1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xo‘jaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Suv sohasini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, raqamli texnologiyalar yordamida mavjud suv resurslari va elektr energiyasi hisobi yuritilishini ta’minlash hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, sohani barqaror rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
I.Maqsadlar
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
(a) respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq ma’lumotlarni raqamlashtirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(b) 600 mingdan ortiq suv iste’molchilari, 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(v) suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
(g) suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish.
II. Suvdan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.09.00 Suvdan foydalanganlik uchun to‘lovlar (shuningdek, 07.10.07.00 va 11.01.11.00larga qarang)]
2. Belgilansinki, suvdan foydalanuvchilarga yetkazib berilayotgan suvning hisobi va hisobotini to‘liq yuritish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasini shakllantirishni tartibga solish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.06.00 Suvdan foydalanish huquqi va majburiyati;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(a) Suv xo‘jaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan yuridik shaxs bo‘lgan suvdan foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama elektron dalolatnoma suvdan foydalanuvchi tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi hamda e’tirozi bo‘lmaganda mazkur axborot tizimida tasdiqlanishi majburiy hisoblanadi. Bunda:
(i) suvdan foydalanuvchi tomonidan dalolatnoma tasdiqlanmasa yoki uning e’tirozi bo‘lgan taqdirda asoslantiruvchi hujjat yoki ma’lumot axborot tizimiga joylashtirilmasa, dalolatnoma kelishilgan hisoblanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
(ii) suv yetkazib beruvchi tashkilot suvdan foydalanuvchiga ikki tomonlama elektron dalolatnoma tuzilgani to‘g‘risida elektron (SMS-xabarnoma va mobil ilova orqali) xabarnoma yuboradi;
(b) suvni hisobga olish vositalari mavjud bo‘lmagan va (yoki) foydalanilgan suvning haqiqiy hajmini suvni hisobga olish vositalari orqali aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda foydalanilgan suvning hajmini quyidagi tartibda aniqlashiga ruxsat beriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.12.00 Kosmik faoliyat]
(i) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining davlat kosmik monitoringi doirasida qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida aniqlangan foydalanilgan suvning hajmiga asosan kosmik monitoring orqali;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(ii) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining davlat kosmik monitoringi doirasida aniqlash imkoni bo‘lmaganda — “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga kiritilgan qishloq xo‘jaligi ekin turlari va maydoni bo‘yicha suv resurslari iste’moli normativlariga ko‘ra;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
(v) dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilgan suv hajmi ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
3. Suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
(a) Adliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(b) suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani “Suv hisobi” axborot tizimida namunaviy shartnoma asosida elektron shaklda tuzish imkonini yaratsin.
Belgilansinki, mazkur shartnoma bo‘yicha yuridik xulosa olish talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi uch oy muddatda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning yer maydonlari, ekin turlari va ularning joylashuvi (koordinatalari va kontur raqamlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda doimiy hamda beg‘araz taqdim etib borishni yo‘lga qo‘ysin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
5. Belgilansinki, Suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasi asosida yaratilgan axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar, shu jumladan tizim operatori tomonidan ishlab chiqilgan hamda takomillashtirilgan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar Suv xo‘jaligi vazirligining mulki hisoblanadi hamda belgilangan tartibda intellektual mulk sifatida ro‘yxatga olinadi.
III. Suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
6. Suv xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi (keyingi o‘rinlarda — Raqamlashtirish markazi) tashkil etilsin hamda Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmatining bo‘shaydigan shtat birliklari, amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalari, balansida bo‘lgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari Raqamlashtirish markaziga o‘tkazilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Raqamlashtirish markazi tashkil etilishi munosabati bilan Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tugatilsin va uning bo‘shaydigan shtat birliklari, amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalari, balansida bo‘lgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari Raqamlashtirish markaziga o‘tkazilsin.
Belgilansinki, Raqamlashtirish markazi 31 ta shtat birligidan iborat bo‘lib, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi mavjud shtatlar hisobidan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
7. Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida davlat muassasasi shaklida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi (keyingi o‘rinlarda — Rivojlanish markazi) tashkil etilsin va shu munosabat bilan Suv xo‘jaligida islohotlar markazi tugatilsin hamda uning bo‘shaydigan 23 ta shtat birligi, amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalari, balansida bo‘lgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari Rivojlanish markaziga o‘tkazilsin.
8. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(g) Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
(d) Raqamlashtirish markazi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati xodimlariga amalda qo‘llanayotgan tartib bo‘yicha belgilanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
(j) Rivojlanish markazi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi Suv xo‘jaligida islohotlar markazi xodimlariga amalda qo‘llanayotgan tartib bo‘yicha belgilanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
(z) Rivojlanish markazi har oyda suv resurslari sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
9. Quyidagilar:
(a) Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq;
(v) Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari 3-ilovaga muvofiq;
(g) Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
10. Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlariga o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘larini ushbu markazlar faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash va joriy xarajatlarga, ta’mirlash, rekonstruksiya va qurilish ishlariga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, chet davlatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashga, shuningdek, mazkur markazlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirlarga yo‘naltirish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
11. Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvqurilish” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “O‘zsuvqurilish” AJga qarashli Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasi 1a-uyda joylashgan binoning umumiy maydoni 1 394 kv metr bo‘lgan “B” bloki yerto‘la qismi va 1-qavati hamda mazkur binoga tutash bo‘lgan jami 1 912 kv metr yer maydonini “O‘zsuvqurilish” AJ ustav kapitalida bo‘lgan davlat ulushini kamaytirish hisobiga Raqamlashtirish markazi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
Raqamlashtirish markazi Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasi 1a-uy manzilidagi binoning “B” bloki yerto‘la qismi va 1-qavatiga operativ boshqaruv huquqi asosida belgilangan tartibda joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Rivojlanish markazi Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasi 1a-uy manzilidagi binoning “B” bloki 4-qavatiga bepul foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda joylashtirilsin.
IV. Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
12. Suv xo‘jaligi sohasidagi jarayonlarni bir joydan kuzatish va suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida “Suv xo‘jaligida vaziyatlar markazi” ishga tushirilgani hamda “Suv hisobi”, “Nasos stansiyalari”, “Tomchi Yer”, “Smartwater” axborot tizimlari, “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi, ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgani hamda amaliyotga joriy etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
13. Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida amaldagi vazir o‘rinbosarlari lavozimlaridan birining shtat birligi hisobidan suv xo‘jaligi vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari (Chief Digital Officer) lavozimi joriy etilsin va unga suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarning amalga oshirilishi hamda ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Belgilansinki, suv xo‘jaligi vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosariga hamda Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlariga mazkur Farmonda nazarda tutilgan va raqamlashtirish sohasi va faoliyati yo‘nalishlaridan tashqari boshqa vazifa, funksiya va topshiriqlarni yuklash taqiqlanadi.
V. Suv kadastri va elektr energiya hisobotlariga oid tizimlarni takomillashtirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
14. Suv xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan “Davlat suv kadastri” axborot tizimini ishlab chiqsin va ma’lumotlarni o‘zaro integratsiya qilish ishlarini amalga oshirsin.
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Bunda Gidrometeorologiya xizmati agentligi yer usti suvlari, Suv xo‘jaligi vazirligi suvdan foydalanish, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi yer osti suvlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ichimlik va oqova suvlar bo‘yicha ma’lumotlarni maxsus himoyalangan aloqa tizimlari orqali “Davlat suv kadastri” axborot tizimiga taqdim etib borsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
15. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalariga elektr energiyasi hisoblagichlarini xarid qilish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zenergosotish” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
16. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zenergosotish” AJ 2026-yil 1-mayga qadar:
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(a) nasos stansiyalarida o‘rnatilgan elektr energiyasi hisoblagichlarini “Nasos stansiyalari” axborot tizimiga integratsiya qilish;
(b) integratsiyasi yakunlanib, axborot tizimiga ma’lumoti kelmayotgan hisoblagichlarini almashtirish, nuqsoni mavjudlarini tuzatish, ularni aloqa vositalari bilan ta’minlash ishlarini yakunlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Bosh prokuratura Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda joylardan ma’lumoti kelmayotgan qurilmalarga tashqi ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlarini tashkil etsin, qonunbuzilish holatlari aniqlangan hollarda qonunchilikda belgilangan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’minlasin va har chorakda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
VI. Moliyaviy resurslar
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(a) Suv xo‘jaligi vazirligiga mazkur Farmon bilan qo‘shimcha vazifalar yuklatilganini inobatga olib, 2026-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda suv xo‘jaligida raqamlashtirish tadbirlari, jumladan, Raqamlashtirish markazi faoliyatini moliyalashtirish uchun 50 milliard so‘m mablag‘ni nazarda tutsin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
(b) 2026-yildan boshlab Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratiladigan barcha mablag‘lar Raqamlashtirish markazi orqali moliyalashtirilishini, 2027-yildan boshlab har yili Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
18. Suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil qilishga ko‘maklashish, bino va inshootlarni ta’mirlash va jihozlash maqsadida mazkur markazlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armalariga Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir markazga 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratsin.
VII.Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
19. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib quyidagilar belgilansin:
(a) Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev — Farmonning o‘z vaqtida bajarilishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini muhokama qilib, tizimli nazoratni o‘rnatish uchun;
(b) suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev — suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish uchun;
(v) raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari O. Umarov — axborot tizimlarini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash, idoralararo integratsion platforma orqali o‘zaro bog‘lash ishlariga ko‘maklashish uchun;
(g) qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Q. Yuldashev — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer maydonlari, ekin turlari va ularning joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda taqdim etilishi uchun;
(d) iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari A. Haydarov — Farmon ijrosini ta’minlashga zarur bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini ta’minlash uchun;
(j) Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev — suv xo‘jaligi sohasiga raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘lar maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish uchun.
20. Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoniga5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
22. Farmon ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-oktabr,
PF-183-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga 1-ILOVA
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish jarayonini tahlil qilish, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqish va mazkur ishlarda buyurtmachi vazifasini bajarish.
2. Ilg‘or xalqaro tajriba asosida suv xo‘jaligi tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish orqali maqbullashtirish hamda bu boradagi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
3. “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona platformasiga tizimdagi barcha dasturiy komplekslarni integratsiya qilish, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash.
4. Suv xo‘jaligida vaziyatlar markazining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.
5. Suv xo‘jaligi obyektlarida suv resurslari va elektr energiyasi hisobini yurituvchi raqamli qurilmalarning texnik shartlarini ishlab chiqish va ularni joriy etish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
6. Suv hisobi yuritilishini raqamlashtirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
7. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yagona suv balansini shakllantirish hamda davlat suv kadastrining yuritilishini takomillashtirib borish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
8. Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kunlik, operativ (tezkor) ma’lumotlar tunu kun olinishini ta’minlash hamda tasdiqlangan suv olish limitlari va grafiklari asosida suv olinishini monitoring qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga 2-ILOVA
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Suv sohasini rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishish holatini tahlil qilib borish.
2. Suv sohasidagi tizimli muammolarni tahlil qilgan holda sohani strategik va innovatsion yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslar asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar, chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish.
3. Suv sohasida innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.
4. Transchegaraviy, xalqaro va mahalliy suv muammolarini tahlil qilish hamda yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
5. Suv sohasiga oid ma’nan eskirgan qoida va me’yorlarni belgilovchi hujjatlarni zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surish.
6. Suv sohasi tashkilotlarining faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
7. Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash.
8. Konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga 3-ILOVA
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi faoliyatini
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
1. 2025-yilda — Suv xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, 2026-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar.
2. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning sohani raqamlashtirish hisobiga iqtisod bo‘lgan qismi.
3. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar.
4. Vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablag‘lar.
5. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablag‘lari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
6. Raqamlashtirish markazining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar.
7. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
8. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga 4-ILOVA
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi faoliyatini
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
1. 2025-yilda — Suv xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligida islohotlar markazi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, 2026-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar.
2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar.
3. Vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablag‘lar.
4. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablag‘lari.
5. Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar.
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
7. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(a) “Suv xo‘jaligida islohotlar markazi” bloki “Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi” bloki bilan almashtirilsin;
(b) “Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati” bloki “Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi” bloki bilan almashtirilsin.
2. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlarining uch bo‘g‘indan iborat VERTIKAL BOSHQARUV TIZIMI HAMDA FUNKSIYALAR TAQSIMOTI
Tarkibiy tuzilma
Bo‘ysunuv
Funksiyalar
Yuqori bo‘g‘in
Markaziy apparat
vazir
1.Suv siyosatini yuritish.
2. Yagona suv balansini yuritish.
3.Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.
4. Hududiy organlar faoliyatini baholashning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash.
5.Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va foydalanish.
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
vazir
1. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish.
2. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.
3. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish va mezonlarini belgilash.
4. Yer usti suvlari obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
5.Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish.
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi
vazirning birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori
1. Suv sohasini rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishish holatini tahlil qilib borish.
2. Suv sohasidagi tizimli muammolarni tahlil qilgan holda sohani strategik va innovatsion yechimlarhamdaistiqbolli tashabbuslarasosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar, chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish.
3. Suv sohasida innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.
4. Transchegaraviy, xalqaro va mahalliysuv muammolarini tahlil qilish hamda yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
5.Suv sohasiga oid ma’nan eskirgan qoida va me’yorlarni belgilovchi hujjatlarni zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.
6.Suv sohasi tashkilotlarining faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
7. Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash.
8.Konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish.
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi
vazirning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari
1. Suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish jarayonini tahlil qilish, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqish va mazkur ishlarda buyurtmachi vazifasini bajarish.
2. Ilg‘or xalqaro tajriba asosida suv xo‘jaligi tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish orqali maqbullashtirish hamda bu boradagi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
3.“Raqamli suv xo‘jaligi” yagona platformasiga tizimdagi barcha dasturiy komplekslarni integratsiya qilish, ularni boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash.
4. Suv xo‘jaligida vaziyatlar markazining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.
5. Suv xo‘jaligi obyektlarida suv resurslari va elektr energiyasi hisobini yurituvchi raqamli qurilmalarning texnik shartlarini ishlab chiqish va ularni joriy etish.
6.Suv hisobi yuritilishini raqamlashtirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
7. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yagona suv balansini shakllantirish hamda davlat suv kadastrining yuritilishini takomillashtirib borish.
8. Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kunlik, operativ (tezkor) ma’lumotlar tunu kun olinishini ta’minlash hamda tasdiqlangan suv olish limitlari va grafiklari asosida suv olinishini monitoring qilish.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
vazir o‘rinbosari
1. Suv muammolarini aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish.
2. Global iqlim o‘zgarishining respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash.
3.Sohaga ilmiy-innovatsion yangiliklarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.
4. Suvni tejaydigan texnologiyalar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
O‘rta bo‘g‘in
Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi
vazirning birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori
1. Tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash.
2. Nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish choralarini ko‘rish.
3. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat ko‘rsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
4. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash.
5.Kollektor-drenaj tarmoqlari va ulardagi inshootlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash hamda yerlarning meliorativ barqarorligini ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilish.
Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti
Departament direktori
1. Loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.
2.Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish.
3.Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish.
4. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil qilish.
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi
vazir o‘rinbosari
1. Suv obyektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
2. Suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqa zonalari auksion orqali ijaraga berilishini tashkil etish.
3. Sohil bo‘yi mintaqalari bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.
4.Suv oqimlarini boshqarishda daryo o‘zanlari hamda qirg‘oqlaridan foydalanishni tartibga solish.
Quyi bo‘g‘in
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari
Ekspluatatsiya agentligi
1. Belgilangan limitlar asosida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish.
2. O‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish.
3.Sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.
4. Iste’molchilar kesimida yetkazib berilgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish.
5. O‘z hisobidagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish.
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 06/25/183/0954-son)