1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.03 Aviatsiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
buyrugʻi
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3609]
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
1. “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (OʻZR AQ-61) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Direktor T. NAZAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-yanvar,
1-N-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2024-yil 27-dekabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 26-dekabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 18-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 13-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-son buyrugʻiga 1-ILOVA
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (OʻZR AQ-61)
Ushbu Qoidalar fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish, almashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va toʻxtatib turish, xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi guvohnomasini tan olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasi (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) — aviatsiya xodimiga kasb faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi hujjat;
kabina ekipaji aʼzosi — yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida havo kemasi egasi (ekspluatanti) yoki komandiri tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajaradigan, uchuvchilar tarkibiga kirmaydigan ekipaj aʼzosi;
fuqaro aviatsiyasi tashkiloti — havo kemasining ekspluatanti (aviakompaniya), taʼlim muassasasi, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, havodagi harakatga xizmat koʻrsatish yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlarni amalga oshirish va taʼminlash bilan shugʻullanadigan har qanday boshqa tashkilot;
havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis — havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan muhandis-texnik tarkibiga kiradigan aviatsiya xodimi (aviatexnik, muhandis);
havodagi harakatni boshqarish dispetcheri (bundan buyon matnda HHB dispetcheri deb yuritiladi) — guvohnoma va malaka belgisiga ega boʻlgan, havodagi harakatni boshqarishni taʼminlovchi aviatsiya xodimi;
ikkinchi uchuvchi — havo kemasi komandiri vazifasidan tashqari havo kemasini boshqarishda tegishli guvohnomaga ega boʻlgan va havo kemasini boshqarish yuzasidan oʻziga yuklangan vazifalarni bajaradigan uchuvchi;
malaka belgisi — aviatsiya xodimining huquq va majburiyatlari, cheklovlari koʻrsatilgan guvohnomadagi tegishli yozuvlar;
tashqi uchuvchi — masofadan boshqariladigan havo kemasining parvozini amalga oshirish boʻyicha zarur vazifalarni bajarish uchun havo kemasi egasi (ekspluatant) tomonidan tayinlangan hamda parvoz davomida uchishni boshqarish moslamalarini boshqaradigan shaxs;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
havo kemasi — havo bilan oʻzaro taʼsir hisobiga, yer sathidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsirdan tashqari, atmosferada harakatlanadigan uchish apparati.
2-bob. Guvohnomaning mazmuni, shakllari va seriyalari
1-§. Guvohnomaning mazmuni va shakllari
2. Guvohnomalar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
I — davlat nomi (oddiy shriftda);
II — guvohnoma nomi (qalin shriftda);
III — guvohnoma seriyasi va tartib raqami (arab raqamlarda);
IV — guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi;
V — guvohnoma egasining manzili;
VI — guvohnoma egasining fuqaroligi;
VII — guvohnoma egasining shaxsiy imzosi;
VIII — guvohnomani bergan “Oʻzaviatsiya” agentligi va asos;
IX — guvohnomaning XII bandidagi havo kemasining maʼlum bir turi, klassi va xili boʻyicha vazifalarni bajarishga ruxsatni belgilaydigan malaka belgisining amal qilish muddati;
X — guvohnomani bergan “Oʻzaviatsiya” agentligi mansabdor shaxsining imzosi;
XI — guvohnoma berilgan sana va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri;
XII — havo kemasining maʼlum bir turi, klassi va xili boʻyicha vazifalarni bajarishga ruxsatni belgilaydigan malaka belgisi;
dispetcherlik punktlarini koʻrsatgan holda HHB dispetcherlarining aniq funksiyalarini bajarishga ruxsat;
muhandislar va aviatsiya texniklarining aniq funksiyalarini bajarishga ruxsat.
XIII — lavozim vazifalarini ruxsat berish shartlari bilan bogʻliq maʼlumotlar (instruktor ishi, uskunalar boʻyicha parvozga, meteorologik minimumlar boʻyicha uchish va qoʻnishni bajarishga ruxsat, radiotelefon aloqasida ishlatiladigan tilni bilish darajasi va boshqalar);
XIV — qoʻshimcha maʼlumotlar (ish joyi haqida, egallayotgan lavozimi va boshqalar).
Guvohnomada havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatuvchi mutaxassis uchun alohida ish turlari uchun ruxsat (dvigatellarni ishga tushirish va sinovdan oʻtkazish, shataklash, aviadvigatellarni diagnostikadan oʻtkazish va boshqalar) belgilanadi.
3. Guvohnomaning shakllari ushbu Qoidalarning 1-2-ilovalarida qayd etilgan. Bunda, guvohnoma birinchi navli qogʻozdan yoki boshqa mos materialdan, shu jumladan plastik kartochkalardan tayyorlangan boʻlishi yoki avtonom mobil elektron qurilmalardagi axborotni vizual aks ettiruvchi elektron koʻrinishda boʻlishi kerak.
4. Guvohnoma beriladigan aviatsiya xodimlari, ekipaj aʼzolari, HHB dispetcherlarining guvohnomalari va malaka belgilariga umumiy talablar hamda havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni toifalash ushbu Qoidalarning 3 — 6-ilovalarida qayd etilgan.
2-§. Guvohnomaning seriyalari
5. Guvohnoma quyidagi seriyalardan iborat:
uchuvchi guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi;
shturman guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq “FN” seriyasi;
bortmuhandis guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq “FE” seriyasi;
bortmexanik guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq “FM” seriyasi;
bortaloqachi guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq “FR” seriyasi;
bortoperator guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq “GO” seriyasi;
kabina ekipaji aʼzosi guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq “FA” seriyasi;
HHB dispetcheri guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 14-ilovasiga muvofiq “TS” seriyasi;
havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 15-ilovasiga muvofiq “MS” seriyasi;
havaskor uchuvchi — ushbu Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi;
aerostat uchuvchisi — ushbu Qoidalarning 17-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi;
oʻta yengil havo kemasi uchuvchisi — ushbu Qoidalarning 18-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi;
planer uchuvchisi guvohnomasi ushbu Qoidalarning 19-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi;
(5-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
tashqi uchuvchi guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 191-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
6. Parvozlarni taʼminlash boʻyicha aviaxodimlarning guvohnomalari seriyasiz hamda ushbu Qoidalarning 20-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
3-bob. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan nomzodga guvohnoma berish
7. Nomzodga guvohnoma olish uchun fuqaro aviatsiyasi tashkiloti “Oʻzaviatsiya” agentligiga mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Bunda, ushbu arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) uchuvchilar (tijorat aviatsiyasi, koʻp aʼzoli ekipaj, yoʻnalishdagi uchuvchilar), shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortaloqachilar, bortoperatorlar, HHB dispetcheri, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis uchun:
“Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 22 — 24-ilovalariga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
tegishli mutaxassislik boʻyicha sertifikatlashtirilgan oʻquv markazini yoki taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa (bundan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar mustasno);
(7-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
uchuvchi, shturman, bortaloqachilar, HHB dispetcherlari uchun IKAOning til bilish shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikatning) nusxasi (kamida 4-daraja);
(7-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
uchuvchi, shturman va HHB dispetcheri uchun taʼlim tashkilotida nazariy kurs va trenajyor va uchish (amaliy) tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
b) kabina ekipaji aʼzolari uchun:
“Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 25-ilovasiga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
tegishli mutaxassislik boʻyicha sertifikatlashtirilgan oʻquv markazini yoki taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa;
(7-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
v) havaskor uchuvchilar, oʻta yengil havo kemasi uchuvchisi, aerostat uchuvchilari, planer uchuvchilar va tashqi uchuvchilar uchun:
(7-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
fuqaro aviatsiyasining sertifikatlangan oʻquv muassasasida tegishli havo kemasi turi boʻyicha uchuvchilarni tayyorlash kurslarini toʻliq tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
(7-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa;
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
g) fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasini olishda harbiy uchuvchilar uchun:
“Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
harbiy taʼlim muassasasining transport aviatsiyasi uchuvchisi mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa;
IKAOning til bilish shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikatning) nusxasi (kamida 4-daraja);
fuqaro aviatsiyasining sertifikatlangan oʻquv muassasasida tegishli havo kemasi turi boʻyicha qayta oʻqitish kurslarini toʻliq tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
Bunda, harbiy uchuvchilar tomonidan fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasini olishda nomzodning parvoz faoliyatidagi tanaffusi besh yildan oshmagan boʻlishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
8. Guvohnoma olish uchun xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
9. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkilotining arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) oʻrganib chiqiladi.
10. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan ariza mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etilmagan boʻlsa yoki arizada tegishli maʼlumotlar va ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
11. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda mazkur Qoidalarning 7-bandida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi ushbu ariza koʻrib chiqish tugallangan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga guvohnoma olish uchun nomzodni imtihonga chaqirish (uning boshlanish vaqti va joyi) haqida xabardor qiladi.
12. Guvohnoma olish uchun nomzodning belgilangan malaka talablarga muvofiqligini, shuningdek uning ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan test yoki suhbat sinov tadbirlari oʻtkaziladi.
13. Imtihon oʻtkazilayotgan xonaga nomzodlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lugʻat, shpargalka va boshqa materiallar olib kirish hamda foydalanish, shuningdek boshqa nomzodlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Bunda, ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki foydalangan, shuningdek imtihon vaqtida boshqa nomzodlar bilan suhbatlashgan nomzod imtihonning oʻtkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida imtihondan chetlashtiriladi.
14. Imtihon oʻtkazish vaqtida nomzodning natijalari (imtihon natijalari) ballik tizimda baholanadi.
15. Imtihon faqat test sinovlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda, test savollari 30 tani va har bir toʻgʻri javob 3.3 ballni tashkil qiladi.
16. Imtihon faqat faqat suhbat shaklida oʻtkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda, “Oʻzaviatsiya” agentligi nomzodni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi — 5 ball;
berilgan savollarga aniq, biroq toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 4 ball;
berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 3 ball;
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi — 2 ball;
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi — 1 ball;
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi — 0 ball.
17. Nomzod test sinovlari natijalariga koʻra kamida 71 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan nomzod test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan va unga guvohnoma rasmiylashtirish haqida qaror qabul qilinadi.
18. Nomzod suhbat natijalariga koʻra mutaxassislik fanlaridan besh va boshqa fanlardan toʻrt ball olgan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan nomzod suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan va unga guvohnoma rasmiylashtirish haqida qaror qabul qilinadi.
19. Imtihon natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi va “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
20. Imtihonni topshira olmagan (undan chetlashtirilgan) nomzodga uning natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida qayta topshirish uchun imkoniyat beriladi.
21. Aviatsiya xodimi guvohnomasini almashtirish uchun quyidagi holatlarda fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi:
guvohnoma yoʻqotib qoʻyilganda yoki unga zarar yetkazilganda;
guvohnomada yozuv uchun joy tugaganda;
guvohnoma egasining shaxsiy maʼlumotlari oʻzgarganda;
aviatsiya xodimining shaxsini tasdiqlovchi hujjatida yoʻl qoʻyilgan texnik xatolar aniqlanganda.
22. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti aviatsiya xodimining guvohnomasini almashtirish boʻyicha u murojaat qilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida “Oʻzaviatsiya” agentligiga iltimosnoma kiritadi.
Bunda, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ushbu iltimosnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida aviatsiya xodimining guvohnomasini almashtirish boʻyicha qaror qabul qilinadi va shu kunning oʻzida yangi guvohnoma aviatsiya xodimiga topshiriladi.
5-bob. Xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi guvohnomasini tan olish
23. Xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortaloqachilar, bortoperatorlar, HHB dispetcheri, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis va kabina ekipaji aʼzolari) guvohnomasini tan olish uchun fuqaro aviatsiyasi tashkiloti “Oʻzaviatsiya” agentligiga mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Bunda, ushbu arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xorijiy davlat tomonidan berilgan fuqaro aviatsiyasi mutaxassisi guvohnomasining nusxasi (barcha malaka belgilari bilan birga);
tijorat aviatsiyasi uchish tarkibi uchun avariya-qutqaruv tayyorgarligi (quruqlik, suv) va xavfli yuklarni tashish boʻyicha oʻquv kurslari sertifikatlari nusxalari;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa (bundan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar mustasno);
uchuvchi, shturman, bortaloqachilar, HHB dispetcherlari uchun IKAOning til bilish shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikatning) nusxasi (kamida 4-daraja);
uchish tarkibi uchun taʼlim tashkilotida nazariy kurs, trenajyor va uchish (amaliy) tayyorgarlikdan oʻtilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (havo kemasida uchish tekshiruvi va trenajyorda oʻtkazilgan oxirgi mashgʻulot (tekshiruv) sanalari koʻrsatilgan holda).
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
24. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkilotining arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ushbu Qoidalarning 23-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) oʻrganib chiqiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
Bunda, oʻrganib chiqish davomida “Oʻzaviatsiya” agentligi xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi guvohnomasining haqiqiyligini aniqlash maqsadida xorijiy davlatga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
25. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan ariza mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etilmagan boʻlsa yoki arizada tegishli maʼlumotlar va ushbu Qoidalarning 23-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
26. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda mazkur Qoidalarning 23-bandida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanmaganda hamda xorijiy davlat aviatsiya maʼmuriyatidan ijobiy javob olinganda “Oʻzaviatsiya” agentligi ushbu murojaat koʻrib chiqish tugallangan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga guvohnomani tan olish uchun aviatsiya xodimini suhbatga chaqirish (uning boshlanish vaqti va joyi) haqida xabardor qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
27. Suhbat nomzodga Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida parvozlarni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari va qonunchiligi boʻyicha maʼlumot berish maqsadida oʻtkaziladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
28. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi guvohnomasini IKAO standartlari va tavsiya qilingan amaliyotlarini inobatga olgan holda tan olishda ushbu aviatsiya xodimiga mazkur Qoidalarning 26-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat taqdim qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
281. Xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya guvohnomasi egasining malakasini oshirish, kasbiy bilim va amaliy tajribasini lozim darajada ushlab turish IKAO standartlari va tavsiya qilingan amaliyotlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
6-bob. Aviatsiya xodimining guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish va toʻxtatib turish
29. Aviatsiya xodimining guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi tashkiloti “Oʻzaviatsiya” agentligiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Bunda, ushbu xatda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 22 — 25-ilovalariga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa (bundan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar mustasno);
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va kabina ekipaj aʼzolari uchun ularning dastur boʻyicha malaka oshirish va trenajyor tayyorgarlikdan oʻtganligi boʻyicha hujjatlar.
30. Uchuvchilar tarkibi, kabina ekipaji aʼzolari, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar va HXB dispetcherlarining nazariy bilimlari, havo kemasini boshqarish texnikasi, havo kemasini boshqarish va amaliy qobiliyat bilimlarini tekshirish “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tayinlangan imtihon qabul qiluvchilar amalga oshiradi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
31. Bir nechta havo kemasida parvozni amalga oshiruvchi uchuvchi boshqaruv xodimlar va instruktorlarning uchish koʻnikmalari “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tayinlangan imtihon qabul qiluvchilar tomonidan havo kemasining har bir turida tekshiriladi.
Bunda, uchuvchi boshqaruv xodimlar va instruktorlarning nazariy bilim darajasini tekshirish barcha yoʻnalishlar boʻyicha eng yuqori sinf toifasidagi (bir xil boʻlganda bittasi tanlanadi) havo kemasida amalga oshiriladi. Qolgan havo kemalarida faqat “Havo kemalarini uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanmasi” yoʻnalishi boʻyicha topshiriladi.
32. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkilotining murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida ushbu Qoidalarning 29-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) oʻrganib chiqiladi.
33. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan ushbu Qoidalarning 29-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
34. Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Qoidalarning 29-bandida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi ushbu murojaat koʻrib chiqish tugallangan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga guvohnoma muddatini uzaytirish uchun aviatsiya xodimini imtihonga chaqirish (uning boshlanish vaqti va joyi) haqida xabardor qiladi.
35. Aviatsiya xodimining guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha imtihon oʻtkazishda baholash ushbu Qoidalarning 12 — 20-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Aviatsiya xodimlarining guvohnomalariga quyidagi amal qilish muddatlari belgilanadi:
uchuvchilar, havaskor uchuvchilar, aerostat uchuvchilari, planer uchuvchilariga, tashqi uchuvchilarga, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortaloqachilar, kabina ekipaj aʼzolari, bortoperator, oʻta yengil havo kemasi uchuvchilariga — 24 oy;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
parvozlarni taʼminlash xodimlariga — 36 oy;
HHB dispetcherlariga — 48 oy;
havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga — 60 oy.
37. Aviatsiya xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv markazlarida aviatsiya yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslarini tamomlagan uchuvchi ekipaj aʼzolari hamda HHB dispetcherlariga oʻquv kurslari yakunida berilgan baholar olti oy mobaynida amal qiladi.
Bunda, ushbu baholarning amal qilish muddati oʻquv kurslarini tugatish sanasidan boshlab hisoblanadi va aviatsiya xodimlarining taqdimnomasiga kiritiladi.
38. Uchuvchilar tarkibi havo kemasining aniq bir turi uchun ekipaj kabinasini aks ettiruvchi mexanik, elektrik, elektron va boshqa boshqaruv bort tizimlarining, parvoz ekipaji aʼzolarining odatiy va maxsus holatlardagi harakatlarini imitatsiya qiluvchi trenajyorda tayyorgarlikdan oʻtishi zarur.
Bunda, ushbu trenajyorda tayyorgarlikdan oʻtish bir yilda bir martadan kam boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
39. HHB dispetcherining guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish va uning klasslarini oshirishda aeronavigatsiya provayderi tomonidan maxsus trenajyor tayyorgarlikdan oʻtishi lozim.
40. “Oʻzaviatsiya” agentligining masʼul xodimi tomonidan aviatsiya xodimining harakatlari va tayyorgarlik darajasi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlganda uning bevosita rahbarlarini va “Oʻzaviatsiya” agentligining rahbariyatini xabardor qilgan holda aviatsiya xodimining guvohnomasi amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin.
Bunda, fuqaro aviatsiya tashkilotlariga nisbatan tekshiruv tugallangunga qadar aviatsiya xodimi guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turiladi.
7-bob. Guvohnoma egasining huquq va majburiyatlari
41. Guvohnoma egasi quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:
guvohnomada koʻrsatilgan barcha huquqlarni amalga oshirish;
guvohnomada havo kemasi turi haqida belgi mavjud boʻlgan taqdirda parvoz paytida uchish ekipaji aʼzosining vazifasini bajarish.
42. Guvohnoma egasi quyidagilarga majbur hisoblanadi:
kasbiy bilim va koʻnikmalari, amaliy tayyorgarlik va ish faoliyatini malakali amalga oshirish;
ekipaj tarkibida parvozlarni bajarish jarayonida kasbiy bilim va koʻnikmalarini parvozlar xavfsizligini taʼminlay oladigan darajada saqlab turishi;
sogʻligʻi yomonlashganda guvohnoma va undagi huquqlardan foydalanishni toʻxtatishi.
43. Guvohnoma egasiga quyidagi hollarda oʻz funksional vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi:
guvohnoma yoki uning alohida varaqlari boʻlmaganda;
guvohnomada tuzatishlar mavjud boʻlganda;
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda;
guvohnomada egasining rasmi boʻlmaganda yoki unga zarar yetkazilganda;
guvohnomada alohida yoki malaka belgilari mavjud boʻlmaganda;
guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilganda;
uchuvchilar tarkibi 65 yoshga toʻlganda, shuningdek ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat boʻlgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) 60 yoshga toʻlganda.
44. Ekipaj aʼzolari oʻz xizmat vazifalarini bajarish davomida guvohnomalari yonida boʻlishi va ularni “Oʻzaviatsiya” agentligining masʼul xodimi talabiga koʻra taqdim qilishi lozim.
8-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
45. Nomzodlarning (guvohnoma egalarining) apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi rahbarining buyrugʻi bilan kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Imtihonni oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
46. Imtihon natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar (guvohnoma egalarining) uning natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodni (guvohnoma egasini) shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
47. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzod (guvohnoma egasi) mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
48. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
49. Apellyatsiya komissiyasi imtihon jarayonida nomzodning (guvohnoma egasining) bergan javoblari va bajargan amaliy mashgʻulotlarini ular aks etgan videotasvirlarni koʻrish orqali tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida nomzodga (guvohnoma egasiga) uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
50. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
imtihon natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzod (guvohnoma egasi) imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish.
51. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodga (guvohnoma egasiga) oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
52. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
9-bob. Aviatsiya xodimlarining guvohnomalarini hisobga olish va ularning reyestrini yuritish
53. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan aviatsiya xodimlari guvohnomalarining reyestri yuritiladi, fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarida esa parvozlarni taʼminlash xodimlari guvohnomalarining reyestri yuritiladi.
Bunda, aviatsiya xodimlari guvohnomalarining reyestri elektron yoki anketa shaklda yuritiladi.
54. Aviatsiya xodimlarining guvohnoma blankalari qatʼiy hisobdagi hujjatlar hisoblanadi.
Aviatsiya xodimlarining guvohnoma blanklarini qabul qilish va topshirish dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
55. Guvohnomani aviatsiya xodimiga berishda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan guvohnomadagi maʼlumotlar aviatsiya xodimlari guvohnomalarining reyestriga kiritiladi.
56. Aviatsiya xodimlarining guvohnomasi bekor qilingan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uning bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi yozuv aviatsiya xodimlari guvohnomalarining reyestrida qayd etiladi.
57. Aviatsiya xodimiga guvohnoma berish, amal qilish muddatini uzaytirish hamda xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi guvohnomasini tan olishda aviatsiya xodimiga beriladigan savollarning namunaviy roʻyxati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiya qilingan amaliyotlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqib, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
10-bob. Yakuniy qoida
58. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1163-moddasi.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 1-ILOVA
Guvohnomaning namunasi
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 2-ILOVA
Guvohnomaning plastik shaklidagi namunasi
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 3-ILOVA
Guvohnoma beriladigan aviatsiya xodimlari
ROʻYXATI
1. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan quyidagi aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish amalga oshiriladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
bortoperatori;
kabina ekipaji aʼzosi;
HHB dispetcheri;
havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis;
parvozlarni taʼminlash mutaxassisi;
2. Xalqaro yoʻnalishdagi parvozlarni amalga oshiruvchi samolyot, vertolyot, aerostat, planer uchuvchilari va shturmanlar hamda HHB dispetcherlari ushbu roʻyxatning ilovasiga muvofiq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) ingliz tilini bilishni baholash shkalasi boʻyicha ingliz tilini toʻrtinchi darajasidan past boʻlmagan darajada bilishi kerak.
3. Xalqaro yoʻnalishdagi parvozlarni amalga oshiruvchi samolyot, vertolyot, aerostat, planer uchuvchilari va shturmanlar hamda xalqaro yoʻnalishlarda havodagi harakatlarni boshqaruvchi HHB dispetcherlarining ingliz tilini bilish darajasi attestatsiya qilish yoʻli bilan quyidagi muddatlarda baholanadi:
toʻrtinchi daraja — uch yilda kamida bir marta;
beshinchi daraja — olti yilda kamida bir marta;
oltinchi daraja — attestatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aviatsiya xodimlarining ingliz tilini bilish darajasi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tayinlangan va maxsus sertifikatiga ega boʻlgan imtihon oluvchilar tomonidan oʻtkaziladi.
Bunda, Tilni bilish talablarini amalga oshirish boʻyicha tartib “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.
5. Guvohnoma quyidagi yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga beriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
havaskor uchuvchilar, aerostat uchuvchilari va planer uchuvchilariga — 17 yoshdan;
tijorat uchuvchilari, koʻp aʼzoli ekipaj uchuvchilari, kabina ekipaji aʼzolari, bortoperatorlari, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar, oʻta yengil uchish apparati uchuvchilari va tashqi uchuvchilarga — 18 yoshdan;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
parvozlarni taʼminlash boʻyicha xodimlariga, fuqaro aviatsiyasi tashkilotining uchuvchi xodimlariga (yoʻnalishdagi uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradisti) va HHB dispetcherlariga — 21 yoshdan.
6. Uchuvchilar, ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, HHB dispetcherlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1186, 2002-yil 2-noyabr) asosan amalga oshiriladi.
7. Amaldagi tibbiy xulosaga ega boʻlmagan ekipaj parvoz xodimlari, bortoperatorlar, kabina ekipaji aʼzolari, HHB dispetcherlar guvohnomalar bilan oʻz faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Aviatsiya xodimi mutaxassisligi (havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis, havodagi harakatni boshqarish, parvozlarni taʼminlash) boʻyicha besh yil davomida faoliyat yuritmagan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ushbu aviatsiya xodimining guvohnomasi bekor qilinadi.
Bunda, ushbu aviatsiya xodimi yangi guvohnoma olish ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Guvohnoma beriladigan aviatsiya xodimlari roʻyxatiga ILOVA
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining tilni bilishni baholash boʻyicha daraja koʻrsatkichi
DARAJA
TALAFFUZ
Aviatsiya jamiyati uchun tushunarli boʻlgan aksent va dialekt nazarda tutilmoqda
TUZILISH
Tegishli grammatik tuzilish va gap tuzilishi aniq vazifaga muvofiq lingvistik funksiyalar bilan belgilanadi
LUGʻAT ZAXIRASI
NUTQNING TEZLIGI
TUSHUNISH
MULOQOT
Professional daraja
6
Talaffuz, urgʻu, vazn va nutq ohangi ularga ona tili va hududiy xususiyatlarning taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga qaramasdan, tushunishga hech qachon toʻsqinlik qilmaydi.
Bazaviy va murakkab grammatik tuzilishlar va gap tuzilishiga doim amal qilinadi.
Keng doiradagi tanish va notanish mavzularda samarali muloqot qilish uchun lugʻat zaxirasi yetarli va undan foydalaniladi. Lugʻat zaxirasi idiomatik, juzʼiy farqlarga boy va stilistik jihatdan boyitilgan.
Uzoq vaqt davomida qiynalmasdan tabiiy soʻzlasha oladi. Nutqni stilistik jihatdan boyitadi, masalan alohida jihatlarga urgʻu bera oladi. Nutq va bogʻlamaning tarkibiy elementlarini toʻgʻri va oson qoʻllaydi.
Deyarli barcha vaziyatlarda, shu jumladan lingvistik va madaniy nozik jihatlarni ishonch bilan tushunadi.
Deyarli barcha vaziyatlarda oson soʻzlasha oladi. Soʻz eʼtirozlarini va nutqsiz belgilarni qabul qila oladi va ularga tegishli ravishda javob Bera oladi.
Mukammal daraja
5
Talaffuz, urgʻu, vazn va nutq ohangi ularga ona tili va hududiy xususiyatlarning taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga qaramasdan, tushunishga hech qachon toʻsqinlik qilmaydi
Bazaviy grammatik tuzilishlar va gap tuzilishiga doim amal qilinadi. Murakkab tuzilmalardan baʼzan maʼnoni notoʻgʻri anglatadigan xatoliklar bilan foydalaniladi.
Umumiy, aniq va ish bilan bogʻliq boʻlgan mavzularda samarali muloqot qilish uchun lugʻat zaxirasi yetarli va undan toʻgʻri foydalaniladi. Parafrazalar ishonchli va toʻgʻri qoʻllaniladi. Lugʻat zaxirasi baʼzan idiomatik.
Tanish mavzularda uzoq vaqt davomida nisbatan qiynalmasdan soʻzlasha oladi, biroq nutqni stilistik jihatdan boyita olmaydi. Toʻgʻri tuzilish elementlari va bogʻlamalardan foydalana oladi.
Umumiy, aniq va ish bilan bogʻliq mavzularni aniq hamda gapirayotgan kishida lingvistik yoki vaziyat bilan bogʻliq qiyinchiliklar yoxud voqealar kutilmaganda oʻzgarganda toʻliq tushunadi. Turli soʻz oʻzgarishlarini (dialekt yo/yoki aksent) yoki stilistik darajalarni qabul qila oladi.
Zudlik bilan, tegishli va yetarli darajada javob bera oladi.
“Soʻzlovchi — eshituvchi” soʻzlashuvini samarali qoʻllaydi.
Amaliy daraja
4
Talaffuz, urgʻu, vazn va nutq ohangiga ona tili va hududiy xususiyatlar taʼsir koʻrsatgan, ammo faqat ayrim hollardagina tushunishga toʻsqinlik qiladi.
Bazaviy grammatik tuzilishlar va gap tuzilishiga doim amal qilinadi. Murakkab tuzilmalardan baʼzan maʼnoni notoʻgʻri anglatadigan xatoliklar bilan foydalaniladi.
Umumiy, aniq va ish bilan bogʻliq boʻlgan mavzularda samarali muloqot qilish uchun qoidaga koʻra, lugʻat zaxirasi yetarli va undan toʻgʻri foydalaniladi. Noodatiy va kutilmagan vaziyatlarda lugʻat zaxirasi yetarli boʻlmaganda, koʻpincha parafrazalardan foydalanishi mumkin.
Muayyan vaqt davomida yetarli darajada soʻzlasha oladi. Baʼzida nutq tezligi standart iboralar yoki yod olingan til qolipidan foydalanishdan erkin muloqotga oʻtishda buziladi, ammo bu holat samarali muloqot qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Emfatik, yaʼni taʼsirli elementlardan va bogʻlamalardan cheklangan hajmda foydalana oladi. “Parazit — soʻzlar” tushunishga toʻsqinlik qilmaydi.
Asosan umumiy, aniq va ish bilan bogʻliq mavzular aksent yoki juzʼiy oʻzgarishlar foydalanuvchilar xalqaro hamjamiyatiga yetarlicha tushunarli boʻlganda, toʻgʻri tushuniladi. Soʻzlovchida lingvistik va vaziyat bilan bogʻliq qiyinchiliklar paydo boʻlganda yoki voqea kutilmaganda oʻzgarsa, gapning maʼnosi biroz tushunarsiz boʻlishi mumkin yoki aniqlashni talab qiladi.
Zudlik bilan, tegishli va yetarli darajada javob bera oladi. Voqealar toʻsatdan oʻzgarganda ham axborot almashishni saqlaydi. Aniq tushunmovchilikni tekshiruv va tasdiqlash yoki aniqlash yoʻli bilan bartaraf qiladi.
Amaliy darajadan past
3
Talaffuz, urgʻu, vazn va nutq ohangiga ona tili va hududiy xususiyatlar taʼsir koʻrsatgan va koʻpincha tushunishga toʻsqinlik qiladi.
Asosiy grammatik tuzilishlar va gap tuzilishiga kutilgan vaziyatlarda har doim ham rioya qilinmaydi. Xatolar koʻpincha maʼnoga taʼsir koʻrsatadi.
Umumiy, aniq va ish bilan bogʻliq boʻlgan mavzularda samarali muloqot qilish uchun koʻpincha lugʻat zaxirasi yetarli va undan toʻgʻri foydalaniladi. Biroq, lugʻat zaxirasi cheklangan va soʻzlar koʻpgina hollarda notoʻgʻri tanlanadi. Koʻpincha soʻzlar zaxirasi kam boʻlganligi sababli parafrazalardan toʻgʻri foydalana olmaydi.
Muayyan vaqt davomida yetarli darajada soʻzlasha oladi, koʻpincha jumlalarni notoʻgʻri tuzib, uzoq muddat sukut saqlaydi. Ishonchsizlik yoki tilni sust tushunishi samarali muloqotga toʻsqinlik qilishi mumkin. “Parazit — soʻzlar” baʼzan tushunishga toʻsqinlik qiladi.
Koʻpincha umumiy, aniq va ish bilan bogʻliq mavzular aksent yoki juzʼiy oʻzgarishlar foydalanuvchilar xalqaro hamjamiyatiga yetarlicha tushunarli boʻlganda, toʻgʻri tushuniladi. Lingvistik yoki vaziyat bilan bogʻliq xususiyatlarni voqea kutilmagan oʻzgargan sharoitlarda tushunmaslik holatlari boʻlishi mumkin.
Baʼzida zudlik bilan, tegishli va yetarli darajada javob Bera oladi. Umuman olganda, kutilmagan vaziyatlarda qoniqarsiz ishlaydi.
Boshlangʻich daraja
2
Talaffuz, urgʻu, vazn va nutq ohangiga ona tili va hududiy xususiyatlar kuchli taʼsir koʻrsatgan va odatda, bu tushunishga toʻsqinlik qiladi.
Faqat ayrim oddiy yod olingan grammatik tuzilishlar va gap shakllariga cheklangan darajada rioya etishini namoyish qiladi.
Lugʻat zaxirasi cheklangan va faqat alohida soʻzlar va yod olingan jumlalardan iborat.
Juda qisqa yod olingan jumlalarni tutilib va notanish soʻzlardan tashkil topgan iboralar va artikulyatsiyani tanlashda, “parazit-soʻzlar”dan foydalanish orqali tushunishga toʻsqinlik qiladigan holda talaffuz qilishi mumkin.
Alohida va yod olingan jumlalarni ular diqqat bilan va sekin artikulyatsiya qilinganda tushunadi.
Taʼsirchanligi sust va koʻp hollarda bir xil emas. Muloqot oddiy maʼlumot bilan almashishda cheklanadi.
Boshlangʻich darajadan past
1
Bilimi boshlangʻich darajadan past.
Bilimi boshlangʻich darajadan past.
Bilimi boshlangʻich darajadan past.
Bilimi boshlangʻich darajadan past.
Bilimi boshlangʻich darajadan past.
Bilimi boshlangʻich darajadan past.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 4-ILOVA
Ekipaj aʼzolarining guvohnomalari va malaka belgilariga umumiy talablar
1. Guvohnoma egalariga quyidagi havo kemalari uchun ekipaj aʼzolarining vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi:
samolyot;
vertolyot.
2. Havo kemasining turi guvohnomaning nomida yoki uning turi haqidagi malaka belgisi guvohnomaning ichida koʻrsatiladi.
3. Havo kemasining turi guvohnomaning nomida koʻrsatilgan boʻlsa, uning turi haqidagi malaka belgisi guvohnomaga kiritilmaydi.
4. Ekipaj aʼzosi havo kemasining qoʻshimcha turi uchun guvohnoma olish istagini bildirganda havo kemasining turi haqidagi yangi malaka belgisi dastlabki berilgan guvohnomaga kiritiladi.
5. Guvohnoma olish va ekipaj aʼzosi boʻlish istagini bildirgan nomzod guvohnomani olish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlarga ega boʻlsa, ushbu guvohnomada havo kemasining turi va xili toʻgʻrisidagi belgilar ifodalanadi.
6. Havo kemasining turi haqidagi malaka belgilar quyidagi hollarda ekipaj aʼzosining guvohnomasiga qoʻyiladi:
samolyot va/yoki vertolyotda uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari boʻyicha mos keladigan tayyorgarlikni tegishli havo kemasida muvaffaqiyatli oʻtsa;
ushbu Qoidalarga muvofiq ekipaj aʼzosi sifatida tegishli turdagi havo kemasida parvozlarni xavfsiz bajarish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlarga ega boʻlsa.
7. Samolyotlar klassining malaka belgilari barcha klasslar uchun koʻrsatiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
quruqlikda yuruvchi, bitta dvigatelli;
gidrosamolyot, bitta dvigatelli;
quruqlikda yuruvchi, koʻp dvigatelli;
gidrosamolyot, koʻp dvigatelli.
8. Vertolyotlar klassining malaka belgilari barcha klasslar uchun koʻrsatiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
quruqlikda yuruvchi, bitta parrakli;
gidrovertolyot, bitta parrakli;
quruqlikda yuruvchi, koʻp parrakli;
gidrovertolyot, koʻp parrakli.
9. Uchish vaqti, unda uchuvchi guvohnomasi egasi ikkinchi uchuvchi sifatida komandir uchuvchi nazorati ostida uning vazifa va majburiyatlarini bajarayotgan boʻlsa, nazorat ostida boshqarilayotgan yangi turdagi havo kemasi uchun malakaviy belgini olish uchun talab qilinadigan umumiy parvoz vaqtiga toʻliq hisobga olinadi.
10. Uchuvchining (tijorat aviatsiyasi, koʻp aʼzoli ekipaj, yoʻnalishdagi uchuvchilar (PPL, CPL, ATPL, MPL), oʻta yengil havo kemasi uchuvchisi, aerostat uchuvchisi, planer uchuvchisi, tashqi uchuvchi, shturman, bortmuhandis, bortmexanik, bortaloqachi va bortoperatorning guvohnomasi va malaka belgilarini berishga qoʻyiladigan talablar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning standartlari va tavsiya qilingan amaliyotlaridan kelib chiqib “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 5-ILOVA
HHB dispetcherlarining guvohnomalari va malaka belgilariga umumiy talablar
1. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan HHB dispetcherlarining guvohnomalari va malaka belgilari ushbu dispetcherlarga beriladi.
2. HHB dispetcheri guvohnoma egasi quyidagi malaka belgilaridan birini olgandan soʻng oʻz funksional vazifalarini bajarishga qoʻyiladi:
Aerodrom (AD) (Aerodrom) malakasi;
Approach Control Surveillance (APS) (kuzatuv tizimlaridan foydalangan holda yaqinlashish);
Approach Control Procedural (APP) (yaqinlashish protsedura nazorati);
Area Control Surveillance (ACS) (kuzatuv tizimlaridan foydalangan holda havodagi harakatga xizmat koʻrsatish rayoni nazorati).
Area Control Procedural (ACP) (havodagi harakatga xizmat koʻrsatish rayoni protsedura nazorati)
3. HHB dispetcherlarining mustaqil ishlashi uchun maxsus belgilar aeronavigatsiya xizmatlari provayderining qarori asosida taqdimnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
4. HHB dispetcherlariga quyidagi maxsus belgilar olingan malakaga muvofiq beriladi:
“AD” malakasi — “GMC” Ground Movement Control, “TWR” Tower Control;
“APS” va “APP” malakalari — yaqinlashish dispetcherlik punkti/sektori;
“ACS” va (ACP) malakalari — havodagi harakatga xizmat koʻrsatish rayoni dispetcherlik punkti sektori;
On-the-job training instructor (OJTI) (ish joyidagi instruktor);
Training device instructor (TDI) (trenajor qurilmasidagi instruktor);
Senior Air Traffic Controller (SATC) (HHB katta dispetcheri);
Supervisor (SUP) (parvozlar rahbari);
Assessor (ASS) (imtihon qabul qiluvchi).
5. HHB dispetcheri malaka va maxsus belgilarini olish uchun ularning bilim va malaka darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
a) Aerdrome (AD) malakasiga nisbatan:
aerodromning bosh rejasi;
aerodromning jismoniy xususiyatlari va vizual vositalari;
havo hududining tuzilishi va unda qoʻllaniladigan qoidalar va axborot manbalari, aeronavigatsiya vositalari;
havodagi harakatni boshqarish uskunalari va ulardan foydalanish, joyning relyefi va oʻziga xos quruqlikdagi moʻljallari, havodagi harakatning oʻziga xos xususiyatlari;
ob-havoning alohida hodisalari;
avariya holatida va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida harakat qilish rejalari;
b) Approach Control Surveillance (APS), Approach Control Procedural (APP), Area Control Surveillance (ACS) va Area Control Procedural (ACP) malakasiga nisbatan:
havo hududining tuzilishi va unda qoʻllaniladigan qoidalar va axborot manbalari, aeronavigatsiya vositalari;
havodagi harakatni boshqarish uskunalari va ulardan foydalanish, joyning relyefi va oʻziga xos quruqlikdagi moʻljallari;
havodagi harakat va harakat oqimining oʻziga xos xususiyatlari;
Alohida sharoitlardagi parvozlar;
avariya holatida va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida harakat qilish rejalari;
HHB dispetcherlarining tegishli kuzatuv tizimlari va ular bilan bogʻliq uskunalarning ishlash xususiyatlari, ulardan foydalanish va ularni cheklash;
HHB dispetcherlari kuzatuv asosida xizmat koʻrsatish, shu jumladan joy ustidan tegishli parvoz balandligini ushlab turish qoidalari.
6. HHB dispetcheri maxsus belgilarini olish uchun ularning bilim va malaka darajasi quyidagilarga javob berishi lozim.
7. Alohida belgilarga nisbatan talablar aeronavigatsiya xizmatlari provayderi tomonidan ushbu Qoidalar talablariga zid boʻlmagan holda belgilanadi.
8. HHB dispetcherining tegishli malaka belgisini olish uchun stajirovka oʻtashiga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
nomzod On-the-job training instructor (OJTI) maxsus belgisiga ega boʻlgan HHB dispetcheri boshchiligidagi stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlashi.
Aerodrom “AD” malakasi boʻyicha stajirovkaning aeronavigatsiya xizmatlari provayderi tomonidan tegishli maxsus belgi uchun kamida 90 soat yoki bir kalendar oy davomida oʻtilishi;
Approach Control Surveillance (APS), Approach Control Procedural (APP), Area Control Surveillance (ACS) va Area Control Procedural (ACP) malakalariga maxsus belgilari uchun aeronavigatsiya xizmatlari provayderi tomonidan kamida 180 soat yoki 3 oy mobaynida oʻtilishi.
9. Dispetcherlik punktida bitta malaka doirasida maxsus belgilar olishda stajirovka muddati ushbu ilovaning 5-bandida koʻrsatilganidan kam boʻlmasligi lozim.
10. Bir vaqtning oʻzida ikkita yoki turli malakalar doirasida dispetcherlik punktlariga ikkita maxsus belgilarni olishda stajirovka muddati tegishli malakalar boʻyicha jami belgilanadi.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 6-ILOVA
Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni toifalash
1. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar quyidagicha toifalanadi:
“A” (A1, A2, A3);
“B” (B1, B2, B3);
“C”.
2. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarning toifalari quyidagicha tavsiflanadi:
a) “A” va “B” toifalari — havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis (aviatexnik/ muhandis):
“A1” va “B1” toifalari— planer va dvigatellar boʻyicha havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish aviatexnigi/muhandisi;
“A2” va “B2” toifalari — aviatsiya va radioelektron uskunalari boʻyicha havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish aviatexnigi/muhandisi;
“A3” va “B3” toifalari — oʻta yengil havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha aviatexnik /muhandis.
b) “C” toifa — havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish muhandisi/sifat boʻyicha muhandis-inspektor.
3. “A1” va “B1” toifalari samolyotlar, vertolyotlar, gaz turbinali va porshenli dvigatellar kombinatsiyalariga qarab quyidagi pastki toifalarga boʻlinadi:
“A1.1” va “B1.1” — bitta gaz turbinali dvigateliga ega samolyotlar;
“A1.2” va “B1.2” — porshenli dvigatellariga ega samolyotlar;
“A1.3” va “B1.3” — bitta gaz turbinali dvigateliga ega vertolyotlar;
“A1.4” va “B1.4” — bitta porshenli dvigateliga ega vertolyotlar.
4. Havo kemalari guruhi boʻyicha malaka belgilari ushbu Qoidalarda keltirilgan.
5. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga “A” toifasini berishda quyidagilar inobatga olinadi:
yoʻnalish boʻyicha bazaviy oliy maʼlumotga ega boʻlish yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy aviatsiya-texnik taʼlimni tamomlagan boʻlish;
sertifikatlangan oʻquv muassasasida havo kemasi turiga mos ravishda oʻqitishdan (III daraja) oʻtgan boʻlish;
“A” toifasi boʻyicha amaliyot oʻtagan boʻlish (On-Job Training);
mustaqil ishlashga ruxsat olish maqsadida tegishli malaka komissiyalarida nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar tekshiruvidan oʻtish.
6. “A” toifasi uchun stajirovkaning minimal davomiyligi (On-Job Training) uch oyni tashkil etadi.
Bunda, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega boʻlsa hamda boshqa turdagi havo kemasida amaldagi guvohnoma va malakaga ega boʻlsa, stajirovka muddati qisqartirilishi mumkin.
7. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga “B” toifasini berishda quyidagilar inobatga olinadi:
“A” toifasi boʻyicha mutaxassislik guvohnomasiga ega boʻlish;
“A” toifasi boʻyicha kamida ikki yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
“B” toifasi boʻyicha stajirovkadan oʻtish.
“B” toifasi uchun minimal stajirovka muddati (On-Job Training) olti oyni tashkil etadi.
Bunda, aviatsiya xodimi nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega boʻlsa hamda boshqa turdagi havo kemasida amaldagi guvohnoma va malakaga ega boʻlsa, stajirovka muddati qisqartirilishi mumkin.
8. Boshqa turdagi havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha “B” toifasiga ega boʻlgan mutaxassislarga yangi havo kemasi turi boʻyicha tayyorgarlik jarayonida “A” toifasini emas, balki “B” toifasini berish uchun quyidagi talablarga asosan amalga oshiriladi:
tegishli havo kemasi turi boʻyicha nazariy va amaliy tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlsa;
tegishli havo kemasi turi boʻyicha stajirovkadan (On-Job Training) oʻtgan boʻlsa;
tegishli guruh havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlsa.
9. B” toifasiga ega boʻlgan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga tezkor texnik xizmat bajarilganda havo kemalaridan foydalanish uchun ruxsat berishga yoʻl qoʻyiladi.
10. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga “C” toifasini berishda quyidagilar inobatga olinadi:
“B” toifasi boʻyicha mutaxassislik guvohnomasiga ega boʻlish;
“B” toifasi boʻyicha kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
muhandis lavozimida kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlish.
Bunda, “C” toifasi boʻyicha stajirovka talab etilmaydi.
11. Boshqa turdagi havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha “C” toifasiga ega boʻlgan mutaxassislarga, yangi havo kemasi turi boʻyicha tayyorgarlik jarayonida “A” va “B” toifasini emas, balki “C” toifasini berish uchun quyidagi talablarga asosan amalga oshiriladi:
tegishli havo kemasi turi boʻyicha nazariy va amaliy tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlsa;
tegishli havo kemasi turi boʻyicha stajirovkadan (On-Job Training) oʻtgan boʻlsa;
tegishli guruh havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlsa.
12. “C” toifasiga ega boʻlgan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga davriy va tezkor texnik xizmat bajarilganda havo kemalaridan foydalanish uchun ruxsat berishga yoʻl qoʻyiladi.
13. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar bir nechta toifalarga ega boʻlishi mumkin.
14. Havo kemalari komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini, shuningdek maxsus ishlarni (payvandlash, boʻyash, parchinlash va boshqalar) bajaruvchi mutaxassislarni toifalarga ajratish va malaka toifalarini berish fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 7-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 8-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 9-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 10-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 11-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 12-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 13-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 14-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 15-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 16-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 17-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 18-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 19-ILOVA
(191-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 20-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 21-ILOVA
1, 2-betlar guvohnoma olinganda, uning amal qilish muddati uzaytirilganda, mustaqil ishlashga ruxsat berilganda toʻldiriladi:
II-band. 3-bet mutaxassislarga mustaqil ishlashga ruxsat berish uchun ishga tushirilgandan soʻng toʻldiriladi;
III. IV, 3-betlar mutaxassislarga mustaqil ishlashga ruxsat berilganligini tekshirishda, guvohnoma olishda, uning amal qilish muddatini uzaytirishda toʻldiriladi:
n.V, 3-bet guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilganda toʻldiriladi.
(Boʻlim boshligʻining yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi bosh imtihon qabul qiluvchisining qarori)
“___” ____________ 20___ y.
(Lavozim. F.I.O. imzo)
M.Oʻ.
(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609-1, 17.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 23-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 24-ILOVA
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 25-ILOVA
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) 26-ILOVA
Xorijiy davlat aviatsiya xodimlarining guvohnomasini tan olish toʻgʻrisidagi sertifikat
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI
FUQARO AVIATSIYASI AGENTLIGI
CIVIL AVIATION AGENCY
UNDER THE MINISTRY OF TRANSPORT
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
CERTIFICATE OF VALIDATION
№
(surname, first name)
(appointment)
Issued
Deputy of Head
Orqa tomoni
Special ratings
Date of expiry
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrugʻi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” (OʻzR AQ-61) Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 19-iyuldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish aviatsiya qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-1, 2007-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 360-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 13-martdagi 51-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish aviatsiya qoidalariga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-2, 2008-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 76-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 11-sentabrdagi 193-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-3, 2008-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 418-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 26-maydagi 56-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-4, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 308-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 24-iyundagi 69-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” oʻzbekiston respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-5, 2010-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 254-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 19-sentabrdagi 115-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-6, 2011-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 440-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 19-apreldagi 37-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-7, 2012-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 212-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 12-sentabrdagi 29-n-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-8, 2013-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 521-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 7-sentabrdagi 94-N-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-9, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1349-9/0084-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 23-martdagi 113-N-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-61) 16-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-10, 2018-yil 27-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1349-10/0949-son).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 2-avgustdagi 120-N-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-11, 2018-yil 5-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/1349-11/1837-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2025-y., 10/25/3609/0174-son; 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)