O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining
qarori
Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0083-24-son SanQvaN) tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 13-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 321]
O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0083-24-son SanQvaN) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan.
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-noyabr,
26-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazir o‘rinbosari I. QUTBIDDINOV
2024-yil 8-noyabr
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.b. Sh. XIDOYATOV
2024-yil 30-oktabr
Qishloq xo‘jaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
2024-yil 22-oktabr
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 19-oktabr
Suv xo‘jaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2024-yil 18-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 26-son qaroriga
1-ILOVA
Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0083-24-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;
yer usti suvlari — yer qobig‘ining ustida joylashgan suvlar;
sanitariya-himoya mintaqasi — foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, shuningdek mineral suvlar va boshqa davolash vositalari manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi ichida ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda xo‘jalik-ichimlik suvini oqilona boshqarish, hisobini yuritish uchun qat’iy rejimda tashkil qilinadigan tabiiy hudud;
sanitariya-muhofaza zonasi — ichimlik, maishiy va davolash-sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan suv obyektlariga tutash, rejim asosida muhofaza etiladigan, ularni sanitariya-epidemiologik jihatidan ishonchliligini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan tabiiy hudud;
oqova suvlar — suvni iste’mol qilish va (yoki) undan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari orqali oqizib yuboriladigan suv.
2-bob. Yer osti va yer usti suv suv obyektlarining ifloslanish darajasiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
2. Ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yer osti va yer usti suv obyektlarining organoleptik, toksikologik, bakteriologik va sanitariya rejimiga oid ifloslanish darajasi bo‘yicha gigiyenik tasniflari mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
3. Yer osti suv obyektlarining ifloslanish darajasini gigiyenik baholash mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
4. Yer usti suv obyektlarining ifloslanish darajasini gigiyenik baholash mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
5. Yer osti va yer usti suv obyektlarida organoleptik va sanitariya-toksikologik ko‘rsatkichlar ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmasligi lozim.
Bunda, organoleptik va sanitariya-toksikologik ko‘rsatkichlarning suvdagi aniqlangan kimyoviy jihatdan zararli moddalar miqdorining ruxsat etilgan konsentratsiyasiga nisbati yig‘indisi 1,0 dan oshmasligi kerak.
6. Yer usti suv obyektlarining quruq qoldiq bilan mineralizatsiyalangan darajasining ruxsat etilgan miqdori 1000 mg/dm3 dan oshmasligi lozim.
7. Suvning hidi va ta’mi 2 balldan oshmasligi kerak.
8. Yer usti suv obyektlaridagi suvda erigan kislorod miqdori 4,0 mg O2/dm3 dan kam bo‘lmasligi lozim.
9. Suvning permanganat oksidlanishining maqbul qiymati 2,0 mg O2/dm3 bo‘lishi kerak.
10. Yer usti suv obyektlari suvining bakteriologik ifloslanishini aniqlashda suvdagi umumiy koliform bakteriyalar va termotolerant koliform bakteriyalar soni 1 litr suvda 1x103 dan oshmasligi kerak.
11. Suv namunalarida mikrobli ifloslanish darajasini aniqlashda ichak infeksiya patogenlari mavjudligini foizlarda hisoblash lozim.
12. Oqova suvlarning yer osti suv obyektlariga ifloslantiruvchi ta’sirini gigiyenik baholash mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13. Yer osti suv obyektlarining sifati, ifloslanish darajasini gigiyenik baholashda suvning quruq qoldiq miqdori, sulfatlar va xloridlar bo‘yicha mineralizatsiya darajasini hisobga olish lozim.
Bunda, suvning rangdorlik darajasi 20 dan (yassi burchak ostida o‘lchanadi) va permanganat oksidlanishining umumiy sanitariya ko‘rsatkichi 2,0 mg O2/dm3 dan oshmasligi kerak.
14. Yer osti suv obyektlarining xavfsizligini ta’minlashda suv tarkibidagi kimyoviy komponentlar konsentratsiyasining pastki chegarasi 0,5 dan oshmasligi kerak.
3-bob. Yer osti va yer usti suv obyektlarining sifatiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
15. Yer usti suv obyektlarining sifatini aniqlashda quyidagi masofalarda namuna olinishi kerak:
suvdan foydalanish joyining eng yaqin nuqtalaridan 500 m balandlikda;
oqmaydigan suv obyektlarida suvdan foydalanish joyining har ikki yo‘nalishdagi nuqtasidan 500 m masofada.
16. Yer osti va yer usti suv obyektlaridagi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda quyidagilar o‘rganilishi kerak:
hududlardagi yer usti suv obyektlariga quyiladigan oqova suvlardagi kimyoviy moddalarning o‘ziga xosligi;
yer osti va yer usti suv obyektlaridagi kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketish darajasi;
suvdagi kimyoviy moddalarning kanserogenlik xususiyati va ularning aniqlanish chastotasi;
kuzatuv va biologik parchalanish sharoitida kimyoviy moddalarning suvdagi konsentratsiyasining oshirish tendensiyasi.
17. Yer osti suv obyektlarining sifatini o‘rganish uchun quyidagilarni inobatga olish zarur:
suvning oksidlanish imkoniyati;
ammoniy azot ingrediyentlari;
suvning hidi va loyqaliligi;
suvdagi umumiy mikroblar va laktoza-musbat ichak tayoqchalari soni.
18. Yer osti va yer usti suv obyektlaridagi suvning sifatini nazorat qilish O‘zMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” milliy standartiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Yer osti va yer usti suv obyektlarining tarkibi va xususiyatlari mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
20. Yer osti va yer usti suv obyektlaridagi kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalari mazkur sanitariya qoidalarining 6-ilovasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
21. Yer osti va yer usti suv obyektlaridagi sanitariya-mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aholining ichimlik, kommunal-maishiy suvdan foydalanish sharoitlarini epidemiologik baholash mazkur sanitariya qoidalarining 7-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
22. Yer osti va yer usti suv obyektlariga kelib tushayotgan 1 va 2-xavflilik sinflariga mansub bo‘lgan bir nechta moddalar konsentratsiyasining umumiy yig‘indisi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi (REK) yoki taxminiy ruxsat etilgan darajasi (TRED) 1 dan oshmasligi kerak va bu quyidagi formula orqali ifodalanadi:
C1 + C2 + Cn < 1.0
REK1 REK2 REKn
Bunda:
C1 , Cn — yer osti va yer usti suv obyektlarida aniqlangan n moddalarning konsentratsiyasi;
REK1, REKn — moddaning ruxsat etilgan konsentratsiyasi.
23. Maishiy, sanoat, xavfli, zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish joylari, chiqindi poligonlari hududida joylashgan yer osti suv obyektlari yiliga 2-marta, ya’ni bahor va kuz mavsumida laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilishi zarur.
4-bob. Yer osti va yer usti suv obyektlarining sanitariya muhofazasiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
24. Yer osti va yer usti suv obyektlariga quyidagilarni tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi:
ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi yoki taxminiy ruxsat etilgan darajasi ishlab chiqilmagan moddalar hamda suv tarkibini o‘zgartiruvchi oqova suvlar, shuningdek analitik nazorat usullari yordamida aniqlab bo‘lmaydigan moddalarni;
tozalangan va zararsizlantirilgan sanoat, shahar va qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan oqova suvlarni;
sanoat obyektlaridan hosil bo‘lgan tozalanmagan yoki yetarli darajada tozalanmagan oqova suvlarni.
25. Aholi punktlaridagi oqova suvlarni, shuningdek yomg‘ir suvlarini quyidagi obyektlarga oqizishga yo‘l qo‘yilmaydi:
ichimlik, kommunal-maishiy suv ta’minoti manbalarining birinchi va ikkinchi sanitariya muhofaza mintaqalariga;
dam olish maskanlari, turizm hamda sport va sog‘lomlashtirish joylariga;
tabiiy shifobaxsh resurslarni o‘z ichiga olgan suv havzalariga.
26. Tarkibida radionuklidlar bo‘lgan oqova suvlarni oqizish, yo‘q qilish va zararsizlantirishning umumiy alfa hamda beta faolligi O‘zMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” milliy standartiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bunda, suvdagi 210Pb, 228Ra va 232Th mavjudligini aniqlash zarur.
27. Yer usti suv obyektlariga suv transport vositalaridan neft mahsulotlari, chiqindilar, tozalanmagan oqova suvlar, slanets, balast suvlari oqizilmasligi kerak.
28. Yer osti va yer usti suv obyektlari hamda ularning sanitariya muhofaza mintaqalarida qurilish, portlatish, kon qazish, kommunikatsiyalarni yotqizish ishlarini olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Yer osti va yer usti suv obyektlarining sanitariya-muhofaza zonalari hamda sanitariya-himoya mintaqalarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida amalga oshirilishi lozim.
30. Yer osti suv obyektlarining sanitariya muhofazasini ta’minlashda quyidagilarni inobatga olish zarur:
burg‘ilash va foydali yer qazilmalarini qazishni;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, o‘g‘itlash hamda kimyoviy moddalardan (pestitsid, gerbitsid) foydalanishni;
suyuq chiqindilarni tashlashga mo‘ljallangan chuqurlarga oqizishni;
maishiy, sanoat, xavfli, zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish joylari, chiqindi poligonlari hududlarida chiqindilarni joylashtirish obyektlarini tashkil etish va undan foydalanishni;
magistral gaz quvurlarini yotqizish va ulardan foydalanishni;
xo‘jalik yoki boshqa faoliyat turlarini tashkil etishni;
31. Yer osti suv obyektlarini ifloslanishdan himoyalashda quyidagilarni amalga oshirish kerak:
maishiy, sanoat, xavfli, zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish joylari, chiqindi poligonlari hududidagi chiqindilarni joylashtirishda chiqindilarni saqlash uchun suv o‘tkazmaydigan idishlardan (konteynerlar) foydalanishni;
ifloslangan suvlarni tuproq yuzasidan yer osti suv qatlamlariga o‘tishining oldini olishni;
neft va neft mahsulotlarini yig‘ish va saqlashda har tomonlama yopiq bo‘lgan, suyuqliklarni o‘tkazmaydigan maxsus idishdan (germetizatsiya) foydalanishni;
foydali qazilmalarni qazib olingandan keyin qayta boshqa maqsadlarda foydalanishni (rekultivatsiya).
32. Ichimlik suvi yetkazib beruvchi yer osti ichimlik suv zaxirasi mavjud hududlarda sanoat korxonalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
33. Yer osti va yer usti suv obyektlarining sanitariya muhofazasini ta’minlash maqsadida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
burg‘ilash paytida hosil bo‘lgan oqova suv va chiqindi to‘kish uchun himoyalanmagan tuproqli omborlar, shuningdek maxsus chuqurlardan foydalanishga;
foydali qazilmalarni qazib olishda yer osti suvlarini ifloslantirishga;
dalalar va turar joylar hududida hosil bo‘lgan tozalanmagan drenaj suvlarini yomg‘ir natijasida yumshoq yerlarni eroziyasidan hosil bo‘lgan chuqurliklarga quyishga;
markazlashmagan suv ta’minotida ishlatiladigan grunt suvlari yig‘iladigan hududda zaharli kimyoviy moddalar va o‘g‘itlarni qo‘llash va saqlashga;
yer osti suvlari holatiga salbiy ta’sir qiluvchi qishloq xo‘jaligi yerlarini oqova suv bilan sug‘orishga.
5-bob. Suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
34. Oqova suvlarni kichik suv obyektlariga (zovurlar, qishloq xo‘jaligi suv kollektorlari) oqizish joyini tanlashda sanitariya, gidrologiya va iqlim sharoitlarni hisobga olish lozim.
35. Suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishda ularni turar joylarning ichimlik, kommunal-maishiy suv obyektlaridagi suv bilan aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
36. Aholi punktlaridan oqova suv inshootlarigacha bo‘lgan masofa SanQvaN 0350-17-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya normalari va qoidalari” ga muvofiq bo‘lishi lozim.
37. Oqova suv quvurlarini quyidagi hududlarda yotqizishga yo‘l qo‘yilmaydi:
suvga to‘yingan grunt-tuproqlarda (toshloq, yarim toshloq va katta tosh bo‘lakli tuproqlardan tashqari);
maydalangan grunt-tuproqlarda;
tektonik buzilishlar bo‘lgan joylarda.
38. Oqova suv inshootida chiqindilarni ushlab qolish uchun uchi egilib boshqariladigan harakatlanuvchi panjaralar yoki maydalovchi panjaralardan foydalanish kerak.
6-bob. Qishloq xo‘jaligining sug‘orish maydonlarida oqova suvlaridan foydalanishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyeniya talablar
39. Qishloq xo‘jaligining sug‘orish maydonlarida yer osti suv manbalarini tabiiy ifloslanishdan muhofaza qilish lozim.
40. Qishloq xo‘jaligining sug‘orish maydonlari relyefini tanlash tuproq xususiyatlari, gidrogeologik sharoitlar va sanitariya-himoya mintaqalarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
41. Qishloq xo‘jaligining sug‘orish maydonlarini quyidagi hududlarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
ichimlik suvi sifatida foydalaniladigan yer osti va yer usti suv obyektlari mavjud hududlarda;
sanatoriya-kurort, sog‘lomlashtiruvchi dam olish maskanlari, sanitariya-muhofaza zonasi atrofida;
yer yuzasidagi yoriqlar va turli o‘lchamdagi chuqurliklardan suv sizib chiquvchi hududlarda.
42. Yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida ichimlik suvi sifatida foydalaniladigan yer osti suv obyektlari va madaniy sog‘lomlashtirish suvlari mavjud bo‘lgan hududlarni oqova suv bilan sug‘orishga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. Turar joylar bilan qishloq xo‘jaligining sug‘orish maydonlari orasidagi sanitariya-himoya mintaqasi maydonining kengligi quyidagilardan kam bo‘lmasligi lozim:
tuproq orasidan sug‘organda — 100 m;
yer ustidan sug‘organda — 150 m;
o‘rtacha bosimli uskunalar bilan yomg‘irlatib sug‘organda — 300 m;
yuqori bosimli uskunalar bilan yomg‘irlatib sug‘organda — 500 m.
44. Oqova suvlardagi vodorod ionlarining faolligi 6,0 — 8,5 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
45. Oqova suvlardagi zaharli tuzlarni suv bilan to‘yinishi tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning kritik tarkibi 0,1 — 0,25 % dan oshmasligi kerak.
46. Oqova suvlardagi tuzlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi og‘ir va o‘rta qumloq tuproq tarkibida 1 g/dm3dan, yengil qumloq tuproq tarkibida 2 g/dm3dan, qumli qumloq va qum tarkibida 3 g/dm3dan oshmasligi kerak.
47. Sug‘orish uchun ishlatiladigan oqova suvlarda ruxsat etilgan kation nisbati (Na: Ca+Mg) mazkur sanitariya qoidalarining 8-ilovasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
48. Dasht va yarim dasht zonasi tuproqlarida magniyli sho‘rlanish jarayonlarining oldini olish uchun oqova suvdagi Mg ionlari konsentratsiyalarining (mg-yekv/dm3) Ca ionlari konsentratsiyalariga nisbati 1 dan oshmasligi kerak.
49. Rudani va ipakni qayta ishlash hamda superfosfat ishlab chiqarish korxonalari, biokimyoviy va boshqa sanoat tarmoqlari oqova suvlaridan qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
50. Oqova suvlardagi toksik moddalarning ruxsat etilgan umumiy miqdori tuproqning mikrobiologik faolligi (nitrifikatsiya va sellyulozani yo‘q qilish), madaniy ekinlarning o‘sish va rivojlanish darajasini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
51. Sug‘orish uchun ishlatiladigan oqova suvlar sifatining mikrobiologik va parazitologik ko‘rsatkichlari mazkur sanitariya qoidalarining 9-ilovasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
52. Oqova suvlarni sug‘oriladigan hududdan tashqarida suv omborlariga tushirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
53. Oqova suvlarni ifloslanish ko‘rsatkichlari mazkur sanitariya qoidalarining 10-ilovasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
54. Texnik suv ta’minotining yopiq tizimlaridagi oqova suvlarning majburiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar aniqlanishi zarur:
dezinfeksiyalash vositasining qoldiq tarkibi har soatda;
qattiq moddalarning tarkibi kuniga 1-marta;
koli-indeks kuniga 1-marta;
KBE-5 va KKE haftada bir marta.
55. Texnik suv ta’minotining ochiq tizimlaridagi oqova suvlarning majburiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar aniqlanishi zarur:
dezinfeksiyalash vositasining qoldiq tarkibi har soatda;
hid va rangning intensivligi kuniga 1-marta;
qattiq moddalarning tarkibi kuniga 1-marta;
koli-indeks kuniga 1-marta;
KBE-5 va KKE haftada bir marta;
ingridiyentlarning tarkibi oyiga kamida 1-marta.
56. Sanoat suv ta’minoti tizimlarida korroziya ingibitorlari, stabilizatorlar va boshqa reagentlardan foydalanganda oqova suvning tarkibini aniqlash lozim.
57. Tarkibida og‘ir metallarni o‘z ichiga olgan sanoat oqova suv qoldig‘i o‘g‘it sifatida qo‘llanilganda og‘ir metallar hisobiga tuproq ifloslanish darajasining ruxsat etilgan konsentratsiyasi qiymatlari 0,7-0,8 dan oshsa, sanoat oqova suv qoldig‘idan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
58. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar ro‘yxati ushbu sanitariya qoidalarining 11-ilovasida keltirilgan.
Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
1-ILOVA
Ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yer osti va yer usti suv obyektlarining organoleptik, toksikologik, bakteriologik va sanitariya rejimiga oid ifloslanish darajasi bo‘yicha gigiyenik tasniflari

Ifloslanish darajasi

Organoleptik xususiyatlari

Toksikologik xususiyatlar

Suv manbalarining sanitariya rejimi

Bakteriologik ko‘rsatkichlar

Ifloslanish indeksi

Hid, ta’m

(ballar bo‘yicha)

REKorg. yuqori darajasi

REKtoks.

yuqori daraja

KBE to‘liq mgO2/ dm3

Erigan kislorod, mg/ dm3

ITBG 1 litr suvdagi miqdori

1

2

Ruxsat etiluvchi

2

1

1

3

6

4

<1·104

1

O‘rtacha ruxsat etiluvchi

3

4

3

6

8

3

1·105

2

Normadan yuqori

4

8

10

8

10

2

1·106

3

Normadan judayam yuqori

>4

>8

100

>8

>10

1

>1·106

4

Izoh:
1. REKorg organoleptik ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi.
2. REKtoks. — sanitariya-toksikologik ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi.
3. ITBG — ichak tayoqchalarining bakterial guruhi.
4. Suv obyektlarining ruxsat etilgan ifloslanish darajasi: laktoza musbat ichak tayoqchalari soni — 1litrda 100 tadan oshmasligi kerak; patogen mikroorganizmlar — 1 litrda 10 000 tadan oshmasligi kerak.
Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
2-ILOVA
Yer osti suv obyektlarining ifloslanish darajasini gigiyenik baholash

T/r

Ko‘rsatkichlar

Suvning ifloslanish darajasi

Ruxsat etilgan

O‘rtacha

Kuchli

O‘ta kuchli

1.

Organoleptik parametrlar bo‘yicha ruxsat etilgan konsentratsiyaning ortiqcha bo‘lishi

<1,0

1,1 — 2,0

2,1 — 4,0

>4,0

2.

Sanitariya-toksikologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ruxsat etilgan konsentratsiya oshishi

<1,0

1,1 — 2,0

2,1 — 3,0

>3,0

3.

Mineralizatsiya: (quruq qoldiq) mg/dm3

<1500

1501 — 2000

2001 — 3000

>3000

4.

Sulfatlar, mg/dm3

<500

501 — 600

601 — 700

>700

5.

Xloridlar mg/dm3

<350

351 — 400

401 — 500

>500

6.

Umumiy qattiqlik mg-ekv/dm3

<10,0

10,1 — 11,0

11,1 — 12,0

>12,1

7.

Rangi, harorati

<10,0

10,1 — 15,0

15,1 — 20,0

>20,0

8.

Permanganat oksidlanuvchanlik, mgO2/dm3

<2,0

2,1 — 5,0

5,1 — 10,0

>10,0

9.

Temir, mg/dm3

<0,3

0,4 — 3,0

3,1 — 5,0

>5,0

10.

Marganets, mg/dm3

<0,1

0,2 — 0,5

0,6 — 1,0

>1,0

11.

Vodorod sulfid, mg/dm3

0

0,1 — 0,2

0,3 — 1,0

>1,0

12.

Ftor, mg/dm3

<0,7

0,8 — 1,0

1,1 — 3,0

>3,0

13.

Koli-indeks

<3,0

3,1 — 50,0

51,0 — 100,0

>100,0

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
3-ILOVA
Yer usti suv obyektlarining ifloslanish darajasini gigiyenik baholash

Ko‘rsatkichlar

Suvning ifloslanish darajasi

Ruxsat etilgan

O‘rtacha ruxsat etiluvchi

Me’yordan yuqori

Me’yordan juda yuqori

Organoleptik ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan yuqori bo‘lishi

<1,0

1,1 — 4,0

4,1 — 8,0

>8,0

Sanitar-toksikologik ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan yuqori bo‘lishi

<1,0

1,1 — 3,0

3,1 — 10,0

>10,0

Mineralizatsiya: (quruq qoldiq) mg/dm3

<1000

1001 — 1500

1501 — 3000

>3000

Hid, tam (ball)

<2,0

2,1  — 3,0

3,1 — 4,0

>4,0

Kislorodga bo‘lgan biokimyoviy ehtiyoj, mgO2/ dm3

(suv obyektlarining 1-guruhi)

<3,0

3,1 — 5,0

5,1 — 7,0

>7,0

Kislorodga bo‘lgan biokimyoviy ehtiyoj, mgO2/ dm3

(suv obyektlarining 2-guruhi)

<6,0

6,1 — 8,0

8,1 — 10,0

>10,0

Kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj mgO2/dm3

(suv obyektlarining 1-guruhi)

<15,0

15,1 — 30,0

30,1 — 40,0

>40,0

Kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj mgO2/dm3

(suv obyektlarining 2-guruhi)

<15,0

15,1 — 30,0

30,1 — 40,0

>40,0

Erigan kislorod, mgO2/dm3

>4,0

3,9 — 3,0

2,9 — 1,0

<1,0

Permanganat oksidi, mgO2/dm3

<2,0

2,1 — 5,0

5,1 — 10,0

>10,0

Koli-indeks (miqdori 3 vod)

<1·104*

1·10— 1·105

1·10— 1·106

>1·106

Ichak infeksiyalari patogenlari bo‘lgan namunalarning foizi

0

0,1 — 3,0

3,1 — 5,0

>5,0

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
4-ILOVA
Turli xil ishlab chiqarish obyektlari tomonidan oqizilgan oqova suvlarni yer osti suv obyektlariga ifloslantiruvchi ta’sirini gigiyenik baholash

Obyektlar faoliyati

Ko‘pincha ifloslantiruvchi moddalar ruxsat etilgan konsentratsiya darajasidan yuqori bo‘lsa

Neft omborlari va neftni qayta ishlash zavodlari

Neft mahsulotlari, fenollar, sirt faol moddalar, qo‘rg‘oshin, xloridlar, sulfatlar, treska, formaldegidlar, ammoniy, nitratlar, toluol, etilbenzol, ksilen, temir, brom, ammoniy, marganets

Aeroportlar

Neft mahsulotlari, fenollar

Neft konlari

Neft mahsulotlari, fenollar, sirt faol moddalar, simob, qo‘rg‘oshin, marganets

Chiqindilarni joylashtirish obyektlari (maishiy, sanoat, xavfli, zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish joylari, chiqindi poligonlari)

Neft mahsulotlari, fenollar, sirt faol moddalar, xloridlar, temir, kadmiy, akrilamid, stirol, simob, marganets, qo‘rg‘oshin surma, ammoniy, nikel, xrom, benzol

Shahar oqova suv tozalash inshootlari

Neft mahsulotlari, fenollar, temir, nitratlar, nitritlar, brom, ammoniy, nikel, xrom, benzol

Qishloq xo‘jaligi korxonalari

Pestitsidlar, ammiak, neft mahsulotlari, fenollar, sirt faol moddalar, nitritlar, nitratlar, mineralizatsiya, xloridlar

Sug‘orish maydonlari

Neft mahsulotlari, fenollar, ammoniy, mineralizatsiya, nitritlar, nitratlar, xloridlar

Rudani qayta ishlash va metallurgiya korxonalari

Ksantogenatlar, marganets, temir, bariy, ftor, sulfatlar, mineralizatsiya, nikel, stronsiy, titan, aluminiy, mishyak, rux, qo‘rg‘oshin, mis, molibden, siyanidlar, rodanidlar

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
5-ILOVA
Yer osti va yer usti suv obyektlarining tarkibi va xususiyatlari

Ko‘rsatkichlar

Suvdan foydalanish turlari (kategoriyasi)

I

II

1. Tabiiy bo‘lmagan moddalar

Oqova suvlar chiqarilgandan so‘ng suv obyektida, qirg‘oq zonasida va nazorat nuqtasida (bo‘limida) ish olib boriladi, suvidagi qattiq moddalar miqdori normadan oshmasligi kerak:

0,25 mg/dm3

0,75 mg/dm3

30 mg/dm3 dan ortiq qattiq moddalar bo‘lgan suv obyektlari suvlarining tarkibi 5 foizdan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yog‘ingarchilik suvlari yuqori oqimli suv omborlari uchun 0,4 mm/sek dan ortiq va past oqimli suv omborlari uchun 0,2 mm/sek dan ortiq bo‘lgan miqdorda tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Suzuvchi aralashmalar

Suv yuzasida neft mahsulotlari, yog‘lar va boshqa aralashmalarning to‘planishi va plyonka hosil qilganligi aniqlanmasligi kerak.

3. Bo‘yalishi

Suv ustunida aniqlanmasligi kerak:

20 m

10 m

4. Hidi

Suv hidi 2 balldan ortiq intensivlikka ega bo‘lmasligi kerak:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki keyingi xlorlash vaqtida

Bevosita

5. Harorati

Oqova suvlarni oqizish natijasida yozgi suv harorati oxirgi 10 yil ichida yilning eng issiq oyining o‘rtacha oylik suv harorati bilan taqqoslaganda 3o dan oshmasligi kerak.

6. Vodorod ko‘rsatkichi (pN)

6,5 — 8,5 dan oshmasligi kerak.

7. Suvning mineral tarkibi

1000 mg/dm3 dan oshmasligi, shuningdek: xloridlar 350 mg/dm3;

sulfatlar 500 mg/dm3

8. Erigan kislorod

Yilning istalgan davrida, soat 12 dan oldin olingan namuna 6 mg/dm3 dan kam bo‘lmasligi kerak.

Yilning istalgan davrida, soat 12 dan oldin olingan namuna 4 mg/dm3 dan kam bo‘lmasligi kerak.

9. Kislorodning biokimyoviy sarfi (KBS)

Harorat 20oC dan oshmasligi kerak

3 mgO2/dm3

6 mgO2/dm3

10. Kislorodning kimyoviy sarfi (bixromat oksidlanish — BXO)

Harorat 20oC dan oshmasligi kerak

15 mgO2/dm3

30 mgO2/dm3

11. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari

Suv ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarini saqlamasligi kerak

12. Patogen ichak protozoyalarining yashovchan gelmint tuxumlari va yashovchan kistalari

25 litr suvda bo‘lmasligi kerak

13. Termotolerant koliform bakteriyalari (TKB)

Mavjud bo‘lmasligi kerak:

100 KOYE/100 ml

100 KOYE/100 ml

14. Umumiy koliform bakteriyalar (UKB)

Mavjud bo‘lmasligi kerak:

1000 KOYE/100 ml

15. Kolifaglar

Mavjud bo‘lmasligi kerak:

10 BOYE/100 ml

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
6-ILOVA
Yer osti va yer usti suv obyektlaridagi kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalari

T/r

Modda nomi

Ro‘yxatdan o‘tganlik raqami CAS

Formula

ruxsat etilgan konsentratsiyasi qiymati (mg/l)

Zararlilikni cheklovchi ko‘rsatkichi

Xavf sinfi

1

2

3

4

5

6

7

1.

Akrilamid

79-06-1

C3N5NO

0,0001

s.-t.

1

2.

Akril kislota

79-10-7

C3N4O2

0,5

s.-t.

2

3.

Akrilonitril (prop-2-enonitril; akril kislota nitrili)

107-13-1

C3N3N

0,002

s.-t.

2

4.

Alkil sulfatlar

-

-

0,5

org. ko‘pik

4

5.

Aluminiy

7429-90-5

-

0,2

org. loyqa

3

6.

Ammiak/ammiak ioni (NN3/NN4+)

7664-41-7

NN3

1,5

2,0 <**>

org. hid.

4

7.

Ammoniy sulfat (azot bilan) (ammiak sulfat)

7783-20-2

N8N2O4S

1

org. ta’m.

3

8.

Aseton (propan-2-on)

67-64-1

C3N6O

2,2

um.

3

9.

Bariy (Ba, jami)

-

 

0,7

s.-t.

2

10.

Benzaldegid

100-52-7

C7N6O

0,003

org. hid.

4

11.

Benz(a)piren

50-32-8

C20N12

0,00001

s.-t.

1

12.

Benzin

8032-32-4

-

0,1

org. hid.

3

13.

Kaliy benzoat (benzoy kislotasi kaliy tuzi; kaliy benzoat)

582-25-2

C7N5KO2

7,5

org. ta’m.

3

14.

Benzoy kislotasi

65-85-0

C7N6O2

0,6

um.

4

15.

Benzol

71-43-2

C6N6

0,001

s.-t.

1

16.

Beriliy (Be, jami)

-

-

0,0002

s.-t.

1

17.

Bor (B, jami)

-

-

0,5

s.-t.

2

18.

Brom (Br, jami)

-

-

0,2

s.-t.

2

19.

3 — Bromobenzaldegid

3132-99-8

C7N5BrO

0,02

s.-t.

2

20.

Butadien

(buta-1,3-dien; divinil)

106-99-0

C4N6

0,05

org. hid.

4

21.

Butan-1-amin

109-73-9

C4N11N

4

org. hid.

3

22.

(1-aminobutan; butilamin)

110-61-2

C4N4N2

0,2

s.-t.

2

23.

Butan dinitrili

141-32-2

C7N12O2

0,01

org. ta’m.

4

24.

(1, 2-ditsiyanetan; sukkinonitril)

123-86-4

C6N12O2

0,1

um.

4

25.

Vanadiy (V, jami)

-

-

0,1

s.-t.

3

26.

Vinil xlorid (xloretilen; vinilxlorid; vinilxlorid; xloretilen; etilenxlorid)

75-01-4

C2N3Cl

0,005

s.-t.

1

27.

Vismut (Vi, jami)

-

-

0,1

s.-t.

2

28.

Volfram (Vt, jami)

-

-

0,05

s.-t.

2

29.

Geksaxloroetan (perxloroetan)

67-72-1

C2Cl6

0,01

org. hid.

4

30.

Gidrazin

302-01-2

N4N2

0,01

s.-t.

2

31.

Gidroksibenzol (fenol)

108-95-2

C6N6O

0,001

org. hid.

4

32.

Pentaxlorfenol

(2, 3, 4, 5, 6-pentaxlorfenol;

pentaxlorgidroksibenzol)

87-86-5

C6NCl5O

0,009

s.-t.

1

33.

Dimetilxlorotiyofosfat

2524-03-0

C2N6ClO2PS

0,07

org. hid.

3

34.

Dinitrobenzol

25154-54-5

C6N4N2O4

0,5

org. hid.

4

35.

Xlor dioksidi

10049-04-4

ClO2

0,3

s.-t.

3

36.

Dixlorbenzol

95-50-1

C6N4Cl2

0,002

org. hid.

3

37.

1, 2-dixlorpropan (propilen dixlorid)

78-87-5

C3N6Cl2

0,02

s.-t.

2

38.

Dixloruksus kislota (dixloretan kislota)

79-43-6

C2N2Cl2O2

0,05

s.-t.

2

39.

2, 4-dixlorfenol

(1-gidroksi-2, 4-dixlorbenzol))

120-83-2

C6N4Cl2O

0,002

org. ta’m.

4

40.

1,1-dixlorsiklogeksan

2108-92-1

C6N10Cl2

0,02

org. hid.

3

41.

1,2-dixloretan

1300-21-6

C2N4Cl2

0,003

s.-t.

1

42.

1,2-dixloretilen

540-59-0

C2N2Cl2

0,05

s.-t.

2

43.

Dietilamin (N-etiletanamin)

109-89-7

C4N11N

2

s.-t.

3

44.

Dietilftalat (dietilbenzol-1,2-dikarbonat; ftalik kislota dietil efir)

84-66-2

C12N14O4

3,0

s.-t.

3

45.

Temir (Fe, jami)

-

-

0,3

org.

3

46.

Kadmiy (Cd, jami)

-

-

0,001

s.-t.

2

47.

Kaliy metasilikat /K2SiO3/

10006-28-7

K2SiO3

30

s.-t.

2

48.

Kalsiy fosfat /PO4/ (Kalsiy bis (digidrofosfat))

7758-23-8

CaN4O8P2

3,5

um.

4

49.

Karbamid (karbonil diamid, mochevina)

57-13-6

Ch4N2O

um.

4

50.

Kerosin

8008-20-6

-

0,01

org. hid.

4

51.

Kobalt (Co, jami)

-

-

0,1

s.-t.

2

52.

Kremniy (Si, jami)

 

 

 

s.-t.

2

suvning qattiqligi 2,5 mEq/l gacha

 

 

25

suvning qattiqligi 2,5 mEq/l dan ortiq

-

-

20

53.

Litiy (Li, jami)

 

-

0,03

s.-t.

2

54.

Magniy (Mg, jami)

-

 

50

org. ta’m.

3

55.

Magniy dixlorat (magniy xlor paxtasimon)

10326-21-3

C12MgO6

20

um.

3

56.

Marganets (Mn, jami)

-

-

0,1

org.

3

57.

Mis (Cu, jami)

-

-

1,0

s.-t.

3

58.

Metan kislota (chumoli kislotasi)

64-18-6

Ch2O2

3,5

um.

3

59.

Metilamin (aminometan; metanamin; monometilamin)

74-89-5

Ch5N

1

s.-t.

3

60.

Metil akrilat (akril kislota metil efir; metil prop-2-enoat; 2-propenik kislota metil efir)

96-33-3

C4N6O2

0,02

org. hid.

4

61.

2-metilfuran (b-metilfuran; 5-metilfuran; silvan)

534-22-5

C5N6O

0,5

org. hid.

4

62.

1-metil-2-xlorbenzol (1-xloro-2-metilbenzol; 2-xlorotoluol; orto-xlorotoluol)

95-49-8

C7N7Cl

0,2

s.-t.

3

63.

Metoksibenzol

(anizol; metilfenil efir)

100-66-3

C7N8O

0,05

s.-t.

3

64.

Molibden (Mo, jami)

-

-

0,07

s.-t.

3

65.

Monoxloramin (xloramin)

10599-90-3

NN2Cl

3

s.-t.

2

66.

Monoxloruksus kislota

(xloretan kislota; xloruksus kislota; alfa-xloruksus kislota)

79-11-8

C2N3ClO2

0,06

s.-t.

2

67.

Mishyak (As, jami)

-

-

0,01

s.-t.

1

68.

Natriy (Na, jami)

-

 

200,0

s.-t.

2

69.

Natriy tiosulfat

10124-57-9

NNaO3S2

2,5

um.

3

70.

Natriy fosfat (PO4 bo‘yicha)

(natriy ortofosfat; trinatriy fosfat, natriy fosfat)

7601-54-9

Na3O4P

3,5

um.

4

71.

Naftalin (naftalin; naften)

91-20-3

C10N18

0,01

org. hid.

4

72.

Neft

8002-05-9

-

0,3

org.

4

73

Nikel (Ni, jami)

-

-

0,02

s.-t.

2

74.

Niobiy (Nb, jami)

-

-

0,01

s.-t.

2

75.

Nitratlar (NO3-)

-

-

45,0

s.-t.

3

76.

Nitritlar (NO2-)

-

-

3,0

s.-t.

2

77.

3-nitrobenzoy kislotasi

(meta-nitrobenzoy kislotasi; 3-nitrobenzolkarboksilik kislota)

121-92-6

C7N5NO4

0,1

org.

4

78.

Nitrobenzol (mononitrobenzol)

98-95-3

C6N5NO2

0,01

s.-t.

1

79.

1-Nitrozo-1-xlorotsiklogeksan (xloronitrosotsikloheksan)

695-64-7

C6N10ClNO

0,005

org. hid.

3

80.

Nitrometan (nitrokarbol)

75-52-5

Ch3NO2

0,005

org. hid.

4

81.

Nitropropan

(2-nitropropan)

25322-01-4

C3N7NO2

1

s.-t.

3

82.

Nitroxlorbenzol (2, 3, 4 izomerlar aralashmasi)

25167-93-5

C6N4ClNO2

0,05

s.-t.

3

83.

Nitrotsiklogeksan

1122-60-7

C6N11NO2

0,1

s.-t.

2

84.

Nitroetan

79-24-3

C2N5NO2

1

s.-t.

2

85.

Pentaxlorpropan

(1,1,2,2,3-pentaxlorpropan)

16714-68-4

C3N3Cl5

0,03

org. hid.

3

86.

Perxloratlar (ClO4-)

-

-

0,07

s.-t.

2

87.

Polifosfatlar (PO43-)

-

-

3,5

org.

3

88.

Polietilenilxlorid (polivinilxlorid; xloretilen gomopolimeri)

9002-86-2

[C2N3Cl] n

yo‘q

kiritish

4

89.

Polietilenol (polivinil spirti; polietilen spirti; etenol, gomopolimer; polietandiol; polietandil spirti; polihidroksietilen)

9002-89-5

[C2N4O] n

0,5

org. ko‘pik

4

90.

Propen (metiletilen; propen; propilen-1; propen-1)

115-07-1

C3N6

0,5

org. hid.

3

91.

Rodanid ioni (SCN-)

-

-

0,1

s.-t.

2

92.

Simob (Ng, jami)

-

-

0,0005

s.-t.

1

93.

Qo‘rg‘oshin (Pb, jami)

-

-

0,01

s.-t.

2

94.

Selen (Se, jami)

-

-

0,01

s.-t.

2

95.

Kumush (Ag, jami)

-

-

0,05

s.-t.

2

96.

Vodorod sulfidi (oltingugurt digidrid; dihidrosulfid; vodorod sulfidi; vodorod sulfidi)

7783-06-4

N2S

0,05

org. hid.

4

97.

Butil spirit (n-butanol; butan-1-ol; propilkarbinol)

71-36-3

C4N10O

0,1

s.-t.

2

98.

Izobutil spirit (2-metilpropan-1-ol; izobutanol)

78-83-1

C4N10O

0,15

s.-t.

2

99.

Izopropil spirit (propan-2-ol)

67-63-0

C3N8O

0,25

org. hid.

4

100.

Metil spirti (metanol)

67-56-1

Ch4O

3,0

s.-t.

2

101.

Propil spirit (propan-1-ol; n-propil spirti)

71-23-8

C3N8O

0,25

org. hid.

4

102.

Stirol (yetenilbenzol; vinilbenzol)

100-42-5

C8N8

0,02

s.-t.

1

103.

Stronsiy (Sr, jami)

-

-

7,0

s.-t.

2

104.

Sulfamid C12-17

-

-

0,1

um.

4

105.

Sulfatlar (SO42-)

-

-

500,0

org. ta’m.

4

106.

Surma (Sb, jami)

-

-

0,005

s.-t.

2

107.

Talliy (Tl, jami)

-

-

0,0001

s.-t.

1

108.

Tellur (Te, jami)

-

-

0,01

s.-t.

2

109.

Tetragidrofuran (tetrametilen oksidi; dietilen oksidi; getrametilen oksidi; dietilen oksidi)

109-99-9

C4N8O

0,5

um.

4

110.

Tetranitrometan

509-14-8

CN4O8

0,5

org. hid.

4

111.

1, 2, 3, 4-tetraxlorbenzol

634-66-2

C6N2Cl4

0,01

s.-t.

2

112.

Tetraxloro-1, 4-benzoldikarboksil kislota

2136-79-0

C8N2Cl4O4

10

um.

4

113.

1, 2, 3, 4-tetraxlorobutan

3405-32-1

C4N6Cl4

0,02

s.-t.

2

114.

Tetralorgeptanx

25641-64-9

C7N12Cl4

0,0025

org. hid.

4

115.

Tetraxlormetan (uglerod tetraxlorid; xladon 10 freon 10)

56-23-5

CCl4

0,002

s.-t.

1

116.

2, 3, 4, 6-tetraxlorfenol

58-90-2

C6N2Cl4O

0,001

org. hid.

4

117.

Tetraxloroetan (izomerlar aralashmasi)

25322-20-7

C2N2Cl4

0,2

org. hid.

4

118.

Tetraxloretilen (perxloretilen)

127-18-4

C2Cl4

0,005

s.-t.

1

119.

Tetraetil qo‘rg‘oshin

78-00-2

C8N20Pb

yo‘q

s.-t.

1

120.

Titan (Ti, jami)

-

-

0,1

um.

3

121.

O, O, O-trimetilfosfat (fosfor kislotasi trimetil esteri)

512-56-1

C3N9O4P

0,3

org. hid.

4

122.

Trinitrobenzol

25377-32-6

C6N3N3O6

0,4

s.-t.

2

123

Trinitrometan (nitroform)

517-25-9

ChN3O6

0,01

org.

3

124.

Triftoroxlorpropan

-

C3N4ClF3

0,1

s.-t.

2

125.

2, 3, 6-trixlorbenzoy kislotasi

50-31-7

C7N3Cl3O2

1

s.-t.

2

126.

Trixlorbenzol

12002-48-1

C6N3Cl3

0,03

org. hid.

3

127.

1, 2, 3-trixlorpropan (alil trixlorid, glitserin trixlorgidrin)

96-18-4

C3N5Cl3

0,07

org. hid.

3

128.

2, 4, 6-trixlorfenol (1-gidroksi-2, 4, 6-trixlorbenzol; 1, 3, 5-trixloro-2-gidroksibenzol)

88-06-2

C6N3Cl3O

0,004

org. ta’m.

4

129.

Formaldegid (formaldegid, oksometan, metilen oksidi, metanal)

50-00-0

Ch2O

0,05

s.-t.

2

130.

Ftor

7782-41-4

F

0,7

s.-t.

2

131.

Ftoridlar (F)

-

-

1,5

s.-t.

2

132.

Furan (furfuran; oksol; oksatsiklopentadien)

110-00-9

C4N4O

0,2

s.-t.

2

133.

Xloridlar (Cl-)

-

-

350,0

org. ta’m.

4

134.

Xrom (Cr, summarno)

-

-

0,05

s.-t.

2

135.

Sianidlar (CN-)

-

-

0,07

s.-t.

2

136.

Siklogeksan

(geksametilen; geksagidrobenzol)

110-82-7

C6N12

0,1

s.-t.

2

137

Rux (Zn, jami)

-

-

5,0

s.-t.

3

138.

Yetil asetat

(Sirka kislotasi etil, efir; etiletanoat)

141-78-6

C4N8O2

0,2

s.-t.

2

139.

Yetilbenzol (feniletan)

100-41-4

C8N10

0,002

org. hid.

4

Izoh:
Yer osti va yer usti suv obyektlaridagi sanitariya-mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aholining ichimlik, kommunal-maishiy suvdan foydalanish sharoitlarini epidemiologik baholash

Nomlanishi / Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkichlar qiymatlarini tartiblash (hisoblash) va ularni ball orqali baholash (maxrajlash)

1. Umumiy mikroblar soni va Termotolerant bakteriyalar miqdori 5000 KOE/dm3 dan ortiq bo‘lgan suv obyektlaridagi suv namunalarining foizi

<15

1

16-59

4

60-70

8

> 70

10

2. Suv obyektlarining o‘rtacha koli indeksi

<1000

1

1001-1500

5

1501-2000

10

> 2000

15

3. Suv ombori suvidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan aholi foizi

<10

1

11-20

7

21-40

10

> 40

15

4. Ichak patogen infeksiyalari aniqlangan suv omborlaridan olingan suv namunalarining foizi:

a) salmonella, tif va paratif, shigella, vabo vibrionlari 01 guruh

0

0

1-2

7

2-5

10

> 5

15

b) salmonella, vibrionlar 01 guruhdan tashqari

<3

1

3-20

3

<3

1

> 30

7

Ballarning umumiy reyting shkalasi epidemik xavf darajasi potensiali

<4

5 — 26

27 — 43

44 — 62

I — yuqori yemas

II — ko‘tarilgan

III — yuqori

IV — juda yuqori

5. Suv obyektlari suvining o‘rtacha kolifag indeksi

< 100

1

101-1000

4

1001-1500

9

> 1500

14

6. Suv obyektlarida suv namunalarining kolifag indeksi 1 dm3 100 BOYE dan ortiq

< 25

1

26-60

4

61-80

7

> 80

9

7. Enteroviruslar — ichak virusli infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchisi bilan ifloslangan suv obyektlaridan olingan suv namunalarining foizi

<5

1

6-20

7

21-30

10

> 30

12

Potensial epidemik xavf darajasini baholash shkalasi

3 dan oshmagan

4 — 15

16 — 26

27 — 35

I — yuqori yemas

II — ko‘tarilgan

III — yuqori

IV — juda yuqori

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
8-ILOVA
Sug‘orish uchun ishlatiladigan oqova suvlarda ruxsat etilgan kation nisbati (Na: Ca+Mg)

Karbonatli tuproqlar*

Karbonatsiz tuproqlar

Og‘ir qumloq

PN50=200 mm**

Qumli

PV50=50 mm

Og‘ir qumloq

PV50=200 mm

Qumloqli

PV50=50 mm

4

8

2

4

* CaCO3 tarkibi 0,5 foiz dan ko‘p bo‘lsa
** PN50 tuproq qatlamining eng past namlik sig‘imi 0 — 50 mm
Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
9-ILOVA
Sug‘orish uchun ishlatiladigan oqova suvlar sifatining mikrobiologik va parazitologik ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan tarkib 1 dm3

laktoza-musbat ichak tayoqchalari soni

<10000

Patogen mikroorganizmlar (aniqlash epidemiologik ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi)

Yetishmasligi

Ichak protozoalarining yashovchan kistalari (dizenteriya amyoba, lyambiliya)

< 1

Yashovchan gelmint tuxumlari (askaridlar, qamchi qurtlari, chuvalchanglar, toksokarlar, fasiollar, tensidlar, mitti tasmasimon qurtlar)

< 1

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
10-ILOVA
Oqova suvlarni ifloslanish ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

Yalpi tarkib

Namlik foiz, ko‘p emas

82

Organik tarkib, foiz quruq qoldiq

20 kam

Kislotalilik, pN

5,5 — 8,5

Qo‘rg‘oshin, mg/kg, ko‘p emas

1000

Mishyak, mg/kg, ko‘p emas

20

Simob, mg/kg, ko‘p emas

15

Koli-titr, ko‘p emas

0,01

Gelmint tuxumlari, dona

0

Patogen yenterobakteriyalar, hujayra

0

Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0083-24-son SanQvaN)
11-ILOVA

I.I. Ilinskiy

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Suv, tuproq gigiyenasi va sanitariya bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor;

O.P. Mirshina

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n;

L.T. Turdiyeva

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi;

I.A. Usmanov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodim, t.f.d;

G.E. Musabekov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi kommunal gigiyena bo‘limi sanitariya vrachi;

Shd.O. Tillayeva

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Aholi punktlari, turar joy va jamoat binolarini rejalashtirish gigiyenasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;

Taqrizchilar ro‘yxati:

A.U. Sadikov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tibbiy biologik tadqiqotlar laboratoriyasi mudiri, t.f.d. professor;

D.A. Zareddinov

Toshkent shahar tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi, Gigiyena va radiatsiya xavfsizligi kafedrasi mudiri, t.f.d. professor;

G.T. Iskandarova

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 26-son qaroriga
2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2002-yil 29-iyulda tasdiqlangan 0129-02-son SanQvaM “O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoitida kanalizatsiya tizimlariga qo‘yiladigan sanitariya talablari”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda tasdiqlangan 0173-04-son SanQvaM “O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarida yer osti suvlarini ifloslanishini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya-gigiyenik talablar”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2005-yil 10-yanvarda tasdiqlangan 0180-05-son SanQvaM “O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi sug‘orish maydonlarida oqava suvlar va uning cho‘kindilaridan foydalanishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2005-yil 10-yanvarda tasdiqlangan 0181-05-son SanQvaM “O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitida o‘g‘itlash va sug‘orishda foydalaniladigan oqava suvlar, ularning cho‘kindilarini sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2006-yil 26-oktabrda tasdiqlangan 0216-06-son SanQvaM “Tozalangan shahar oqava suvlaridan sanoat suv ta’minotida foydalanishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2008-yil 16-oktabrda tasdiqlangan 0255-08-son SanQvaM “O‘zbekiston sharoitida suv havzalarining aholi salomatligi uchun xavfliligi nuqtai nazaridan ifloslanish darajasini gigiyenik baholashning asosiy mezonlari”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015-yil 10-fevralda tasdiqlangan 0318-15-son SanQvaM “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv manbalarini muhofaza qilish bo‘yicha gigiyenik va epidemiyaga qarshi talablar”.