O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda, sohilbo‘yi mintaqalari bundan mustasno, (keyingi o‘rinlarda — dala chetlari) hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil qilish va ko‘paytirish orqali mamlakatning eksport ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi:
a) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlariga urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini o‘rganadi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv xo‘jaligi vazirligi tegishli dala chetlarida suv ta’minoti mavjudligi va ushbu yerlarga ekin ekilishi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmasligi yuzasidan, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi esa tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, meva va uzum navlari yuzasidan xulosalarni Qo‘mitaga taqdim etadi;
(1-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita har yili 1-yanvarga qadar talabni hisobga olgan holda, shuningdek, har bir tuman va mahallaning iqlim sharoitidan, bu yerdagi aholining tajribasidan kelib chiqib, ekin turlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taklif beradi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
o‘simliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlari har bir qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga alohida biriktiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga dala chetlarini ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish uchun dala chetlariga doir ma’lumotlar (jumladan, mulkchilik shakli, suv ta’minotiga oid) Qo‘mita tomonidan “Agroko‘makchi” mobil dasturida keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi;
(1-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har yili 1-fevralga qadar tegishli yil hosili uchun dala chetlarida ekin ekish ishlarini tashkil etish va yetishtiriladigan mahsulotning prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita har yili 15-fevralga qadar har bir konturga urug‘, ko‘chat tarqatadigan va mahsulotni sotib oladigan tadbirkorlarni aniqlab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga bog‘lab beradi;
(1-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
b) dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha:
ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;
dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
2. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan mablag‘larni tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida yo‘naltirsin. Bunda Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tavsiyasiga ko‘ra:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari dala chetini o‘zlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan urug‘, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanadi;
suv bilan ta’minlash uchun nasos va quvurlarni o‘rnatish xarajatlarining 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismini qarz oluvchining bank kartalariga o‘tkazish yo‘li bilan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Mazkur resurslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga asosan Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratiladigan ssuda mablag‘lari hisobidan yo‘naltiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-son qaroriga muvofiq:
a) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratishi;
b) ushbu mablag‘lar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratilishi, bunda kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinishi;
tashabbuskorlarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalar o‘rnatib berilgandan so‘ng mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berish sharti bilan ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Markaziy bank Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kreditlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-son qarori 6-bandida belgilangan talablar asosida Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratib borish choralarini ko‘rsin. Bunda mazkur kreditlar meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlashga mo‘ljallangan uskunalar, stellajlar hamda plastik yashiklar xarid qilish uchun ham ajratilishi belgilab qo‘yilsin.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita raisi boshchiligida dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy va tumanlar ishchi guruhlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy va tuman ishchi guruhi) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Respublika ishchi guruhiga (I. Ergashev) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
har bir tuman bo‘yicha dala chetlaridagi hamda xonadon va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalaridagi yer maydonlarini o‘rganib, aniq o‘lchamlarini tasdiqlash;
tuman (shahar) hokimlari va Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari tomonidan mulkchilik huquqi aniqlanmagan dala chetlaridan foydalanish huquqini belgilash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish;
har bir tuman kesimida dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida ekin ekiladigan maydon va mahsulot turlarini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar bazasini tegishli yilning 15-fevraliga qadar shakllantirish;
dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida ekish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos urug‘ va ko‘chatlar tanlab olinishi bo‘yicha tavsiyalar berish hamda agrotexnik tadbirlarni subyektlar kesimida tashkil qilish;
hosildor urug‘ va ko‘chat navlarining, shuningdek, mineral o‘g‘it va kimyoviy preparatlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini tashkil etish;
yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotuvini, shu jumladan, “Uzex Agro” elektron savdo platformasi orqali tashkil qilish.
5. Dala chetlari hamda xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalariga doir ma’lumotlarni raqamlashtirish maqsadida bir oy muddatda:
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda — dala chetlariga doir;
Suv xo‘jaligi vazirligi — kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga doir;
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda — xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldidagi yer maydonlari, mahallaning ichki ko‘chalariga doir ma’lumotlarni yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari chegaralari kesimida xatlovdan o‘tkazib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimiga kiritsin hamda Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimidagi (UZKAD) ma’lumotlarning mazkur bandda nazarda tutilayotgan davlat tashkilotlariga taqdim qilinishini ta’minlasin;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Qo‘mita Geoaxborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilsin;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
v) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi dronlardan foydalangan holda xatlovdan o‘tkazish ishlariga ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq dala chetlariga har yili 1-mayga qadar ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik holatlari aniqlanganda (fors-major holatlari bundan mustasno):
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ularning dala chetlari uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan belgilangan tartibda ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish to‘xtatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
7. Respublika, hududiy va tuman ishchi guruhlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olish istagini bildirgan talabgorlar ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) shakllantirish. Bunda talabgorlar ro‘yxatini shakllantirishda kambag‘al oilalarning a’zolariga ustuvorlik beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
dala chetlariga har yili 1-mayga qadar ekin ekmagan va yil davomida mahsulot yetishtirmagan yerdan foydalanuvchilarga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirib, jarima qo‘llash uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim qilish, shuningdek, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishni to‘xtatish yuzasidan tegishli tijorat banklariga murojaat qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yerlarda joylashgan dala chetlaridan bir yil mobaynida unumli foydalanmaganligi yuzasidan ushbu yerlar biriktirilgan davlat organlariga taqdimnomalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
dala chetlarining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisi har yili 1-mayga qadar ushbu yer maydoniga ekin ekmagan yoki ikkilamchi ijaraga bermaganda, dala chetlarini talabgorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga berish haqida dala chetlarining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisiga talabnoma kiritish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
8. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
a) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) dala chetlarida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash uchun mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin;
b) Statistika agentligi (B. Begalov) Agentlik (I. Ergashev) bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar Statistika agentligining integratsiyalashgan axborot tizimini Agentlikning “Agroko‘makchi” mobil dasturiga integratsiya qilish orqali respublika bozorlaridagi kuzatiladigan mahsulotlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Qo‘mita dala chetlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, ularni zararli organizmlardan himoya qilishning uyg‘unlashgan, samarali va innovatsion uslublarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi hamda har bir hududda seminar va treninglar o‘tkazilishini tashkil qilsin;
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri va hokimlari:
ishchi guruhlarning tavsiyasiga asosan, dala chetida yetishtirilgan mahsulotlarni aholiga yetkazib beruvchi tadbirkorlarga har bir tuman (shahar)da dehqon bozorlari, savdo markazlari va transport qatnovi gavjum avtomobil yo‘llari chetlaridan joy ajratib berishni, harakatlanuvchi ko‘chma do‘konlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
dala chetlaridan samarali foydalanish va qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi ilg‘or tajribaga ega usta dehqonlar tomonidan 4-ilovaga muvofiq respublikaning boshqa hududlarida har yili mart — aprel oylarida hamda takroriy ekin ekiladigan iyun — iyul oylarida har haftaning ikki kuni mobaynida ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilsin.
Andijon (Sh. Abduraxmonov), Namangan (Sh. Abdurazakov) va Farg‘ona (X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilish uchun ilg‘or tajribaga ega usta dehqonlarning respublikaning boshqa hududlariga yuborilishini tashkil qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, chora-tadbirlar va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan Qo‘mita markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat boshqarma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalarida 2 ta shtatdan iborat bo‘limlar tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, mazkur shtat birliklari, istisno tariqasida, 2025 — 2027-yillar uchun joriy etiladi hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan saqlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)
10. Quyidagilar:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda eksportbop mevali daraxtlar ekish prognoz ko‘rsatkichlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni aniqlash mezonlari 7-ilovaga muvofiq;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tomonidan dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samarali yetishtirilishini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qo‘mita va tijorat banklarining qarzdorlik sababli banklar balansiga olingan issiqxona komplekslari, qayta ishlash sexlari va muzlatkichli omborlardan (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) samarali foydalanish bo‘yicha yangi tartibni joriy qilish to‘g‘risidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev va Agentlik direktori I. Ergashev ikki hafta muddatda har bir obyektni ishonchli boshqaruvga olishga talabgor bo‘lgan kamida uch nafar tajribali tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularni tijorat banklariga doimiy ravishda taqdim qilib boradi;
tijorat banklari tomonidan tajribali (ijobiy kredit tarixi va doimiy pul aylanmasiga ega bo‘lgan) tadbirkorlarga obyektlar uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi, bunda loyiha doirasida pul tushumlari bo‘yicha operatsiyalar to‘liq bank orqali amalga oshirilishi belgilanadi;
obyektlardan kelib tushadigan daromadning 50 foizi tijorat banklariga o‘tkaziladi, bunda obyektlar qiymati bo‘yicha qarzdorlik mos ravishda kamaytiriladi;
bir yil ichida ijobiy faoliyat yuritgan taqdirda, obyektlar tajribali tadbirkorlarga 10 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, Markaziy bank raisi T. Ishmetov, qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov hamda Qo‘mita raisi ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi uchun mas’ul va javobgar etib belgilansin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Agentlik bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlari izoh qismining to‘qqizinchi xatboshisi “Kadastr” so‘zlaridan keyin “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qo‘mita raisi, Bosh prokuror o‘rinbosari J.J. Xatamov, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari S.A. Nishanbayev, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari A.J. Vaxabov, qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-dekabr,
PQ-465-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
1-ILOVA
Dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI
Oldingi tahrirga qarang.

Lavozimi bo‘yicha

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbari

J. Xatamov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

S. Nishanbayev

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

Q. Yuldashev

qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

R. Qarshiyev

suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

K. Kuranbayev

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi

A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Lavozimi bo‘yicha

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari

O. Pirmonov

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari

M. Mirmaqsudov

Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari

A. Qadirov

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i

Lavozimi bo‘yicha

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, ishchi guruh kotibi

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
2-ILOVA
Dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha
HUDUDIY ISHCHI GURUHI

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh rahbari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari

Lavozimiga ko‘ra

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlari

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi viloyat filiali rahbari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrosanoatni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari

Lavozimiga ko‘ra

Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlarining yer masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari ichki fitosanitar nazorati bo‘limlari boshliqlari, viloyat ishchi guruhi kotibi

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
3-ILOVA
Dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha
TUMAN ISHCHI GURUHI

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) hokimi, tuman ishchi guruhi rahbari

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) prokurori, tuman ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman (shahar) kengashi rahbari

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) kadastr bo‘limi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra

Tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi, tuman ishchi guruhi kotibi

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
4-ILOVA
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatidagi usta dehqonlarning respublika hududlarida dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilish uchun
biriktirilishi

T/r

Seminar o‘tkaziladigan hududlar nomi

Seminar o‘tkazishga mas’ul viloyatlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

Farg‘ona viloyati

2.

Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlari

Andijon viloyati

3.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Namangan viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
5-ILOVA
Respublikada 2025-yilda dala chetlardagi maydonlarga mevali daraxtlar ekish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI

T/r

Hududlar nomi

Fermerlar soni

Jami dala chetiga mevali daraxt ekiladigan maydon,

(ga)

2025-yilda ko‘chatlar ekish

shundan

olcha

olxo‘ri

behi

uzum

bodom

chilon jiyda

tut daraxti

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2 656

905

905

890

453

385

91

77

27

30

181

91

154

308

2.

Andijon

4 167

2 159

2 159

1 684

216

183

432

281

216

183

432

475

648

324

130

65

86

173

3.

Buxoro

188

3 057

3 057

2 950

611

520

611

397

306

260

153

168

764

382

611

1 223

4.

Jizzax

4 273

4 023

4 023

3 581

805

684

805

523

402

342

805

885

845

422

362

724

5.

Qashqadaryo

5 319

4 154

4 154

3 230

208

177

831

540

415

353

831

914

1 246

623

415

208

208

415

6.

Navoiy

281

255

255

262

51

43

51

33

26

22

13

14

54

27

61

123

7.

Namangan

2 066

555

555

441

56

47

111

72

56

47

111

122

167

83

28

14

28

56

8.

Samarqand

7 559

3 623

3 623

3 333

725

616

1 087

706

362

308

725

797

362

181

362

725

9.

Surxondaryo

3 844

2 218

2 218

1 708

444

377

444

288

222

189

111

122

665

333

177

89

155

311

10.

Sirdaryo

4 833

3 638

3 638

3 274

1 455

1 237

728

473

364

309

182

200

509

255

400

800

11.

Toshkent viloyati

6 675

1 690

1 690

1 656

338

287

338

220

169

144

338

372

253

127

253

507

12.

Farg‘ona

2 669

2 483

2 483

2 005

124

106

497

323

248

211

497

546

745

372

199

99

174

348

13.

Xorazm

3 072

1 101

1 101

1 130

496

421

110

94

33

36

231

116

231

463

14.

Toshkent shahri

163

30

30

25

11

9

8

5

3

3

3

3

2

1

3

2

1

2

Jami:

47 765

29 891

29 891

26 167

5 990

5 092

5 941

3 861

2 989

2 541

4 259

4 685

3 472

1 736

4 152

2 076

3 088

6 176

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
6-ILOVA
Respublikada 2025-yilda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga mevali daraxtlar ekish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI

T/r

Hududlar nomi

Jami dala chetiga mevali daraxt ekiladigan maydon,

(ga)

2025-yilda ko‘chatlar ekish

shundan

olcha

olxo‘ri

behi

uzum

bodom

chilon jiyda

tut daraxti

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

maydon,

(ga)

ko‘chat soni,

(ming dona)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

99

99

97

49

42

10

8

3

3

20

10

17

34

2.

Andijon

42

42

33

4

4

8

5

4

4

8

9

13

6

3

1

2

3

3.

Buxoro

1 292

1 292

1 247

258

220

258

168

129

110

65

71

323

162

258

517

4.

Jizzax

266

266

237

53

45

53

35

27

23

53

59

56

28

24

48

5.

Qashqadaryo

939

939

730

47

40

188

122

94

80

188

207

282

141

94

47

47

94

6.

Navoiy

145

145

149

29

25

29

19

15

12

7

8

31

15

35

70

7.

Namangan

27

27

21

3

2

5

4

3

2

5

6

8

4

1

1

1

3

8.

Samarqand

358

358

330

72

61

107

70

36

30

72

79

36

18

36

72

9.

Surxondaryo

546

546

420

109

93

109

71

55

46

27

30

164

82

44

22

38

76

10.

Sirdaryo

305

305

275

122

104

61

40

31

26

15

17

43

21

34

67

11.

Toshkent

61

61

60

12

10

12

8

6

5

12

13

9

5

9

18

12.

Farg‘ona

5 905

5 905

5 311

1 476

1 255

1 063

691

709

602

768

844

650

325

590

295

650

1 299

13.

Xorazm

33

33

34

15

13

3

3

1

1

7

4

7

14

Jami:

10 019

10 019

8 944

2 250

1 913

1 895

1 232

1 120

952

1 225

1 347

1 116

558

1 256

628

1 157

2 315

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
7-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni aniqlash
MEZONLARI
1. Ekin dalalarining kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bilan tutashgan joyi yoki mazkur tarmoqlar bilan ekin yeri o‘rtasidagi chegara chizig‘i, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va suv fondi yerlari toifasidagi yo‘llar, ariqlar, lotoklar, kanallar, kollektorlar va drenajlarning qirg‘oqlari bo‘ylab ekin yerigacha bo‘lgan foydalanilmaydigan sug‘orish imkoniyati mavjud va sho‘rlanmagan yerlar.
2. Ekin dalalarining atroflarida foydalanilmasdan qolib ketgan dala yo‘llari.
3. Kanallar, sug‘orish tarmoqlari va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohilbo‘yi mintaqa maydonlaridan tashqari foydalanilmayotgan yerlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga
8-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tomonidan dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samarali yetishtirilishini tashkil qilish bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Dala chetlarida hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda har yili 1-maygacha ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun O‘zagroinspeksiya tomonidan jarima qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Uch oy muddatda

O‘zagroinspeksiya,

Karantin agentligi

2.

Dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda 1-maygacha ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun yer solig‘ini 3 karra stavkada hisoblash to‘g‘risida Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Uch oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Karantin agentligi,

Soliq qo‘mitasi

3.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomga dala chetlarida hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda mahsulot yetishtirgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini hisoblashda qo‘shimcha ball berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bir oy muddatda

Karantin agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

4.

Dala chetlariga hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi uchun, biroq har bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya berish tartibini joriy qilish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

5.

Dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni ikkilamchi ijaraga oluvchilar uchun maqbul sharoitlarni yaratish maqsadida dala chetlarida ekin ekiladigan maydonlar bo‘yicha ma’lumotlarni toifalarga (mulkchilik shakli, suv ta’minoti darajasi) ajratish hamda Karantin agentligining “Agroko‘makchi” mobil dasturida keng jamoatchilikka e’lon qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Ikki oy muddatda

Karantin agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadon va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida mahsulot yetishtiruvchilarni kafolatli xarid qiladigan tadbirkorlar bilan bog‘lash.

Bir oy muddatda

Karantin agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

7.

Har bir tumandagi hududlarning tuproq-iqlim va suv ta’minoti sharoitini hisobga olgan holda dala chetlarida yetishtiriladigan serdaromad qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish.

Bunda mahalliy sharoitdagi imkoniyatlardan kelib chiqib, sizot suvi yaqin yerlarga olcha, olxo‘ri, behi, jiyda, tut, terak, oshqovoq, supurgi, shirin jo‘xori, malina, suvi tanqis yerlarga qizilmiya, uzum, bodom, anor, moyli (kunjut, raps) va dukkakli (zira, no‘xat, loviya, mosh) ekinlarga ustuvor e’tibor qaratish.

Bir oy muddatda

Karantin agentligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

8.

Karantin agentligi tizimidagi Respublika agrokimyoviy tahlil markazi har yili 1-martga qadar dala chetlari va sug‘orish, kollektor-drenajlar atroflaridagi maydonlar tuproqlarini agrokimyoviy tahlildan o‘tkazish hamda ekin turlariga mos ravishda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talab ishlab chiqilishini ta’minlash.

Har yili 1-martga qadar

Karantin agentligi,

Respublika agrokimyoviy tahlil markazi

9.

O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, chora-tadbirlar va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan Karantin agentligi markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat boshqarma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar boshqarmalarida 2 tadan shtatdan iborat bo‘limlar tashkil qilish.

Bir oy muddatda

Karantin agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 07/25/465/0007-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son; 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son; 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son; 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)