1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun savolnoma shakllari ro‘yxati 3-ilovaga hamda mazkur shakllar 3.1 — 3.6-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang));
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot media-rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh:
bir oy muddatda Milliy statistika qo‘mitasining “Aholini ro‘yxatga olish axborot tizimi” (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish axborot tizimi) negizida, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomalarini qo‘shgan holda mazkur tizimni takomillashtirishni, sinovdan o‘tkazishni va uning uzluksiz ishlashini;
2025-yil 15-oktabrga qadar ro‘yxatga olish axborot tizimi o‘rnatiladigan “mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalari xatlovdan o‘tkazilishini;
2025-yil 1-noyabrga qadar ro‘yxatga olish jarayonlarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun “Koll-markaz” tashkil etish ishlarini;
2025-yil 1-dekabrga qadar ro‘yxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini “mahalla yettiligi” tizimi va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga o‘rnatishni;
2026-yil yanvar-fevral oylari davomida ro‘yxatga olish axborot tizimi server quvvati hamda “OneID” tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
Bunda Milliy statistika qo‘mitasi Ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi Milliy statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida:
ro‘yxatga olish axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi uchun zarur server quvvatlarini ajratish;
“mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini himoyalangan virtual aloqa kanali (VPN) bilan ta’minlash;
respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida “OneID” tizimida ro‘yxatga olishning osonlashtirilgan tartibini joriy etsin va mazkur tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlasin;
ro‘yxatga olish jarayonida murojaatlarni qabul qilish uchun tashkil etiladigan “Koll-markaz” uchun respublika doirasida ishlovchi yagona qisqa raqam ajratsin;
statistika organlari hamda tuman va shahar ro‘yxatga olish shtablarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
4. Belgilansinki, ro‘yxatga olish tadbirida ro‘yxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar tegishli bo‘lgan vazirlik, idora va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan:
Milliy statistika qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan so‘rovnomaga asosan ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etgan xodimlar uchun rag‘batlantirish to‘lovlari ajratiladi;
2025-yil 1-noyabrga qadar “mahalla yettiligi” tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari malakali mutaxassislar bilan to‘ldiriladi va ularni o‘qitish jarayonlaridagi ishtiroki ta’minlanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
mahallalarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazishda haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi uchun “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati belgilab qo‘yilsin.
5. Milliy statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi ro‘yxatga olish tadbirida to‘plangan ma’lumotlarning sifatini ta’minlash maqsadida:
2025-yil 1-noyabrdan boshlab ro‘yxatga olish axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha “mahalla yettiligi” xodimlari uchun amaliy o‘quv-seminarlarini tashkil etsin;
aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini ro‘yxatga olish axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
ro‘yxatga olish ishlarining o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan kunlik nazorat tizimi joriy etilsin.
6. Milliy statistika qo‘mitasiga ro‘yxatga olish ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish jarayonida foydalanish uchun:
2025-yilning 15-oktabr va 2026-yilning 15-yanvar holatiga Adliya vazirligi oila tarkibi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar bazasini hamda Ichki ishlar vazirligi aholining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini elektron shaklda mazkur sanalardan keyingi kunda;
2025-yil 15-oktabr va 2026-yil 1-yanvar holatiga Kadastr agentligi ro‘yxatga olish jarayonida foydalanish uchun mahallalarning chegaralari hamda har bir jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer uchastkalari konturlari ko‘rsatilgan holda yangilangan elektron xaritalarni, shuningdek, ushbu yer uchastkalari bo‘yicha identifikatorlar, toifalari va boshqa zarur ma’lumotlar bilan birga, ma’lumotlar bazasini mazkur sanalardan keyingi kunda taqdim etsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
7. Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatga olish davrida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlasin. Bu borada Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida Milliy gvardiya ichki ishlar organlariga ko‘maklashsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash va yakuniy ma’lumotlarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillar uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar doirasida moliyalashtirishni ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
9. Tashqi ishlar vazirligi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo ro‘yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijdagi konsullik bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin va ularning Internet jahon axborot tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — internet tarmog‘i) orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlasin.
10. Milliy statistika qo‘mitasi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy rioya etilishini;
ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini bajarish uchun hududiy statistika organlariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladigan mutaxassislarning bir oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorda belgilanishini ta’minlasin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilish davriga qadar statistika organlari va boshqa vazirlik, idoralardan mutaxassislarni jalb qilgan holda shtab tashkil etsin hamda mazkur shtab a’zolarini har oy Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 baravarigacha miqdorda rag‘batlantirish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikkitadan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ro‘yxatga olishning aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini ommalashtirish maqsadida “Statistika sinflari”ni tashkil qilsin va ularni tadbir doirasida xarid qilinadigan mebel jihozlari va kompyuter texnikalari bilan jihozlash choralarini ko‘rsin;
ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqib, vaqtincha jalb qilinadigan “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini ro‘yxatga olish guvohnomasi bilan ta’minlasin;
2026-2027-yillarda ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadida budjet mablag‘lari hisobidan ro‘yxatga olish ma’lumotlarini qayta ishlovchi mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilish hamda yakuniy ma’lumotlarni chop etish ishlarini tashkil qilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
Bunda vaqtincha jalb qilinadigan ro‘yxatga olish ma’lumotlarini qayta ishlovchi mutaxassislarning bir oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida etib belgilanishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
11. Milliy statistika qo‘mitasiga ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, shuningdek, keyinchalik statistika dasturida belgilangan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida loyiha doirasida amaldagi me’yorlardan tashqari Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparatiga 1 ta elektromobil va hududiy statistika organlariga 14 ta “Damas” avtomobili sotib olishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. Vazirlar Mahkamasining 7-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Milliy statistika qo‘mitasi raisi B.S. Hamrayev hamda Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-oktabr,
629-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish) tartibini belgilaydi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
2. Ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi aholisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, aholi soni va tarkibini joriy hisob-kitob qilish, mehnat resurslarining joylashuvi va foydalanilishini o‘rganish, hududlarda qishloq xo‘jaligining tarkibiy holatini baholash, qishloq xo‘jaligi faoliyatiga xizmat qiluvchi infratuzilmani rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari tahlili natijasida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqish va pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda indikativ rejalashtirish, shuningdek, ilmiy — tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
3. Ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2026-yil 15-yanvar (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish sanasi) soat 00:00 etib belgilanadi. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 45 kun.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
Respondentlarning shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarini to‘plash jarayonida ro‘yxatga olish sanasidan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.
Jumladan, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan to‘ldirilmaydi, biroq ro‘yxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan to‘ldiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik]
Xuddi shunday ro‘yxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin xo‘jalikka yangi chorva mollari keltirilgan yoki tug‘ilgan chorva mollariga nisbatan to‘ldirilmaydi, biroq ro‘yxatga olish sanasidan keyin nobud bo‘lgan, so‘yilgan yoki sotilgan va boshqa sabablarga ko‘ra xo‘jalik hisobidan chiqib ketgan chorva mollariga nisbatan to‘ldiriladi.
4. Shaxsga doir ma’lumotlar quyidagicha to‘planadi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
respondentlar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalarini Internet jahon axborot tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — internet tarmog‘i) orqali maxsus dasturiy ta’minot yordamida mustaqil to‘ldirish;
vaqtincha ro‘yxatga olish xodimlari tomonidan respondentlar yashaydigan (bo‘lib turgan) turar joy va boshqa binolarga tashrif buyurgan holda respondentlar bilan so‘rov o‘tkazish va ularning og‘zaki javoblari asosida ma’lumotlarni planshet qurilmalari yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish savolnomalariga kiritish;
o‘zi yashaydigan (bo‘lib turgan) turar yoki noturar joyda ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar tomonidan mahalla fuqarolari yig‘ini binolarida tashkil etiladigan statsionar ro‘yxatga olish uchastkalariga borgan holda ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
ro‘yxatga olish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
respondent ro‘yxatga olish savolnoma shakllaridagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari mahalla fuqarolari yig‘inidagi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
gapirish va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlari tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida yig‘iladi.
Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini to‘ldirish O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Muassasa yoki tashkilotlar hududi yoki ularga tegishli bo‘lgan joylardagi qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarni yig‘ish ularning ma’muriyatlari tomonidan internet tarmog‘i orqali maxsus dasturiy ta’minot yordamida yuboriladi.
Internet tarmog‘i va planshet qurilmalari yordamida ro‘yxatga olishda savollar soni va mazmunini saqlagan holda tahririy o‘zgartirish va qayta guruhlarga ajratilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
5. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini ro‘yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ro‘yxatga olinadi.
6. Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:
bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kelishi, ketishi va bo‘lishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
7. Ro‘yxatga olishda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning o‘zi bilan birga bo‘lgan oila a’zolari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar va bir yildan ko‘p muddatda respublika hududida yashab kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
8. Respondentlar o‘zining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.
Bu joy respondent ro‘yxatdan o‘tgan (ro‘yxatga qo‘yilgan) manzil bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
9. Ro‘yxatga olish savolnoma shakllari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish dasturiga (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish dasturi) kiritilgan savollardan iborat bo‘ladi.
2-bob. Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni amalga oshiruvchi davlat organlari
10. Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
statistika organlari — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy statistika qo‘mitasi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy statistika organlari). Hududiy statistika organlarida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasiga muvofiq tegishli vazirlik va idoralar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
11. Milliy statistika qo‘mitasi ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagilarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni olib borish;
ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqish va tasdiqlash;
ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy hamda yo‘riqnoma materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash va tasdiqlash;
ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun moliyaviy hamda moddiy-texnik ta’minotni amalga oshirish;
ro‘yxatga olish hujjatlarini chop etish, moddiy-texnik ta’minot vositalarini tayyorlash (xarid qilish) va ularning respublika hududlariga o‘z vaqtida yetkazilishini tashkil etish;
ro‘yxatga olish xodimlarini tanlab olish va o‘qitish tartibini belgilash, hududiy statistika organlari xodimlarini o‘qitishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2026-yilgi ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida aholini xabardor qilish ishlarini (jumladan, SMS-xabarnoma orqali xabardor qilish, reklama audio va videomateriallari, nashrlar va boshqalarni tayyorlash orqali) muvofiqlashtiradi;
hududiy komissiyalar bilan birgalikda ro‘yxatga olish jarayonlarining sifatli o‘tkazilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash, ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini shakllantirish dasturini ishlab chiqish, ushbu ma’lumotlarni tarqatish va saqlash tartibini belgilash.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasida belgilangan aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Shuningdek, mazkur aholining ayrim toifalari mavjud muassasa va tashkilotlar o‘z hududida va unga tegishli bo‘lgan joylarda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ko‘rsatkichlarni yig‘ish ishlarini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda, doimiy yashovchi aholi soni ko‘rsatilgan aholi punktlarining to‘liq ro‘yxatini tuzish;
ma’muriy-hududiy birliklarda ko‘chalar nomi, uy va xonadon raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning mavjudligini ta’minlash;
har bir hududda yashovchi aholi sonidan kelib chiqib, respublika hududini ro‘yxatga olish uchastkalari (hisob uchastkalari)ga ajratishni kelishish;
ro‘yxatga olishga vaqtincha jalb etilgan xodimlar tarkibini tasdiqlash;
ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
ro‘yxatga olishga vaqtincha jalb etilgan xodimlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur transport vositalarini taqdim etish;
ro‘yxatga olishning xavfsiz o‘tkazilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning xavfsizligini;
jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar (jinoyatchilik yoki huquqbuzarlik sodir etgan a’zolari bo‘lgan oilalar, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar iste’moli yuqori bo‘lgan oilalar, moliyaviy jihatdan yetarli darajada ta’minlanmagan va ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan oilalar, oilaviy nizolar, zo‘ravonlik va o‘zaro hurmatsizlik mavjud bo‘lgan oilalar va boshqalar, doimiy yashash joyisiz yoki yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalar) ro‘yxatlari shakllantirilishini;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
ro‘yxatga oluvchilarni ichki ishlar organlari xodimlari hamrohligida ijtimoiy xavfli oilalar yashaydigan manzillar bo‘yicha kuzatib borilishini tashkil etishni;
ro‘yxatga olish davrida hududlarda tinchlik va jamoat tartibini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
15. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish va uning natijalarini tahlil hamda e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan, xalqaro moliya institutlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
3-bob. Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
16. Ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasi (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy reja) hududiy komissiyalar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) bo‘yicha alohida tuziladi, shundan so‘ng Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Respublika tashkiliy rejasini shakllantiradi.
Mahalla chegarasi doirasida mahallaning jami aholisi bitta ro‘yxatga olish uchastkasi deb belgilanadi. Ro‘yxatga oluvchilarga to‘g‘ri keladigan yuklama shahar joylarda o‘rtacha 900 kishi, qishloq joylar va borish qiyin bo‘lgan hududlarda o‘rtacha 700 kishi etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Ayrim hollarda ro‘yxatga oluvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklama mahalladagi aholi zichligidan kelib chiqib, belgilangan normalardan ko‘p bo‘lishi, jami aholisi soni normalardan kam bo‘lgan mahallalarda esa kam bo‘lishi mumkin.
Mahalla aholisi sonidan kelib chiqib, ro‘yxatga oluvchilar soni aniqlanadi hamda mahalla raislari tomonidan ular o‘rtasida ro‘yxatga olinadigan mahalla aholisi taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Tashkiliy rejani tuzishda kutilmagan holatlar (kasallik, baxtsiz hodisa, yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik va boshqalar) inobatga olingan holda ro‘yxatga olish xodimlarining umumiy sonining 5 foizidan oshmagan miqdorda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
Kutilmagan holatlar yuzaga kelganda, ro‘yxatga olish jarayonlariga zaxiradan xodimlar jalb etiladi va rag‘batlantiriladi.
Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar ro‘yxati Milliy statistika qo‘mitasi axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi. Shu asosda ro‘yxatga oluvchilar yuklamasi amaldagi tasdiqlangan tashkiliy reja doirasida axborot tizimi orqali avtomatik tarzda qayta taqsimlanadi. Bunda hududiy komissiyalar tomonidan qo‘shimcha tasdiq yoki alohida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Ro‘yxatga oluvchi sifatida ishtirok etmagan “mahalla yettiligi” xodimlari avtomatik hisob-kitob natijasiga muvofiq zaxiraga o‘tkaziladi.
17. Tuman va shaharlar bo‘yicha tayyorlangan tashkiliy rejalar tuman va shahar komissiyalari tomonidan kelishiladi va hududiy statistika boshqarmalariga taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tayyorlangan tashkiliy rejalar hududiy komissiyalar tomonidan kelishiladi va Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Hududlar bo‘yicha tuzilgan, tasdiqlangan va umumlashtirilgan holda kelishish uchun kiritiladigan tashkiliy rejalar Respublika komissiya raisi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
18. Joylarda ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish va o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, hududlar darajasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash hududiy komissiyalar tomonidan hududiy statistika organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
19. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hududiy organlari 2025-yilning 15-oktabriga qadar hududiy statistika organlariga ro‘yxatga oluvchi xodimlar xavfsizligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan manzillar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi.
Olingan ma’lumotlar ro‘yxatga olish uchastkalari bo‘yicha guruhlanadi hamda ro‘yxatga olish uchastkalari rahbarlariga ro‘yxatga oluvchilarni ogohlantirish uchun yetkaziladi.
4-bob. Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun jalb qilinadigan xodimlar toifalari
20. Ro‘yxatga olish ishlariga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
respublika darajasida — Milliy statistika qo‘mitasi, vazirlik va idoralar xodimlari, shuningdek, Respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan shaxslar;
hududiy darajada — hududiy statistika organlari xodimlari va hududiy komissiyalar a’zolari.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari tashkiliy rejalar asosida ro‘yxatga oluvchi vaqtincha xodimlarni tanlab olishni ta’minlaydi hamda ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan xodimlar ro‘yxatini shakllantiradi.
Xodimlar ro‘yxati 2025-yilning 1-noyabriga qadar hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
22. Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga va mazkur toifalar mavjud muassasa va tashkilotlar hududida hamda unga tegishli bo‘lgan joylarda qishloq xo‘jaligi sohasiga doir ma’lumotlarni yig‘ishga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar ro‘yxati tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan shakllantiriladi va statistika organlariga ro‘yxati taqdim etiladi.
23. Ro‘yxatga olish uchastkalarining faoliyatini tashkil etish uchun “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.
Ro‘yxatga olish uchastkalarida vaqtincha lavozimlar quyidagicha taqsimlanadi:
ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida statsionar ro‘yxatga oluvchi — mahalla raisi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i o‘rinbosari — profilaktika inspektori;
ro‘yxatga oluvchi xodimlar (zaxira xodimlarni qo‘shgan holda) — hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va boshqa jalb qilinadigan xodimlar.
Ro‘yxatga olish uchastkalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatiga tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari rahbarlik qiladi.
24. Ro‘yxatga oluvchi vaqtincha xodimlar maxsus o‘quv jarayonidan o‘tadi va unda quyidagilar o‘rgatiladi:
ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, unga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, ro‘yxatga oluvchilarning majburiyatlari va axloqiy qoidalari;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma;
planshetlarga o‘rnatilgan ro‘yxatga olishning dasturiy ta’minoti bilan tanishish va amaliyot mashg‘ulotlari;
muammoli masalalar muhokamasi, xatolar tahlili va yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni tushuntirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
25. Ro‘yxatga olish tadbirida ro‘yxatga oluvchi bo‘lib ishtirok etgan “mahalla yettiligi” xodimlari ularga biriktirilgan ro‘yxatga olish uchastkasi hududida respondentlarni ro‘yxatga olishning to‘liq qamrovi ta’minlangandan so‘ng, bir martalik rag‘batlantiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
To‘lovlar shahar va qishloq joylar uchun belgilangan o‘rtacha yuklama uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir yarim baravari (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni inobatga olgan holda) miqdorida, ushbu yuklamadan kam yoki ortiq bo‘lgan hollarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan respondentlar soniga mos ravishda belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Bunda zaxira xodimlar ham ro‘yxatga oluvchi sifatida jalb etilsa, ular ham bir martalik rag‘batlantiriladi.
5-bob. Ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish
26. Ro‘yxatga olishda respondentlar so‘rovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
2026-yilning 15 — 31-yanvar kunlari — internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish (17 kun). Bunda respondentlar tashkil etilgan census.stat.uz portali orqali o‘zlari ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Shuningdek, tashkil etilgan mobil guruhlar va ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘zlariga biriktirilgan hududda joylashgan yirik korxona hamda tashkilotlarga tashrif buyurgan holda, ularda ishlovchi xodimlarni elektron ro‘yxatdan o‘tishlariga amaliy yordam ko‘rsatadi;
2026-yilning 1 — 3-fevral kunlari — internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantiriladi (3 kun). Olingan ro‘yxatlar hududiy statistika organlari va ro‘yxatga olish uchastkalari boshliqlari (ularning o‘rinbosarlari)ga yetkaziladi;
2026-yilning 4 — 28-fevral kunlari — ro‘yxatga oluvchilar respondentlarni ularning yashash (vaqtincha bo‘lish) manzilida ro‘yxat oladi (25 kun).
Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishni xohlamagan (yoki imkoniyati bo‘lmagan), shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarning uyiga kelishidan bosh tortgan respondentlar ro‘yxatga olishdan o‘tish uchun mahalla fuqarolari yig‘ini binolarida joylashgan statsionar uchastkalarga borishlari mumkin.
Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish savolnomasini noto‘g‘ri yoki kamchiliklar bilan to‘ldirgan respondentlar ro‘yxatga oluvchilar tomonidan qayta ro‘yxatga olinadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, hokimlik zaxirasidagi yer maydonlari (asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlariga ega tashkilotlarni qo‘shgan holda) uchun 2026-yilning 15-yanvaridan — 28-fevraliga qadar ro‘yxatga olishning to‘liq davrida internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Ro‘yxatga olish ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng ayrim ro‘yxatga olish uchastkalarida 2026-yil 1-mayga qadar uy-joy manzillarining 10 foizigacha qismi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.
(25-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
27. Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlari o‘z xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishlari hamda xodimlar va ularning oila a’zolarini to‘liq ro‘yxatdan o‘tishlari yuzasidan nazorat o‘rnatishlari shart.
28. Ro‘yxatga oluvchilar tomonidan so‘rov o‘tkazish va xonadonlarni aylanib chiqish soat 9:00 dan 21:00 gacha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
Qishloq joylarida ro‘yxatga olish uchastkalarining boshliqlari so‘rovni boshlash yoki tugatish vaqtini mustaqil belgilash huquqiga ega. So‘rov jarayoni dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan grafik asosida tanaffuslar bilan o‘tkaziladi. Grafik ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan tuziladi va zarurat tug‘ilganda o‘zgartiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
29. Ro‘yxatga olish davomida ro‘yxatga oluvchi xodimlar quyidagilarga amal qilishi shart:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
so‘rov o‘tkazishdan oldin o‘zini tanishtirishi, tashrif maqsadini tushuntirishi, shuningdek, ro‘yxatga olishda ishtirok etishning muhimligi, respondentlarning shaxsga va xo‘jalikka doir ma’lumotlarining maxfiyligi ta’minlanishi va so‘rov taxminan qancha vaqt davom etishi to‘g‘risida ma’lumot berishi;
shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlarida ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
ro‘yxatga olish savolnoma shakllarida keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha savollar berishi, ro‘yxatga olish savolnoma shakllarida mavjud bo‘lmagan savollarni bermasligi;
ro‘yxatga olish savolnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomada keltirilgan tushuntirishlardan tashqari respondentga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda tushuntirishlar berishi;
shaxsga doir ma’lumotlarni aniq yozib borishi va ularni buzib ko‘rsatmasligi, respondent talabi bo‘yicha u haqida to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishtirishi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning sha’ni va obro‘siga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]
so‘rov o‘tkazishda xushmuomala bo‘lishi, boshqa shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi yoki ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf solmasligi, shuningdek, o‘zlari ishlaydigan idora obro‘siga putur yetkazadigan harakatlardan saqlanishi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ularning mazmunini oshkor qilmasligi;
ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun ro‘yxatga oluvchi boshqa ro‘yxatga oluvchilar bilan hamkorlik qiladi.
30. Ro‘yxatga olish savolnoma shakllarini to‘ldirish uy xo‘jaligi tarkibini aniqlashdan boshlanadi.
Uy xo‘jaliklari shaxsiy va jamoaviyga bo‘linadi.
Shaxsiy uy xo‘jaliklari tarkibiga turar joy binolari — uylar (hovlilar), kvartiralar, yotoqxonalar, dala hovlilar va boshqa yashash uchun foydalaniladigan binolarda yashovchi shaxslar kiradi.
Jamoaviy uy xo‘jaliklari tarkibiga ijtimoiy va tibbiyot muassasalarida, kazarmalarda, qamoqxonalarda va diniy tashkilotlarda (madrasalarda) doimiy yashovchi shaxslar guruhi kiradi.
Aholining ayrim toifalari yashaydigan muassasalar (tashkilotlar) jamoaviy uy xo‘jaliklari hisoblanadi.
Quyidagi joylarda ro‘yxatga olish ishlari ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolg‘iz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
bolalar internatlari, tarbiya muassasalari;
ijtimoiy muassasalar;
diniy muassasalar;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
shifoxonalar va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
qamoqda saqlash joylari, tergov izolyatori, jazoni ijro etish muassasalari va maxsus muassasalar;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
harbiy qismlar va kursantlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari joylashgan hududlar.
Ro‘yxatga oluvchilar o‘ziga biriktirilgan hududda joylashgan mehmonxona turidagi muassasalarda ro‘yxatga olish ishlarini ushbu muassasaning ma’muriyati bilan birgalikda amalga oshiradi.
31. Ro‘yxatdan o‘tkazish davrida uy xo‘jaligi boshlig‘ining o‘zi bo‘lmaganda, xo‘jalikka (tomorqa xo‘jaligi, yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligiga) doir ma’lumotlar ushbu xo‘jalikning voyaga yetgan a’zosi tomonidan ma’lum qilinadi.
Respondent ro‘yxatga olish savolnoma shakllaridagi savollarga javob berishni rad etgan yoki ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash joyida (binoda), kvartirada hech kim bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Agar ro‘yxatga oluvchilar o‘z uchastkasida uysizlarga duch kelsa, ularni ham ro‘yxatga oladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
32. So‘rov davlat tilida o‘tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so‘rovdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda ro‘yxatga oluvchi xodimlar ushbu hududda yashovchi yoki shu hududning aholisi bilan erkin muloqot qila oladigan shaxslar orasidan tanlanadi.
Respondent bilan muloqotni ta’minlash maqsadida, agar respondent gaplashadigan tilni bilmasa, ro‘yxatga oluvchi (ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilgan holda) respondent gaplashadigan chet tilini biladigan shaxslarni (talabalar yoki boshqa chet tilini biladigan shaxslar) jalb etishi mumkin.
33. Ro‘yxatga oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini tuzadi, zarur hollarda ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari bilan maslahatlashadi, o‘ziga biriktirilgan hududdagi barcha binolarni hisobga olgan holda so‘rov o‘tkazish uchun qulay bo‘lgan yo‘nalishni kunlik belgilaydi. Bu yo‘nalish shunday tartibda tuzilishi kerakki, bunda xonadonlarni aylanib chiqish va u yerda yashovchi (vaqtincha bo‘lib turgan) respondentlardan so‘rov o‘tkazish imkonini berishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
Ro‘yxatga oluvchilar ish rejasini tuzishda quyidagilarni hisobga olishi zarur:
kam vaqt sarf etib va qisqa masofani bosib, maksimal miqdorda binolarni aylanib, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish;
jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar bo‘lgan xonadonlarga Milliy gvardiya yoki ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurgan holda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish.
34. Agar ro‘yxatga oluvchi rejadan sezilarli darajada ortda qolayotgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari) ushbu holatning sababini aniqlashtiradi va zarur hollarda zaxira tarkibidan qo‘shimcha ro‘yxatga oluvchilar jalb etilishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
35. Ro‘yxatga oluvchi ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari) ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi shart.
Ro‘yxatga oluvchilar ish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari bo‘yicha ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari)ga xabar beradi hamda imkon qadar mustaqil ravishda ushbu muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilar zarurat tug‘ilganda oilaviy ahvoli, sog‘lig‘i va boshqalar bilan bog‘liq kutilmagan holatlar haqida ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari)ga o‘z vaqtida xabar berishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
36. Agar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamasa, ro‘yxatga oluvchi unga mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida joylashgan ro‘yxatga olish uchastkalarida (statsionar) ro‘yxatdan o‘tishni taklif etadi va mahalla manzilini beradi.
37. Ro‘yxatga olish davrida ro‘yxatga olish uchastkalari boshliqlari (ularning o‘rinbosarlari) har kuni ro‘yxatga oluvchilarning ishini nazorat qiladi, shuningdek, so‘rov o‘tkazilgan respondentlar sonini va ro‘yxatga oluvchilar tomonidan ish jadvaliga rioya qilinishini tekshirib boradi.
6-bob. Ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
38. Shaxsga doir ma’lumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
39. Ro‘yxatga oluvchi xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxslar shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
40. Ro‘yxatga olish savolnomalari to‘ldirilgandan so‘ng, ular bilan tanishish va respondent talabiga binoan ma’lumotlarni aniqlash jarayonidan keyin shaxsga doir ma’lumotlarga faqatgina vakolatli statistika organlari xodimlari kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
41. Milliy statistika qo‘mitasi shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashda quyidagilarni ta’minlaydi:
shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalarni yoki mansabdor shaxslarni belgilash;
umumiy foydalaniladigan aloqa tarmog‘i orqali shaxsiy ma’lumotlar uzatilayotganda ularni himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni himoya qilish;
shaxsga doir ma’lumotlar qayta ishlanayotgan binolarda maxsus kirish tartibini joriy etish;
shaxsga doir ma’lumotlarga kirish huquqini ularni qayta ishlashda ayrim shaxslar doirasi bo‘yicha cheklash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy-texnik vositalarni yong‘in va xavfsizlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan xonalarga joylashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ro‘yxatga olish axborot tizimlarini himoya qilish vositalarini qo‘llash;
ma’lumotlarni himoya qilish choralari ko‘rilmasdan dasturiy-texnik vositalardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarida ularni himoya qilish bo‘yicha boshqa choralarni ko‘rish.
7-bob. Respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash, ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlarini shakllantirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
42. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasiga muvofiq, ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy hisoblanadi va oshkor etilmasligi hamda tarqatilmasligi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Milliy statistika qo‘mitasi respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini shakllantirish Dasturi”ga muvofiq qayta ishlaydi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida shaxsga doir ma’lumotlar shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan holatga keltiriladi (egasizlantiriladi).
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
43. Ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari respondentlarning internet tarmog‘i va planshet qurilmalari yordamida to‘plangan shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashda olingan jamlangan ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari 2026-yilning 1-iyulgacha tayyorlanadi.
44. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarida hamda ro‘yxatga olish natijalarini tahlil qilish maqsadida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston fermerlar kengashi, Kadastr agentligi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralarning ma’muriy ma’lumotlar manbalaridagi mavjud axborotlardan foydalanilishi mumkin.
8-bob. Ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini e’lon qilish va saqlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish]
45. O‘zbekiston Respublikasi va hududlar bo‘yicha ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari 2027-yilning 1-iyuliga qadar e’lon qilinadi.
Yakuniy ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasi va hududiy statistika boshqarmalari tomonidan rasmiy veb-saytlarda joylashtirish va bosma nashrlarda e’lon qilish orqali ma’lum qilinadi.
Nashr qilingan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlar foydalanuvchilarning so‘rovlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilgan holda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
46. Elektron ma’lumotlar bazalari va boshqa doimiy saqlash muddatiga ega hujjatlar, shuningdek, ro‘yxatga olishning yig‘mahujjatlari O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq, “O‘zarxiv” agentligi tizimiga kiruvchi tegishli viloyat, shahar va tuman davlat arxivlariga (shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlaridan tashqari) saqlash uchun topshiriladi.
9-bob. Yakuniy ma’lumotlarni taqdim etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.10.00 Demografiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
47. O‘zbekiston Respublikasi aholisining demografik, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy holatining asosiy ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari rasmiy statistika ma’lumotlari hisoblanadi va rasmiy statistika foydalanuvchilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
48. Yakuniy ma’lumotlar tushunarlilik va oshkoralik, aniqlik va ishonchlilik, xolislik va obyektivlik, shuningdek, statistik maxfiylik tamoyillari asosida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO))]
49. Yakuniy ma’lumotlarni taqdim etish jarayonida statistika organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan rasmiy statistikaning asosiy tamoyillari hamda statistika dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
50. Ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida, statistik to‘plamlar, byulletenlar va boshqa bosma nashrlar ko‘rinishida, ommaviy axborot vositalarida esa press-relizlar, xabarlar, sharhlar va boshqa axborot materiallari shaklida e’lon qilinadi.
51. Ochiq manbalarda joylashtirilmagan yakuniy ma’lumotlarni foydalanuvchilar so‘rovlari asosida shakllantirish va taqdim etish shartnoma asosida, mazkur ishlarni bajarish tashabbusi bilan chiqqan jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
52. Yakuniy ma’lumotlarni to‘lovli shartnoma asosida taqdim etish bo‘yicha axborot xizmati ko‘rsatishning asosi bo‘lib foydalanuvchilardan yozma yoki elektron shaklda olingan ariza hisoblanadi. Arizada so‘ralgan yakuniy ma’lumotlar ro‘yxati, ma’lumotni olish vositalari va foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi kerak.
53. Yakuniy ma’lumotlarning hajmi va shakllantirish murakkabligiga qarab ularni taqdim etish muddati uzaytirilishi mumkin, ushbu holatda ariza beruvchi xabardor qilinadi.
54. Agar so‘ralgan ma’lumotlar muayyan respondentning shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlashga xavf tug‘dirsa, ya’ni maxfiylikka ta’sir qilsa, bu ma’lumotlarni taqdim etish rad etiladi.
55. Ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari Milliy statistika qo‘mitasi bilan tuzilgan kelishuvlar hamda rasmiy statistika ma’lumotlari almashinuvi asosida xalqaro tashkilotlarga va xorijiy davlatlar statistika organlariga taqdim etiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish
DASTURI
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida respondentlarga tegishli shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plashda foydalaniladigan savollar ro‘yxati aholini ro‘yxatga olish dasturi hisoblanadi.
Ro‘yxatga olish dasturi quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.10.00 Demografiya]
1. Asosiy demografik ko‘rsatkichlarga tegishli savollar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tug‘ilgan sanasi, to‘liq yashagan yoshi;
jinsi;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.07.00 Qarindoshlik]
uy xo‘jaligida birinchi ko‘rsatilgan shaxs (oila boshlig‘i) bilan qarindoshlik munosabati;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
nikoh holati (15 yosh va undan katta shaxslar uchun);
tug‘ilgan joyi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.09.00 Migratsiya (05.01.09.00 ga qarang)]
2. Aholining mexanik harakati va migratsiyasiga tegishli savollar:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.01.00 Umumiy masalalar]
yashab turgan tuman/shaharda yashash muddati;
yashab turgan tuman/shaharga qayerdan ko‘chib kelganligi;
yashab turgan tuman/shaharga qachon ko‘chib kelganligi;
uzluksiz bir yil davomida boshqa mamlakat hududida yashaganligi;
boshqa mamlakat hududidan qachon ko‘chib kelganligi;
boshqa mamlakat hududiga qachon ko‘chib ketganligi;
boshqa mamlakatga nima sababdan ketganligi.
3. Aholining milliy xususiyatlari va fuqaroligiga tegishli savollar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va bekor qilinishi]
fuqaroligi;
millati (voyaga yetmagan bolalar uchun esa ota-onalari yoki voyaga yetgan yaqin qarindoshlari javoblari asosida belgilanadi).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Aholining ta’lim darajasiga tegishli savollar:
ta’lim darajasi;
o‘qishni yoki yozishni bilishi;
ilmiy darajasining mavjudligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]
7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishi;
hozirgi vaqtda ta’lim olishi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.07.00 Aholi daromadini indeksatsiyalash]
5. Uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holatiga tegishli savollar:
yashash uchun daromad manbai.
6. Aholining bandligiga tegishli savollar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
asosiy mehnat faoliyati;
ish joyi joylashgan manzil;
aholini ro‘yxatga olish boshlangan kunga qadar oxirgi bir hafta ichida faoliyat turidan qat’i nazar, ish haqi to‘lanadigan yoki daromad keltiradigan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lganligi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning yanvar oyida ish izlaganligi, taklif etilgan ishga ikki hafta mobaynida joylashish imkoniyati, ishga joylamaslik sababi.
turar joyning umumiy maydoni, shu turar joydagi yashash xonalari soni, yashash xonalarining maydoni;
turar joyning qurilgan vaqti;
turar joy tashqi devorlarining asosiy materiallari;
turar joydagi mavjud qulayliklar, sanitariya-gigiyena sharoitlari;
turar joyda yashovchi uy xo‘jaliklari va oilalar soni, ularning tarkibi (respondentning aholini ro‘yxatga olish vaqtida qayerda ekanligi, ushbu turar joyda doimiy, vaqtincha yashashi yoki vaqtincha yashamasligi, ushbu turar joyda yashamaslik sababi va muddatlari ko‘rsatilgan holda).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kelishi, ketishi va bo‘lishi]
9. O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi shaxsga oid ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha savollar ro‘yxati:
jinsi;
tug‘ilgan sanasi;
fuqaroligi (chet davlat fuqarolari uchun);
doimiy yashaydigan davlati;
O‘zbekistonga kelish sanasi;
O‘zbekistonga kelish sababi.
10. Aholining ayrim toifalariga nisbatan beriladigan savollar:
muassasa nomi;
muassasa turi;
ushbu muassasada ro‘yxatdan o‘tadigan jami respondentlar soni;
uysizlar va ularning soni;
ushbu muassasadagi respondentlar ro‘yxati.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish savollari:
xo‘jalikning huquqiy maqomi;
xo‘jalikda qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bandlarning bir yilda ishlagan oylari;
xo‘jalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning asosiy maqsadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.03 Er uchastkasini umrbod meros qilib qoldiradigan egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.02ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.04 Er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.03ga qarang)]
xo‘jalikdagi yer uchastkasiga bo‘lgan egalik huquqi;
xo‘jalik tasarrufidagi umumiy yer maydoni va ulardan foydalanish turlari;
qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda foydalanadigan suv manbalari;
qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish usullari;
xo‘jalikdagi amalda sug‘orilgan yer maydonlari;
xo‘jalikda ekilgan bir yillik ekin maydonlari;
xo‘jalikdagi ko‘p yillik ekinlar maydonlari va turlari;
xo‘jalikda ekilgan ko‘chatlar maydoni;
qishloq xo‘jaligida foydalanilgan o‘g‘it turlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
xo‘jalikdagi mavjud qishloq xo‘jaligi hayvonlari, parrandalarining bosh soni va ularni saqlash usullari;
xo‘jalikning baliq boqish (akvakultura) bilan shug‘ullanishi va suv havzalarining turi.
Izoh.
Internet jahon axborot tarmog‘i va planshet qurilmalari yordamida ro‘yxatga olishda savollar soni va mazmunini saqlagan holda tahririy o‘zgartirish va qayta guruhlarga ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasiga ro‘yxatga olish dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari
RO‘YXATI
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqilgan ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari quyidagilardan iborat:
1-shakl. “Yashash uchun foydalaniladigan turar joy xususiyatlari, ushbu turar joyda yashovchi uy xo‘jaligi a’zolari ro‘yxati” — 3.1-ilova;
2-shakl. “Shaxsga doir savolnoma” — 3.2-ilova;
3-shakl. “O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma” — 3.3-ilova;
4-shakl. “Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma” — 3.4-ilova;
5-shakl. “Jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha savolnoma” — 3.5-ilova;
6-shakl. “Yuridik shaxslar uchun qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha savolnoma” — 3.6-ilova.
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari ro‘yxatiga 3.1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari ro‘yxatiga 3.2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari ro‘yxatiga 3.3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari ro‘yxatiga 3.4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari ro‘yxatiga 3.5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari ro‘yxatiga 3.6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmlari
Amalga oshirish muddatlari
Mas’ul ijrochilar
I. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar
1.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish) bo‘yicha tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish.
1. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishni o‘tkazishning tashkiliy rejasini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish.
2025-yil 15-oktabr
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarning lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish.
2025-yil 15-oktabr
Milliy statistika qo‘mitasi
3. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.
2025-yil 1-dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi
II. Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish
2.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
1.Hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash.
2025-yil 15-oktabr
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari
2.Hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2025-yil 20-oktabr
3.Tuman (shahar)larda ro‘yxatga olish shtabi faoliyatini tashkil etish.
2025-yil 1-noyabr
3.
Aholi punktlarida yashovchi aholi soni ko‘rsatilgan holda ko‘chalar bo‘yicha xonadon va uylar ro‘yxatini shakllantirish.
1. Tuman va shaharlar bo‘yicha aholi soni ko‘rsatilgan holda ko‘chalar bo‘yicha xonadon va uylarning ro‘yxatini yangilash.
2. Yangilangan xonadonlar ro‘yxatini hududiy statistika organlariga taqdim etish.
2025-yil 15-oktabr
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
4.
Ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish.
1. Tuman va shaharlarni ro‘yxatga olish uchastkalariga bo‘lgan holda tashkiliy rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil25-oktabr
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi
(keyingi o‘rinlarda — respublika komissiyasi),
Milliy statistika qo‘mitasi,
hududiy komissiyalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yig‘ma tashkiliy rejalarni tasdiqlash.
2025-yil 1-noyabr
3. Respublika bo‘yicha yig‘ma tashkiliy rejani tasdiqlash.
2025-yil 15-noyabr
5.
Ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan “mahalla yettiligi” xodimlarining ro‘yxatini shakllantirish.
1. Ro‘yxatga olishda ishtirok etadigan xodimlar va ko‘zda tutilmagan holatlarni inobatga olgan holda zaxira (ro‘yxatga olish uchastkalariga bir nafardan) xodimlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlar (Ichki ishlar va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklaridan olingan zaxira xodimlarini qo‘shgan holda) ro‘yxatini tasdiqlash.
2025-yil 1-noyabr
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Milliy statistika qo‘mitasi, hududiy komissiyalar
6.
“Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish axborot tizimi) ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
1. Xavfsizligi ta’minlangan holda, Internet jahon axborot tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — internet tarmog‘i) orqali va planshet qurilmalari yordamida shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va natijalarini chiqarish imkoniyatini beruvchi ro‘yxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish.
2025-yil 15-oktabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishni o‘tkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh
2. Ro‘yxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini ishlab chiqish.
2025-yil noyabr
3. Ro‘yxatga olish axborot tizimini sinovdan o‘tkazish.
4. Ro‘yxatga olish davrida ro‘yxatga olish axborot tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
2026-yil yanvar-fevral
7.
Shaxsga doir va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’muriy ma’lumotlarni shakllantirish.
1.O‘zlarining ma’lumotlar bazasidagi shaxsga doir ma’muriy ma’lumotlarni fuqarolar bo‘yicha 2026-yil 15-yanvar holatiga Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etish.
2. Qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’muriy ma’lumotlarni xo‘jaliklar kesimida Milliy statistika qo‘mitasiga 2026-yil 15-yanvar holatiga taqdim etish.
2026-yil 15-fevral
Adliya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Soliq qo‘mitasi,
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,
O‘zbekiston fermerlari kengashi,
Kadastr agentligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar
8.
“Mahalla yettiligi” xodimlarini bir martalik rag‘batlantirish.
1.Milliy statistika qo‘mitasidan ro‘yxatga olishda ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” xodimlarining sonini olish.
2025-yil 20-dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2.“mahalla yettiligi” xodimlarini bir martalik rag‘batlantirish to‘g‘risida ishlarni tashkil etish.
2026-yil 5-mart
9.
Ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb qilinadigan xodimlarni o‘qitish uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratish.
2025-yil 15-dekabrdan — 2026-yil 15-yanvargacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari
2. Tuman (shahar) ro‘yxatga olish shtablarini va ro‘yxatga olish uchastkalarini kanselyariya (ruchka, qalam, A4 qog‘oz, stepler, skrepka, ro‘yxatga olish kitobi, papka va boshqalar) jihozlari, zarur hollarda transport vositalari bilan ta’minlash.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
3. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha monitoring qilish.
Doimiy
10.
“Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarining xatlovdan o‘tkazilishini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishni o‘tkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh
11.
Ro‘yxatga olish jarayonlarini texnik qo‘llab-quvvatlash.
1. Ro‘yxatga olish axborot tizimi uchun zarur bo‘ladigan server quvvatlarini aniqlash va xarid qilish.
2025-yil 20-oktabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishni o‘tkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh
2.Ro‘yxatga olish axborot tizimi uchun “OneID” tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
2026-yil yanvar-fevral
3. Ro‘yxatga olish jarayonini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun “Koll-markaz” tashkil etish.
2025-yil 1-noyabrga qadar
12.
Ro‘yxatga olishni planshet qurilmalari bilan ta’minlash.
1. Xatlov natijasida aniqlangan planshet qurilmalari sonini O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishni o‘tkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhidan olish.
2. Planshet qurilmalari nosoz yoki mavjud bo‘lmagan “mahalla yettiligi” xodimlarini planshet qurilmalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.
2025-yil 1-dekabr
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
13.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hududlarni yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan ta’minlash va ro‘yxatga olish axborot tizimi hamda ma’lumotlar bazasi uchun maxsus joy ajratish.
1.Ro‘yxatga olish davrida ro‘yxatga olish axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi uchun “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash yagona markazidan zarur quvvatlarni ajratish.
2025-yil 1-noyabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
2.Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida statistika organlari hamda tuman (shahar) ro‘yxatga olish shtablariga yuqori tezlikdagi aloqa kanallarini ajratish.
2025-yil 1-dekabr
3. Ro‘yxatga olish jarayonlarida shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini himoyalangan virtual shaxsiy tarmoq (VPN) aloqa kanali bilan ta’minlash.
2025-yil dekabr — 2026-yil fevral
14.
Axborot tizimining maxsus mobil ilovasini planshet qurilmalariga o‘rnatishni tashkil etish.
1. Ro‘yxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini “mahalla yettiligi” xodimlari va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga o‘rnatishni ta’minlash.
2025-yil 1-dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. “Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalariga JPS kuzatuv tizimini o‘rnatish.
2025-yil 1-dekabr
3. O‘rnatilgan maxsus mobil ilovani to‘liq ishlash holatiga keltirish.
2026-yil 15-yanvar
15.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazishning ro‘yxatga olish axborot tizimini ekspertizadan o‘tkazish.
Ro‘yxatga olish axborot tizimini axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish.
2025-yil 15-dekabr
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,
Milliy statistika qo‘mitasi
16.
Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar a’zolari, statistika organlari va hududiy oliy ta’lim tashkilotlari xodimlarini o‘qitish.
1. O‘qitish dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
2025-yil oktabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Toshkentdagi vakolatxonasi
2. Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalari xodimlarini o‘qitish.
2025-yil oktabr
3. Hududiy komissiya a’zolari, statistika organlari va oliy ta’lim tashkilotlaridan tanlangan trenerlarni o‘qitish.
2025-yil noyabr-dekabr
17.
Ro‘yxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni o‘qitish.
1. O‘qitish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil noyabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,
BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Toshkentdagi vakolatxonasi
2. “Mahalla yettiligi” xodimlarini (zaxiraga olingan xodimlarni qo‘shgan holda) o‘qitish.
2026-yil noyabr-dekabr
18.
Respublikadagi taniqli san’atkorlar, kino va teatr aktyorlari, yozuvchilar, shoirlar ishtirokida ro‘yxatga olish tadbirini aholi o‘rtasida keng ommalashtirish va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlash bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish.
1. Ssenariy asosida videorolik va ijtimoiy reklamalar tayyorlash.
2025-yil 15-noyabr
Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Kinematografiya agentligi
2. Respublika va mahalliy OAVda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish.
3. Gazeta va jurnallarda maqolalar berib borish.
2025-yil noyabr — 2026-yil fevral
19.
Ro‘yxatga olishning targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.
1. OAV va davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida turkum maqolalar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar berib borish.
2. Videoroliklar va ijtimoiy reklamalar tayyorlash hamda ularni televideniyeda namoyish etish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.
3. Tarqatma materiallar (buklet, flayer va boshqalar) tayyorlash va ularni aholining keng ommasiga yetkazish.
4. Bannerlar tayyorlash va o‘rnatish.
5. Mahallalar, oliy ta’lim tashkilotlari, maktablar, litseylar, sog‘liqni saqlash tashkilotlari hamda boshqa korxona va tashkilotlarda seminarlar tashkil etish.
6. Belgilangan tartibdaSMS-xabarnoma yuborishni tashkil etish va boshqa axborot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
2025-yil noyabr — 2026-yil fevral
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish hududiy komissiyalar,
BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Toshkentdagi vakolatxonasi
III. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish
20.
Ro‘yxatga olish ishlarining sifatli o‘tkazilishini tashkil etish.
1. Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini belgilangan muddatlarda sifatli o‘tkazilishini tashkil etish.
2026-yil 15 — 31-yanvar
Respublika komissiyasi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,
Soliq qo‘mitasi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Migratsiya agentligi, hududiy komissiyalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari
2. Planshet qurilmalari orqali ro‘yxatga olish ishlarini respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali sifatli o‘tkazilishini tashkil etish.
2026-yil 4-fevral — 28-fevral
21.
Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish.
1.Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari o‘z tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini tashkil etish.
2.Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ro‘yxatga olish davrida kunlik tartibda Milliy statistika qo‘mitasiga o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tganliklari bo‘yicha shaxslar kesimida ma’lumot taqdim etish.
2026-yil 15 — 31-yanvar kunlari
Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda
va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda ularning tizim tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari
22.
Ro‘yxatga olishning qishloq xo‘jaligi faoliyatiga tegishli ma’lumotlarni to‘plash.
1. Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarga ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyatini yetkazish.
2025-yil oktabr — 2026-yil yanvar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
O‘zbekiston fermerlari kengashi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
hududiy komissiyalar, tuman (shahar) hokimliklari
2. Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlar tomonidan internet tarmog‘i orqali ma’lumotlarni yuborishni tashkil etish.
2026-yil 15-yanvar — 28-fevral
23.
Ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlarning va ro‘yxatga olish uchun ajratiladigan bino va inshootlarning xavfsizligini ta’minlash.
1. Jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar ro‘yxatlarini shakllantirish va hududiy statistika organlariga taqdim etish.
2025-yil 1-noyabr
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya
2. Ro‘yxatga olish jarayonlarida jamoat tartibini saqlash maqsadida ro‘yxatga oluvchi guruhlarga bir nafar xodim biriktirish.
3. Ro‘yxatga olish ishlariga jalb etilgan shaxslarning va ro‘yxatga olish uchun ajratiladigan bino va inshootlarning xavfsizligini ta’minlash.
4. Hududlarda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash.
2025-2026-yil yanvar-fevral
24.
Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini to‘ldirish.
1.Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga jalb etiladigan xodimlar ro‘yxatini tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan shakllantirish.
2025-yil 1-noyabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Mudofaa vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Ichki ishlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati,
Tashqi ishlar vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
“SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi va boshqa maxsus kontingentga ega muassasalar
2. Planshet qurilmalari yordamida, biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan aholining ayrim toifalari bo‘yicha ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini to‘ldirish.
2025-yil noyabr — dekabr
IV. Moddiy-texnik va moliyaviy ta’minot
25.
Ro‘yxatga olishning xarajatlar hisob-kitobini ishlab chiqish.
Ro‘yxatga olish xarajatlari hisob-kitobini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish:
ish haqi xarajatlari;
rag‘batlantirish xarajatlari;
asosiy vositalar xarid qilish va maxsus ro‘yxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish uchun xarajatlar;
xodimlarni o‘qitish xarajatlari;
xizmat safari xarajatlari;
transport ijarasi xarajatlari;
me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va chop etish xarajatlari;
videorolik, ijtimoiy reklama va tarqatma materiallar tayyorlash xarajatlari;
ro‘yxatga olish natijalarini chop etish xarajatlari;
kutilmagan va boshqa xarajatlar.
2025-2026-yillar davomida
Milliy statistika qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
tegishli vazirliklar va idoralar
26.
Ro‘yxatga olish jarayonlarida zarur bo‘ladigan moddiy-texnik vositalar, hujjatlar va boshqa zarur vositalar xarid qilish hamda hududlarga yetkazish.
1. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni zaruratga ko‘ra xarid qilish.
2. Xarid qilingan moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni hududlarga yetkazib berish.
2025-2026-yillar davomida
Milliy statistika qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
tegishli vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari
V. Ro‘yxatga olishning yakunlari
27.
Ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlarini tayyorlash.
1. Internet tarmog‘i orqali va planshet qurilmalari yordamida yig‘ilgan shaxsga doir birlamchi ma’lumotlarni umumlashtirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlarini shakllantirish.
2026-yil 1-iyul
Milliy statistika qo‘mitasi
28.
Ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini tayyorlash.
1. Maxsus axborot tizimidan foydalangan holda aholini ro‘yxatga olishning natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
2. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
3. Respublika va hududlar darajasida tahliliy ma’lumotlar va jadvallarni tayyorlash.
2027-yil 1-iyul
Milliy statistika qo‘mitasi
29.
Ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini e’lon qilish va hujjatlarni saqlash.
1. Yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilish.
2. Yakuniy ma’lumotlarni rasmiy nashr ettirish va tarqatish.
2027-yil 1-noyabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
“O‘zarxiv” agentligi
3. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki va yakuniy ma’lumotlarini hamda boshqa hujjatlarini arxivda saqlashga tayyorlash.
2028-yil 31-mart
4. Doimiy saqlash muddatiga ega hujjatlarni davlat arxiviga topshirish.
Belgilangan muddatlarda
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh
TARKIBI
B.S. Hamrayev
—
Milliy statistika qo‘mitasi raisi, Ishchi guruh rahbari
O.M. Umarov
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
Z.M. Ziyayev
—
Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
J.S. Inagamov
—
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
N.U. Muxammadiyev
—
adliya vazirining o‘rinbosari
Z.K. Kurbanov
—
ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
J.I. Abdiyev
—
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
M.S. Mirmaksudov
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari
A.R. Mansurov
—
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori
O.N. Mirzayev
—
“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori
U.B. Usmanov
—
“UNICON SOFT” MCHJ bosh direktori
Izoh.
Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Zaruratga ko‘ra mazkur ishchi guruhga boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 6-ILOVA
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot
MEDIA-REJASI
T/r
Ma’lumotlar va media mahsulotlar turi
Amalga oshirish mexanizmlari
Amalga oshirish muddatlari
Ijrochilar
1.
Aholi orasida ro‘yxatga olish tadbirini keng targ‘ib qilish maqsadida ommaviy joylarda tashviqot banner va plakatlarini o‘rnatish.
Qisqa va ta’sirchan shiorlar ishlab chiqilib, tuman-shahar hokimliklari bilan hamkorlikda aholi gavjum joylar (bozorlar, yirik savdo markazlari, markaziy ko‘chalar) aniqlanadi hamda ularda banner va plakatlar o‘rnatiladi.
2025-yil oktabr — dekabr
Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Milliy statistika qo‘mitasi
2.
Ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyatini aholiga keng targ‘ib etish maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mashhur shaxslar ishtirokida intervyu va reportajlar tayyorlash.
Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda mashhur shaxslar (sportchilar, san’atkorlar, deputatlar, blogerlar) ishtirokida videorolik va intervyular tayyorlanib, ular televideniye, radio, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatilib, keng tarqatiladi.
2025-yil oktabr — dekabr
Madaniyat vazirligi,
Sport vazirligi,
vazirlik va idoralar,
O‘zMTRK,
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Milliy statistika qo‘mitasi
3.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, tadbirning ahamiyati va maqsadlarini keng targ‘ib etish.
“Telegram”, “Instagram”, “Facebook”, “X” va “YouTube” kabi ijtimoiy tarmoqlarda infografika, videorolik, intervyu va podkastlar tayyorlanib, ular keng tarqatiladi, xeshteglar orqali fleshmob va chellenjlar tashkil etiladi hamda faol blogerlar bilan samarali hamkorlik qilinadi.
Doimiy
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
4.
Aholiga ro‘yxatga olish jarayoni haqida mobil aloqa operatorlari orqali “SMS-xabarnoma” yuborish.
Mobil operatorlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, aholining barcha qatlamiga qisqa va aniq matnli SMS-xabarnomalar yuboriladi. Xabarlarda rasmiy veb-sayt va “Koll-markaz” raqamlari ko‘rsatilib, aholiga to‘g‘ri yo‘nalish beriladi.
2025-yil dekabr — 2026-yil fevral
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
5.
Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mashhur shaxslarning birinchilardan bo‘lib onlayn ro‘yxatdan o‘tganligi haqida qisqa reportajlar tayyorlab, ularni keng tarqatish.
Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik faollari, sportchilar, san’atkorlar, deputatlar va blogerlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari tasvirga olinib, qisqa reportajlar tayyorlanadi, tayyorlangan materiallar televideniye, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.
2026-yil yanvar-fevral
Madaniyat vazirligi,
Sport vazirligi,
vazirlik va idoralar,
O‘zMTRK,
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Milliy statistika qo‘mitasi
6.
Jamoat joylari, ta’lim tashkilotlari va jamoat transportlarida aholiga ro‘yxatga olish tadbiri haqida tarqatma materiallar tarqatish.
Maxsus bukletlar tayyorlanib, ular maktab va oliy ta’lim tashkilotlari, metro bekatlari, avtobus va elektropoyezdlar, samolyotlar, bozorlar hamda boshqa gavjum joylarda aholiga tarqatiladi.
2025-yil dekabr
Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Transport vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
7.
Bozorlar, vokzallar va boshqa jamoat joylarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri haqida radio va audio xabarlarni doimiy berish.
Bozorlar, vokzallar, aeroportlar, savdo markazlari va boshqa gavjum joylarda ovoz uzatish tizimlari orqali qisqa, aniq va ta’sirchan audio xabarlar tayyorlanib, doimiy ravishda aholiga yetkaziladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Transport vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
8.
Ma’lumotlarning tezkorligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida aholini onlayn ro‘yxatdan o‘tishga keng jalb etish, ularni rag‘batlantirib borish hamda ushbu jarayonni keng yoritish.
Ma’lumotlarning tezkorligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida aholini onlayn ro‘yxatdan o‘tishga jalb etish uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, mashhur shaxslar va blogerlarni jalb qilish, qulay onlayn platforma va jamoat joylarida QR-kodlar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratish, ishtirokchilarni rag‘batlantirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
9.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlash va tarqatish.
Savolnomalarni to‘ldirish jarayonini qadamma-qadam ko‘rsatadigan oddiy va tushunarli video qo‘llanma tayyorlanib, unda har bir bosqich amaliy misollar bilan tushuntiriladi. Tayyorlangan videolar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt va “YouTube” kanali orqali tarqatiladi.
2026-yil yanvar
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zMTRK,
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
10.
Targ‘ibot materiallarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri ahamiyatini aniq misollar orqali yoritish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi demografiyasiga oid muhim ko‘rsatkichlarni qamrab olish orqali tadbirning ahamiyatini chuqur ochib berish.
Infografika, maqola, videorolik va bukletlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning kelgusidagi natijalarini targ‘ib etish orqali ro‘yxatga olish aholi soni, uy-joy, mehnat bozori, oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy xizmatlar va qishloq xo‘jaligi rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq misollar orqali ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi oziq-ovqat xavfsizligi, demografik siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ro‘yxatga olishning o‘rni keng targ‘ib qilinadi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zMTRK,
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
11.
Aholini firibgarlik holatlaridan ogohlantirish maqsadida maxsus videorolik tayyorlash va uni keng jamoatchilikka tarqatish.
Videorolik orqali aholiga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hech qanday kod yoki shaxsiy ma’lumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘ralmasligi, faqat maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma orqali amalga oshirilishi tushuntiriladi. “Shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlarga bermang — onlayn ro‘yxatdan o‘ting” shiori ostida maxsus videorolik tayyorlanib, tarqatiladi.
2026-yil yanvar-fevral
Milliy statistika qo‘mitasi,
Ichki ishlar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
12.
Yosh bolalar auditoriyasi uchun ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyatini sodda va qiziqarli shaklda tushuntiruvchi multiplikatsion roliklar tayyorlash.
Bolalar uchun multfilm uslubida videoroliklar tayyorlanib, ularda ro‘yxatga olishning ahamiyati va aholi hayotiga ta’sirini oddiy misollar orqali ko‘rsatiladi. Tayyorlangan roliklar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar va maktablarda namoyish etiladi.
2025-yil oktabr — dekabr
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
13.
Savolnomalarni to‘ldirish jarayonida aholida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollarga tez va aniq javob berish uchun sun’iy intellekt chat-botlari faoliyatini keng targ‘ib qilish.
Ro‘yxatga olish jarayonida savollarga javob beruvchi maxsus chat-bot yaratilib, uning imkoniyatlari haqida videoroliklar va maqolalar tayyorlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlar orqali aholi chat-bot xizmatidan foydalanishga yo‘naltiriladi.
2025-yil oktabr — dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
14.
Ommaviy axborot vositalari orqali aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari, uning ahamiyati va yangiliklari haqida doimiy intervyular va reportajlar tashkil etish.
Ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislar, faol fuqarolar va mas’ul shaxslar bilan televideniye va radiolarda maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanadi, gazeta va jurnallarda maqolalar nashr etiladi, internet nashrlari orqali materiallar e’lon qilib boriladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Milliy statistika qo‘mitasi
15.
Mavzu yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida qiziqarli podkastlar tayyorlash va tarqatish.
Ro‘yxatga olishning ahamiyati va jarayon bosqichlari yuzasidan ekspertlar, olimlar va jamoatchilik faollari bilan suhbatlar yozib olinib, “YouTube” va “Telegram” orqali yoritiladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Milliy statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
16.
OAV va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani va brifinglar tashkil etish.
Xalqaro press-klub, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi, ahamiyati va bosqichlari haqida mas’ul rahbarlar va mutaxassislar ishtirokida matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil etilib, aholi xabardor qilib boriladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
O‘zbekiston Milliy matbuot markazi,
Xalqaro press-klub,
Milliy statistika qo‘mitasi
17.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida maxsus sahifa yaratish va unda ro‘yxatga olish jarayoniga oid savol-javoblar, qo‘llanmalar va yangiliklarni doimiy joylashtirib borish.
Barcha vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida “Ro‘yxatga olish — 2026” maxsus sahifasi ishga tushiriladi, unda fuqarolar uchun yo‘riqnomalar, videoqo‘llanmalar va yangiliklar tizimli ravishda joylashtirib boriladi. Fuqarolar uchun onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
vazirlik va idoralar,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Milliy statistika qo‘mitasi
18.
Televideniyeda “Savol va javob” ko‘rsatuvini tashkil etish, unda mutaxassislar ishtirokida aholining savollariga jonli efirda javob berish.
Televideniye orqali muntazam efirga uzatiladigan maxsus interaktiv ko‘rsatuv tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Unda aholi tomonidan onlayn va telefon orqali yo‘llangan savollarni to‘plab, mutaxassislar ishtirokida jonli efirda ularga javob berib boriladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
O‘zMTRK,
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
Milliy statistika qo‘mitasi
19.
Oliy va o‘rta ta’lim tashkilotlarida maxsus seminar va ochiq darslar o‘tkazish, yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash.
Oliy va o‘rta ta’lim tashkilotlarida soha mutaxassislari ishtirokida ochiq darslar tashkil etiladi. Seminarlarda ro‘yxatga olishning ahamiyati, savolnomalarni to‘ldirish jarayoni va yoshlarning faol ishtirokiga oid ma’ruzalar qilinadi.
2025-yil oktabr — 2026-yil yanvar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
20.
“Men ro‘yxatdan o‘tdim!” shiori ostida onlayn fleshmob va chellenjlar tashkil qilish (selfi yoki video shaklida).
Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus heshteglar bilan fleshmob uyushtiriladi, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘z selfi va videolarini ulashishi targ‘ib qilinadi, mashhur blogerlar fleshmobga jalb etiladi. Eng yaxshi post va videolar mualliflari rag‘batlantirilib boriladi.
2026-yil yanvar — fevral
Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Milliy statistika qo‘mitasi
21.
Maktablar, sog‘liqni saqlash muassasalari, banklar, davlat xizmatlari markazlari va aholi gavjum bo‘ladigan boshqa tashkilot hamda muassasalarda elektron ekranlar orqali ro‘yxatga olish jarayonlari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish.
Maktablar, sog‘liqni saqlash muassasalari, banklar, davlat xizmatlari markazlari va aholi gavjum bo‘ladigan boshqa tashkilot hamda muassasalarda elektron ekranlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, infografika va videoroliklar muntazam joylashtirib boriladi.
2025-yil dekabr — 2026-yil fevral
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Adliya vazirligi,
tijorat banklari,
Milliy statistika qo‘mitasi
22.
Chet elda yashovchi vatandoshlar uchun alohida targ‘ibot dasturini ishlab chiqish va ularga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari haqida tushuntirish.
Elchixona va boshqa diplomatik aloqalar orqali maxsus axborot materiallari tarqatiladi, vatandoshlar uchun vebinarlar va onlayn uchrashuvlar tashkil qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bo‘yicha videoqo‘llanmalar yuboriladi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Tashqi ishlar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
23.
Korxona va tashkilotlarda “Ro‘yxatga olish kuni” aksiyalarini tashkil qilish — xodimlarni birgalikda ro‘yxatdan o‘tkazish.
Korxona va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda xodimlar bir kun davomida uyushgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bu jarayonlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.
2026-yil yanvar — fevral
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
O‘zMTRK,
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
24.
Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun maxsus “elektron sertifikat” berish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkoniyatini yaratish.
Ro‘yxatdan o‘tish platformasiga elektron sertifikat berish funksiyasi qo‘shiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan har bir fuqaro sertifikatni PDF yoki JPG formatda yuklab olish va ijtimoiy tarmoqlarda maxsus xeshteg bilan ulashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sertifikat dizayni yoshlar va turli toifadagi aholi uchun motivatsion tarzda ishlab chiqiladi.
2026-yil yanvar — fevral
Milliy statistika qo‘mitasi
25.
Jamoat joylari, maktab, oliy ta’lim tashkilotlari, metro va boshqa jamoat transportlarida maxsus QR-kod o‘rnatish, undan savolnomaga telefon orqali kirish imkoniyatini yaratish.
Jamoat joylariga yorqin va ko‘zga ko‘rinadigan banner hamda stikerlar ko‘rinishida QR-kodlar o‘rnatiladi. QR-kod orqali fuqarolar telefonlari orqali maxsus platformaga yo‘naltirilib, savolnomani to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. QR-kodlar jamoat transporti ichida, metro bekatlarida, ta’lim tashkilotlari va bozorlarda joylashtiriladi.
2025-yil dekabr — 2026-yil fevral
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Transport vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
26.
Stat.uz saytida O‘zbekiston xaritasi orqali hududlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining bajarilish darajasini foiz hisobida aks ettiruvchi interaktiv doska joylashtirish.
Stat.uz veb-saytida maxsus interaktiv modul ishlab chiqiladi. Har bir hudud bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida yangilanib boriladigan, xaritada turli ranglarda ko‘rsatiladigan va foydalanuvchilar uchun qulay interfeys yaratiladi. Interaktiv doska ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilinib, keng jamoatchilikka yetkaziladi.
2026-yil yanvar — fevral
Milliy statistika qo‘mitasi
27.
Mobil ilovalar orqali push-xabarlar yuborish.
Ommabop ilovalar orqali ro‘yxatdan o‘tish haqida eslatmalar va ma’lumotlarni push-xabarnoma shaklida tarqatish tavsiya etiladi.
2026-yil yanvar — fevral
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
28.
Statistika organlarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil qilish.
Barcha aholi uchun ochiq muloqot maydonini yaratiladi. Fuqarolarga ro‘yxatga olish jarayoni, uning ahamiyati va axborot xavfsizligi haqida atroflicha ma’lumot berib boriladi. Mutaxassislar ishtirokida savol-javob sessiyalari tashkil etilib, ro‘yxatga olish jarayoni amaliy namoyish qilib boriladi.
2025-yil oktabr — dekabr
Hududiy statistika boshqarmalari,
tuman-shahar statistika bo‘limlari
29.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini eng yaxshi targ‘ib qilgan jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish.
Ommaviy axborot vositalarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini eng yaxshi targ‘ib qilgan jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Eng yaxshi targ‘ibot materiali” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlanadi.
2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar
Milliy statistika qo‘mitasi
30.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini keng aholiga, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarga surdotarjimon orqali yetkazish.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar va “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatiladigan materiallarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun surdotarjimondan foydalaniladi.
2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar
Milliy statistika qo‘mitasi,
O‘zMTRK
31.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri targ‘ibotiga oid materiallar monitoringini yuritish.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini targ‘ib qilishga oid materiallarni muntazam monitoring qilinib, jamoatchilik bildirgan takliflar o‘rganiladi va aholi tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar tayyorlanadi.
2025-yil oktabr — 2026-yil fevral
Milliy statistika qo‘mitasi,
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasidagi statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-fevraldagi 104-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarori)” 2021-yil 6-oktabrdagi 624-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 940 va 1007-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 61 va 74-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 82-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/629/0912-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)