|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.12.2025
|
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUgʻI
MAʼLUMOTLARNI UZATISH TARMOQLARIDA INTERNET-PROVAYDERLARNING TARMOQLARARO OʻZARO HAMKORLIGINI TARTIBGA SOLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 18-noyabrda 1423-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning, telekommunikatsiyalar operatorlarining, shu jumladan maʼlumotlar uzatish tarmoqlari operatorlarining tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarining yagona tartibini belgilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kirishi belgilansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-noyabr,
374-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 480-modda; 2011-y., 10-11-son, 108-modda)