1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING DORIXONA MUASSASALARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-sonli “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bozor munosabatlarini keng joriy etish va chuqurlashtirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, respublika aholisini dori-darmonlar bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining “Farmatsiya” respublika ishlab chiqarish birlashmasini “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasiga (ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga) aylantirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Uyushma tarkibiga quyidagilar kiradi:
respublika dorixona ombori negizida tashkil etiladigan aksionerlik jamiyati;
“Farmatsiya” hududiy ishlab chiqarish birlashmalari negizida tashkil etiladigan hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari (ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari);
respublika dorixona muassasalari negizida tashkil etiladigan xususiy, jamoa va aksionerlik dorixonalari 1-ilovaga* muvofiq.
ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyati masalalarini toʻliq xoʻjalik hisobi qoidalari asosida mustaqil hal qiladi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira fondlarini va boshqa fondlarni tashkil etadi;
aholini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishni, dorixona muassasalarining farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni taʼminlaydi;
oʻz faoliyatini qatnashchilarning pay va kirish badallari asosida hamda ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar doirasida tashkil etadi;
dori-darmonlarni qabul qilib olish, saqlash, hisobga olish hamda sotish masalalari boʻyicha uslubiy, yoʻriqnoma va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning sifatini nazorat qiladi;
dori-darmonlar bilan taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
(2-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-aprel 185-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, bevosita davolash-profilaktika muassasalarini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlaydigan shifoxonalar ichidagi budjet va xoʻjalik hisobidagi dorixonalar xususiylashtirilmaydi, ularda dori-darmonlar bilan davlat tomonidan taʼminlashning mavjud tartibi saqlanib qoladi.
4. “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi faoliyatiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasida saqlab qolinsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtmagan dori-darmonlarni tayyorlashga, sotib olishga, saqlashga va aholiga sotishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi tarkibida maxsus nazorat-analitik xizmat tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va vazirlik huzuridagi Farmakologiya qoʻmitasi zimmasiga ekspertizaning belgilangan talablarini soʻzsiz bajarish hamda dori-darmonlar va preparatlardan foydalanishga ruxsatnomalar berish boʻyicha javobgarlik yuklatilsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar 2 oy muddatda, xususiylashtirish boshlangunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining dorixona muassasalari egallab turgan binolar, inshootlar va xonalarni ularning balansiga oʻtkazish masalasini hal qilsinlar hamda ularga mulk egasi huquqini bersinlar.
6. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyati istiqbolini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat buyurtmasini hisobga olgan holda, mustaqil belgilaydi, bozor konyunkturasini tahlil etishni taʼminlaydi, marketing xizmatlari koʻrsatadi, davlat va boshqa organlarda oʻz taʼsischilarining (xususiy, jamoa va aksionerlik dorixona muassasalarining) manfaatlarini ifodalaydi.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
dorixona muassasalarini qaytadan tuzishda mulkchilikning aksionerlik, jamoa va xususiy shakllari ustuvor hisoblanadi;
shahar va tuman markaziy dorixonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi, ularning mehnat jamoalari, chakana savdo dorixona muassasalari negizida tashkil etilgan aksionerlik, jamoa va xususiy dorixonalar, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining qatnashchilari boʻlishi mumkin;
xususiy va aksionerlik dorixona muassasalari oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini mustaqil belgilaydilar. Qayta tuzilgan dorixona muassasalari belgilangan tartibda davlat, kooperativ korxonalar, firmalar hamda respublikaning va oʻzga davlatlarning boshqa yuridik va jismoniy shaxslari bilan dori-darmonlarni va qoʻllanishga ruxsat etilgan boshqa tovarlarni erkin narxlarda yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzadilar. Dori-darmonlarni, tibbiyot buyumlarini sotish va aholiga nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatish ular tomonidan erkin shartnomaviy narxlarda amalga oshiriladi.
8. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllaridan qatʼi nazar, dorixona muassasalarini sotib oluvchi davlat yuridik va jismoniy shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar berilsin.
Obyektlarning sotib olish bahosini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-iyundagi 261-son qarorining amal qilishi xususiylashtirilayotgan dorixona muassasalariga tatbiq etilmasin.
9. Xususiy dorixonalar; aksionerlik dorixona muassasalari; hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari; “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomlar hamda dorixona muassasalarining mulkchilik shakli oʻzgargan taqdirda tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisidagi bitim-shartnoma shakli 2,3,4, 5, 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda statsionarda va ambulatoriyada kafolatli davolashni taʼminlash uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarining asosiy turlari (davlat buyurtmasi) roʻyxatini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
“Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi va hududiy birlashmalar dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarining koʻrsatib oʻtilgan turlari boʻyicha sogʻliqni saqlash organlari davlat buyurtmalarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi 15-son qarori 1-ilovasida belgilangan hayotiy muhim dori-darmonlarning chakana narxlarining cheklangan miqdorlari bekor qilinsin, 1994-yilning 1-aprelidan boshlab ularga shartnomaviy (erkin) narxlar joriy qilinsin.
Dori-darmonlar bilan imtiyozli taʼminlashning yangi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi 15-son qarori 2-bandiga muvofiq, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, respublikaning barcha dorixona muassasalarida dori-darmonlarni imtiyozli sotish tartibi hamda dori-darmonlar bilan imtiyozli taʼminlash xarajatlarini qoplash tartibi saqlab qolinsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va tijorat banklari:
xususiy va aksionerlik dorixonalariga umumiy ravishda belgilangan foizli stavkalar boʻyicha uch yilgacha muddatga kreditlar ajratishni nazarda tutsinlar;
kredit resurslari ajratish uchun uyushma tizimining investitsiya loyihalarini qisqa muddatlarda koʻrib chiqishni taʼminlasinlar;
dorixona muassasalarining pul mablagʻlarini dori-darmonlar yetkazib beruvchi davlatlar valyutasiga konvertatsiyalashda uyushmaga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklansin. Qarorning qanday bajarilayotgani 1994-yilning iyulida majmua majlisida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-mart,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasidagi xususiy (xususiylashtirilgan) dorixona muassasalari faoliyati toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
1. Dorixonalarni xususiylashtirish aholi va sogʻliqni saqlash muassasalarining dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy shaxslarning investitsiyalarini jalb qilish asosida amalga oshiriladi.
2. Xususiy mulkka aylantirilgan dorixona oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik va savdo faoliyati sohasini oʻzgartirish huquqiga ega emas. Bunda uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan faoliyatining boshqa turlari cheklanmaydi.
3. Dorixona unga hokimlikda davlat orderi berilgandan soʻng yuridik shaxs hisoblanadi va ustav fondini tashkil qiluvchi asosiy hamda aylanma mablagʻlardan iborat alohida mol-mulkka ega boʻladi. Dorixona banklarda schyotlarga, oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrt burchak muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Dorixona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, mazkur Vaqtinchalik nizomga va tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisidagi Bitim-shartnomaga amal qiladi.
5. Dorixona oʻzining asosiy maqsadini roʻyobga chiqarish uchun faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi; yuqori sifatli dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari, zardoblar, vaksinalar, dorivor oʻsimliklar, tibbiyot texnikasi va optika buyumlari va gigiyena ashyolari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va vitaminga boy mahsulotlar bilan taʼminlash hamda ularni ishlab chiqarish, sotish (shu jumladan, imtiyozli retseptlar boʻyicha).
6. Dorixonalarda zaharli-narkotik preparatlarni ishlab chiqarish, olish, saqlash va sotish taqiqlanadi.
7. Dorixonaga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish huquqi beriladi:
vatanimizda va xorijda ishlab chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoʻllashga ruxsat etgan dori-darmonlarni yetkazib berish borasida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xorijiy firmalar va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan shartnoma, kontrakt va bitimlar tuzish;
yuridik harakatlarni, kredit va bank operatsiyalarini amalga oshirish, xoʻjalik hamda hakamlik sudida daʼvogar va javobgar sifatida qatnashish;
xususiy dorixona egasi aksionerlik dorixona muassasalarining taʼsischisi boʻlishi mumkin, shuningdek, oʻz filiallarini taʼsis qilish huquqiga egadir.
8. Dorixona dori-darmonlar, tibbiyot buyumlarini yetkazib beruvchining narxlari boʻyicha xarid qiladi va ustama (qoʻshimcha haq)ni belgilangan tartibda qoʻllab, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, aholiga erkin shartnomaviy narxlarda sotadi va boshqa xizmatlar koʻrsatadi.
9. Tovarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma uni yetkazib berish uchun asos boʻladi. Shartnomaga mahsulotni yetkazib beruvchi, tayyorlovchi, tovarlarning sifati, miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar albatta kiritilishi kerak.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Farmakologiya qoʻmitasi ruxsat etgan va roʻyxatga olgan dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari hamda boshqa tovarlar sifatiga muvofiqligi boʻyicha toʻliq laboratoriya tahlilidan oʻtgach xarid qilinishi va sotilishi kerak.
11. Sotilayotgan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari sifati uchun javobgarlik dorixona egasi zimmasiga yuklatiladi.
12. Dorixonada tayyorlanadigan va sotiladigan dori-darmonlar sifatini nazorat qilishni “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasining nazorat-analitik xizmati va uning hududiy birlashmalari amalga oshiradi.
13. Dorixonaning daromadi dori-darmonlarni va taqiqlanmagan boshqa tovarlarni sotish, xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, shuningdek, dori-darmonlar bilan imtiyozli taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun budjet tashkilotlaridan tushgan pullar hisobiga shakllantiriladi.
14. Daromad, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng, dorixona ixtiyorida qoladi va dorixona foydani ishlatish yoʻnalishini mustaqil belgilaydi.
15. Dorixona egasining xodimlar bilan oʻzaro mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligiga muvofiq shartnoma-bitimga, kontraktlarga asoslanadi.
16. Dorixona buxgalteriya hisobotini amalga oshiradi va oʻz faoliyati natijalarini hisobga olib boradi, ularni tegishli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
17. Dorixonaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma-bitimda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
18. Dorixonani tugatish amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi aksionerlik dorixona muassasalari faoliyati tartibi toʻgʻrisida
1. Aksionerlik dorixona muassasalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar.
2. Aksionerlik dorixonalari (jamiyatlari)ning mehnat jamoalari, aksionerlik, jamoa, oilaviy, xususiy dorixonalar aksionerlik dorixonalari (jamiyatlari)ning qatnashchilari boʻlishi mumkin.
3. Aksionerlik dorixona muassasalari ishlab chiqarish-xoʻjalik va savdo faoliyatini toʻla xoʻjalik hisobi asosida mustaqil amalga oshiradilar.
4. Aholi hamda sogʻliqni saqlash muassasalarining dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish aksionerlik dorixona muassasalarining asosiy maqsadi hisoblanadi.
5. Aksionerlik dorixona muassasalari shartnoma amalda boʻladigan butun muddatda oʻzlarining ishlab chiqarish-xoʻjalik va savdo faoliyati turini oʻzgartirmasliklari kerak.
6. Tadbirkorlikni rivojlantirish asosida dorixona muassasalarini dori-darmonlar bilan boyitish hamda aholi va sogʻliqni saqlash muassasalarini dori-darmonlar bilan taʼminlash darajasini oshirish aksionerlik dorixonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
7. Aksionerlik dorixonalari farmatsevtika instituti talabalarining va provizorlar malakasini oshirish fakulteti tinglovchilarining ishlab chiqarish praktikasi va stajirovkasi oʻtkaziladigan negiz boʻlishi mumkin.
8. Aksionerlik dorixona muassasalari oʻz nomlari yozilgan toʻrt burchakli muhrga, muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladilar.
II. Aksionerlik dorixona muassasalarini tashkil etish tartibi
9. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar, qoʻshma korxonalar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar aksionerlik dorixona muassasalarining taʼsischilari boʻlishlari mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyun 272-sonli qarori tahririda)
10. Aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan dorixona muassasalari oʻzlarining ishlab chiqarish-xoʻjalik va savdo faoliyati turini oʻzgartirish huquqiga ega emaslar. Bunda ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlari cheklanmaydi.
11. Dorixona muassasalari davlat orderini olish uchun uning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi qarorni Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga taqdim etadilar.
12. Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari dorixona muassasalari arizalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadilar.
13. Aksionerlik dorixona muassasasi unga davlat orderi berilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi va yuridik shaxs huquqini qoʻlga kiritadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarni ochadi.
14. Aksionerlik dorixona muassasasi mulk tarkibiga oʻzgartirishlarni mustaqil kiritish (shu jumladan, aksiyalar chiqarish), uning qiymatini oshiruvchi qayta oʻzgartirish, kengaytirish, texnik qayta jihozlashni oʻtkazish huquqiga ega.
15. Aksiya va obligatsiyalarni chiqarish, harakati va hisobga olish masalalari aksionerlik dorixona muassasalarining boshqaruv organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.
Aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror aksionerlik dorixona muassasalarining taʼsischilari yoki aksionerlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yil 2-fevralda tasdiqlagan Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlarining qiymatli qogʻozlarini chiqarish va qayd etish toʻgʻrisidagi 11-son yoʻriqnomaga muvofiq qiymatli qogʻozlarning dastlabki emissiyasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
— qiymatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida emitent tomonidan qaror qabul qilish;
— qiymatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
— qiymatli qogʻozlarni tarqatish.
Qiymatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularni hisobga olish Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyalar:
— imtiyozli (ovoz berish huquqisiz), oddiy (ovoz berish huquqi bilan);
— boshqa aksionerlarning roziligisiz qoʻldan-qoʻlga oʻtuvchi boʻlishi mumkin.
Aksiyalarni chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin aksiyalarni tayyorlash boʻyicha buyurtma aksiyalarni chiqarish uchun davlat litsenziyasiga ega boʻlgan muassasalarga beriladi.
Aksiyalarni mehnat jamoalari va boshqa aksionerlarga tarqatish aksiyalarga yozilish asosida amalga oshiriladi.
Aksiya olgan aksionerlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan aksionerlarni roʻyxatga olish reyestr daftariga yozib qoʻyiladi.
Aksiyalarning sotilmay qolgan qismi qonunda belgilangan tartibda saqlashga qoʻyiladi.
III. Xoʻjalik faoliyati
16. Aksionerlik dorixona muassasasi mulkchilikning aksionerlik shaklidagi faoliyatini toʻliq xoʻjalik hisobi prinsiplarida amalga oshiradi.
17. Aksionerlik jamiyatining mulkini asosiy vositalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati mustaqil balansda aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil qiladi.
18. Aksionerlik dorixona muassasasi oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini mustaqil belgilaydi, boshqa davlat, kooperativ, jamoa korxonalari, firmalari, shuningdek, alohida shaxslar bilan dori-darmonlar va qoʻllashga ruxsat etilgan boshqa tovarlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni mehnat va konsignatsion bitim (kontrakt)larga muvofiq belgilangan tartibda tuzadi.
19. Aksionerlik dorixona muassasasi dori-darmonlar, tibbiyot buyumlarini, shartnomalarga muvofiq mahsulotlarni yetkazib beruvchining narxlarida oladi va ustama (qoʻshimcha haq)ni belgilangan tartibda qoʻllab, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, aholiga erkin shartnomaviy narxlarda sotadi va boshqa xizmatlar koʻrsatadi.
20. Aholiga dori-darmonlarni, tibbiyot buyumlarini, zardoblarni, vaksinalarni, dorivor oʻsimliklarni, tibbiyot texnikasi va optikasi buyumlarini, attorlik-pardoz mollarini, sanitariya va gigiyena predmetlarini, bolalar oziq-ovqatlarini, vitaminlashtirilgan mahsulotlarni sotishdan va xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy shaxslarning pay badallari, xayriya mablagʻlari, shuningdek, konsignatsion bitimlar, kontraktlar boʻyicha olingan dori-darmonlarni, tibbiyot buyumlarini sotishdan olingan daromadlar hamda dori-darmonlar bilan imtiyozli taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun budjet tashkilotlaridan tushgan pullar aksionerlik dorixona muassasalari mablagʻlarini koʻpaytirish va shakllantirish manbalari hisoblanadi.
21. Aksionerlik dorixona muassasalariga, mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish va mahsulot (ish, xizmat) sifatini yaxshilashga doir majburiyatlarni inobatga olgan holda, bank muassasalari tomonidan kreditlar va avanslar berilishi mumkin.
22. Soliqlar toʻlangandan soʻng aksionerlik dorixona muassasalari ixtiyorida qoladigan daromadlarning olib qoʻyilishi mumkin emas va u aksiya egalari tomonidan tegishli fondlarga mustaqil taqsimlanadi.
23. Aksionerlik dorixona muassasalari dastlabki buxgalteriya hisobini dorixona muassasalari uchun belgilangan shakl boʻyicha yuritadilar va balansni soliq organlariga belgilangan tartibda taqdim etadilar.
IV. Aksionerlik mulki sharoitlarida boshqarish
24. Aksionerlik dorixona muassasasining yuqori boshqaruv organi aksionerlarning umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
Umumiy majlisning mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:
aksionerlik dorixona muassasasining Ustavini tasdiqlash va oʻzgartirish;
ustav fondini tasdiqlash va oʻzgartirish;
aksionerlik dorixona muassasasi boshqaruvini saylash va uni tasdiqlash, aksionerlik dorixona muassasasi raisini saylash va lavozimidan ozod qilish;
taftish komissiyasini saylash, uning toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
dorixona muassasasi faoliyatini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
aksionerlik dorixona muassasasining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
25. Rais aksionerlik dorixona muassasasining joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi.
26. Taʼsis shartnomasi tuzilib, aksionerlik dorixona muassasasining Ustavi tasdiqlangach mazkur Vaqtinchalik nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
V. Dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari va boshqa tovarlarni yetkazib berish, xarid qilish hamda sotish tartibi
27. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Farmakologiya qoʻmitasi ruxsat etgan va roʻyxatga olgan dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari hamda boshqa tovarlar sifatiga muvofiqligi boʻyicha toʻliq laboratoriya tahlilidan oʻtgach xarid qilinishi va sotilishi kerak.
28. Dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari va boshqa mollarni xarid qilish, yetkazib berish bevosita tayyorlovchilardan, savdo-vositachilik firmalaridan (shu jumladan, hududiy birlashmalar omborlari tomonidan), kichik, qoʻshma korxonalardan hamda litsenziyaga ega boʻlgan xususiy shaxslardan tovar almashish, naqd pulsiz hisob-kitob yoʻli bilan yoki joriy tushumlardan bank muassasalari bilan kelishilgan hajmlarda naqd pulga, konsignatsion bitim (kontrakt)lar boʻyicha yoki pay badallari, xayriyalar va shu kabilar hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
29. Tovarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma uni yetkazib berish uchun asos boʻladi. Shartnomaga mahsulotni yetkazib beruvchi, tayyorlovchi, tovarlarning sifati, miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar albatta kiritilishi kerak.
30. Shartnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi uchun javobgarlik aksionerlik dorixona muassasasining rahbari va mahsulot yetkazib beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
31. Tovarga ilova qilingan hujjatlar asosida belgilangan tartibda tuzilgan qabul dalolatnomasi tibbiy va boshqa tovarlarni kirim qilish uchun asos boʻladi.
32. Dori-darmonlar, tibbiyot buyumlarining kelib tushishini hisobga olish ularning kelib tushishiga koʻra yetkazib beruvchi, shartnoma, tovarlarning sifati, seriyasi, miqdori hamda kelib tushgan sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi hisob daftarida yuritiladi.
33. Dori-darmonlarni sotish respublikadagi dorixona muassasalari uchun belgilangan amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Dori-darmonlarni valyutaga sotish va valyutadagi tushumni hisobga olish belgilangan tartibda yuritiladi.
Dori-darmonni aholiga imtiyozli retseptlar boʻyicha sotish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
34. Dori-darmonlarni valyutaga sotish uchun litsenziyaga ega boʻlgan aksionerlik dorixona muassasalarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining barcha talablariga va valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi tegishli hujjatga rioya qilishlari kerak.
VI. Aksionerlik dorixona muassasalaridagi mehnat va unga haq toʻlash
35. Mehnat jamoasi aʼzolarining mehnat munosabatlari mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Mehnat jamoasining imkoniyatlardan toʻliq foydalanishdan iqtisodiy manfaatdorligi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishning amaliy tizimiga, mehnat meʼyori bilan unga haq toʻlash oʻrtasidagi aloqani mustahkamlashga asoslanadi.
36. Aksionerlik dorixona muassasalari xodimlarni yollash va ishdan boʻshatish tartibini, ish kuni tartibini, ishning smenaliligini mehnat toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilaydilar.
37. Davlat dorixona muassasasi mulkining aksionerlik mulkiga aylantirilishi munosabati bilan ishdan boʻshatiladigan xodimlarga davlat korxonasi qayta tuzilgan yoki tugatilganda ishdan boʻshatiladigan xodimlar uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlar kafolatlanadi.
38. Aksionerlik dorixona muassasasi ijtimoiy rivojlantirish fondi mablagʻlarini sarflash tartibini mustaqil belgilashga, shu jumladan, mehnat jamoasi aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlarni va kafolatli eng kam ish haqini (kasaba uyushmasi organlari bilan kelishuvga koʻra tarmoqdagi eng kam tarif stavkasi darajasini) joriy qilishga haqlidir.
39. Aksionerlik dorixona muassasasi ijtimoiy sugʻurta, ish bilan taʼminlash fondlariga va boshqa fondlarga toʻlovlarni belgilangan tartibda toʻlaydi.
VII. Aksionerlik dorixona muassasalari faoliyatini nazorat qilish
40. Aksionerlik dorixona muassasalari faoliyatini nazorat qilishni muassasalarning taftish komissiyasi va soliq organlari amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 4-ILOVA
Hududiy davlat-aksionerlik birlashmasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Hududiy davlat-aksionerlik birlashmasi (keyingi oʻrinlarda Birlashma deb ataladi) viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Farmatsiya” ishlab chiqarish birlashmalarining huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Birlashma ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tarzida tashkil etiladi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, aksionerlik shahar va tuman markaziy dorixonalari, dorixona muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning jismoniy, yuridik shaxslari uning qatnashchilari hisoblanadilar.
4. Birlashma yuridik shaxs hisoblanadi, moliya-kredit muassasalarida tegishli schyotlar ochadi, oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrt burchak muhrga ega boʻladi.
5. Birlashma belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
6. Aksiya va obligatsiyalar chiqarish, ularning harakati hamda ularni hisobga olish masalalari birlashma boshqaruv organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
Aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror birlashma taʼsischilari yoki aksionerlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Qiymatli qogʻozlarning dastlabki emissiyasi aʼmollari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1993-yil 2-fevralda tasdiqlangan Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlarining qiymatli qogʻozlarini chiqarish va qayd etish toʻgʻrisidagi 11-son “Yoʻriqnoma”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Qiymatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularni hisobga olish Moliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyalar:
— imtiyozli (ovoz berish huquqisiz), oddiy (ovoz berish huquqi bilan);
— boshqa aksionerlarning roziligisiz qoʻldan-qoʻlga oʻtuvchi boʻlishi mumkin.
Aksiyalarni mehnat jamoalarida va boshqa aksionerlarga taqsimlash aksiyalarga yozilish asosida amalga oshiriladi.
Aksiya olgan aksionerlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan aksionerlarni roʻyxatga olish reyestr daftariga yozib qoʻyiladi.
Aksiyalarning sotilmagan qismi qonunda belgilangan tartibda saqlashga qoʻyiladi.
7. Ustav tasdiqlangunga qadar davlat-aksionerlik birlashmasi oʻz faoliyatida mazkur Vaqtinchalik nizomga amal qiladi.
II. Birlashmaning maqsadi va faoliyat turi
8. Birlashma viloyat aholisini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.
9. Birlashma asosiy maqsadga erishish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
aksionerlik, jamoa dorixona muassasalari huquqlarini himoya qilishni taʼminlash, davlat organlari va boshqa organlarda umumiy manfaatlarni ifodalash;
bozor konyunkturasini tahlil qilish, marketing faoliyatini amalga oshirish;
dori-darmonlar toʻgʻrisidagi axborotning hududiy tizimini tashkil etish;
dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
dorixona muassasalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirilayotganda ularga va ularning faoliyatiga yordam koʻrsatish;
aholining dori-darmonlarga va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida pul mablagʻlari (investitsiyalar)ni, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning va fuqarolarning pul mablagʻlari (investitsiyalari)ni jalb qilish, dori-darmonlar savdosi va taʼminoti tizimini takomillashtirish;
aholini va davolash-profilaktika muassasalarini dori-darmonlar bilan taʼminlashning tashkil etilishi va tartibini, dori-darmonlar sifatini, aksionerlik dorixona muassasalarida, jamoa va xususiy dorixonalarda dorishunos kadrlarni qayta tayyorlashni nazorat qilish.
III. Birlashmaning mol-mulki
10. Qayta tuzilayotgan “Farmatsiya” ishlab chiqarish birlashmasining asosiy va aylanma mablagʻlari, dorixona muassasalarining aksiyalari, paylari, ulushlari Birlashmaning mol-mulkini tashkil etadi.
35 foiz miqdordagi aksiyalar paketi davlat mulkchiligida saqlanadi va davlat aksionerlik uyushmasiga oʻtkaziladi.
11. Quyidagilar birlashma mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
hududiy davlat-aksionerlik birlashmasining taʼsis etilgan vaqtdagi ustav fondi qayta tuzilayotgan “Farmatsiya” ishlab chiqarish birlashmasining va shifoxonalarning xoʻjalik hisobidagi dorixonalarining mol-mulki, shahar, tuman markaziy dorixonalarining va boshqa aksionerlik dorixona muassasalarining davlatga tegishli aksiyalari;
taʼsischilarning pul va moddiy badallari;
mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, dori-darmonlar bilan imtiyozli taʼminlashning oʻrnini qoplash uchun budjet tashkilotlaridan tushgan pullar va shu kabilar;
tashkilotlar va fuqarolarning begʻaraz va hayriya badallari, xayr-ehsonlari.
12. Birlashma oʻzining mulki hisoblangan ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni taʼsischilar bilan kelishgan holda sotishga, ijaraga berishga haqlidir.
IV. Birlashmaning huquq va vazifalari
13. Birlashma oʻz maqsadlariga erishish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
ham respublikada, ham chet elda yuridik shaxslar va fuqarolar bilan oʻz nomidan shartnomalar, kontraktlar tuzish;
moliya-kredit muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlar ochish hamda ular orqali milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
milliy va chet el valyutasidagi kreditlardan foydalanish;
uyushmalar, konsernlar va boshqa birlashmalarga kirish, xorijiy sheriklar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar tashkil etish;
oʻzining savdo korxonalari, shuʼba korxonalari, firmalarini (shu jumladan, chet elda) tashkil etish va taʼsis qilish;
Birlashma foydasini tasarruf etish;
har xil, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va fuqarolarning pul mablagʻlari (investitsiyalari)ni jalb qilish;
belgilangan tartibda tashqi bozorda eksport va import operatsiyalarini mustaqil amalga oshirish;
ham ichki, ham tashqi bozorda barter, kliring bitishuvlari shaklida taʼminot-sotish operatsiyalarini amalga oshirish:
binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa koʻchar va koʻchmas mol-mulkni sotib olish, hisobdan chiqarish, ijaraga olish va berish;
dorixona muassasalari aksiyalarini chiqarish va taʼsischilar, Oʻzbekiston Respublikasi hamda boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasida tarqatish.
14. Birlashma:
oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilikka, mazkur Vaqtinchalik nizomga va taʼsis shartnomalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirishi;
davlat-aksionerlik uyushmasi qabul qilgan qarorlarni bajarishi shart.
V. Birlashmaning moliya-xoʻjalik faoliyati
15. Birlashma oʻz xoʻjalik faoliyatini mustaqil belgilaydi.
16. Foyda Birlashma moliyaviy faoliyatining asosiy umumlashtirilgan koʻrsatkichi hisoblanadi.
17. Birlashma belgilangan tartibda jamgʻarmalar tashkil etadi.
VI. Istiqbolni belgilash va hisobot
18. Birlashma, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalarining davlat buyurtmasini hisobga olgan holda, oʻz faoliyatining istiqbolini mustaqil belgilaydi.
19. Birlashma oʻz faoliyati natijalarini hisobga olishni amalga oshiradi, buxgalteriya va statistika hisobotini yuritadi hamda uning ishonchliligi uchun javob beradi.
20. Birlashma faoliyatining yillik hisoboti taʼsischilarning umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) hisobot yili tamom boʻlgandan keyin bir oydan kechikmay tasdiqlanishi kerak.
21. Yillik hisobot Birlashma boshqaruvining qarori bilan auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilishi va tasdiqlanishi mumkin.
22. Birlashmaning choraklik va yillik hisobotlari belgilangan muddatlarda tegishli organlarga va taʼsischilarga taqdim etiladi.
VII. Birlashmaning boshqaruv organlari
23. Birlashmani boshqarishning yuqori organi aksionerlar va taʼsischilarning umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
Quyidagilar umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga kiradi:
Birlashma ustavini tasdiqlash va oʻzgartirish;
Ustav fondini tasdiqlash va oʻzgartirish;
Birlashma boshqaruvini saylash, uning raisini tasdiqlash va lavozimidan ozod qilish;
taftish komissiyasini saylash, uning toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash;
Birlashma faoliyatini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
kuzatuvchi kengashni saylash va uning Nizomini tasdiqlash.
24. Birlashmada rais va bosh (ijro etuvchi) direktor lavozimlari birga qoʻshib olib boriladi.
25. Rais mustaqil ravishda boshqaruv smetasini, tuzilmasini, ishga yollash, xodimlarni ishdan boʻshatish tartibini belgilaydi hamda Birlashmaning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va davlat muassasalari va boshqa muassasalar bilan oʻzaro munosabatlarda ishonchnomasiz vakillik qiladi, shartnomalar, kontraktlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
26. Davlat-aksionerlik birlashmasining Ustavi tasdiqlangandan keyin mazkur Vaqtinchalik nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 5-ILOVA
“Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsiya” Respublika ishlab chiqarish birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, dorixona muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi, oʻzga davlatlarning boshqa yuridik shaxslari Uyushmaning taʼsischilari hisoblanadilar.
4. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, moliya-kredit muassasalarida tegishli schyotlar ochadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrt burchak muhrga ega boʻladi.
5. Uyushma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
6. Ustav tasdiqlangunga qadar oʻz faoliyatida mazkur Vaqtinchalik nizomga amal qiladi.
7. Uyushmaning toʻliq nomi: “Dori-darmon” davlat-aksioner”lik uyushmasi, manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 700069, Toshkent shahri, Mirzamavlon Mirpoʻlatov koʻchasi, 1-a uy.
II. Uyushmaning maqsadi va turi
8. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi aholisini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.
9. Uyushma asosiy maqsadga erishish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
bozor konyunkturasini tahlil qilish, marketing faoliyatini amalga oshirish;
dori-darmonlar toʻgʻrisidagi axborotning respublika tizimini tashkil etish;
dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
dorixona muassasalariga ularni mulkchilikning turli shakllariga aylantirishda tashkiliy jihatdan yordam koʻrsatish;
aholining dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida pul mablagʻlarini (investitsiyalarni), shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning va fuqarolarning pul mablagʻlarini (investitsiyalarini) jalb qilish;
dori-darmonlar savdosi va taʼminoti tizimini takomillashtirish;
yangi dori-darmonlarni va tibbiyot buyumlarini yaratish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etishni jadallashtirish;
aholini va sogʻliqni saqlash muassasalarini dori-darmonlar bilan taʼminlashning tashkil etilishini va tartibini, dori-darmonlar sifatini, dorishunos kadrlarni qayta tayyorlashni nazorat qilish;
aksionerlik, jamoa va xususiy dorixonalarda buxgalteriya hisobi usullarini takomillashtirish.
III. Uyushmaning mulki
10. Taʼsischilar tomonidan badal sifatida berilgan asosiy va aylanma mablagʻlar Uyushmaning mol-mulkini tashkil etadi.
Hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarining 26 foiz miqdordagi aksiyalar paketi va mavjud respublika dorixona ombori negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyati aksiyalarining 100 foizi davlat mulkchiligida saqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-aprel 185-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
11. Quyidagilar mol-mulkni shakllantirish manbalari hisoblanadi:
taʼsischilarning pul va moddiy badallari;
mahsulotlarni sotishdan, ishlarni bajarishdan va xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar va boshqalar;
tashkilotlar va fuqarolarning begʻaraz va xayriya badallari, xayr-ehsonlari;
uyushma xodimlarining shaxsiy mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
IV. Uyushmaning huquq va vazifalari
12. Uyushma oʻz maqsadlariga erishish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
oʻz nomidan ham Respublikada, ham chet ellarda yuridik shaxslar va fuqarolar bilan shartnomalar, kontraktlar tuzish;
moliya-kredit muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlar ochish hamda ular orqali milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
milliy va chet el valyutasidagi kreditlardan foydalanish;
xorijiy sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish;
oʻzining korxonalarini va shuʼba korxonalarini, firmalarni, shu jumladan, chet ellarda tashkil qilish va taʼsis etish;
mustaqil ravishda maʼmuriy taqsimot faoliyatini belgilash;
Uyushma foydasini tasarruf etish;
turli tashkilotlarning va fuqarolarning, shu jumladan, chet el fuqarolarining pul mablagʻlarini (investitsiyalarini) jalb etish;
belgilangan tartibda tashqi bozorda eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish;
ichki va tashqi bozorda taʼminot-sotish operatsiyalarini, shu jumladan, barter, kliring va konsignatsiya bitishuvlarini amalga oshirish;
binolarni, inshootlarni, transport vositalarini va boshqa koʻchar va koʻchmas mulklarni sotib olish, hisobdan chiqarish, olish, ijaraga berish.
13. Uyushmaga quyidagilar yuklatiladi;
davlatga tegishli aksiyalarni boshqarish vazifasini amalga oshirish, va shunga muvofiq aksionerlarning umumiy yigʻilishida davlatning hamda uning boshqaruv organlari manfaatlarini ifodalash;
dori-darmonlar sifatini va aksionerlik dorixona muassasalarining farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish.
14. Uyushma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va mazkur Vaqtinchalik nizomga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirishi shart.
V. Uyushmaning moliya-xoʻjalik faoliyati
15. Uyushma oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatini mustaqil belgilaydi.
16. Foyda Uyushma moliya-xoʻjalik faoliyatining asosiy umumlashtirilgan koʻrsatkichi hisoblanadi.
17. Uyushma belgilangan tartibda jamgʻarmalar tashkil etadi.
VI. Istiqbolni belgilash va hisobot
18. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat buyurtmasini hisobga olgan holda oʻz faoliyat istiqbolini mustaqil ravishda belgilaydi.
19. Uyushma oʻz faoliyat natijalarini hisobga olishni amalga oshiradi, buxgalteriya va statistik hisobot ishlarini olib boradi hamda ularning ishonchliligi uchun javob beradi.
20. Uyushma faoliyati haqidagi yillik hisobot hisobot yili tugagandan keyin, belgilangan tartibda, taʼsischilarning umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) tasdiqlanishi kerak.
21. Uyushma boshqaruvining qarori boʻyicha yillik hisobot auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilishi va tasdiqdan oʻtkazilishi mumkin.
VII. Uyushmaning boshqaruv organlari
22. Uyushma boshqaruvining yuqori organi taʼsischilarning umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
Umumiy yigʻilishning mutlaq huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Uyushma Ustavini tasdiqlash va oʻzgartirish;
ustav fondini tasdiqlash va oʻzgartirish;
Uyushma boshqaruvini saylash va uni tasdiqlash, Uyushma boshqaruvi raisini tasdiqlash va lavozimidan ozod qilish;
taftish komissiyasini saylash, uning toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Uyushma faoliyatini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
kuzatish kengashini saylash, uning nizomini tasdiqlash;
taʼsis etish tusidagi qarorlarni qabul qilish hamda Uyushma faoliyatini tugatish (qayta tashkil etish).
23. Uyushma boshqaruvi raisi smetani, boshqaruv tuzilmasini, xodimlarni ishga yollash, ishdan boʻshatish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi hamda Uyushmaning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi.
24. Uyushma boshqaruvi raisi davlat hamda boshqa muassasalar va tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Uyushma nomidan ishonchnomasiz vakillik qiladi, shartnomalar, kontraktlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
25. Uyushma Ustavi tasdiqlangandan keyin mazkur Vaqtinchalik nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 6-ILOVA
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan davlat mulki obyektida tomonlarning oʻzaro majburiyatlari va faoliyat shart-sharoitlari toʻgʻrisida
Bitim-shartnoma
Mazkur bitim-shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi)
keyingi oʻrinlarda “Sotuvchi” deb ataladigan qoʻmita nomidan ish yurituvchi rais ______________________________________________________ bir tomondan,
________________________________ oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi
Shartnomaning maqsadi
Mazkur bitim davlat mulkini sotish shart-sharoitlari va tartibini hamda tomonlarning moliya-xoʻjalik masalalariga oid oʻzaro majburiyatlarini nazarda tutadi.
davlat mulkini boshqarish vakolatiga ega boʻlgan organ tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komissiyasining qarori asosida qabul qilgan qaroriga muvofiq Xaridorga mulk qilib beradi.
(kimoshdi talovi natijalari toʻgʻrisida bayonnoma, obyektni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komissiyasining qarori)
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarori asosida Xaridorga ___________________________ hajmida imtiyoz berilsin.
1.3. Jamiyat ustav fondida davlatning ulushi aksionerlik jamoa dorixona muassasalari uchun 35% hajmida saqlab qolinadi.
2. Xaridorniig majburiyatlari
2.1. Xaridor mulkni qabul qilib olish va uning uchun _____________________ toʻlashni zimmasiga oladi
2.2. Xaridor ________________ mln soʻm miqdoridagi dastlabki xarid toʻlovlarini tegishli buyruq chiqarilgan vaqtdan boshlab 30 kun mobaynida quyidagi tartibda toʻlaydi:
a) Davlat mulki qoʻmitasining hisob-kitob schyotiga _______________________
(dastlabki xarid toʻlovlari jami summasining 80 foizini):
6) qayta tashkil etilayotgan dorixona muassasalarining hisob-kitob schyotiga (Davlat mulki qoʻmitasiga toʻlangan toʻlov chegirilgan dastlabki badallarning 20 foizini);
v) tegishli budjetga xarid qiymatiga qoʻshimcha ravishda 1% davlat poshlinasi.
2.3. Xaridor (mulkning yangi subyekti) dorixona muassasasi huquq va majburiyatlarining huquqiy vorisi hisoblanadi, dorixona muassasasining mulki, uning kontraktlari, shartlari, majburiyatlari ham bu munosabatda xoh hozir amalda boʻlgan, xoh keyinchalik chiqariladigan qonun-qoidalarga rioya qilgan holda qonuniy asosda toʻliq uning ixtiyoriga oʻtadi.
2.4. Xaridor dorixona muassasasi, ishlab chiqarish obyektlari mavjud boʻlgan barcha davrda faoliyat sohasini saqlab qolishni, mazkur shartnoma ilovasiga koʻra boʻlishi shart hisoblangan dori-darmonlar (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan), tovarlarning ayrim turlariga ega boʻlishni va ularni yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.
2.5. Dorixona muassasalari davlat mulki shaklidan aksionerlik, jamoa va xususiy mulk shakliga aylantirilganda Xaridor mehnat toʻgʻrisidagi qonunda belgilangan barcha talablarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
2.6. Xaridor obyektning toʻliq qiymatini toʻlaguniga qadar “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining 2-bandiga muvofiq obyektlarni sotish, berish shartlariga rioya qilishi kerak.
2.7. Xaridor mazkur bitim-shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab berilayotgan mulkka nisbatan operativ xoʻjalik yuritish huquqiga ega boʻladi.
quyidagi majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi:
3.1. Xaridorga xoʻjalik shartnomasi asosida:
— moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashda;
— kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda, xoʻjalik va hakamlik sudlarida ularning huquqiy, moliyaviy hamda xoʻjalik manfaatlarini himoya qilishda;
— ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishini hisobga olib, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqishda yordam beradi.
3.2. Barter operatsiyalari, reklama va bozor konyunkturasi hamda dori-darmonlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida reklama va axborot faoliyatini amalga oshirish.
4. Tomonlarning majburiyatlari
Obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Xaridor tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan summasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,5% hajmida penya hisoblab soʻzsiz undirib oladi.
Agar mulk Xaridorning ixtiyorida boʻlgan vaqtda uning xatti-harakatlari bilan mulkka shikast yetkazilgan boʻlsa, yetkazilgan shikast summasi undan xoʻjalik sudi orqali undirib olinadi.
5. Bitim-shartnomaning �malda boʻlish muddati va uni bekor qilish tartibi
5.1. Mazkur bitim-shartnoma 199 yil “____ ” __________________dan boshlab kuchga kiradi va tomonlar zimmalariga olgan majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amalda boʻladi.
5.2. Shartnomani bekor qilish tomonlarning kelishuviga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunida belgilangan tartibda hamda asoslarda amalga oshiriladi.
5.3. Xaridor mazkur bitimning 2, 4-bandlariga rioya qilmagan taqdirda “Dori-darmon” uyushmasi (birlashmasi) litsenziya va davlat orderini bekor qilish toʻgʻrisida taklif kiritadi.
6. Bitim-shartnomaning alohida shartlari
Mazkur bitim-shartnoma 3 nusxada tuzilgan boʻlib, ulardan bittasi “Xaridor”ga, ikkinchisi “Sotuvchi”ga yoki uning hududiy boshqarmasiga beriladi, uchinchisi “Dori-darmon” uyushmasida yoki uning hududiy birlashmalarida saqlanadi.
Tomonlarning yuridik manzillari:
“Sotuvchi”: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasining toʻliq nomi).