1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
[TSZ:
1.Moliya / Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ustuvor ijtimoiy, infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni tanlab olish, loyihaoldi hujjatlarini sifatli tayyorlash va baholash, loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, monitoring va postmonitoring tizimlarini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. 2025-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha quyidagi maqsadli koʻrsatkichlar belgilansin:
davlat kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar hisobidan 5,26 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni oʻzlashtirish;
kafolatlanmagan kreditlar hisobidan 2,76 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni oʻzlashtirish;
6,17 milliard AQSH dollari miqdoridagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.
2. Mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash boʻyicha Favqulodda shtab 1-ilovaga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy shtablari 1.1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Favqulodda shtabning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
amalga oshirilayotgan loyihalarni (davlat kafolati ostida va davlat kafolatisiz) jadallashtirish;
tender natijalariga koʻra loyihalar doirasida iqtisod qilingan mablagʻlarni samarali ishlatish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish;
loyihalar doirasida mahalliy kontentni oshirishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil qilish;
XMI/XHMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakillari ishtirokida loyihalar amalga oshirilishi masalalarini har chorakda muhokama qilib borish va ularning hududlarga tashriflarini tashkil etish;
bajarilayotgan ishlarni qatʼiy nazoratga olish va doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
3. 2025-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 1,1 milliard AQSH dollari (shundan 660 million AQSH dollari davlat kafolatisiz), Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 1 milliard AQSH dollari (shundan 630 million AQSH dollari davlat kafolatisiz) oʻzlashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki hamda boshqa XMI/XHMT vakillari ishtirokida har yili 1-sentabrga qadar joyiga chiqqan holda tuman (shahar)lar kesimida 5 million AQSH dollaridan va viloyatlar kesimida 50 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan (davlat kafolati ostida va davlat kafolatisiz) loyihalar portfelini shakllantirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
4. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish toʻgʻrisidagi moliyaviy (qarz, kredit) bitimlar davlat tashqi qarzi uchun belgilangan yillik cheklangan miqdorlarga va Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga muvofiq ushbu qarorda belgilangan tartibda tuziladi;
davlat tashqi qarzini jalb qilish rejalashtirilayotgan yangi investitsiya loyihalari roʻyxatiga faqat ushbu qarorda belgilangan tartibda loyihani baholash hujjatlari ishlab chiqilgan loyihalar kiritiladi;
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha moliyaviy (qarz, kredit, tashqi begʻaraz koʻmak) bitimlar yuzasidan huquqiy xulosalarni Hukumatning alohida qarorini qabul qilmasdan taqdim etadi;
davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha moliyaviy (qarz, kredit) bitimlar, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar va tashqi qarz jalb etish doirasidagi boshqa bitimlarni imzolash vakolati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan XMI/XHMTga loyihani moliyalashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tegishli soʻrovnoma Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki tegishli XMIda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan boshqaruvchi yoxud uning oʻrinbosari tomonidan yuboriladi.
Bunda konsepsiyasi tasdiqlanmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun XMI/XHMTga soʻrovnoma Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda yuboriladi.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki hamda boshqa XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
a) XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari vazirlik va idoralarning tasdiqlangan rivojlantirish strategiyalari asosida ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan taklif etilgan loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qoʻshma xulosasini koʻrib chiqish uchun oʻn besh ish kuni muddatida Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) kiritadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining loyihani baholash hujjati boʻyicha ijobiy xulosalari Hukumat komissiyasi tomonidan loyihani navbatdagi yil uchun Investitsiya dasturining davlat tashqi qarzini jalb etish rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatiga kiritish uchun asos boʻladi.
Bunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklaridan biri ijobiy xulosa taqdim qilmagan hollarda, loyihani ijro etuvchi vazirlik va idora (keyingi oʻrinlarda — Loyihani ijro etuvchi agentlik) tomonidan Hukumat komissiyasiga axborot beriladi;
g) Hukumat komissiyasi tomonidan maʼqullagan loyihalar boʻyicha loyihani baholash hujjatlari Loyihani ijro etuvchi agentliklar tomonidan ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
d) davlat tashqi qarzi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladigan va loyiha konsepsiyasi tasdiqlangan loyihalarning loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
e) Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyihani ijro etuvchi agentliklarning baholash guruhlari tasdiqlagan xaridlarning baholash hujjatlari tender texnik topshirigʻiga va tegishli XMI/XHMTning xarid tartib-taomillariga muvofiqligi yuzasidan tanlanma tekshiruvni doimiy ravishda amalga oshirib boradi.
6. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki, XMI/XHMT mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni tayyorlash, muvofiqlashtirish va samarali bajarish, shu jumladan, xaridlar va shartnomalarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda loyihalarning maqsadli natijalariga erishishni taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik Loyihani ijro etuvchi agentliklar va hudud rahbarlariga yuklanadi.
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tuzish amaliyotini 2025-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich tugatish va loyihalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha barcha funksiyalarni Loyihani ijro etuvchi agentliklarning tegishli boʻlinmalariga yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Loyihani ijro etuvchi agentliklarga loyihadan koʻzlangan natijalarga erishishni taʼminlash maqsadida ushbu qarorda hamda XMI/XHMT bilan tuzilgan tegishli moliyaviy bitimlarda belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni boshqarish uchun mahalliy va xalqaro ekspertlarni, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etishga ruxsat berilsin.
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida XMI/XHMT bilan hamkorlik masalalariga masʼul vazirning oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
11. Belgilansinki, xaridlar qatnashchilarining takliflarini baholash maqsadida Loyihani ijro etuvchi agentlik rahbarining buyrugʻiga muvofiq baholash guruhi tuziladi va uning tarkibiga majburiy tarzda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari va qoidaga koʻra, loyiha doirasida jalb etilgan xaridlar boʻyicha xalqaro va (yoki) mahalliy maslahatchi kiritilishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
12. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatisiz bozor shartlarida moliyalashtirishni nazarda tutgan holda, har bir korxonaning besh yillik rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
XMI/XHMTlar va Loyihani ijro etuvchi agentliklar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha doimiy oʻquv kurslarini tashkil etsin;
2025-yil 1-iyunga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini belgilangan tartibda axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazib, XMI/XHMT tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida elektron xaridlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus axborot portalini ishga tushirsin hamda raqamli xarid tartib-qoidalariga oʻtilishini taʼminlasin;
davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar (loyiha qiymati, qarz miqdori, shartlari va loyiha maqsadlari), tenderlarning natijalari toʻgʻrisidagi Loyihani ijro etuvchi agentliklarning maʼlumotlari vazirlikning maxsus axborot portalida joylashtirilishini taʼminlab borsin;
Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar bilan bogʻliq tashkiliy-boshqaruv jarayonlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan ilmiy-texnik kengashlar faoliyatini tartibga solish boʻyicha reglament ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda tegishli vazirlik va idoralar rahbari ilmiy-texnik kengashlar rahbari etib belgilanishi nazarda tutilsin.
14. Belgilansinki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun loyihalarni (dasturlar) amalga oshirish boʻyicha muzokaralarda qatnashish uchun Hukumat delegatsiyasi tarkibini shakllantirish, muzokara oʻtkazish, mablagʻlarni jalb etish boʻyicha masʼul hisoblanadi. Bunda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakili majburiy tarzda delegatsiya tarkibiga kiritiladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlaridagi boshqaruvchilari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan Xalqaro moliya institutlaridagi boshqaruvchi idorasi vazifalari yuklangan vazirlik va idoralar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
17. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
bir oy muddatda xarid hujjatlaridan foydalanish hamda shartnomalarni roʻyxatga olish tartiblarini ishlab chiqib belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga kiritsin;
uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-fevral,
PQ-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 1-ILOVA
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash boʻyicha Favqulodda shtab
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Favqulodda shtab rahbari
2.
N.T. Yoʻldoshev
—
Bosh prokuror, Favqulodda shtab rahbarining oʻrinbosari
3.
J.A. Xodjayev
—
Bosh vazir oʻrinbosari, Favqulodda shtab rahbarining oʻrinbosari
4.
Sh.A. Vafayev
—
Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori, Favqulodda shtab rahbarining oʻrinbosari
5.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
6.
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
7.
Lavozimi boʻyicha
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari
8.
S.A. Sadullayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
9.
J.X. Karshibayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi
10.
T.Yu. Rapikov
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri
11.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
12.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari
Izoh: Favqulodda shtab aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 1.1.-ILOVA
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash boʻyicha hududiy shtablarning
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, Hududiy shtab rahbarining oʻrinbosari
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari
5.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimlari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) boʻlimi rahbarlari
Izoh: Hududiy shtab aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida yoki Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan jalb etiladigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) qarzlari (kreditlari) hisobidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro moliya institutlari (XMI) — Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan hamda davlatlararo bitimlar asosida tashkil etilgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) — xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, davlat banklari va rivojlanish jamgʻarmalari hamda eksport-import agentliklari va xorijiy tijorat banklari;
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) — ijro etuvchi agentlikning loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholovchi kollegial organi. Agar TITK boʻlmasa, uning funksiyalari ushbu Nizomga muvofiq ijro etuvchi agentlik tomonidan tashkil etilgan kollegial organ tomonidan amalga oshiriladi;
imzolovchi — XMI/XHMT bilan moliyaviy yoki qarz bitim imzolashga vakolatli vazirlik, idora yoki tashkilotlarning rahbari yoki rahbar oʻrinbosari;
hamkorlik strategiyasi (dasturi) — hamkorlik, moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlashning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan, muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasining XMI/XHMT bilan hamkorligining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi XMI/XHMT dasturi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
bitimlar — Oʻzbekiston Respublikasi/Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida XMI/XHMT bilan imzolanadigan qarz (moliya) va loyiha bitimlari, shuningdek, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar, moliyaviy kelishuvlar, subsidiar bitimlar, tashqi begʻaraz koʻmak bitimlari, huquq va talablarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimlar;
loyihani tayyorlash uchun avans — XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash uchun taqdim etilgan XMI/XHMT qarz mablagʻlari;
xarid agenti — XMI/XHMT xarid tamoyillari va qoidalariga muvofiq xaridlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan kompaniya (tashkilot). Xarid agentlari tanlov usullari, XMI/XHMT xarid tamoyillari va qoidalariga muvofiq tanlanishi mumkin;
loyihani baholash hujjati (LBH) — texnik, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, operatsion, institutsional parametrlar va maqsadli natijalarni baholovchi, XMI/XHMT metodologiyasi asosida tayyorlangan hamda XMI/XHMT ishtirokidagi loyihaning prognoz parametrlarini belgilovchi loyihaoldi hujjat;
qarz muzokaralari — Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli vakillari va XMI/XHMT oʻrtasida moliyaviy hamda loyiha bitimlari loyihalari, XMI/XHMT tomonidan taqdim etiladigan moliyalashtirish shartlari va LBH kelishiladigan muzokaralar;
xarid qilish rejasi — sotib olinadigan shartnoma paketlarining qisqacha tavsifi, qoʻllash nazarda tutilgan xarid qilish usullari roʻyxati, xarajatlar smetalari, ishlarni bajarish jadvallari. Loyiha boʻyicha xaridning dastlabki rejasi loyihani amalga oshirishning kamida dastlabki oʻn sakkiz oyini hisobga olgan holda tayyorlanishi va qarz muzokaralari davomida XMI/XHMT bilan kelishilgan boʻlishi va zarur hollarda, hukumat va XMI/XHMT oʻrtasidagi moliyalashtirish shartnomalariga muvofiq yangilanishi kerak;
xaridlar — bu xaridga boʻlgan ehtiyojni aniqlashdan boshlanadigan va xarid rejasini ishlab chiqish, uning oʻziga xos xususiyatlarini (talablarni) belgilash, loyiha uchun ajratilgan mablagʻlar hajmini koʻrib chiqish, ishtirokchini tanlash, gʻolib ishtirokchi bilan shartnoma tuzish va shartnomani boshqarish bilan davom etadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni olish uchun oldindan xaridlarni oʻz ichiga olgan jarayon. Kafolat muddatining oxirgi sanasi xarid jarayoni tugagan sana hisoblanadi;
oldindan xarid — XMI/XHMT bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim imzolangunga qadar tovarlar, ishlar va (yoki) xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tanlash uchun amalga oshiriladigan xaridlar;
ijro etuvchi agentlik — XMI/XHMT ishtirokida loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari, budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar;
loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG) — ijro etuvchi agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va XMI/XHMT bilan tuzilgan bitimlar shartlariga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun tashkil etiladigan boʻlinma (tashkilot);
Hukumat komissiyasi — Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi;
XMI/XHMT xarid tamoyillari va qoidalari — loyiha doirasida ishlar, tovarlar va xizmatlar xaridini tashkil etish va amalga oshirish uchun XMI/XHMT qoidalari va talablari koʻrsatilgan, XMI/XHMT tomonidan tasdiqlangan prinsiplar va qoidalar toʻplami;
loyiha hujjatlari — loyihaning tasdiqlangan baholovchi hujjatlari asosida ishlab chiqilgan meʼmoriy, qurilish va shaharsozlik, texnik yechimlar va qurilishning taxminiy narxini oʻz ichiga olgan hujjatlar;
retroaktiv moliyalashtirish — qarz oluvchi (ijro etuvchi agentlik), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar (Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan hollarda) hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qarz bitimi kuchga kirgunga qadar amalga oshirilgan va XMI/XHMT bilan kelishilgan xarajatlarni qoplash vositasi. Retroaktiv moliyalashtirishni talab qiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar XMI/XHMT xarid siyosati va tartib-qoidalariga muvofiq xarid qilinishi kerak;
loyihani boshqarish qoʻllanmasi (LBQ) — loyihani amalga oshirish qoidalari, usullari, tavsiyalari va tartiblarini belgilaydigan hujjat, shu jumladan:
loyihaning batafsil tavsifi va uni amalga oshirish tartibi;
loyihani monitoring qilish, baholash, hisobot berish va boshqarish tartiblari;
loyiha doirasida mablagʻ ajratish, moliyaviy boshqaruv, audit va xaridlarni amalga oshirish tartibi;
texnik yordam — XMI/XHMT yoki boshqa donorlar tomonidan tajriba-qurilish ishlari, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maslahat xizmatlarini koʻrsatish, asbob-uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish va boshqa maqsadlar uchun tovarlar, ishlar, xizmatlar va (yoki) moliyaviy koʻrinishida taqdim etiladigan maqsadli grant mablagʻlari;
eslatma yozuvi, memorandum va bayonnoma — XMI/XHMT tomonidan tayyorgarlik va baholash missiyalari yakunlari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar;
favqulodda vaziyat — keng koʻlamda insoniy, moddiy, iqtisodiy va ekologik yoʻqotishlarga olib keluvchi potensial tabiiy hodisalar, sogʻliqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi favqulodda vaziyatlar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, mojarodan keyingi vaziyatlar bilan bogʻliq kutilmagan holatlar.
2-bob. XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalarini (dasturlarini) shakllantirish tartibi
3. Hamkorlik strategiyalari (dasturlari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda XMI/XHMT tomonidan qabul qilinadi hamda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy sektor, infratuzilma va kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini qamrab oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalari va investitsiya dasturlari boʻyicha tashabbus bildirish, tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonida davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun javob beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
5. Ijro etuvchi agentliklar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga har yili 1-martdan kechiktirmasdan XMI/XHMT bilan birgalikda hamkorlik strategiyalari (dasturlari) doirasida ishlab chiqilayotgan, imzolangan, amalga oshirilayotgan va amalga oshirilgan loyihalar holati toʻgʻrisidagi jamlanma hisobotni oʻz vaqtida taqdim etish uchun javobgar hisoblanadi.
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 15-aprelga qadar taqdim qilingan hisobotlar asosida loyihalar doirasida kompleks oʻrganish oʻtkazadi va tizimli muammolar hamda loyihalarni jadallashtirish yuzasidan tegishli takliflarni Hukumat komissiyasiga qaror qabul qilish uchun kiritadi.
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vazirlik va idoralar talabiga binoan XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalariga (dasturlariga) kiritish va muhokama qilish uchun ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantiradi.
3-bob. XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini shakllantirish tartibi
8. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish vazirlik va idoraning tasdiqlangan rivojlantirish strategiyasi asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
9. Har yili 1-mayga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi taraqqiyot va amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi milliy strategiyada belgilangan ustuvor maqsad va vazifalardan kelib chiqib, kelgusi uch yilga davlat tashqi qarzi hisobidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yillik limitlar boʻyicha prognozlar va ustuvor yoʻnalishlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tegishli vazirlik va idoralarga loyiha konsepsiyalarini taqdim etish boʻyicha soʻrovni har yili 5-mayga qadar yuboradi.
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har yili 15-avgustga qadar yillik limitlar boʻyicha prognozlar va ustuvor yoʻnalishlar doirasida tegishli vazirlik va idoralardan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq loyiha konsepsiyasining (dastlabki loyihani baholovchi hujjatlar) tuzilishiga koʻra loyiha konsepsiyalarini qabul qiladi. Kelib tushgan loyiha konsepsiyalari vazirlikning rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilinadi va oʻn kun davomida jamoatchilik muhokamasi oʻtkaziladi.
12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyiha konsepsiyalarini birgalikda jamoatchilik muhokamasida bildirilgan fikrlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqib, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq loyiha konsepsiyalarini ustuvorlik boʻyicha baholash mezonlariga asosan jamlanma loyihalar roʻyxatini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga har yili 30-sentabrgacha qoʻshma xulosasi orqali taqdim etadi. Bunda:
loyihalarning umumiy qiymati uch yillik prognoz limitlar hajmidan oshmaydi;
loyihalarning taraqqiyot va amalga oshirilayotgan islohotlar asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi milliy strategiyada belgilangan maqsadlarga mosligi, loyihaning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
13. Amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma roʻyxati Hukumat komissiyasi tomonidan har yili 1-dekabrga qadar tasdiqlanadi.
Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan loyihalarning jamlanma roʻyxati navbatdagi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyxatini aks etuvchi ilovasiga kiritiladi.
Jamlanma roʻyxatga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq loyihani baholash hujjati tuzilishiga asosan yagona LBH ishlab chiqiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar dasturiga kiritilgan davlat qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxatiga oʻzgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoʻshma xulosasi asosida Hukumat komissiyasi tomonidan kiritiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoʻshma xulosasi mavjud boʻlmagan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar dasturiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklaridan biri ijobiy xulosa taqdim qilmagan hollarda, ijro etuvchi agentlik tomonidan Hukumat komissiyasiga axborot beriladi.
15. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki tegishli XMIda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan boshqaruvchi yoki uning oʻrinbosari Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun XMI/XHMTga soʻrovnoma yuboradi.
Konsepsiyasi tasdiqlanmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun XMI/XHMTga soʻrovnoma Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
16. LBH ishlab chiqish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ijro etuvchi agentlik bilan birgalikda XMI/XHMT tayyorgarlik va baholash missiyalarini tashkil etish uchun javobgar hisoblanadi.
Tayyorgarlik va baholash missiyalari doirasida ijro etuvchi agentlik XMI/XHMT talabiga binoan kerakli maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi. Agar soʻralgan maʼlumotlar maxfiy boʻlsa, ijro etuvchi agentlik XMI/XHMT bilan maxfiylik shartnomasini imzolaydi.
ijro etuvchi agentlik rahbari yoki uning vakolatli vakili investitsiya loyihasi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan birgalikda barcha XMI/XHMT missiyalarida majburiy tarzda qatnashadi, missiyalar yakunlari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar yuzasidan oʻz xulosalari va tavsiyalarini (eslatma yozuvi, memorandum, bayonnoma) uch ish kuni ichida taqdim etadi.
XMI/XHMT tomonidan tayyorgarlik va baholash missiyalari yakunlari boʻyicha tayyorlangan hujjatlarga (eslatma yozuvi, memorandum, bayonnoma) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sharhlar taqdim etilmagan hollarda, ushbu hujjatlar oʻn ish kunidan keyin tasdiqlangan (qabul qilingan) hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
17. XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarning tayyorlanishi, baholanishi va amalga oshirilishi ustidan nazorat ijro etuvchi agentlik rahbari, zarurat boʻlganda manfaatdor vazirliklar, idoralar, TITK, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari ekspertlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
LBHda qayd qilingan texnik-texnologik yechimlar va qiymat parametrlari boʻyicha ijro etuvchi agentligi, TITK va loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan loyiha instituti javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
18. Loyihani tayyorlash XMI/XHMTning tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari, avans qarz mablagʻlari, ijro etuvchi agentlikning oʻz mablagʻlari, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda) hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Agar XMI/XHMT loyihani tayyorlash uchun texnik yordam mablagʻlarini ajratsa, ijro etuvchi agentlik texnik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni yoki XMI/XHMT qoidalari va tartiblarida nazarda tutilgan boshqa shunga oʻxshash hujjatni imzolaydi va hujjat nusxasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga roʻyxatga olish uchun yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
Ijro etuvchi agentliklar loyihani tayyorlash uchun avans yoki retroaktiv moliyalashtirish usulini tanlagan holda ruxsat etilgan xarajatlar qiymati va roʻyxati XMI/XHMT, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishiladi. XMI/XHMT qoidalari gʻaznachilik hisobvaraqlaridan foydalanishni nazarda tutmagan hollarda ijro etuvchi agentliklarga XMI/XHMT uchun maqbul boʻlgan tijorat bankida loyiha maqsadlari uchun maxsus hisobvaraqlarini ochishga ruxsat beriladi. LBHni ishlab chiqish ijro etuvchi agentlik tomonidan XMI/XHMT bilan birgalikda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. LBH ijro etuvchi agentlikning TITK tomonidan tasdiqlanishi shart.
Loyihaning dastlabki qiymati qurilishning taxminiy qiymati, tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) xarid qilish xarajatlari, shuningdek, loyihani tayyorlash va amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, shu jumladan, XMI/XHMT metodologiyasiga muvofiq jismoniy va (yoki) narx oʻzgarishi xarajatlarini qoplash uchun zaxira yaratish asosida shakllantiriladi.
LBHda koʻzda tutilgan zaxira miqdori XMI/XHMT tomonidan qoʻllaniladigan metodologiyaga muvofiq shakllantiriladi va qurilish ishlarining hajmini yoki xarid qilingan tovarlar miqdorini yoki tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) haqiqiy qiymatini oʻzgartirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi.
19. Jalb qilingan qarz mablagʻlarining 80 foizidan ortigʻi tijorat banklari yoki boshqa moliya tashkilotlari orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalarini taqdim etishga, shuningdek, institutsional rivojlanish loyihalari (budjetni qoʻllab-quvvatlash loyihalari), natijaga asoslangan moliyalashtirish instrumenti orqali jalb qilinadigan loyihalar va dastur uchun LBH talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
20. LBHni ishlab chiqish bilan bir qatorda ijro etuvchi agentligi tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari, avans qarz mablagʻlari, retroaktiv moliyalashtirish, ijro etuvchi agentlikning oʻz mablagʻlari yoki ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda) hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan loyiha-smeta, xarid hujjatlari va atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza (ATTA) loyihasini tayyorlashi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Bunda ATTA Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
21. LBHni koʻrib chiqish va baholash Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bir vaqtning oʻzida yigirma besh ish kuni muddatda amalga oshiriladi. Bunda:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — loyihani amalga oshirish iqtisodiy maqsadga, tasdiqlangan investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlariga, texnik iqtisodiy yechimlar, natijalar matritsasi hamda XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasiga (dasturiga) muvofiqligini baholaydi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi — jalb etilayotgan qarz mablagʻlarini toʻlash uchun mablagʻ manbalarini aniqlash, shuningdek, nazarda tutilgan budjet mablagʻlarini qoʻshimcha soliq va bojxona imtiyozlarini berish maqsadga muvofiqligi va hajmlari boʻyicha ekspertizadan oʻtkazadi.
Bunda:
LBHni texnik-texnologik yechimlar, uskunalar narxlari, qurilish qiymati, moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi boʻyicha belgilangan muddat ichida ekspertizadan oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan jalb etilishi mumkin.
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar boʻyicha ishlar, tovarlar va xizmatlar uchun narxlar ushbu maqsadlar uchun qoʻllaniladigan XMI/XHMT metodologiyasiga muvofiq LBHda aniqlanadi.
Ijro etuvchi agentligi XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida LBH, LBHni tayyorlash va tovarlar, ishlar va xizmatlar narxlarini aniqlash uchun XMI/XHMTga maqbul boʻlgan loyihalash tashkilotlari va konsalting kompaniyalarini jalb qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
22. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining LBH boʻyicha xulosalari va LBH Hukumat komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritiladi hamda loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish uchun asos boʻladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
23. Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi sharhlari/mulohazalarini hisobga olgan yakuniy LBH Hukumat komissiyasi yigʻilishining bayoni bilan tasdiqlanadi.
Loyihaning tasdiqlangan LBHsi har bir betida LBH tasdiqlangan Hukumat komissiyasi bayoni raqami va sanasi hamda Vazirlar Mahkamasining shtempeli bilan majburiy belgi qoʻyiladi.
24. Tasdiqlangan LBH va XMI/XHMT bilan Qarz bitimi imzolanishi investitsiya loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining tashqi davlat qarzi jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarning manzilli roʻyxatiga kiritish uchun asos boʻladi.
25. LBHda jalb etilayotgan qarz (kredit)ni budjet ajratmalari hisobidan soʻndirishni koʻzda tutgan holda, tasdiqlangan LBHning bir nusxasi ijro etuvchi agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga beriladi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilmagan XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarori asosida amalga oshiriladi.
4-bob. Loyihani amalga oshirishda ijro etuvchi agentlikning huquqlari va majburiyatlari
27. Loyihalarning oʻz vaqtida va samarali tayyorlanishini va amalga oshirilishini taʼminlash ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinmaga va/yoki LAOGga yuklatilishi mumkin.
XMI/XHMT bilan imzolanadigan bitimlarda loyihani amalga oshirish maqsadida LAOG tashkil etish, belgilangan hollarda ijro etuvchi agentligi tarkibida alohida yuridik shaxs yoki boʻlinma sifatida LAOG tashkil qilinishi mumkin.
28. Bir xil turdagi loyihalarni (maqsadlari, vazifalari, mavzusi, tarkibi, moliyalashtirish manbalari va boshqalar boʻyicha oʻxshash) amalga oshirish uchun XMI/XHMT bilan kelishilgan holda birlashtirilgan LAOG tashkil qilinishi mumkin. Bitta XMI/XHMT tomonidan moliyalashtiriladigan loyihani amalga oshirish funksiyalari ham joriy ishlar hajmidan kelib chiqib mavjud LAOGga yuklanishi mumkin.
29. LAOG faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va LAOGning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish;
loyihaning qarz va moliyaviy bitimlar hamda LBHga muvofiq amalga oshirilishini, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishini taʼminlash;
shartnomalar monitoringi va ijrosini, moliyaviy va boshqa resurslardan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash;
oʻz vakolatlari doirasida XMI/XHMT ishtirokida amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha XMI/XHMT bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
XMI/XHMT bilan kelishilgan shakl va tarkib boʻyicha hisobot va maʼlumotlarni soʻrov boʻyicha taqdim etish.
31. Yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG quyidagi huquqlarga ega:
maslahatchi sifatida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
loyihani amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda axborot olish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
loyihalarni amalga oshirishdagi muammoli masalalarni aniqlash va ularni hal etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, XMI/XHMT va boshqa ijro etuvchi agentlik vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish va oʻtkazish.
Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
32. Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG quyidagi majburiyatlarga ega:
moliya bitimlari talablariga, XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga rioya etish. Agar XMI/XHMT tartib-taomillarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, unda XMI/XHMT tartib-taomillari qoʻllaniladi;
ijro etuvchi agentlikning loyiha maqsadlariga zid boʻlmagan farmoyishlari, buyruqlari, qarorlari, topshiriqlarini bajarish;
jalb etilgan maslahatchilar, yuqori malakali mutaxassislar ishiga koʻmaklashish va muvofiqlashtirish;
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini saqlash;
belgilangan tartibda ish yuritish, loyihani amalga oshirish va yakunlash bilan bogʻliq hujjatlarni saqlash, loyiha tugagandan soʻng esa hujjatlarni belgilangan tartibda saqlash uchun ijro etuvchi agentlikka topshirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi.
Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
33. Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG oʻziga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, loyihani amalga oshirish masalalariga oid tayyorlangan hujjatlar va boshqa maʼlumotlarning ishonchliligi va sifati uchun javobgardir.
34. Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG har oy Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga loyihaning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan holat va masalalarni batafsil tavsiflovchi ishlarning borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ularni hal qilish boʻyicha takliflarni, shuningdek, hisobotlar va boshqa kerakli maʼlumotlarni taqdim etadi.
35. Ijro etuvchi agentlikning rahbari loyihani boshqarish qoʻllanmasini, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOGning samarali ishlashini taʼminlash uchun javobgardir.
36. Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG xodimlari ish samaradorligini baholash natijalari asosida ishdan boʻshatilishi mumkin.
Bunda LAOGning asosiy xodimlari (menejer, xaridlar, moliyaviy boshqaruv boʻyicha xodimlar) bilan shartnomani bekor qilish holatlari toʻgʻrisida (sabablarini tegishli tushuntirish bilan) ushbu shartnomani bekor qilish sanasidan ikki hafta oldin XMI/XHMT va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga xabar berilishi kerak.
37. Ijro etuvchi agentlik tarkibidagi boʻlinma va/yoki LAOG xodimlarining ish samaradorligini baholash har chorakda Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan XMI/XHMT bilan kelishilgan hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
38. LAOGlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ loyiha ofisi, Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi hamda Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi rahbari lavozimiga nomzodlarni tayinlash va ularni lavozimdan ozod etish Hukumat komissiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
5-bob. Loyiha boʻyicha qarz muzokaralarini oʻtkazish, bitimlarni imzolash va mablagʻlar ajratish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.08.00 Maxsus vakillar. Xalqaro konferensiyadagi delegatsiyalar]
39. Loyiha boʻyicha muzokaralar oʻtkazish yoki moliyaviy shartlarni muhokama qilish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasini shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi nomidan XMI/XHMT nomiga qarz boʻyicha muzokara oʻtkazish muddatlari, delegatsiya tarkibi va vakolatlari maqbulligi toʻgʻrisida xat yuboradi.
Ijro etuvchi agentlik rahbari yoki vakolatli oʻrinbosari qarz boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun delegatsiya rahbari sifatida tayinlanadi.
Delegatsiya rahbari muzokaralar bayonnomasini, XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq boshqa hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — loyiha boʻyicha hujjatlar) imzolash vakolatiga ega. Muzokaralar bayonnomasi muzokaralarning soʻnggi kunida ikki tomonlama imzolanadi.
Ijro etuvchi agentlik qarz muzokaralari bayonnomasini imzolashidan oldin vakolatli ekspertiza organlari bilan LBH kelishib olinishini taʼminlaydi.
Agar XMI/XHMT qoidalariga muvofiq qarz boʻyicha muzokaralarni oʻtkazishdan oldin moliyaviy shartlarning maqbulligi toʻgʻrisidagi shaklni yoki XMI/XHMT kreditlarini taqdim etish shartlariga oid boshqa hujjatlarni yuborish talab etilsa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi XMI/XHMTdan tegishli shakllarni olgandan keyin uch kun ichida shartlarni qabul qilish toʻgʻrisida xulosa yuboradi va (yoki) imzo chekuvchilar tomonidan tegishli shakllarni imzolanishida amaliy yordam koʻrsatadi.
40. Bitimlar Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bergan vakolatga muvofiq belgilangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Qarz bitimlarini imzolash uchun qoʻshimcha ravishda Hukumat qarori talab qilinmaydi.
41. Qarz bitimi XMI/XHMT tamoyillari va qoidalariga muvofiq imzolanadi.
Masʼul vazirliklar va idoralar oʻn kun ichida bitim loyihalari boʻyicha eʼtirozlarini va (yoki) ijobiy xulosalarini taqdim etadilar. Bitim loyihalarining yakuniy matnlari XMI/XHMT bilan muzokaralar yakunlari boʻyicha shakllantiriladi.
42. Ijro etuvchi agentlik XMI/XHMT bilan loyihalarni amalga oshirish doirasida ijro etuvchi agentlik nomidan bitimlar, shartnomalar va boshqa hujjatlarni oʻz vaqtida imzolash uchun javobgardir.
43. Ijro etuvchi agentlik yer uchastkalarini olib qoʻyish, uylarni, boshqa qurilishlarni, inshootlarni yoki koʻchatlarni buzish, korrupsiyaga qarshi kurashish va shartnomalarda koʻrsatilgan boshqa masalalar boʻyicha kompensatsiya toʻlash boʻyicha XMI/XHMT tamoyillariga va qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi.
44. Agar loyihada qayta kreditlash toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi nazarda tutilgan boʻlsa, ijro etuvchi agentlik uning tayyorlanishini va zarur boʻlsa, uni imzolashdan oldin XMI/XHMT bilan kelishilishini taʼminlaydi.
45. Ijro etuvchi agentlik imzolangan bitimlar doirasida barcha majburiyatlarni toʻliq qabul qiladi va qabul qilingan barcha majburiyatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
46. Ijro etuvchi agentlik, shuningdek, rahbari shartnomani imzolagan vazirlik, idora yoki tashkilot, agar qarz bitimida boshqacha kelishilmagan boʻlsa, shartnoma imzolanganidan keyin toʻqson kun ichida uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha shartlarning bajarilishini taʼminlaydi. Shartnoma kuchga kirish muddatlarining keyingi uzaytirilishi ijro etuvchi agentlik soʻroviga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan XMI/XHMTga joriy muddatlar tugashidan kamida ikki hafta oldin taqdim etilishi kerak.
47. Qarz va moliyaviy bitimlari, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim, loyiha bitimi, subsidiar shartnoma, huquq va talablarni topshirish toʻgʻrisidagi shartnoma, xat-bitimlar, davlat kafolatlari boʻyicha, shuningdek, kuchga kirishi uchun yuridik xulosa shart boʻlgan boshqa bitimlar boʻyicha yuridik xulosalar Adliya vazirligi tomonidan taqdim etiladi.
Adliya vazirligi ijro etuvchi agentlikning soʻrovi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng Hukumatning loyiha boʻyicha alohida normativ-huquqiy hujjatisiz ikki hafta muddatda yuridik xulosa beradi.
48. Ijro etuvchi agentlik yuridik xulosa olingan kundan boshlab bir hafta ichida shartnomalarning imzolangan nusxalari va tegishli huquqiy xulosalarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
49. XMI/XHMT hisobvaragʻidan qarz (kredit) mablagʻlarini yechish maqsadida ijro etuvchi agentlik XMI/XHMT hisobvaragʻidan qarz (kredit) mablagʻlarini yechish uchun vakolatli shaxslarning imzo namunalarini XMI/XHMT tomonidan tasdiqlangan shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
50. Agar loyihada qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash koʻzda tutilgan boʻlsa, ijro etuvchi agentlik zarurat tugʻilganida, XMI/XHMT bilan kelishishni taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
51. XMI/XHMT qarz mablagʻlarini olish uchun arizalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli arizalarni imzolash vakolati berilgan shaxslar tomonidan rasmiylashtiriladi.
6-bob. Xarid qilish tartibi
52. Xarid qilish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi va XMI/XHMT oʻrtasida imzolangan tegishli bitimlar bilan tartibga solinadi. Xaridning aniq usullari va tartiblarini tavsiflovchi amaldagi qoidalar yoki xarid boʻyicha qoʻllanmalar bitimlarda belgilangan tartibda koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
53. XMI/XHMT xarid qilish tartib-taomillarining shartlari va talablari milliy qonunchilik, qoidalar va tartib-taomillardan, agar ular oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelsa, ustun turadi.
54. Ijro etuvchi agentlik loyihalar doirasida xarid agentlarining ishtirokiga qaramay, xaridlarni amalga oshirish va texnik qarorlar qabul qilish uchun javobgardir. Xarid agentlari barcha masala boʻyicha qarorlarni ijro etuvchi agentlik bilan kelishadi va unga hisobot beradi.
55. Mahalliy nazorat organlari tomonidan oʻtkaziladigan har qanday audit XMI/XHMT xarid talablarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
56. Mahalliy korxonalar toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlarni amalga oshirish nazarda tutilgan, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha xorijiy valyuta olish huquqiga ega.
57. XMI/XHMT tartib-taomillarida moliyaviy bitimni imzolashdan oldin va/yoki keyin xaridni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, ijro etuvchi agentlik xaridlar rejasini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishgan holda xaridlarni amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
58. Xarid tartib-taomillariga rioya etilishi, xarid ishtirokchilari takliflarini xolis baholash va belgilangan mezonlarga muvofiqligini taʼminlash ijro etuvchi agentligining birinchi rahbari zimmasiga shaxsan yuklatiladi.
59. Xaridlar qatnashchilarining takliflarini baholash maqsadida ijro etuvchi agentlik rahbarining buyrugʻiga muvofiq baholash guruhi aʼzolarining (aʼzolar soni toq va kamida 5 nafar boʻlgan) roʻyxati tasdiqlanadi.
Baholash guruhi tarkibiga majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari va loyiha doirasida jalb etilgan xaridlar boʻyicha xalqaro maslahatchi kiritiladi.
Baholash guruhining baholash natijalari boʻyicha hisobotlari ijro etuvchi agentlik rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Xarid natijalari XMI/XHMT bilan kelishilib, takliflarni baholash natijalari uch kun ichida ijro etuvchi agentlik tomonidan maxsus portallarda hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rasmiy saytida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
60. Oʻtkazilgan xaridlar tartib-taomillari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar ekspertizadan oʻtkazilmasdan, keyinchalik monitoring qilish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida hisobga olingan sanadan kuchga kiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
61. Ijro etuvchi agentlik shartnomalar tuzilgan sanadan boshlab ikki kun ichida ularni hisobga olish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi elektron portalida roʻyxatga qoʻyadi.
Tuzilgan shartnomalarga qoʻshimcha shartnomalar qaytadan xarid tartib-taomillarini amalga oshirmasdan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda hamda XMI/XHMT roziligi bilan quyidagi hollarda tuziladi:
shartnoma shartlarida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar kiritilganda;
ishlar hajmi va (yoki) kontrakt qiymati tuzilgan dastlabki shartnoma umumiy hajmi va (yoki) umumiy qiymatining 15 foizidan oshmagan miqdorda oʻzgarganda.
Tuzilgan shartnomalarga qoʻshimcha shartnomalar monitoring oʻtkazish maqsadlarida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi elektron portalida roʻyxatga qoʻyiladi.
62. Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan xarid tartib-taomillari XMI/XHMT grant mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi xaridlarga nisbatan joriy etiladi.
63. Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan xaridlar tartib-taomillari XMI/XHMT mablagʻlarini qayta moliyalashtirayotgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan benefitsiar tanlaydigan loyihalar doirasidagi xaridlarga qoʻllanmaydi.
7-bob. XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni monitoring qilish tartibi
64. Ishlab chiqilayotgan, amalga oshirilayotgan va tugallangan loyihalar ustidan monitoring olib borilishi lozim.
Bunda loyiha monitoringi bu — axborotni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va hisobot berish jarayoni, shu jumladan, loyihaning jismoniy va moliyaviy rivojlanishini kuzatish hisoblanadi. Monitoringni tashkil etish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vazirliklar, idoralar, xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalari mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Monitoring bilan bogʻliq tadbirlar loyihani boshqarish boʻyicha qoʻllanmada aks ettirilgan, tomonlar tomonidan kelishilgan boʻlishi va (yoki) Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi talabiga binoan amalga oshirilishi kerak.
65. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi va maqsadli natijalarga erishishni taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlari, investitsiya jarayonining boshqa ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida hal etish uchun ularning javobgarligini oshirish;
barcha bosqichlarda loyihalarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan masalalarni aniqlash va oʻrganish hamda ularni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
loyihalarni muvaffaqiyatli va oʻz vaqtida amalga oshirish va moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrish;
XMI/XHMT oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashda koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
66. Monitoring Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan quyidagilarni tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladi:
loyihani boshqarish boʻyicha qoʻllanma, xarid rejalari, tarmoq jadvallari, natijalar matritsasi va boshqa loyiha hujjatlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ijro etuvchi agentliklar tomonidan taqdim etiladigan loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash masalalari boʻyicha axborot.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
67. Loyihalar amalga oshirilishining yigʻma tahlili, shuningdek, qoʻshimcha tahliliy maʼlumotlari asosida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
tendensiyalarni oʻrganadi, loyihalarni amalga oshirishdagi toʻsiqlarni aniqlaydi, imtiyozlar va preferensiyalar tizimining samaradorligini tahlil qiladi;
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan hukumat qarorlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida muammoli masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash va amalga oshirishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
XMI/XHMT bilan muntazam ravishda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holatini, shu jumladan, ularni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qiladi.
68. Monitoring natijalari har chorakda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Hukumat komissiyasiga kiritiladi.
8-bob. Loyihani yakunlash tartibi
69. Ijro etuvchi agentlik loyiha yakunlangan sanadan boshlab bir yil ichida loyiha yakunlangani toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi hamda hisobotni XMI/XHMTga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
70. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyiha boʻyicha bajarilgan chora-tadbirlarni oʻrganish uchun, shu jumladan, boshqa vazirlik, idora va loyiha institutlaridan jalb etilgan mutaxassislarni yuboradi va oʻrganish natijalari boʻyicha ijro etuvchi agentlikka loyiha yakunlangani toʻgʻrisidagi hisobotga xulosa beradi hamda natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
71. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 1-dekabrgacha foydalanishga topshirilgan loyihalar ichidan postmonitoring oʻtkaziladigan loyihalar roʻyxati, postmonitoring oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar vakillari, muddati, maqsadli koʻrsatkichlari, baholash uslubi va boshqa talablarni Hukumat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
72. XMI/XHMT tomonidan loyihani amalga oshirish natijalarini mustaqil baholashda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ijro etuvchi agentlik xodimlari mustaqil baholash boʻyicha missiyani qoʻllab-quvvatlaydilar va uning ishida bevosita ishtirok etadilar.
73. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya loyihasi amalga oshirilganidan keyin 5 yildan kechikmasdan loyihaning maqsadli koʻrsatkichlarini baholab boradi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilmaganligining sabablarini tahlil qiladi.
9-bob. Tasdiqlangan loyihalarga oʻzgartirish (qoʻshimcha)lar kiritish tartibi
74. Loyihalar boʻyicha tasdiqlangan LBHga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish quyidagi hollarda Hukumat komissiyasi qaroriga asosan amalga oshiriladi:
loyihani amalga oshirish uchun jalb qilingan kreditlar va boshqa moliyaviy mablagʻlarga xizmat koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash parametrlarining oʻzgarishi;
loyihani moliyalashtirish manbalariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi;
loyihaning asosiy parametrlari yoki asosiy texnik va texnologik yechimlarining oʻzgarishi;
loyiha qiymatining tasdiqlangan loyiha parametrlariga nisbatan 20 foizdan koʻproq oshishi.
Loyihalar boʻyicha LBHga quyidagi hollarda oʻzgartirishlar kiritilmaydi:
loyihalarni amalga oshirish yakunlari boʻyicha;
loyiha nomini oʻzgartirish maqsadida;
loyiha qiymati pasayganda;
loyihaning moliyaviy xarajatlar miqdori, uni amalga oshirish muddatini uzaytirish yoki qarz mablagʻlarini taqdim etish shartlarini oʻzgartirish sababli loyiha qiymati 20 foizdan oshganda;
loyihaning umumiy qiymatini oʻzgartirmasdan loyiha tarkibiy qismlarining yoki xarajatlar toifalari, loyiha tarkibiy qismlarini moliyalashtirish manbalari va ulushi oʻzgargan taqdirda, shuningdek, loyiha tarkibiy qismlari yoki xarajatlar toifalari oʻrtasida qayta taqsimlanganda, loyihadagi iqtisod qilingan mablagʻlardan foydalanilganda.
75. Ijro etuvchi agentlikka loyihaning LBH va LBQda taqdim etilgan xarajatlar parametrlari va texnik va texnologik yechimlar uchun javobgarlik yuklanadi.
76. Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini uzaytirish (qarzlarni qaytarish), xarajatlar toifalari, loyiha tarkibiy qismlari oʻrtasida qayta taqsimlash, loyiha boʻyicha tejalgan mablagʻlardan foydalanish, foydalanilmagan qarz mablagʻlarini bekor qilish, loyiha hujjatlari va moliyaviy bitimlarga oʻzgartirishlar kiritish masalalarini hal qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ijro etuvchi agentlik xat bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga, shu jumladan, narxlar va xarajatlar koʻrsatilgan barcha batafsil maʼlumotlarni, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — loyihani amalga oshirish muddatini uzaytirish hamda jalb qilingan kreditlarga xizmat koʻrsatish uchun toʻlangan mablagʻlar miqdoriga keyinchalik taʼsir koʻrsatadigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda takliflar kiritadi;
Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi ijro etuvchi agentlikdan soʻrov kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa vazirlik va idoralar tomonidan ijro etuvchi agentlikning soʻrovi koʻrib chiqilishida yordam beradi;
agar tomonlarning ushbu masala boʻyicha pozitsiyalari bir-biriga mos keladigan boʻlsa, vakolatli vakil kelishuvlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan tegishli soʻrovnomani XMI/XHMTga yuboradi;
agar tomonlarning pozitsiyalari turlicha boʻlsa, ijro etuvchi agentlik masalani koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi;
Hukumat komissiyasi soʻrov kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida, agar ijro etuvchi agentlik taklifi maqbul boʻlsa, rozilik toʻgʻrisidagi tegishli rezolyutsiyani taqdim etadi va zarur hollarda imzo chekuvchi yoki Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga (XMI/XHMT talablariga muvofiq) XMI/XHMTga tegishli soʻrov yoʻllash toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Imzolovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihalari kelib tushgan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida loyiha boʻyicha kelishuvlarga va tegishli hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
77. Qarz bitimlariga, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarga, loyiha bitimiga, subsidiya bitimiga, huquq va talablarni delegatsiya qilish toʻgʻrisidagi bitimga, shuningdek, yuridik xulosa berish XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq shart boʻlgan boshqa bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi huquqiy xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, alohida Hukumat qarori talab qilinmasdan XMI/XHMT uchun maqbul boʻlgan shaklda imzo chekuvchi soʻrovnomasi asosida taqdim etiladi.
10-bob. Favqulodda vaziyatlar tartiblari
78. Ushbu tartiblar favqulodda vaziyatlarda operativ va moliyaviy tezkor javoblarni talab qiladigan va amalga oshiriladigan tashabbuslar va harakatlar toʻplamidir. Ular tadbirlarni tayyorlash, baholash, amalga oshirish va yakunlash, amalga oshirilayotgan operatsiyalar, dasturlar va favqulodda vaziyatlarga javob berish loyihalarining har qanday jihatini nazorat qilish va (yoki) qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha tadbirlarga nisbatan qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
79. Favqulodda vaziyatlar dasturlari va loyihalari yuqori ustuvorlikka ega boʻlgan moddiy boyliklarni tiklashni qoʻllab-quvvatlash va inson, moddiy, iqtisodiy va ekologik yoʻqotishlarga olib kelgan favqulodda vaziyatlar natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv faoliyatini tiklashni qoʻllab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish loyihalari, shuningdek, keng koʻlamli inson, moddiy, iqtisodiy va ekologik yoʻqotishlarni yumshatadigan va kelajakdagi favqulodda vaziyatlarga chidamliligini oshiradigan ofatlardan keyingi shoshilinch choralarni qoʻllab-quvvatlaydi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish davrida bajarilishi mumkin boʻlmagan uzoq muddatli taʼmirlash va tiklash tadbirlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan favqulodda yoki anʼanaviy investitsiya loyihalarini qoʻshimcha moliyalashtirish orqali qoʻllab-quvvatlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.10.00.00 Xalqaro xavfsizlik huquqi / 19.10.06.00 Favquloddagi vaziyatlar]
80. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha boshqaruv qoʻmitasi raisi va aʼzolari (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv qoʻmitasi) tasdiqlanadi. Boshqaruv qoʻmitasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
kundalik faoliyatni muvofiqlashtirish uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha masʼul vazirlik (idora)ni tayinlash;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va tabiiy ofatdan zarar koʻrgan sektorlar vakillarini tabiiy ofat oqibatlarini baholash boʻyicha qoʻshma guruhga (TOOBBQG) tayinlash;
favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zarar va yoʻqotishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari va dasturlarining jamlanma roʻyxatini, ularning taxminiy qiymatini va taklif etilayotgan moliyalashtirish manbalarini koʻrib chiqish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning yigʻma rejasini ishlab chiqishda tegishli rahbarlikni taʼminlash, shu jumladan:
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning konsolidatsiyalashgan rejasini (FABKR) tasdiqlash;
FABKRni moliyalashtirish bilan bogʻliq XMI/XHMT bilan kelishuvlarni tasdiqlash.
81. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish guruhi (FVBLAOG) Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va zarar koʻrgan sektorlar tarkibidagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun masʼul vazirlik (idora) tomonidan mavjud boʻlinmalardan maksimal darajada foydalanib, tezkor maʼlumotlarni toʻplashni, zararni, yoʻqotishlarni va ularning qiymatini baholashni, shuningdek, taklif etilayotgan xarid va amalga oshirish mexanizmlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
82. FVBLAOG tabiiy ofatlar oqibatlarini baholash guruhini (TOOBG) tashkil etadi, uning tarkibiga vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, jalb etilgan xalqaro va mahalliy mutaxassislar kiradi. TOOBG jamoasi favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi hisobotni, zarar koʻrgan tarmoqlar va hududlar boʻyicha zarar va yoʻqotishlarni batafsil baholash boʻyicha hisobotni tayyorlaydi va zarar va yoʻqotishlarning umumiy hajmini, shuningdek, tavsiya etilgan dasturlar va qayta tiklash (qayta qurish) loyihalari uchun xarajatlar smetasini umumlashtiruvchi xulosani shakllantiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
83. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi TOOBG xulosasini olgandan keyin bir hafta ichida baholaydi va Boshqaruv qoʻmitasiga yuboradi, shuningdek, ehtiyojlar yoki xarajatlar smetasi oʻzgargan taqdirda, har hafta Boshqaruv qoʻmitasiga yangilangan maʼlumotlarni taqdim etadi.
84. Boshqaruv qoʻmitasi taklif etilayotgan tiklanish va reabilitatsiya tadbirlarining dolzarbligini, ularning taxminiy narxini, shuningdek, moliyalashtirishning potensial manbalarini koʻrib chiqadi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali XMI/XHMT ishtirokining koʻlami va darajasi hamda moslashuvchan amalga oshirish tartib-qoidalarini qoʻllashni muvofiqlashtiradi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.10.00.00 Xalqaro xavfsizlik huquqi / 19.10.06.00 Favquloddagi vaziyatlar]
85. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda va uni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun XMI/XHMT bilan kelishilganidan soʻng favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun masʼul vazirlik (idora) XMI/XHMT bilan kelishilgan holda Boshqaruv qoʻmitasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasini taqdim etadi:
loyiha xarajatlari miqdori;
kerakli tovarlar, ishlar va xizmatlar hajmi va qiymatining taxminiy taqsimoti;
texnik-iqtisodiy parametrlar;
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi bitim loyihalari va shartnoma uchun taklif qilingan imzo chekuvchilar roʻyxati.
Qarz olish uchun XMI/XHMT arizalarini koʻrib chiqish jarayonida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun masʼul vazirlik (idora), shuningdek, ishtirok etuvchi tashkilot XMI/XHMT bilan loyihalarni xarid, ajratish va amalga oshirishning moslashuvchan mexanizmlarini muhokama qiladi va muvofiqlashtiradi. Ular, xususan, quyidagi dasturlarni oʻz ichiga olishi mumkin:
avans xaridlari, retroaktiv moliyalashtirish va ariza (takliflar)ni tayyorlashning moslashuvchan muddatlari;
xarid agentlari va loyihalarni boshqarish boʻyicha maslahatchilardan foydalanish;
tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi boʻyicha asosiy kelishuvlar va shartnomalar;
oldindan jalb qilingan va (yoki) dastlabki kvalifikatsiyadan oʻtgan malakali maslahatchilar, yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
odatda kam baholi, xatar darajasi past va murakkab boʻlmagan tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni taqdim etish uchun narxlarni taqqoslashga asoslangan kotirovkalardan foydalanish;
kichik ish hajmlarini bajarish uchun shartnomalar orqali jamoatchilik ishtirokini taʼminlash;
majburiy hisoblash — oʻz xodimlari va jihozlaridan foydalanadigan davlat idoralari (tashkilotlari) bilan shartnomalar tuzish.
Shartnomalar va xarajatlarni retroaktiv moliyalashtirish, shuningdek, kelishilgan davlat tiklash va xarajatlar dasturlarini moliyalashtirish uchun avans toʻlovlari XMI/XHMT tartiblariga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish loyihalari (qarzlari) uchun ishlatilishi mumkin.
86. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun masʼul vazirlik/idora XMI/XHMT bilan kelishilgan shartnomalarni imzolashni taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
87. Adliya vazirligi imzolangan shartnomalarni olgandan keyin bir hafta ichida huquqiy xulosalar beradi.
88. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun masʼul vazirlik (idora) imzolangan bitimlarni va ularga ilova qilingan huquqiy xulosalar Boshqaruv qoʻmitasiga yuborilishini taʼminlaydi.
89. Mazkur Nizomning 85 — 88-bandlarida keltirilgan jarayonlar bilan birga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun masʼul vazirlik (idora) va XMI/XHMT hisobot, monitoring va baholash hajmini muvofiqlashtiradi va loyihani boshqarish boʻyicha qoʻllanmani ishlab chiqadi hamda Boshqaruv qoʻmitasi tomonidan loyiha tasdiqlanganidan keyin bir oy ichida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlashga taqdim etiladi.
90. Loyihani amalga oshirish bosqichida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Boshqaruv qoʻmitasiga yigʻma konsolidatsiyalashgan oylik va choraklik hisobotlarni taqdim etadi, zarur hollarda, haftalik va oylik maʼlumotlarni yangilaydi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.10.00.00 Xalqaro xavfsizlik huquqi / 19.10.06.00 Favquloddagi vaziyatlar]
91. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish loyihalari doirasida tuzilgan barcha shartnomalar besh ish kuni ichida belgilangan tartibda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtish uchun taqdim etilishi kerak.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
92. XMI/XHMT missiyalari yoki vakillari uchrashuvlarining ish jadvallari ijro etuvchi agentlik tomonidan tuziladi va natijalar boʻyicha ijro etuvchi agentlik vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni ular bilan rejalashtirilgan uchrashuvlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
93. Agar XMI/XHMT missiyalar yoki vakillarining tashrifini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi budjeti hisobidan moliyalashtirilsa, uchrashuvlar va qabullar jadvali tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
94. Qarz bitimi, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi shartnoma, loyiha shartnomasi, subsidiar shartnoma, huquq va talablarni topshirish toʻgʻrisidagi shartnoma, xat-bitimlar va boshqa bitimlarni (keyingi oʻrinlarda — loyiha boʻyicha shartnomalar) imzolagan vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan loyiha boʻyicha shartnomaga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish toʻgʻrisida hujjatlarni imzolash vakolatiga ega.
95. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun loyihalarni (dasturlar) amalga oshirish boʻyicha barcha soʻrovlar, qarz muhokamalarida qatnashish uchun Hukumat delegatsiyasi tarkibini shakllantirish va ularni XMI/XHMTga taqdim etish hamda boshqa masalalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining vakolati hisoblanadi.
96. Xalqaro begʻaraz texnik yordam, grant va (yoki) loyihalarni moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq soliqlar, yigʻimlar va bojxona imtiyozlari qoʻllanadi. Mazkur imtiyozlar boʻyicha hisoblangan mablagʻlar summasi xalqaro hamkorlar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro qonunchilik oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan holatlarda xalqaro qonunchilik ustunlik qiladi, shuningdek, XMI/XHMT tomonidan imzolangan shartnomalar xalqaro shartnomalarga tenglashtiriladi va milliy qonunchilikdan ustun turadi.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar nomi
Masʼul ijrochilar
Muddatlar
1-bosqich
(Loyihani shakllantirish)
Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish
Ijro etuvchi agentlik
Zarur boʻlganda
Loyiha konsepsiyasini tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda — TITK) bilan kelishish
Ijro etuvchi agentlik
Soʻrov olingandan keyin 10 kun muddatda
Loyiha konsepsiyasini xalq deputatlari Kengashi bilan kelishish
Ijro etuvchi agentlik
Bir oy muddatda
Loyiha konsepsiyasining milliy va tarmoq ustuvorliklariga muvofiqligini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda baholash
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kiritilgan sanadan boshlab 20 kun muddatda
Istiqbolli deb topilgan loyiha konsepsiyasiga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xulosalari asosida tuzatish kiritish
Ijro etuvchi agentlik
Tavsiya berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda
Loyiha konsepsiyasini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma ekspertiza xulosasiga asosan Hukumat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ijobiy xulosa berilgan kun
Hukumat komissiyasi tomonidan loyiha konsepsiyasini koʻrib chiqish va tasdiqlash
Hukumat komissiyasi
Kiritilgan sanadan boshlab 15 ish kunida
2-bosqich
(Loyihaning baholovchi hujjatlarini tasdiqlash jarayoni)
Loyihani ishlab chiqish uchun Ijro etuvchi agentlikning vakolatli vakilini tayinlash va (yoki) LAOG shakllantirish (zarur boʻlgan holatda)
Ijro etuvchi agentlik
Oʻrnatilgan muddatda
LBH loyihasini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni XMI/XHMT bilan birgalikda tayyorlash
Ijro etuvchi agentlik,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Oʻrnatilgan muddatda
4-ilovaga muvofiq LBH loyihasini XMI/XHMT bilan birgalikda tayyorlash
Ijro etuvchi agentlik,
XMI/XHMT
Oʻrnatilgan muddatda
LBH loyihasini TITK bilan kelishish
Ijro etuvchi agentlik,
TITK
20 ish kunida
LBHni ekspertizadan oʻtkazish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(“Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK — zarur boʻlgan holatda)
25 ish kunida
LBH yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyaga asosan oʻzgartirilgan LBHni ekspertizaga qayta kiritish
Ijro etuvchi agentlik
30 ish kunida
Ekspertiza ijobiy xulosalariga asosan Hukumat komissiyasi tomonidan LBHni tasdiqlash
Hukumat komissiyasi
Kiritilgan sanadan boshlab 20 ish kunida
Davlat tashqi qarzi hisobidan imzolanadigan yangi loyihalar roʻyxatiga kiritish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Har yilning 1-dekabriga qadar
3-bosqich
(Qarz bitimini imzolash jarayoni)
Kredit shartnomasi shartlarini koʻrib chiqish, muzokaralar olib borish va XMI/XHMT bilan birgalikda bayon imzolash
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi
Oʻrnatilgan muddatda
XMI/HXMT direktorlar Kengashi tomonidan loyihani tasdiqlash
XMI/HXMT
Oʻrnatilgan muddatda
Hukumat va XMI/XHMT oʻrtasida qarz bitimini imzolash
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
vakolatli vazirlik (idora),
XMI/XHMT
Davlat tashqi qarzi uchun oʻrnatilgan limitlar doirasida
(oʻrnatilgan muddatda)
XMI/XHMTga Hukumat nomidan qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa taqdim etish
Adliya vazirligi,
Ijro etuvchi agentlik
Soʻrov kiritilgandan soʻng ikki hafta ichida
4-bosqich
(Loyihalashtirish va konsalting xizmatlarini koʻrsatish uchun kompaniyalar, pudratchilar va texnologik uskunalar yetkazib beruvchilar oʻrtasida gʻoliblarni aniqlash jarayoni)
Xaridlar rejasini ishlab chiqish,
XMI/XHMT bilan kelishish
Ijro etuvchi agentlik
Bir hafta muddatda
Xaridlar toʻgʻrisidagi hujjatlarini ishlab chiqish
Ijro etuvchi agentlik
XMI/XHMT bilan kelishilgan jadvalga muvofiq
14 kun ichida
Xarid hujjatlarini tasdiqlash va eʼlon qilish
Ijro etuvchi agentlik,
XMI/XHMT,
Baholash guruhi
XMI/XHMT bilan kelishilgan jadvalga muvofiq 10 kun ichida
Xarid ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish
Ijro etuvchi agentlik
Tender hujjatlariga muvofiq
Kelib tushgan takliflarni baholash
Ijro etuvchi agentlik Baholash guruhi
30 kun ichida
Takliflarni baholash hisoboti natijalarini XMI/XHMT bilan kelishish
Ijro etuvchi agentlik Baholash guruhi
XMI/XHMT bilan kelishilgan jadvalga muvofiq
Shartnomadan oldingi muzokaralarni oʻtkazish, shartnoma loyihasini kelishish va imzolash
Ijro etuvchi agentlik, XMI/XHMT
10 kun ichida
Shartnoma boʻyicha XMI/XHMT ning roziligini olish
XMI/XHMT
XMI/XHMT bilan kelishilgan jadvalga muvofiq
Shartnomani Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish
Ijro etuvchi agentlik
2 kun ichida
5-bosqich
(Monitoring)
Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan ishlab chiqilayotgan, imzolangan, amalga oshiriladigan va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha yigʻma hisobotni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish
Ijro etuvchi agentlik,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Har oyda
Tegishli bitimlar doirasida kelishilgan barcha hisobotlarni koʻrib chiqish uchun XMI/XHMTga taqdim etish
Ijro etuvchi agentlik,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
XMI/XHMT
Har chorakda
6-bosqich
(Loyihani yakunlash va postmonitoring)
Loyihani ishga tushirish toʻgʻrisida Davlat qabul komissiyasining dalolatnomasini rasmiylashtirish
Ijro etuvchi agentlik
Loyiha boʻyicha barcha ishlar amalga oshirilgandan keyin 90 kun
Loyiha yakunlari boʻyicha hisobotni shakllantirish va Hukumat komissiyasiga kiritish
Ijro etuvchi agentlik,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Loyiha boʻyicha barcha ishlar amalga oshirilgandan keyin 90 kun
Ishga tushirilgan loyihalarning natijadorligini baholab borish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Ijro etuvchi agentlik
Har yil yakuni bilan (5 yil davomida)
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Loyiha konsepsiyasi (loyihaning dastlabki baholash hujjatlari) tuzilishi
I. Strategik salohiyati
Mamlakat salohiyati
Sanoat va institutsional salohiyat
Loyihani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsad va yutuqlar
II. Loyihaning maqsadi
Loyihaning maqsadi
Loyihaning manfaatdor tomonlari
Amalga oshirilgan shunga oʻxshash loyihalar tahlili
III. Loyihaning tavsifi
Loyiha tarkibiy qismlari
Loyiha qiymati va moliyalashtirish manbalari
Loyiha doirasida jalb etiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish manbalari
IV. Loyihani baholash
Texnik asoslanishni baholash
Dastlabki iqtisodiy va moliyaviy tahlil
Ijtimoiy jihatlar
V. Loyihaning asosiy xatarlari
Loyiha xatarlarini umumiy baholash va ularni kamaytirish choralari
I boʻlimda sanoat va institutsional xususiyatlar, loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, loyihaning milliy taraqqiyot strategiyalariga muvofiqligi, loyihani tayyorlash asoslari, loyiha ishtirokchilari va boshqalar koʻrsatilishi kerak.
II boʻlimda loyihaning asosiy muammolari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.
III boʻlimda loyihaning joylashuvi, hajmi va tarkibiy qismlari, xarajatlarning tarkibiy qismlari, moliyalashtirish tashkilotlari va xarajatlar toifasi boʻyicha taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
IV boʻlim taklif etilayotgan loyiha bilan bogʻliq texnik asoslarni, operatsion va moliyaviy tahlilni (loyihaning sof joriy qiymatini hisoblash, daromadning moliyaviy-iqtisodiy darajasi va boshqalar) oʻz ichiga oladi. Ushbu boʻlimda, shuningdek, loyihaning ijtimoiy jihatlari, uning manfaatdor tomonlarga taʼsiri va milliy siyosat va XMI/XHMT siyosatiga muvofiqligi baholanadi.
Konsepsiyada, shuningdek, shunga oʻxshash loyihalar va natijalar matritsasi bilan taqqoslaganda quvvat birligiga loyihaning birlik qiymati hisob-kitoblari koʻrsatilishi kerak:
Loyihani amalga oshirish natijasida erishish rejalashtirilgan natijalarning dastlabki matritsasi
Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari
Oʻlchov birligi
Davr (yil boʻyicha)
20__
20__
20__
20__
20__
…
V boʻlimda loyiha boʻyicha taxminiy xatarlar, shuningdek, ularni kamaytirish boʻyicha strategiyalar/choralar taklif qilinishi kerak.
Izoh. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi loyiha konsepsiyasi (loyihaning dastlabki baholash hujjatlari) tuzilishiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Loyiha konsepsiyalarini ustuvorlik boʻyicha baholash
MEZONLARI
T/r.
Baholash mezonlari
Ball
I.
Milliy daraja:
1.
Milliy taraqqiyot strategiyasi va dasturlariga mos kelishi
10
2.
Hududlarning teng rivojlanishi koʻzda tutilganligi
10
3.
Loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsir darajasi
10
II.
Tarmoq darajasi:
1.
Loyihaning tarmoq strategiyasi va dasturlari bilan hamohangligi
10
III.
Hujjat sifati:
1.
Loyiha konsepsiyasi loyihaning maqsadlari, vazifalari va natijalarini aniq tavsiflaydi (oʻlchanadigan natijalar matritsasiga muvofiq)
20
2.
Loyihaning uzoq muddatli istiqboldagi taʼsirini baholash (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa mezonlar)
15
3.
Loyiha qiymatini komponentlar boʻyicha asoslash (quvvat birligiga loyihaning birlik qiymatini hisoblash) va tanlangan moliyalashtirish manbai
15
4.
Loyiha xatarlarini baholash
10
Natija
100
Izoh. 70 va undan yuqori ball olgan loyiha konsepsiyalari XMI/XHMT bilan hamkorlikdagi investitsiya dasturlariga kiritish va loyihaoldi ishlariga mablagʻ ajratishda ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Loyiha konsepsiyalarini ustuvorlik boʻyicha baholash mezonlariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Loyihani baholash hujjatining tuzilishi
I. Loyiha pasporti
Ushbu boʻlimda taklif etilayotgan loyihaning asosiy xususiyatlari: nomi, amalga oshirish joyi, asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, quvvati, koʻlami koʻrsatkichlari, komponentlari, loyihani moliyalashtirish manbai, shartlari va mexanizmi, afzalliklari hamda kamchiliklari, loyihaning asosiy xatarlari va boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Loyihaning muayyan tarmoq, hudud va sohaga qoʻshishi mumkin boʻlgan hissasi va taʼsiri, loyihani amalga oshirish zarurligi.
Ushbu boʻlimda loyiha amalga oshiriladigan mamlakat, sanoati, institutsional salohiyat va xususiyatlari tahlili, loyihaning milliy taraqqiyot strategiyalariga, tarmoq dasturlari va konsepsiyalariga muvofiqligi, loyihaning tarmoq, hudud va sohaga hissasi va taʼsirini baholash, loyihani tayyorlash asoslari, loyiha ishtirokchilari va boshqalar koʻrsatiladi.
III. Loyihaning maqsadi
Loyihaning maqsadi va vazifalari
Loyiha strategiyasi
Loyihaning manfaatdor tomonlari
Amalga oshirilgan shunga oʻxshash loyihalar tahlili.
Ushbu boʻlimda loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, afzalliklari va kamchiliklari, asosiy toʻsiqlar, loyihani amalga oshirish strategiyasi va unda ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar, tarmoqda amalga oshirilgan oldingi investitsiya loyihalaridan olingan saboqlar va loyihalar natijalari tahlil qilinadi.
IV. Loyihaning tavsifi
Loyihaning tarkibiy qismlari
Loyiha qiymati va moliyalashtirish manbalari.
Ushbu boʻlimda loyihaning joylashuvi, hajmi va tarkibiy qismlari, xarajatlarning tarkibiy qismlari, miqdori hamda narx shakllanishi, moliyalashtirish tashkilotlari va xarajatlar toifasi boʻyicha taqsimlanishi koʻrsatiladi.
V. Loyihani amalga oshirish
Loyihani amalga oshirish boʻyicha institutsional chora va tadbirlar
Natijalar monitoringi va baholash mexanizmi
Loyiha barqarorligi
Loyiha obyekti tayyorligi va obyektga ruxsatnomalar mavjudligi.
Ushbu boʻlimda loyihani amalga oshirishni tashkil etish masalalari va loyihani amalga oshirishda har bir manfaatdor tomonning uni amalga oshirishdagi oʻrniga muvofiq inson, texnik va moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganligi, loyihani monitoring qilish va baholash mexanizmlari koʻrib chiqiladi.
VI. Loyihani baholash
Texnik asoslanishni baholash
Xaridlar
Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarning loyihaga taʼsiri
Ijro agentligining moliyaviy boshqaruv salohiyatini baholash, qarz mablagʻlarini toʻlash
Iqtisodiy va moliyaviy tahlil
Ijtimoiy jihatlar (shu jumladan ijtimoiy himoya)
Loyihaning atrof-muhitga taʼsiri va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Ushbu boʻlimda taklif etilayotgan loyiha bilan bogʻliq texnik asoslilik, yaʼni tarmoqning joriy holatini baholash, ehtiyojlarni oʻrganish va loyiha quvvatlari tavsifi hamda loyihaning zarur resurslar bilan taʼminlanganligini oʻrganish; texnik yechimlarning tavsifi, texnologiyalar va asbob-uskunalarni tanlash tahlili, loyiha doirasida texnologiya va asbob-uskunalar marjinal narx koʻrsatkichining asoslanganligi; bosh rejalarning tavsifi, asosiy arxitektura-qurilish yechimlari, qurilish maydonchasining xususiyatlari, loyihaning zarur muhandislik infratuzilma bilan taʼminlanganligi, loyiha yechimlarining shaharsozlik normalariga muvofiqligi tahlili, loyihada belgilangan qurilish-montaj ishlarining hamda koʻrib chiqilayotgan takliflarga asoslangan xizmatlarning maksimal qiymati avval amalga oshirilgan oʻxshash loyihalar yoki birlik narxlariga taqqoslagan holda shakllantiriladi, shuningdek jismoniy hajmlar (BOQ)/qabul qilingan dizayn qarorlari, chizmalar va diagrammalarga muvofiq aks ettiriladi.
Shuningdek, boʻlimda xaridlarni amalga oshirish rejasi va mexanizmi, loyihani amalga oshirish jadvali aks ettiriladi.
Boʻlim loyihaning iqtisodiy va moliyaviy tahlilini (loyiha samaradorligi koʻrsatkichlarini, shu jumladan, investitsion va operatsion xarajatlarni hamda iqtisodiy foydani baholash, loyiha va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va boshqalar) oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu boʻlimda loyihaning ijtimoiy va ekologik jihatlari, uning manfaatdor tomonlarga taʼsiri va milliy siyosat va XMI/XHMT siyosatiga muvofiqligi baholanadi.
VII. Loyihaning asosiy xatarlari
Loyiha xatarlarini umumiy baholash va ularni kamaytirish choralari.
Ushbu boʻlimda loyiha boʻyicha taxminiy xatarlar, jumladan operatsion, texnik, moliyaviy, iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar bilan bogʻliq xatarlar tahlili, shuningdek, ularni kamaytirish boʻyicha strategiyalar/choralar taklif qilinadi.
VIII. Ilovalar
Loyihani boshqarish boʻyicha qoʻllanma
Loyiha boʻyicha xaridlarni baholash va rejalashtirish
Loyihani amalga oshirish boʻyicha maslahatchilar uchun dastlabki texnik topshiriqlar
Loyiha obyektini (bino va inshoot, yer) ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar
Muhandislik tarmoqlarini ulash uchun texnik shartlar
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi (zarur hollarda)
Boshqa zarur hujjatlar.
Izoh.
Loyihani baholash hujjati loyiha konsepsiyasi asosida ishlab chiqilishi lozim.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi loyihani baholash hujjatining tuzilishiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlaridagi boshqaruvchilari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan xalqaro moliya institutlaridagi boshqaruvchi idorasi vazifalari yuklangan vazirlik va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchi oʻrinbosari
Boshqaruvchi idora
1.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri
J.A. Qoʻchqorov
Markaziy bank raisi
T.A. Ishmetov
Markaziy bank
2.
Jahon banki guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri
J.A. Qoʻchqorov
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari
(lavozimi boʻyicha)
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
3.
Osiyo taraqqiyot banki
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
J.A. Xodjayev
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
I.I. Norqulov
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
4.
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
L.Sh. Kudratov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
I.Oʻ. Umrzakov
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
5.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
J.A. Xodjayev
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari
(lavozimi boʻyicha)
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
6.
Islom taraqqiyot banki guruhi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
L.Sh. Kudratov
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori
Sh.A. Vafayev
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
7.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
J.A. Xodjayev
Qishloq xoʻjaligi vaziri
I.Yu. Abduraxmonov
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
8.
Yevroosiyo taraqqiyot banki
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
J.A. Xodjayev
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari
X.F. Teshabayev
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
9.
Yangi taraqqiyot banki
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
L.Sh. Kudratov
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari v.b.
Sh.X. Gulamov
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PQ-237-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3857-son qarorining 1-bandi va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-106-son qarorida:
“Loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan dastlabki bosqichlarda ushbu sohada tajribaga ega boʻlgan xalqaro konsultantlar jalb qilinadi hamda yuridik shaxs sifatida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;”
Loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida (modernizatsiya qilinadigan obyektlarda kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi shakllangunga qadar) qarz mablagʻlarining oʻzlashtirilgan qismi boʻyicha foiz toʻlovlari davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
modernizatsiya qilinadigan obyektlarda kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismini doimiy tarzda Loyihani qayta moliyalashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazib beriladi.
Bunda, kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi obyektlarga oʻrnatilgan normativ miqdorlarga nisbatan hisoblansin.”
“11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin”;
2-bandi “2-komponent: Loyiha doirasida texnik koʻmak berish, personallar salohiyatini oshirish hamda uning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash” ustunidagi “Jamgʻarmaning” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izoh qismining ikkinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI
1
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi;
2
N.Q. Xolmurodov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari;
3
F.M. Tashpulatov
—
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari;
4
T.K. Komilov
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son; 16.09.2025-y., 07/25/285/0831-son)