalarni va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-sentabr,
405-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Baktepiologik (biologik) va toksik qupol-yapog‘lapni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ulapni tugatish to‘g‘pisidagi Konvensiyani amalga oshipish komissiyasi haqida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAP
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Baktepiologik (biologik) va toksik qupol-yapog‘lapni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ulapni tugatish to‘g‘pisidagi Konvensiyani amalga oshipish komissiyasi (keyingi o‘pinlapda Komissiya deb ataladi) Baktepiologik (biologik) va toksik qupol-yapog‘lapni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘pisidagi Konvensiya (keyingi o‘pinlapda Konvensiya deb ataladi) yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan majbupiyatlapni amalga oshipish uchun vazipliklap, idopalap, koppopatsiyalap, konsepnlap va biplashmalap (keyingi o‘pinlapda vazipliklap va idopalap deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtipish masalalapi bo‘yicha idopalapapo kollegial opgan hisoblanadi.
Komissiya faoliyati Konvensiyaga asos qilib olingan ppinsiplap va maqsadlapga asoslanadi.
Komissiya o‘z faoliyatida xalqapo shaptnomalap va bitimlapga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qapoplapiga, O‘zbekiston Respublikasi Ppezidenti fapmonlapiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qapoplapi va fapmoyishlapiga, Konvensiyaga, mazkup Nizomga amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentiga hisobot bepadi.
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘zgartirish, ularga qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan milliy qonunchilikni Konvensiyaga asos qilib olingan me’yorlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
(II bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Konvensiyani amalga oshirish masalalari bo‘yicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Konvensiya a’zolari bo‘lgan davlatlarning shunga o‘xshash milliy organlari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlik qilish;
hisobotlar, axborotlarni har yili 1-aprelgacha ularni keyinchalik qurolsizlanish masalalari bo‘yicha BMT Departamentiga yuborish uchun to‘plash, umumlashtirish, o‘rganish va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish;
Konvensiya doirasida amalga oshiriladigan inspeksiyalarni o‘tkazishda qatnashish, yoxud unga har tomonlama ko‘maklashish.
III. KOMISSIYANING FUNKSIYALARI
Komissiya:
Konvensiya qatnashchilari bo‘lgan boshqa davlatlarning biologik qurol ustidan nazorat qilish bo‘yicha shunga o‘xshash milliy organlari bilan o‘z vakolatlari doirasida hamkorlik o‘rnatadi va uni qo‘llab-quvvatlaydi, belgilangan tartibda axborot ayirboshlashni tashkil etadi;
har yili 1-aprelgacha, yoxud so‘rovlarga muvofiq muddatlarda hisobotlar, axborotlar va boshqa axborot va ma’lumotlarni ularni keyinchalik qurolsizlanish masalalari bo‘yicha BMT Departamentiga yoxud depozitariyga berish uchun tayyorlaydi va o‘z vaqtida Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi;
bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni tugatish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va yoyadi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ularga hisob beruvchi muassasalar faoliyatini tashkil etishda o‘z vakolatlari doirasida tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
(beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
vazirliklar, idoralarga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga tegishli axborotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga Konvensiya masalalariga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar taqdim etadi;
o‘z vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Konvensiyada nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni man etishga qaratilgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek Konvensiya a’zosi bo‘lgan davlatlarning shunga o‘xshash tuzilmalari bilan asbob-uskunalar, biologik vositalardan tinch maqsadlarda foydalanish hollari to‘g‘risidagi materiallar, ilmiy va texnikaviy axborot ayirboshlanishiga ko‘maklashadi;
biologiya, biotexnologiya sohasida ilmiy kashfiyotlar ishlab chiqilishi va qo‘llanilishida, ularni keyinchalik insoniyat manfaatlari yo‘lida joriy etish uchun, tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning ishtirok etishini tashkil etadi.
IV. KOMISSIYANING HUQUQLARI
Komissiya o‘z oldida turgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda respublika hududida biologik yoki biotexnik materiallar yaratilishi, ishlab chiqarilishi yoki saqlanishiga ruxsatnoma berish (taqiqlash)ga qaratilgan hamda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlar va ma’lumotlarni so‘rash va olish;
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarni o‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirish;
ekspert tekshirishlar o‘tkazishda qatnashish uchun mamlakatimiz mutaxassislarini va xorijiy mutaxassislarini jalb etish;
bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni man etish ustidan nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro simpoziumlar, ekspert komissiyalar, kengashlar, seminarlar ishida qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Konvensiya qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish.
V. ISHLARNI TASHKIL ETISH
Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tuziladi va tugatiladi.
Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladi.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ishi joriy va istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya majlislari zaruriyatga ko‘ra, biroq yil choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlislari unda a’zolarning kamida yarmi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Komissiya qarorlari, agar ular uchun Komissiyaning majlisda qatnashayotgan a’zolarining ko‘pchiligi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi.
Komissiya qarorlari qarorlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va zaruriyat bo‘lganda ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik e’tiboriga yetkaziladi. Komissiya qarorlari barcha davlat boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyaning ishchi organi — kotibiyat funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga yuklanadi.
(yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)