O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlar) ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
(a) qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
(b) hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;
(v) davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish;
(g) Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish;
(d) ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.
II. Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishdagi rolini oshirish
2. Hisob palatasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
(a) qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;
(b) ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(v) tashabbuskorlarga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
(g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining umumiy ijrosi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini axborot-tahliliy jihatdan doimiy ta’minlab borish;
(d) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
3. Hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida ijro intizomini mustahkamlash maqsadida:
(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘rganib borish bo‘yicha ishchi guruhlarni (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) tashkil etishga ruxsat etilsin;
(b) quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(i) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlarga amaliy ko‘maklashish, shuningdek, ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
(ii) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda yuzaga kelgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
(iii) har chorak yakuni bo‘yicha o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tegishli davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(v) belgilansinki:
(i) har chorakda hududlarda ijro intizomi holatini yaxshilash va kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ullarga choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi;
(ii) ishchi guruhlar shtablari hududiy adliya organlarida tashkil etiladi;
(iii) Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishchi guruhlarga ijro intizomini tashkil etishda yaqindan ko‘maklashib boradi.
Hududlarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari (kadr, moliyaviy-xo‘jalik va boshqa idoraviy-tashkiliy masalalariga oid farmoyishlardan tashqari) va topshiriqlari ijrosini “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “ijro.gov.uz” tizimi) orqali nazorat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Belgilansinki, mazkur turdagi farmoyishlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish “ijro.gov.uz” tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish tartibida amalga oshiriladi.
III. Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish
5. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
(a) davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkazilsin;
(b) davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
6. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish;
(b) ijro intizomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha birinchi rahbarga takliflar kiritish;
(v) har hafta juma kuni kelgusi haftada va har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar to‘g‘risida birinchi rahbarni xabardor qilish;
(g) ijro intizomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish, xodimlar uchun tizimli ravishda o‘quv seminarlar hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish.
Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar xodimlariga funksional majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida 2025-yil 1-oktabrdan boshlab:
(a) ijro intizomi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, Adliya vazirligining veb-sahifalariga joylashtirib, har oyda ma’lumotlarni yangilab borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
(b) har chorakda davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati bo‘yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilinsin.
IV. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy qilish
8. Hukumatning 2025-yil 1-oktabrdan Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etishni “ijro.gov.uz” tizimi orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
9. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan:
(a) Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida amaldagi shtat birliklari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat bevosita adliya vaziriga bo‘ysunuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin;
(b) belgilab qo‘yilsinki, Boshqarmaning hududiy bo‘limlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha bevosita Boshqarma boshlig‘iga, mehnat intizomi bo‘yicha esa tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga bo‘ysunadi.
V. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini to‘liq tashkil etish va ijro sifatini baholashning yangi tartibini joriy qilish
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
(a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilganidan so‘ng ularni qabul qilgunga qadar bo‘lgan bosqichlar qo‘shimcha ravishda “ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadi;
(b) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash to‘g‘risidagi topshiriqlar ushbu hujjatlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng nazoratdan chiqariladi;
(v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “ijro.gov.uz” tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng to‘liq bajarilgan deb hisoblanadi;
g) ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarni nazorat qilishda oraliq nazorat mexanizmi joriy etiladi. Bunda mas’ul ijrochi topshiriq muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida oraliq ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
d) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida, zaruratga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda “ijro.gov.uz” tizimida qo‘shimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
11. Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etilsin. Bunda:
(a) har chorakda:
(i) ijroda turgan barcha topshiriqlar tahlika-tahlil tamoyili asosida o‘rganilib, ijroni o‘z vaqtida ta’minlamaslik xavfi yuqori bo‘lgan topshiriqlarning alohida ro‘yxati yuritiladi;
(ii) muddati kelgan yoki yaqinlashayotgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mablag‘, resurs va infratuzilma manbalari hamda boshqa asoslar mavjudligi holatlari tahlil qilinadi;
(b) topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijroni sifatli hamda o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rishga qo‘shimcha ijrochilar va resurslarni safarbar etish orqali amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Hisob palatasi raisi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishda soha va yaxlit hujjat kesimida ishlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
VI. Ijro intizomini ta’minlash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish
12. 2025-yil 1-oktabrga qadar:
(a) sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalangan holda “ijro.gov.uz” tizimiga topshiriqlarni kiritishda ularning takroriyligini aniqlash hamda ijro muddati yaqinlashayotgan topshiriqlar to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
(b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va asosliligini “ijro.gov.uz” tizimi orqali tekshirish imkoniyatini ta’minlash uchun davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari “ijro.gov.uz” tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinsin.
Mazkur bandda belgilangan topshiriqlar ijrosining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli tashkil etilishiga shaxsan mas’ul etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari belgilansin.
VII. Farmon ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev hamda adliya vaziri A. Tashkulov belgilansin.
16. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-iyul,
PF-117-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoniga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi
TARKIBI

N. Xoliqnazarov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Vasiylik kengashi raisi

S. Toshboyev

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

M. Kamilov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

F. Abduxalikov

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

U. G‘afurov

Toshkent islom instituti rektori

J. Elov

Mir Arab oliy madrasasi rektori

Lavozimi bo‘yicha

“Hilol nashr” nashriyot-matbaa korxonasi ta’sischisi

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimi, Vasiylik kengashi mas’ul kotibi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi*

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi*

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi*

Izoh:
* O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan o‘tkaziladigan onlayn so‘rov natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Vasiylik kengashining a’zolari boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan (saylangan) yoki ularning vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5519-son Farmoniga 3-ilovaning 95-bandida:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmonining 12-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmonida:
a) 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 20 ta shtat birligidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy bo‘limlari”;
b) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi” so‘zlari “Hisob palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tarkibiy bo‘linmalar” ustunidagi “Nazorat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul tarkibiy bo‘linmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Hisob palatasi xulosasiga asosan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish”;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi”, “Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Bosh vazir kotibiyati rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi apparatida” so‘zlari “Bosh vazir kotibiyatida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tarkibiy bo‘linmalar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari “Bosh vazir kotibiyati rahbari va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tarkibiy bo‘linmalar” ustunidagi “Bosh vazir o‘rinbosarlari, maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari “Bosh vazir o‘rinbosarlari, maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi mas’ul tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tarkibiy bo‘linmalar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunining 3-bandidagi “tasdiqlash” so‘zi “kelishish” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddati” ustunining 3-bandidagi “Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda” so‘zlari “Bir ish kunida, zarur hollarda besh ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” va “Muddatlar” ustunlaridagi “tasdiqlash”, “bir kun muddatda” va “besh kun muddatda” so‘zlari tegishincha “kelishish”, “bir ish kunida” va “besh ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “uch kun muddatda” va “besh kun muddatda” so‘zlari tegishincha “bir ish kunida” va “uch ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmonining 13-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, Hisob palatasi o‘z emblemasiga ega bo‘ladi. Bunda emblemadan foydalanish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan belgilanadi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-176-son Farmoni 3-bandining “d” kichik bandi hamda 4-bandining “v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan talablar Hisob palatasiga tatbiq etilmaydi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-77-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabining
TARKIBI

Sh. Aminov

Bosh prokuror o‘rinbosari, Respublika shtabi rahbari

M. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri

A. Rahmatullayev

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

Lavozim bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

M. Mirzayev

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Sh. Soxibnazarov

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i

M. Egamberdiyev

Majburiy ijro byurosi direktori

Lavozimi bo‘yicha

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i

Lavozimi bo‘yicha

O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i

A. Askarov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

M. Xodjayev

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

D. Isakulov

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

Lavozimi bo‘yicha

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

Lavozimi bo‘yicha

“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi

A. Sanginov

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

B. Jurayev

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

B. Sidiqov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

Lavozim bo‘yicha

“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari

Izoh: Respublika shtabi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-100-son Farmonida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Hay’ati
TARKIBI

1.

Lavozimi bo‘yicha

Hisob palatasi raisi, Hay’at raisi

2.

M.R. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

3.

A.V. Allaberganov

Hisob palatasi raisi o‘rinbosari

4.

S.A. Mirzayev

Hisob palatasi raisi o‘rinbosari

5.

Q.B. Erimetov

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi sho‘basi mudiri

6.

U.M. Aripov

Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish sho‘basi mudiri

7.

J.M. Bekmurodov

Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni audit qilish sho‘basi mudiri

8.

N.Q. Imonqulov

Respublika budjetining shakllantirilishi va xarajatlarining ijrosini audit qilish sho‘basi mudiri

9.

A.S. Soliyev

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari

10.

S.I. Xasanov

Huquqiy ta’minot va xalqaro aloqalar sho‘basi mudiri

11.

J.J. Qurbonov

Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil sho‘basi mudiri, Hay’at kotibi

Izoh. Hay’at a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi”;
b) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3.

“Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirish.

Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, ichki audit xizmatlari faoliyati ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirib borish.

Texnik topshiriq va yechimlar

Doimiy

Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2025-yil sentabr

Hisob palatasi, Adliya vazirligi

.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomda 7-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarorining 7-bandida:
sakkizinchi xatboshidagi “belgilangan tartibda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasini moliyalashtirishga;
notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va tegishli xarajatlarni qoplashga;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga;
adliya organlari va muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlari ta’minotiga;
adliya organlari va muassasalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vazirining topshiriqlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarga yo‘naltiriladi”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorida:
a) 1-bandning sakkizinchi xatboshisi “qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning” so‘zlaridan keyin “hamda Hukumat qarorlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
10-bandning 7-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari hamda topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat qarorlari) o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish sohasida:
“ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritadi;
“Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda, mas’ul ijrochilar va topshiriqning bajarish muddatlarini belgilaydi, ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek, Hukumat qarorlarining ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali joylardagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlarining ijro holatini tizimli monitoring qiladi;
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati yuzasidan manzilli va tematik o‘rganishlar o‘tkazadi va ularning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik o‘rganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi;
davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy ko‘maklashishga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqadi hamda ularga ushbu sohada huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi”;
39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarorida” so‘zlari “tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etishga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlashga oid tegishli qarorlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisida “amalga oshiriladi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining axborot tizimlari va resurslari bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4754-son qarorida 11-banddagi “Toshkent mediatsiya markazini” so‘zlari “O‘zbekiston nizolarni hal etish markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-son qarorida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi. Bunda Vazirlar Mahkamasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar bo‘yicha o‘zining ijro etuvchi tuzilmasida topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochini, zarur bo‘lganda, vazirlik va idoralarni belgilaydi hamda topshiriqlarni nazoratga oladi”;
beshinchi xatboshidagi “tasdiqlaydi” so‘zi “kelishadi” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, har oyda Rayosat majlislarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tanqidiy ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi”;
yettinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan” so‘zlari “Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddan “vaqtinchalik” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “maslahatchilariga” so‘zi “maslahatchisiga” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga” so‘zlari “raqamli texnologiyalar vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“IV bosqich” ustuni 1-bandidagi “tasdiqlash” so‘zi “kelishish” so‘zi bilan almashtirilsin;
“IV bosqich” ustunidagi “1 kun” va “5 kun” so‘zlari tegishincha “1 ish kunida” va “5 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“V bosqich” ustuni 1-bandidagi “1 kun” va “5 kun” so‘zlari tegishincha “1 ish kunida” va “5 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“VI bosqich” ustuni 1-bandidagi “1 kun” va “5 kun” so‘zlari tegishincha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“IV bosqich” ustuni 1-bandidagi “tasdiqlash” so‘zi “kelishish” so‘zi bilan almashtirilsin;
“IV bosqich” ustunidagi “1 kun” va “5 kun” so‘zlari tegishincha “1 ish kunida” va “5 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“V bosqich” ustuni 1-bandidagi “1 kun” va “5 kun” so‘zlari tegishincha “1 ish kunida” va “5 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“VI bosqich” ustuni 1-bandidagi “1 kun” va “5 kun” so‘zlari tegishincha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “birinchi” va “belgilangan shakldagi” so‘zlar chiqarib tashlansin;
9-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “belgilangan shakldagi” so‘zlar chiqarib tashlansin;
10-bosqichda:
“Tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “tasdiqlaydi” so‘zi “kelishadi” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” so‘zlari “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” so‘zlari “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “3 kun muddatda” va “5 kun muddatda” so‘zlari tegishlicha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “birinchi” va “belgilangan shakldagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “belgilangan shakldagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-bosqichda:
“Tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “tasdiqlaydi” so‘zi “kelishadi” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” so‘zlari “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” so‘zlari “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “3 kun muddatda” va “5 kun muddatda” so‘zlari tegishlicha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “birinchi” va “belgilangan shakldagi” so‘zlar so‘zi chiqarib tashlansin;
9-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “belgilangan shakldagi” so‘zlar chiqarib tashlansin;
10-bosqichda:
“Tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “tasdiqlaydi” so‘zi “kelishadi” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” so‘zlari “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” so‘zlari “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “3 kun muddatda” va “5 kun muddatda” so‘zlari tegishlicha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ijro etilishining nazorati Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
operator “Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlovchi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi “O‘zbektelekom” AK ta’sischiligidagi “UNICON-SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
mas’ul ijrochilar — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi va nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq ko‘rsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni kiritadi;
uchinchi bosqich — mas’ul ijrochilar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga asoslovchi hujjatlar bilan birga ma’lumot kiritadi;
to‘rtinchi bosqich — Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, zaruratga ko‘ra joyiga chiqqan holda o‘rganadi, ularni kelishadi yoki qayta ishlashga yuboradi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam nazorat qiladi, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, har oy yakuni bo‘yicha Rayosat majlislarida ijro intizomi holatini muhokama qiladi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan ta’sir choralari belgilaydi;
oltinchi bosqich — Hisob palatasi mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilib, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, natijasi bo‘yicha ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi.
yettinchi bosqich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (ushbu qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nazoratdan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
5. Raqamlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq topshiriqlar:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash to‘g‘risidagi topshiriqlar — ushbu hujjat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “Ijro.gov.uz” elektron tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgandan so‘ng ularni qabul qilgunga qadar bo‘lgan bosqichlar qo‘shimcha ravishda “ijro.gov.uz” elektron tizimida nazoratga olinadi.
Bunda kiritilgan hujjat loyihasi tegishli tashkilotga qayta ishlash uchun yuborilgan taqdirda, Hisob palatasi bu haqida xabardor qilinadi va topshiriq Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qayta nazoratga olinadi.
6. Ma’lum bir tartib yoki tizimni amaliyotga joriy qilish bilan bog‘liq topshiriqlar — normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish talab qilingan taqdirda, hujjat qabul qilingandan so‘ng topshiriq to‘liq bajarilgan deb hisoblanadi. Bunda:
mas’ul ijrochi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga kiritgandan keyin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar har oyda, biroq eng ko‘pi bilan bir yil davomida topshiriq ijro holati bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumot kiritib boradi;
topshiriqning ijro muddati bevosita Adliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
7. Bir xil mazmundagi yoki faqat mas’ul ijrochilari va bajarish muddatlari bir-biridan farq qiladigan oldin berilgan topshiriq keyinroq qabul qilingan teng yoki yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjati va topshiriq asosida nazoratdan yechiladi.
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidagi asosiy mas’ul ijrochidan nazoratdan yechilgandan so‘ng, mazkur topshiriq u bo‘yicha hamijrochi hisoblangan boshqa ijrochilardan ham “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan avtomatik ravishda yechiladi.
9. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati:
belgilanmagan bo‘lsa — ularni bajarish muddati bir yil;
doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish muddati (hujjatlarda doimiy topshiriqlarning yakuniy muddati aniq belgilangan holatlar bundan mustasno):
har hafta (yoki bir oygacha muddat) bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari bir yil;
har oy va har chorak bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari ikki yil;
har yarim yil va har yili bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari uch yil etib belgilanadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddati har oy, har chorak, har yarim yil yoki har yili etib belgilangan holatlarda “Ijro.gov.uz” tizimida ushbu topshiriqlarning ijro muddati keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilanishi mumkin.
Ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib borilishi lozim.
Doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimidan yechilishi ularning ijrosini davom ettirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
10. “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan oraliq ma’lumot kiritilishi lozim.
11. “Ijro.gov.uz” tizimida oraliq ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
mas’ul ijrochi har bir topshiriqni amalga oshirishga doir harakatlar jadvalini xronologik tartibda ishlab chiqadi va tizimga kiritadi;
mas’ul ijrochi “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tizimga kiritadi;
Adliya vazirligi kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan Hukumat tarkibidagi mas’ul ijrochilarning oraliq ma’lumotlarining to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Hisob palatasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘ysunuvidagi tashkilotlar oraliq ma’lumotlarining to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi mas’ul bo‘lgan topshiriqlar bo‘yicha kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi ko‘rib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
12. Mas’ul ijrochi topshiriq ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Oraliq ma’lumotlar mazkur nizomning 11-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda qabul qilingach, topshiriq ijrosi yuzasidan yakuniy ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritishga ruxsat beriladi.
2-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Ijro nazorati boshqarmasi) tomonidan bir kun muddatda mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida, zaruratga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda “Ijro.gov.uz” tizimida qo‘shimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
14. Ijro nazorati boshqarmasi:
har oyning 20-sanasida ijro muddati kelgan, biroq bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, shuningdek, muddati oy yakuniga qadar keladigan topshiriqlar bo‘yicha;
har oyning 25-sanasida ijro muddati keyingi oyda keladigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha ro‘yxat shakllantiradi va mas’ul ijrochilarga eslatmalar yuboradi.
15. Ijro nazorati boshqarmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini bajarishda yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal qilish va huquqiy-uslubiy ko‘maklashish maqsadida har hafta payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida mas’ul ijrochilar vakillari bilan birgalikda “jonli muloqot” tashkil etadi.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
16. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida mas’ul xodim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
17. Davlat organlari va tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
18. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalar yoki tizim tashkilotlariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul tarkibiy bo‘linmasi hududiy bo‘linmalar yoki tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
19. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
20. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
21. Davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — hay’at majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
22. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlari aniq belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
23. Hududiy bo‘linmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
24. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
25. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatiga yuboradi.
26. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
27. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida (birinchi o‘rinbosar shtati mavjud bo‘lmagan yoki vakant hollarda — o‘rinbosar);
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
28. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar) mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
30. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
31. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilgan bo‘lsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari huzurida;
har hafta dushanba kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari huzurida;
har chorakda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
35. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
36. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
37. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka yuboradi.
38. Tuman (shahar) hokimligining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
39. Tuman (shahar) hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — hokim huzurida;
har chorakda — xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
4-§. Xo‘jalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Xo‘jalik birlashmalari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
40. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xo‘jalik birlashmasi markaziy apparati mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
41. Xo‘jalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
42. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda mas’ul tarkibiy bo‘linma hududiy bo‘linmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
43. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
44. Xo‘jalik birlashmasining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
45. Xo‘jalik birlashmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — xo‘jalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) Xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
46. Xo‘jalik birlashmalari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xo‘jalik birlashmasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
47. Hududiy bo‘linmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
48. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
49. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xo‘jalik birlashmasining markaziy apparatiga kiritadi.
50. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xo‘jalik birlashmasining markaziy apparatiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
51. Xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul bo‘lgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish tartibi
52. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir kotibiyati) Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgandan boshlab bir kun davomida Bosh vazir yoki uning o‘rinbosari topshirig‘ini (zarurat bo‘lganda nazorat rejasini) tayyorlaydi, belgilangan tartibda imzolash (tasdiqlash) uchun Bosh vazir yoki uning o‘rinbosariga kiritadi.
53. Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha belgilangan tartibda imzolangan (tasdiqlangan) Bosh vazir topshirig‘i (nazorat rejalari) ijrosini ta’minlash uchun — mas’ul ijrochilarga hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
Bunda Adliya vazirligi Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan topshiriqlar bo‘yicha Bosh vazir topshirig‘i (nazorat rejasi)da mas’ul etib belgilangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarini ham “Ijro.gov.uz” tizimida ijrochi etib belgilaydi va ularning ijrosi nazoratini umumiy tartibda amalga oshiradi.
54. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmasi, Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tasdiqlangan Bosh vazir topshirig‘i (nazorat rejalari) asosida mas’ul ijrochilarga yuborilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
3-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
a) Adliya vazirligi markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
55. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
56. Adliya vazirligi tasdiqlangan grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib boradi.
57. Ijro nazorati boshqarmasi quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘linmalari)ga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi:
a) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul ijrochi etib belgilanganda;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalariga ijro uchun yuborilganda yoki ularning ijrosi bevosita tegishli hududning o‘zida amalga oshirilishi nazarda tutilganda.
58. Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimga kiritiladigan ijro natijalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritiladigan rasmiy ma’lumot birinchi rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan bo‘lishi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar “PDF” formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda — ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi ma’lumotlar ilova qilingan bo‘lishi.
59. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimga kiritilgan ma’lumotlar Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — besh ish kunida) tahlil qilinadi.
60. Tahlil qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ma’lumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar to‘liqligini o‘rganish;
ma’lumotlar haqqoniyligini, zaruratga ko‘ra, joyiga chiqqan holda o‘rganish;
tor ixtisosliklar bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga so‘rovlar yuborish yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganish;
ma’lumotlarda noaniqliklar mavjud bo‘lgan taqdirda mas’ul ijrochidan yozma yoki og‘zaki tushuntirishlar olish.
61. Tahlil jarayonida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
qonuniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan ma’muriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilganligi;
dolzarblik — olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
to‘liqlik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqda ko‘zlangan maqsadga (ko‘rsatkichga) erishganligi (soni, miqdori, hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar);
haqqoniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning amalda qilingan ishlar bilan o‘zaro muvofiqligi;
mas’uliyatlilik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash borasida mas’ul ijrochilar tomonidan o‘z vakolati doirasida barcha zaruriy choralar ko‘rilganligi.
62. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar tahlili natijasiga ko‘ra Ijro nazorati boshqarmasi:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga yuboradi.
Raqamlashtirishga oid topshiriqlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
topshiriqlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi yuzasidan tegishli xulosani bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi ijobiy bo‘lsa, mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi, aksincha bo‘lsa, ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
Mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar bartaraf qilinib, “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumotlar qayta kiritilganda yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
63. “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan mas’ul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuboriladi.
Adliya vazirligi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan mas’ul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.
b) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
64. Ushbu Nizomning 57-bandida belgilangan hollarda Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari bir vaqtning o‘zida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali avtomatik tarzda Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlariga nazorat uchun yuboriladi.
65. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari o‘z hududlariga doir qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
66. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda hokimliklarga va hududiy mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi.
67. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganda, Ijro nazorati boshqarmasi ko‘rsatmasiga muvofiq bir ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganda — uch ish kunida) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda bajarilganligi va unda ko‘zlangan maqsadga erishilganligini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Bunda o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanib, imzolangan holda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilinadi.
68. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini doimiy ravishda tahlil qilib boradi.
Har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrif bayonlarida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi tahliliy hujjatlar to‘plamini Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
69. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tegishli hudud bo‘yicha bajarilmagan va muddati kechiktirib bajarilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi bo‘yicha umumlashtirilgan axborotni har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
2-§. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
70. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam tahlil qilib, nazoratini amalga oshiradi.
71. Ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgan holatlar va muddati o‘tgan topshiriqlar bo‘yicha har hafta respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbar o‘rinbosarlari, mas’ul departament, boshqarma, bo‘lim rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
72. Bosh vazir kotibiyatining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ish rejaga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining joylardagi amaliy natijasi, ijro intizomi holati, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi masalasini joylarga chiqqan holda kompleks o‘rganadi.
Kompleks o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tayyorlangan materiallar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot beriladi, zaruratga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
73. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari bir kun muddatda (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda uch kun muddatda) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganib chiqadi:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
74. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan har oy yakuni bo‘yicha tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritilgan tahliliy hujjatlar asosida ijro intizomi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar ishtirokida tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
75. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijro intizomi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Hisob palatasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
76. Hisob palatasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini nazorat qilib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishini baholaydi;
ijro intizomini har tomonlama mustahkamlashga, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining shaxsiy mas’uliyatini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha kutilayotgan natijalarga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etishga, shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida ijro intizomi buzilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘radi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar doirasida ajratilgan mablag‘lar maqsadli sarflanishi va samaradorligini o‘rganish bilan birga ularning aholi uchun ijobiy natijasini tahlil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tahlil qilib, ijrosi ta’minlanmagan masalalar va ular bo‘yicha mas’ullarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
tashabbuskorlarga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar kiritib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
77. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini bir ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — uch ish kunida) o‘rganadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — topshiriqni nazoratdan yechadi;
topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — mas’ul ijrochilarga qayta ishlashga yuboradi.
78. Hisob palatasi grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
79. Hisob palatasi har chorak yakunlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
4-§. Hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy o‘rganib borish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
80. Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy o‘rganib borish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) faoliyat ko‘rsatadi.
81. Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga amaliy ko‘maklashish, shuningdek, ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda yuzaga kelgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
har chorak yakuni bo‘yicha o‘rganishlar natijasida ijroda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
82. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasigacha hududlardagi ijro intizomi holati va kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ullarga choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
83. Adliya vazirligi ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhlar faoliyatiga hududlarda ijro intizomini tashkil etishda yaqindan ko‘maklashib boradi.
4-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish tartibi
1-§. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha ma’lumotni Adliya vazirligiga kiritish tartibi
84. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlaydi hamda ijro natijalari bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumotlarni ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
85. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar “Ijro.gov.uz” tizimidagi o‘zlari mas’ul bo‘lgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati bo‘yicha birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
2-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
86. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
87. Adliya vazirligi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq umumlashtirilgan ma’lumotnomani tahliliy materiallar bilan birgalikda tayyorlaydi.
88. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar to‘plami adliya vaziri (istisno hollarda tegishli vazir o‘rinbosari) tomonidan imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
3-§. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish tartibi
89. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan tahliliy materiallar asosida Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tomonidan har oyning o‘n ikkinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi hujjatlari to‘plami tayyorlanadi hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha hisobot tashkil etiladi.
90. Ijro intizomini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritiladi.
91. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha adliya vazirining hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlarining (ularning o‘rinbosarlari) hisoboti eshitiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda zarur choralar ko‘rmagan rahbar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
92. Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga axborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar to‘plami belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.
93. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish tartibi
94. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish (asos mavjud bo‘lganda) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi asosiy ijrochi bo‘lganda — Prezident Administratsiyasi mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tomonidan;
Hukumat asosiy ijrochi bo‘lganda — Hisob palatasi tomonidan;
qolgan barcha holatlarda — bevosita Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
95. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
96. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda mas’ul ijrochilar tomonidan ularning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha takliflar quyidagi namunaviy shakllardagi hujjatlar ilova qilgan holda Adliya vazirligiga kiritiladi:
rasmiy aloqa xati (4-ilova);
asoslantiruvchi jadval (4a-ilova);
tarmoq jadvali (4b-ilova);
rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish xati.
97. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar yuzasidan tayyorlangan xulosalar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar ko‘rib chiqish uchun:
Vazirlar Mahkamasiga (davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari takliflari bo‘yicha);
Hisob palatasiga (Prezident huzuridagi tashkilotlar, sud organlari, Bosh prokuratura va Hukumat tizimiga kirmaydigan boshqa markaziy idoralar bo‘yicha) kiritiladi.
98. Vazirlar Mahkamasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib xulosa berilgan takliflar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va Hisob palatasiga takliflar kiritiladi.
99. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan takliflarni tahlil qiladi hamda asos mavjud bo‘lgan taqdirda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritadi.
100. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha takliflarni va Hisob palatasining xulosasini tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritadi.
101. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi takliflar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
6-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar olib borish
102. Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni (keyingi o‘rinlarda — manzilli va tematik o‘rganishlar) olib boradi hamda ularning joylardagi ijro holati monitoringini amalga oshiradi.
103. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik o‘rganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan har yili yanvar oyida Hisob palatasi hamda davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari takliflari asosida ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
104. Tasdiqlangan manzilli va tematik o‘rganishlar dasturidagi reja-grafikka muvofiq Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida o‘rganishlar o‘tkazadi.
Manzilli va tematik o‘rganishda boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
105. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
106. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul tarkibiy bo‘linmasi manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
7-bob. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish tartibi
107. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
108. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Raqamli texnologiyalar vazirligi:
“Ijro.gov.uz” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash choralarni ko‘radi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalariga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
“Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan tizimni takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
109. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish, ulash, elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash va o‘qitish;
Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalash va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga “Call-markaz” orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar xato yoki noto‘g‘ri ishlashining oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish;
“Ijro.gov.uz” tizimining funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
110. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi to‘ldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli “Ijro.gov.uz” tizimiga biriktiriladi.
111. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
112. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvarag‘iga to‘lov kelib tushgandan so‘ng operator uch ish kuni davomida:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati bo‘lgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini ta’minlashi shart.
113. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish operator tomonidan ta’minlanadi.
114. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish (ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish, yangilash, o‘chirish) mas’ul ijrochi kadrlar bo‘linmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilmasini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
115. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
116. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun tizim foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
117. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar bo‘linmasiga topshirilishi kerak.
118. Operatorning “Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini va uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
119. Mas’ul ijrochilarning rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qo‘yilgan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalari o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
120. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborot o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar.
121. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
122. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish
SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari

“Ijro.gov.uz” tizimidagi o‘zlari mas’ul bo‘lgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati bo‘yicha belgilangan shakldagi ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Har oyning 1-sanasida

2-bosqich

Adliya vazirligi

1. Muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi hamda belgilangan shaklga muvofiq umumlashtirilgan ma’lumotnoma va boshqa tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar to‘plamini Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Har oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

( Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)

Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan tahliliy materiallar asosida ijro intizomini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi uchun hujjatlari to‘plamini tayyorlaydi va Rahbariyatda himoyasini tashkil etadi.

Har oyning 12-sanasiga qadar

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida ijro intizomini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari muhokama qilinadi. Bunda:

hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha adliya vaziri hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining (ularning o‘rinbosarlarining) hisoboti eshitiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, topshiriqlar ijrosini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda zarur choralar ko‘rmagan rahbar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda nazoratdan olish bo‘yicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)

Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga axborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.

Belgilangan muddatda

6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Belgilangan muddatda

Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro tizimida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan umumlashtirilgan
MA’LUMOTNOMANING NAMUNAVIY SHAKLI
I. KIRISH QISMI
a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatga olish, mas’ul ijrochilarga yetkazishi va ularning bajarilishini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
II. BAYON QISMI
v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati to‘g‘risida ma’lumot (jadval ilova qilinadi);
d) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Adliya vazirligi ko‘rsatmalari bajarilish holati tahlili;
j) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
z) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy o‘rganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining o‘rta va quyi bo‘g‘inlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
III. TAKLIF ETILADIGAN CHORALAR
i) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar;
k) jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning o‘rinbosarlariga) nisbatan jazo choralarini ko‘rish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligi yoki o‘z dolzarbligini yo‘qotganligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki ularni nazoratdan olish bo‘yicha takliflar kiritish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Adliya vazirligi

Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi belgilangan shaklda taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, tegishlicha Vazirlar Mahkamasiga (Hukumat tizimidagi tashkilotlar bo‘yicha) yoki Hisob palatasiga (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar bo‘yicha) taklif kiritish.

Har oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqning ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va Hisob palatasiga kiritish.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Hisob palatasi

Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilib ma’qullangan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.

10 kun muddatda

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi, Hukumat va Hisob palatasi tomonidan ma’qullangan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun kiritish.

Belgilangan muddatlarda

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilgan va belgilangan tartibda rozilik olingan takliflarni Adliya vazirligiga yuborish.

Axborot berilgan kun

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha kiritiladigan xatning
NAMUNAVIY SHAKLI

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ____________________________ (hujjat rekvizitlari hamda bandi ko‘rsatiladi) ijro muddatini uzaytirishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.

Ijro muddatini uzaytirish taklif etilayotgan topshiriq bo‘yicha asoslantiruvchi jadval (tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga), topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan tarmoq jadvali hamda tushuntirish xati (agar topshiriq ijro muddati o‘tgan bo‘lsa) ilova qilinadi.

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4a-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligiga kiritiladigan asoslantiruvchi jadvalning
NAMUNAVIY SHAKLI

T/r

Hujjat turi va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Taklif kiritgan mas’ul ijrochi va topshiriqning ijro holati

Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari nomi

1.

1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi:

...

2. Mas’ul ijrochi:

...

3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

...

4. Topshiriqning ijro muddatini uzaytirishni asoslantirish:

...

...

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4b-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligiga kiritiladigan tarmoq jadvalining
NAMUNAVIY SHAKLI

T/r

Topshiriq mazmuni

Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati

Topshiriq ijro muddati uzaytirilishi munosabati bilan topshiriq ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ketma-ketligi

Tadbirlar ijro muddati

Topshiriq ijrosi uchun mas’ul mutasaddi rahbar va tegishli boshqarma (F.I.O.)

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari nomi

Hujjat rekvizitlari

1.

2.

...

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi
SXEMASI

Tizimdan foydalanuvchilar

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Umumiy bo‘lim tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish modulini joriy qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Hisob palatasidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

4. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markazi” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

5. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Hisob palatasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va Hisob palatasi tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish va uning takliflari asosida modulni takomillashtirish, o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish.

3. Hisob palatasining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltiruvchi, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

4. Hisob palatasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish.

3. Ijro intizomi va nazorat bo‘limining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarini mas’ul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

4. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

5. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

6. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarining so‘rovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.

7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Adliya vazirligi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;

3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish.

4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

6. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

Tuman va shahar hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.

”.

16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorida 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “taqiqlansin” so‘zidan keyin “(O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining axborot tizimlari bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)