O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
FARMONI
Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Joylarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, bu borada mahalliy boshqaruvni “aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida takomillashtirish, tuman (shahar) hokimliklarining dolzarb muammolarga tez yechim topish borasidagi vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) “aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyilini hayotga to‘liq joriy etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarini aholi va tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy tuzilmaga transformatsiya qilish;
(b) mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishda tuman (shahar) hokimliklarining ma’muriy vakolatlarini yanada kengaytirish;
(v) tuman (shahar) hokimlarining hududiy rivojlanishga oid ustuvor vazifalari va mas’uliyat doirasini aniq belgilash;
(g) hududlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish va o‘zaro tajriba almashishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
II. Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimini yo‘lga qo‘yish
2. 2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarorida belgilangan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hamda Surxondaryo viloyatining qolgan barcha tuman (shahar)larida 1-ilovaga muvofiq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkazilsin.
3. Belgilansinki, tajriba-sinov davrida:
(a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari ularning amaldagi maqomi, xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari saqlangan holda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkaziladi, yuridik shaxs maqomi bo‘lmagan tashkilotlar xarajatlari tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
(b) tuman (shahar) hokimlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — bo‘linmalar) faoliyati ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etadi;
(v) tuman (shahar) hokimlariga:
(i) ajratilgan mablag‘lar va xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida bo‘linmalarning shtat birliklarini mustaqil tasdiqlash va o‘zgartirish kiritish;
(ii) bo‘linmalar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, ularga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish huquqi beriladi.
4. Tajriba-sinov davrida bo‘linmalar faoliyatini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
(a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(i) tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, soha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi, huquqni qo‘llash funksiyalarini amalga oshiradi;
(ii) bo‘linmalar faoliyatiga uslubiy jihatdan ko‘maklashadi;
(iii) bo‘linmalar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
(iv) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qo‘yilgan dolzarb masalalarga tez va aniq yechim topish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
(v) tuman (shahar) hokimliklarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga ko‘maklashadi;
(b) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘linmalari:
(i) bo‘linmalar faoliyati natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
(ii) bo‘linmalar faoliyatini samarali tashkil qilishga ko‘maklashadi.
5. Belgilansinki:
(a) tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparatining tuzilmasi va shtatlari tuman (shahar) hokimining taqdimnomasiga binoan tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
(b) tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati tuzilmasida:
(i) tashkiliy-kadr, axborot-tahlil, ijro nazorati, axborot xizmati, energiya menejmenti, raqamlashtirish ofisi, yuridik xizmat va moliya-iqtisod tarkibiy bo‘linmalari (lavozimlari);
(ii) strategik vazifalarni hal etadigan, hokimlik faoliyatini tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan, boshqaruv apparati bo‘linmalari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradigan Ijro apparati rahbari lavozimi tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.
6. Tajriba-sinov davrida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
(a) hokim o‘rinbosarlarining cheklangan soni Surxondaryo viloyati hokimligida 6 nafar, tuman (shahar) hokimliklarida 4 nafar etib belgilanadi;
(b) hokimlarga hududni rivojlantirish rejalari, hudud ixtisoslashuvi va drayverlaridan kelib chiqib hokim o‘rinbosarlari mas’ul bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash huquqi beriladi;
(v) tuman (shahar) hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi;
(g) har bir hokim o‘rinbosari o‘zi muvofiqlashtiradigan yo‘nalish bo‘yicha loyiha guruhlari tashkil etilishi mumkin. Bunda loyiha guruhlari:
(i) tegishli sohalarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringini yuritish bilan shug‘ullanadi;
(ii) loyiha yo‘nalishidan kelib chiqib, tuman (shahar) tashkilotlari xodimlarini jalb qilish orqali tashkil etiladi;
(d) tuman (shahar) hokimliklari shtat birliklari 1 ta rahbarga kamida 3 ta xodim nisbatida shakllantiriladi.
III. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy rivojlanish bo‘yicha salohiyatini kuchaytirish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari:
(a) samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) to‘liq erishgan taqdirda kelgusi yil uchun hududga “drayver” loyihalar infratuzilmasini yaratish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda qo‘shimcha mablag‘lar “drayver” loyihalar infratuzilmasini yaratish uchun rejalashtirilgan jami mablag‘lar doirasida ajratiladi;
(b) samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishmagan taqdirda kelgusi yil uchun tegishli hududga “drayver” loyihalar infratuzilmasini yaratish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori kamaytiriladi hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
8. Strategik islohotlar agentligi bir oy muddatda:
(a) 2026-yildan boshlab har yili har bir hududda navbatma-navbat tajriba almashish, hudud tadbirkorlarining o‘zaro muloqoti va hamkorlik munosabatlari shakllanishiga sharoit yaratish maqsadida Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumini o‘tkazishni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash;
(b) Adliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda hududiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, mahalliy ahamiyatga ega muammoli masalalarga o‘zaro kelishilgan yechim topish hamda hududlararo tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida Hududiy hamkorlik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
IV. Tashkiliy chora-tadbirlar
9. Quyidagilar:
(a) Surxondaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tavsiyaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(b) tuzilmasiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari o‘tkazilayotgan tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparatining tavsiyaviy tuzilmasi 3.1-3.2-ilovalarga muvofiq;
(v) Tajriba-sinov davrida tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘tkazilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) bo‘linmalarining shtat birliklari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Adliya vazirligi va Boshqaruv samaradorligi agentligi 2026-yil 1-iyunga qadar:
(a) Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti vakillaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda va joylarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish natijalari asosida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini;
(b) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini shakllantirish va uni doimiy yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
(v) Strategik islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining malakali ekspertlarini hamda xalqaro tashkilotlarning moliyaviy-texnik ko‘magini jalb etgan holda 2030-yilga qadar davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
11. Boshqaruv samaradorligi agentligi:
(a) doimiy ravishda tajriba-sinov natijalarini o‘rganib borsin hamda uning tahlili, yangi tizimni takomillashtirish va boshqa hududlarda joriy qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
(b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari rahbarligidagi komissiyalarni xatlovdan o‘tkazib, samarasiz faoliyat yuritayotgan komissiyalarni tugatish yoki boshqa davlat organlariga o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tajriba-sinov o‘tkazilayotgan tuman (shahar)larda hokimliklar ish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik tartibni tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qaroriga 3-ilovaning “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
(a) 2-pozitsiyadagi “66” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin;
(b) “Jami” pozitsiyasidagi “868” raqami “873” raqami bilan almashtirilsin.
14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-oktabr,
PF-186-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga
1-ILOVA
Tajriba-sinov tariqasida tuman (shahar) bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkazilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining
RO‘YXATI

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

5.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

6.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

7.

Madaniyat vazirligi

8.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

9.

Yoshlar ishlari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga
2-ILOVA
Surxondaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining
tavsiyaviy tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga
3.1-ILOVA
Tajriba-sinov davrida tuman hokimliklari boshqaruv apparatining
tavsiyaviy tuzilmasi
Izoh. * Chegara tumanlarga tegishli.
Shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va o‘rinbosarlari, maslahatchi, guruh, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari, sho‘ba boshlig‘i, o‘rinbosari) va ijrochilar (bosh mutaxassis, rahbar yordamchisi, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim. Belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat bo‘lganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Hokim o‘rinbosarlariga biriktiriladigan yo‘nalish va tashkilotlar tegishli tuman hokimi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga
3.2-ILOVA
Tajriba-sinov davrida shahar hokimliklari boshqaruv apparatining
tavsiyaviy tuzilmasi
Izoh. * Chegara shaharlarga tegishli.
Shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va o‘rinbosarlari, maslahatchi, guruh, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari, sho‘ba boshlig‘i, o‘rinbosari) va ijrochilar (bosh mutaxassis, rahbar yordamchisi, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim. Belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat bo‘lganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Hokim o‘rinbosarlariga biriktiriladigan yo‘nalish va tashkilotlar tegishli shahar hokimi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga
4-ILOVA
Tajriba-sinov davrida tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘tkazilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) bo‘linmalarining shtat birliklari

T/r

Tuman (shahar) hokimligi

Amaldagi shtat birliklari soni

O‘tkazilayotgan shtat birliklari soni

Shundan *

Jami

Iqtisodiyot va moliya bo‘limi

Investitsiyalarni jalb qilish va eksport sho‘basi

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi

Madaniyat bo‘limi

Oila va xotin-qizlar bo‘limi

Yoshlar ishlari bo‘limi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Qo‘ng‘irot tumani hokimligi

27

51

13

1

7

12

5

7

1,75

2

2,5

78

2.

Chimboy tumani hokimligi

24

46

12

1

7

12

3

5

1,75

2

2,5

70

Andijon viloyati

3.

Asaka tumani hokimligi

23

50

15

2

6

12

4

5

1,75

2

2,5

73

4.

Shahrixon tumani hokimligi

24

53

16

2

7

13

4

5

1,75

2

2,5

77

Buxoro viloyati

5.

G‘ijduvon tumani hokimligi

26

54

16

2

7

14

4

5

1,75

2

2,5

80

6.

Shofirkon tumani hokimligi

24

49

13

1

8

12

3

6

1,75

2

2,5

73

Jizzax viloyati

7.

G‘allaorol tumani hokimligi

23

49

13

2

6

12

3

7

1,75

2

2,5

72

8.

Zafarobod tumani hokimligi

20

45

11

2

8

11

3

4

1,75

2

2,5

65

Qashqadaryo viloyati

9.

Yakkabog‘ tumani hokimligi

25

52

15

1

8

12

4

6

1,75

2

2,5

77

10.

Qamashi tumani hokimligi

24

50

15

1

8

12

3

5

1,75

2

2,5

74

Navoiy viloyati

11.

Xatirchi tumani hokimligi

24

54

15

2

8

13

4

6

1,75

2

2,5

78

12.

Nurota tumani hokimligi

19

44

12

2

5

11

3

5

1,75

2

2,5

63

Namangan viloyati

13.

Norin tumani hokimligi

24

45

13

1

6

12

3

4

1,75

2

2,5

69

14.

Kosonsoy tumani hokimligi

25

47

14

1

7

12

3

4

1,75

2

2,5

72

Samarqand viloyati

15.

Bulung‘ur tumani hokimligi

26

48

13

2

7

12

4

4

1,75

2

2,5

74

16.

Ishtixon tumani hokimligi

25

48

15

1

7

12

3

4

1,75

2

2,5

73

17.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi

25

52

16

2

8

12

4

4

1,75

2

2,5

77

18.

Payariq tumani hokimligi

26

54

16

2

8

12

5

5

1,75

2

2,5

80

Surxondaryo viloyati

19.

Termiz shahar hokimligi

23

44

14

2

11

6

5

1,75

2

2,5

67

20.

Angor tumani hokimligi

26

46

12

1

7

11

4

5

1,75

2

2,5

72

21.

Bandixon tumani hokimligi

26

41

12

1

6

11

2

3

1,75

2

2,5

67

22.

Boysun tumani hokimligi

26

44

13

1

5

11

3

5

1,75

2

2,5

70

23.

Denov tumani hokimligi

31

56

16

2

8

13

5

5

1,75

2

3,0

87

24.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi

27

51

15

2

8

12

4

4

1,75

2

2,5

78

25.

Muzrabot tumani hokimligi

27

46

12

1

8

11

4

4

1,75

2

2,5

73

26.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi

27

51

15

2

7

12

4

5

1,75

2

2,5

78

27.

Qiziriq tumani hokimligi

26

45

12

1

8

11

3

4

1,75

2

2,5

71

28.

Oltinsoy tumani hokimligi

26

46

13

2

6

12

3

4

1,75

2

2,5

72

29.

Sariosiyo tumani hokimligi

29

50

15

2

6

12

4

5

1,75

2

2,5

79

30.

Termiz tumani hokimligi

27

43

11

1

6

11

3

5

1,75

2

2,5

70

31.

Uzun tumani hokimligi

29

47

13

1

6

12

4

5

1,75

2

2,5

76

32.

Sherobod tumani hokimligi

29

50

14

2

8

12

3

5

1,75

2

2,5

79

33.

Sho‘rchi tumani hokimligi

26

49

14

1

7

12

4

5

1,75

2

2,5

75

Sirdaryo viloyati

34.

Sirdaryo tumani hokimligi

28

47

13

2

6

12

3

5

1,75

2

2,5

75

35.

Sardoba tumani hokimligi

19

46

11

1

8

11

4

5

1,75

2

2,5

65

Farg‘ona viloyati

36.

Quva tumani hokimligi

24

50

15

1

7

13

3

5

1,75

2

2,5

74

37.

Marg‘ilon shahar hokimligi

20

42

13

1

11

6

5

1,75

2

2,5

62

38.

Yozyovon tumani hokimligi

20

46

12

2

7

11

3

5

1,75

2

2,5

66

39.

O‘zbekiston tumani hokimligi

23

51

16

2

6

13

3

5

1,75

2

2,5

74

Xorazm viloyati

40.

Shovot tumani hokimligi

23

50

14

1

8

12

4

5

1,75

2

2,5

73

41.

Yangiariq tumani hokimligi

23

44

12

2

6

11

3

4

1,75

2

2,5

67

Toshkent viloyati

42.

Yangiyo‘l shahar hokimligi

18

35

11

1

10

4

3

1,75

2

2,5

53

43.

Bo‘ka tumani hokimligi

21

47

12

1

8

13

3

4

1,75

2

2,5

68

44.

Chirchiq shahri hokimligi

21

42

13

2

11

6

4

1,75

2

2,5

63

45.

Chinoz tumani hokimligi

20

45

12

1

7

12

3

4

1,75

2

2,5

65

Jami

1 099

2 156

608

67

287

532

166

214

79

90

113

3 255

* Izoh: Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tajriba-sinov davrida mazkur tuman (shahar) lar bo‘yicha shtat birliklarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 06/25/186/0963-son)