T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va turistik oqimni oshirish chora-tadbirlari |
1. | “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” formatida birinchi turizm forumini oʻtkazish. | 1. Turizm forumini oʻtkazish bilan bogʻliq takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tadbirning aniq muddatlarini kelishish borasida tashkiliy choralarni amalga oshirish. | 2025-yil noyabr |
3. Kelishuvga koʻra tadbirni oʻtkazish. | Kelishilgan muddatlarda |
2. | Maqsadli bozorlardan yetakchi turoperatorlarni jalb qilgan holda 2025-2026-yillarda “Destination forum” dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Maqsadli bozorlarni aniqlash. 2. “Destination forum” dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Bir oy muddatda | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining bosh rejalarini ishlab chiqish jarayonida “Entertainment district” — turizm xizmatlariga ixtisoslashgan hududlarni inobatga olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | “Entertainment district” — turizm xizmatlariga ixtisoslashgan hududlarni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Uch oy muddatda | Ijrochilar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
4. | Turizm salohiyati yuqori boʻlgan 36 ta tuman(shahar) hududlarida manzarali daraxtlar va dorivor oʻsimliklarni (sakura, atirgul, lavanda, barbaris, qizil doʻlana va boshqalar) tegishli oʻrganishlar asosida ekish ishlarini taʼminlash. | 1. 36 ta tuman(shahar)lar hududida kamida 3 — 10 ga yer maydonlarida dendroparklar tashkil etish mumkin boʻlgan hududlarni belgilash. | Ikki oy muddatda | Ijrochilar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Dendroparklarda sakura, atirgul, lavanda, barbaris, qizil doʻlana va boshqa daraxtlarni ilmiy oʻrganish asosida ekish. | 2025-2026-yillar davomida |
5. | 2025-yil iyun — dekabr oylarida ishchi-xodimlarni Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish boʻyicha reja jadvallarini turizm mavsumini inobatga olgan holda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritish. | 1. 2025-yil iyun — dekabr oylarida ishchi-xodimlarni Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish boʻyicha reja jadvallarini ishlab chiqish. 2. Sayohatga chiqish reja-grafiklarini ishlab chiqishda turizm mavsumini inobatga olish. | Oʻn kun muddatda | Xodimlarning oʻz mablagʻlari, ish beruvchi mablagʻlari, tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari va jamoaviy shartnomalarga muvofiq boshqa mablagʻlar | Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari |
3. Har oy yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshirilgan sayohatlar boʻyicha Turizm qoʻmitasiga maʼlumotlar taqdim etish. | Iyun oyidan boshlab har oyda |
6. | 2025-yil uchun “Oʻzbekistonni tanitamiz” mediarejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda keng jamoatchilik uchun notanish boʻlgan yoki joriy yilda ishga tushirilayotgan keng qamrovli turizm lokatsiyalarini tanlab olish. 2. Tanlab olingan maskanlarni xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda 1 million nafardan kam boʻlmagan obunachilarga ega boʻlgan blogerlar ishtirokida keng targʻib etish maqsadida mediareja loyihasini ishlab chiqish. | Ikki oy muddatda | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. Media-reja loyihasiga koʻra, turistlar oqimini oshirish maqsadida targʻibot ishlarini qator ommaviy axborot vositalari hamda mashhur blogerlar bilan hamkorlikda amalga oshirish. | 2025-yil iyun oyidan boshlab doimiy |
7. | Tibbiy turizm klasteri maqomini berish toʻgʻrisida qoʻshma qaror ishlab chiqish. | Tibbiy turizm klasteri maqomini olish uchun talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | - | Turizm qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi |
8. | Turizm sohasidagi mutaxassislarni xabardorligini oshirishga, ularning koʻnikmalarini rivojlantirishga va turizm sohasida milliy biznes kontent yaratishga yordam beruvchi turizm-biznes portalini ishlab chiqish orqali sohani rivojlantirish. | 1. Biznes-portalning konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish. 3. Loyihani amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm qoʻmitasi |
9. | Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar oʻyini musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil iyun — avgust | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, “Uzreport” axborot agentligi |
10. | Andijon viloyatidagi turizm obyektlariga olib boruvchi hududlarda turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish. | Turistik yoʻl koʻrsatkich belgilari oʻrnatiladigan nuqtalarni aniqlash va oʻrnatish. | 2025-yil iyul | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Andijon viloyati hokimligi |
11. | Turizm qoʻmitasi balansida boʻlgan davlat koʻchmas mulki obyektlariga uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarni 2024-yil 1-yanvardan belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrish. | Turizm qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarini uning soʻrovnomasiga asosan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 18-uy manzilidagi mulkiga foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2025-yil may | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Turizm qoʻmitasi |
12. | Hududlar salohiyatini ochib beruvchi festival va tadbirlarni rivojlantirish boʻyicha tanlov tashkil qilish. Bunda: viloyat bosqichi gʻoliblari uchun 50 million soʻmdan; respublika bosqichi gʻoliblari uchun 100 million soʻmdan mukofot puli berish. Tanlov komissiyasi tomonidan turizm sohasi uchun istiqbolli deb topilgan takliflarni Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga kiritish hamda yirik konsert-tomosha, festival va shou-tadbirlarni “Samarqand turizm markazi” va “Arda Xiva” kabi turizm majmualarida oʻtkazish. | 1. Hududlar salohiyatini ochib beruvchi festival va tadbirlarni rivojlantirish boʻyicha tanlovni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. | Uch oy muddatda | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlar | Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tanlovni tashkil etish hamda turizm sohasi uchun istiqbolli deb topilgan loyihalarni Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga kiritish. | 2025-yil sentabr |
3. Yirik konsert-tomosha, festival va shou-tadbirlarni “Samarqand turizm markazi” va “Arda Xiva” kabi turizm majmualarida oʻtkazish. | 2025-yil may oyidan boshlab doimiy |
13. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Aral Sea Eco Marathon” marafoni va Borsakelmas hududida “Yonar-Burning man” festivalini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil avgust — noyabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
14. | Birinchi “Qoraqalpogʻiston — destinatsiya forum”ini oʻtkazish. | 1. Xalqaro yetakchi turoperatorlar va turizm biznes vakillari roʻyxatini shakllantirish. 2. Tashkiliy masalalarni va muddatlarni kelishish. 3. Forum dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
15. | Amudaryo tumani “Chilpiq” qalʼasi hududida “Chilpiq milliy etnomadaniy turistik park”, Amudaryo tumani “Qipchoq” MFY hududida “Qipchoq baliqchilar ovuli”, Nukus shahrida “Ashshikoʻl” hududida “Ashshikul Sands”, Xoʻjayli tumanida Mizdakxon arxeologik yodgorligini yangi turistik chorlovchi brend sifatida turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish. | 1. Turistik majmualarning yer maydonlarini toposʼyomka, geologiya, gidrogeologiya izlanishlari hamda hududlarning xavfli kuzatuvlar xulosalarini olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish. | 2025-yil iyul | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kadastr agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Master rejalarni ishlab chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash. | 2025-yil sentabr |
3. Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda tajribali xususiy tashkilotni jalb qilgan holda loyiha oldi izlanishlar va turistik majmualarni rivojlantirish boʻyicha master-rejalarini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral |
4. Master rejalar asosida turistik majmualar va unga tutash hududda turizm, savdo va koʻngilochar xizmatlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish choralarini koʻrish (bundan madaniy meros obyektlari hamda tarixiy-madaniy ahamiyatga ega hududlar mustasno). | 2026-yil davomida |
16. | Bogʻot tumanidagi “Qalajiqqalʼa” ekoturizm majmuasini yoʻl infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash. | 1. Moliyalashtirish ochish. | 2025-yil sentabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr |
3. “Qalajiqqalʼa” ekoturizm maskani boʻyicha targʻibot va tashviqot (videorolik, tarqatma material, infotur va b.) ishlarini olib borish. | 2025-2026-yillar davomida |
17. | Sirdaryo tumani “Sholikor” MFY hududidan oʻtuvchi Sirdaryo daryosi boʻylarida 38 ga yer maydonida turizm kompleksini tashkil etish orqali 100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari hamda 50 dan ortiq xizmat koʻrsatish va koʻngilochar obyektlarni tashkil etish. | 1. “Sholikor” MFY hududidan oʻtuvchi 1 km uzunlikdagi 38 gektar yer maydonida ekoturizmni rivojlantirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish. Bunda: kempinglar, bolalar oʻyingohi, savdo va umumiy ovqatlanish zonalari, yopiq turdagi akvapark va boshqa koʻngilochar xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish; sogʻlomlashtirish yoʻlaklari, tejamkor texnologiyalar asosida yoritish chiroqlari va WI-FI zonalar tashkil etilishini taʼminlash; turizm kompleksiga olib boruvchi kilometr uzunlikdagi avtomobil yoʻlini qayta rekonstruksiya qilish. | 2025-yil iyul | Tashabbuskorlar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Sirdaryo viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va loyihalarni ishga tushirish. | 2025-2026-yillar |
18. | Respublikaning turizm salohiyati yuqori hududlarda zamonaviy dor yoʻllari qurilishini koʻpaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. Bunda: dor yoʻllarini barpo qilish uchun tijorat banklari, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilish; dor yoʻllarini master reja asosida qurish uchun maxsus “Loyiha ofisi” faoliyatini tashkil qilish. | 1. Zamonaviy dor yoʻllari barpo qilish imkoniyati yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash. 2. Tijorat banklari, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. 3. Respublika dor yoʻllari qurish boʻyicha “Loyiha ofisi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoniyatini oʻrganish. 4. Oʻrganish, muzokara va tahlillar asosida taklif ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
19. | Islom hamkorlik tashkiloti turizm vazirlari konferensiyasiga raislik doirasida “IHT turizm forumi”ni tashkil qilish. | 1. Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tadbir aniq muddatlarini kelishish borasida tashkiliy choralarni koʻrish. | 2025-yil noyabr |
3. Kelishuvga koʻra tadbirni oʻtkazish. | Kelishilgan muddatlarda |
20. | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga turistik yigʻim toʻlovini muddatida toʻlamaganlik hamda xorijiy va mahalliy fuqarolarni roʻyxatga olmasdan joylashtirish xizmatini koʻrsatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirish. | Qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | - | Turizm qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi |
21. | Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)da amalga oshirilgan ijobiy tajribadan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda qolgan 16 tuman (shahar)larning turizm salohiyati yuqori hududlarining master rejalarini ishlab chiqish grafigini tasdiqlash. | 1. Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan 20 ta tuman (shahar)larning master rejalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PQ-245-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxatga asosan ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
2. 20 ta tuman (shahar)larning ijobiy tajribasi asosida master rejalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan 16 ta tuman (shahar)lardagi tegishli hududlarni oʻrganishlar asosida master rejalar ishlab chiqish reja-grafigini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, turizm salohiyati yuqori boʻlgan 16 ta tuman (shahar)lar master rejalarini Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish. Master rejalarni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi etib Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya markazi” DMni belgilash. | 2025-yil avgust | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar | Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
22. | Nurota tumanining Sentob va Chuya, Xatirchi tumanining Langar va Angidon qishloqlarini turizm qishloqlari sifatida rivojlantirish. Langar va Angidon qishloqlaridan tanlangan 200 gektar hududning master rejasini ishlab chiqish. | 1. Qishloqlarda 50 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etish, 500 ming nafar mahalliy, 80 ming nafar xorijiy sayyohlarni jalb qilish. 2. Master rejalarni ishlab chiqish. 3. Langar va Angidon qishloqlarida loyihalarni amalga oshirish. | 2025-yil mobaynida | Hisob-kitoblar asosida ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Navoiy viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
23. | Mahalliy va xorijiy investorlarning takliflari asosida Toʻdakoʻl suv havzasining investitsiyaviy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kiritish. | Mahalliy va xorijiy investorlarning takliflari asosida Toʻdakoʻl suv havzasining investitsiyaviy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha belgilangan modellardan birini tanlash va 2025-2026-yillarda amalga oshirish yuzasidan qaror loyihasini kiritish. | 2025-yil avgust | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Navoiy viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
24. | Arnasoy tumanidagi Aydar-Arnasoy koʻllar hududida turizmni rivojlantirish. | 1. Jizzax viloyati hokimligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 100 gektar yer maydonini tanlab olib, dastlab master rejasi ishlab chiqilgan 20 gektar yer maydonida turizmni rivojlantirish. | 2025-yil sentabr | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Jizzax viloyati hokimligi, Toshkent shahri hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Mazkur yer maydonlarida Direksiya tashkil qilish, Direksiya tomonidan turizm komplekslarini tashkil etish uchun yer maydonlarni auksionga chiqarish hamda tadbirkorlarga ajratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr |
25. | Mirishkor tumanida safari turizmi va choʻl turizmi ilgʻor rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida “Mirishkor tourism” maskani master rejasini ishlab chiqib, amalga oshirish. | 1. Yer maydonlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. “Mirishkor tourism” maskanini tashkil etish uchun yer maydonlarni auksionga chiqarish hamda tadbirkorlarga ajratish. | 2025-2026-yillar davomida | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
26. | Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi 150 gektar hududda salohiyatli loyiha kompaniyalarini jalb qilgan holda master reja ishlab chiqish. Bunda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya markazi” DMni buyurtmachi etib belgilash. | 1. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi 150 gektar yer maydonining yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. | 2025-yil iyul | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Navoiy viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Hukumat komissiyasida kiritilgan taklifni koʻrib chiqib, yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha xulosa berish. | Belgilangan muddatlarda |
3. Salohiyatli loyiha kompaniyalarini jalb qilgan holda 150 gektar yer maydonining master rejasini ishlab chiqish. | 2025-2026-yillar |
27. | Zarafshon shahridagi Marvarid koʻli atrofida master reja asosida dor yoʻli, suzish havzasi, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari barpo etish choralarini koʻrish. | 1. Turistik xizmatlarni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan master rejaga asosan tashabbuskorlarni aniqlash. | 2025-yil iyul | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Navoiy viloyati hokimligi |
2. Tadbirkorlarga obyektlarni tayyor hamda lotlarga boʻlgan holda ijaraga berish va 1 ming nafar aholi bandligini taʼminlash. | 2025-yil avgust |
3. Mazkur hudud uchun drayver loyiha sifatida zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish choralarini koʻrish. | 2025-yil oktabr |
28. | Boysun tumanidagi Darband mahallasidan Xoʻjamayxona hududida turizm infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Xoʻjamayxona hududini turizm qishlogʻiga aylantirish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Xoʻjamayxona hududini turizm qishlogʻiga aylantirish uchun master reja ishlab chiqish. Bunda master rejalarni ishlab chiqish boʻyicha Qurilish va uy joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya markazi” DMni buyurtmachi etib belgilash. | 2025-yil dekabr |
3. Ishlab chiqilgan master rejaga asosan turizm loyihalarini amalga oshirish. | 2026-yil davomida |
29. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 ta turizm klasterlarini, Fargʻona viloyatida 1 ta turistik-rekreatsion zonani va Boʻstonliq hamda Shahrisabz tumanlarida 2 ta dor yoʻlini foydalanishga topshirish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida turizm klasterlari faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil may | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Fargʻona viloyatida turistik-rekreatsion zonani tashkil etish. | 2025-yil davomida |
3. Boʻstonliq va Shahrisabzda tumanlarida dor yoʻllarini foydalanishga topshirish. | Tarmoq jadvali asosida |
30. | Quruqlikdagi Davlat chegara postlaridan oʻtayotgan turistlar uchun alohida Oʻzbekiston turizm salohiyatini namoyish etuvchi “Turizm burchagi”ni tashkil etish. | 1. Turistlar uchun “Turizm burchagi” tashkil etish zarur boʻlgan chegara bojxona postlari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. “Turizm burchagi” konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul |
3. “Turizm burchagi” tashkil etish uchun joy ajratish. Bunda chegara bojxona postlarida davlat nazorat organlaridan mavjud shtat birliklari doirasida masʼul shaxs biriktirish. | 2025-yil avgust |
4.Chegara bojxona postlarida “Turizm burchagi”ni tashkil etish. | 2025-yil noyabr-dekabr |
31. | Xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida aviaqatnovlarni rivojlantirish. | 1. Moʻgʻuliston Respublikasi aviakompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. | Kelishuvga asosan | - | Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Malayziyaning Kuala-Lumpur va Indoneziyaning Jakarta shaharlaridan Samarqand, Buxoro orqali Jidda shahriga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha taqdimot oʻtkazish. | 2025-yil iyun |
3. Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uygʻur avtonom hududidan Samarqand, Buxoro, Urganch, Fargʻonaga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganish. | 2025-yil iyun |
32. | Samarqand viloyati Dargʻom kanali boʻyida turistik salohiyati yuqori hududlar master rejalarini ishlab chiqish. | 1. Dargʻom kanali boʻyida turistik salohiyati yuqori hududlarni oʻrganish. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Samarqand viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Oʻrganish asosida hududlar chegaralarini belgilash. | 2025-yil iyul |
3. Kanal boʻyi hududlari master rejalarini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr |
33. | Parkent tumanidagi Kumushkon, Hisorak, Soʻqoq, Boshqizilsoy, Changi, Zarkent, Boyqozon mahallalarida “Parkent grin” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil avgust | - | Toshkent viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
34. | “Qoraqalpogʻiston — gʻarbiy turizm darvozasi” targʻibot kompaniyasini tashkillashtirish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va turistik salohiyati asosida targʻibot dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | - | Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, mahalliy va xorijiy turizm bozorlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini targʻib qilish. | Dasturda belgilangan muddatlarda |
35. | “Turkmaniston — Xorazm — Qoraqalpogʻiston — Qozogʻiston” yoʻnalishida turistik yoʻlak — halqa tashkil etish. | 1. Turkmaniston Qozogʻiston, Qoraqalpogʻiston Respublikalari va Xorazm viloyatidagi salohiyatli obyektlarni oʻrganish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
2. Oʻrganish natijalariga koʻra, 4 ta hududni birlashtirgan turistik yoʻlak — halqa tashkil etish. | 2025-yil iyul |
3. Sayyohlarni jalb qilish maqsadida turistik yoʻlak — halqa toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni turistik kampaniya va OAVda keng yoritish. | 2025-yil avgust — noyabr |
36. | Nukus shahrida “Karakalpakstan Palace Hotel” MCHJ bilan kelishilgan holda mehmonxona boshqaruviga xorijiy taniqli va nufuzli mehmonxona brendini jalb qilish. Bunda dastlabki 3 yil davomida “Karakalpakstan Palace Hotel” MCHJning franshiza bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish. | 1. Salohiyatli xorijiy brendlarni jalb qilish yuzasidan tegishli muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil iyun | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Xorijiy brend asosida mehmonxona xizmatini tashkil etish. | 2025-yil mobaynida |
3. Belgilangan tartibda franshiza bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish choralarini koʻrish. | 2025 — 2027-yillar |
37. | “Stixiya” xalqaro elektron musiqa festivalini tashkil etish. | 1. Xalqaro musiqa festivali tashkil etish va oʻtkazishga doir tegishli hujjatni ishlab chiqish. 2. Ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish va qiziqish bildirgan qoraqalpogʻistonlik yoshlar ishtirokini taʼminlash. 3. Xavfsizlik choralarini koʻrgan holda tadbirlarni tashkil etish. | 2025-yil may-iyun | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm qoʻmitasi |
38. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida etno-gastrofestival tashkil qilish. | Amaliy-chora tadbirlar. | 2025-yil sentabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet, tashabbuskor mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
39. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Extreme E” xalqaro tadbirini oʻtkazish yuzasidan taklif kiritish. | Xalqaro tajribani oʻrganish va Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Extreme E” xalqaro tadbirini tashkil qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil avgust | - | Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
40. | Turistlarga kunning kunduzgi va tungi vaqtlarida qulay ekskursiya tashkil qilish uchun turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlar va yirik turizm namoyishi obyektlarida: daraxtlar va oʻsimliklarni ekish orqali “soyali sayr koʻchalari” barpo qilish; yirik turizm namoyishi obyektlarida ushbu obyektlarga zarar yetkazmasdan tungi (badiiy) yoritish tizimlarini oʻrnatish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025 — 2027-yillarda | Xalqaro va xorijiy moliya institutlarining mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
41. | Madaniy meros obyektini tadbirkorlik subyektlariga berish. | 1. Sayyohlar oqimi yuqori boʻlgan madaniy meros obyektlarida xatlov oʻtkazish va ijaraga berilishi mumkin boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirish; | 2025-yil iyun | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniy meros agentligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Roʻyxat asosida obyektlarni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil davomida |
42. | Xorazm milliy tabiat bogʻi hududini Xorazm davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligiga qarashli 4 999,031 gektar yer maydoni, oʻrmon xoʻjaligi yer maydonlari va zaxira yer maydoni hisobidan kengaytirish. | 1. Xorazm milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Qaror loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 4. Xorazm milliy tabiat bogʻining Yangibozor tumanidagi hududida ekoturizmni rivojlantirish choralarini koʻrish. | 2025-yil iyun | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Kadastr agentligi |
43. | Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida yer fondi toifasini oʻzgartirmagan holda 20 gektar yer maydonida ekoturizm maskani va ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun investor jalb etish. | 1. Loyihani amalga oshirish uchun Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidan 20 gektar yer uchastkasini oʻrnatilgan tartibda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda auksion savdolariga chiqarish. 2. Auksion yakunlari boʻyicha investor bilan oʻrnatilgan tartibda ijara shartnomasini imzolash. 3. Ovchilik xoʻjaligi (ovchilik bazasi va pitomnik)ga tutash 10 ming gektargacha ov qilish joylarini biriktirib berish boʻyicha shartnoma imzolash. 4. Loyiha amalga oshirilishini monitoringini olib borish. | 2025-2026-yillar davomida | Tashabbuskor mablagʻlari hisobidan | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi |
44. | “Milliy turizm yagona platformasi” orqali joylashtirish vositalari va dam olish maskanlarini onlayn band qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz MyID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtishga ruxsat berish. | 1. Platformani MyID tizimiga integratsiya qilish. 2. Zaruriyatga koʻra MyID tizimini takomillashtirish. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
3. Platformaga ulangan joylashtirish vositalarining shaxsiy kabinetida mehmonni QR-kod yoki yuz orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
45. | Sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari, muzeylar va tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” kartasini joriy etish. | 1. Sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari, muzeylar va tarixiy obidalar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Kartaning dizayn loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul |
3. Kartani madaniy meros obyektlari, muzeylar va tarixiy obidalarga kirish tizimiga ulash. | 2025-yil avgust |
46. | Turizm sohasiga oid barcha elektron tizim va platformalarni “Milliy turizm yagona platformasi” doirasida ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi |
47. | Yirik turistik markazlar hududlarida mobil aloqa sifatini xatlovdan oʻtkazish, xatlov natijalariga asosan mobil aloqa sifati past boʻlgan hududlarda qoʻshimcha mobil aloqa antennalarini oʻrnatish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
48. | Respublikadagi moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun grantlarni jalb qilish choralarini koʻrish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2026-yil davomida | - | Tashqi ishlar vazirligi, Madaniy meros agentligi |
49. | Respublikada sayyohlik yoʻnalishlarida qatnovchi yoʻlovchi poyezdlari tarkibidagi vagonlarining sovitish va isitish tizimlarini taʼmirlash. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025 — 2027-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
50. | “Surxon vohasi — turizm uchburchagi” turistik loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining salohiyatli hududlari, jumladan, Termiz, Sariosiyo, Denov, Boysun, Sherobod tumanlaridagi turizm turlari boʻyicha targʻibot maʼlumotlarni tayyorlash. | 1. Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati boʻyicha xorijiy va davlat tilida targʻibot materiallarini tayyorlash. | 2025-yil iyun | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
2. Materiallarni ijtimoiy tarmoq, OAV va turistik platformalarda joylashtirish. | 2025-yil iyul — noyabr |
51. | “Surxon vohasi — turizm uchburchagi” turistik xaritasini ishlab chiqish. | 1. Viloyatning turistlar tashrif buyuradigan maskanlar (obyektlar) roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Tashrif maskanlarini viloyatning turistik xaritasida aks ettirish. | 2025-yil iyul |
3. Turistik xaritani sayyohlar foydalanishi uchun turistik portal hamda viloyatdagi turizm axborot markazlariga joylashtirish. | 2025-yil avgust — dekabr |
52. | Boysun tumaniga tashrif buyuruvchilar uchun turizm infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Turizm va xizmat koʻrsatishga salohiyatli hududni belgilash. 2. Belgilangan hududda jozibador arka, sanitariya-gigiyenik shoxobcha, kichik turizm axborot markazi, turizm yoʻl koʻrsatkich belgilarini tashkil etish. 3. Zaruriy infratuzilma tashkil etilgan hududga sayyohlarni jalb qilish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
53. | Xorijiy va mahalliy OAV vakillarining Surxondaryo turizm obyektlari boʻylab infoturini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
54. | Sanatoriy-kurort zonalari xodimlarini sayyohlarga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida malakasini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2026-yildan har yili bir marotaba | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
55. | Sanatoriy-kurort zonalarining xizmatlarini targʻib qilish, mahalliy hamda xorijiy turizm koʻrgazmalarida ishtirok etish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2026-yildan boshlab | Ijrochi va tashabbuskor mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
56. | Turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualardan iborat boʻlgan turizm markazlari, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Amirsoy” togʻ-changʻi kurort zonasi hududida boj olinmaydigan (“duty free”) va yirik xalqaro brendlarning savdo doʻkonlaridan iborat boʻlgan yirik savdo komplekslarini (“Luxury tourism village”) barpo qilish choralarini koʻrish. | 1. Turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualaridan iborat boʻlgan turizm markazlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrish. | 2025-2026-yillar davomida |
57. | Oliy taʼlim muassasalarining xizmat koʻrsatish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqiyotgan, xorijiy tillarni oʻzlashtirgan 500 nafar iqtidorli talabalarining yozgi amaliyotlarini sohada yetakchi boʻlgan xorijiy davlatlarda oʻtashini tashkil etish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
58. | Mamlakatimizdagi taniqli ansambllarning xorijiy davlatlarga gastrollarini tashkil etish. | Chora tadbirlar rejasi. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
59. | Taniqli va mashhur xorijiy sanʼatkorlarni jalb qilgan holda yurtimizda yirik konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-2026-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
60. | Mashhur xalqaro va taniqli mahalliy shou tomosha dasturlar franshizalari asosida oʻtkazilayotgan tadbirlar, jumladan, “The X-factor”, “Ovoz” va “Oʻzbekiston Got Talent” kabi amaliyotni davom ettirish. Bunda tadbirlarning saralash va yakuniy bosqichiga oid koʻrsatuvlarni hududlarning yirik turizm obyektlarida tasvirga olish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-2026-yillar | Tashabbuskorlar va homiylik mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
61. | Aholini Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishini ragʻbatlantirish uchun ichki turizm kreditlarini joriy qilish. | 1. Aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida ichki sayohatlar uchun 10 daqiqada rasmiylashtiriladigan imtiyozli davr bilan kredit tizimini joriy qilish. | 2025-yil iyun | - | Markaziy bank |
2. Joriy qilingan kredit turini jamoatchilikka keng targʻib qilish. | Doimiy ravishda |
II. Soha faoliyatini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish |
62. | Ekstremal turizm yoʻnalishini rivojlantirish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qoʻmitasi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
63. | Respublika, viloyat, tuman va shahar darajasidagi taʼlim va sport yoʻnalishlarida oʻtkaziladigan musobaqa gʻoliblariga “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini sovgʻa qilish tartibini belgilash. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
64. | Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga berish tartibini yangi tahrirda tasdiqlash. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil may | - | Madaniy meros agentligi, Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyun |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul |
65. | Mehmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlarning oʻz faoliyatini targʻib qilishga qaratilgan audiovizual mahsulotlar (videofilm, videorolik, klip va anime roliklar) yaratish va targʻib qilish xarajatlari hamda mahalliy tadbirkorlar tomonidan xorijiy mamlakatlarda oʻzbek milliy taomlariga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlari tashkil etilganda subsidiyalash tartibini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
66. | Joylashtirish vositalari, yirik savdo komplekslari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan oʻzining hududida zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
67. | 2025-yildan boshlab har yili noyabr oyining uchinchi haftasida Xalqaro turizm haftaligini tashkil etish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | - | Turizm qoʻmitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil avgust |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr |
III. Xorij davlatlaridan yanada koʻproq sayyohlarni jalb qilish chora-tadbirlari |
68. | 2025-yil iyun oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Oʻzbekiston ipak matolari” xalqaro moda haftaligini (“UZBEK SILK INTERNATIONAL FASHION WEEK”) tashkil etishni 2027-yilga koʻchirish. Bunda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlarni “Xalqaro turizm haftaligi”ni oʻtkazish uchun yoʻnaltirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2027-yil noyabr | Respublika budjeti mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
69. | Hindiston, Pokiston, Misr va Eron sayyohlariga viza berishni yengillashtirish boʻyicha taqdimot qilish. | Taqdimot loyihasi. | 2025-yil iyun | - | Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
70. | Buyuk ipak yoʻlining “Zarafshon — Qoraqum yoʻlagi” boʻyicha yangi turizm marshrutini ishlab chiqish, targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 1. “Zarafshon — Qoraqum yoʻlagi” boʻyicha yangi turizm marshrutini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | - | Turizm qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari |
2. Turizm marshruti va undagi obyektlarning targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil avgust — sentabr |
71. | Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari tomonidan turist va investorlarni olib kelish boʻyicha har bir davlat kesimida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar rejasi. | 2025-yil iyun | - | Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
72. | Maqsadli bozorlardan, jumladan, Hindiston, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozogʻistondan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Oʻzbekistonning ushbu davlatlardagi elchixonalariga bir milliard soʻmdan mablagʻ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil iyun-iyul | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
73. | 2025 yilda xorijiy nufuzli xalqaro turizm koʻrgazmalarida Oʻzbekiston milliy stendi bilan ishtirok etish. | 1. Oʻzbekiston milliy stendida ishtirok etish uchun turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish. 2. Koʻrgazma va yarmarkalarda yuqori saviyada ishtirok etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
74. | Xorijiy davlatlarda taqdimot (“roadshow”) va turistik forumlar tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
75. | Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan turistik taqdimot tadbirlarini tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
76. | Turizm yoʻnalishini yoritish maqsadida xorijiy OAV vakillari uchun Oʻzbekistonga press-turlar tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. Oʻzbekiston boʻylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
77. | Yirik xalqaro turistik mediaplatformalar bilan hamkorlikni davom ettirish, mamlakatimiz turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targʻib qilish. | 1. Loyihani amalga oshirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan xizmat koʻrsatish shartnomalarini imzolash. | Uch oy muddatda | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Loyihani yuqori saviyada tashkil etish. | Kelishilgan muddatlarda |
78. | Yevropa va Amerika davlatlarida “Digital marketing” yoʻnalishida qator loyihalarni amalga oshirish. | 1. Loyihani amalga oshirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan xizmat koʻrsatish shartnomalarini imzolash. | Uch oy muddatda | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Loyihani yuqori saviyada tashkil etish. | Kelishilgan muddatlarda |
79. | Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari va mashhur blogerlari uchun mamlakat boʻylab press-turlar tashkil etish. | - Press-tur dasturini ishlab chiqish.
2. Oʻzbekiston boʻylab press-turlarni tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
80. | “BBC”, “CNN”, “Discovery” va “Al Jazeera” mediakompaniyalari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston turizm salohiyatini keng targʻib qilish. | 1. Xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolash. 2. Targʻibot materiallarini shakllantirish. | 2025-yil avgust | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. Loyihani amalga oshirish. | Kelishilgan muddatlarda |
81. | “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. | - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi dasturini ishlab chiqish.
- Xorijiy turizm sohasi vazirlik va idoralari, mahalliy va xorijiy turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillarini jalb qilish.
3. Yarmarkani yuqori saviyada tashkil etish. | 2025-yil noyabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
III. Xitoy Xalq Respublikasidan turistlarni jalb qilish |
82. | Xitoy provinsiyalarida taqdimot (“roadshow”) tadbirlarini tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
83. | Xitoyning yetakchi onlayn sayohat platformalarida Oʻzbekiston turizm segmentini oshirish. | 1. Yetakchi onlayn sayohat platformalari takliflarini olish. 2. Oʻzbekiston turizm segmentini oshirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
IV. Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan turistlarni jalb qilish |
84. | Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida boʻlib oʻtadigan xalqaro turizm koʻrgazma va yarmarkalarida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish. | 1. Stend dizaynini ishlab chiqish va Oʻzbekiston milliy stendida ishtirok etish uchun turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish. 2. Koʻrgazma va yarmarkalarda yuqori saviyada ishtirok etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
85. | Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari, mashhur blogerlari uchun mamlakat boʻylab press-turlar tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. Oʻzbekiston boʻylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
86. | Mamlakatimizning turistik salohiyatini Yevropa turizm bozorida targʻib qilish maqsadida taqdimot (“roadshow”) tadbirlarini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
87. | Turistik platformalar orqali Yevropa Ittifoqi davlatlarida mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
V. Arab davlatlaridan turistlarni jalb qilish |
88. | Arab davlatlarida boʻlib oʻtadigan xalqaro turizm sohasidagi tadbirlarda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
89. | Qishki turizm maskanlarini Arab davlatlari orasida keng targʻib qilish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
90. | Arab davlatlari sayyohlari tashrif buyuradigan turizm obyektlarida arab tilidagi maʼlumotlarni joylashtirish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
91. | Arab davlatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari, mashhur blogerlari uchun mamlakat boʻylab press-turlar tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. Oʻzbekiston boʻylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
VI. Rossiya Federatsiyasidan turistlarni jalb qilish |
92. | Rossiya Federatsiyasining markaziy telekanallarida Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga oid koʻrsatuvlarni namoyish etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
93. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasining mashhur telekanallari koʻrsatuvlarini tasvirga olish ishlarini tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. Oʻzbekiston boʻylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
94. | “Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” doirasida tadbirlarni tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |