Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.08.2024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRIning
BUYRUG‘I
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YICHA NAFAQALAR TAYINLASH VA TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 20-mayda 1136-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Amalda bo‘lgan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish jarayonida yo‘l qo‘yilgan ayrim tahririy noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida buyuraman:
1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan) Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may,
49-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligining 2003-yil
15-maydagi 49-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 115-bandidagi “qabul qilinadi” so‘zlari “qabul qilinmaydi” so‘zlariga almashtirilsin.
2. 118-bandidagi “Yo‘riqnoma” so‘zi “Nizom” so‘ziga almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Sog‘liqni saqlash vaziri, Markaziy Bank raisi, Davlat Soliq qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Davlat Soliq qo‘mitasi raisi J. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 9-10 -son)