Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, spirt, alkogolli mahsulotlar va aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning boshqa turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan jiddiy nuqsonlar va kamchiliklar mavjud. O‘tkazilgan tekshirishlar spirt, alkogolli mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish, ularning noqonuniy aylanishi holatlariga barham berilmaganligini ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning sifati belgilangan texnik shartlar va standartlarga muvofiq emas. Alkogolli mahsulotlar va aksiz solig‘i solinadigan boshqa mahsulotlar savdo qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan holda sotilmoqda.
Moliya vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar faoliyati ustidan zarur nazoratni ta’minlamayapti, buning natijasida hisobga olinmagan mahsulot ishlab chiqarish va sotishning, budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga mablag‘larning tegishli ravishda to‘liq tushmasligining ko‘plab holatlari aniqlandi.
Spirt va alkogolli mahsulotlarning respublikaga kontrabanda yo‘li bilan olib kelinishi va sotilishiga barham berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan nihoyatda qoniqarsiz ish olib borilmoqda.
Bularning barchasi davlatning manfaatlariga sezilarli iqtisodiy zarar yetkazmoqda, kishilarning salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqda, iste’molchilarning huquqlarini kamsitmoqda.
Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini kuchaytirish, alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, sifatsiz va kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan alkogolli mahsulotlar sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun nazoratni kuchaytirish, budjetga daromadlar to‘liq tushushini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vaziri (Nurmurodov), Davlat soliq qo‘mitasi raisi (Sayfiddinov), Davlat bojxona qo‘mitasi raisi (Parpiyev), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisiga (Ayupov) spirt va alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yo‘li bilan olib kelinishi, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, alkogolli mahsulotlar aylanishidan soliq to‘lovlari to‘liq va o‘z vaqtida tushishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va aylanishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlash, birinchi navbatda, bunga bevosita aloqador bo‘lgan barcha tuzilmalarning javobgarligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar kiritsinlar, bunda ko‘rsatib o‘tilgan mahsulot davlat monopoliyasi obyekti ekanligi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 391-modda;
3. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda yangi kalendar yilga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda joriy yilning 1-noyabridan kechikmay etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini huquqi uchun arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berishda Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatib o‘tilgan Komissiyasi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning har yili tasdiqlanadigan balansi parametrlariga qat’iy amal qilishga majburdir;
etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga, ularni ishlab chiqarishning aniq hajmi ko‘rsatilgan holda alohida beriladi;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda, shuningdek etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi litsenziyada ko‘rsatilgan hajmlarda ta’minlanmaganda, uch oy va undan ko‘p oy mobaynida budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlar mavjud bo‘lganda, sifatsiz spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi va sotilishi aniqlanganda litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 391-modda;
5. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi 2004-yil 1-martgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqsin va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni qayta rasmiylashtirsin.
Belgilansinki, 2004-yil 1-martgacha litsenziyalarni qayta rasmiylashtirmagan korxonalarning ilgari berilgan litsenziyalari bekor qilinadi hamda ular etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmaydi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti spirt va alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yo‘li bilan olib kelinishi va sotilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar hamda ularni aniqlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar. Amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
7. “O‘zstandart” agentligi tegishli idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikada yetishtirilayotgan bug‘doyning navlari va klasslaridan kelib chiqib xom ashyo sarfining va etil spirti chiqishining yagona normalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 391-modda;
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ikki hafta muddatda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar pasporti shaklini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Hukumat qarorlariga mazkur qarorga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
24-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga
5-ILOVA
I. Hukumatning o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) 1-4-bandlari, shuningdek qarorga 1, 2 va 5-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilova 16-bandining uchinchi—yettinchi xatboshi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash haqida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 9-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 11-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 30-modda; 2005-y., 52-son, 391-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)