|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.04.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholining xususiylashtirish jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalariga qoʻyiladigan mablagʻlarni muhofaza qilish, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalarini aholi oʻrtasida tarqatish natijalariga koʻra uning amalda toʻlangan ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin har qaysi aksiyadorning qatnashuv ulushi, shu jumladan muassislar ulushi xususiylashtirish investitsiya fondi ustav sarmoyasining 5 foizidan oshishi mumkin emas;
xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun haq toʻlash muddatini kechiktirish tarzidagi maxsus davlat krediti yangi tashkil etilayotgan Xususiylashtirish investitsiya fondlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan besh yilgacha muddatga beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan kredit uning buyurtmanomasiga koʻra Xususiylashtirish investitsiya fondiga xususiylashtirilgan korxonaning Xususiylashtirish investitsiya fondiga beriladigan aksiyalari qiymatining 30 foiziga XIFning oʻz pul mablagʻlari bilan haq toʻlangan taqdirdagina beriladi.
2. Quyidagilar:
XIFlarga kimoshdi savdolari orqali sotish uchun aksiyalar miqdori koʻrsatilgan 200 ta ochiq aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga ilgari tasdiqlangan roʻyxatga qoʻshimcha ravishda:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi toʻgʻrisida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan strategik korxonalar roʻyxatiga kirmagan, xususiylashtirilgan korxonalar boʻyicha davlatga tegishli aksiyalarning 25 foizdan ortiq miqdoridagi;
xususiylashtirilgan korxonalarning erkin sotishga va xorijiy investorlarga moʻljallangan ulushlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga muvofiq XIFlarning aksiyalar tarkibini oʻzgartirishdan oldingi bu korxonalar ustav jamgʻarmasidagi (ustav jamgʻarmasining 30 foizigacha doirasida) XIFlar ulushini tiklaydigan miqdordagi aksiyalarni XIFlarga sotish uchun qoʻyishiga ruxsat etilsin.
4. Belgilansinki, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻzi boshqarayotgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining oʻrtacha yillik sof aktivlari qiymatining kamida 5 foizi miqdoridagi oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari tomonidan oʻz moddiy aktivlari qiymatini koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi, XIFlar dasturlarining bosh muvofiqlashtiruvchisi sifatida, boshqa tijorat banklarini, shuningdek belgilangan talablarga javob beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa moliya tashkilotlarini ham XIFlar aksiyalarining tarqatuvchisi tariqasida jalb etishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga oʻzgartirish kiritilib, 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent” respublika fond birjasi daromadlari aʼzolik badallari, koʻrsatiladigan xizmatlardan tushumlar va Birjaning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha yigʻimlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi aholiga ularning xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etish huquqlari va tartibini tushuntirish maqsadida axborot-maʼrifiy kampaniyani tashkil etsinlar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu axborot-maʼrifiy kampaniyani amalga oshirishga koʻmaklashsinlar va buning uchun bepul efir vaqti ajratsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 18-iyundagi 220-son qaroriga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 405-f-son farmoyishining xususiylashtirilgan korxonalarning XIFlarga sotilmagan aksiyalariga doir qismi bekor qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi investitsiya fondlari va xususiylashtirish investitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-sentabr,
410-son
Investitsiya fondlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya fondlarini tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi, ularni qayta tuzish va tugatish tartibini belgilaydi.
2. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyati “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
3. Investitsiya fondlari investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish hamda ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek bank hisobvaraqlariga va omonatlarga joylashtirish maqsadida tashkil etiladi
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
4. Investitsiya fondi deb investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
5. Investitsiya fondlari qimmatli qogʻozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan chiqarishlari mumkin, yaʼni ushbu fondning qimmatli qogʻozlari egalariga ularning talablariga koʻra qimmatli qogʻozning oʻrniga pul olish yoki fondi ustaviga (ochiq turdagi fondga) muvofiq boshqa mol-mulkni olish yoki emitent (yopiq turdagi fondga) tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish majburiyatisiz chiqarish huquqini beradilar.
6. Investitsiya fondlari faqat aksiyadorlik jamiyatlari koʻrinishida tashkil etilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb qilish asosida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar oʻzlarining taʼsis hujjatlarini mazkur Nizomga muvofiqlashtirganlaridan va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganlaridan soʻng investitsiya fondi maqomini oladilar.
Faoliyati banklar va sugʻurta kompaniyalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan banklar va sugʻurta kompaniyalari investitsiya fondlari hisoblana olmaydilar.
7. Investitsiya fondi faoliyatini faoliyatning boshqa turlari bilan birga qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
II. INVESTITSIYa FONDINI TAʼSIS ETISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA UNING FAOLIYATINI LITSENZIYALASh
8. Investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari boʻlishlari mumkin. Investitsiya fondi kamida ikki muassisga ega boʻlishi kerak. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, davlat boshqaruvi organlari davlat mulkini boshqarish boʻyicha qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlar doirasida investitsiya fondlari qatnashchilari boʻlishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasnodir.
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya fondlarida ishtirok etishlarining xususiyatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Muassislar investitsiya fondining davlat roʻyxatidan oʻtgunga qadar paydo boʻlgan majburiyatlari boʻyicha birgalikda javobgar boʻladilar. Fond muassislarning uni tashkil etish bilan bogʻliq majburiyatlari boʻyicha ularning xatti-harakati keyinchalik fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan maʼqullangan taqdirdagina javob beradi.
9. Fond muassislarining oʻzaro munosabatlari uni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi bilan tartibga solinadi. Taʼsis shartnomasi muassislar tomonidan fondni taʼsis etish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
Taʼsis shartnomasida:
shartnoma qatnashchilari;
shartnoma predmeti;
fond faoliyati maqsadi va predmeti;
fondning firma nomi va joylashgan joyi;
ustav jamgʻarma miqdori va uni tashkil etish tartibi, muassislardan har birining ulushi;
fondni tashkil etish boʻyicha muassislarning huquq va majburiyatlari;
muassislarning aksiyalarga yozilgan aksiyadorlar va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi, zararlarni qoplash tartibi;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar belgilanadi.
10. Muassislar yigʻilishi:
investitsiya fondini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
fond ustavini tasdiqlaydi;
muassislar Kengashini saylaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan Namunaviy kontraktlarga muvofiq investitsiya fondini boshqarish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktlar loyihalarini tasdiqlaydi, fondning muassislar Kengashi raisini ushbu kontraktlarni tuzishga vakil qiladi.
(10-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Investitsiya fondi muassislari Kengashi fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yigʻilishi oʻtkazilgungacha Kuzatuvchi kengash funksiyasini bajaruvchi fondni boshqarishning vaqtinchalik organi hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan aksiyadorlik jamiyati ustavi mazmuniga qoʻyiladigan talablarga qoʻshimcha ravishda investitsiya fondi ustavi majburiy tartibda quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:
investitsiya fondini aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilash;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
investitsiya fondining turi — ochiq yoki yopiq (mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq);
fond faoliyatidagi cheklashlar;
investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning bilan investitsiya fondining aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzish tartibi, zarar yetkazilgan taqdirda investitsiya fondi va aksiyadorlar oldidagi javobgarligi
(11-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan kontraktlar tuzish tartibi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
qarz mablagʻlarini jalb qilish tartibi;
investitsiya fondining barcha aksiyalari bir xil ovoz berish huquqi bilan oddiy aksiyalar boʻlib hisoblanishi haqidagi koʻrsatma;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
dividendlarni toʻlash tartibi.
Fond ustavida fond aksiyalari aksiyadorga:
fondni boshqarishda qatnashish;
dividendlar olish;
fond faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi), shuningdek sudda oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish;
(11-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fond Kuzatuvchi kengashi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi ishni bilmasligi yoki gʻarazli xatti-harakati natijasida yetkazilgan zararlarni undirish;
(11-bandning oʻn oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
fond tugatilgan taqdirda mol-mulkning bir qismini olish huquqini;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni berishi alohida qayd etilishi kerak.
12. Investitsiya fondi nomiga “investitsiya fondi” soʻzlari qoʻshib yozilishi kerak. Mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi investitsiya fondlaridan tashqari boshqa shaxslar oʻz nomlariga “investitsiya fondi” soʻzlarini yoki shunga oʻxshash maʼnoga ega boʻlgan soʻzlarni qoʻshib yozish huquqiga ega emaslar.
Investitsiya fondining nomi uning biror-bir milliy-davlat yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmaga, shuningdek vazirliklar, idoralar yoki jamoat tashkilotlariga taalluqli ekanligini anglatmasligi kerak.
13. Investitsiya fondining ustav fondi u taʼsis etilayotganda uning muassislari ulushlari hisobiga shakllanadi va u 1 600 mln. soʻmni tashkil etishi kerak. Investitsiya fondi taʼsis etilayotgan vaqtda uning ustav fondi muassislar oʻrtasida taqsimlangan boʻlishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
14. Investitsiya fondining ustav fondi naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk bilan toʻlanishi mumkin.
Investitsiya fondini taʼsis etishda uning ustav fondining kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi kerak.
15. Muassislar fondni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtiga qadar boshlangʻich sarmoya sifatida qoʻyilgan ulushlarni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
16. Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish aksiyadorlik jamiyatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
17. Investitsiya fondi oʻz faoliyatini (shu jumladan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali fond aksiyalariga yozilishni, qimmatli qogʻozlar chiqarish, sotib olish yoki sotishni, oʻz faoliyatini reklama qilishni, ommaviy axborot vositalari orqali aksiyalar sotilishi toʻgʻrisida xabar berishni) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshirish huquqiga egadir.
(17-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Istalgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning aholining pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni dividendlar albatta toʻlangan holda, bunda “investitsiya fondi” nomidan, yoxud shunga oʻxshash nomdan foydalangan holda yoki foydalanmasdan tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinmasdan ularni qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish boʻyicha faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Investitsiya fondi, agar u belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa va qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatga ruxsatnoma olgan boʻlsa, tashkil etilgan deb hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20—22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
III. FOND AKSIYALARINI ChIQARIShNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
23. Aksiyalar chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun investitsiya fondi Markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
24. Investitsiya fondi aksiyalarini chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish Markaz tomonidan belgilangan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Aksiyadorlarni va ularning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida Markaz investitsiya fondi rioya qilishi majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
IV. FOND AKSIYALARI EMISSIYASI TARTIBI
26. Investitsiya fondini tashkil etishda aksiyalar ochiq yozilish yoʻli bilan tarqatiladi. Aksiyalarga yozilish fond muassislari tomonidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali tashkil etiladi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi boʻlajak aksiyalarga yozilish haqidagi bildirishnomani eʼlon qiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
investitsiya fondining nomi va joylashgan joyi;
uning faoliyati predmeti va maqsadlari;
muassislar tarkibi;
investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining nomi va joylashgan joyi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining nomi va joylashgan joyi;
fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi oʻtkaziladigan sana;
ustav fondining moʻljallanayotgan miqdori;
aksiyalarning nominal qiymati va ularning soni;
aksiyalarga yozilish joyi, yozilishning boshlangʻich va oxirgi muddati;
muassislar tomonidan natura shaklida qoʻshiladigan mol-mulk tarkibi;
investitsiya fondiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va uning hisob raqami.
Muassislar yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi qaroriga koʻra koʻrsatib oʻtilgan bildirishnomaga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin. Aksiyalarga yozilish muddatining olti oydan oshishi mumkin emas.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
27. Aksiyalarga yozilish tugallangandan keyin investitsiya fondi ustav fondi keyinchalik adliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda ular tomonidan haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar miqdoriga muvofiqlashtiriladi.
V. INVESTITSIYa FONDINI BOShQARISh
28. Investitsiya fondini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish aksiyadorlik jamiyatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda mazkur Nizom bilan belgilanadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
29. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi investitsiya fondi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, uning mutlaq vakolatiga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlardan tashqari quyidagilar tegishli boʻladi:
fond faoliyatidagi asosiy yoʻnalishlarni, maqsadlar va cheklashlarni maʼqullash;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan tuzilgan kontraktni, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktni, shu jumladan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini mukofotlash miqdorlarini belgilash tartibini, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni maʼqullash;
30. Aksiyadorlarning birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi investitsiya fondi aksiyalariga yozilish tamom boʻlgan sanadan boshlab 60 kundan kechikmay oʻtkaziladi.
Fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi:
Jamiyat muassislari kengashi raisining axborotini va investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining fondni taʼsis etish davomida olib borilgan ishlar haqidagi hisobotini eshitadi;
fond ustavini tasdiqlaydi;
fondni taʼsis etish davomida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
jamiyat Kuzatuvchi kengashini saylaydi va uning raisiga Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kontraktlarni tuzish (qayta tuzish) vakolatini beradi.
(29 va 30-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
31. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, agar unda investitsiya fondi ustaviga muvofiq kamida 60 foiz ovozga ega boʻlgan (kvorum) aksiyadorlar qatnashayotgan boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Investitsiya fondi umumiy yigʻilishida ovoz berish: bir aksiya — bir ovoz asosida amalga oshiriladi.
Kvorum boʻlmaganda aksiyadorlarning yangi yigʻilishini chaqirish sanasi 14 kalendar kunga koʻchiriladi.
Investitsiya fondi ustavini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish, uning faoliyatini toʻxtatish, filiallar tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish, ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun aksiyadorlar yigʻilishida qatnashayotganlarning toʻrtdan uch qismidan koʻp ovozi zarur boʻladi.
Qolgan boshqa barcha masalalar boʻyicha qarorlar yigʻilishda qatnashayotgan aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
32. Investitsiya fondi bir yilda bir marta, aksiyadorlarning boshqa yigʻilishlaridan qatʼi nazar, aksiyadorlarning umumiy yillik yigʻilishini oʻtkazadi. Umumiy yillik yigʻilishlar orasidagi davr 15 oydan oshib ketmasligi kerak.
33. Investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlari orasidagi davrda rais boshchilik qiladigan Kuzatuvchi kengash uning yuqori organi hisoblanadi.
34. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi aʼzolarining soni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi, ammo ularning soni toq boʻlishi kerak (500 dan ortiq aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlar bor boʻlgan fond uchun Kuzatuvchi kengashning son tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlmasligi, 1000 dan ortiq aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlar bor boʻlgan fond uchun toʻqqiz aʼzodan kam boʻlmasligi kerak).
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi aʼzolari aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlar orasidan qonun hujjatlarida va investitsiya fondi ustavida nazarda tutilgan tartibda bir yil muddatga saylanadi. Ovozlarning eng koʻp sonini olgan nomzodlar Kuzatuvchi kengash tarkibiga saylangan hisoblanadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
35. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi Kuzatuvchi kengash aʼzolari tomonidan uning tarkibidan Kuzatuvchi kengash saylangan aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
36. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida qaror hozir boʻlganlarning koʻpchiligining ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida masalalarni hal etishda Kuzatuvchi kengashning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi.
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi bir aʼzosi tomonidan ovozlarning Kuzatuvchi kengashning boshqa aʼzosiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Kuzatuvchi kengash fond faoliyatida qonunchilikka rioya qilinishi, shu jumladan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va fond faoliyatini taʼminlovchi boshqa shaxslar bilan kontraktlar tuzilishi, shuningdek ushbu kontraktlar bajarilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
VI. INVESTITSIYa FONDI AKTIVLARINI BOShQARISh
Oldingi tahrirga qarang.
38. Investitsiyalarni boshqarish va investitsiya fondining qimmatli qogʻozlari paketini shakllantirish hamda maslahatchi sifatida fondga xizmat koʻrsatish investitsiya fondi oʻz aktivlarini boshqarish vakolatini bergan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Investitsiya fondi bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzuvchi qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega degan maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlishi shart.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
41. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan, ular tomonidan taʼsis etilgan korxonalar, jamoat tashkilotlari va ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar, tobe shaxslar investitsiya fondining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi boʻla olmaydilar.
Tobe shaxslar deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar — mazkur investitsiya fondi ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foizidan ortigʻi tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va uning mansabdor shaxslari, muassislari, shuningdek ushbu investitsiya fondi aksiyalarining 10 foizidan ortigʻi aksiyadorlar, investitsiya fondining biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxsiga ovoz beruvchi aksiyalarning 10 foizdan ortigʻi tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyati tushuniladi. Tobe shaxslar jumlasiga investitsiya fondlarini boshqarish toʻgʻrisida mazkur investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kontrakt tuzgan barcha investitsiya fondlari kiradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
42. Investitsiya fondi qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash aʼzolari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari va aʼzolari boʻlishlari mumkin emas, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar va ularning tobe shaxslari esa investitsiya fondi aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi, shuningdek uning investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tarkibiga saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
43. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan vakil qilingan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi fond nomidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzadi, kontraktda quyidagilar belgilanadi:
kontrakt tomonlari;
kontrakt predmeti;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
investitsiya deklaratsiyasi;
fond faoliyatidagi cheklashlar;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatidagi cheklashlar;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini mukofotlash va uning xarajatlari;
kontraktning amal qilishini toʻxtatish shartlari va tomonlarning javobgarligi va majburiyatlari;
boshqa qoidalar.
Fondni taʼsis etish bosqichida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Koʻrsatib oʻtilgan shartnoma fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi maʼqullagan tahrirda qayta tuziladi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuziladigan kontraktda uning amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilishi uchun kompensatsiya belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi, u kontraktda nazarda tutilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini yillik mukofotlashning 20 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Agar u investitsiya fondining uning amal qilishini muddatidan oldin toʻxtatishga boʻlgan huquqini cheklasa koʻrsatib oʻtilgan kontraktning istalgan qoidasi haqiqiy hisoblanmaydi. Investitsiya fondi faoliyatidagi cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
44. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktga oʻzgartirish va qoʻshimchalar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kelishuv boʻyicha investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra kiritilishi mumkin.
45. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuziladigan bitishuvlar roʻyxatini, shuningdek bitishuvlar xususiyati va hajmi boʻyicha cheklashlarni belgilashga haqlidir.
(44 va 45-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻz faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, ushbu korxonalarning investitsiya fondiga tegishli aksiyalariga muvofiq korxonalar aksiyadorlari umumiy yigʻilishlarida aksiyador sifatida qatnashadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi eʼtiborsizlik, qalloblik va qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar natijasida sud tartibida isbotlangan yoʻqotishlar uchun investitsiya fondi oldida javob beradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
48. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olinadigan mukofotning yillik miqdori investitsiya fondi bilan tuziladigan kontraktda nazarda tutiladi va investitsiya fondi sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak. Koʻrsatilgan summaga kontraktni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha sarf-xarajatlar oʻrnini toʻldirish ham qoʻshiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan mukofotdan tashqari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga kontraktga muvofiq yil natijalari boʻyicha mukofot puli toʻlanishi mumkin, biroq u fond sof aktivlari yillik oʻsishi summasining 7 foizidan, mazkur yilga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarga joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan yuqori boʻlmasligi kerak.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi aʼzolariga va shuningdek investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi rahbarlariga aksiyalarni fond birjasida (birjalarning fond boʻlimlarida) sotuvlarga qoʻyish ekspertizasida qatnashish taqiqlanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining faoliyati investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan nazorat qilinadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VII. QIMMATLI QOGʻOZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI VA INVESTITSIYa FONDINING MUSTAQIL AUDITORI
(VII boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
51. Investitsiya fondi aksiyalarining har bir chiqarilishi hisobi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yuritiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Fondni taʼsis etish bosqichida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Koʻrsatib oʻtilgan shartnoma tasdiqlangandan keyin fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan qayta tuziladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan tuzilgan kontraktga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu depozitariyning bunga roziligini olgan holda investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra kiritilishi mumkin.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi investitsiya fondining kreditori va kafolatchisi boʻlish huquqiga ega emas. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tuzilgan kontrakt talablarini, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni almashtirish, sotib olish va sotishga cheklashlarni nazarda tutgan holda investitsiya fondi qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalarni hisobga oladi va nazorat qiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining talabiga koʻra uning vakili maslahat ovozi huquqi bilan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining majlisiga qoʻyilishi kerak.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
56. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mansabdor shaxslari oʻz xatti-harakatlarida quyidagi qoidalarga amal qilishga majburdirlar:
Kuzatuvchi kengashning maxsus ruxsatisiz ular qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga (ustav fondida investitsiya fondining ulushi boʻlgan kompaniyaga) maslahat berish huquqiga ega boʻlmaydilar;
investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan ustav fondida investitsiya fondining ulushi boʻlgan korxona oʻrtasidagi har qanday shartnoma Kuzatuvchi kengash tomonidan maʼqullanishi shart;
investitsiya fondi bilan korxona yoxud undan mansabdor shaxslar, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi xodimlari iqtisodiy manfaatdor boʻlgan boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi har qanday bitishuv investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi aʼzolari, agar ular yuqorida koʻrsatilgan shaxslar bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlsalar, yoxud ustav fondida 5 va undan koʻp foiz ulush investitsiya fondiga tegishli boʻlgan yoki investitsiya fondi aksiyalarining 5 va undan koʻp foizi unga tegishli boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan mulk egasi yoki kreditor huquqlariga ega boʻlsalar iqtisodiy manfaatdor deb hisoblanadilar;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mansabdor shaxslari, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi aʼzolari investitsiya fondidan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashlari kerak.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi oʻz xatti-harakatlari bilan investitsiya fondiga va aksiyadorlarga yetkazilgan yoʻqotish va zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq shuningdek, investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi oʻrtasida tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda summa va penyani undirish tartibi koʻrsatilgan holda, javob beradilar.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Investitsiya fondi fondning, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining hujjatlarini va hisobotlarini har yili tekshirish uchun mustaqil auditor tayinlaydi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirganliklari, oʻgʻirlaganliklari va boshqa gʻarazli jinoyatlar qilganliklari uchun sudlangan shaxslar investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining aʼzolari boʻlishlari, shuningdek uning investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi vazifasini bajarishlari yoki mustaqil auditor boʻlishlari mumkin emas. Mazkur talab bajarilishini nazorat qilish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
VIII. INVESTITSIYa FONDI FAOLIYATINI ChEKLAShLAR
60. Investitsiya fondi:
faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga;
korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga;
toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshmasligi kerak);
kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga;
tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;
ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;
boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega boʻlishga;
investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga;
umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Yuqorida koʻrsatilgan cheklashlarga rioya qilmaslik investitsiya fondining faoliyatini toʻxtatishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda investitsiya fondini tugatishga va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining mansabdor shaxslariga nisbatan huquqiy, maʼmuriy, moddiy javobgarlikka tortish choralari qoʻllanilishiga olib keladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
IX. MOLIYAVIY AHVOLNI, SOF AKTIVLARNI BAHOLASh VA FOYDANI TAQSIMLASh
62. Moliyaviy ahvolni, investitsiya fondi sof aktivlarini baholash Investitsiya fondi moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usuli va Investitsiya fondining sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
63. Fond sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra dividendlarni toʻlash uchun taqsimlangunga qadar uning ustavi bilan belgilangan tartibda va doirada ustav sarmoyasini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Soliqlar, majburiy toʻlovlar va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini ragʻbatlantirish toʻlovi toʻlangandan soʻng qolgan hamda sarmoyani koʻpaytirish uchun yoʻnaltirilmagan fond foydasi uning aksiyadorlari oʻrtasida dividendlar sifatida taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Professional xizmatlarga haq toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shuningdek quyidagi sarf-xarajatlar fondning bankdagi hisob-kitob schyotidan qoplanadi:
kontraktga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash, bu fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
kontraktga muvofiq fondga xizmat koʻrsatish boʻyicha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga haq toʻlash, bu fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 2 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq fond ustaviga, emissiya prospektiga yoki fond faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish va taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq ularni roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari, shu jumladan fond aksiyalari yoki aksiyalari sertifikatlarini birinchi joylashtirishda ularni tayyorlash xarajatlari;
ommaviy axborot vositalarida fond reklamasiga haq toʻlash xarajatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan miqdorda, biroq taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq fond aksiyalarini joylashtirish yakunlari boʻyicha fond tomonidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga toʻlanadigan aksiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlarning 4 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
fond Kuzatuvchi kengashi aʼzolari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va ularni mukofotlash fond sof aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
fond faoliyati bilan bogʻliq soliqlar (investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy, fond aksiyalarini tarqatuvchilar va olingan mukofotlar uchun Kuzatuvchi kengash aʼzolaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari);
audit, aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarini oʻtkazish va fond aksiyadorlariga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tasdiqlagan, fond Kuzatuvchi kengashi bilan kelishilgan stavkalar miqdorida dividendlar toʻlash xarajatlari.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
64. Dividendlarni toʻlash shartlari, tartibi va muddatlari qonun hujjatlari va investitsiya fondi ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Investitsiya fondining buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan yuritiladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
X. INVESTITSIYa FONDLARINING MAJBURIYATLARI VA ULARNING AKSIYADORLAR OLDIDAGI JAVOBGARLIGI
66. Investitsiya fondi axborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Investitsiya fondi moliyaviy yil tugagandan soʻng 60 kundan kechiktirmay fondning har qanday aksiyadoriga investitsiya fondi bilan tuzilgan barcha kontraktlar va uning tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi yoki tobe shaxsga, shuningdek istagan shaxsga toʻlangan barcha toʻlovlar hisobot davrida investitsiya fondi tomonidan sodir etilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan tanishish imkonini beradi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Investitsiya fondi Markazga oʻzining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va mustaqil auditor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi, shuningdek har qanday manfaatdor shaxsning yoki tashkilotning ushbu maʼlumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
69. Investitsiya fondiga yozma holda yoki reklama qilish yoʻli bilan investorlarga ijobiy daromad olish uchun kafolat berish taqiqlanadi.
70. Investitsiya fondlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali oʻz aksiyadorlariga oʻz faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va emissiyalar prospekti, dividendlarni toʻlash tartibi, fond birjalaridagi faoliyat, qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi zarur va ishonchli axborotlarni berishga majburdirlar.
Koʻrsatib oʻtilgan axborotlar aksiyalarni emissiya qilishda koʻrgazmali va qulay shaklda fuqarolar eʼtiboriga, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida, bundan tashqari, aksiyador (aksiyadorlar)ning talabiga koʻra taʼsis hujjatlari bilan belgilangan tartibda aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
(70-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
72. Aksiyador investitsiya fondi tomonidan eʼlon qilingan dividendlar toʻlanishini sud yoʻli bilan talab qilishga haqlidir.
73. Investitsiya fondlari aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra yoki sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilganda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
XI. INVESTITSIYa FONDINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
74. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga qayta tashkil etilish huquqiga ega emas. Investitsiya fondini birlashtirish, qoʻshish, boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(74-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
74-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Investitsiya fondlarini qayta tashkil etish tadbirlarini oʻtkazish davrida fondlar oʻz ustav hujjatlari va investitsiya portfellarini ushbu Nizomning 60-bandida nazarda tutilgan fondlar faoliyatini cheklashlar bilan muvofiqlashtirishlari shart.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Investitsiya fondiga berilgan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
75. Investitsiya fondi:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan;
xoʻjalik sudining qaroriga binoan;
uning faoliyatiga berilgan litsenziya bekor qilingan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan tugatiladi.
76. Investitsiya fondini ixtiyoriy ravishda tugatish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tayinlagan tugatish komissiyasi tomonidan, majburiy tugatish — bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab fond ishlarini boshqarish boʻyicha vakolatlar unga oʻtadi.
Tugatish komissiyasi investitsiya fondining mol-mulkini baholaydi, uning debitorlarini va kreditorlarini aniqlaydi va ular bilan hisob-kitob qiladi, fond qarzlarining uchinchi shaxslarga toʻlanishi uchun choralar koʻradi, tugatish balansini tuzadi va uni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga taqdim etadi.
77. Investitsiya fondida mavjud boʻlgan pul mablagʻlari, shu jumladan fond tugatilishi vaqtida uning mol-mulki sotilishidan olingan tushum, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan soʻng, fond ustavi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tugatish komissiyasi tomonidan fond aksiyadorlari oʻrtasida taqsimlanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
78. Investitsiya fondini tugatish toʻgʻrisida davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestrida tegishli yozuvlar qayd etilgan vaqtdan boshlab u tugatilgan, fond esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.
79. Investitsiya fondlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sud organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi Nizom bilan birgalikda xususiylashtirish investitsiya fondlarini taʼsis etish va ularning faoliyati, ularga mulkchilik shakli oʻzgartirilgan davlat korxonalari aksiyalarini sotish xususiyatlarini, shuningdek ularga maxsus davlat kreditlari berish tartibini belgilaydi.
2. Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIFlar) xususiylashtirish fondlari turlaridan biri hisoblanadi, aholining keng tabaqalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tashkil etiladi hamda aholining pul mablagʻlarini, ularni keyinchalik xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotib olishga yoʻnaltirgan holda, jamlashga daʼvat etilgandir.
3. Xususiylashtirish investitsiya fondi ochiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. U faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
oʻz aksiyalari emissiyasi hisobidan mablagʻlarni xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga jalb qilish, oʻz mablagʻlarini va olingan maxsus davlat kreditlarini investitsiya qilish;
qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish;
oʻzi aksiyalariga egalik qilgan korxonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador sifatida qatnashish.
4. XIF ni tashkil etish va uning faoliyati, ushbu Nizomdan kelib chiqadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda, Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
5. Quyidagilar XIFlarning oʻziga xos xususiyatlari hisoblanadi:
XIFlar tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalarning chiqarilayotgan aksiyalari umumiy sonining kamida 30 foizgachasini nominal qiymati boʻyicha sotib olish imkoniyati;
oʻz umumiy aktivlarining 10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorini bir emitent qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish imkoniyati. Mazkur cheklash aksiyalarni aholiga tarqatish yakunlari boʻyicha amalda toʻlangan XIFlarning ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar boʻlgan davrga amal qilmaydi. XIF toʻlangan ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy davomida investitsiya portfelini mazkur cheklashga muvofiqlashtirishga majburdir.
XIF yopiq turdagi investitsiya fondi hisoblanadi va qimmatli qogʻozlarni ularni sotib olish majburiyatisiz emitatsiya qiladi;
maxsus davlat kreditini olish huquqining mavjudligi;
XIFlar faqat xususiylashtirilgan davlat korxonalari aksiyalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat qimmatli qogʻozlariga mablagʻlarni investitsiya qilish huquqiga egadir.
Xususiylashtirish investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga qayta tashkil etilish huquqiga ega emas. Investitsiya fondini birlashtirish, qoʻshish, boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
6. XIFlarning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalarni sotish oʻz aksiyalarini qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidangina tashkil etilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlarda aholi oʻrtasida joylashtirish tugallangandan keyingina amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan oʻz mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega boʻlmaydi.
6-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
6-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
7. XIF foydasini taqsimlash Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomning 63-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan cheklashlar XIFlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
II. XIFNI TAʼSIS ETISh VA UNING FAOLIYATINI LITSENZIYALASh
9. XIF kamida ikkita muassisga ega boʻlishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ustav sarmoyasida aksiyalarning 25 foizidan kamrogʻi davlatga tegishli boʻlgan korxonalar XIF muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari XIFlarning muassislari boʻlishi mumkin emas.
10. XIFni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislar tomonidan qabul qilinadi, bu haqda ular oʻrtasida taʼsis shartnomasi tuziladi.
11. XIFning ustav fondi uni taʼsis etishda oʻz muassislarining ulushlari hisobiga shakllanadi va u 1 600 mln. soʻmga teng boʻlishi kerak. XIF ustav fondini shakllantirish faqat pul mablagʻlari qoʻyish orqali amalga oshiriladi. Muassislar ustav fondi qiymatining 100 foizini XIF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay toʻlashlari shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xususiylashtirish investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
13. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirganligi, talon-toroj qilganligi yoki poraxoʻrligi va boshqa moliyaviy jinoyatlari uchun sudlangan shaxslar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va rahbarlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatchilari, mansabdor shaxslari yoki rahbarlari, shuningdek XIF kuzatuvchi kengashining aʼzolari boʻlishlari mumkin emas. Ushbu talabning bajarilishi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va Markaz tomonidan nazorat qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi).
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III. XIF INVESTITSIYa AKTIVLARINING IShONChLI BOShQARUVChISI FAOLIYATI XUSUSIYATLARI
(III-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi XIFning Kuzatuvchi kengashi topshirigʻiga binoan oʻz faoliyatini XIF nomidan amalga oshiradi, korxonalar aksiyadorlari yigʻilishlarida ushbu korxonalarning XIFga tegishli aksiyalariga muvofiq qatnashadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. XIF qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash aʼzolari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari va aʼzolari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslari, mutaxassislari va ularning tobe shaxslari XIF aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Xususiylashtirish investitsiya fondlari hisob-kitob schyoti boʻyicha bank operatsiyalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan faqat Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining XIF mablagʻidan maqsadli foydalanilishini tasdiqlovchi vakolatli shaxsi bilan kelishilgan holda (toʻlov hujjatlarida imzosi boʻlganda) amalga oshirilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
IV. XIFLAR TOMONIDAN AKSIYALAR ChIQARISh
17. Yalpi xususiylashtirish jarayoniga aholining keng tabaqalarini jalb qilish maqsadida XIFlar tomonidan Xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyalari (keyingi oʻrinlarda XIF aksiyalari deb ataladi) chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki joylashtirishda XIF aksiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nominal qiymati boʻyicha 100 soʻmdan sotiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi pasportini koʻrsatgan holda XIF aksiyalarini nominal qiymati boʻyicha sotib olishi mumkin.
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalari aholiga joylashtirilishi yakunlari boʻyicha uning amalda toʻlangan ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin har bir aksiyador (muassis va qatnashchi)ning qatnashish ulushi bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga XIF ustav sarmoyasi 5 foizidan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
XIF bilan tuzilgan kontraktga muvofiq ushbu bandga rioya etilishini Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi nazorat qiladi.
(17-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
18. Dastlabki joylashtirishda va ikkilamchi bozorda aholiga XIFlar aksiyalarini sotish olinadigan naqd pul mablagʻlari majburiy inkassatsiya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xalq xoʻjaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq boshqa talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Kassa intizomiga rioya qilinishini XIFlar aksiyalarini tarqatuvchilarga xizmat koʻrsatuvchi banklar nazorat qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. XIFlar aksiyalarini sotish qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
21. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining XIFlar aksiyalarini sotishga doir xarajatlari Davlat raqobat qoʻmitasining XIFlar aksiyalarini sotishdan tushgan mablagʻlari hisobiga ular tomonidan sotilgan aksiyalar summasining 2 foizidan oshmaydigan miqdorda qoplanadi.
Maxsus davlat krediti asosiy summasining qaytarilishiga koʻra XIFlar Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan XIF aksiyalarining aholiga sotilgan tegishli paketlariga toʻgʻri keladigan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatiga haq toʻlashga sarflangan mablagʻlarning qaytarilishini taʼminlaydilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
22. XIF aksiyalari egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar hisoblanadi. Har bir aksiya aksiyadorlar umumiy yigʻilishida bir ovoz, dividendlar olish huquqini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni beradi.
23. XIF aksiyalarni faqat ikki marta chiqaradi. XIF unga birlashgan boshqa XIFning aksiyasini almashtirish uchun aksiyalarning qoʻshimcha miqdorini chiqargan hollar bundan mustasno.
Bir yoki bir necha XIF qoʻshilganda yangidan tashkil etilgan XIF oʻz aksiyalarini muomalaga faqat bir marta, ularni qoʻshilish jarayonida tugatilayotgan XIFlarning aksiyalariga almashtirish uchun chiqarish huquqiga egadir.
XIF aksiyalari birinchi marta XIFni taʼsis etishda muassislar tomonidan ustav fondiga qoʻshilgan ulushlarni qoplash uchun chiqariladi.
XIF aksiyalari ikkinchi marta aksiyalarni aholiga sotish uchun chiqariladi va u XIF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin 3 oydan kechiktirmay chiqarilishi kerak. XIFlarning ikkinchi emissiyasi aksiyalari XIF ikkinchi emissiyasi prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida joylashtiriladi.
23-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
24. XIFlar:
XIF sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgunlariga qadar eʼlon berish yoki XIF aksiyalarini sotish uchun taklif qilish (muassislarga sotish uchun taklif qilishdan tashqari);
XIF aksiyalarini joylashtirishda olinishi kutilayotgan daromadlar miqdorlarini eʼlon qilish va reklama qilish;
XIF aksiyalarini yuridik shaxslarga sotish, yuridik shaxslar XIF aksiyalarini XIFning muassislari sifatida oladigan hollar bundan mustasno;
oʻz aksiyalarini aksiyadorlardan sotib olish huquqiga ega emaslar.
25. XIFlarning aksiyalari ushbu aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin qimmatli qogʻozlar bozorida erkin muomalada boʻlishi mumkin. XIF aksiyadorlarining ularga tegishli aksiyalarni sotishga huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Aksiyadorlar birja va birjadan tashqari savdolarda oʻzlariga tegishli aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
XIF aksiyalari boshqa XIF aksiyalariga u birlashgan yoki qoʻshilgan holdagina almashtirilishi mumkin.
26. XIFlar aksiyalari va emissiya prospektlari chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek XIFlar aksiyalarini joylashtirish, saqlash va hisobga olish amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
27. XIF aksiyalari bilan va XIFga tegishli qimmatli qogʻozlar bilan barcha operatsiyalar faqat Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga olinishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
V. XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR AKSIYALARINI XIFLAR TOMONIDAN SOTIB OLISh TARTIBI
28. Davlat raqobat qoʻmitasi aksiyalari XIFlarga sotilishi kerak boʻlgan aksiyadorlik korxonalari roʻyxatini quyidagi tartibga muvofiq belgilaydi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
a) xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari XIFlarga aksiyalarning nominal qiymatiga teng cheklangan narx boʻyicha sotilishi kerak. Aksiyalarga cheklangan narx boʻyicha ochiq obunada XIFlarning xarid qobiliyati fond aksiyalarini aholiga sotishdan tushgan hamda toʻlangan taʼsis badallari summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Savdolarni tashkil etish tartibi Davlat raqobat qoʻmitasi vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
(28-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ochiq obunani oʻtkazish kuni uni oʻtkazishdan bir hafta oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Agar bitta emitent aksiyalarini xarid qilishga tushgan buyurtmanomalar soni taklif etilayotgan miqdordan ortiq boʻlsa, u holda aksiyalarni taqsimlash, buyurtmanoma bergan har bir XIFning amalda toʻlangan (kim oshdi savdosi oʻtkazilishi sanasida) ustav fondi hisobga olingan holda berilgan buyurtmanomalarga teng nisbatda amalga oshiriladi;
b) ochiq obunaning birinchi raundida XIFlarga sotilmay qolgan aksiyalar mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq birja bozorida ochiq savdoga qoʻyiladi.
Agar ushbu aksiyalar (yoki bu aksiyalar paketining bir qismi) birja bozoriga qoʻyilgan kundan boshlab 60 kalendar kun mobaynida sotilmay qolsa, ular keyingi 15 kun mobaynida XIFlarga ochiq obunaning ikkinchi raundiga taqdim etiladi, aksiyalarni ularning nominal qiymatiga teng narxda sotish boshlanadi, talab boʻlmaganda esa, narx bosqichma-bosqich pasaytiriladi va aksiyalar talab narxi boʻyicha, lekin nominal qiymatidan 85 foiz kam boʻlmagan narxda sotilishi mumkin. XIF tomonidan ochiq obunaning ikkinchi raundida aksiyalar xarid qilinganda XIFlarga davlat krediti berilmaydi.
Ochiq obunaning ikkinchi raundida talab boʻlmaganda mazkur korxonalar XIFlarga sotish moʻljallangan belgilangan tartibda tasdiqlangan xususiylashtirilgan korxonalar roʻyxatidan oʻchiriladi.
v) aksiyalar sotilgandan keyin Davlat raqobat qoʻmitasi zudlik bilan aksiyalarga egalik qilish huquqini xaridorga beradi. Hech qanday shaxs yoki davlat organi bunday sotish sanasi va mazkur aksiyalarga egalik qilish huquqi xaridorga oʻtishi sanasi oʻrtasidagi davrda xususiylashtirilgan davlat korxonasi sarmoyasiga, aktivlariga yoki operatsiyalariga taʼsir etadigan biror-bir harakat qilish yoki boshqacha usulda bunday korxona aksiyalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishi mumkin emas.
(28-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
29. Xususiylashtirilgan korxonalarning mazkur Nizomga muvofiq XIFga sotilgan barcha aksiyalari Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga qoʻyilishi kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
VI. XIFLAR TOMONIDAN MAXSUS DAVLAT KREDITLARINI OLISh TARTIBI
30. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari XIFlar tomonidan oʻz mablagʻlariga, shuningdek maxsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.
Aholining xususiylashtirish jarayonida qatnashishi uchun XIFlarga beriladigan maxsus davlat krediti (bundan keyin kredit deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan XIFlarga xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun toʻlov muddatini choʻzish koʻrinishida beriladi.
31. Maxsus davlat krediti XIFga uning buyurtmanomasi boʻyicha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasidan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari sotib olinganda va zarur garov taʼminoti mavjud boʻlganda beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
XIFga berilayotgan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi fondning oʻz pul mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi kredit hisobidan sotib olinadi.
32. XIFga tegishli boʻlgan kreditning toʻliq summasiga teng har qanday aktivlar (xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari) Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan XIFlarga beriladigan kreditlar uchun garov hisoblanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
33. Maxsus davlat kreditini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan Maxsus davlat kreditini toʻlash tartibi va shartlariga muvofiq kredit berilgandan keyingi ikkinchi yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining maxsus schyotiga oʻtkaziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
34. XIF hech qanday qarz taʼminotlarini berishi yoki boshqacha usulda, maxsus davlat kreditlaridan tashqari, qarz majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi mumkin emas.
VII. XIFLARNING MAJBURIYATLARI VA ULARNING AKSIYADORLAR OLDIDAGI JAVOBGARLIGI
35. XIFlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali oʻz aksiyadorlariga oʻzining faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va aksiyalar emissiyasi prospekti, dividendlarni toʻlash tartibi, fond birjalaridagi faoliyati hamda qimmatli qogʻozlarga qoʻygan mablagʻlari toʻgʻrisida zarur va ishonchli axborotni berishga majburdir.
Koʻrsatib oʻtilgan axborot aksiyalar emissiyasi vaqtida koʻrgazmali va tushunarli shaklda fuqarolarga, shuningdek aksiyadorlarga ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida, bundan tashqari, taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyador (aksiyadorlar) talabiga koʻra maʼlum qilinadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37. XIFlar aksiyadorlar reyestri yuritilishini taʼminlashga majburdirlar. Reyestrni yuritish fond topshirigʻiga binoan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi, bunda XIF aksiyadorlar reyestrining toʻgʻri yuritilishi va saqlanishi boʻyicha majburiyatdan hamda javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
38. Qimmatli qogʻozlar bozor narxining oʻzgarishlaridan olinadigan barcha daromadlar va koʻriladigan zararlar toʻliq hajmda ushbu fond aksiyadorlari hisobiga yoziladi.
39. Aksiyador XIF tomonidan eʼlon qilingan dividendlarning toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqlidir.
40. XIFlar aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi yoki sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida ishonchsiz maʼlumotlar topilganda.
VIII. XIFLAR FAOLIYATINI TOʻXTATISh
41. Maxsus davlat krediti boʻyicha qarzlarini toʻlagandan soʻng XIFlar, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini nominal qiymati boʻyicha xarid qilish va maxsus davlat krediti olish huquqini yoʻqotgan holda, umumiy maqsadlardagi investitsiya fondlariga aylantirilishi mumkin.
42. XIFni umumiy maqsadlardagi investitsiya fondiga aylantirish toʻgʻrisidagi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori Ustav Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgandan hamda tegishli litsenziya olingandan keyin kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. XIF bankrot boʻlgan taqdirda boshqaruvchi tugatuvchi, XIF ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda esa tugatish komissiyasi ochiq kimoshdi savdosi shaklida uning aktivlarini sotadi. Ushbu ochiq kim oshdi savdosida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish huquqiga ega boʻlgan istalgan yuridik jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan oʻz mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega boʻlmaydi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)