1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vatanparvar, inson qadrini eʼzozlaydigan, korrupsiyaga toqatsiz va professional yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ularni tarmoq va sohalar uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, mazkur sohada samarali ilmiy-innovatsion tadqiqotlar olib borish tartib-taomillarini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
I. Faoliyatni samarali tashkil etish va tubdan transformatsiya qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) etib qayta tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
2. Belgilansinki, Akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
3. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatchilari) va boshqaruv kadrlarining salohiyatini muntazam rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish;
(b) davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlarida oʻqitish;
(v) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari hamda milliy qadriyatlarimiz va axloq normalarini inobatga olgan holda yaratiladigan professional kompetensiyalar asosida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirishni tashkil etish;
(g) taʼlim dasturlarini xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish hamda ularni boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qonunchilik talablari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida rivojlantirishga yoʻnaltirish;
(d) taʼlim va tadqiqot jarayonlarini fakultetlar va kafedralar negizida tashkil etiladigan ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan taʼlim — tadqiqot — amaliyot maktablari orqali olib borish;
(e) boshqaruv kadrlari va davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirishda raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng qoʻllash, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish;
(j) Akademiya faoliyatini strategik rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish;
(z) davlat xizmatchilarida zamonaviy rahbarning “maʼnaviy qiyofa”sini shakllantirish asosida taʼlim dasturlarini tashkil etish;
(i) taʼlim va tadqiqot jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajribalarga muvofiq LMS tizimi va “Raqamli akademiya” platformasi orqali tashkil etish;
(k) davlat xizmati va boshqaruvini takomillashtirish, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, soha va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish va maqsadlarga erishish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va amaliy takliflar ishlab chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Vasiylik kengashi Akademiya faoliyatiga quyidagi ustuvor masalalarda koʻmaklashadi va tegishli qarorlar qabul qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) respublikada davlat siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirib borishning hamda sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(b) Akademiyani strategik rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, taʼlim va ilmiy tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, boshqaruv, ilmiy-pedagogik salohiyatini va moddiy-texnik imkoniyatlarini kuchaytirish hamda ushbu jarayonlarga investitsiyalarni jalb etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(v) davlat siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat taʼlim standartlariga rioya qilish, shuningdek, davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning davlat talablari ijrosi yuzasidan monitoring natijalarini tahlil qilib borish;
(g) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda sohalarni strategik rivojlantirish maqsadlarini hisobga olgan holda Akademiyada kadrlar tayyorlash uchun tasdiqlangan davlat maqsadli buyurtmalari parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(d) Akademiya tuzilmasini tasdiqlash va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Akademiya faoliyatiga mutaxassislarni (konsultant, maʼruzachi, oʻqituvchi va boshqalar) soatbay va uzoq muddatli ishlash shartlarida jalb etish hamda ularga mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan haq toʻlash tartibini belgilash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(e) Akademiyaning magistratura va qayta tayyorlash dasturlari bitiruvchilarining vazirlik, idora va davlat tashkilotlarida kasbiy va karyeraviy oʻsishini monitoring qilish natijalarini tahlil qilib borish.
II. Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
6. 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) davlat xizmatchilarining sohaviy bilimlarini rivojlantirish hamda “Yordamchi” guruhiga mansub davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻz tizimidagi yoki tegishli soha va tarmoq qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida (institutlarida) tashkil etiladi;
(b) malaka oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning anʼanaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
7. Akademiya tomonidan:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) qisqa muddatli kurslarda “Siyosiy” va “Boshqaruv” guruhlariga mansub davlat xizmatchilarining rahbarlik va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha malakasi oshiriladi;
(b) davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining (institutlari)ning rahbarlik va boshqaruv yoʻnalishlaridagi taʼlim dasturlari ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlanadi va muvofiqlashtiriladi, shu jumladan, ularning tegishli oʻquv dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi va tasdiqlanadi, oʻquv jarayonida foydalaniladigan taʼlim texnologiyalarining namunaviy shakllari ishlab chiqiladi.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
8. Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan:
(8-bandning birinchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(a) Akademiyaning malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim dasturlarida tahsil oladigan davlat xizmatchilari kontingenti shakllantiriladi;
(b) davlat xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha takliflar beriladi;
(v) Milliy kadrlar zaxirasidagi davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirib borish, davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyat muvofiqlashtirib boriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
9. Agentlik Akademiya bilan birga ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda 2025-yil 1-dekabrga qadar davlat fuqarolik xizmati “Yordamchi” guruhi lavozimlari uchun, 2026-yil 1-martga qadar “Siyosiy” va “Boshqaruv” guruhlari lavozimlari uchun bazaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqsin.
10. Akademiyada 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar joriy etilsin. Bunda:
(a) oʻquv reja va dasturlari davlat xizmati va boshqaruvining joriy va istiqboldagi vazifalari asosida ishlab chiqilib, bir oygacha boʻlgan muddatda rahbarlik bilim va koʻnikmalari rivojlantiriladi;
(b) qisqa muddatli kurslar yakunlari boʻyicha davlat xizmatchilarining olgan bilim va kasbiy koʻnikmalari diagnostikadan oʻtkaziladi;
(v) mazkur kurslarga yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan tajribali ekspertlar, xususiy sektor, konsalting va axborot-tahlil agentliklari mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari jalb qilinadi.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Akademiyada muddati 6 oygacha boʻlgan quyidagi qayta tayyorlash taʼlim dasturlari joriy etilsin:
(a) geosiyosat, global xavfsizlik, barqaror rivojlanish, loyiha boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va boshqa dolzarb yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga muvofiq tashkil etiladigan maxsus kurslar;
(b) tashabbuskor ayollarning rahbarlik koʻnikmalarini rivojlantirish va ularni davlat xizmatiga tayyorlash uchun — “Rahbar ayollar” dasturi;
(v) istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish hamda yosh davlat xizmatchilarining yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun — “Kelajak liderlari” dasturi;
(g) davlat organlari va tashkilotlarining rahbar va boshqaruv kadrlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun — “Tizimli tahlil, strategik rejalashtirish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish” dasturi;
(d) hokimlar va ularning oʻrinbosarlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun — “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish” dasturi;
(e) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosatiga masʼul tarkibiy tuzilma rahbarlari uchun — “Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish” dasturi;
(j) davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari boʻyicha loyihaviy boshqaruv va monitoring koʻnikmalarini rivojlantirish uchun — “Davlat dasturlari va loyihalarini samarali boshqarish” dasturi.
12. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) Agentlik qayta tayyorlash taʼlim dasturlari boʻyicha manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar takliflari asosida nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi hamda har tomonlama oʻrganib va baholab, har yili 1-iyulga qadar Akademiyaga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(b) Akademiyada tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari doirasida davlat xizmatchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, davlat tili hamda odob-axloq qoidalari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha bilimlari majburiy baholanadi.
III. Akademiyada magistratura taʼlim dasturini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
13. Belgilab qoʻyilsinki, Akademiyada davlat buyurtmasiga asosan magistratura taʼlim dasturlariga qabul davlat organlari, xoʻjalik boshqaruv organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga asosan oliy maʼlumotli, 2 yil boshqaruv lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlgan, qoida tariqasida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari hamda fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlari xodimlari orasidan tanlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda:
(a) davlat buyurtmasi boʻyicha oʻqitish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
(b) tavsiya etilgan nomzodlar Agentlik tomonidan dastlabki tarzda saralanadi hamda kvota boʻyicha har bir oʻringa kamida besh nafardan nomzodlar roʻyxati Akademiyaga yuboriladi;
(v) Akademiya tomonidan nomzodlar mutaxassislik fanlari va chet tili boʻyicha test sinovidan hamda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, yetakchi professor-oʻqituvchilar va mustaqil ekspertlardan iborat Tanlov komissiyasida suhbatdan oʻtkaziladi;
(g) suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy bilimlari va huquqiy savodxonligi, shuningdek, boshqaruv va liderlik xususiyatlari, jamoa bilan ishlash, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatlari, moslashuvchanligi, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvi, loyihaviy boshqaruv va notiqlik mahorati boʻyicha koʻnikmalari baholanadi;
(d) test va suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball olgan nomzodlar davlat granti hamda Akademiya Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan kvota doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
14. Akademiyaga davlat buyurtmasidan tashqari ochiq tanlov asosida faqatgina toʻlov-kontrakt asosida magistraturada kadrlar tayyorlash huquqi berilsin. Bunda qabul kvotalari Akademiyaning ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Belgilansinki, Akademiyada:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab “Hududlarni kompleks rivojlantirish” (Regional Development), “Davlat boshqaruvi” (Public Administration), “Inson resurslarini rivojlantirish” (Human Resource Development) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
(i) “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;
(ii) yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
(v) magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari va modullar boʻyicha tashkil etiladi;
(g) mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, xususan, davlat boshqaruvi hamda energetika, transport logistikasi, infratuzilma, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ichimlik suvi taʼminoti va boshqa sohalarni qamrab oluvchi fanlararo magistrlik dasturlari joriy etiladi.
16. Magistraturani davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarga kamida 3 yil davlat organi yoki tashkilotida (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari va xoʻjalik jamiyatlari, davlat korxonalarida) ishlab berish majburiyati yuklansin. Bunda magistraturani grant asosida tamomlagan nodavlat sektor vakillarini davlat xizmatiga jalb etish Agentlik tomonidan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
17. Belgilansinki, Agentlikning ish beruvchilar bilan birgalikdagi takliflariga asosan davlat buyurtmasi boʻyicha taʼlim olgan magistratura bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimlarga taqsimlanadi, ularning karyeraviy oʻsishi jarayonlari esa Agentlik tomonidan monitoring qilib boriladi. Bunda magistraturada oʻqish yakunlari boʻyicha yakuniy oʻzlashtirish koʻrsatkichi 85 foizdan yuqori boʻlgan tinglovchilar, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi.
IV. Ilmiy salohiyatni oshirish va xorijiy hamkorlikni yanada kuchaytirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
18. Davlat siyosati va boshqaruvi sohasida yaxlit ilmiy tadqiqotlar tizimini yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan boshlab Akademiyada “Davlat siyosati va boshqaruvi” ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli joriy etilsin hamda mazkur ixtisoslik boʻyicha ilmiy kengash tashkil etilsin.
19. Akademiyaning xalqaro akademik doirada nufuzini oshirish maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Xalqaro akademik maslahat kengashi tashkil etilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish boʻyicha maslahatlar, shuningdek, taʼlim va akademik siyosat sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan tavsiyalar berish;
(b) nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish hamda xalqaro akkreditatsiya uchun taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha maslahatlar berish;
(v) taʼlim va fan sohasida xalqaro darajadagi tendensiyalarni tahlil qilgan holda ularni Akademiyada qoʻllash boʻyicha, shu jumladan, rivojlanish strategiyalarini shakllantirishga oid takliflar kiritish;
(g) xalqaro tinglovchilarni jalb qilish, shuningdek, tinglovchilar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;
(d) Akademiya tinglovchilari uchun global tendensiyalar va oʻzgarishlar, strategik fikrlash, raqamli transformatsiya va boshqa dolzarb mavzularda maʼruzalar qilish.
20. Akademiyada bosqichma-bosqich Germaniya, Singapur, Rossiya, Koreya Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda quyidagi qoʻshma taʼlim va tadqiqot dasturlari amalga oshirilsin:
(a) Germaniyaning Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi;
(b) Singapur Milliy universitetining Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi hamda Singapur davlat xizmati kolleji.
(v) Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi hamda “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi;
(g) Koreya inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti hamda Koreya davlat boshqaruvi instituti.
V. Strategik tahlil sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarida tahliliy salohiyatni rivojlantirib borish chora-tadbirlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
21. Akademiya tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning maslahat-uslubiy va taʼlim platformasi sifatida faoliyat koʻrsatuvchi Tahlil va tadqiqot sohasidagi kompetensiyalar markazi (keyingi oʻrinlarda — Kompetensiyalar markazi) tashkil etilsin va uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(a) davlat xizmatchilari va tahliliy-tadqiqot tuzilmalari xodimlariga strategik (tizimli) tahlil va rejalashtirishning ilgʻor uslubiyotini (isbotlash siyosati, “yashil” siyosat, tizimli fikrlash, maʼlumotlar tahlili asosida qaror qabul qilish, xulq-atvor tahlili, adaptiv boshqaruv) oʻrgatish uchun qisqa va oʻrta muddatli taʼlim dasturlari hamda treninglarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(b) vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarida tahliliy ishlarning yagona standartlari va metodologiyasini ishlab chiqish, tahliliy jarayonlarga zamonaviy raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni tatbiq etishga ilmiy-uslubiy koʻmak berish;
(v) vazirlik va idoralarni ekspert-tahliliy qoʻllab-quvvatlash hamda davlat dasturlari va tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etgan holda amaliy yechimlarni ishlab chiqish.
(a) Kompetensiyalar markazining ish rejalari, xodimlari tarkibi, tadqiqot usullari va faoliyati bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishilgan holda hal qilinadi;
(21-bandning “a”kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(b) Kompetensiyalar markazi faoliyatini moliyalashtirish Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan loyiha boshqaruvi tamoyillari asosida, shuningdek, grantlar, taʼlim va konsalting faoliyatidan olingan daromadlar hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
23. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich quyidagi oliy taʼlim tashkilotlarida fanlararo tanqidiy va mantiqiy fikrlash, maʼlumotlar bilan ishlash qobiliyatlariga hamda keng taʼlim-tadqiqot bazasiga ega boʻlgan tahlilchilarning yangi avlodini shakllantirish maqsadida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin:
(a) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro munosabatlar va tahlil, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish va ekspert sharhlash” yoʻnalishi boʻyicha;
(b) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Biznes-tahlil, moliya va katta maʼlumotlar tahlili” yoʻnalishi boʻyicha;
(v) Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xalqaro munosabatlar va tahlil: Yevropa va Osiyo tadqiqotlari” yoʻnalishi boʻyicha;
(g) Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquq sohalari, huquqiy va siyosiy tadqiqotlar amaliy tahlili” yoʻnalishi boʻyicha;
(d) Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ijtimoiy-diniy sohadagi jarayonlar, radikallashuv jarayonlari tahlili va ularning oldini olish usullari” yoʻnalishi boʻyicha;
(e) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universitetida (Green University) “Ekologik fanlar va tadqiqotlar, ekologik tahlil, bilim va innovatsiyalarni boshqarish” yoʻnalishi boʻyicha.
24. Belgilansinki, mazkur Farmonning 23-bandida nazarda tutilgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishda Kompetensiyalar markazi zimmasiga tahlil sohasidagi akademik dasturlarni muvofiqlashtirish va metodik qoʻllab-quvvatlash, oʻquv rejalarini standartlashtirish, amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlimni rivojlantirish, xorijiy professor-oʻqituvchilar va ekspertlarni jalb qilish, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish vazifalari ham yuklatiladi.
VI. Tashkiliy chora-tadbirlar
25. Belgilansinki:
(a) taʼlim, tadqiqot va amaliyot jarayonlariga yurtimiz va ilgʻor xorijiy davlatlardagi davlat xizmati va boshqaruvi, iqtisodiy rivojlanish, moliya va tadbirkorlik sohalarida taniqli boshqaruv kadrlari, ekspertlar va olimlar jalb etiladi;
(b) davlat granti asosida qabul qilingan va magistratura yoki qayta tayyorlash kurslarida yuqori natija koʻrsatgan tinglovchilarning 50 foizgacha qismini muddati ikki oyga qadar boʻlgan xorijiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan magistratura va qayta tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, jumladan, ularga xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etish “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(v) davlat buyurtmasi asosida Akademiyada taʼlim olayotgan, ilmiy-tadqiqot ishini amaliyotga samarali joriy etayotgan va xorijiy tilni kamida CEFR shkalasi boʻyicha S1 darajasida egallagan ilmiy tadqiqotchilar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan muddati ikki oyga qadar boʻlgan xorijiy ilmiy stajirovkaga yuboriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(g) Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim talablarini bajargan va dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga ilmiy daraja (falsafa doktori — PhD, fan doktori — DSc) diplomlari va ilmiy unvon (dotsent, professor) attestatlari davlat namunasida taqdim etiladi;
(d) ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish, magistratura yoki qayta tayyorlash dasturiga tinglovchilikka qabul qilingan davlat organi yoki tashkiloti (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari va xoʻjalik jamiyatlari, davlat korxonalari) xodimining oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi (kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) saqlanadi.
(25-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
26. Akademiyada ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan hamda xususiy sektorda samarali tashkil etilgan amaliyotga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) magistrlik va qoʻshma taʼlim dasturlari loyihaviy boshqaruvning PMI PMBoK va boshqa nufuzli xalqaro standartlariga asoslangan holda ishlab chiqiladi, taʼlim dasturlarida ushbu standartni chuqur oʻzlashtirish talabi joriy etiladi;
(b) barcha taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni BPR (biznes jarayonlarning reinjiniringi) texnologiyalariga koʻra optimallashtiriladi hamda “Raqamli akademiya” platformasida raqamlashtiriladi;
(v) Akademiyada korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash muhitini yaratish maqsadida barcha funksional vazifalar reglamentlari ishlab chiqiladi, antikorrupsion diagnostika va profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
27. Akademiyada yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyidagi tuzilmalar tashkil etilsin:
(a) davlat siyosati va boshqaruvining genezisi, evolyutsiyasi hamda rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlarini tadqiq etuvchi, davlat xizmatida samaradorlikni oshirish hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻri ishlab chiqilishini metodologik qoʻllab-quvvatlovchi, shuningdek, boshqaruvda ortiqcha byurokratik jarayonlar, majlisbozlik va qogʻozbozlikning oldini olishga qaratilgan va xususiy sektordagi (taʼlim, tibbiyot, transport va boshqalar) ilgʻor amaliyotlarni davlat boshqaruvida joriy qilish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar hamda ilmiy tavsiya va takliflar ishlab chiquvchi Davlat siyosati va boshqaruvini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi;
(b) davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yagona davlat taʼlim talablarini ishlab chiquvchi hamda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarining (institutlarining) rahbarlik va boshqaruv yoʻnalishlaridagi taʼlim dasturlarini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtiruvchi Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish markazi;
(v) davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni samarali qoʻllashning ilgʻor xorijiy tajribasini oʻrganish, davlat xizmatchilarining raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishda mazkur texnologiyalarni keng qoʻllashni tashkil etuvchi Davlat boshqaruvida raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalari taʼlim markazi;
(g) rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlariga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish hamda ularni asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masofadan oʻqitishni tashkillashtiruvchi Onlayn taʼlim va masofaviy oʻqitish markazi.
28. Akademiyaga quyidagi yoʻnalishlarda mustaqillik berilsin:
(a) magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim dasturlari davomiyligi va toʻlov-kontrakt summalarini belgilash hamda xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, xorijlik ekspertlarni taʼlim va tadqiqot jarayonlariga jalb etish;
(b) taʼlim tili va shaklini, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash, dual taʼlim shaklini joriy etish, tinglovchilar bilimini nazorat qilish, malaka amaliyoti va stajirovka oʻtash, yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibini belgilash;
(v) mehnat qonunchiligiga muvofiq professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibini, tinglovchilarning sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan normativlar asosida ularning oʻquv yuklamasini hamda ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqot faoliyati meʼyorlarini belgilash;
(g) budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda moliyalashtiriladigan taʼlim va ilmiy-tadqiqot grantlarini eʼlon qilish va amalga oshirish;
(d) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va tarkibini tasdiqlash, ilmiy daraja va unvonlar berish, boshqa oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy daraja va unvonlarni tan olish, shuningdek, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
(e) Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan magistratura tinglovchilari va tadqiqotchilar uchun maxsus stipendiyalar joriy etish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
29. Akademiya xodimlarining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 107 nafar, shu jumladan, boshqaruv kadrlari 54 nafar, mutaxassislar 53 nafar, oʻquv-yordamchi, texnik, va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun, professor-oʻqituvchilar soni esa Akademiya ustaviga asosan tasdiqlangan meʼyorlar asosida belgilansin.
30. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab Akademiya rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, ilmiy va oʻquv-yordamchi xodimlari hamda mutaxassislarining lavozim maoshlarini belgilashda mehnatga haq toʻlashning yagona tarif jadvali boʻyicha tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari ikki baravar miqdorda qoʻllaniladi.
31. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini 2025-2026-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi ustavi 4-ilovaga muvofiq;
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish boʻyicha har yilgi davlat buyurtmasi parametrlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
32. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Akademiyaga xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish hamda taʼlim va tadqiqot jarayonlariga xorijiy grantlar va ekspertlarni jalb etishda har tomonlama yordam koʻrsatib borsin.
33. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur Farmon ijrosi bilan bogʻliq qoʻshimcha budjet xarajatlarini moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning iqtisod qilingan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
34. Akademiya ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
(a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
(b) Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda har tomonlama, ochiq va xolis tanlovning mezon va mexanizmlarini qamrab olgan Akademiyada magistratura hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishning alohida tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
35. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-may,
PF-78-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi
2. Z.B. Maxkamova
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
3. K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
4. Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
5. B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
6. G.S. Ismailova
—
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori
7. U.Sh.Xusainov
—
Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.
8. O.A. Xasanov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori
9. J.Sh. Salixov
—
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori, Vasiylik kengashi kotibi
Izohlar:
1. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Vasiylik kengashi oʻz qaroriga muvofiq aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish huquqiga ega.
3. Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq uning tarkibiga xalqaro tashkilotlar va (yoki) ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari rahbarlari, xorijiy taʼlim va tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilot vakillari muddatli asosda kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Xalqaro akademik maslahat kengashi
tarkibi
Suma Chakrabarti
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi
Cho Dong Chul
—
Koreya Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi prezidenti
Kim Che-Xvan
—
Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti prezidenti
Huk-Ju Kvon
—
Koreya Davlat boshqaruvi instituti (KIPA) prezidenti
Pan Suk Kim
—
Koreya Respublikasining Yonse universiteti Davlat boshqaruvi maktabi professori
Li Do Suk
—
Koreya Davlat boshqaruvi instituti Xalqaro hamkorlik markazi direktori
Masuyama Mikitaka
—
Yaponiyaning Siyosiy tadqiqotlar aspirantlik milliy instituti (GRIPS) professori, “Yosh liderlar” taʼlim dasturi rahbari oʻrinbosari
Aleksey Komissarov
—
Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) rektori
Sergey Shitkov
—
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rektori
Aleksandr Kim
—
“Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi rektori
Andrey Margolin
—
Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) prorektori
Azamat Jolmanov
—
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori
Alixan Baymenov
—
Davlat xizmati boʻyicha Ostona xabi Boshqaruv qoʻmitasi raisi (Qozogʻiston)
Raymond Xelfrix
—
Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi prorektori (Germaniya)
Aleksandr Tran-Chuong
—
Fransiya Davlat xizmati milliy instituti Xalqaro hamkorlik markazi direktori oʻrinbosari
Franchesko Manchini
—
Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi dekani oʻrinbosari (Singapur)
Eduardo Araral
—
Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi dotsenti (Singapur)
Anis Yusal Yusuf
—
Malayziya universiteti Davlat siyosati va boshqaruvi xalqaro instituti ijrochi direktori
Djennifer Murtazashvili
—
Pittsburg universiteti professori, Menejment va bozorlar markazi direktori (AQSH)
Daniyel Nelson
—
Sirakuz universiteti Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi Global taʼlim va hamkorlik markazi direktori (AQSH)
Endryu Tempelmen
—
Samarali davlat boshqaruvi boʻyicha xalqaro ekspert (Buyuk Britaniya)
Xamid Puran
—
Vulverxempton universiteti (Buyuk Britaniya) eksperti
Izoh: Xalqaro akademik maslahat kengashi tarkibiga Akademiya Vasiylik kengashi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini2025-2026-yillarda kompleks rivojlantirish
I. Akademiya faoliyatini strategik rejalashtirish, oʻquv jarayoni va oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etish
hamda professor-oʻqituvchilar salohiyatini rivojlantirish
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi (Singapur) bilan hamkorlikda istiqbolli boshqaruv kadrlari uchun muddati 6 oygacha boʻlgan qoʻshma taʼlim dasturini tashkil etish.
Qoʻshma taʼlim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan davlat xizmatchilarini Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabiga seminar-treninglarda ishtirok etish va amaliy stajirovka oʻtashga yuborish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab
Davlat budjeti mablagʻlari doirasida,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, texnik koʻmak hamda boshqa tashqi va ichki begʻaraz koʻmak mablagʻlari
Akademiya,
Boshqaruv samaradorligi agentligi,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
Strategik islohotlar agentligi,
manfaatdor
vazirlik va idoralar
2.
Akademiyaning xorijiy hamkorlari, grantlar koʻmagida yosh professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni xorijiy stajirovkaga yuborish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-2026-yillar davomida
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, donor tashkilotlar mablagʻlari
Akademiya, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi, buyurtmachi vazirlik va idoralar
3.
Akademiyada Singapur davlat xizmati kolleji bilan hamkorlikda davlat xizmatini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga qaratilgan qoʻshma taʼlim dasturini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, texnik koʻmak hamda boshqa tashqi va ichki begʻaraz koʻmak mablagʻlari
Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Akademiyada davlat organlari rahbarlari uchun boshqaruv sohasida yangi gʻoyalarni shakllantirish, bu boradagi soʻnggi tendensiyalarni muhokama va tahlil etish, istiqbolli imkoniyatlarni prognozlashtirish, sohalararo tajriba almashish hamda aholi bilan ochiq muloqot madaniyatini yuksaltirishga ilmiy-uslubiy koʻmaklashuvchi muloqotlar maydonini yaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil avgustdan boshlab
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, buyurtmachilar mablagʻlari
Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi,
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar
5.
Akademiya magistraturasiga xorijiy taʼlim tashkilotlari yoki ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari (jumladan, Double Degree) asosida tinglovchilar qabulini tashkil etish.
Vasiylik kengashi qarori
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab oʻzaro kelishuvga muvofiq
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, buyurtmachilar mablagʻlari
Akademiya,
Tashqi ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari
(kelishuv asosida)
6.
Akademiyaning xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari va akademik reyting agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib borish.
Bunda Akademiyaning magistratura dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, davlat boshqaruvi sohasidagi nufuzli xalqaro va mintaqaviy taʼlim tashkilotlarining oʻquv dasturlari va modullari hamda taʼlim texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, sohada xalqaro nufuzga ega assotsiatsiyalarga aʼzo boʻlish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
2025/2026 oʻquv yili yakuniga qadar
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant mablagʻlari
Akademiya,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
7.
Akademiyaga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydigan tashkiliy tuzilmani tasdiqlash hamda unda transformatsiya va strategik rivojlantirish boʻyicha rektor maslahatchisi lavozimini joriy etish (shartnoma asosida), shuningdek, mazkur lavozimga nufuzli taʼlim, tadqiqot yoki akademik boshqaruv sohasida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan xorijlik ekspert yoki vatandosh mutaxassisni jalb etish.
Vasiylik kengashi qarori
2025-yil avgust
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari
Akademiya,
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
8.
Tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida va toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirish.
Buyurtmalar portfelini shakllantirish
Har yili iyun — avgust oylarida
Talab etilmaydi
Boshqaruv samaradorligi agentligi,
Akademiya, davlat organlari va tashkilotlar, buyurtmachi tashkilotlar
9.
Akademiyaning oʻquv jarayoniga yetakchi xorijiy taʼlim va tadqiqot muassasalari olimlari va ekspertlari hamda davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning tajribali mutaxassislarini jalb etish.
Bunda xorijlik professor-oʻqituvchilar va ekspertlar mehnatiga haq toʻlashni ular bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq amalga oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari
Akademiya,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi
10.
Akademiyaning boshqaruv kadrlari, professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari uchun har yili kamida bir marotaba taniqli xorijiy va mahalliy olimlar, ekspertlarni (shu jumladan, Akademiyaning Xalqaro akademik maslahat kengashi aʼzolarini) jalb etgan holda Akademiyada, shuningdek, xorijiy davlatlarda stajirovka oʻtash dasturlarini amalga oshirish.
Vasiylik kengashi qarori
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab har yili kamida bir marotaba
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari,
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari
Akademiya, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
Tashqi ishlar vazirligi
11.
Akademiyaga soʻnggi uch yilda ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil iyun-iyul
Talab etilmaydi
Akademiya, Hisob palatasi
12.
Akademiya xodimlari va professor-oʻqituvchilarining malakasi, bilim va koʻnikmalarini baholash orqali lavozimiga muvofiqligini aniqlash hamda xodimlar tarkibini qayta shakllantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil iyul — sentabr
Talab etilmaydi
Akademiya
II. Oʻquv jarayoni, oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish
13.
Akademiya magistraturasi va hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2025-yil iyul
Talab etilmaydi
Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
14.
Akademiya magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2025-yil iyul
Talab etilmaydi
Akademiya,
Tashqi ishlar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi
15.
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda amaliyotda aprobatsiyadan oʻtgan taʼlim modullarini Oʻzbekiston sharoitiga adaptatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratgan holda quyidagi hujjatlarni xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqish hamda milliy va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish:
magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, malaka talablari;
Akademiyada taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv jarayoni grafigi va oʻquv yuklamalari boʻyicha vaqt meʼyorlari, professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamalarini rejalashtirish borasida tashkiliy va normativ-uslubiy hujjatlar.
Vasiylik kengashi qarori
2025-yil iyul
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,
nufuzli xalqaro va xorijiy taʼlim tashkilotlari
(kelishuv asosida)
16.
Akademiyadagi barcha professor-oʻqituvchilar lavozimlari boʻyicha ochiq tanlov eʼlon qilish hamda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ularni bir yillik mehnat shartnomalari orqali ishga qabul qilishni nazarda tutadigan Akademiyaga professor-oʻqituvchilarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va qabul qilish.
Vasiylik kengashi qarori
2025-yil iyul
Talab etilmaydi
Akademiya,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Adliya vazirligi
17.
Mamlakatda davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi fanlari va amaliyotining milliy maktablari ilgʻor anʼanalarini shakllantirish, bu borada dunyoda tan olingan ilmiy maktablar, olimlar, shu jumladan, ilmiy tajribaga boʻlgan ega vatandoshlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish. Bunda:
Akademiyaning yosh professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarini maqsadli ravishda xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish, iqtidorli yoshlarni xorijda magistratura va doktoranturada tayyorlash maqsadida 2025-2026-yillarga moʻljallangan maxsus dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Akademiyaga davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi fanlarining yetuk olimlarini jalb etish hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, maqsadli ilmiy grantlar ajratish, xalqaro ilmiy tadbirlar tashkil etish orqali ilmiy laboratoriyalarni shakllantirish.
Vasiylik kengashi qarori
Muntazam ravishda
2025-yil iyul
2025-yil iyundan boshlab
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari,
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun
Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, manfaatdor
vazirlik va idoralar
18.
Akademiyada taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha quyidagi nizomlarni Akademiya kengashida tasdiqlash:
Taʼlim-tadqiqot va amaliyot maktablarini tashkil etish va boshqarish toʻgʻrisida;
Magistratura taʼlim dasturi toʻgʻrisida;
Magistraturada kredit-modul tizimini joriy etish toʻgʻrisida;
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va uni himoya qilish tartibi toʻgʻrisida;
Magistratura va qayta tayyorlash kurslarida amaliyot va stajirovka, shu jumladan, xorijiy stajirovkani tashkil etish toʻgʻrisida.
Akademiya kengashi qarori
2025-yil iyul
Talab etilmaydi
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Adliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
19.
Quyidagilarni tartibga soluvchi Akademiyada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish:
Akademiyada ilmiy kengashlar tuzish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tayanch doktorantura va doktorantura, mustaqil izlanuvchilik shaklida hamda toʻlov-kontrakt asosida tashkil etish;
izlanuvchilar faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini tayyorlash va ularni himoya qilish;
ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilik tartibi;
ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish, oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy unvon va ilmiy darajalarni tan olish;
yangi ilmiy ixtisosliklar boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan mustaqil ravishda ilmiy kengashlar tuzish;
Akademiya ilmiy kengashlari tomonidan berilgan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar boʻyicha tegishli davlat namunasidagi diplomlarni berish va roʻyxatga olish.
Akademiya kengashi qarori
2025-yil iyul
Talab etilmaydi
Akademiya,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
III. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oʻquv, ilmiy-uslubiy va konsultativ aloqalarni yoʻlga qoʻyish
20.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar buyurtmalariga asosan maqsadli ravishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish, buyurtmachilarga konsultativ xizmatlar koʻrsatish hamda ular uchun tegishli oʻquv treninglarini tashkil etish.
Mazkur tadbirlarga xorijlik olimlar, konsultant va ekspertlarni jalb etish, shuningdek, mahalliy boshqaruv kadrlari va mutaxassislar uchun xorijda amaliy stajirovkalar tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Buyurtmachilar mablagʻlari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari
Akademiya,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
buyurtmachi
vazirlik va idoralar
21.
Lavozimga yangi tayinlanadigan davlat xizmatchilari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, liderlik va xalq bilan ochiq muloqot qilish kompetensiyalari, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi axloq kodeksi kabi mustaqil taʼlim resurslarini yaratish va onlayn platforma orqali muntazam foydalanish imkoniyatini taʼminlash.
Qoʻshma qaror loyihasi
Muntazam ravishda
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,
buyurtmachilar mablagʻlari
Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
22.
Davlat fuqarolik xizmatining siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlari uchun bazaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil fevral
Talab etilmaydi
Boshqaruv samaradorligi agentligi, Akademiya,
manfaatdor vazirlik va idoralar
IV. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish
23.
Akademiyada davlat siyosati va boshqaruvi hamda iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbolli tizimlarini oʻrganishga qaratilgan Davlat boshqaruvini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazini tashkil etish.
Markazga yuqori ilmiy salohiyat, katta amaliy tajribaga ega kadrlar va xorijlik mutaxassislarni hamda ilmiy grantlarni jalb qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil iyul
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari,
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
24.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, kadrlar siyosati va davlat xizmatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.
Ilmiy-tadqiqot loyihalari
Muntazam ravishda
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, buyurtmachilar mablagʻlari
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
25.
Xalqaro moliya institutlari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Akademiyada amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlari
Investitsiyalar, sanoat
va savdo vazirligi, Akademiya,
Tashqi ishlar vazirligi
26.
“Davlat siyosati va boshqaruvi” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari beruvchi Ilmiy kengash tarkibini shakllantirish.
Akademiya kengashi qarori
2025-yil avgust
Talab etilmaydi
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
27.
Oʻzbekistonning davlat boshqaruvi va iqtisodiy rivojlanish borasidagi xalqaro reytinglar va indekslarda yuqori koʻrsatkichlarga erishishini taʼminlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda ularning natijalari boʻyicha boshqaruv kadrlari uchun maxsus malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish va ularni amalga tatbiq etish.
Bunda ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar oʻtkazish va malaka oshirish kurslariga sohalar boʻyicha xorijlik olimlar va ekspertlarni jalb etish.
Ilmiy-tadqiqot loyihalari
2025-2026-yillar
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
manfaatdor
vazirlik va idoralar
28.
Davlat granti asosida tashkil etiladigan ilmiy tadqiqotlarda davlat siyosati va boshqaruvi ixtisosligi boʻyicha fanlar rivojlanishining global tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish hamda mazkur yoʻnalishlarda milliy ilmiy maktab yaratish.
Bunda davlat hokimiyatining aholining keng qatlamlari bilan ochiq muloqotini samarali tashkil qilish, davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy hamkorlikning ilgʻor xorijiy tajribasini oʻrganish, ularni ilmiy tadqiq etish va respublikada tatbiq etish.
Ilmiy-tadqiqot loyihalari
Muntazam ravishda
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar
29.
Akademiyada Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish markazi faoliyatini tashkil etish.
Markazga manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tegishli yoʻnalishlar va mavzular boʻyicha tadqiqot ishlariga buyurtmalar berish hamda markazni qoʻshimcha moliyalashtirishda ishtirok etish tizimini yoʻlga qoʻyish yuzasidan zarur choralarni koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil iyul
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar,
buyurtmachilar mablagʻlari va grantlar, texnik koʻmak va boshqa tashqi va ichki begʻaraz koʻmak mablagʻlari
Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Investitsiyalar, sanoat
va savdo vazirligi
30.
Akademiya filiallari hamda hududlardagi davlat xizmatchilari salohiyatini zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda oshirishga koʻmaklashuvchi Onlayn taʼlim va masofaviy oʻqitish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil iyul
Akademiyaning budjetdan tashqari va buyurtmachilar mablagʻlari
Akademiya,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
V. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish
31.
“Raqamli akademiya” innovatsion platformasini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish:
Akademiyada taʼlim va tadqiqotlar jarayonlarini samarali boshqarish hamda hududiy filiallar bilan aloqalarni tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari uchun muntazam ravishda masofaviy taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil davomida
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, texnik koʻmak hamda boshqa tashqi va ichki begʻaraz koʻmak mablagʻlari
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
32.
Akademiyada:
axborot-resurs markazini qayta tashkil etish, kapital taʼmirlash va jihozlash, raqamli texnologiyalarga asoslangan kutubxona-qidiruv dasturi va kompyuter texnikalari bilan taʼminlash, zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish;
tinglovchilari va tadqiqotchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Davlat boshqaruvida raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalari taʼlim markazini tashkil etish;
bosmaxona va yangi tashkil etilayotgan tegishli ilmiy-uslubiy, tadqiqot markazlari faoliyati uchun zamonaviy texnik jihozlar va dasturlar hamda foto va videouskunalarni xarid qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil davomida
Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Akademiyaning budjetdan tashqari va homiylar mablagʻlari,
Akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi
33.
Akademiyaning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va zamonaviy taʼlim infratuzilmasini yaratish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirish:
oʻquv auditoriyalarni zamonaviy videopanellar, videoproyektorlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;
tarkibiy tuzilmalarni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zaruriy asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlash;
axborot-resurs markazining xalqaro ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar bazalariga doimiy aʼzoligini tashkil etish;
bosh anjumanlar zalini kapital taʼmirlash, videokonferensiya aloqa vositalari (LED ekran), sinxron tarjima va ovoz kuchaytirgich uskunalari bilan jihozlash;
Akademiya hududida tinglovchilar uchun internet va axborot-resurs bazalaridan doimiy foydalanish imkoniyatini yaratish, 400 Mbit/s dan kam boʻlmagan tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanish hamda barcha hududlarda bepul “Wi-Fi” zonalarini tashkil etish;
ichki axborot telekommunikatsiya infratuzilmasini toʻliq yangilash, axborot xavfsizligi siyosatini joriy etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2026-yil yanvar
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, texnik koʻmak hamda boshqa tashqi va ichki begʻaraz koʻmak mablagʻlari,
ijrochilarning tegishli jamgʻarmalari mablagʻlari
Akademiya, Raqamli texnologiyalar vazirligi
34.
Akademiya mediamarkazi moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, zamonaviy audio-video va kompyuter hamda tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zaruriy asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, texnik koʻmak hamda boshqa tashqi va ichki begʻaraz koʻmak mablagʻlari
Akademiya,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Izoh: Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar, zaruratga koʻra, boshqa bandlarda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
ustavi
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni boshqarish va rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, shuningdek, boshqaruv fanining boshqa sohalarida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boradigan tayanch davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
2. Akademiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Ustav hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 27-avgustdagi 541-son qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
3. Akademiya yuridik shaxs boʻlib, oʻz mustaqil balansiga, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga, davlat tilida oʻz nomi ifodalangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhriga, faoliyati uchun zarur boʻlgan blank, shtamp, boshqa atribut va rekvizitlarga egadir.
Akademiyaning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi;
qisqartirilgan — DSBA;
b) rus tilida:
toʻliq — Akademiya gosudarstvennoy politiki i upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan — AGPU;
v) ingliz tilida:
toʻliq — Academy of Public Policy and Administration under of the President of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan — APPA.
Akademiyaning manzili: Toshkent shahri I. Karimov koʻchasi 45-uy.
4. Akademiya quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida, davlat namunasidagi diplom va “magistr” darajasi beriladigan ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yarim yilga qadar va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash;
davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida olti oygacha davom etadigan dasturlar boʻyicha, jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda, belgilangan namunadagi diplom beriladigan boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash;
davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida bir oyga qadar muddatli dasturlar boʻyicha, jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda, belgilangan namunadagi sertifikat beriladigan boshqaruv kadrlari va mutaxassislar malakasini oshirish;
davlat hokimiyati organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, hududlardagi boshqaruv kadrlari uchun davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalari boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslari, oʻquv-amaliy seminar va treninglar tashkil etish;
davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni boshqarish va rivojlantirish hamda inson resurslarini boshqarish, shuningdek, boshqaruv fanining boshqa sohalarida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
davlat hokimiyati organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun maqsadli va buyurtma asosida oʻquv-uslubiy va ilmiy-konsultativ xizmatlar koʻrsatish;
oʻquv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va ilmiy-konsultativ hamda maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatning barcha turlari;
noshirlik faoliyati;
ilmiy, taʼlim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish.
2-bob. Akademiyaning asosiy maqsad va vazifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
5. Akademiyaning asosiy maqsadi boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek, davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni boshqarish va rivojlantirish hamda inson resurslarini boshqarish, boshqaruv fani sohalarida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
6. Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari hisoblanadi:
ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatchilari) va boshqaruv kadrlarining salohiyatini muntazam rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish;
davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlarida oʻqitish;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari hamda milliy qadriyatlarimiz va axloq normalarini inobatga olgan holda yaratiladigan professional kompetensiyalar asosida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirishni tashkil etish;
taʼlim dasturlarini xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish hamda ularni boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qonunchilik talablari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida rivojlantirishga yoʻnaltirish;
taʼlim va tadqiqot jarayonlarini fakultetlar va kafedralar negizida tashkil etiladigan ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan taʼlim — tadqiqot — amaliyot maktablari orqali olib borish;
boshqaruv kadrlari va davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirishda raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng qoʻllash, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish;
Akademiya faoliyatini strategik rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish;
davlat xizmatchilarida zamonaviy rahbarning “maʼnaviy qiyofa”sini shakllantirish asosida taʼlim dasturlarini tashkil etish;
taʼlim va tadqiqot jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajribalarga muvofiq LMS tizimi va “Raqamli akademiya” platformasi orqali tashkil etish;
davlat xizmati va boshqaruvini takomillashtirish, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, soha va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish va maqsadlarga erishish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va amaliy takliflar ishlab chiqish;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xorijiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
davlat siyosati va boshqaruvi hamda davlat xizmatini kompleks rivojlantirish boʻyicha global siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy jarayonlarning zamonaviy tendensiyalarini muntazam tadqiq etish asosida ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
boshqaruv kadrlari, davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishda raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirish, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish.
7. Akademiyaga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
taʼlim va tadqiqot jarayonlarini loyihaviy boshqaruv tamoyiliga muvofiq hamda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan innovatsion taʼlim — tadqiqot — amaliyot maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktablar) orqali tashkil etilishini;
oʻquv jarayoni milliy va umumeʼtirof etilgan xalqaro taʼlim standartlari va talablari boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlari, shuningdek, oʻqitishning zamonaviy shakl va usullari, yetakchi pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirilishini;
nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash, tinglovchilarda boshqaruv sohasidagi zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida malakaviy amaliyot va stajirovkalar tashkil etilishini;
Akademiya professor-oʻqituvchilari va xodimlarini xorijiy mamlakatlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovkaga yuborilishini;
oʻquv jarayoniga davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari va xususiy sektor tashkilotlari rahbarlarining, yetakchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar, tadqiqot markazlari, jumladan, xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarning jalb etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, taniqli xorijiy olimlar va ekspertlar tomonidan Akademiyada davlat, jamiyat va xoʻjalik boshqaruvining dolzarb masalalari boʻyicha maʼruza, mahorat-darslari va davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, debatlar va diskussiyalar oʻtkazilishini taʼminlaydi.
3-bob. Akademiyaning boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
8. Akademiyaga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Akademiya faoliyatining ustuvor masalalarni hal etish, uning samarali faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishining eng muhim yoʻnalishlarini belgilash Akademiya vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq xalqaro tashkilotlar yoki ularning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, xorijiy taʼlim va tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlar vakillari muddatli asosda kiritilishi mumkin.
9. Vasiylik kengashi Akademiya faoliyatiga quyidagi ustuvor masalalarda koʻmaklashadi va tegishli qarorlar qabul qiladi:
respublikada davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirib borishning hamda sohada fundamental, amaliy, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;
Akademiyani uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va qabul qilish, uning xalqaro nufuzini oshirish, taʼlim va tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, boshqaruv, ilmiy-pedagogik salohiyatini va moddiy-texnik imkoniyatlarini kuchaytirish hamda ushbu jarayonlarga investitsiyalarni jalb etish;
iqtidorli va istiqbolli yoshlarni Akademiyada oʻqitish hamda turli stajirovka dasturlarini tashkil etish orqali ularni davlat xizmatiga tizimli va samarali jalb etishni ragʻbatlantirish;
Fanlar akademiyasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa ilmiy muassasalar va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
Akademiyaning kadrlar buyurtmachilari bilan manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tashkiliy va moliyaviy koʻmaklashish;
Akademiyaning xorijiy hamkorlari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etishga, ularga taniqli xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga, tinglovchilar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun maqsadli xorijiy stajirovkalarni tashkil etishga tashkiliy va moliyaviy yordam berish;
respublikada davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat taʼlim standartlari, shuningdek, davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga oid davlat talablarining ijrosi yuzasidan monitoring natijalarini tahlil qilib borish;
Akademiyaning magistratura va qayta tayyorlash dasturlari bitiruvchilarining davlat xizmatida kasbiy va karyeraviy oʻsishi monitoringi natijalarini muhokama qilish;
Akademiyaning taʼlim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini hamda moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, boshqaruv va boshqa toifa xodimlarining mehnat faoliyatini moddiy ragʻbatlantirishga koʻmaklashish;
Akademiyaning boshqaruv, oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashga xorijiy mutaxassislarni jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash;
respublika hududlarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida davlat buyurtmasi parametrlari doirasida Akademiya magistraturasiga qabul kvotalarini zarurat boʻlganda respublika hududlari kesimida taqsimlash;
Akademiyaning taʼlim va tadqiqot dasturlarining xalqaro tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtishi va akademik reytinglarda ishtirok etishini tashkiliy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.
Vasiylik kengashi Akademiya oldiga qoʻyilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni ham Akademiya kengashi va rektori murojaatiga muvofiq koʻrib chiqishi mumkin.
Vasiylik kengashi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
10. Vasiylik kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Akademiya faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, mutaxassis va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida yangi mutaxassisliklar ochish;
mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan magistratura tinglovchilari va tadqiqotchilari uchun maxsus stipendiyalar joriy etish;
ochiq tanlov yoʻli bilan toʻlov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul parametrlarini tasdiqlash;
Akademiya tuzilmasini belgilangan xodimlar soni doirasida tasdiqlash va unga oʻzgartirishlar kiritish;
Akademiya faoliyatiga mutaxassislarni (konsultant, maʼruzachi, oʻqituvchi va boshqalar) soatbay va uzoq muddatli ishlash shartlarida jalb etish hamda ularga mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan haq toʻlash tartibini belgilash;
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan boshqaruv, professor-oʻqituvchi, ilmiy, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarni mehnat faoliyati natijalari boʻyicha qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartibini belgilash.
11. Akademiya faoliyatiga taalluqli asosiy masalalarni koʻrib chiqish uchun Akademiya kengashi tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
Akademiya kengashi rektor, rektor maslahatchisi, ilmiy kotib, prorektorlar, maktablar (fakultetlar) dekanlari, markazlar va ayrim boʻlinmalar rahbarlari, yetakchi professor-oʻqituvchilar (kafedra mudirlari), shuningdek, boshqa tashkilotlarning yetuk olimlar va mutaxassislari, shu jumladan, xorijlik olimlar va ekspertlardan iborat tarkibda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
Akademiya kengashiga Akademiya rektori rahbarlik qiladi, uning faoliyatini ilmiy kotib tashkillashtiradi.
12. Akademiya kengashi vakolatiga quyidagilar kiradi:
boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-konsultativ, axborot-tahliliy va noshirlik ishlari, shuningdek, Akademiya tasarrufidagi boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalarni hal qilish;
Akademiyaning oʻquv va ilmiy faoliyatini rivojlantirishning istiqbollarini ishlab chiqish va Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga belgilangan davlat buyurtmasidan tashqari qoʻshimcha qabul parametrlarini belgilash;
oʻquv rejalari va dasturlari, malaka talablarini kasbiy kompetensiyalar asosida tasdiqlash, taʼlim tili hamda taʼlim olish shaklini mustaqil ravishda belgilash;
magistraturada kunduzgi bilan bir qatorda boshqa taʼlim shakllarini, shuningdek, qoʻsh va amaliy darajalar berish tizimini joriy etish;
yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlarni (Executive MPA va Executive MBA) amalga oshirish;
davlat fuqarolik xizmatining siyosiy va boshqaruv lavozim guruhlariga nomzodlar uchun muddati bir oyga qadar boʻlgan malaka oshirish kurslarini yoʻlga qoʻyish;
doktoranturada toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, jumladan, oʻz maqsadli grantlari orqali doktoranturaga tanlov asosida qoʻshimcha kvotaga qabul qilish;
mustaqil ravishda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va tarkibini tasdiqlash, mazkur kengashlar tarkibiga taniqli xorijlik olimlar va ekspertlarni jalb etish;
ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarni berish hamda respublikadagi boshqa oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy daraja va unvonlarni tan olish, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
professor-oʻqituvchilarning faoliyat turlari uchun vaqt meʼyorlarini, shuningdek, ular uchun yillik oʻquv yuklamasining hajmini belgilash;
Akademiyaning oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va chop etish;
tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovkasi, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga oid talablarni tasdiqlash;
Akademiya professor-oʻqituvchilari va xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari indikatorlarini (KPI) hamda ularni baholash mezonlarini tasdiqlash;
professor-oʻqituvchi, boshqaruv va ilmiy xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash, xorijiy professor-oʻqituvchilar va ekspertlarni taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv faoliyatiga jalb etish tartibini belgilash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi faxriy doktori” ilmiy darajasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi faxriy professori” ilmiy unvonini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
taʼlim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olingan holda magistratura va boshqa taʼlim dasturlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish narxi va toʻlov muddatlarini mustaqil belgilash;
ilmiy, taʼlim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishning tartibi va narxlarini belgilash;
Akademiyaning ilmiy va innovatsion faoliyatini olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish uchun homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan Akademiyaning endaument jamgʻarmasini (endowment fund) tashkil etish;
boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Maxsus fond mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, shuningdek Akademiya xodimlariga oylik ustamalar tayinlash mezonlarini tasdiqlash.
13. Akademiya kengashi faoliyati aʼzolarining teng huquqliligi, masalalarni hal etish va xulosalarni qabul qilishda kollegiallik, Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama xolisona va toʻliq hal etilishini taʼminlash tamoyillariga asoslanadi.
Akademiya kengashi majlisi aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi hamda uning qarori Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
14. Akademiya rahbariyati tarkibiga rektor, prorektorlar, rektor maslahatchisi, maktablar (fakultetlar) dekanlari va filiallar direktorlari lavozimlari kiradi.
15. Akademiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
Akademiya rektori maqomi, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
16. Akademiya rektori:
Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, muassasalar hamda boshqa tashkilotlarda Akademiya nomidan ish yuritadi, shartnomalarni tuzadi va Akademiya manfaatlarini ifodalaydi;
Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda Akademiya kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
Akademiyaning Vasiylik kengashi va Akademiya kengashi qarorlarining bajarilishini hamda ijro intizomini nazorat qiladi;
Akademiyadagi faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tinglovchilar, hamkorlar va buyurtmachilar bilan hamkorlik qiladi;
Akademiya faoliyati toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlaydi, ichki auditni tashkil etadi va ish samaradorligini tizimli baholashni tashkil etadi;
Akademiyaning barcha xodimlari va tinglovchilari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ichki reglament va yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi;
Akademiyaning tashkiliy va moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi, Akademiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi, qoʻshimcha moliyaviy resurslarni, jumladan grantlar va homiylik mablagʻlarini jalb qiladi;
Akademiyaning mablagʻlarini oʻrnatilgan tartibda boshqarish va tasarruf qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, toʻlov-hisob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Akademiyada yangi maktablar, markazlar va boshqa tarkibiy boʻlinmalarni tashkil etish, qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida Vasiylik kengashiga takliflar kiritadi;
mehnat qonunchiligiga muvofiq, Akademiyaning rahbar kadrlari, professor-oʻqituvchilari hamda boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va bekor qiladi, haq evaziga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzadi;
Akademiyada oʻqitish strategiyalari va usullarini aniqlaydi, taʼlim sifatini nazorat qilish va innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishni taʼminlaydi;
Akademiya prorektorlari va boshqa xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, shuningdek, professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini tasdiqlaydi;
Akademiya nomidan xalqaro tashkilotlar, xorijiy hamkorlar, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatadi, xorijiy tinglovchilar va oʻqituvchilarni jalb qilish va halqaro taʼlim va ilmiy loyihalarda ishtirok etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Akademiya xodimlarining malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni tashkil qiladi, ilgʻor tajribani, shuningdek, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqa masalalarni tizimli oʻrganish maqsadida Akademiya xodimlarini xorijga hamda respublika hududlariga xizmat safarlariga yuboradi;
Akademiyaning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi, tinglovchilar va xodimlar uchun qulay taʼlim va ish sharoitlarini taʼminlaydi;
Akademiya xodimlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq moddiy ragʻbatlantiradi va mukofotlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PP-4472-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bobi.
Akademiyada tartib va intizomni taʼminlash choralarini koʻradi, tinglovchilar va xodimlarga nisbatan intizomiy ishlarni koʻrib chiqadi va intizomiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Akademiyaning mol-mulki va mablagʻlarini oʻrnatilgan tartibda boshqarish va tasarruf qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, toʻlov-hisob va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
qonunchilik hujjatlari va ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
17. Akademiya rektori malaka oshirish va boshqa taʼlim dasturlariga jalb etiladigan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga:
ularning koʻpi bilan 20 foiziga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdordan 50 foiz yuqori etib belgilash;
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganligi uchun shartnoma asosida jalb qilinganlarning soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdordan ikki yarim baravargacha yuqori etib belgilash huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
18. Prorektorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Prorektorlar maqomi, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiriga tenglashtiriladi.
19. Akademiya rektori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari rahbarning buyrugʻiga muvofiq prorektorlarning biri tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
20. Hududiy filiallar direktorlari Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
4-bob. Akademiyada taʼlim jarayoni va ilmiy-uslubiy faoliyatni tashkil etish
21. Akademiya magistratura taʼlim dasturlarida kadrlar tayyorlash oliy taʼlimning davlat taʼlim standartiga muvofiq Akademiyaning oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
Magistratura taʼlim dasturlariga tinglovchilar davlat buyurtmasiga asosan davlat granti va toʻlov-kontrakt boʻyicha, shuningdek, ochiq tanlov yoʻli bilan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Magistratura taʼlim dasturlari bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplom va magistr darajasi beriladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash belgilangan davlat talablari asosida olti oygacha davom etadigan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Kadrlar malakasini oshirish belgilangan davlat talablari asosida bir oygacha davom etadigan oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Malaka oshirish kursi tinglovchilariga belgilangan namunadagi sertifikat topshiriladi.
Magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari va malaka talablari, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim dasturlari boʻyicha davlat taʼlim talablari Akademiya tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim dasturlari boʻyicha tinglovchilarga taqdim etiladigan diplom va sertifikatlar namunalari Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Magistraturada, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonlari ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kechki va masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin.
23. Akademiya magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tavsiyalari, joylardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini tizimli oʻrganish asosida, muayyan hududlar va tarmoqlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil ishlab chiqadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Fanlar boʻyicha oʻquv modullarini ishlab chiqishda:
davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar kadrlarining zamonaviy boshqaruv va liderlik, xalq va OAVlar bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, diplomatik va ishchanlik protokoli, muzokaralar olib borish, loyihaviy boshqaruv va notiqlik sanʼati kabi yoʻnalishlarda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga;
tinglovchilarda tizimli tahlil va strategik rejalashtirish, tashabbuskorlik, liderlik, innovatsiyalarga ochiqlik, kreativ fikrlash, natija uchun ishlash va nostandart vaziyatlarda maqbul qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
24. Magistratura taʼlim dasturlariga kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimiga (ECTS) asoslangan kredit-modul tizimi hamda xalqaro akkreditatsiya qilingan fan modullari bosqichma-bosqich joriy etiladi, onlayn mustaqil taʼlim infratuzilmasi yaratiladi.
25. Akademiya oʻquv jarayonini zamonaviy taʼlim texnologiyalari va shakllaridan, jumladan, masofaviy oʻqitish, shuningdek, joylardagi muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning maqbul yechimini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan loyihaviy boshqaruv usullaridan foydalangan holda tashkil etadi.
Taʼlim jarayonining kamida 60 foizi amaliy mashgʻulotlarga ajratiladi hamda oʻquv mashgʻulotlari keys-texnologiyalar, innovatsion muammolar yechimi, munozara, muhokama uslublari orqali tashkil etiladi.
Xalqaro tan olingan akademik reytingga ega xorijiy taʼlim tashkilotlarida hamda global taʼlim platformalari (Coursera, Udemy, EdX va boshqalar) orqali toʻplangan taʼlim kreditlari Akademiyaning magistratura dasturlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 27-avgustdagi 541-son qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarni Akademiyaga ishga jalb etishda ularning oʻzbek tili va xorijiy tillardan birini mehnat shartnomasida belgilangan darajada oʻzlashtirishi, xalqaro nufuzli manbalarda ilmiy maqolalar chop etishi, xorijda malaka oshirganligi talab etiladi, shuningdek, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish KPI tizimi orqali amalga oshiriladi.
26. Akademiya kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etadi.
Akademiya tinglovchilari va tadqiqotchilari maqsadli ravishda davlat organlari va tashkilotlariga biriktiriladi hamda ularning ilmiy tadqiqot mavzulari biriktirilgan sohalar muammolarini hal etishga qaratiladi.
27. Vazirlik, idora, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yetakchi mutaxassislari shartnoma asosida va mehnatga soatbay haq toʻlash sharti bilan oʻqituvchilik faoliyatiga jalb qilinishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlar olimlari va ekspertlari Akademiyaning oʻquv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
28. Ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, grant yoki shartnoma asosida oʻtkaziladi. Shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan tushgan mablagʻlar, tegishli xarajatlar qoplangandan soʻng, Akademiya moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va boshqa vazifalarni hal etishga yoʻnaltiriladi.
29. Akademiya magistraturasi mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash taʼlim dasturi oʻzlashtirilishi davlat taʼlim standartlariga muvofiq yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan baholanadi.
5-bob. Akademiya tinglovchilari
30. Akademiya tinglovchiligiga nomzodlar tegishli qabul toʻgʻrisidagi nizomda oʻrnatilgan tartibda qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Ustavining 5-bobi.
Magistratura mutaxassisligi va qayta tayyorlash kurslari tinglovchiligiga qabul qonunchilik hujjatlariga muvofiq Akademiya, tinglovchi va buyurtmachi tashkilot oʻrtasidagi shartnoma tuzilgandan soʻng rektor buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish, magistratura yoki qayta tayyorlash dasturiga tinglovchilikka qabul qilingan davlat xizmatchilarining (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari va xoʻjalik jamiyatlari, davlat korxonalari xodimlari) oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi (biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) saqlanadi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Magistraturaga ochiq tanlov yoʻli bilan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan tinglovchi va ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq, ularning oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi (kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) saqlanishi mumkin.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada taʼlim olayotgan tinglovchi oʻqishini tugatishgacha boʻlgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni ishga qabul qilishga haqli.
31. Tinglovchilar oʻquv rejasidagi vazifalarini belgilangan muddatda bajarishga, Akademiya ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.
32. Magistraturada oʻqish davomida tinglovchi xorijiy tillardan birini davlat taʼlim standartida belgilangan darajada egallashi lozim.
33. Akademiya tinglovchilari oʻqish davomida oʻzbek shoir va yozuvchilarining ijodi, Oʻzbekiston tarixi va milliy qadriyatlarini mustaqil ravishda oʻrganishlari uchun sharoitlar yaratiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan kelgan tinglovchilar Akademiya imkoniyatidan kelib chiqib, toʻlov asosida yashash joyi bilan taʼminlanadi, ularning oʻqish joyiga kelishi va ketishi bilan bogʻliq bir martalik yoʻl xarajatlari yuboruvchi taraf tomonidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
35. Akademiya tinglovchilari oʻqish davrida joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning boʻlinmalari, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarida ikki oygacha boʻlgan muddatda malakaviy amaliyot (“ustoz—shogird” modeli asosida) va stajirovkani (tashkilot rahbarining dublyori sifatida) oʻtaydilar.
Akademiya tinglovchilarining sayyor amaliy mashgʻulotlarga chiqishi, malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq transport, kundalik hamda yashash xarajatlari buyurtmachi tashkilotlar (ish joyiga ega boʻlmagan tinglovchilarga Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
36. Akademiya magistraturasi tinglovchilari oʻquv yakuni boʻyicha magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladilar. Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha dissertatsiya himoyasi koʻzda tutilmaydigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi koʻzda tutilmaydigan mutaxassisliklar roʻyxati hamda ularning oʻquv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzulari davlat, xoʻjalik va biznes boshqaruvi hamda iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyasiga Akademiyadan ilmiy rahbar hamda buyurtmachi tashkilotdan amaliyotchi konsultant tayinlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
37. Akademiyaning magistratura va qayta tayyorlash taʼlim dasturlari tinglovchilari oʻquv jarayonlari yakunida loyihaviy boshqaruv tamoyillari asosida tayyorlanadigan mos ravishda magistrlik dissertatsiyasi yoki yakuniy loyihaviy ishni tegishli hududni (tarmoq yoki yirik korxonani) rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy loyiha ishi sifatida himoya qiladi.
38. Akademiya tinglovchilari quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:
yozma ariza bergan taqdirda;
Akademiya ichki tartib-qoidalarini buzgan taqdirda;
uzrli sababsiz magistraturada bir semestr davomida 74 akademik soatdan ortiq, qayta tayyorlash kurslarida 30 akademik soatdan ortiq hamda malaka oshirish kurslarida 12 soatdan dars qoldirsa;
magistratura va qayta tayyorlash kurslarida uch va undan ortiq fandan akademik qarzdorlik vujudga kelganda;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda (davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan tinglovchilar uchun);
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda tinglovchilar safidan chetlashtirilganlar qayta tiklanmaydi);
oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
sogʻligʻining holatiga koʻra uzoq vaqt mobaynida oʻqishni davom ettira olmay qolgan taqdirda (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda.
Mazkur bandning uchinchi — sakkizinchi xatboshilariga muvofiq davlat granti asosida tahsil olgan shaxslar tinglovchilar safidan chiqarilganda ularning Akademiyadagi taʼlimi uchun sarflangan mablagʻlar undiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
39. Akademiya magistraturasini davlat granti asosida bitirgan shaxslarga kamida 3 yil davlat organi yoki tashkilotida (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari va xoʻjalik jamiyatlari, davlat korxonalarida) ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Nodavlat sektordan magistraturada davlat buyurtmasi asosida oʻqigan bitiruvchilarni davlat xizmatiga jalb etish Agentlik tomonidan hal qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
40. Magistratura bitiruvchilari Agentlikning ish beruvchilar bilan birgalikdagi taklifiga asosan lavozimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan taqsimlanadi, shuningdek, ularning karyeraviy oʻsishi jarayonlari Agentlik tomonidan monitoring qilib boriladi.
Magistraturada oʻqish yakunlari boʻyicha yakuniy oʻzlashtirish koʻrsatkichi 85 foizdan yuqori boʻlgan tinglovchilar, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi.
Davlat buyurtmasi asosida Akademiyaning magistratura taʼlim dasturi talablarini bajarmagan tinglovchilari oʻqish davrida qilingan barcha toʻlovlar miqdorining 50 foizini asosiy ish joyi boʻyicha qoplashlari shart hisoblanadi.
6-bob. Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibi va boshqa xodimlari
41. Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi va oʻqituvchi lavozimlari kiradi.
Akademiya professor-oʻqituvchilari Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ochiq tanlov asosida bir oʻquv yiliga mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
Akademiya professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining xorijiy tillardan birini kamida CEFR shkalasi boʻyicha B2 darajada bilishi uchun sharoitlar yaratiladi, ularning xalqaro nufuzli manbalarda ilmiy maqolalar chop etishiga, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishiga, shuningdek, ularni ragʻbatlantirishni KPI tizimi orqali amalga oshirishga eʼtibor qaratiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
42. Professor-oʻqituvchilar tarkibi sonining meʼyori kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Akademiya magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining oʻrtacha yillik soniga 1:7 nisbatda, kechki taʼlim shakli boʻyicha esa 1:15 nisbatdan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
43. Akademiya professor-oʻqituvchilari quyidagi huquqlarga ega:
Kengashda Akademiyaning oʻquv, ilmiy, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Akademiya xonalari, auditoriyalari, oʻquv zallari, axborot-resurs markazlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya tizimlari, laboratoriyalari va sport-sogʻlomlashtirish inshootlaridan foydalanish;
tinglovchilarning individual xususiyatlariga toʻliq javob bera oladigan hamda yuqori sifatli taʼlim jarayonini taʼminlaydigan oʻqitish uslublari va vositalarini tanlash.
44. Akademiya professor-oʻqituvchilari quyidagi majburiyatlarga ega:
taʼlim jarayonining yuqori samaradorligini taʼminlash, tinglovchilarda tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat va ilmiy izlanishga boʻlgan intilishni rivojlantirish;
tinglovchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, yuqori darajada maʼnaviyat va madaniyat, vatanparvarlik tuygʻusi va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;
davlat xizmati va boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish;
mehnat shartnomasi va yillik ish rejasiga muvofiq belgilangan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishishni taʼminlash;
Akademiya ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
45. Akademiya rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy taʼminot shartlari qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun 53-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PP-4472-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bobi.
46. Akademiyaning boshqaruv, ilmiy, oʻquv-yordamchi va texnik xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat shartnomalari, Akademiyaning ichki-tartib qoidalari hamda lavozim yoʻriqnomalarida belgilab qoʻyiladi.
7-bob. Akademiyaning xalqaro faoliyati
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
47. Akademiya oʻquv va ilmiy-uslubiy ishlar, maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etadi, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va shartnomalar tuzadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
48. Professor-oʻqituvchilar, tinglovchilar va xodimlarning xorijiy stajirovkasi Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari, Akademiya xorijiy hamkorlar bilan tuzgan bitimlari, yakka tartibdagi shartnomalar (kontraktlar) asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
49. Davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilingan va magistratura va qayta tayyorlash kurslarida yuqori natija koʻrsatgan talabalar (tinglovchilar)ning 50 foizgacha qismi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ikki oygacha boʻlgan muddatga xorijiy davlatlarda stajirovka oʻtash uchun yuboriladi.
8-bob. Akademiyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
50. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida oʻtkaziladigan grant loyihalari tanlovi natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
toʻlov-kontrakt asosida magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Akademiya tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bajariladigan oʻquv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot loyihalari, axborot-tahliliy va noshirlik ishlari, taʼlim va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlarni amalga oshirishdan tushadigan tushumlar;
Akademiya professor-oʻqituvchilari, ilmiy va boshqa xodimlari hamda tinglovchilari foydalanishidan tashqari vaqtlarda uning bino, inshoot va vositalarini (oʻquv binolari, suzish havzasi, tibbiyot markazi, mehmonxona majmuasi, sport zallari va boshqalar) samarali ekspluatatsiya qilish maqsadida qoʻshimcha pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan taʼlim va tadqiqot dasturlari uchun maqsadli ravishda ajratiladigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning begʻaraz yordami, grantlar, loyiha va dasturlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
51. Akademiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻquv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy davlatlar olimlari, oʻqituvchi va mutaxassislarining mehnatiga haq toʻlashni ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshirish;
budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oʻrnatilgan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davlat, xoʻjalik va biznes boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish, kadrlar siyosati va davlat xizmatining dolzarb muammolari hamda boshqa mavzular yoritib boriladigan ijtimoiy-siyosiy jurnal chop etish hamda uning elektron shaklini yuritish;
Akademiya uchun ajratilgan budjet mablagʻlari yoki oʻz mablagʻlari hisobidan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish va ijaraga olish;
oʻziga qarashli boʻlgan mol-mulkka, intellektual va boshqa mulklarga, xoʻjalik, shuningdek, boshqa faoliyat natijasida olingan mahsulot, daromad hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II-boʻlimi.
Akademiya professor-oʻqituvchilari, ilmiy va boshqa xodimlari hamda tinglovchilari foydalanishidan tashqari vaqtlarda uning bino, inshoot va vositalarini (oʻquv binolari, suzish havzasi, tibbiyot markazi, mehmonxona majmuasi, sport zallari va boshqalar) samarali ekspluatatsiya qilish maqsadida oʻquv, ilmiy va boshqa turdagi qoʻshimcha pulli xizmatlar koʻrsatish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Akademiya tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat va koʻrsatiladigan xizmatlar narxi va tarifi, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish narxini mustaqil belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral).
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
52. Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va sarflash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
53. Akademiyaning rahbarlari va professor-oʻqituvchilar tarkibiga lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasalari tegishli xodimlarining, ilmiy xodimlariga esa Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari uchun belgilangan bazaviy lavozim maoshlari miqdorida belgilanadi.
Akademiyaning qolgan xodimlariga lavozim maoshlari qonun hujjatlarida davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan toʻlov razryadlariga va mehnatni moddiy ragʻbatlantirish shartlariga muvofiq belgilanadi.
54. Akademiya boshqaruv xodimlari, professor-oʻqituvchilari, ilmiy, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarining ish haqlari qonunchilikda koʻzda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish toʻlovlaridan tashkil topadi.
Akademiya tuzilmasidagi maktab (fakultet) dekanlari, transformatsiya ofisi rahbari hamda filial direktorlarining bazaviy lavozim maoshi davlat oliy taʼlim tashkilotlari fakultetlari dekanlarining bazaviy lavozim maoshiga, shuningdek, Akademiya markazlari va boshqarmalari boshliqlarining bazaviy lavozim maoshi davlat oliy taʼlim tashkilotlari fakultet dekani oʻrinbosarlari bazaviy lavozim maoshiga mos ravishda belgilanadi.
55. Akademiyada Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) mavjud.
Maxsus jamgʻarma Akademiyaning boshqaruv xodimlari, professor-oʻqituvchilari, ilmiy, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari (keyingi oʻrinlarda — Akademiya xodimlari) amaldagi ish haqi fondining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda shakllantiriladi.
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Akademiya rektori buyrugʻi bilan shtatdagi Akademiya xodimlariga tarif stavkasining (lavozim maoshlari miqdorining) 100 foizigacha miqdorda ustama oylik belgilash va mukofotlashga yoʻnaltiriladi.
Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, Akademiya xodimlariga oylik ustamalar tayinlash va ularni mukofotlash mezonlari Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi.
Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasini hisoblashda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Akademiyaning mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi.
56. Akademiyaga beshta yengil avtomashina va ikkita mikroavtobus taʼminoti uchun limit ajratiladi.
57. Akademiya belgilangan tartibda oʻz faoliyati natijalarining buxgalterlik hisobini amalga oshiradi, statistik hisobotlar yuritadi.
9-bob. Yakuniy qoida
58. Akademiya ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, Akademiyani qayta tashkil qilish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish boʻyicha har yilgi davlat buyurtmasi parametrlari
2. Buyurtma parametrlarining 2.1-bandiga Boshqaruv samaradorligi agentligining asoslangan buyurtmasiga muvofiq Akademiya kengashi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(izohning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
3. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Boshqaruv samaradorligi agentligining asoslantirilgan buyurtmalariga muvofiq Akademiya Vasiylik kengashi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda davlat buyurtmasi parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(izohning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
4. Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan uning ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, davlat buyurtmasi asosida toʻlov-kontrakt boʻyicha kvotalar belgilanadi.