Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.01.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHAR “OTChOPAR BUYuM BOZORI” OChIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATI HUDUDIDA JISMONIY ShAXSLARNING SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-yanvardagi ““Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 40-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari sotishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1998-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslar yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati tartibida iste’mol tovarlarini sotish uchun Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” hududiga faqat tadbirkorlarda tuman soliq inspeksiyalari tomonidan beriladigan nomi yozilgan guvohnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda kiritiladi.
2. “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari savdosini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 1998-yil 1-iyuldan boshlab:
Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari sotuvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq har oyda eng kam oylik ish haqining: oziq-ovqat tovarlari uchun 30 baravari miqdorida; nooziq-ovqat tovarlari uchun 20 baravari miqdorida belgilanadi. Bir jismoniy shaxs tomonidan ayni bir vaqtda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilingan taqdirda soliq miqdori oziq-ovqat tovarlari sotish uchun belgilangan soliq miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari bilan savdo qilish huquqiga ruxsat olgan jismoniy shaxslar o‘ziga berilgan nomi yozilgan guvohnoma amalda bo‘ladigan butun davr mobaynida ushbu bozorda daromadlar va xarajatlar daftarini yuritishdan ozod qilinadilar.
Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash Hukumat komissiyasiga “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq miqdorlarini ko‘rib chiqish va o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi nomi yozilgan guvohnomalar o‘z vaqtida tayyorlanishini va jismoniy shaxslarga berilishini ta’minlasin, bunda 1998-yil 1-iyuldan boshlab ko‘rsatish uchun, ularning guvohnomalarni o‘z vaqtida olishlari uchun imkoniyatlar yaratishni nazarda tutsin.
5. Toshkent shahar hokimligi:
“Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlar o‘rtasida zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borsin;
“O‘rikzor” mavzesida qurilayotgan “Karvon bozor” ulgurji bozorini foydalanishga topshirishni tezlashtirsin va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan iste’mol tovarlari ulgurji savdosi ushbu bozorga ko‘chirilishini ta’minlasin.
Toshkent shahar hokimi (K. N. To‘laganov) zimmasiga “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatida savdo-sotiqni tashkil etishning yangi tartibini joriy qilishga doir zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, tasdiqlangan Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda nomi yozilgan guvohnomalar olgan tadbirkorlarga bozorda o‘z vaqtida joy berish yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga shu yilning 1-iyulidan boshlab “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida jismoniy shaxslar tomonidan nomi yozilgan guvohnomalar asosidagina savdo qilinishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish yuklansin. Bundan buyon bozorga tutash hududlarda, shu jumladan tungi vaqtlarda savdo-sotiq qilishga barham berish va unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilsin.
7. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida savdoni tashkil etishning yangi tartibini joriy etish natijalarini umumlashtirsin hamda maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda savdoning xuddi shunday tartibini Toshkent shahrining boshqa buyum bozorlarida ham joriy etish to‘g‘risida 1998-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimi K. N. To‘laganov va Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 18-may.,
218-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
18-maydagi 218-son qaroriga
ILOVA
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari savdosini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-maydagi 218-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va yuridik shaxs bo‘lmasdan Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” (bundan keyingi o‘rinlarda Bozor deb ataladi) hududida tadbirkorlik faoliyati tartibida iste’mol tovarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
1.2. Bozorda iste’mol tovarlari savdosi bilan shug‘ullanishga belgilangan tartibda:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat olgan;
ushbu Bozorda savdo qilish huquqi uchun nomi yozilgan guvohnoma olgan;
Bozorda kamida olti oy muddatga savdo qilish joyini ijaraga olganlik uchun talon olgan jismoniy shaxslarga ruxsat etiladi.
1.3. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlar sifatida Bozorda iste’mol tovarlari sotishiga qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi maxsus vositalarga va tadbirkor to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlardan iborat axborotlarning magnitli manbalariga ega bo‘lgan nomi yozilgan Guvohnomalar (bundan keyingi o‘rinlarda Guvohnoma deb ataladi) bo‘yicha ruxsat etiladi (1-ilova).
1.4. Bozordagi savdo o‘rinlari soni Bozor direksiyasi tomonidan aniqlanadi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlanadi. Toshkent shahar hokimligi Bozordagi bo‘sh savdo o‘rinlari mavjudligini doimiy ravishda tezkorlik bilan hisobga olib boradi va keyinchalik ularni Bozorda savdo qilishni xohlovchi jismoniy shaxslarga, tushgan arizalar bo‘yicha, navbati bilan berish uchun tuman hokimliklariga ma’lum qiladi.
1.5. Ilgari ushbu Bozorda savdo qilish huquqiga ega bo‘lgan hamda savdo va tadbirkorlik faoliyati qoidalarini buzmagan tadbirkorlar Bozordagi bo‘sh va bo‘shab qolgan savdo o‘rinlarida savdo qilishda ustun huquqqa ega bo‘ladilar.
II. Hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
2.1. Bozorda iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xohishini bildirgan jismoniy shaxslar Guvohnoma olish uchun Toshkent shahrining o‘zi yashaydigan joydagi tegishli tuman hokimligiga (boshqa shaharliklar esa — Chilonzor tumani hokimligiga) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan namunadagi ariza yoki ilgari uning yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hokimlik qarori mavjud bo‘lsa — ana shu qaror;
b) kelgusi olti oy uchun Bozorda savdo qilish huquqiga ruxsatnoma olish uchun belgilangan namunadagi ariza;
v) tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun (ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tadbirkorlar uchun) yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
g) pasport (shaxsan ko‘rsatiladi);
d) 2 dona fotosurat (3,5X4,5 sm).
2.2. Tuman hokimligi 2 kun muddatda:
a) jismoniy shaxsni yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida;
b) unga, bo‘sh o‘rinlar mavjudligidan kelib chiqqan holda, Bozorda iste’mol tovarlari (tovarlar turi ko‘rsatilgan holda — oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlari) bilan savdo qilish huquqini berish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Qaror nusxalari tuman soliq inspeksiyasiga yuboriladi.
2.3. Bozorda bo‘sh savdo o‘rinlari bo‘lmagan hollarda tadbirkorga uning Bozorda savdo qilish huquqini olish bo‘yicha navbatining tartib raqami xabar qilinadi. Tadbirkor xohishiga ko‘ra, o‘zining navbati kelgungacha o‘tadigan davrda, belgilangan tartibda boshqa bozorlarda savdo bilan shug‘ullanishi mumkin.
2.4. Tuman soliq inspeksiyasi ushbu Nizomning 2.2-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar nusxalari asosida:
bir kun mobaynida tadbirkorga jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash, shuningdek nomi yoziladigan ro‘yxatdan o‘tkazish Guvohnomasini tayyorlash xarajatlari bo‘yicha belgilangan nusxadagi (2-ilova) to‘lov bildirishnomalarini;
bankning jismoniy shaxs tomonidan olti oy uchun ko‘rsatilgan soliq hamda Guvohnomani tayyorlash xarajatlari avans tariqasida to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlari asosida, berilgan kunidan boshlab olti oy mobaynida haqiqiy hisoblanadigan, belgilangan namunadagi Guvohnomani uch kun mobaynida rasmiylashtiradi va tadbirkorga beradi.
2.5. Amalda bo‘lish muddati tugagach Guvohnoma olingan joyiga qaytarib beriladi, keyinchalik u Toshkent shahar Davlat soliq bosh boshqarmasiga topshiriladi.
Tadbirkor Bozorda savdo faoliyatini davom ettirish xohishini bildirgan taqdirda, tuman soliq inspeksiyasi, jismoniy shaxs tomonidan navbatdagi davr uchun tegishli soliq, zarurat bo‘lganda esa yangi Guvohnoma berish xarajatlari ham to‘langandan keyin Guvohnomaning amalda bo‘lish muddatini yangi muddatga uzaytiradi.
2.6. Bozor ma’muriyati tadbirkor Guvohnomani ko‘rsatgach undan savdo o‘rni ijarasi uchun belgilangan yig‘imni oladi va unga ijaraning butun muddati mobaynida savdo qilish joyi ko‘rsatilgan tegishli talonni beradi.
2.7. Bozorda iste’mol tovarlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning umumiy sxemasi 3-ilovada ko‘rsatilgan.
III. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan undiriladigan soliq miqdorlari va uni to‘lash tartibi
3.1. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan undiriladigan soliq eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
— oziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida;
— nooziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida.
Bir jismoniy shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilingan hollarda soliq miqdori oziq-ovqat tovarlarini sotish stavkalaridan kelib chiqib belgilanadi.
3.2. Ko‘rsatib o‘tilgan soliqni to‘lash va Guvohnoma uchun haq to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul bilan (jismoniy shaxsning shaxsiy schyoti bo‘lganda pul o‘tkazish bilan) Xalq banki yoki boshqa vakil qilingan bank muassasalari orqali amalga oshiriladi.
3.3. Ko‘rsatib o‘tilgan soliqni undirishdan tushgan pul mablag‘lari Toshkent shahrining tegishli tumanlari mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
3.4. Bozorda savdo qilish huquqini olgan tadbirkorlar Bozorda savdo ishlarini amalga oshirish davrida daromadlar va xarajatlarni hisobga olish daftari yuritishdan ozod etiladilar.
IV. Bozorda belgilangan savdo tartibini buzganlik uchun jismoniy shaxslarning javobgarligi
4.1. Guvohnomaga ega bo‘lmagan shaxslar tovarlarni sotish uchun Bozor hududiga kiritilmaydi.
4.2. Savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida tadbirkor o‘z ustki qiyimining ko‘rinadigan joyiga guvohnomasini doimiy ravishda taqib yurishga majburdir.
4.3. Har bir guvohnoma ajratib berilgan bir savdo qilish joyida (savdo nuqtasida) faqat uning egasiga savdo qilish huquqini beradi.
4.4. Bozor hududida belgilangan tartibni buzgan holda iste’mol tovarlarini sotish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar:
a) “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida nomi yozilgan guvohnoma yoki boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan nomi yozilgan guvohnoma bilan savdo faoliyatini amalga oshirish ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlagan holda savdo faoliyatini amalga oshirish deb qaraladi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilgan holda, eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga olib keladi. Bunday huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va u sudga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum etiladi, nomi yozilgan guvohnoma esa haqiqiy egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun tuman soliq inspeksiyasiga qaytariladi;
b) ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilgan shunday harakat, bunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng sodir etilgan nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan holda savdo faoliyatini amalga oshirish deb qaraladi va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 188-moddasi 1-qismi bo‘yicha 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulkini musodara qilgan holda, 6 oygacha qamoq jazosiga olib keladi. Bunday huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar ichki ishlar xodimlari tomonidan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va u sudga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum etiladi, nomi yozilgan guvohnoma esa haqiqiy egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun tuman soliq inspeksiyasiga qaytariladi;
v) guvohnomani savdo faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa shaxsga berish qat’iy taqiqlanadi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibini buzish deb qaraladi. Tuman soliq inspeksiyasi mazkur huquq buzishni aniqlagan ichki ishlar organlarining taqdimnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasi 1-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima soladi. Bunda jismoniy shaxs savdo qilish huquqidan mahrum etiladi, nomi yozilgan guvohnoma esa olib qo‘yiladi.
V. Guvohnomalarni chiqarish va saqlash
Guvohnoma qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Ular Toshkent shahar Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi, u guvohnomalarni keyinchalik tuman soliq inspeksiyalari bo‘yicha taqsimlagan holda ularning hisobi va saqlanishi uchun javob beradi.
VI. Nizomga rioya etilishini nazorat qilish
6.1. Bozorda jismoniy shaxslar tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishda ularning mazkur Nizomga rioya qilishlari ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, zarur hollarda esa — davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda amalga oshiradilar.
6.2. Yuridik shaxslar tomonidan savdo faoliyati (ko‘chma savdo) mazkur Nizomga muvofiq to‘lovlarni undirgan holda umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari savdosini amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
NAMUNA
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari savdosini amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
NAMUNA

XABARNOMA‎


‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏






‎‎XAZINAChI‎

Toshkent shahar Sirg‘ali
tumani davlat ‎soliq
inspeksiyasi_____________________________________
KTUT kodi‎‎

‎‎to‘lovni ‎oluvchi

038004‎

Bank muassasasi‎ ___‎_SQB Sirg‘ali bo‘limi__________________________
‎oluvchining ‏
‎‎hisob‎ raqami

20300426100012‎

FPM‎

025004‎

‎‎______________________Rizayev Akbar Turop‎‎‎ovich‎__________________________
to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Toshkent shahar Sirg‘ali tumani, 7-uy, 2-xonadon‎

‎‎yashash joyi‎

to‘lov turi‎‎‎

vaqti‎

�iqdori‎

‎‎1998-yil iyul-dekabr
‎oylari uchun oziq-ovqat
‎tovarlari savdosi solig‘i‎

1998-yil

3-iyul

135000‎

‎‎(bir yuz o‘ttiz besh ming so‘m)
‎to‘lovchi‎

----------------------------------------------------- ‎‎qirqish chizig‘i -------------------------------------------------

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏



KVITANSIYA‎




‎XAZINAChI‎

‎‎Toshkent shahar Sirg‘ali
‎tumani davlat soliq
inspeksiyasi‎________________________________
KTUT kodi

‎‎to‘lovni oluvchi‎

0308004‎

Bank muassasasi‎ ‎‎SQB Sirg‘ali bo‘limi__________________________‎
oluvchining ‏
‎hisob raqami‎‎

20300426100012‎

FPM‎

025004‎

‎‎Rizayev Akbar Turopovich‎

‎‎to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi
Toshkent shahar Sirg‘ali tumani, 7-uy, 2-xonadon

yashash joyi‎‎‎

‎‎to‘lov turi‎

vaqti‎

miqdori

‎‎1998-yil iyul-dekabr
‎oylari uchun oziq-ovqat
‎tovarlari savdosi solig‘i‎
‎‎

1998-yil

‎3-iyul‎

135000‎

‎‎‎(bir yuz o‘ttiz besh ming so‘m)
‎to‘lovchi‎

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida iste’mol tovarlari savdosini amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
tartibi

T/r‎

Bajaruvchi‎

Hujjatlar ro‘yxati‎

Muddati‎

Mas’ullar‎

1.‎

Jismoniy shaxs yashash joyidagi Toshkent shahrining tegishli tuman hokimligiga murojaat qiladi (boshqa shahardan kelganlar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati joylashgan Chilonzor tumani hokimligiga murojaat qiladilar)‎ 1. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun va keyingi 6 oy davomida “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida savdo qilish xuquqiga ruxsat olish uchun belgilangan shakldagi arizalar.
‎2.Tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya.
‎3.Pasport (shaxsan ko‘rsatiladi).
‎4.2 dona fotosurat (3,5x4,5 sm) ‎

2.‎

Tuman hokimligi‎ Jismoniy shaxsni tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi va qarorning nusxasini tuman soliq inspeksiyasiga yuboradi.‎ 2 kun mobaynida‎ Tuman hokimi‎

3.‎

Tuman soliq inspeksiyasi‎ Belgilangan miqdorda daromad solig‘i to‘lash, shuningdek nomi yozilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi xarajatlarini to‘lash uchun to‘lov xabarnomasi yozib beradi (2-ilova)‎ Kun davomida‎ Tuman soliq inspeksiyasi
‎rahbari‎

4.‎

Jismoniy shaxs — ariza bergandan so‘ng tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qiladi.‎ Tuman soliq inspeksiyasida, belgilangan miqdorda daromad solig‘i to‘lash, shuningdek nomi yozilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi xarajatlarini to‘lash uchun to‘lov xabarnomasini oladi, ko‘rsatilgan summalarni bankka to‘laydi;
‎to‘langanlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tuman soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.‎

5.‎

Tuman soliq inspeksiyasi‎ 1. Hokimlik qarori va tegishli to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida savdo qilish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi (1-ilova) nomi yozilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini rasmiylashtiradi.
‎2.Soliq to‘lovchini hisobga qo‘yadi va “Otchopar buyum bozori‎” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida savdo qilish huquqini beruvchi nomi yozilgan guvohnoma beradi.‎
3 kun mobaynida‎ Tuman soliq inspeksiyasi‎

6.‎

Bozor ma’muriyati‎ 1.Tadbirkordan kamida 6 oy muddatga savdo rastasini ijaraga olganlik uchun patta to‘lovini undiradi va savdo qilish uchun joy beradi.‎
‎2.Toshkent shahar hokimligiga va Davlat soliq bosh boshqarmasiga joylar mavjudligi to‘g‘risida muntazam ravishda axborot berib boradi.
Tegishli hujjatlar (nomi yozilgan guvohnoma, patta to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya) taqdim etilgan kunda
‎Har oyda‎
Bozor ma’muriyati‎

7.‎

Ichki ishlar vazirligi organlari‎ Tadbirkorlarda “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida xalq iste’moli tovarlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi nomi yozilgan guvohnomalar mavjudligini tekshiradilar hamda qonun buzilishlar aniqlangan taqdirda Nizomning IV bo‘limida ko‘rsatilgan choralarni ko‘radilar.‎ Muntazam ravishda‎ Ichki ishlar organlarining tegishli xizmatlari rahbarlari‎