1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish va jahon miqyosida ommalashtirish, iste’dodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda kreativ loyihalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. Quyidagilar tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Badiiy akademiya) faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
(a) tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning samarali ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
(b) iste’dodli yosh rassomlar uchun mo‘ljallangan ijodiy ustaxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning shaxsiy va jamoaviy ko‘rgazmalarini uyushtirish;
(v) yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida iste’dodli yoshlarni tasviriy va amaliy san’at sohalariga keng jalb etish hamda ularning ushbu yo‘nalishda turli kreativ loyihalardagi ishtirokini rag‘batlantirish;
(g) badiiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish va takomillashtirish, shuningdek, akademik badiiy ta’limning izchilligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etish;
(d) O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini jahon miqyosida ommalashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2. 2026-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
(a) Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining ko‘rgazmalar zali jahon standartlari asosida rekonstruksiya qilinsin va jihozlansin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
(b) Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondining Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi 10a-uy manzilida joylashgan binosi rekonstruksiya qilinsin, uning hududida zamonaviy galereya binosi qurilsin hamda 40 ta ijodiy ustaxonadan iborat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yosh rassomlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilsin;
(v) Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi hududida qo‘shimcha bino qurilsin va u yerda milliy usulda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etilsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qo‘yilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
(g) Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hududida qo‘shimcha 400 o‘rinli o‘quv binosi qurilsin, shuningdek, ushbu maktabning o‘quv binolarini kapital ta’mirlash ishlari uchun zarur kapital qo‘yilma mablag‘lari nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Bunda Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hududida 200 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi binosini qurish davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilsin.
3. Badiiy akademiya:
(a) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2026-yilda Badiiy akademiyaga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Toshkent fotosuratlar uyida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Multimedia markazini;
(b) zamonaviy galereya binosivauninghududida15 mingdan ortiq noyob asarlarni saqlash uchun fond, kutubxona, fotolaboratoriya, tasviriy va amaliy san’at, haykaltaroshlik asarlari, suvenirlarni tayyorlash va ta’mirlash ustaxonalari hamda laboratoriyasini tashkil etsin.
4. Yosh rassomlar markazida:
(a) Badiiy ijodkorlar uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) yosh a’zolari uchun rassomlar ijodiy ustaxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
(b) Uyushma tavsiyasiga ko‘ra, Badiiy akademiya boshqaruv kengashi qaroriga muvofiq mazkur ijodiy ustaxonalar yosh ijodkorlarga muayyan muddatga tekin foydalanish huquqi asosida berilsin;
(v) tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
5. Badiiy akademiya Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro grantlar hisobidan har yili tanlov asosida Rassomlik mahorati ustaxonasi stajyorlari, eng iste’dodli yosh rassom, haykaltarosh, dizayner, restavrator, san’atshunos va muzeyshunoslarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
6. Rassomlik mahorati ustaxonasida iste’dodli yosh rassomlarni ustoz-shogird an’analari asosida tarbiyalab kelayotgan taniqli ijodkorlar Badiiy akademiyaga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,6 baravarigacha miqdorda har oy qo‘shimcha rag‘batlantirib borilsin.
7. Badiiy akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohadagi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va dasturlari hamda kadrlar tayyorlash andozalarini Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatiga 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rsin.
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
(a) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan ijodkor pedagog kadrlar mazkur ta’lim tashkilotining ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlarida inobatga olinadi, asosiy ish joyi boshqa oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lgan xodimlar bundan mustasno;
(b) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar tomonidan yaratilgan yuksak badiiy asarlar institut kengashi qaroriga asosan monografiyaga tenglashtiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
(v) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining o‘quv dasturi doirasida psixologiya va pedagogika fanlaridan tahsil olgan rangtasvir, amaliy san’at va dizayn bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanidan ta’lim berishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari shaharlar infratuzilmasining estetik ko‘rinishini yanada boyitish hamda shaharsozlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha obyektlari qurilish smetasiga badiiy-ijodiy ishlarni xarid qilish xarajatlarini kiritib borsin.
10. Badiiy akademiya 2026-yildan boshlab Badiiy akademiyaga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkumdagi ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Badiiy akademiya markaziy apparatiga 2027-yilda 1 ta mikroavtobus sotib olish va saqlash uchun limit ajratsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
12. 2025-yil 1-iyuldan boshlab Badiiy akademiya markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xodimlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari joriy etilsin:
(a) xodimlarning lavozim maoshiga 200 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilash;
(b) ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda xodimlarning lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama to‘lash (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari): 1 yildan 5 yilgacha — 0,3; 5 yildan 10 yilgacha — 0,6; 10 yildan 15 yilgacha — 0,9; 15 yildan ortiq — 1,2.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish 2025-yilda Badiiy akademiyaga ajratilgan mablag‘lar doirasida, 2026-yildan esa Davlat budjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uchun belgilangan tartibda nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
13. Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
14. Badiiy akademiyaning Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sharof Rashidov ko‘chasi 40-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.
15. Quyidagilar:
(a) Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sharof Rashidov ko‘chasi 40-uy manzilida joylashgan Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi bino va inshootlarining bir qismiga;
(b) Uyushma huzuridagi Badiiy ishlab chiqarish ustaxonasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi 10a-uy manzilida joylashgan Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondi bino va inshootlarining bir qismiga;
(v) “San’at” jurnali tahririyati Toshkent shahri Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Toshkent fotosuratlar uyi bino va inshootlarining bir qismiga;
(g) Badiiy akademiya huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi Toshkent shahri Uchtepa tumani Shirin ko‘chasi 1a-uy manzilida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi bino va inshootlarining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
16. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Badiiy akademiya:
(a) tasviriy va amaliy san’at tarixi hamda bugungi kundagi rivojini keng targ‘ib qilib borish maqsadida davlat telekanallarida sohaning yetuk mutaxassislari ijodiga bag‘ishlangan teledasturlar turkumini muntazam ravishda namoyish etib borsin;
(b) ikki oy muddatda sohadagi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Yoshlar ijodi” ko‘rsatuvini tashkil etsin;
(v) O‘zbekiston milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va qaror ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
17. Badiiy akademiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov belgilansin.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-iyul,
PQ-212-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qaroriga ILOVA
Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbasi
Mas’ul ijrochilar
I. Ijodkorlar faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kreativ loyihalar yo‘nalishida
1.
Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo davlatlar san’ati ko‘rgazmasini o‘tkazish.
1. Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo davlatlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2. Ishchi guruh tomonidan ko‘rgazma konsepsiyasini ishlab chiqish.
3. Ko‘rgazmani Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali dasturiga kiritish va yuqori saviyada o‘tkazib borish.
Har yili yanvar — aprel oylari
Badiiy akademiyaga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov)
2.
Davlat buyurtmalariga asosan yaratiladigan tasviriy va amaliy san’at asarlari mualliflarining ish haqi va ular tomonidan sarflanadigan xomashyolar xarajatlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.
1. Sohaning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2025-yil iyul
-
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov)
2. Mualliflarning ish haqi va ular tomonidan sarflanadigan xomashyolar xarajatlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.
2025-yil noyabr
3. Ishlab chiqilgan tartibni tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
2025-yil dekabr
3.
2026-yildan boshlab Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro grantlar hisobidan har yili tanlov asosida Rassomlik mahorati ustaxonasi stajyorlari, eng iste’dodli yosh rassom, haykaltarosh, dizayner, restavrator, san’atshunos va muzeyshunoslarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yish.
1. Xorijiy mamlakatlardagi sohaning yetakchi tashkilot va muassasalari bilan memorandum va boshqa hamkorlik shartnomalarini tuzish.
2. Xorijiy mamlakatlar kesimida har yilgi malaka oshirish va stajirovkalar rejasini ishlab chiqish.
3. Malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan ijodkorlarni saralash bo‘yicha tanlov tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
4. Tanlov natijalariga ko‘ra ijodkorlarni tasdiqlangan rejaga asosan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish.
2026-yildan boshlab har yili reja asosida
Badiiy akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro tashkilotlar grantlari
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
4.
O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xorijda targ‘ib qilish maqsadida jahonning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkaziladigan san’at yarmarkalari, biyennalelar, ko‘rgazmalar hamda festival va simpoziumlarda ijodkor va olimlarning ishtirokini ta’minlash.
1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish hamda ishchi guruh tomonidan jahonning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkaziladigan san’at yarmarkalari, biyennalelar, xalqaro ko‘rgazmalar, festival va simpoziumlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxat asosida har yilgi ijodiy va ilmiy safarlar rejasini ishlab chiqish shu asosida xalqaro tadbirlarda ijodkor va olimlarning ishtirokini ta’minlab borish.
2026-yildan boshlab har yili reja asosida
Badiiy akademiyaga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
5.
Yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda tasviriy va amaliy san’at sohasida loyihalarni tashkil etishda ko‘maklashishga qaratilgan Yosh ijodkorlar klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
1. Yosh ijodkorlar klubi nizomini ishlab chiqish.
2025-yil oktabr
-
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sa’dullayev),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov)
2. Yosh ijodkorlar klubi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Doimiy
6.
O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini keng targ‘ib qilish va sohaga qiziqqan iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Art chellenj” (Art challenge) loyihasini doimiy amalga oshirib borish.
1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2025-yil sentabr
-
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Djurabayev)
2. Ishchi guruh tomonidan “Art chellenj” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish.
2025-yil oktabr
3. Konsepsiya asosida turli videoroliklar yaratish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda e’lon qilib borish.
Doimiy
7.
Zamonaviy galereya va Yosh rassomlar markazi faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng ularni o‘rnatilgan tartibda turistik yo‘nalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestriga kiritish.
1. Zamonaviy galereya va Yosh rassomlar markazini turistik yo‘nalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestriga kiritish.
2. Obyektlarni sayyohlar orasida keng targ‘ib qilish.
Doimiy
-
Turizm qo‘mitasi
(U. Shadiyev),
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov)
8.
“Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkumdagi ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini tasdiqlash.
1. Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan tartibni ijroga yo‘naltirish.
2025-yil noyabr
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Badiiy ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida
9.
Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:
Badiiy akademiya tomonidan idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini monitoring qilish hamda xulosalar tayyorlash;
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizimni yaratish;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutish.
2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil sentabr
-
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov)
10.
Sohadagi atoqli ijodkorlar nomini abadiylashtirish maqsadida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlariga ularning nomini berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2025-yil oktabr
-
Badiiy akademiya
(A. Nuridinov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalariga atoqli ijodkorlar nomini berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
2025-yil noyabr
3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil fevral
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2025-y., 07/25/212/0568-son)