1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo‘lga qo‘yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va me’yorlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar]
2. Belgilansinki:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanilganligi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining yer tuzish va yerdan foydalanish bo‘yicha xodimlari tomonidan aniqlanadi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yerlarni almashlab ekish rejasiga hamda yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yerdan foydalanuvchilar tomonidan oqilona foydalaniladi;
tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari xulosasiga asosan yerdan foydalanuvchilarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibiga rioya qilmaganligi hamda yerning normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblangan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lamaganligi uchun ularning yerga bo‘lgan ijara huquqini bekor qilish yuzasidan sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri da’vo arizasini kiritish huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
“E-ijara” axborot tizimida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirishning elektron tizimini yaratsin;
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar o‘rtasida keng tushuntirilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-dekabr,
914-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 914-son qaroriga ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq yerdan oqilona foydalanilmaganda, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilishning aniq holatlarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
almashlab ekish — ma’lum vaqt davomida yer uchastkalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda navbatlab ekish;
dala — qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va/yoki chorva mollarini boqish (o‘tlatish) uchun foydalaniladigan alohida kontur raqami bilan belgilangan va alohida chegara belgilariga ega bo‘lgan yer maydoni birligi;
yerdan foydalanuvchilar — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan doimiy yoki ijara asosida foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
yerlar degradatsiyasi — yerlarning tabiiy-xo‘jalik ahamiyatining pasayishiga olib keluvchi tabiiy va antropogen ta’sirlar natijasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar holatining yomonlashishi;
tuproq unumdorligining sezilarli pasayishi — tuproq sifatini baholash, agrokimyoviy va/yoki agromeliorativ tadqiqotlar natijalari taqqoslanganda, tuproq unumdorligi ko‘rsatkichining pasayishi;
umumiy yaylov maydoni bo‘yicha foydalanish me’yori — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yori;
chorva hayvonlari ko‘chib yurish (yoyib) tartibida boqiladigan (o‘tlatiladigan) yaylovlar — aholi punktidan uzoqdagi hududlarda chorva hayvonlarini ko‘chib yurish (yoyib) tartibida boqish (o‘tlatish) uchun foydalaniladigan yaylovlar;
yaylovlar almashinishi — yaylovlarni boshqarish va ulardan foydalanish rejasiga muvofiq yaylovlardan davriy va navbat bilan foydalanish hamda uning mahsuldorlik holatini saqlash uchun xizmat qiladigan tizim;
yaylovlarda boqiladigan (o‘tlatiladigan) chorva hayvonlari (keyingi o‘rinlarda — chorva hayvonlari) — yirik shoxli mollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar va boshqalar;
yaylovlarning oziqa (yem-xashak) hajmi — yaylovlar maydoni birligi bo‘yicha yaylov o‘tlarining mahsuldorligi;
yaylovlardan oqilona foydalanish — tabiiy me’yorlarga (umumiy yaylovlarda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yoriga) rioya qilish orqali va ekologik muhimligini hisobga olgan holda, yaylovlarning normal holatini saqlash va qayta tiklash imkonini yaratgan holda, yaylovlarning oziqa (yem-xashak) resurslaridan samarali foydalanish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish — yer maydonlarida tuproq unumdorligining pasayishi va meliorativ holatining yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mahsuldorlikning zarur ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida yerdan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanishni ta’minlanishi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanilganligi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining yer tuzish va yerdan foydalanish bo‘yicha xodimlari tomonidan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
5. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish quyidagilar mezonlar bo‘yicha baholanadi:
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish (haydalma qatlamida umumiy gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliyning maqbul darajasini ta’minlash);
asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini belgilangan darajada saqlash va oshirish;
suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda almashlab ekish;
yaylovlar almashinishini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
tuproqning unumdorligi va meliorativ holatini saqlash va oshirish;
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yaylovlardagi maqbul (optimal) foydalanish me’yorini ta’minlash;
yerlarning xo‘jalik aylanmasidan (foydalanishdan) chiqib ketishining oldini olish, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda ularning maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
yerga ishlov berishda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ang‘iz qoldiqlari va ikkilamchi mahsulotlarni yoqishga yo‘l qo‘ymaslik;
dala chetlariga, bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga, shu jumladan, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga maqbul ekinlarni ekib daromad olish (sug‘orish suvlari bilan ta’minlangan yerlarda);
ichki sug‘orish tarmoqlari va zovurlarni o‘z vaqtida tozalash.
Mazkur band talablari bajarilmagan holatlarda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan va yaylovlardan oqilona foydalanilmagan hisoblanadi.
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanishni baholash uchun yerdan foydalanuvchilarda quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lishi shart:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
a) qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi yillik statistika hisoboti shakllari bo‘yicha statistika ma’lumotlari.
Bunda qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi yillik statistika hisoboti shakllari bo‘yicha statistika ma’lumotlari yerdan foydalanuvchilarning so‘rovnomalariga asosan tuman statistika bo‘limlari tomonidan beg‘araz taqdim etiladi;
b) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi almashlab ekish rejasi;
v) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi yaylovlar almashinishi rejasi;
g) xo‘jalik ichida yer tuzish loyihasi (dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini aniqlash bundan mustasno).
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
7. Xo‘jalik ichida yer tuzish loyihasi yerdan foydalanuvchilarning murojaatiga asosan “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xo‘jalik shartnomalari asosida ishlab chiqiladi hamda tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi
8. Yerdan foydalanuvchilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda umumiy foydalanish uchun chop etilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy asoslangan tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan almashlab ekish rejasiga muvofiq almashlab ekishga rioya qiladi.
Yerdan foydalanuvchilar yaylovlardan foydalanishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yorining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mavjudligini va uning belgilangan me’yordan oshib ketmasligini ta’minlaydi.
9. Xo‘jalikning ixtisoslashuvi va yerni ijaraga olish shartnomasiga muvofiq yetishtiriladigan ekinlarning rotatsiyasi bo‘yicha tanlangan almashlab ekish tizimiga bog‘liq holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq vegetatsiyaga muvofiq davrni o‘z ichiga olgan almashlab ekish rejasi yerdan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi va bir nusxasi ushbu tashkilotda saqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.21.00 Tuproqlarni eroziyadan, ifloslanishdan, botqoqlanishdan, suv bosishidan va boshqa salbiy jarayonlardan himoya qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
10. Tuproq unumdorligining quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha pasayishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
sug‘oriladigan tuproqlarning unumdor qatlamida (0 — 30 sm) umumiy gumus (>0,8%) miqdorini, harakatchan fosfor (>30 mg/kg) va almashinuvchan kaliyning (>200 mg/kg) tuproqdagi miqdorlarini kam ta’minlangan darajadan tushirmaslik;
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tuproqning gumus va oziqa elementlari bilan ta’minlanganligining kam ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan yerlarni kengaytirmaslik;
qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan talablarga muvofiq yerlarni maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasidan yuqori darajada mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar bilan ifloslantirmaslik;
eroziya natijasida yuqori gumus qatlam qalinligining 5 santimetrdan ortiq pasayishi;
tuproqning 30 santimetrgacha bo‘lgan qatlamida zaharli tuzlar umumiy miqdorining ko‘payishiga (xlor 0,01 foizdan, sulfat 0,03-0,04 foizdan ortiq, tuproqdagi sho‘rlanish darajasini umumiy maydonning 5 foizdan oshirmaslik) yo‘l qo‘ymaslik;
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berilgan yerlarni qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqarib yubormaslik.
11. Yerdan foydalanuvchilar asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar va tokzorlar tuproqlarining bir bonitet balliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligiga muvofiq ularning hosildorligini ta’minlashi shart.
12. Yerdan foydalanuvchilar chorvachilik maqsadlari uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda quyidagi miqdorlarda qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mavjudligini ta’minlaydi:
eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yorining 20 foizidan pasaytirmaslik;
eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yoridan oshirmaslik.
3-bob. Yaylovlardan oqilona foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
13. Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yorini ta’minlash;
yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
yaylovlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
14. Yerdan foydalanuvchilar yaylovlardan foydalanishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normasidan oshmagan miqdorda qishloq xo‘jaligi hayvonlari boqilishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
15. Eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normasini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi hayvonlari bosh soni va yerdan foydalanuvchilar foydalanishida bo‘lgan yaylovlarning oziqa mahsuldorligi to‘g‘risidagi axborotlardan foydalaniladi.
Yerdan foydalanuvchilarga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi hayvonlarining bosh soni miqdorini hisoblash uchun qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar hamda yerlarni masofadan zondlash o‘tkazilgan vaqtdagi axborotlar qabul qilinadi.
Yerdan foydalanuvchilarga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi hayvonlarining bosh soni to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda, chorva mollarini xatlovdan o‘tkazish va monitoring qilish asosida aniq ma’lumotlarni olishga ruxsat etiladi.
16. Yaylovlardan oqilona foydalanish tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan Yaylovlarni boshqarish va undan foydalanish rejasi bilan tartibga solinadi.
17. Yaylovlarning oziqa mahsuldorligi pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
yaylovlarni qishloq xo‘jaligi hayvonlarini boqish (o‘tlatish) bo‘yicha alohida uchastkalarga ajratish (bo‘lish);
yaylovlarning joylashishi va vaqt (yil, mavsum) bo‘yicha yil mavsumi davomida almashinishi;
qishloq xo‘jaligi hayvonlari kiritilmaydigan va boqilmaydigan (o‘tlatilmaydigan) hamda har yili yaylovlar almashinishidan qoldiriladigan yer uchastkasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.04.00 Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat]
18. Hududlarning tabiiy va xo‘jalik sharoitiga bog‘liq holda yaylovlarda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini boqish (o‘tlatish)ning quyidagi tizimlaridan foydalaniladi:
ko‘chib yurish tartibida (yoyib) boqiladigan (o‘tlatiladigan) yaylovlar;
yil davomida boqiladigan (o‘tlatiladigan) yaylovlar.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlari ko‘chib yurish tartibida (yoyib) boqiladigan (o‘tlatiladigan) mintaqalarga bog‘liq holda bahor, yoz va kuz oylarida boqiladi hamda qish oylarida molxona sharoitida oziqlantiriladi.
Yerdan foydalanuvchilar hududning tabiiy-iqlim sharoitiga bog‘liq holda yaylovlardan yil davomida foydalanadi. Yerdan foydalanuvchilar noqulay iqlim sharoitida chorvachilik binolaridan foydalanadi va dag‘al oziqa bazasining yetarli darajadagi zaxirasini yaratadi.
4-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish hamda uning natijasiga ko‘ra xulosani shakllantirish tartibi
19. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda har yili 10-fevralga qadar yerdan foydalanuvchilar kesimida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha kalendar rejalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining www.agro.uz rasmiy saytiga joylashtiradi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar]
20. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish hamda uning natijasiga ko‘ra xulosani shakllantirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruhga “O‘zdaverloyiha” instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi hamda ularning hududiy (mintaqaviy) bo‘linmalari xodimlari jalb etiladi.
21. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish natijalari ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar bo‘yicha baholanadi.
22. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha xulosalar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi yoki ularning hududiy (mintaqaviy) bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tuproq tadqiqotlari natijalariga muvofiq tayyorlanadi.
23. Yaylovlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha xulosalar “O‘zdaverloyiha” instituti yoki uni hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan geobotanik tadqiqotlar va yaylovlar monitoringi natijalariga muvofiq tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
24. Ishchi guruh har bir yerdan foydalanuvchi kesimida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish hamda uning natijasiga ko‘ra xulosani qabul qilish bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtiradi va “E-ijara” axborot tizimiga kiritadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining www.agro.uz rasmiy saytiga joylashtiradi.
25. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini o‘rganish hamda uning natijasiga ko‘ra xulosa elektron shaklda tayyorlanadi va avtomatik ravishda tuman (Quvasoy shahar) hokimligining “E-ijara” axborot tizimidagi kabinetiga yuboriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.24.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
26. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
______________ tuman (Quvasoy shahar)
Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshligi
_______________________________
___(imzo)______________(F.I.O.)____
20___ yil “___” ___________
Almashlab ekish rejasi
Yer uchastkasining kontur raqami
Ekin yerlari maydoni,
gektar
Almashlab ekish rejasini tuzishgacha bo‘lgan yillardagi ekinlar
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining rejalashtirilayotgan davrda joylashishi
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
20__ yil
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
______________ tuman (Quvasoy shahar)
Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshligi
_______________________________
___(imzo)______________(F.I.O.)____
20___ yil “___” ___________
Yaylovlarni almashinish kalendar rejasi
Yaylovdan foydalanuvchining kadastr raqami
Kontur raqami
(almashlab boqish uchastkasi raqami)
Yillar bo‘yicha foydalanilishi
2025-yil
2026-yil
2027-yil
2028-yil
2029-yil
2030-yil
To‘ldirish uchun misol:
11:05:10:01:05:9424
1015 (1)
bahor
kuz
boqilmaydi
yoz
bahor
kuz
11:05:10:01:05:9424
1016 (2)
yoz
bahor
kuz
boqilmaydi
yoz
bahor
11:05:10:01:05:9424
1017 (3)
boqilmaydi
yoz
bahor
kuz
boqilmaydi
yoz
11:05:10:01:05:9424
1018 (4)
kuz
boqilmaydi
yoz
bahor
kuz
boqilmaydi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Tuproqning gumus va oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari
T/r
Hududlar nomlari
Tuproqlar tipi
Gumus bilan ta’minlanganligi, foiz
Oziqa elementlari bilan ta’minlanganligi, milligramm/kilogramm
juda kam
(<0,4)
kam
(0,41 — 0,8)
o‘rtacha
(0,81 — 1,2)
ko‘proq
(1,2 — 1,6)
ko‘p
(1,61 — 2,0)
yuqori
(>2,0)
harakatchan fosfor
almashinuvchi kaliy
juda kam
(<15)
kam
(16 — 30)
o‘rtacha
(31 — 45)
ko‘p
(46 — 60)
juda ko‘p
(>60)
juda kam
(<100)
kam
(101 — 200)
o‘rtacha
(201 — 300)
ko‘p
(301 — 400)
juda ko‘p
(>400)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sur qo‘ng‘ir
52 634
251 740
110 461
18 639
240
766
293 758
125 062
15 529
1795
550
24 787
222 995
137 751
42 416
8 746
Taqir o‘tloqi
O‘tloqi taqir
Cho‘l qumli
O‘tloqi cho‘l qumli
O‘tloqi alyuvial
O‘tloqi, botqoq-o‘tloqi allyuvial
Sur qo‘ng‘ir
Taqir o‘tloqi
O‘tloqi taqir
Cho‘l qumli
2.
Andijon viloyati
To‘q tusli bo‘z
687
16241
68582
84091
42160
23593
65894
94441
43448
14708
16861
5282
130395
65058
24331
10287
Tipik bo‘z
O‘tloqi allyuvial
Botqoq o‘tloqi
O‘tloqi saz
Bo‘z o‘tloqi
O‘tloqi botqoq
Och tusli bo‘z
Saz o‘tloqi
O‘tloqi
O‘tloqi bo‘z
Botqoqli
3.
Buxoro viloyati
O‘tloqi
7431
105832
91058
12361
2023
1332
160570
49368
7267
2262
569
19987
170562
24828
3694
966
O‘tloqi allyuvial
Botqoq-O‘tloqi
O‘tloqi botqoq
Cho‘l o‘tloqi
O‘tloqi taqir
Taqir o‘tloqi
Sur tusli qo‘ng‘ir
Sur tusli qo‘ng‘ir o‘tloqi
Cho‘l qumli o‘tloqi
Taqir o‘tloqi dasht
O‘tloqi cho‘l
Allyuvial o‘tloqi
O‘tloqi cho‘l qumli
Botqoq
4.
Jizzax viloyati
Bo‘z o‘tloqi
2818
62224
147158
52725
9144
1649
199482
66045
8203
1459
531
11076
76557
120518
43465
24104
Och tusli bo‘z
Tipik bo‘z
o‘tloqi
o‘tloqi bo‘z
to‘q tusli bo‘z
botqoq o‘tloqi
5.
Qashqadaryo viloyati
To‘q tusli bo‘z
12333
160914
219697
64852
11613
3590
240929
165967
38710
12368
15025
2118
163615
179054
97167
31046
Tipik bo‘z
Och tusli bo‘z
Bo‘z-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
Sur tusli qo‘ng‘ir
Sur tusli qo‘ng‘ir o‘t.
Qumli cho‘l
Taqirli
Taqir o‘tloqi
O‘tloqi
6.
Navoiy viloyati
Tipik bo‘z
1 359
29 406
51 980
24 578
3 470
200
35 988
58 009
9 633
3 461
3 901
3 092
55 883
37 418
11 108
3 491
Och tusli bo‘z
Bo‘z-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
Sur tusli qo‘ng‘ir
Sur tusli qo‘ng‘ir o‘tloqi
cho‘l qumli
Cho‘l qumli o‘tloqi
Taqir
Taqir o‘tloqi
O‘tloqi taqir
O‘tloqi
7.
Namangan viloyati
To‘k tusli bo‘z
3650
43473
112886
60582
14152
5913
153632
61602
14388
4800
6234
21326
163069
42057
9762
4442
Tipik bo‘z
Och tusli bo‘z
Bo‘z-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
Sur tusli qo‘ng‘ir o‘tloqi
O‘tloqi
8.
Samarqand viloyati
To‘k tusli bo‘z
11043
102114
138974
52325
8370
2861
84019
156891
49601
10244
14932
11783
155658
97148
38259
12839
Tipik bo‘z
Och tusli bo‘z
Bo‘z-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
O‘tloqi
O‘tloqi botqoq
Botqoq o‘tloqi
9.
Surxondaryo viloyati
To‘k tusli bo‘z
5942
87893
136923
35876
6831
3052
164122
78184
19323
5299
9589
2015
109534
74193
54855
35920
Tipik bo‘z
Och tusli bo‘z
Bo‘z-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
Sur tusli qo‘ng‘ir
Sur tusli qo‘ng‘ir o‘tloqi
Qumli cho‘l
Taqirli
Taqir o‘tloqi
O‘tloqi
10.
Sirdaryo viloyati
O‘tloqi
1303
91594
133728
26500
1865
41
173605
71564
7571
1755
535
8992
107855
106558
26131
5494
Bo‘z o‘tloqi
O‘tloqi bo‘z
O‘tloqi allyuvial
Botqoq o‘tloqi
O‘tloqi botqoq
Och tusli bo‘z
Tipik bo‘z
11.
Toshkent viloyati
Tog‘ jigarrang
2665
43488
123379
100254
45472
27844
116144
141497
47662
14943
22856
5260
111192
109926
75811
40912
To‘q tusli bo‘z
Tipik bo‘z
Bo‘z-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
O‘tloqi
O‘tloqi-botqoq
Botqoq-o‘tloqi
12.
Farg‘ona viloyati
To‘q tusli bo‘z
6043
47896
99046
89411
39296
28688
159624
99234
25130
9738
16654
17344
223276
46571
13015
10173
Tipik bo‘z
Och tusli bo‘z
Buz-o‘tloqi
O‘tloqi-bo‘z
Kolmatoj
O‘tloqi taqirli
O‘tloqi
O‘tloqi-saz
Saz-o‘tloqi
O‘tloqi saz-alivial
13.
Xorazm viloyati
Sur-qo‘ng‘ir
9623
82230
108277
27223
7601
5133
100352
93965
25872
8356
11541
6160
200392
26521
4186
2829
O‘tloqi alivial
Botqoq o‘tloqi
O‘tloqi botqoq
Izoh. Sug‘oriladigan tuproqlar tarkibidagi gumus, harakatchan fosfor va alamashinuvchi kaliy miqdorlari konturlar kesimida aniqlanib ularni qiyosiy taqqoslash ham konturlar kesimida hisob-kitob qilinishi shart.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2025-y., 09/25/914/0015-son)